# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 278 of 510
- Section: —
- Duration: 10 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/278
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/JfnCxd9S3Wk.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=JfnCxd9S3Wk
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/277.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/279.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:00] Bismillahir rohmanir rohim. Inda alhamdulillahi nahmatuhu onas ta'inuhu onas tafuruh. Va na'udhu billahi min surur ya'nfu sinab va min sayy'ati amalina. Man yahdihillahi falah mubillala. Va man yudhililgu falaha deyala. Va na shadual la iloh ilalloh va hidahulloh sharikala. Va nashhadu anna muhammadan abduhu va rasuluh, ammabad, assalomu alaykum va rahmatullohi, ta'li va barakatuh.

[0:32] Sirojiddin Ali ibn Usmon Ali o'shining badul amoli asarini o'qiyotgan edik. Bu aqida darslarimizdan. Ellik ikkinchi bandga keldik. Qabr imtihoni haqidagi e'tiqodimiz. Sirojiddino o'sha aytadi, va fil ajidati antavhidi robbiy, sayyubila kullu shaxsin bissu aliy, deb aytadi. Ma'nosi, Robbimning tavhididan qabrlarda har bir shaxs savol bilan imtihon qilinadi. Tavhid haqida qabrda so'raladi. Nazmiy bayoni, har bir shaxs qabrga qo'yilgan zamon Robbim tavhididan bo'lar imtihon. Mana shu azobi qabrni, qabrdagi azob yoki ne'matlarni inkor qiladigan toifalar bo'lgan. Bo'lmaydi qabrda hech narsa degan. O'zlarini musulmon deb da'vo qilgan. O'zicha bir hujjat dalilini keltirgan. Endi qabrda so'roq savol bo'ladimi, yo'qmi? Bu haqida ahli sunna va jamoaning e'tiqodi qanday ekanligini Sirojiddin Roshiy bayon qilib shunday deydi. Odam bolasi borki, vafot etib qabrga qo'yilganidan keyin, albatta so'roq savolga tutiladi. Endi qabrga qo'yilmasa chi? Kuyib ketdi, cho'kib ketdi, yirtqichlar yeb ketdi, portlab ketdi.

[1:50] Xullas qabrga qo'yilmadi. Muhim emas. Qabrga qoidami, qo'yilmadimi, ana shu barzakh hayotiga o'tdimi, inson albatta hisob kitob qilinadi. U yerda beriladigan savollardan birinchisi: Robbing kim? Ikkinchisi: Dinning nima? Uchinchisi: Payg'ambring kim? So'folloyor bobomiz aytadi, agar chandiki go'rsiz o'lsa inson, so'ralur, albatta, beshak u nuqson. Agar daryoda o'lsin yo osilsin, razv etsa, bani odam na bilsin, nechuk qilsa erur qodir va nosir, bu yerda bandasining aqli qosir. Ya'ni qabrga qo'yiladimi, qo'yilmaydimi, yonib ketadimi, kuyib ketadimi, alloh albatta hisob kitob qiladi, so'rov savolga tutadi. Endi uni idrok qilgani insonni aqli qosirlik qiladi.

[2:46] Ya'ni, biz aytayotgandek, qanaqa bola bo'lishidan qat'iy nazar o'ldimi, qabrga qo'yildimi, qo'yilmadimi, kuyib kul bo'lib ketdimi, portlab ketdimi, albatta so'roq qilinadi. Bizni e'tiqodimiz Alloh o'zi xohlagandek so'roq savol qilib oladi deb e'tiqod qilishlik. Endi qanaqa bo'lishligini, kayfiyatini idrok qilishlikka bizni aqlimizni quvvat yetmaydi. Shuning uchun ulamolar aytishadi, so'roq paytida mayitning ruhi tanasiga qaytariladi, u savolni tushunadi va unga o'z aqli bilan tiriklik paytida qilgan amallarga ko'ra javob beradi. Bu narsani Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislari dalilniy edi.

[3:30] Mayyitni yoniga, qabriga Munkir va Nakir ismli ikkita farishta kelib savol beradi. Endi mayyit u savollarga musulmon yoki kofir bo'lganga qarab javob beradi. Anas roziyallohu anhudan Payg'ambarim sollallohu alalayhi vasallam aytadilar al abduida vudiyofi qobriyxi tuvulliya va dha haba as suhaybixu xatta ida la yasmau innahau la yasmau qoraniya alihin. Qachonki bir banda qabrga qo'ysa, ko'mib odamlar orqasiga qarab ketar ekan, qaytib ketayotganlarining oyoq kiyimini tovushini qabrda yotgan odam eshitadi. Atahumalakam qabriga ikkita farishta kiradi. Fa adahu. Uni o'tkazib qo'yishadi. Fayaqul alahoo aytishadiki, unga ma kun ta taqulu fihada rojo'l Muhammad sollallohu alayhi vasallam. Sen bu kishi haqida nima deysan? Ya'ni Muhammad alayhissalom haqida. U kishi Allohning bandasi va payg'ambari ekanligiga guvohlik beraman deydi. Endi qarang da, o'tkazib qo'yadi deyapti. Desa darrov aqlingizga sig'mayapti. Qanaqa qilib o'tkazib quradi? Qabr lahadi kichkina bo'ladi yu desa, hozir aytyapmiz. U g'ayb olami. Aqlingiz u yerga ishlamaydi, aqlingizni quvvati yetmaydi. Siz qabul qilib qo'yishingiz kerak.

[4:45] Fayuqol u ul dur ila maq'adika minan nar, abdalaka allohu bixiy maq'odan minal jannat. Endi boyagi ikkita farishta, bu kishini javobini eshitgandan keyin, aytadilarki, unga, do'zaxdagi o'rningga qara. Alloh seni undan jannatdagi o'ringa almashtirdi deyishadi va barchasini ko'rsatishadi. Holi nabiyni sollallohu alayhi vasallam fayyih rohima jamiyat, hamma narsani ko'radi. Endi kofir o'lsa chi? Kofir qabulga qo'yilsa chi? Va ammal kafiroh vil munofiqu fayaqulu la adliy ma kun ta'qul ma aqulu innas. Endi kofirda yoki munofiqqa qabrida boyagi ikkita farishta kelib, shu savolni so'raganida, bu kishi haqida nima deysan? Muhammad ali sallalloh haqida. Bilmayman, deydi. Odamlar nima desa men ham shuni derdim deydi.

[5:38] Shunda ikkita farishta unga bilmading, ergashmading deyishadi da, temir to'qmoq bilan shunday urishadiki, u qattiq chinqirib yuboradi. Uni chinqirig'ini insonlar va jinlardan boshqa atrofdagilarning hammasi eshitadi. Muttafaaqun alir. Agar ana shu qabrda azoblanayotgan kofir munofiqlarni, mushrik majrusiylarni azoblanayotgandagi ovozini eshitganda nima bo'lardi inson toifasi?

[6:08] Demak, inson bilan jindan boshqa hamma jonivorlar ana shu qabrda bo'layotgan azobni ovozini eshitishadi. Iymon keltirib, solih amalda qilgan insonlar Alloh Taolo bu dunyoda ham, oxiratni avvalgi bosqichi bo'lgan qabrda ham sobit qadam qilish haqida oyat bor, birodarlar. Mana Qur'onda Alloh Taolo aytadi: yusab bitullohu la dinaa a'men u belqovli sabiti fil hayati dunyo va fil axiron.

[6:40] Alloh iymon keltirgan zotlarni dunyo hayotida ham, oxirat hayotida ham ustuvor so'z bilan sobit qadam qulur. Ustuvor so'z nima? La ilaha illalloh, iymon kalimasi. Baroyiddin hozir roziyallohu anhudan, Payg'ambarimizdan rivoyat qiladi. Yusab bitullohulladina amanu bir qobli thabiti oyati qabr azobi haqida nozil bo'lgan.

[7:07] Unga, qabrdagi odamga, robbing kim deyiladi? Robbim Alloh deydi. Payg'ambarim Muhammad alayhissalom deyiladi, deydi. O'shanday deyishi, u zot azza va jallaning Alloh iymon keltirganlarni dunyo hayotida ham, oxirat hayotida ham ustuvor so'z bilan sobitqadam qilur degan so'zning ma'nosi dedi. Mana shu oyat qabrdagi Alloh Taoloni mo'min bandani qo'llashiga dalil deyiladi.

[7:36] Oxiratni birinchi bosqichi bu qabr hayoti, barza hayoti. Ana shu qabrga kirganda ikkita farishtaning savollariga La ilah illalloh degan javob bilan mo'min odam sobit turadi. Nima deyishingni yaxshi biladi. Chunki hozir aytayotganimizdek, u mana shu kalimani taqozosi bilan yashagan. Umar Nasafiy rahmatulloh alayh aqoyinun nasafiyada shunday deydi kofirlarga va ba'zi osiy mo'minlarga qabr azobining bo'lishi hamda itoat qiluvchi mo'minlarning qabrda huzur halovatda bo'lishi, munkar va nakirning savol berishi simayi dalillar, ya'ni oyat hadislari bilan sobitdir deydi. Shuning uchun siz bilan biz mo'min sifatida mana shunaqa xabarlarga iymon keltirishimiz kerak bo'ladi. Va aqlimiz bilan idrok qilib tushunishlikka harakat qilmasligimiz lozim bo'ladi.

[8:31] Chunki o'ylanib ko'radigan bo'lsangiz, sog'lom aql bu narsani inkor qilmaydi. Balki ana shu narsa sodir bo'lishligidan hayratda qoladi. Chunki qabrda o'lgan odamni tanasiga ruhini yana qaytishi, dunyodagi holatda qilib bo'lmaydi. Ruh bilan tanani bir biriga bog'lanishi uch davrga bo'linadi, birodarlar. Mana tanamiz bor, jasadimiz, unda ruh bor, biz harakat qilib turgan. Va jonimiz bor uni o'rtasida. Ana shu ruh bilan tanani bir biriga bog'lanishligi uch xil bo'ladi. Birinchisi, dunyodagi bog'lanish. Dunyodagi hukmlar tanalarga joriy qilingan, ruhlar unga tobe. Ikkinchisi, barzaxdagi bog'lanish, ruh bilan tanamiz qabrda bog'lanadi. Ajratildi, o'ldi inson dunyoda. Qabrga qo'yildi, mana endi tanasiga ruhi kirgiziladi. Barzaxdagi bo'g'lanish, barsaqdagi hukmlar ruhlarga tegishli bo'lib, tanalar unga tobedir. Uchinchisi, oxiratdagi bog'lanish. Qiyomat kunida hamma qabrlardan turgandan keyingi hukmlar esa ruhlar va tanalarning barchasiga bab barobar joriy bo'ladi.

[9:46] Agar fikr qilib ko'radigan bo'lsak, mana shu qabrni jannat bog'laridan bir bog' bo'lishligi, yoki do'zax chuqurlaridan bir chuqur bo'lish haq ekanligini aql inkor qilmasligi ma'lum bo'ladi. Aquli qovli ha'da va astag'firulloh ili va lakum. Innallohu va malaka tahu yu sallu ana ala nabiy, ya ayyu halladina amanu sollu alayhi va sallimu taslima, va assalomu alaykum va rahmatullohi ta'la va barakatuh.

[10:16] Saflarini sal zichloq qilib olsak, tashqaridagi odamlarni
