# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 270 of 510
- Section: —
- Duration: 23 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/270
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/MWtiON6lvbM.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=MWtiON6lvbM
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/269.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/271.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:01] Bismillahir rohmanir rohim. Inna alhamdulillahi in ahmaduhu anasta'inuhu anasta'ufiru va naruhu villahi min sururiyan fusinga. Omin sayyi'ati amalina. Man yahdihillah hufala mubillala. Va man yug'ilin hufala hadiyala. Mana shuhratulloh ilohillallohu vas shahzodan muhammadan abduhu va rasuluh. Ammavot, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh.

[0:30] Sirojiddin o'shining badul amoli asarini dars qilyapmiz, birodarlar. Bugungi mavzuyimiz mana qirq to'rtinchi bayt, amal va iymon bayoni. Iymon deganda biz nimani tushunamiz? Iymon degani, qalb bilan tasdiqlash, til bilan iqror bo'lishlik. Qalbi bilan ishonishlik va tili bilan kalimani aytishlik. Bobomiz Sirojiddin o'sha aytadi va ma af al xoyrin fihasabin minal iymani mafrudal visoli.

[1:07] Yaxshi ishlarning iymonga qo'shilishi farz qilingan bo'lsa da, yaxshi ishilar hisoblashda iymondan emasdir. Nazmiy bayoni, xayrli ishlar garchi erur farz, iymon juzlaridan hisob etilmas. Savobli amallar iymonning asliga kiradimi, kirmaydimi? Savob amalni qilmagan odam iymoniy iymon bo'ladimi, yo'qmi? Namoz o'qimagan odam musulmon bo'ladimi yo'qmi? Shu masalani muolaja qiladi. Chunki bir ba'zi bir toifalar bo'lgan, savobli amallarni qilmagan odam musulmon emas deb shunday bir fikrlarni ilgari surishgan. Shuning uchun kalima keltirgan bo'lsa ham, umrida bir marta, namoz o'qimagan bo'lsa, kofir deydigan toifalar ham ana shularni jumlasidan bo'ladi. Endi bizda qanaqa? Ahli sunnaval jamoa e'tiqodida, moturidiy aqida maktabida amal qilmagan odamm ham musulmon bo'ladimi, yo'qmi? Shuni muolaja qilamiz.

[2:12] Demak, qilinadigan savobli amallar, farz amallar, albatta iymonga bog'liq, lekin iymonning bir qismi emas. Boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, la ilaha illalloh muhammadur rasululloh deb tili bilan aytdi, qalbi bilan ishongandan keyin. Undan keyin savob ish qilishlik farz har bitta odamga. Endi qimasa chi desa, qimasa ham bizda musulmon hisoblanadi bu odam.

[2:40] Iymon va amallar bir biridan farqli narsalar deb qaraladi. Qur'oni karimda ham birodarlar iymon bilan amal ajratib zikr qilingan. Astaydubillah. Innalladina amanu va amiru solihal. Albatta iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilgan zotlar. Iymon alohida aytildi, solih amal alohida aytilda.

[3:06] Yaxshi amallarni qilish, iymonning aslidan emasligi, mana yuqoridagi yerdan ma'lum bo'ladi. Qilgan savobli amallaringiz siz uchun savob bo'lib yozilishi uchun iymonli bo'lishingiz kerak. Demak, avval iymonli bo'lyapti inson, keyin solih amal qilyapti. Soliq amalingiz sizga savob bo'lib yozilishi uchun iymoningiz bo'lishi kerak. Yana qaytarib aytyapman, demak iymon alohida, amal alohida narsa. Dalil? Istadvillar? O men yag'mal minas solihat, yevoh va mo'minun falay yahofu dulman, bola habma. Kimki muammo bo'lgan holida ezgu ishlarni bajarsa, bas u zulmdan ham, kamayishdan ham havsir emas. Demak, muammo bo'lgan holida keyin savobli amal qiladi. Iymon alohida narsa, savobli amal alohida narsa.

[4:04] O'zi bu mavzu nimaga ko'tariliyapti? Iymonni haqiqati nima? Iymon deganda biz nimani tushunamiz? Mana shu savolga javob berishlik jarayonida shu mavzu o'rtaga tashlanadi. Shuning uchun iymonni o'zi nima ekanligi haqida bir qator xabardor bo'laylik. Iymonning ta'rifi haqida bir o'qib o'rganaylik, keyin bu narsa bizga oson bo'ladi.

[4:32] Iymon rukunlari nechta? Rukun degani birodarlar, ustun degani. Rukun degan i, devor degani. Rikun degani, uyni burchagi degani. Ya'ni bir narsani asosi bo'lgan narsa rukuni deyiladi. Mana namozda o'n ikkita farz bor. Oltitasi tashqarida, namozni tashqarisida oltita farzi, oltita farzi namozni ichkarisida. Namozni tash qaridagi farzlari, namozning shartlari deyiladi, farzlari, shartlari. Endi ichidagi farzlar u ruknlari deyiladimi? Namozni ustunlari. Shulardan bittasi bo'lmasa, namoz namoz bo'lmaydi.

[5:14] Iymon kalimasi lug'atda ikki xil ma'noni bildiradi. Birinchisi tasdiqlash, ikkinchisi omonlik berish. Ahli sunnavali jamoa ulamolarining nazdida birinchi ma'no tasdiqlash degan ma'nosi mo'tabar hisoblanadi. Istiloqda esa iymon nima? Istilohiy ma'nosi Alloh subhanahu va taolo tomonidan Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam olib kelgan narsalarni qalb bilan tasdiqlash, ishonish va til bilan iqror bo'lish, aytish iymon deyiladi.

[5:50] Yodlab olinglar. Bizni aqidamizda iymon qalbi bilan ishonib, tili bilan aytish. Qalbi bilan tasdiqlanadi, tili bilan iqrori bo'ldi. Shu odam mo'min bo'ladi. Garchi namoz o'qimasa ham mo'min deymiz uni biz. Ma'qulmi? Endi mana hammamiz bilgan kalima aman tu billahi va malakatixi va kutubixi va rusulixi va liyon bel axir va al qodari xoyrixih va sharixi minallohi ta'ala va al ba'thiy ba'dal mav't. Mana shu yettita narsaga iymon keltirdim deb bir odam aytsa, u musulmon bo'ladi. U iymonli bo'ladi. Mana shu narsalarga shak shubhasiz iymon keltirishlik kerak bo'ladi.

[6:35] Endi, iymonni rukmi nechta? Iymonni tashkil qiluvchi ustunlar nechta? Necha qism bo'ladi iymon? Bu masalada ahli sunna va jamoa ulamolarida uch xil fikr bor. Uch xil qarash bor. Mana shu uchala qarashni o'rganib chiqamiz va har bittasini dalillarini aytamiz va bizni e'tiqodimiz qaysinisi ekanligini ham bilib olamiz inshaalloh.

[7:01] Imonning rukunlari nechta degan savolga ulamolarimiz uch xil fikrni aytishgan. Birinchisi, iymon qalb bilan e'tiqod qilish, til bilan nutq qilish va a'zolar bilan amal qilishlik. Bu birinchi fikr. Iymon uchta narsa deyilyapti. Qalb bilan ishonish, til bilan aytish, a'zolar bilon amal qilish. Bu birinchifikr. Ikkinchi fikr. Iymonning asli rukini tasdiqlashdir. Til bilan iqror bo'lish asli rukinga qo'shimcha rukun. Ikkinchi fikr, qalbda bo'ladi iymon, til bilan aytishlik qo'shimcha narsa deyilyapti. Uchinchi fikr, iymon faqatgina tasdiqdan iborat. Iqror bo'lish dunyoda mo'minlik hukmlari ijrosi uchun shartdir. Soliq amallar esa iymonning sahih bo'lishi uchun emas, balki komil bo'lishi uchu shartdir. Mana uchta fikr. Birinchisi, iymon degani qalb, til va amal deyildi. Ikkinchi fikr, tasdiqlash qalbda bo'ladi, til qo'shimchalik kun deyildi. Uchinchisida, iymon faqatgina tasdiqlashlik, tili bilan kalimani aytishlik, musulmon ekanligini bildirish uchun, shariat hokimlarini unga joriy bo'lishligini dalili, endi uchinchi aytilingan solih amal, iymonni komil bo'lishligini sharti, lekin iymonning asli sharti emas deyildi.

[8:31] Mana bittadan ko'rib chiqamiz. Birinchi qarash, iymon haqida aytilingan birinchi fikr, iymon bu qalb bilan tasdiqlash, til bilan iqror bo'lish va a'zolar bilan amal qilishlik deyildi. Bu qarashni olg'a surganlar ikki guruhga bo'linadi. Ahli sunnaval jamoa va mo'tazililar.

[8:55] Ahli sunnava jamoaning ulug' imomlaridan bo'lgan, imomul molik, imomul shofii, imomul ahmad, imomul avzoy va boshqa ulug'larimiz mana shu imonni shunday deb ta'riflashgan. Uchta narsa degan bular. Qalb, til va a'zolar. Endi mana shu muhtaram imomlarimizga ergashgan zotlar aytadiki, a'zolar bilan amal qilishni iymonning haqiqati emas, balki komil iymonning rukini deyishgan.

[9:30] Demak, bu zotlarning mazhabiga ko'ra, amal qilmagan odam komil iymon egasi bo'la olmaydi. Lekin mo'min bo'laveradi. Komil iymon egasida amal ham bo'ladi deyapti. Lekin amali bo'lmasa, iymonli odamlar qatorida bo'laveradi. Endi komil iymon bilan, iymonda nima farqi bor?

[9:55] Amalda. Komil iymon bil an iymonni o'rtasidagi farqi shuki, komil iymon egasiga do'zaxdan najot topadi, jannatga kiradi degan va'da berilgan. Endi iymon egasigachi? Iymon egasiga do'zaxda abadiy qolmaslik va'dasi berilgan. Bu qarashning sohiblari o'zlariga mana shu fikrlariga Abu Zar G'oforiy roziyallohu anhunah hadisini dalil qilib keltirishadi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan bu sahoba bir necha marta iymon nima yo Rasululloh deb so'radi. Shunda Nabiy sollallohu alalayhi vasallam ushbu oyatni tilovat qilib berdilar. Astaydubillah. Ley sal birro antuvallu vujud hukm qi balal mashriqi val mag'rib. Valakin nal birro man a mana billahi val yavmil axir. Val malaykiati val ketabi va nabiiyin. Va atal ma'la ala hibbihi davil qurba. Oyatni oxirigacha. Mazmuni qanaqa edi? Yuzlaringizni mashriq va mag'rib tomonga burishingizni o'zi to'la yaxshilik emas. Balki Allohga, oxirat kuniga, farishtalarga, kitoblarga, payg'ambarlarga iymon keltirgan, o'zi yaxshi ko'rgan molidan qarindoshlariga, yetimlarga, miskinlarga, yo'lovchilarga, tilamchilarga va qullarni ozod qilish yo'lida beradigan, namozni to'kis ado etib, zakotni to'lab yuradigan kishi, va kelishilgan ahdlariga vafo qiluvchilar, shuningdek og'ir va yengil kunlarda va jang paytida sabr qiluvchilar yaxshilik ahlidir.

[11:34] Aynan o'shalar iymonlarida sodiqdirlar va aynan o'sha taqvoddirlar. Demak, mana shu oyatni keltirib turib, iymon deganda u ulug'larimiz uchta narsani aytyapti. Qalb bilan ishonish, til bilan kalimani aytish, a'zolar bilan amal qilishlik. Ularni dalili shu. Endi Mo'tazililar. Bular ham iymonni rukni uchta deyishdi.

[12:04] Ammo bular amalni tark qilgan odam iymondan chiqib ketadi deyishdi. Shu bilan bular farqlanishdi. Gunoh kabiira qilgan odam iymondan chiqadi. Iymonda ham, kufrda ham turmaydi, o'rtada orosatda turadi deyishdi . Lekin bularda bu e'tiqodlari botir va noto'g'ri edi. Bularda e'tiqodiga ko'ra, amal qilmagan odam dindan chiqib ketar edi. Shuning uchun kim qalbi bilan ishonib, tili bilan aytib kalimani, lekin amal qilmasa, dindan chiqilib ketadi deyotgan bo'lsa, Mo'tazilik firqasini gapirib gapirar ekan bo'ladi. Biz nima deymiz ekan?

[12:47] Amal qilmagan odam ham kim ekan biz uchun? Musulmon ekan. O'shaning uchun janoza. Eshitsang, haligi amal qilmagan u odam musulmon emas deganlar ham, namoz o'qimagan amakisi, ammasi o'lsa, janoza o'qiydi o'zlari ham. Qalbida ishondi, tili bilan aytdi biz uchun musulmon. Uni moli ham harom, obro'yi ham harom, joni ham harom.

[13:12] Demak, birinchisi, iymon rukmi uchta deyildi. Qalb bilan e'tiqod qilish, ishonish, til bilan kalimani aytish va a'zolar bilan amal qilishlik. Bu birinchi qarash edi. Endi ikkinchi qarash. Iymonning asliy rukini tasdiqlash, ya'ni ishonish, tilbilan iqror bo'lish esa aslga qo'shimcha rukn. Qo'shimcha.

[13:38] Sa'duddin Toftazoniy rahmatulloh alayh bu haqida shunday deydi. Iymon asliga qo'shilgan narsa til bilan ifodalashdir. Ya'ni til bilan aytish iymonning asliga qo'shilgan qo'shimcha narsa. Lekin asl emas. Chunki til qalbdagi narsani ifodalab beradi va qalbiy tasdiqqa dalolat qiladi. Ammo til bilan ifodolash asli rukn hisoblanmaydi. Chunki tasdiqning o'rni qayer? Qalb. Shuning uchun asosiy narsa qalbdagi tasdiq. Chunki inson, masalan, tili bilan kalimani aytishlikka uzrli holati bo'lib qoladi. Masalan, soqov odam.

[14:22] Allohni borligi birligi ishonadi, lekin tili bilan aytilsa, soqov. Unda nima bo'ladi? Ana, demak, tili bilan aylashlik asosiy rukn emas. Asosiy rukm bo'lgan qalbni tasdiqiga nima qilish? Qo'shimcha qilishlik bo'ladi. O'shaning uchun kalima keltirmagan musulmonmas desak, soqovni ahvoli nima bo'ladi unda?

[14:45] Ey birodarlar, siz bilan bizni mana shu aqidaviy masalalarda kimlardir savolga tutib, tupikka tiqaykan bo'lsa, u siz tupikka kiryapsiz da. Nima uchun? Nima uchun. Bilmaganingiz uchun. Ey ulamolarimiz bir ming to'rt yuz yildan berichi. Millimetr millimetr bilan emas, mikronigacha hamma yoqda hal qilib qo'yishgan.

[15:09] Shuning uchun til bilan aytishlik iymonning asosiy rukni emas. U qo'shimcha rukn. Eng asosiysi qalbdagi tasdiq, qalbdagi ishonch. Til bilan aytashlik qo'shimcha rukn. Agar til bilan aytishlikni ham asosiy rukn desangiz, soqov odam kalima keltira olmaganligi uchun. Yoki tili kesilib ketganligi uchun bir odam, bu odamni mo'min demasligimizga to'g'ri keladi. Shuning uchun asliy rukn qalb bilan ishonish, til bilan aytishlik nima ekan? Qo'shimcha rukn ekan.

[15:40] Til bilan iqror bo'lish, iymonning asliga qo'shilgan qo'shimcha rukn ekanligi haqida imomus araxsiy, faxrul islom pazdavi, boshqa ko'p ulamolarimiz shunday so'zlarni aytishgan. Siz bilan bizni vatandoshimiz najmiddin nasafiy ham e'timod qilgan qarash mana shu bo'ladi. Aqoydun nasafiyada shunday deyiladi. Imom nabiy sollallohu alayhi vasallam alloh huzuridan keltirgan narsani rost deb bilish va uni til bilan ifodalash. Dalil?

[16:14] Istadigulloh, qoluv ya abana innada habin nasiba bi quvvatora kuna yusufa inna ma ta'ina fa akalaho zde bu. Va ma antabi mo'mininglarni valau kunna sodiqiy. Yusuf alayhissalom qissasi. Akalari Yusuf alayhi salomni quduqqa tashlab, otasini oldiga kelib, aytishdi. Ey otamiz, biz Yusufni matohlarimiz oldida qoldirib quvlashib ketsak, uni bo'ri yeb ketibdi. Rost gapirsak ham, baribir siz bizga mo'min emassiz, ya'ni ishonuvchi emassiz. Mo'min bo'lishligi uchun demak ishonishlik kerak ekan. Ishonish qayerda bo'ladi? Qalbda bo'ladi. Agar tilni asosiy rukn desangiz, munofiqlar qalbida bo'lmasdan turib ham tili bilan aytib qo'ygan kalimani. Tili bilan aynitdi, lekin qalbida bo'maganligi uchun munofiq deyildi bular.

[17:09] Shuning uchun inson umri davomida bir marta la ilaha illalloh deyishligi uni mo'min bo'lishlikka kifoya qiladi. Bizni e'tiqodimizda. Chunki qalbidagi narsani biz bilishimiz imkoniyati yo'q. Bir bir marta, bir marta la ilaha illalloh dodimi, biz uchun u odam musulmon bo'ladi. Burhoniddin laqqoniy rahmatulloh alik javohir at turk tarixid kitobining sharhida shunday deydi muhaqqiq ulamolardan imom a'zam rahmatulloh alayh bir qavlida, ash'ariylarning ko'pchiligi, hanafiy imomlaridan saraxsiy va pazdaviylarning qarashlariga ko'ra, iqror iymon haqiqatidan tashqaridagi shart emas. U iymon haqiqating yarmi va uning ichiga kiruvchi rukindir. Ammo qolgan solih amallar iymon rukiniga kirmaydi. Demak, bu zotlarning nazdlarida iymon til va qalb amallarining barchasini ismidir.

[18:04] Sa'duddin Taftozoni aytadi: ushbu so'zga ko'ra, kimki qalbi bilan tasdiqlasa yu, ishonsa yu qalbi bilan. Imkoni bo'lib turib, umrida bir marta ham tili bilan iqror bo'lmasa, bunday kimsa dunyoda ham mo'min hisoblanmaydi, Alloh huzurida ham mo'min emasdir. Endi soqovchi. U Allohni nazdida mo'min bo'laveradi. Modomiki qalbida bo'sa.

[18:31] Birinchi fikr. Iymon rukni uchta deyildi. Qalb, til, amal. Iymon haqida aytilgan ikkinchi fikr. Tasdiqlash qalb bilan asosiy rukn, til bilan aytish qo'shimcha rukn. Uchinchisi. Iymon faqatgina tasdiqdan iborat. Tili bilan iqror bo'lish esa, dunyoda mo'minlik hukmlarini ijrosi uchun shartdir. Imom Motiruddin rahmatulloh alikni so'ziga ko'ra, solih amallar iymonning sahih bo'lishi uchunmas, balki komil bo'lish uchun shart hisoblanadi. Boshidagi fikrni davomida qarang, shu bilan bir xil bo'lyapti. Solih amallarni qilish iymonni komil bo'lishligini sharti. Iymonning aslidanmas.

[19:25] Shuning uchun biroq qalbi bilan ishondi, tasdiqladi, ammo imkoni bo'lib turib ham tili bilan aytmadi kalimani. Bunda kimsa dunyoda mo'min bo'lib hisoblanmasa ham, Allohni nazdida mo'min bo'ladi. Chunki qalbdagi narsani faqat Alloh Taoloning o'zi biladi. Bunga endi bir tushunishimiz uchun, masalan, musulmon bo'lmagan bir zimmiy majbur qilingan bo'lsa, tili bilan kalimani aytsa, qalbida tasdiqlaganiga alomatlari bo'lmasa ham, dunyoda uni musulmon deb qaraveramiz.

[19:59] Aytdik ku, majbur qilib kalima keltirib qo'ysa bir odamga, u qalbida tasdiqi yo'q, lekin til bilan aytib qo'ydi. Zohirga qarab turib mo'min deb yuboramiz uni biz. Endi musulmon kishi kufr kalimasini aytishga majbur bo'lib qolsa, masalan, o'sha kufr kalimasining aytmasang o'ldiraman desa, bu odam majbur kufr kalimasinini aytsa yu, lekin qalbida iymon turgan bo'lsa, murtad bo'lmaydi bu odam.

[20:27] Man kafarabillahi min ba'diy imanihi, illa man uk ro'yxa va qol bu humut man innum bil iyman. Ammorim niyosur roziyallohu anhur. Otasini o'ldirishda ko'zini oldida, onasini o'ldishda ko'zining oldida, o'zini Abu Jahl shunaqa bir qattiq azobladiki, oxiri kufr kalimasini aytishga majbur bo'ldi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallamni oldiga kelib turib, holini aytdi. Payg'ambarimiz aytdilar, qalbing nima deyapti? Tili bilan kufrda aytdi. Lekin qalbing nima deyapti deganida, qalbim faqat Alloh va Rasuli bilan taskin topadi dedi. Rasul aytdilar, agar kelib yana seni majbur qilishsa kufrik alimasiga, yana bir marta aytib qo'yaver dedilar. Bundan ham ma'lum bo'ladiki, demak, iymonning asli qayerda bo'ladi? Qalbda bo'ladi, tasdiqda bo'ladi. Til qo'shimcha rukn.

[21:16] Mana shu oyat nozil bo'ldi. Qalbi iymon ila orom topa turib, zo'rlangan holda kufr kalimasini aytsa, bu odam mustasno bo'ladi. Iymonga berilgan birinchi ta'rifda, iymon uchta narsa. Qalbi bilan ishonish, tili bilan aytish, a'zolar bilan amal qilish.

[21:40] Ikkinchi fikrda, tasdiqlash asosiy rukn, qalb bilan, til bilan aytishlik qo'shimcha. Uchinchisi, iymon faqat tasdiqdan iborat. Iqror til bilan antishlik. Dunyoda uni musulmon deb turib, shariat hokimlarni unga joriy qilishimiz uchun. Solih amallar, komil iymonning sharti. Ammo iymonni o'zini sharti emas.

[22:06] Demak, mana shu aytilgan uchta fikrni ikkinchi va uchinchisi bizni moturidiya, mazhabi ulamolarining qarashlaridir. Biz birinchi fikrdagi solih amallar iymonning asliga kiradi deb aytmaymiz. Bular komil iymonning sharti. Faqat ba'zilari iqror bo'lishni qo'shimcha rukn degan bo'lsa, ba'zilari dunyoda mo'minlik hukmlari ijrosi uchun shart deyishgan. Aquli qovli ha da, vostag'firullohu alayhi valakum. Innallohu va malayka tahu yu sollu ala ala nabiy. Ya ayyuha la dina amanu sollu alayhi vas salli
