# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 269 of 510
- Section: —
- Duration: 19 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/269
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/CXz2afAmWYc.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=CXz2afAmWYc
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/268.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/270.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:03] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir rohbilen a'lamin. Vassalomu alayhi vassalomu ala ashrafil mursaliy. Va ala alixiy va ashabiy hajmain. Allohumma alimnoma yonfauna. G'ofir nabi ma'lum tana va zidna inman. Allohumma arenal haqqa, haqqon orzuqun at tibaa va arenal ba'tila ba'tilan orzuqun ajidinaba.

[0:29] Silojiddin o'shaning badr amaliy asarini o'qiyapmiz, birodarlar. Qirq uchinchi baytga keldik. Mavzusi jon chiqar va qitda keltirilgan iymon bayoni. Ya'ni inson o'lishidan oldin kalima keltirsa, o'limi ko'ziga ko'rinib qolganda tavba qilsa, kalima aytsa, bu qabul bo'ladimi, yo'qmi?

[0:59] Va man iymanu shaxsin hali basin, be maqbul ili faqdil imtihani. Hayotdan umidi uzilgan holatda bo'yin sinish yo'qolgani uchun biror shaxsning iymoni maqbul bo'lmaydi. Nazmiy bayoni o'limgacha iymon qilinsa tahir, qabul emas, bo'ysunish qolmagan axir. Demak, inson hayoti davomida kufr ma'siyatida yashab, islomdan yuz o'girib, din bilan ishi bo'lmasdan ajala ko'ziga ko'rinib qolganda, g'arg'ara tomog'iga kelib qolgan paytda kalima keltirsa, kalimasi qabul bo'lmaydi.

[1:43] Bu haqida Qur'oni Karimda shunday xabar beriladi. Astaydubillah, falamma rao ba sana, qolu amannabilla vahda va kafarnabima kunnabihiy mushrikin. Endi qachonki ular bizning azobimizni ko'rishgach, yakkayu yagona Allohga iymon keltirdik va ilgari Allohga sherik qilib olganimiz, bu ularga kofir bo'ldik derlar.

[2:08] Falam yakku yonfavhum iymanuhum lamma rao ba sana sunnatallohillati qodholat fil. Fiy ay badi va hosirahun alikal kafirun. Lekin bizning azobimizni ko'rgan vaqtidagi iymonlari ularga foyda berguvchi bo'lmadi. Bu Allohning barcha bandalari haqidagi o'tgan yo'li qonunidir. Va o'shanda kofirlar ziyonkor bo'ldilar. Kofir bo'ldi, Payg'ambarni da'vatiga quloq solmadi. Endi va'da qilingan balo dunyodagi azob ustiga kelgan paytda, payg'ambarning so'zi haq ekanligi ma'lum bo'lganidan keyin, ularni keltirgan iymonlari foyda qilmadi. Imomuhurtubiy aytadi, kun o'zining botishidan chiqqan paytda iymon keltirish bandaga foyda qilmaydi. Chunki ularning qalblariga kirgan qo'rquv sababli nafsning hamma shahvatlari so'nib qoladi. Badadiy quvvatdan ajralib qoladi. Qiyomatni yaqinlashib kelayotganini ko'radi. Bunday holatda qilingan talbani foydasi bo'lmaydi. O'lim lahzalarigacha yetib kelgan insonning tavdasi ham qabul bo'lmaydi. Ya'ni qiyomatning alomatlaridan kunni mag'ribdan chiqishi, botishidan chiqishi, kun chiqqandan keyin mag'ribidan, endi qiyomat aniq bo'lib qoldi.

[3:30] Payg'ambarlarda aytgani rost chiqib qoldi. Endi foydasi yo'q. Chunki inson ajali ko'ziga ko'rinib qoldi. Endi orqaga qaytishga yo'l yo'q. Avval qilgan gunohlardan qaytib tavba qilishlikka fursat yo'q. Endi muddat qolmadi. Insonni tavbasi qachon to'g'ri bo'ladi? Qachoniki shu qilgan gunohini yana yashasa, qaytib qilmaslikka niyati bo'lsa.

[3:57] Hadish sharti, jon xalqumga taqalgan paytda, banda tavba qilsa ham, kalima keltirsa ham, qabul bo'lmasligi aytilgan. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, innalloha azza va jalla la yaqbalu tavba tal abdiy ma'lam yuqori g'ir. Ibn umar roziyalloh ham humodan rivoyat qilinadi. Alloh subhanah va taolo bandaning tavbasini albatta qabul qiladi. Modomiki joni halqumiga kelmagan bo'lsa, imom bayhaqiy rivoyat qilgan.

[4:33] Joni halqumigaga kelgandan keyin, o'lim ko'zga ko'rinib qolgandan keyin, tavba ham qabul bo'lmaydi, iymon ham qabul bo'lydi. Tavba lug'atda birodarlar qaytish ma'nosini bildiradi. Tavba qildi degani qaytdi degani. Nimadan qaytdi? Gunoh qilishidan qaytdi, gunoh qilishidan tavba qildi. Shuning uchun ahli sunnaval jamoa ulamolari bandani qilgan tavbasi haqiqiy tavba bo'lish uchun unda uchta shart bo'lishi kerak deyishadi. Ya'ni bir gunohdan inson tavba qilmoqchi, qabul bo'lishi uchun uchta shart kerak. Birinchisi, qilgan gunohi uchun nadomat chekishlik kerak. Afsus chekish kerak. Bormi? Bor. Ikkinchisi, ana shu qilayotgan gunohini to'xtatish kerak. Haligi pushaymonman deb ichaverish kerak emas. Endi yaxshi bo'lmayapti, pushaymonman deb turib, protsentga pul olib pul beraverish kerak emas, tarozidan uraverish kerak emass. Birinchisi, pushaymon yeyish kerak. Ikkinchisi, to'xtatishkerak gunohi. Uchinchisi, bu gunohni qaytib takrorlamaslikka azma qaror qilishligi kerak. Mana uchchala shart.

[5:50] To'xtash pushaymon, to'xtash, qaytib qolmaslikka ahd qilish. Endi, joni halqumiga tiqilib qolgan odamda bu narsa yo'q. Uchchala sharti yo'q. Topilmaydi. Shuning uchun uni u paytda qilgan tavbasi ham qabul bo'lmaydi, keltirgan kalimasi ham qabul bo'maydi. Chunki tavba qilayotgan odam o'sha gunohini qilishlikka mumkinligi bo'lib turib, yana gunoh qilishlikka ko'zi yetib turib, tavba qilar ekan, qaytib qilmayman deb, qaytib, qilmayman shu narsani vaqt qilar ekan, shunda uni tavbasi tavba bo'ladi, shuni iymoni iymon bo'ladi. Majbur bo'lib qolganda ham imkoniyati yo'q.

[6:34] Alloh taolo Qur'onda marhamat qiladi. Astanu billah. Laysatit tavba to'lin ladina ya ma'luna sayy'ati hatta xabar ahadahumul mav't. Qola inniy tu butul ana, vala ladina ya motuna vahum kufar. O'la aka atadin alahum adaban alima. Na gunoh ishlarni mudom qilib yurib, qachoniki birovlarga o'lim kelganida endi tavba qildim deydigan, va na kofir holda o'lib ketadigan kimsalarning tavbalari qabul qilinmas. Ular uchun alamli azobni tayyorlab qo'yganmiz. O'lim kelgan paytda qilingan tavbas qabul bo'lmaydi, kalimasi qabul bo'lmadi. Chunki bu paytga kelib, imom, imomi qurdubiy, ibn kasrilar, manaviylar aytadi, chunki ajali kelgan paytda insonni ko'zidan parda olinadida, ayrim g'aybiy narsalarni ko'rib qoladi. Farishtalarni ko'rib qoladi, yoki biz bilmaydigan boshqa bir g'aybiy ko'rinishlarni ko'rib oladiki, endi orqaga yo'l yo'q. Agar avval iymon keltirmagan bo'lsa, endi ko'zi bilan ko'rdi. Endi ko'zi ochildi. Aqli ishladi, lekin foydasi yo'q. Ibnik asr aytadi, bu hadislar hayotdan umidi bor insonning tavbasi qabul bo'lishiga, ammo umidi uzilgandan keyin, ko'ziga ayrim maloyikalar ko'rinib, joni halqumiga kelgandan keyin tavba qabul bo'lmasligiga dalolat qiladi.

[8:04] U paytda ko'zi ochilib qoladi. Bilasizlar, imom ahmadimni hambalni hayotini qarasak, juda bir katta bir qahramonlik ko'rsatgan, ummat uchun turib bergan, mo'tazilalarning buzuq aqidasiga to'siq bo'lib turgan kishi mana ummatning imomi peshvozi bo'lgan ahmadinda ham bal vafot etayotganida, oldida o'g'li. Imom ahmad hushidan ketadi, bir muddat yotib o'ziga keladi da, yo'q, hali yo'q, holi yo'q deb qo'yadi. Yana o'zidan ketib qoladi. O'g'li hayron. Yana biroz vaqt o'tib, o'ziga kelgandan keyin yana yo'q, huli yo'q, hli yo'q deydi.

[8:48] Shunda endi o'g'li so'raydi. Ey otajon, nima deyapsiz? Hushingizga, hushingizdan ketyapsiz, o'zingizga kelganda hali yo'q, hali yo'q deyapsiz. Shunda Imom: Ey o'g'lim, bilmayapsanmi hozir nima bo'lyapti bu yerda? Yo'q. Uyda o'ni burchagida iblis o'tiribdi. Shayton o'tiribdi, barmog'ini tishlayapti. Ha, Ahmad, qutulib ketding a? Qutulib ketding a? Ya'ni shuncha fitnaga solsam ham, bu fitnalarga aldanmasdan qutulib ketding, a? Deb turibdi. Men aytyapman, hali yo'q, hali yo'qu qutilganim yo'q. Chunki hali ruhi tanasida turibdimi? Shayton fitnaga solishiga xavfi bor. Hali yo'q deb turibman deydi. Mana ajal yaqinlashib qolgan odam ko'ryapti, o'g'li ko'rmayapti. Shuning uchun ko'zi mashinaga ochiladi. Qachon? Ko'zi yumilganida. Ajoyib gap a? Ko'zi yumilgandan keyin ko'zi ochiladi da.

[9:45] Ma'naviy rahimaulloh aytadi, banda hayotdan umidvor bo'lib turarkan, u uchun tavbani qabul bo'lishlik o'rni bor. Ya'ni ertaga yashaydi, indinga yashaydi degan umidi bormi? Tavba qilsa qabul bo'lishligi o'rni bor! Chunki tavbaning qabul bo'lish sharti gunohga qaytmaslik azmi. Bu esa bandaning gunoh qilishga imkoniyati bor bo'lganida, hamda unda ixtiyor qilishga vaqt bo'lganda yuzaga chiqadi.

[10:15] Bir oy qoldi umri dedi. Demak, tavbaga vaqt bor. Chunki bir oy yashaydi. Chunki shu bir oyning ichida ham gunoh qilishi mumkin da inson. Ammo ajralib kelib qolgandan keyin uje fursat yo'q. Shuning uchun jon halqumiga taqalmasdan oldin, tavbaga shoshilishlik kerak bandi. Ulgayman demasin. Ulgayman, demasin. Chunki ana shu tez kelyapti mashinasi bilan jarlikka quladi. Uchib ketyapti, besh sekund, o'n sekund. Albatta kalima keltiradi. Albatta tavba qiladi. Lekin endi buni unga foydasi yo'q.

[10:50] Eng asosiysi birodarlar munosib vaqtda tavba qilib olsin, munosib vaqtincha kalima keltirib, iymon keltirib olsin. Chunki birodarlar mana yer yuzida yashab o'tgan eng katta zolim kim edi? Fir'avn alixillani edi. U iymon keltirdimi? Iymon keltirdi. Kalima keltirdi. Biz bilamiz sizlar birodarlar, bizni ahli sunnaval jamoa haqidasida, moturid haqidasida bir odam la ilaha illalloh desa, biz uchun musulmon u.

[11:23] Chunki iymon ikkita narsa. Tili bilan aytish, qalbi bilan ishonish. Endi qalbida ishondimi, ishonmadimi, biz buni bila olmaymiz. To'g'rimi? Qalbi Allohnin ishi. Biz uchun bittasi qoladi shu ikkitani. Tili bilan kalima keltirganligini eshitib qo'yishlik. Xo'p eshitdik. La ilaha illalloh muhammadur rasululloh dedimi? Bir marta aytgani, biz uchun musulmon u. Namoz o'qimasa ham, ro'za tutmasa ham, gunoh mas'uliyatlarini qilsa ham, bu odam fosiq, gunohkor, lekin musulmon. Uni biz kopir demaymiz.

[11:59] Janozasini o'qiymiz. Orqasidan alloh rahmat qilsin deb duo qilamiz. Lekin fir'avn ham allohdan o'ziga iloh yo'q degan kalimani aytdi. Ammo buni aytishligi fursat qolmagandan keyin, hayotdan umidi uzilgandan keyin bo'ldi. Shuning uchun buni iymonni alloh taolo al'ani endimi dedi va qabul qilmadi.

[12:24] Ana robbukumul a'la degan edi sheralin. Men sizlarning eng oliy robbingizman degan edi. Sizlar uchun mendan boshqa ilohni bilmayman degan edi, banu isroilni o'g'il bolalarini so'yib, qiz bolalarni tirik qoldirgan edi. Cho'kyotib nima degan edi? Banu Isroil iymon keltirgan, Allohga iymon keltirdim, men ham musulmonlardanman dedi. Ha, haqiqatni anglab yetdi.

[12:53] Kalimani aytdi. Ammo qachon aytdi? Imom A'zam Abu Hanifaning nomonini Sobit rahmatulloh alihning oldiga bir mayitni olib kelishdi. Imom amal bo'lmagan bo'lsa kerak, nomaz ham o'qimagan, ro'za ham tutmagan, lekin musulmonlar ichida yashagan. Buni nima qilamiz? Qayerga ko'mamiz, ey Imom deyishdi.

[13:15] Imom A'zam bu Uzair ibn Solloh, Uzair Allohning o'g'li degan toifa odamlardanmi, yahudlardan? Yo'q deyishdi. Bu Iso ibn Olloh degan toifadanmi? Iso Allohni o'g'li degan nasroniylardanmi? Yo'q. Kimdan bu? La ilaha illalloh muhammad rasululloh deganlardan dedi, javobni aytdinglar dedi. Tushunarlimi? Kopir degani shoshilmaymiz. Chunki kopir deyishlik siz bilan bizni ishimiz emas, bizni palnomachamiz emas. Bir odamni iymon yoki kufrda ekanligini aytish, qozini ishi, muftiyni ishi, bizni ishimiz emas. Siz o'zingiz bilmagan holda bir odamni bu kofir desangiz, bu havoda qoladigan gap emas. Faqat ba bi ha hadumah deganlar rasululloh. Bir musulmon ikkinchi birodarga ey kofir desa, shu kofir degan so'z ikkalasidan bittasi bilan ketadi. Bittasi albatta kofir bo'ladi.

[14:17] Ana shu kofir deyilgan odamda kufr sifati bo'lsa, kufr degansiz u bilan ketadi. Agar u mo'minlik sifati bo'ladigan bo'lsa, mo'minni kofir degani uchun, kofir degan odam o'zi kofir bo'ladi. Chunki o'sha biz kofir deb aytayotgan odam umrida bir marta la ilaha illalloh degan amal tufayli biz bir bandani kofir demaymiz. Namoz o'qimasa kofir emas. Aroq yesa kofir emas. Namozni farz emas desa kofir bo'ladi.

[14:52] Riboni harom emas desa, kofir bo'ladilar. Lekin bizni ona demaydi. Aroqni ichadi, boshqa gunohmasiyatni qiladi, halol demaydi. Shuning uchun fosiq gunohkor musulmon biz uchun. Ha, Fir'avn ham birodarlar haqiqatni anglab yetdi. Kalimani keltirdi, lekin qaysi paytda aytdi? Chorasi qolmagandan keyin aytdi. Shuning uchun aytyapmiz, muammo vaqtida kalima keltirib olish deydi, muammo vaxtida tavba qilib olish deydi. Chunki tavba ham qiladi, kalima ham keltiradi, vaqt o'tgandan keyin.

[15:29] Alloh Taolo Qur'onda marhamat qiladi: Astaydu billah. Vo javazna bi bani isroil al bahr. Fa'atibaahum fir avnub va junuduhu bag'yan va adva. Xatta ida adroka hul g'oraqu qola aman tu annahular ilaha illalladiy a manadbiyhi banu isroil va anaminan muslimiy. Biz bani isroilni dengizdan o'tkazganimizdan keyin, ularga zulm u zo'ravonlik qilish uchun fir avn va uning lashkari quvib yetdi. Bani Isroil Misrdan chiqib ketdi. Muso alayhissalom boshchiligida, bu katta karvonni, olti yuz ming kishilik karvonni avvali dengizga yetganida, oxiri karvonni oxirida turganlar orqa tomondan Fir'avn qo'shini bilan kelayotganligini ko'rdi. Qol u inn alamudrokun, aniq yetib olishadi endi, dedi. Muso alayhissalon, kalla innama ay robbiy sayahdin. Yo'q, Robbim men bilan birga, menga yo'l ko'rsatadi, dedi.

[16:31] Asosi bilan dengizni urishlikka buyurdi Alloh Taolo. Dengiz ikkiga bo'lindi. Banu Isroil o'tib ketdi. Mana endi Fir'avn qo'shi bilan kirganda suv tagida qoldi. Endi unga, Fir'avnga, g'arq bo'lish payti yetganida esa, u dedi, hech qanday iloh yo'q. Magar man u Isroil iymon keltirgan zot Allohga borligiga iymon keltirdim, men musulmonlardandirman, Allohga bo'yunsin uchunlardanman dedi.

[17:01] Alloh Taolo qabul qildimi? Aytdik a, jon chiqar paytda keltirilgan iymon, iymon bo'lmaydi. Jon chiqib, chiqishlik arafasida qilingan tavba, tavba bo'lmaydi! Alloh Taolo nima dedi? Al'an, endimi? Axir sen ilgari shu paytgacha itoatsizlik qilgan eding, buzg'unchi kimsalardan bo'lgan eding.

[17:23] Qabul qilmadi. Kalimani aytdi, chunki fursat tugagan edi. Demak, xulosa qilamiz. Biror kimsa avval iymonga kelmay yurgan bo'lsa, ajralayotgan paytda, o'lim ko'ziga ko'nib qolgan paytda keltirgan iymoni ham talbasi ham qabul bo'lmaydi.

[17:46] Demak, Sirojiddin o'shining badul amaliy asarini birodarlar qirq uchinchi baytini o'qidik. Va man imanu shaxsin hala basin, bimaqbulin li faqdil imtihaliy. Hayotdan umid uzilgan holatda bo'yin so'nish yo'qolgani uchun biror shaxsning imoni maqbul bo'lmaydi, nazmiy bayoni. O'limgacha iymon qilinsa tahir, qabulmas, bo'yin so'nish qolmagan axir. Tavba qilishligimiz uchun, qilgan tavbamiz qabul bo'lishligi uchun, o'sha qilgan tavbamizi rost ekanligini isbotlaydigan hayot kerak bo'lar ekan.

[18:25] Qaytib ichmayman dedi, yashadi yana bir yigirma kun yoki bir o'ttiz kun. Ichmadi, demak tavbasi to'g'ri bo'ldi. Namozni boshlayman, qaytib benamoz bo'lmayman deb tavba qildi benamozlikdan. Keyin yashadi besh yil, o'n yil. Ana shu muddat bor, demak tavbasini to'g'ri ekanligini bu tasdiqi bo'ladi, birodarlar. Lekin ajal ko'zga ko'ringandan keyin, foydasi bo'lmaydi.

[18:50] Aquli qovli ha da, astag'firulloh ilayhi valakum, imna allohi va malaykiyatuhu yuz sollu ala ala nabi, ya yu halladina amanu sollallohu alayhi va sallimuh ta'slima. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'l va barakatuh.
