# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 260 of 510
- Section: —
- Duration: 12 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/260
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/OwAmWeqqbKQ.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=OwAmWeqqbKQ
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/259.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/261.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:04] Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahmaduhu onas ta'inuhu onas tavfiruh va na'ufovillahi men surur ya'nfu sinavamin sayy'ati amalina. Men yahdihillah hufala mubillala va men yudlihuhu falaha deyala. Va nashxadahulloh ilohi illallohu vahda hula sharikala. Va nashqadahanna muhammadan abduhu rasuluh. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Aqida darslarimizdan siz bilan bizning hamshahrimiz Sirojiddin O'shining Badul Amoli asarini o'qiyotgan edik. O'ttiz uchinchi baytga keldik. O'ttizinchi uchinchi bayt valiylar va ularning karomatlari bayoni.

[0:46] Bobomiz Sirojiddin Osha aytadi karomatul valiyi bidari dunya lahakavnun fahun ahlun navali. Dunyo diyorida valiylarning karomatlar ularda karomatlarda mavjudlik bordir, chunki ular valiylar in'om ahlidandir. Nasmiy bayoni, dunyoda valiylar karomatlari bo'lishi shubhasiz, ular in'om ahli. Avliyo degan so'z bor bizda. Valiulloh deb qo'yadi, avliyo deb qo'yad, karomat deb qo'yada. Bu karomatni kim inkor qiladi? Bid'at, kufr, shir'at deydi. Kimdir bor deydi. Bu masalada ham bizni ahli sunnavali jamoat e'tiqodi, moturidiy aqida yo'nalishida qanday e'tiqod qilishimiz to'g'ri bo'ladi.

[1:36] Bu paytda valiylar va ularning karomatlari haqida e'tiqod, qisqa va lo'nda qilib bayon qilingan. Chunki bu masalada ham mo'tazilik firqasini noto'g'ri qarashlari bo'lgan. Valiylarda ular inkor qilgan. Valiy degan narsa yo'q degan. Vali so'zi lug'atda yaqin, do'st degan ma'nolarni bildiradi. Endi ko'pligi avliyo bo'ladi. Vali do'st bo'lsa, avliyo degani, do'stlari degani. Endi avliyo odam kim? Istilohiy ma'nosi qanaqa bo'ladi valiyni?

[2:12] Imkon qadar Alloh Taoloni tanuvchi, toatlarida bardavom bo'luvchi, yomonliklardan saqlanuvchi, shaxvatlarga berilishdan o'zini olib qochuvchi, dunyodan yuz o'giruvchi, oxiratga yuzlanuvchi, doimiy ravishda Robbisining zikrida bo'luvchi zot vali deyiladi. Siz bilan biz ham Allohni valiysimiz, qaysidir darajada. Mana biz hozir aytayotgan narsada, qancha siz peshqadam bo'lsangiz, demak, sizning valiyingiz Allohga viloyatingiz, do'st bo'lishingiz, shuncha yaqin bo'ladi. Qancha zaif bo'lsa, shuncha zaif bo'laveradi.

[2:49] Alloh yaxshi ko'rgan banda vali deyiladi. Ushbu ta'rifga ko'ra, haqiqiy vali kim ekanini faqat Alloh Taoloni o'zi biladi. Ala innna avliya allohi la xavfun alayhi va la hum yaxsanun. Alloh o'rnida aytadi, ogoh bo'linglar. Albatta Allohning do'stlari, avliyolari, ularga xavfa xatar yo'q va ular mahzun bo'lmaydilar. Allohning avliyolari bor. Ular dunyoda ularga xavf xatar bo'lmaydi. Va oxiratda ular mahsum bo'lmaydi. Qat'iy aytadigan narsam shuki, hech kim men valiyman deb da'vo qilishga haqqi yo'q. Chunki sen yuz marta men Allohni valiysiman, Allohni yaxshi ko'raman, Alloh meni yaxshi ko'taradi, men avliyoman desang u, Alloh seni bir marta yaxshi ko'rdim demasa, sen avliyo bo'la olmaysan.

[3:40] Shuning uchun Alloh Taolo bandalariga agar Allohni avliyo bo'lishini xohlasa, Muhammad alayhissalomga ergashlikni buyurgan. Boshqacha qilib aytamiz. Allohning avliyosi bo'lishi uchun, Allohning valisi bo'lishi uchu senda iymon bo'lishi kerak va Muhammad alayhi sotuv assalomga muhabbat bo'lishi keraksin. Alloh seni yaxshi ko'rishi uchun. Astay debillar, qul in quntum tohibun alloha fattabi uniy. Ey Muhammad alayihissalom, ayting. Ayting.

[4:13] Agar Allohga muhabbat qilsanglar, bas, menga ergashing. Allohni yaxshi ko'raman degan da'volar rost bo'lsa, menga ergashing! Alloh aytyapti, shunaqa deb ayting. Yuh bi bukumullohu va yag'firulakumul zurubakum, vallohu g'ofuru rohim. Shunda Alloh sizlarni yaxshi ko'taradi. Shunday gunohinglarni kechiradi, zera Alloh g'ofuru rohin bo'lgan zot. Demak, birinchi shartini nima o'lyapti?

[4:38] Siz Allohni valiysi bo'lishligingiz uchun iymoningiz bo'lishi kerak va Muhammad alayhissalotu vassalomni yaxshi ko'rishligingiz kerak. Valiylarning martabalari. Aqidatul mo'minning kitobida valiylarning to'rtta martabada bo'lishlari bayon qilingan. Demak, Allohning valoyati, Allohning do'stligi to'rtta martaba deb aytilinyapti. Birinchisi, eng oliy martaba. Ikkinchisi, yuqori martaba. Uchinchisi o'rta martaba, to'rtinchisi past martaba. Shu to'rttasidan bittasiga kelamiz biz ham. Modomiki la ilaha illalloh muhammadur rasululloh deb, Muhammad alayhissalomni yaxshi ko'rgan bo'lsak, shariatni mahkam ushlagan bo'lsak, bizda ham mana shu to'rtuvadan bittasi bo'lishi kerak.

[5:26] Birinchisi, eng oliy martaba. Bu martaba ambiyo va rasulullohning martabasi. Bularga hech kim yeta olmaydi. Alloh taololarga ato qilgan mo'jizalar bor, karomatlar bor. Ana shu mo'jizalar bilan o'zlarining payg'ambar ekanligini odamlarga isbotini aytgan. Demak, birinchi martaba kimniki ekan? Payg'ambarlar, anbiyorlarning martabasi, eng oliy martabasi.

[5:54] Ikkinchisi, yuqori martaba. Bu endi ana shu payg'ambarlarga ergashgan odamlarning martabasi. Sahobalar, havoriylar, payg'ambarga ergashib, ularni ko'rsatmasi bilan kun kechirgan kishilar. Bularni matabalari Allohni elchisiga qancha yaqin bo'lgani e'tiboridan bir ikkinchisidan farqlanadi. Masalan, Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu payg'ambarimizga eng yaqin kishi bo'lgan. Undan keyin Umariddin xatto. Demak, sahobalar ham Allohning valiylari, lekin ana shu ikkinchi tabaqadagi valiylarni ham o'zlarini darajalari bor. Rosullohga qancha yaqin bo'lsa, martabasi shuncha baland bo'laveradi.

[6:34] Uchinchi martaba, bu o'rtacha darajadagi martaba o'ng taraf egalaridan bo'lgan iymon va taqvo ahllarning martabasi. To'rtinchisi, past martaba. Bu martaba iymon va taqvoda zaif bo'lgan, o'ziga gunohlarni ko'p qilib zulm qilganlarning martabasi. Bu eng past tabaqasi. Alloh Taolo Qur'onda aytadi, astaylubilla, simma avratinal kitobal la dinah, stofeina min aiba dinah. So'ngra bu kitobni o'z bandalarimizdan tanlab olganlarimizga meros qildik.

[7:12] Familihum vali mulli nafsihi, familihum muqtasid, familihum sabihum bil xayrot ibn illa. Bas ulardan o'ziga o'zi zulm qiluvchilar bor. Ulardan o'rtachalari bor va ulardan Allohning izni ila yaxshiliklarga o'zuvchilar ham bor. Ana shu ayni ulug' fazldir. Mana Alloh Taolo aytyapti, kitobni berdik. Yaxshilikka shoshiladiganlari bor, o'ziga zulm qilib qo'yadiganlari bor. Ya'ni siz bilan bizda. Biz gunoh ma'siyat qilib o'zimizga zulm qilamiz. Ana shu to'rtinchi martabasi valiylikni, bu eng past martabasi hisoblanadi.

[7:52] Mana bu oyatda odamlarni uchta toifasi aytildi. Birinchisi o'ziga zulm qilganlar, o'rtachalar va yaxshilikda o'zib ketadiganlar. Keyingi oyat karimada mana shu uch toifani hammasi jannatga kirishi, tilla bilaguzuklar, injuvlar bilan bezanishlari, liboslari ipakdan bo'lishi bayon qilingan. O'sha taqvoyimiz, amalimiz yuksalgani sari ana shu valiylikni yuqori darajasiga chiqib boraveramiz.

[8:22] Allohga valiyligi baland bo'lsa, Alloh shu bandaga boshqalarga bermagan narsalarni beradi. Aql idrok, fahm farosatni. Boshqalar ko'rmagan narsani qarab ko'ra oladi. Boshqalar tushunmagan narsani darrov tushunadi. Usmonov Nafimov roziyallohu anh majlisda o'tirgan edi. Bir odam kirib keldi. Orqasidan bittasi kirib keldi, xullas, besh oltita. Hozir oldinglarga ko'zida zino asari bilan bir odam kirib o'tirdi dedilar.

[8:50] Ey Abu Abdulloh, Rasulullohdan keyin vahiy kelyaptimi deganda, yo'q, bu farosati mo'mini dedilar. Ittaqu farosat al mo'min, fainnah u yandur u binuringlar deganlar Rasululloh. Mo'minni farosatidan ehtiyot bo'linglar, zero u Allohni nuri bilan qaraydi. Bu farosat, birodarlar, fitriy bo'ladi, kasbiy bo'ladi. Kasbiy farosat qanaqa desa, inson hayoti davomida yashab, ko'rib, tajriba to'plab to'plab, uje ko'zi ochiq bo'lib qoladi. Bu ko'proq yoshi kattalarda bo'ladi. O'sha halol yurgan bo'lsa, ibodat bilan qarigan bo'lsa, xonam xarish katta gunohlardan tiyilib, zikrda yurgan bo'lsak, yuragi sezadigan bo'lib qoladida. Qarab turib, yo'q bolam, shu ko'nglim chopayapti, shu odam bilan ishlamagin da deydi. Bilmaydi nimaga ekanligini. Alloh diliga solib qo'yadi. Keyin bilsa to'g'ri chiqadi shu gapi.

[9:42] Endi bu narsa, iymonda, taqvonda zaif bo'lgan kishilar ham, agar ba'zi zaruriy ishlarni tarqagan bo'lsa ham yoki ba'zi bir noto'g'ri ishlarda qilgan bo'lsa ham, Allohning do'stlari qatorida sanalishi mumkinligini bildiradi. To'rtinchi darajada deydi ku, pastrog'i, lekin Allohni do'sti. Faqat ularni iymon va taqvolari zaifligi sababli, peshqadamlardan past o'rtachalarning darajasiga ham yetmagan eng past darajadagilar bo'ladi. Mana endi karomat.

[10:12] Karomat. Karomat nima? Karomat bu mo'jiza emas. Mo'jiza payg'ambarlarga beriladi. Karomat avliyolarga beriladi. Mo'jiza beriladi payg'ambarga, odamlarga o'zini payg'ambar ekanligini isbot keltirish uchun. Solih alayhissalom tuyani toshni ishidan chiqarib berdi allohni ismini bilan. Muso alayhissalom misrda to'qqizta mo'jiza ko'rsatdi. Iyso alayhissalam o'linglarni tiriltirdi, ko'riladi ko'zini ochdi.

[10:44] Endi karomatchi? Karomat, alloh o'zining valiylarga beradigan g'ayriodatiy ishlar. G'ayrioddiy ishlar. Akang keldi, qaraginda deydi. Chiqsa akasi kelgan bo'ladi. Bu mo'jiza emas bu. Tushunarlimi? Odatga to'g'ri kelmaydigan ishlar. Bir odamni suvni yurib ketayotganligi bor. Suvni ustida shunday, shunday, shunda bosib ketyapti. Bu karomat deyiladi, mo'jiza emass. Ammo, deydi ulamolar, agar bir odam suvni bosib ketayotgan bo'lsa ustida, cho'kmasdan, havoni bosib bosib tepaga ko'tarilib ketayotgan bo'lsa, yu, ammo Allohdan taqvosi bo'lmasa, solih amallari bo'lmasa. Buni iblis deb guvohlik beringlar deydi. Tushunarlimi?

[11:33] Lug'atda karomat, izzat ikrom, qadr qiymat, oliyjanoblik ma'nolarni bildiradi. Endi istaloqda esa, Alloh Taoloning o'zi sevgan bandalarga qilgan izzat ikromi deyiladi. Karomat ikki xil bo'ladi. Tug'ma karomat va mehnat bilan erishiladigan karomat.

[12:08] Aqulu qavli ha da, va astag'firulloh li valakum. Inna allohi va malakati huysalluni ala nabiy, ya yuhalladina amanu sollu alayhi vasallim mutaslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh.
