# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 259 of 510
- Section: —
- Duration: 13 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/259
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/PxOzE6YLV6U.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=PxOzE6YLV6U
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/258.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/260.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:01] Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahmaduhu anas ta'inuhu anas tavfiruh va na'uthu billahi min surur ya'nfusina va min sayy'ati amalina. Man yahdihillahi falah mudhiylala va man yu'g'lihu falah hadiyala va nashxadu alla iloh ilalloh va hidahular sharikala va nashxadi anna muhammadan abduhu va rasuluh. Amma baxt, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh.

[0:30] O'ttiz birinchi matnimiz. O'ttiz birinichi baytimiz zulqarnayn va luqmoni hakim haqidagi e'tiqodimiz. Sirojiddin o'sha aytadi va zulqarnayniy lam yo'rov nabiyan kada luqmanu fahdar an jidali. Ma'nosi, zulqarnayn payg'ambar deb tanilmagan, shu kabi luqmon ham shuning uchun tortishishdan tiyilgin. Nazmiy bayoni. Zulqarnayn nabiy deb tanilgan emas bil, shuningdek luqmon ham tortishishdan tiya.

[1:11] Qur'oni karimda mana yigirma beshta payg'ambarning ismi zikr qilingan. Odam alayhissalomdan tortib, muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamgacha. Undan tashqari mana shunday bir solih insonlarning ham ismlari bor. Ular qatorida Zulqarnayn va Luqmonni Hakim. Bu baytda keltirilgan zulqarnaynva luqmonlarni payg'ambar bo'lgani yoki solih taqvodor bo'lgani haqida bahslar mavjud ulamolar o'rtasida. Bir qancha qarashlar bor bu masalada.

[1:45] Birinchi e'tibor berishimiz kerak bo'lgan narsa, Zulqarnaynni, Zulqarnayn Payg'ambar bo'lganmi, bo'maganmi degan masalani ko'rayotganimizda aytishimiz kerak bo'lgan birinchi narsa, Zulqarnayin, Qur'onda kelgan Zulqarnayn. Siz bilan biz bilgan Aleksandr Makedonskiy emas. Makedoniyalik emas. Qur'oni Karimda zikr qilingan Zulqarnayn solih, taqvodor mo'minbanda bo'lgan. Ayrim ulamolar ana shu Makedoniyalilik odamdan ikki ming yil avval yashagan haqiqiy Zulqarnayn deyishadi. Qur'onda mana Kaxt surasida zikr qilingan Zulqarnayn biz Makedonskiy deb biladigan Makedoniyalik odamdan ikki min yil avval yoshagan deb aytilinadi.

[2:33] Endi Zulqarnaynni ana shu Kaxt surasida zakir qilingan Zulqarna'inni Payg'ambar deydiganlarning dalili qaysi? Ayrim olimlar Zulqarnayni Payg'ambar bo'lgan deydi, ayrimlari yo'q Payg'ambar emas deydi. Payg'ambar deganlarning dalili nima? Astaydu billa. Xatta ida balog'a mag'riba shamsiy, vajadaha tag'uru bufi aynin hamiyatimu va vajadaha indaha qovma. Ka'f surasida Zulqarnayning qissasi keladi.

[3:02] Alloh Taolo aytadi, to ketayotib, kun botadigan joyga yetgach, u quyoshning bir loyqa buloqqa botayotganini ko'rdi. Va u buloq oldida bir qavmni uchratdi. Alloh Taolo aytyapti, istaydi bilar? Qulna ya dal qornayni imma an tu addiba va imma an tatta hidafihim husna.

[3:26] Biz aytdik deyapti Alloh Zulqarnaynga. Ey Zulqarnayn, yo ularni azobga duchor qilasan, yoki ularga yaxshi muomalada bo'luvsan. Zulqarnaynni Payg'ambar bo'lgan deydiganlarning dalili shu. Ular aytishadi, Alloh Taolo Zulqarnaynga vahiy bilan bildirgan, vahiy esa Payg'ambarlarga keladi, shuning uchun Zulqarnaynni Payg'ambar bo'mgan deyishadi ular. Bu ularning dalili. Endi, Zulqarnaynning payg'ambar bo'lmagan deydiganlarchi, ular, ularning bu daliliga shunday javob berishadi.

[4:05] Oyatda aytilgan narsa, u vahiy bo'lmagan, balki ilhom bo'lgan deyishadi. Chunki ilhom ham vahiy deb zikr qilingan Qur'onda. Masalan, asalariga Alloh Taolo biz vahiy qildik deydi. Agar vahiy faqatgina payg'ambarga yuboriladigan narsa deb tushuniladigan bo'lsa, asalariga ham vahiy qildi deyapti. Demak, Zulqarnaynga shunday dedik degan so'zdan ilhom tushuniladi, vahiy emas deyishadi.

[4:35] Zero, bir narsaga ilhom berishni ham vahiydabat alishi xonada kelgan. Alloh Taolo asalariga ham ilhom bergan, ya'ni vahiy qilgan. Astaydi billa? Vo avha robbuka ila nahli anit taxhiydi minal jibali buyuta va minal shajari va minmaya arishun. Robbning asalarilariga vahiy qildi. Tog'lardan, daraxtlarda. Va ko'tarilgan so'ritoklardan uy tutgan. Mana avhayna, biz vahiy qildik deyapti. Demak, vahiy degani doim payg'ambarga yuboriladigan vahiy tushunilmaydi. Ilhom ma'nosida ham bo'lar ekan. Shundan kelib chiqib turib, Zulqarnaynga tushirilgan narsa bu ilhom deb uni payg'ambar bo'lmaganligini ayrim ulamolar dalillashadi.

[5:25] Zulqarnaynga aytilgan so'z ham payg'ambarlarga keladigan vahimas, balki Alloh Taoloni uning to'g'ri yo'lga ilhom qilishi bo'lgan deyishadi. Endi Zulqarnayn haqida to'liq ma'lumot olmoqchi bo'lsak, ana shu Kaf surasini tavsiyasiga murojaat qilamiz. Alloh taolo unga har qanday narsalarni sababini berganligi, yajuji va majujning chiqadigan ikkita tog'ni o'rtasidagi to'g'onni to'sib tashlaganligi, va ular ya juj ma juj qiyomatga yaqin, gacha yaqin o'y ishligi va qiyomat soati qatori ular yer yuziga chiqib kelishligini mana qissalarda bayon qilganmiz. Kaf surasini tavsiyalariga murojaat qilsanglar bo'ladi.

[6:02] Hal qildik a? Zulqarnayn, Qur'onda zikr qilingan Zulqarnayn payg'ambar bo'lgan emas. Qur'onda zikr qilingan Zulqornayn Aleksandr Makedonskiy emas. Luqmoni hakimda ham payg'ambar bo'lgan yoki bo'lmagani to'g'risida bir biriga bir qarama qarshi fikrlar bor. Qur'on Karimda Luqmonga hikmat ato etilganini va uni o'g'liga qilgan nasihatlari hikoya tarzida bayon qilingan. Ya'ni solih inson bo'lgan. Ki uning o'zini o'g'liga qilgan nasihatlari musulmonlar uchun nasihat bo'ldi. Endi musulmonlarga kelyaptimi bu nasihati, demak bu odam solih inson bo'lmagan, haqiqatdan.

[6:43] Istadi billa. Valaqod a atayna Luqman al hikmata. Biz Luqmonga hikmat ato etdik. Ana shukrullillahi va unga dedik, Allohga shukur qilgin. Allohga shukur qilgin. Voman ya shukur, fa innama ya shukrulli nafsiy. Endi kim Allohga shukr keltirsa, o'ziga foydasi uchun shukr keltirdi. Shukr keltirdi o'ziga yaxshi. Va man kafaro fa innallohu ag'oni yun hamid. Endi kim noshukurlik qilib, nonko'rlik qilsa, kufrona ne'mat qilsa, albatta Alloh behojat va hamd egasi bo'lgan zotdir. Demak, Luqmon Hakimga Alloh Taolo hikmatni ato qildi.

[7:25] To'g'ri fikrlash, haqqa to'g'ri keladigan qilib so'zlash. Mana shu iqtidorini bergan. Mujohid rahimahulloh aytadi. Hikmat nima? Hikmat bu fiqh. Aql va haqqa muvofiq so'zlash. Mana shu narsaga ega bo'lgan odam hikmat egasi deyiladi.

[7:48] Fiqhni biladi, ya'ni shariat hukmlarini biladi. Aql xushi joyida, aqlli odam va mana shu narsalarga muvofiq qilib gapira oladi. Qurto'be rahmatulloh ali aytadi, to'g'risi, Luqmonning hakim bo'lgani, nabiy bo'lmaganligi haqidagi jumhurning ittifoqi qilganidir. Bu ham hadisda kelgan. Demak, jumhur ittifoq qilgan. Luqmoni hakim payg'ambar bo'lgan emas.

[8:17] Luqmon hakim mana hikmat bilan so'zlovchi hakimzod bo'lganini o'g'liga qilgan nasihatidan bilishimiz ham mumkin. Mana aytdik, Luqmoni ha kimning o'g'liga qilgan nasihati qiyomatgacha o'qiladigan Qur'onda zikr qilindi. Binobarin haqiqatdan hikmat egasi bo'lgan u kishi. Istaydu billa.

[8:39] Vo idh qola Luqmon u li bin hi vahuvaya aydu hu ya bunay yala turshidik billa innash shirkala zulmun avin. Eslang, Luqmon o'g'liga pam nasihat qilar ekan, dedi. Ey o'g'ilcham, Allohga shirk keltirmang, chunki shirk keltirish katta zulmdir. Mana Luqmon hakimga ato qilingan hikmat haqida, mana hadisda nima deyilgan? Ibn Umardan rivoyat qilinadi. U kishi Payg'ambarimizning ushbu so'zini eshitgan. Rasululloh aytadilar, haqiqatda Luqmon Payg'ambar bo'lmagan, lekin ko'p tafakkur qiluvchi, ezgulik bilan ziynatlangan qat'iyatli banda bo'lgan. Allohni yaxshi ko'rgan, Alloh ham uni yaxshi ko'rgan va hikmat ato etgan.

[9:29] Bir kuni kunning yarmida uxlab yotganida, unga bir nido kelgan. Bu Abdulloh ibn Umarni Payg'ambarimizdan eshitgani. Ey Luqmon, insonlar orasida haq bilan hukm qilishing uchun Alloh Taoloning seni yerda xalifa qilishiga rag'bating bormi? U uyg'ongan va ovozga javob berib, agar Robbim meni tanlagan bo'lsa, qabul qildim. Men bilamanki, agar u o'shani menga qilgan bo'lsa, albatta menga yordam beradi, bildiradi va saqlaydi. Agar Robbim menga tanlash imkonini bergan bo'lsa. Ofiyatni qabul qildim, sinovni qabul qilmadim degan. Maloyikalar baralla ovoz bilan, nimaga ey Luqmon deyishdi. U chunki hokim eng qiyin va eng tashvishli o'rinlarda bo'ladi. Uni hamma tarafdan zulm o'rab turadi. U qutulib qoladi, yo unga yordam beriladi. Yaxshisi qutulib qoldir. Agar adashsa, jannat yo'lidan yanglishgan bo'ladi. Kishining dunyoda mansabsiz bo'lishi, mansabli bo'lishidan yaxshiroqdir. Kimki oxiratni qo'yib, dunyoni ixtiyor qilgan bo'lsa, bilsinki, dunyo tamom bo'lib oxiriga yetadi, u esa oxirat mulkiga erisha olmay qoladi degan.

[10:47] Qarang, mansabdor bo'lish va mansabsiz bo'lishlik ixtiyori bo'lsa, mansabsiz bo'lgan yaxshi deyapti. Mansabdor bo'lgan odam doim xavotir fitnani o'rtasida bo'ladi. Yo unga yordam beriladi Alloh tomonidan, yoki o'zini holiga tashlab qo'yiladi. Shuning uchun mansabga intilishlik, birodarlar, musulmonni tabiati yarashmaydi. Ha kimdir shu mansabni egallashligi kerak. Sendan boshqa loyiq odam qolmadimi, endi vojib bo'ladi senga. Ammo sen o'zing nima qilmaysan? Mansabni quvimaysan. Bu dinimizni ta'limoti. Qiyomat kuniga borganda bir inson ikkita odamni o'rtasida qozi bo'lganiga pushaymon yeydi. To'rtta odamni ustida rahbar bo'lganiga pushaymon yeydi. Chunki adolatni qoyil qila olmay qolishlik xavfi bor. Tushunarlimi, birodarlar? Sizdan boshqa odam qolmadimi? Hamma sizni tavsiya qilyaptimi? Siz xohlamaysiz. Mana endi Alloh Taolo sizni chekingizga shuni tushirdi, endi bo'lasiz. Umariddin xattobni abu bakr siddiq xalifa qilib saylamoqchi bo'lganida, aqilniy abu bakr deydi.

[11:45] Ko'ring, Umar ibn Xattob xohlamagan, lekin shu ishga loyiqligini bilgan u Abu Bakr Siddiq joyladi xalifalikka va u kishi qanday ishlarni qildi? Tushunarli mirodalar, musulmon odam mansab qilib olar ekanmi? Mansab qo'llagan odam doim xatarni ostida bo'ladi. Unga yo yordam beriladi Alloh tomonidan, yo o'zini holiga tashlab qo'yiladi. Farishtalar uning go'zal nutqidan hayratga tushishdi. Hech qancha vaqt o'tmasdan Luqmon Hakim qattiq uyquga ketgan va hikmatga batamom cho'mdirilgan. Uyqudan uyg'ongach, hikmat bilan gapiradigan bo'lgan. Deyotganlarini eshitdim deydi Abdulloh nima roziyallohu anhu. Imomu Daylamin rivoyat.

[12:27] O'ttiz birinchi baytimiz Zulqarnayn ham, Luqmon Hakim ham payg'ambar bo'lgan emas, solih insonlar bo'lgan. Aquli qovli ha'da va astag'firulloh ili va lakum. Innallohu va malaka tohu yu saluni ala nabiy. Ya yu halladina amanu sollu alayhi va sallimu taslima. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh.
