Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen a'lamin. Vassalatuh vassalomu ala ashrafil mursalin va ala alixiy va ashabiy hajmain. Allohumma alin na ma'yam fauna va onfa'na bi ma'lam ta'navazid na ilma. Allohumma arenal haqqa haqqon va rizqu natibaa va arenal ba'tila ba'tilan va rizqu natish dinaba. O ja'anna minma yestamiya un al qovla fayetta biya una husana. Vodixin nabi rahmatika fiy aybadika solihiy. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh. Alloh subhanah va taoluhushu biz sayyid olam kuni barchamizga barakotli qilsin. Duolarimizni ijobat qilsin, gunohlarimizni mag'firat qilsin.
Aqida darslaridan siz bilan bizning hamshahrimiz bo'lgan Sirojiddin O'shining Badul Amoli asarini o'qiyotgan edik. To'rtinchi baytdamiz. To'rtinchu baytda aytiladi muridul xoyriy va shishabel qobihiy, valakim ley sayyardo bil muxaliy. Ya'ni yaxshini ham, qabih yomonni ham iroda qilguchidir, lekin kufr va mas'iyatlarga rozi emas. Biz Alloh azza va jallarning iroda sifatida bahs qilyapmiz hamda hammani o'ylantirgan, inson toifasi borki, qaysi zamonda yashamasin, qaysi makonda yashamasin. Erkak, ayol, boy, kambag'al, sog' kasal, farqsiz, hammani bir xil qiziqtirgan mavzuni bahs qilyapmiz. Bu qazoyi qadar, taqdir masalasi. Inson bolasi doimiy suratda kelajakda nima bo'lishligini bilishlik, uni qiziqtirgan. Doim insoniyat qiziqib kelgan shu narsaga. Lekin Alloh azza va jalla bu ilmni, buni o'zini huzurida qolgan ilm bo'lishini xohladi. Maxluqotlardan sir tutdi. Na ulug' bir payg'ambar, na bir muqarrar parijda taqdirda nima bitilganligini bilmaydi, magar Alloh bildirganicha biladi.
Demak, biz qozoq qadr masalasini o'qiyotgan edik, davom etamiz. Bandalarni amallariga e'tiqodiy jihatdan nazar. Siz bilan bizdan sodir bo'ladigan amallarni umumiy qilib o'rganadigan bo'lsak, bu amallar uchga bo'linadi. Birinchisi, bandalarni qilayotgan hamma amallari ularning kasbi hisoblanadi. Ana shu amallarni Alloh Taolo yaratib beradi. Yaxshi, yomon, barcha amallar Alloh Taoloning xohishi bilan bo'ladi, ilmi bilan, qazosi, qadari bilan vujudga keladi. Birinchisi shu. Ikkinchisi, bandalarning zimmalariga yuklatilgan amallarning hammasi, Alloh Taolo nima qildi bizga? Nimani farz vojib qildi? Bizni zimmamizda nima ishlar bor? Mana shu zimmamizga Alloh Taolo yuklagan ishlarni hammasi Allohni ilmi bilan bo'ladi. Qazosi, qadari, xohishi bilan vujudga keladi. Yana yaxshi ko'rishi, roziligi bilan vujudiga keladi. Demak, bizni qilayotgan hamma ishimiz Allohni xohishi bilan bo'lada, birinchisi. Ikkinchisi, Alloh bizni zimmamizga nimani buyurgan bo'lsa qil deb, uni bajarishimiz ham Allohni ilmi bilan, qozoq qadari bilan rozi bo'lishi, yaxshi ko'rishi bilan bo'ladi.
Uchinchisi, gunoh ma'sulotlarning hammasi ham Allohni xohishi bilan bo'ladimi, ilmi bilan bo'lardi, taqdiri bilan vujudga keladi, lekin yaxshi ko'rinishi, rizosi va buyrug'i bilan vujudiga kelmaydi. Bu darslarimizni boshida aytdik, Alloh xohlamagan narsa bo'ladimi bu borliqda deganda, yo'q dedinglar. Alloh gunoh mas'uliyat bo'lishini xohlaydimi? Deyilganda yo'q dedinglar. Ha, Alloh xohlamaydigan ishlar bo'lyapti yu, gunoh mas'uliya dedik. Javob berib aytdik, xohlash bir narsa, rozi bo'lib yaxshi ko'rishlik bir narsa. Bizdan sodir bo'layotgan savobli amallarni Alloh Taolo yaxshi ko'rar, rozi bo'lar, yaratib beraveradi. Xohlaveradi bo'lishini. Endi bizdan sodir bo'layotgan gunoh, ma'siyatlarni Alloh Taolo bo'lishini xohlaveradi, lekin yaxshi ko'rmaydi, rozi bo'lmaydi, yaratib beraveradi. Tushunarli bo'ldi a? Shu bitta darsimizni xulosasi shu edi. Demak, hozirgi bandalarni amallarini uch qismga bo'lavergandik, xulosasi. Bu borliqda bo'layotgan har bitta ish Alloh Taoloning irodasi, xohishi bilan vujudga keladi. Mana shunga iymon keltirishlik siz bilan bizga vojib bo'ladi. Alloh Aziz va Jalol Qur'onda marhamat qiladi: Astaydubillah.
Qul innal amru kullahu lillah. Ayting, barcha ish Allohga oiddir. Kun isidimi? Allohni xohishi. Sovudimi? Allohni khushi. Urush bo'ldimi? Tinchlik bo'ldimi? Allohnikhushi. Sog' kasal bo'ldingizmi? Allohni kushi. Faqat siz ana shu kasal bo'lishlikka sabab ishni qilib, kasallikni so'radingiz, Alloh olib yaratib beraverdi. Siz sog'lom bo'lishlikka tabab bo'ladigan ishni qildingiz, siz sog'lig'ni Alloh Taolodan zakaz qilib oldingiz, Alloh Taolo sog'likni yaratib berdi.
Sog'lik ham, kasallik ham Allohni xohishi bilan bo'ladi. Alloh Taolo aytyaptiki, ey Muhammad alayhissalom, onam va munofialarga aytingki, ishlarning hammasi Allohni qo'lida. Alloh ana shu ishlarni o'zi xohlaganicha tasarruf qiladi. Qazoyi qadarga shubhasiz ishonishlik insonni mo'minlik martabasiga ko'taradi. Qadaraman. Qazoyiqadarga shubhaiz iymon keltirgan kishi mo'minlik maqomiga martabasiga ko'tariladi.
Mana endi qazoyi qador degan so'zni ko'rib chiqamiz. Qador. Qadar deganda yaxshilik, yomonlik, foyda, zarar, qaysi zamonda paydo bo'lish, qaysi makonda paydo bo'lish, shunga o'xshagan maxluqotlarda bo'ladigan ishlarni alloh taolo avvaldan tayinlab qo'yganligi, avvaldan bilib qo'ygan ligi taqdir deyiladi.
Endi qazo deganda, Alloh Taolo avvaldan bilib qolgan narsasini amalga oshirishligi qazo deyiladi. Qadar, Alloh Taolo hamma narsani bilib, yozib qo'yganligi, qazo o'sha bilgan narsasini yuzaga chiqarishi, amalga oshirishi. Hikamul atoyida aytiladi, ida arodu allohu idahora fatlihi alayka, xoloqali fatla va nasabah u ilayka.
Agar Alloh senga o'zini fazlini tanitishni iroda qilsa, senga fazilini berishlikni iroda qilsa, shu fazilni yaratadi va senga nisbat qilib qo'yadi. Nima degani? Masalan, bir odam chiroyli ovozi bor. Qur'onni yodladi, chiroyli ovoz bilan odamlarga tilovat qilib beradi, hamma xursand bo'ladi. Va bu ovoz va bu Qur'on Allohni shu bandaga bergan fazli bo'ladi. Alloh erkalatib qo'yibdi. Tushundingizmi? U sizniki emas. Ovozingiz unaqa chiroyli bo'lishligini siz hal qilmadingiz da.
Agar Alloh Taolo senga o'zini fazlini ko'rsatishini xohlaydigan bo'lsa, ana shu savobli, chiroyli amalni yaratadi da, shuni senga nima qilib qo'yadi, nima deb berib qo'yadi. Tug'ildingiz boyni bolasi bo'lib. Otangizni davlati qo'lingizga qoldi. Nima qildingiz siz boy bo'lishligingiz uchun? Hech narsa qilmadingiz. Demak Alloh Taolo mana shu boylik degan fazilatni yaratdi, sizga berdi. Endi saxovat degan fazilat yaratib turib, uni ham berdi da, qarabsizki, fazilatingiz to'liq bo'ldi. Shuning uchun, agar bizda boshqalarda yo'q bir fazilat bo'lsa, boshqalarda bo'lgan bir solih amallar, chiroyli amallar bor bo'ladigan bo'lsa, nima deyishimiz kerak ekan? Bu Allohni fazli deyish kerak ekan. Agar shunday degan e'tiqodda tursangiz, hech qachon kibrga ham ketmaysiz, hech qacha haddingizdan ham oshib ketmaysiz va hech qachon men qildim demaysiz.
Ya'ni odamlar falonchi yaxshi amallarni qiladi, solih odam deyishadimi? Demak mana shu solih bo'lishligini Alloh yaratib, seni qo'lingga berdi. Mana endi qazoyi qadarning ma'nolari. Qadar lug'aviy jihatdan miqdor belgilamoq, taqsimlamoq degan ma'noni anglatadi. Istilohda esa al qodaru al mulohi ta'ala bima yakun fi xolqihi. Qadar nima? Alloh taoloning kelajakda maxluqotlarini ustida bo'ladigan narsani bilishi qadar deyiladi. Masalan biz dunyoga keldik, ertaga nima bo'lishini bilmaymiz, lekin Alloh biladi. Mana hozir chiqamiz, oshxonaga boramiz. Nima ovqat zakaz qilishimizni bilmaymiz hali. Siz chiqib nimani tanlashligingizni Alloh oldin bilib qo'yganligi. Shu qadar deyiladi. Alloh taolo azalda har bitta yaralmishni qaysi zamon va qaysi makonda dunyoga kelishini, qancha va qanday rizqlanishini azaldan tayinlab qo'ygan narsasi qadar deyishadi. Endi qazo chi? Qazo lug'atda amalga oshirish, yuzaga chiqarish kabi ma'nolarni bildiradi. Istilohiy ma'nosi al qodo u ijodullohi ta'alama sabaqa fi ilmihi annahu yu'ja.
Alloh taoloning ilmida vujudga kelishi oldindan aniq bo'lgan narsani vujudga keltirish qazo deyiladi. Mana odam yetmish yil yashaydigan deb Alloh taolo taqdir qildi va yetmish yil ishlatdi. Shu qazo bo'ldi. Mana odam ellik ga kirganda bir xum tilla topib oladi deb yozib qo'ydi. Ellik ga kirganday topdi, mana shu qazo. Alloh taolo bilgan ilmini amalga oshirganligi shu qazo deyilar ekan.
Mana endi qazoyi qadarga iymon keltirish deganda biz nimani nazarda tutyapmiz? Mana bu mana bu narsalarga ishonsangiz, demak qazoyi qatarga iymon keltirgan bo'lasiz. Birinchidan, Alloh Taolo bandalarning hali ular qilmagan ishlarini ham avvaldan biladi. Aytdingiz ku, hozir obedga nima zakaz qilasiz, siz bilmaysiz, lekin Alloh biladi. Ishonasizlarmi shunga?
Ikkinchisi, bandalarning qiladigan hamma amallari avvaldan lavhul mavhumzga bitib qo'yilgan. Mana Odam alayhissalomni Alloh Taolo yaratdi. Jannatda. Shu yerda yashay dedi, juftini yaratdi va mana bu mevani yema dedi. Alloh Taolo bilarmidi Odam alayhissa salom osiylik qilishini yeb qo'yishini?
Bilar edi. Bilar edi. Agar kim bilmas edi desa, dindan chiqadi birodarlar. Iblis, iblis. Odamga sajda qil, dedi Alloh Taolo unga. Sajda qilmadi. Alloh bilarmidi uni sajda qilishmasligini? Bilar edi. Kim jannatga, kim do'zoga kiradi, Alloh avvaldan biladi buni.
Agar dunyoga kirgizmasdan o'sha jannatiy bo'ladiganlarda jannatga, do'zaxiy bo'ladiganlarda do'zaxga shunday kirgizib yuborsa, dunyoga kirgizmasdan, hech kimga shans bermasdan, shunda do'zaxga kirganlar, nima uchun biz do'zaxga kirdik? Ular qaysi qilmagan yaxshi amal uchun jannatga kirib ketdi? Biz qaysi qilmagani gunohimiz uchun do'zaxga kelib ketdik? Axir bizga imkon bermading u desa, sen dunyoga kelsang shu do'zaxiy ishini qilasan desa, qayoqdan bilasan deydi.
Bizni iymonimiz komil, Alloh Taolo bandalar nima ish qilishini avvaldan biladi. Ana shu Qur'onda shu mazmunda oyat bor. Do'zaxga kirganlar Parvardigor, bizni qaytargin dunyo hayotiga, agar yana shu kufr masiyatga qaytsak, haqiqatdan zolimlardan bo'lamiz deyishadi. Lekin Alloh Taolo aytadi, senlarni aniq bilaman. Chiqsang, yana shu kofirni qilasan deydi.
Solih alayhissalom. Qavmi mana bu toshni yorib ichidan falon falon falon sifatga ega bo'lgan tuyani chiqarib bersang senga iymon keltiramiz deyishdi. Xo'p, chiqarib berdi. Iymon keltirishdimi? Demak shularni taqdirida jahannamiy Allohni balosiga loyiq deb yozilgan va bu mana shunday bo'lib yozilganligi o'zlarini xizmati.
Uchinchisi. Sodir bo'lgan barcha narsalar Alloh Taoloning xohishidir. Alloh xolodi, bo'ldi. Alloh xohlamadi, bo'lmadi. Yuk tuzib qo'ydingizmi? Demak shuni Alloh xohlagan ekan. Bo'ldi endi indamang endi. Jazavaga tushmang. To'rtinchisi, paydo bo'lgan b archa narsalarni Alloh Taolo yaratadi.
Alloh Taolo hamma narsani avvaldan biladi. Kelajakda nima bo'lishini bilishinglar mumkinmi yo'qmi? Uchlik tili bankani ichiga suvni to'ldirib, chillada ko'chaga olib chiqib qo'ysangiz, ertamangacha nima bo'ladi? Yorilib ketadi. Kelajakda aytyapsizlar. Tushunyapsizlarmi? Tushundinglarmi? Kelajak emasmi shu? Kelajak besh minutdan keyin bo'ladigan ishni aytyapsiz. De eshituvdingiz, stuk bor ovozda, motordan. Yukni uylab ketyapti shoper Bishkekka. Aytasiz, bu susanbirda muzlaydi bu mashina deysiz. Haqiqatan susanbirga borganda, podyomga chiqqanda, motor, stuk berib, muzlaydi. Qayerdan bildingiz sizni? Qayerdan bildi? Akalar, bu tajribaga asoslangan, ilmga asoslangan narsa.
Ilm bu. Qarang, sizda ozgina ilm bor, shu ilmga asoslanib turib, ertaga nima bo'lishini aytib bera olyapsiz. Endi hamma ilmni egasi bo'lgan Alloh Taolo, banda dunyoga kirmasidan avval, hali g'ayb olamida turganda, dunyoga kirganda nima ishlarni qilishi bilishi mumkinmi? Sizga berilgan ozgina ilm, bir sutka, ikki sutka boring, bir yildan keyin nima bo'lishligini taxmin qilishlik imkoniyatini berayotgan bo'lsa, hamma ilmda egasi bo'lgan Alloh, hamma narsani avvaldan bilib qo'yishi maholmi? Yo'q.
Masxabboshimiz Imom A'zam rahmatulloh alayh o'zining Fiqhul Akbarida shu mavzuda aytadi: vakkan allohu ta'ala aliman fil azal bil ash'yai qobla kavniha va huvalladay qoddara al ash'ya'a va qoddaha. Alloh Taolo narsalarni mavjud bo'lishlaridan oldin ham azarda biluvchi edi. U narsalarga taqdir tayin qilgan va ularga hukmini joriy qilgan zotdir. Vala yakunufi dunya, vala fil aakhiroti shayun, illa bi mashiatixi va ilmixi va qodoyixi va katbixi fil lavh ilmahfuz, valakin katabaho belvasov la bilhukm.
Dunyo va oxiratdagi har bir narsa, uning xohishi, ilmi, hukmi, o'lchovi, hamda Lavhul Mahfuzga yozganidek bo'ladi, lekin uni vasf bilan yozgan, buyruq bilan emas. Nima degani bu? Alloh hech narsani yaratmasdan turib, agar ularni yaratsa, nima bo'lishligini oldindan bilgan.
Va ana shu bo'ladigan ishlarni vasf qilib yozgan, hukm qilib yozgan emas. Ya'ni Alloh azza va jalla o'zini azaliy abadiy ilmi bilan barcha maxluqotlarning taqdirini oldindan belgilagan, ularga hukmini joriy qilgan. Ammo bu bandalar o'sha amallarni qilishga majbur degan ma'noda emas.
Alloh Taoloning taqdiriga yozgani hukm bilan yozgani bor, vasf bilan yozgan bor. Hukm bilanyozgani nima? Erkak ayol bo'lishingiz. Sizda ixtiyor yo'q. Kimning farzandi bo'lishingiz? Bu hukm bilan yozilgan. Qaysi zamonda va qaysi yurtda dunyoga kelishingiz? Bu sizni ixtiyoringizda emas. Bular hukm bilan yozilgan.
Ammo sizni qiladigan ishlaringizni Alloh Taolo hukm deb yozmadi, balki vasf deb yozdi. Amr o'zini ixtiyori bilan iymon yo'lida yurib, mo'min bo'lib dunyodan o'tib jannatga kiradi. Vasf. Zayt kufr yo'lini o'zini ixtiyori bilan tanlab, kufr yo'li bo'lib kofir bo'laveradi, do'zaxga ketadi. Bu vasf, hukm emas. Agar Alloh Taolo hukmlarni yozganida, Zayt kofir bo'lsin, Amr musulmon bo'lsin degan bo'lar edi. Unda do'zaxga, jannatga kirish edi, insonlarda ixtiyor qolmas edi. Tushundinglarmi? Bizga, Alloh Taolo hukm qilib yozgan ishlar, qaysilar? Sariq bo'lishi, qora bo'lishi, shach qo'ng'iroq bo'lishi , silliq bo'lishi. Oyog'ini razmeri qanaqa bo'lishi. Xullas, sizni ixtiyoringizda bo'lmagan ishlar hukm bilan yozilgan. Endi sizni ixtiyoringizda bo'lgan ishlar vasf bilan yozilgan. Ya'ni siz jannatga do'zax olib borish deydi, o'zingiz ixtiyori oldida turibsiz. Do'zax oladi, jannatga boradi. Ikkita variant. Qaysini tanlasangiz o'shanga borasiz. Demak jannatni o'zingiz tanlagan bo'lasiz, shunga o'xshagan mukofot olasiz. Do'zaq olib boradigan yo'lda ixtiyoringiz bilan tanladingiz, do'zaxga tushdingiz, o'zingizni ixtiyoringingiz uchun javobgar bo'ldingiz.
Tushunarlimi? Ya'ni bandalarga juz'iy ixtiyor berilgan bo'lib, o'sha ixtiyorlarini qaysi tarafga yo'naltirilganiga ko'ra jazo yoki mukofot oladi. Ey amir al mo'minin, deyapti umarim xattobga o'g'ri. Alloh taolo xohlamagan ish bo'lmaydi borliqda, to'g'rimi? To'g'ri. Ha men o'g'irlik qildim. Demak alloh shuni xohlagan ekan. Ha. Ollohni xohishini bajarganim uchun meni qo'limni kesasizmi? Deganida ha, seni qo'lingni kesishini ham Alloh xohlasa deb qo'lini kesgan ekan.
Masalan, falonchi mo'min bo'lsin, falonchi kofir bo'lsin deb buyruq bilan yozmagan. Shuning uchun Alloh Taolo falonchi o'zini ixtiyori bilan mo'min bo'ladi, iymonni xohlaydi, kufrni xohlamaydi. Fistonchi o'z ixtiyori bilan kofir bo'ladi, kufrni xohlaydi, iymonni xohlamaydi deb yozib qo'ygan. Bu insonni ixtiyoridagi narsa.
Va siz bilan yozgan ishlar nima? Bizni ixtiyorimizdagi hamma ishlar. Hukm bilan nimani yozgan ekan? Bizni ixtiyorimizda bo'lmagan hamma ishlar. Sizni ixtiyoringizda bo'lmangan ish sodir bo'ldimi, sizni ishingiz qo'lni shunday ko'tarib, taqdirga tan berish, taslim bo'lish va rozi bo'lib savob olish. Bandalarni qaysi birini xohlash xohlamasligini esa, o'zining azaliy va abadiy ilmi bilan oldindan bilgan holda, lavxul mavzusiga bitib qo'ygan.
Taqdir kitobi to'rtta. Istadi bila, iam hullohu ma yashau va yuf bitu va indahu ummu ul kitob, deydi Alloh Taolo. Alloh xohlagan narsani o'chiradi taqdirdan. Xohlagan narsini yozilganicha qoldiradi va uning huzurida ummu ul kitob bor. Taqdir kitobi to'rtta, deydi ulamolar. Birinchisi, Allohning huzuridagi ummu ul kitob. Unda hech narsa o'zgarilmaydi. Lavhul mahfuzda ana shu umumul kitob yakuniy kitob. Undan keyingi uchta kitobda o'zgarish bo'lishi mumkin, duo bilan, sabab bilan. Lekin mana shu uchala kitobdagi o'zgarishlarni qaysinisi bo'lishigini alloh taolo umumul kitobga yozgan, u yerdagi o'zgarmaydi.
Taqdir kitobi to'rtta. Umumul kitob, allohni huzuridagi kitob. Ikkinchisi, malolikalarning qo'lidagi kitob. Buni farishtalar o'qiyotganida jinlar o'g'rinicha eshitib olib, pastga olib tushar edi. Bu Muhammad alayhissalom payg'ambar bo'lib kelgunga qadar bo'lar edi. Lekin payg'ambar alayhissalomga vahiy kelganidan keyin, nima bo'ldi? Ular eshita olmay qoldi.
Uchinchi kitob. Kishi onasini qornida yuz yigirma bir kunda bo'lganda, taqdiriga bitilinadigan kitob. Oxirgisi, qadri kechasida bir yillik taqdir kitobi. Allohni huzuridagi umum kitobda qaysi narsani tanlashligingiz yakuniy yozilgan, u yerdagi o'zi uchmaydi. Ya'mullohu ma yashau va yuf bitu va indahu umum kitob. Alloh xohlagan narsani o'chiradi, xohlaganini sobit qoldiradi, umum kitob uning huzurida.
Belga chiyib qo'yish kerak ekan, ikki og'iz gap kerak bo'ladigan bo'lsa, siz taqdirda nima yozilganini bilmaysizmi? Bilmaysiz. Bilishingiz mumkin emasmi? Bilishingiz mumkin mas. Siz, sizga yoqmaydigan holat ustizga kelmasligi uchun, nima sabablarni qilish kerak? Shuni qilasiz. Undan keyin ham kelsa, demak shuni Alloh yozgan ekan deysiz, xotirjam bo'lasiz.
Qazoyi qadarga iymon keltirgan, chinakamiga ishongan mo'min, ustiga biror musibat keladigan bo'lsa, chiroyli bardosh bilan chiroyli ko'taradi shu narsani. Endi ustiga xursandchilik keladigan bo'lsak, bu narsaga haddidan oshib ketmaydi. Chunki iymoni komil. Taqdirda bitilgan ish bo'ldi deydi, haddidan ham oshmaydi, tushkunlikka ham tushmaydi.
Alloh Taolo siz bilan bizga Qur'onda xabar bergan. Yozilgani aniq keladi. Yozilmagani aniq kelmaydi. Yozilgan bo'lsa, qayoqqa qochay. Yozilmagan bo'lsa, nimadan qo'rqay. Zo'r e'tiqod a?
Nima bo'larkan? Qanaqa bo'larkan? Yaxshi chiqqanmikin? Dehqonchilik tuzib bo'ladimikin? Jazavaga tushma birodar. Sen dehqonchiliging zo'r bo'lishiga sababni qil. Undan keyin kim aytgani bo'ladi? Zo'r a? Va yelkangdan yuk tushganday bo'lib xotirjam bo'lib qolasan. Lekin mehnatni qil. Mehnatni qild. Astabiya. Ma asoba min musibating fil ar divala fii an fusikum illa fii kitabin min qobli an nabru aha. Hadis surasi yigirma ikkinchi oyat. Xoh yerga. Va xoh o'zlaringizga biror musibat yetsa, biz uni paydo qilishimizdan ilgari, shu musibatni paydo qilishimizdan ilgari kitobda lavxul mahfuzda bitilgan bo'lur. Biz uni paydo qilishimizdan ilgarigi kitobda lavxu mafuzga nima qilingan? Bitilgan bo'ladur.
Agar qahatchilik bo'layotgan bo'lsa, ocharchilik bo'layotkan bo'lsa, zilzila bo'layotganbo'lsa, ekin tikinlarga ofat yetishga o'xshagan musibatlar bo'layotgan bo'lsa, bir insonga kasallik yetgan bo'lsa. Muhtojlik yetgan bo'lmasa, farzandidan ajralib qolishlik yozilgan bo'lsa bularni hammasi hammasi shu ishlar bo'lmay turib Allohni taqdirida yozilgan bo'lar edi. Yozilgan bo'lsin, qayoqqa qochay? Yozilmagan bo'lsa, nimadan qo'rqay?
Mo'min kishi, iymoni mana shunday bir sobit bo'lsa, imoni to'liq, to'g'ri bo'ladigan bo'lsa, ancha muncha narsa uni qo'rqitmaydi. Ancha muncha nasiga tushkunlikka tushmaydi. Saxr bo'lmaydi, insult, infarkt bo'lmaydi. Besh olti so'm puliga kuyib qolsa. O'sha pulidan chiqaruvdi narsaga, molini, katta puli kelmay qo'ydi, xullas bermaydigan bo'ldi. O'sha katta pulidan mahrum bo'ldi. Shart tutib qoladi da, yurak ushlab qoladi, infarkt bo'm qoladi, insult bo'm qoladi. Nima deyish kerak edi? Agar taqdirga iymoni komil bo'lsa, nima deyish kerak edi? Alloh beruvdi, sinagan edi, alhamdulillah dedim. Endi alloh oldi. Yana nima qilyapti? Sinayapti, alhamdulilloh deyish kerakmi?
Aka, ishxonangizdan ja bo'lsa haydab yuborasiz da. Aka, ja bo'lsa shu ishingizni olasiz da qo'limdan. Jonimni olarmidingiz? Alloh bergan nimani yeyman? Alloh taolo rizqning bitta eshigini yopib qo'ysa, ikkinchisini ochib qo'yadi deydi, xotirjam ketaveradi va boshqalar uni xorlashlikka yo'l qo'ymaydi. Shuning uchun og'riq zotlardan biri aytadi, kimki Alloh taoloning qadar to'g'risidagi sirini tanigan bo'lsa, unga musibatlarni yengish albatta, albatta yengil bo'ladi. Demak Alloh yozgan ekan. Demak Alloh. Yozgan ekan bu. Yozilgan bo'lsa qayoqqa qochay, yozilmagan bo'lsa nimadan qo'rqay. Yozilganini bilmaysiz a endi, nima yozilganini. Bila olmaysiz ham. Endi seni birodar bilishing kerak bo'lgan narsa shuki, sen o'zingga o'sha musibatda yetishiga sabab bo'ladigan ishlardan uzoq bo'lishing, shu musibatga sabab bo'ladigandan keyin ishlarni qilmasliging. Ana shu sabablarni zo'r qilganingdan keyin ham shu musibat baribir kelaverdimi? Demak Allohni taqdirdan deb bilishing kerak. Ammo hech qaysi sababini qilmasdan Alloh shuni xohlagan ekan deyishligingiz, bu Alloh Taologa tuhmat qilishingiz bo'ladi.
Musibatga uchraganlarga mana shu Umarun Xattobning so'zi taskin bo'ladi. Umarun Xattob aytadiki, menga biron bir musibat yetsa deydi, unda uchta yaxshilikni topdim. Bir musibat yetdi, u musibat bitta, lekin ustida uchta ne'mat bor. Birinchisi, mana shu musibat dinimda bo'lmadi. Iymonim dinim sog'lom. Ikkinchisi, Alloh Taolo mana shu musibatdan kattarog'ini bermadi. Beso'ngga kuygan bo'lsangiz, Alloh Taolo ellik so'mga kuydirib qo'yishi ham mumkin edi. Uchinchisi, Alloh Taolo mana shu musibati sababli menga ulkan ajrlarni beradi deydi.
Aquli qovli hada va stagfirulloh ili va rakum.