# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 275 of 510
- Section: —
- Duration: 9 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/275
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/jaPvO3pErBY.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=jaPvO3pErBY
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/274.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/276.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:00] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robilan ilamin. Vassalatu vassalamu ala shirofil mursalin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabat, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Sirojiddin g'o'shiyning badul amaliy asarini o'qiyotgan edik. Bugun qirq to'qqizinchi baytni o'qiymiz. Sirojiddinov g'o'shi aytadi.

[0:24] Vomal ma'dumu maliiyan va shay'an. Li fiqh in laha fiy yungil hilaliy. Nomavjud ko'rilgan ham shay ham emasdir. Bu ma'no fahm uchun hilolning barakasida zohir bo'lgandir. Nazmiy bayoni, nomavjud ko'rinmas shay ham emas bil hilol nurlarida zohirdir dalil. Mana endi matn sharhiga o'tamiz. Bu mavzu, birodarlar, nomavjudni shay emasligi haqida. Qirq to'qqizinchi baytimizning mavzusi, nomavjudning shay emasligi haqida.

[1:08] Alloh Taolo hali vujudga keltirmagan narsalari ko'rinish ko'rinmasligi, mana shu vujudga keltirmagan narsani shay, narsa deyishi mumkin yoki mumkinmasligi haqidagi bahs shu matnda ko'riladi. O'sha rahmatulloh ali mana shu narsalar to'g'risida ahli sunnaval jamoani e'tiqodi qanday ekanligini bayon qilgan.

[1:32] Tuhmatul aholi kitobida shunday deyiladi o'sha ushbu so'zlari bilan mutakallimlar huzurida yashirinni ko'rinib turganga qo'shish deb nomlanadigan dalilga ishora qilgan. Mutakallimlar biror aniq bayon kelmagan va uni qo'shishda biror qoidaga xilof chiqish ham bo'lmagan paytda ushbu dalilni ishlatganlar. Dalil shuki, oy mavjud bo'lib turgan vaqtida kunma kun nuri ziyoda bo'lib boradi. Oyni nomavjud vaqtida ko'rib bo'lmaydi. Faqat vujudga kelgan paytdagina ko'rib bo'ldi. Shunday ekan, oydan boshqa narsalar ham ko'rilishda u kabi, balki undan ham avliroq bo'ladi. Chunki nur ko'riladigan narsalarning eng yorqinrog'idir. Modomiki, shunday nurli oy nomavjud holida ko'rilmay, mavjud holida ko'rildimi? Bundan ko'rishning illati mavjud bo'lish ekani bilinadi. Xuddi guvohlikni illati o'sha yerda hozir bo'lish shartligi kabi. Mashhur illat bandalarga zohir bo'lib turgan narsalarda shunday bo'lgandan keyin, ularga zohir bo'magan narsalarda ham shunday bo'ladimi?

[2:51] Chunki illatlar zohir bo'lgan va zohir bo'magandan narsalarda farqli bo'maydi. Demak, nomavjudni narsa deb atalishi yoki atalmasligi ham ahli sunna va jamoa va mo'taziliy toifasi orasidagi farqlardan biri. Demak, mo'taziliklar nomavjud narsani shay deyish mumkin degan. Ahli sunna va jamoa esa nomavjud hali yo'q narsani shay yeyish mumkin emas degan.

[3:22] Mo'taziliklarni nomavjud shay deyiladi. Chunki narsalarning shayligi, ya'ni mutlaqo borligi Allohning yordami bilan bo'lmaydi, balki ularni yo'qligidan borliqqa chiqarilishi Allohning yordam ham bo'ladi deyishgan. Allohning yordama bilan bo'ladi deishgan. Ular o'zlarini mana shu e'tiqodlariga oyatdan dalil keltirishgan. Astabi billa, ularni dalili inna zarzal atas sa'diy shay'un adin haj surasi.

[3:53] Albatta soat, ya'ni qiyomat zilzilasi ulkan shaydur, ulkan narsadur, deyilgan Qur'onda. Demak, bu oyatda hali paydo bo'lmagan, hali yo'q bo'lgan, vujudga kelmagan qiyomat zilsilasi shay narsa deyilyapti. Mana shu oyat, demak, nomavjudni yo'q narsani shay deb atalishiga dalil deyishgan.

[4:18] Qiyomat hali qoyim bo'lmadi. Qiyomat soatida sodir bo'layotgan zilzila hali yo'q, lekin yo'q narsani Alloh Taolo shay uni adin, ulug' narsa deb aytyapti. Ulkan narsa deyapti. Endi, ularni bu qarashlariga qiyomat zilzilasi vujudga kelgan vaqtda ulkan shay bo'ladi. Alloh Taoloning ilmida uni vujudga kelishi aniq bo'lganidan, shu tarzda xabar berilgani deb raddiya javob beriladi. Ya'ni Alloh Taoloning ilmida bu narsa bor. Qiyomatning soati, qiyomatda bo'ladigan zilzila Alloh Taoloning bilmida bor. Uni vujudga kelishi aniq. Shuning uchun bu narsaga shay deyilgan deb javob beriladi.

[5:02] Imom Abdumonsur Moturudi rahmatulloh ali bu mutasaddilarga raddiya qilib shunday deydi. Mutasaddilar nomavjudni ham shay deyiladi. Chunki narsalarni shay bo'lishi Allohning yordami bilan bo'lmaydi. Balki ularni yo'qlikdan borlikka chiqarilishi Allohning yordabi bilan bo'ladi deyishgan. Ularda bunday deyishlari, maxluqotlar azaldan bo'lgan u, lekin yo'qlikdan, borlikka chiqabilmagan, keyin borlikka chiqrilgan, deb tasdiqlovchiga o'xshab qoladi. Bunday tasdiqlash esa, tavhidni inkor qilish bo'ladi.

[5:43] Muntaziriy firqasini bu qarashi ana shu yunon falsafasidan ta'sirlanishlari natijasida paydo bo'lgan. Bu masala haqida Sardor Taxtazoning mashhur shogirdlaridan bo'lgan Alovuddin Buxoriy risolafiy e'tiqod asarida shunday yozgan. Bilginki, agar ma'lum narsa zehnndan tashqarida, ya'ni voqeligida bor bo'lsa, u mavjud bo'ladi. Agar zehnidan tashqarida borib bo'lmasa, ma'lum, nomavjud bo'ladi.

[6:13] Ma'lum ikkiga bo'linadi. Nomavjud narsa ikki xil bo'ladi. Birinchisi, aslo bo'lishi mumkin bo'lmagan ma'lum. Ya'ni yo'q narsa, ma'lum u, lekin bo'lishi ham mumkin emas. Masalan, Alloh Taoloning sherigi bor bo'lishligi. Mumkin emas unday bo'lishligi! Ikkinchisi, bo'lishi mumkin bo'lgan ma'lum. Yo'q narsa u, yo'q u. Yo'q. Ma'lum yo'q. Lekin bo'lishi mumkin bo'lgan ma'lumni. Masalan zayt, bir odamni bor bo'lishi bo'lmasligi. Hozir bir odam yo'q, lekin bo'lishim mumkin.

[6:50] Bo'lishi mumkin bo'lmagan ma'lumga ko'rishni bog'lanmasdagi ittifoqiy hukmdir. Ya'ni Alloh Taoloni sherigi bo'lishi mumkin emasmi? Bu bo'lishi mumkin bo'lmagan ma'lum. Nodomi u yo'q narsani ko'rishing ham mumkin emas. Bu ittifoqiy hukm. Shunga ko'ra u ko'ruvchi deyilmaydi. Shuningdek unga shay so'zini ham, narsa so'zini ham ishlatib bo'lmaydi. Endi, bo'lishi mumkin bo'lgan ma'lum to'g'risida ixtilo qilingan. Bo'lishi mumkin bo'lgan ma'dum nima? Bir odam yo'q, lekin bo'lishi mumkin.

[7:27] Bo'lishi mumkin bo'lgan ma'lumot to'g'risida ham ixtilof qilingan. Ahli sunnaval jamoaning ba'zi olimlari bo'lishi mumkin bilgan ma'lum, vujudga kelishdan oldin ko'rilmaydi. Chunki ko'rilishning illati borlikdir. Shunga ko'ra hali bor bo'lmagan narsa ko'rilmaydi deyishgan. Ammo muqannayi ila u bor bo'lishdan oldin ham ko'riladi, degan e'tiqodda bo'lgan. Shuningdek, ushbu ma'lumga vujudga kelishdan oldin shay so'zi ishlatilmaydi. Mo'rtazalarga ko'ra esa ishlatilishi joiz hisoblangan. Qirq to'qqiz baytimiz lomal ma'ru'mu ma'riyyan va shay'an li fiqhin laha fi yunil hilali.

[8:13] Nomavjud ko'rilgan ham shay ham emasdir. Bu ma'no fahm uchun hilolning barakasida zohir bo'lgandir. Nomavjud ko'rinmas shay ham emas bir, hilol nurlarida zohir dil dalil. Xulosa, ahli sunna va jamoni e'tiqodiga ko'ra, nomavjud ko'rilgan ham emas, shay ham emas. Uni shay narsa deyishlik uchun u nomavjud, mavjud bo'lishligi kerak, paydo qilingan bo'lishligi keldi. Ahli sunnani e'tiqodi shu. Aquli hovli hali va astag'firullohu alayhi valakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh.
