# Islomda farzand tarbiyasi

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 28 of 510
- Section: —
- Duration: 33 min
- Original title: Islomda farzand tarbiyasi
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/28
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/hUk7ZjGYc9I.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=hUk7ZjGYc9I
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/27.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/29.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:02] Bismillahir rohmanir rohiym. Bismillahir rohmani rohiym. Alhamdulillahi robbilan a'lamin va la raqibatu lil muttaqin. Assalomu alaykum va alaykum assalomu alaykum ala saidina muhammad as sodiq al va adil amin va ala alihi va as habihi ajma'in. Ammabard, assalomu alaykov va rahmatullohi va barakotuh. Alloh subhanahu va taolohushu bir saidul ayyongunini barchamizga barakotli qilgan bo'lsin.

[0:46] Islom va farzand tarbiyasi deb nomlanadigan darsimizni bugun qirq yettinchisi. Ijtimoiy odoblar allohni fazli marhamati bilan hazillashlik odobi haqida suhbat qilamiz. Hazil odobi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahih hadisda aytganlar innil la amzahu innil la amzuhu va lekin la aqulu illa haqqon. Albatta men ham hazil qilaman dedi payg'ambarimiz. Faqat men haq so'zni gapiraman. Musulmon kishini hayotida hazil mutoyiba bo'lishligi kerak. Chunki bu narsa odamlarni o'rtasidagi munosabatlarni yumshatadi, qalblarni bir biriga yaqin ulfat bo'lishiga sabab bo'ladi. Ko'chada, ishda, oilada, odamlarni bir biriga bo'ladigan muomalalarni yumshatad. Musulmon odam qo'pol, dag'al, doim qovoq uyib yuruvchi bo'lmaydi. Uyida hazil mutoyibaga sharoit yaratib bergan ota, oila a'zolarini, farzandlarini bir biriga shafqatli, mehribon, muloyim muomalada bo'lishiga muvaffaq bo'ladi. Ammo buni agar aksi bo'lsa, ota o'zi bir hazil mutoyiba qilmasa, doim qovoq uy yuradigan bo'lsa, dag'al bo'lsa, qo'pol bo'lsa, farzandlariga xuddi haligi qulga yoki bo'lmasam xizmatkorga qilinadigan muomalani qiladigan bo'lmasa, bunaqa oilada farzandlar otasini ko'chaga tezroq chiqib ketishini kutib turishadi.

[2:23] Demak bu odam ota sifatida bir muvaffaqiyatga erishmadi. Aksincha agar farzandlarimiz siz bilan, biz bilan birga, ota onasi bilan birga o'tirishida doim xohlay ekan bo'lsa, demak ota yoki ona sifatida muvaffaqqiyatga erashgan bo'ladi ota ona. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam o'zining uyida oila a'zolarini orasida oddiy bir inson kabi yurar edi. Kamtar, tavozelik, takallubsiz, ochiq chehralik bo'lganlar. Havo qo'yib yurmas edi, jiddiylik libosini kiyib ham olmas edi. Mana shu ochiq yulduzli bo'lishlik, otani oilada bir hazil mutoyibiga yo'l berishligi muhitni yaxshilanishiga sabab bo'ladi. Ammo jiddiylik, ulug'lik niqobini doim kiyib yuradigan bo'lsa, bunday ota farzandlarini qalbidan joy ololmaydi, farzandlarini xalbidan bir muhabbatga o'rin topolmaydi. Hazil mutoyiba. Bu odamlar orasidagi keng yoyilgan, har doim bo'lib kelgan va bundan keyin bo'ladigan bir holat. Albatta bu hazilni ham odobi bor, chegarasi bor. Birodarlar, hazil odamlar orasida, suhbatda, muomalalarda, majlislarda hazil bo'lishiga kerak.

[3:42] Hazil ovqatdagi tuzga o'xshaydi. Yo'q bo'lsa ham, ovqat mazasi bo'lmaydi. Ko'payib kelsa ham ovqatni mazasi buziladi. Tuz ovqat uchun qanchalar zarur narsa bo'lsa, hazil mutoyiba ham majlislarimizga shunchalik zarur narsa. Faqat me'yori bo'lsin. Hazilni ko'p qilgan odamni haybati ketadi. Hurmati yo'q bo'ladi. Odamlarni diqqat e'tiboridan chetda qolib ketadi. Siri bo'lmaydi bu odamda.

[4:15] Aytdik, mana hazil kerak narsa, uni foyda tomoni ham bor, salbiy tomoni ham bor. Ovqatdagi tuzga o'xshatdik. Sa'din nabi vaqqos roziyallohu anhu o'zini o'g'liga nasihat qilar ekan, aytadiki, sharif kishiga, hurmatli kishiga hazil qilma. Hasad, kudurat paydo bo'ladi o'rtada, gina.

[4:38] Razil, past odamga hazil qilma, senga nisbatan jur'atli bo'lib ketadi. Albatta, hazilni o'ziga yarasha odoblari bor. Mana Allohu qodir qilganicha ayrimlarini ko'rib chiqamiz. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahih hadisda marhamat qilganlar innila amzaxu. Innila amzaxum. Vala aqulu illa haqqon. Men hazil qilaman. Faqat Rasulullohni hazrida faqat haq so'z bo'lgan. Birinchi odobi, hazilni ko'p ettirmaslik kerak. Bir soat, ikki soatlik majlisda bitta, ikkita, boringki uchta hazil yetadi. Ko'payib ketsa, boyagi aytayotgandek, ovqat sho'r bo'lib ketgandek, bu hazil foydaga emas, zararga ishlab qoladi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam Imom Buxoriyda keltirilgan haqida aytadilar las tumin dadin valad dadu minniy. Ya'ni men bekarcha, lag'v, o'yin kulgi gaplarni ko'p gapiruvchi emasman. Mendan emas bunday qilayotgan odam degani. Hazil mutoibasi bor. Hazil qiladi, ammo bunga berilib ketmaydi, ko'payib ketmaydi. Bir soat gaplashib o'tirsak, shuni bir o'n besh minutda faqat hazil mutoyiba bilan davom etadi. Yana bu hazil mutoyibani hammasini ham haq deya olmaymiz.

[5:57] Kerak emas narsalar bo'ladi. Masxara bo'ladi ko'proq bizda. Bir odamni masxara qilinadi. Hazil mutoyiba. Musulmon kishi ham hazil mutoyiba qiladi. Nima uchun? Majlisdagi, oiladagi, birodarlar bilan bo'ladigan muomalani yaxshilashlik uchun, yumshashlik uchun. Mohir muallim hazil qiladi o'quvchilari bilan. Mohir rahbar, mohir tabib oldida turganlar bilan hazil mutoyiba qiladi, boyagi aytayotganimizdek, oiladagi munosabatni yaxshilashligi uchun. Birodarlar, doim hazilkash bo'lish oson. Doim kulib yurish oson.

[6:39] Yana doim qovoq solib yurish ham oson. Doim jiddiy bo'lib olish ham oson. Nima qiyin? Ikkalasini teng ushlay bilishlik. O'rni kelganda sertabassum, hazil mutoyiba qiladi. O'rni keganda jiddiy ham bo'la oladi. Aytganmiz ku, avvalgi darslarimizda har qanday yaxshi xulq diqqat qilinglar. Ikkita yomon xulq o'rtasida turadi.

[7:07] Masalan, sergaplik yomon xulq, kamgaplik yomon huquq. Shuni o'rtasi nima? Chiroyli huquq. Demak, hazil mutoyibani doim qilish ham oson, doim jiddiy bo'lib yurish ham oson. O'rtasini ushlash qiyin. O'rtasin ushlash qiy. Komil insonlar birodarlari, oila a'zolari bilan hazil qiladi, ammo vaqt kelganda jiddiy ham bo'la oladi.

[7:35] Ibn Muqofiy aytadi, meni nazarimda eng ulug' inson kim? Masalan, falonchi. Nimasi uchun men uni ulug' deganman? Dunyo uni ko'zida past narsa edi. Qornini hukmidan qutilgan edi. Qo'lida bo'lmagan narsaga ishtahasi yo'q edi. Agar o'sha ishtahasi bo'lgan narsaga erishsa, berilib ketmas edi. Johillik sultonligidan omonda edi. Bilmagan narsasini gapirmas edi. Bilgan narsasini esa boshqalar bilan gapirib talashib tortishmas edi. Uning ko'proq vaqti sukut bilan o'tar edi. Agar o'rni kelsa, ish jiddiylasa, bu inson bir sherday bo'lib qolardi. Ulug'ligi mana shu sifatlar bilan men o'sha deb aytyapti. Hazildagi, hazil mutoyibadagi o'ta xatarli narsa bu ana shu siz hazillashayotgan kishiga ozor berib qo'yishligingiz.

[8:32] Qola saidina Umar roziyallohu anhu man kasura zohkuhu, qollat haybatuhu. Va man mazaxa ustu hif va behi. Umarimni xattop aytadi, kimni kulgusi ko'payib ketsa, haybati ozayib ketadi. Kim ko'p hazil mutoyiba qilsa, e'tibor qolmaydi unga.

[8:55] Endi jiddiy bo'lishlik ham kerak, faqat uni ham chegarasi bor, xuddi hazilni chegarasi bo'lgandek. Siz odamlar bilan qilayotgan muomalangizda muvaffaqiyatga erishdingizmi, yo'qmi? Qayoqdan bilasiz? Sizni yo'g'ingizda, siz haqingizda nimani gapirishadi? Sizni borizda albatta sizdan qo'rqib yoki sizdan uyalib yaxshi gapirishadi. Yo'qligingizdachi? Agar yo'qligingizda ham siz haqida yaxshi gapirayotgan bo'lsa, demak odamlar bilan bo'lgan muomalada muvaffaqiyatga yutuqqa erishdingiz. Hazil. Birovni shakli, rangi, bo'yi, odati yoki hunari haqida hazil qilishlik. Hozir aytdik, hazildagi eng xatarli narsa bu birovni qalbiga nima qilish? Ozor yetkazib qo'yishlik.

[9:46] Kunlarni birida Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamni oldida Oysha onamiz roziyalloh anaqa turgan edi. Bir ayol kelib ketdi. Savoli bormidi, gapi bormidi, aytib ketdi. Shunda Oysha onamiz qarab, paka nekami deb qo'ydi. Payg'ambarim sallallohu aleyhi vasallam aytdilar, Abu Dovud va Termiziydan ketdi degan bir hadis. Oysha onamizga qarab, laqodi qultiy kalimat an la v muzijab bi mayl bahriy la mazajadhu. Hozir shunday bir so'zni gapirdingiz. Agar shu so'zni dengizga aralashtirib olsa, shu so'zda dengizga qo'shib yuborsa, dengizni suvini aytib yuborgan bo'lardi deydi.

[10:29] Tuhmat qilmayapti. Pakanami pakanami? Qorami qora? Oqmi oq? Borini aytdi. Hazil qilib aytdi. Ammo payg'ambarimiz oy shu onamiz bu narsadan qaytardiki, chunki boyagi ayol shuni eshitsa, xafa bo'ladi. Hazildagi eng xatarli narsa, siz hazil qilayotgan kishiga ozor berib qo'yishligingiz.

[10:53] Insonni Alloh Taoloni huzuridagi qadri rangi bilan o'lchanmaydi, moli bilan yoki qaysi millat vakili bo'lishligi bilan, qaysi yurtni, qaysi mamlakatda fuqarosi bo'lishligi bilan o'lchanlaydi. Birodalar, iymon bilan, amal bilan, taqvo bilan. Shu bilan lo'l chaladi. Sahobalardan biri o'zini xizmatisiga qarab turib, ey qora xotinni bolasi dedi. Ey qora xotinni bolasi dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam eshitib turib aytdilarki, bu hadis muttafakkalik, Abu Zar G'uforiy roziyallohu anhudan. Innaka mriyun fika jahi degan. Ey.

[11:34] Sizda hali johiliyatdan bor ekan, u dedi. Bu qorani qora deb qo'ygani uchun. Endi qaranglarda, bizni majlislarimiz, suhbatlarimizda bunaqa, bu narsasiz iloji yo'q. Semizroq oynaviz keladi somorga, uni semizligi ustidan kulamiz avval. Keyin orolrog'i kiradi, orolrog'i ustidan kulamimiz.

[11:56] Jim o'tiradigan ustidan ham kiramiz, ko'p gapiradigan ustidan kulamiz. Bo'ladi sifatini gapirmasak. Hazil mutoyiba qilmasak nima qilamiz unda? Indamay o'tiramizmi? Agar shunaqa qila olsak, gapirayotgan gaplarimiz oyat bo'ladi, hadis bo'ladi, hikmat bo'ladi. Demak, bir insonni ikkinchi insondan afzalligi, uni rangi, shakli, figurasi, puli, qaysi millat vakilaligida emas, Allohda qo'rqa ekanligida. Innna akroma koma, aynna lohi yotqoq ko'nda degan Alloh Taolo. Allohni huzurida, Allohning nazdida sizlarni eng hurmatliginglar Allohda ko'proq qo'rqadiganinglar.

[12:38] Pul bor odam pul yo'q odamni ustidan kulayotgan bo'lsa, va ana shu puli yo'q odam, pul bor odam uni ustidan kulayotganga indamasdan rozi bo'lib turgan bo'lsa. Demak, uni kulishga haqqi bor, deyayotgani bo'ladi. Shu boyni oldida o'zini bo'ynini past tutib, shunday bo'lishligi to'g'riligini tan olayotgan bo'ladilar. Payg'ambarimiz aytadilar, man jalsa ila g'oniyn, fotofo ota ala hu zahaba sulisa dinihi.

[13:07] Kim boy bilan o'tirsa, va unga bo'yni egib, uni oldida o'zini hokisor tutib tursa, faqat boyligi uchunlar, dinini uchdan ikkisi ketdi shu kambag'alni. Biz puldor odamni yomon demaymiz. Kambag'alni yaxshi demaymiz. Boy ham, kambag'al ham, yaxshisi ham bor, yomoni ham bor. Ammo bir boy odam bo'lsaki, hech qanday bir salohiyatli amali bo'lmasa, na xalqiga, na diniga, na ummatiga, faqat boyligi uchun uni hurmat qilayotgan bo'lsak, diniyimizni uchdan ikkisini ketadi deyapti. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam imomu bayhaqiy keltirgan hadisda. Shuning uchun oziq qiyshiq bo'lsa ham, unaqa gap ketmaydi, birodarlar. Unaqa gap ketmaydi. Boy bo'lsa, muborak bo'lsin. Alloh taolo boylik bilan sinabdi uni. Qiyomatda hisob kitobi og'ir bo'ladi. Uni boylik uchun o'zi quruq hurmat qilishlik to'g'ri emas.

[14:02] Ozor beruvchi, ozor beruvchi, hazillarga misollar. Imom termiziy abdullohimni sohib roziyallohu anhudan keltirgan hadisda, abdullohimniki sohibdan keltirgan hadislarda aytadilar, la yaxudanna ahadukum mata ahiyhi la ibn vala jaddan. Birortanglar birodarini matohini hazillashib ham olmasin, jiddiy ham olmasin. Uni roziligisiz. Va man ahadah aso ahiyhi falaya rud duha. Kim birodarini hassasini, tayog'ini olgan bo'lsa ham qaytarib bersin. Hazillashib ham olmanglar deyapti. Oho, biz patinkasini bekitib qo'yamiz.

[14:44] Qo'pol hazil qilish. Masalan, maktab bolalari bir birini sumkasini bekitib qo'yadi. Kitobini bekitib qo'yadi. Muallimi oldida xijolatga qoladi. Mazza qilib kulishdi. Yoki aka ukasini oyoq kiyimini bekitib qoladi. Maktabiga kech qoladi. Keyin topib berishadi. Rahmat deydimi? Aytadi aytadiganini. Aytadi aytayotganini.

[15:09] Kishini asabini ketkazadigan, uni asabiylashadigan bunaqa hazillardan Rasululloh siz bilan bizni man qilgan qaytargan. Telefon qilasiz. Kim bu desa, topingchi deysiz. Ehtimol band edi, zo'rg'a telefonni oluvdi. Ehtimol asabi chiqib turgandir. Bu yerda asabi chiqadi. Bunday qilish ham mumkin emas. Sahobalardan biri aytadi, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam bilan birga turganimizda, bir kishi o'tirib uxlab qoldi. Shu yerda o'tirganlardan bittasi qo'liga ipni oldi da, haligi odamni bunday qilib turib ilon qilib yoki burniga tegizibmi, cho'chib turib uyg'otib yubordi. Cho'chib ketdi haligi odam. Payg'ambarimiz aytdilar, bu hadis Abu Dovuddan: la yahilul muslimin an yuroviy an musliman. Bir musulmonni, boshqa musulmonni qo'rqitishligi halol bo'lmaydi. Bir musulmon, ikkinchi musulmonda qo'rqitishligi harom ish ekan.

[16:11] Tushunarlimi? Harom ish eka. Rasululloh faqatgina musulmon kishini qo'rqishlikni man qilmagan, hatto yuzini qizartirishlikni ham, xijolatga qo'yishlikni ham Payg'ambarimiz man qilgan. Asarlarda keltiriladi: la tuxam mirul vujuxa. Odamlarning yuzini qizgartirmanglar. Ya'ni nimaga qo'ymanglar?

[16:34] Xijolatga qo'ymanglar. Xijolatga qolmanglar. Ammo agar misol bir odam, bir odam gapiryatib, so'zlari adashib ketdimi, xatoga yo'l qo'ydi. Yo sal bo'rttirib yubordimi, bilmay gapirib qo'ydimi, parvo qilmay qovoramiz, bo'pti endi gapirib qo'tib. Ammo agar dinga taalluqli, shariatga taalluqli masalani gapirib adashgan bo'lsa, yo bo'rttirayotgan bo'lsa yoki yolg'on gapirayotgan bo'sa, tuzatib qo'yamiz. Hikmat bilan albatta. Hikmat bilan. E, sen baloni ham bilmaysan ekansan, unaqa emas. Deyilmaydi.

[17:07] Chunki eshitganini gapiruvdi u ham. O'zi uchun eshitgan gapni ko'tarib yuraverishlik kishini yolg'onchi bo'lib qolishiga kifoya qiladigan ko'rinish. Eshitgan keyin narsasini. Hozir shunaqa bo'lib qolgan, eshitdingmi, falonchi manaqa dedi. Falonchi manaqibdi, eshitdingmi? Yo'q, eshitmadim. O'shanaqa qilibdimi? O'shanaqa, ko'rdingmi sen? Deya olmaymiz da, birodarlar. Biz olib o'n dovni biz o'n bir qilib olib boramiz. U o'n ikki da olib boradi. Agarchi? Agar.

[17:37] Payg'ambarimizni hadisi bor da o'zi. Eshitgan ki narsasini ko'tarib yuraverishlik kishini yolg'onchiligi uchun kifoya qiladi. Shuning uchun eshitgan masalada ukalar, manaqa bo'pti da, ko'tarib yurmanglar. Sizlar turdinglarmi o'sha yerda? Yo'q. Shuni ko'rgan odamdan eshitdinglarmi? Yo'q. Gapirmanglar. Gapirmanglar! Kishini. Eshitgan gapini keyin ko'tarib yuraverishligi yolg'onchi bo'lishiga kifoya qiladi.

[18:02] Ozor beradigan hazil mutoiba qilishdan Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam man qilganlar. Birov ketayotgan bo'ladi, shappati oldinga chiqib turib, va deb qo'rqitadi, cho'chib ketadi. Bu birodalar ozor berishlik bo'ladi. Bir, qo'rqishlik bo'lsa ikki. Ikkita xoronish bo'ldi. Nima mazza topding shunda? La yahel loli muslimin, a yurov i a musliman. Musulmonga boshqa bir musulmonni qo'rqitishlik halol bo'lmaydi. Suzishni bilmaydigan ulfatni olib suvga yig'itib yuborish bor.

[18:37] O'rganib ketasan deydi. Qo'ydan qo'rqadigan, moldan, umuman hayvondan qo'rquadigan odam bo'ladi, hariginga nima qilinadi? Aka shundan halol bo'lmaydigan birodarlar. Halol bo'lmaydi ekan. Bunday hazillardan Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bizlarni qaytarganlar. Qanday kunida Zaydun Sobi roziyallohu anhun tuproq tashib, charchab, dam olib o'tirib uxlab qoldi. Amorimni hazm kelib, sezdirmasdan qurollarni olib bekitib qo'ydi. Payg'ambarim sollallohu alayhi vasallam buni ko'rib, bunday qilishidan qaytardi. Chunki uyg'onsa quroli yo'q. Xavotirga tushadimi? Xavotirga tishadi. Mumkin emas.

[19:24] Bir kishi boshqa bir kishini oyoq kiyimini olib, hazillashib berkitib qo'ydi. Payg'ambarimizga bu haqida xabar berilganida aytdilarki, la turavviy ul muslima, fainna rauf atal muslimiy zulmun azimun. Musulmonni qo'rqitmanglar. Zero, musulmonni qu'rqitishlik ulug' gunoh. Musulmonni qo'rqitish ulug' gunoh.

[19:49] Hazillashib masxara qiladi biroq, hazillashib g'iybat qiladi biro, hazillashib haqorat qiladi biro. O'zi bilmagan holda hazillashib, hazillashib, harom amallarga botib qoladi. Ikkinchi odobi, hazil qilayotganda, hazil qillayotganda, yolg'on so'z va bo'xtonidan ehtiyot bo'lishlik kerak bo'ladi.

[20:12] Quyida mana hozir Imom Abu Dovud Termiziydan keltirilgan hadisda o'qiymiz. Odamlarni kuldirishlik uchun yolg'on gapiradigan odam haqida. Rasululloh aytadilar voylun lilladiy yu haddiy subil hadid li yudhika bihil qavm va yakkib. Voylun lahu, voylun lahu. Uvayl bo'lsin bir kishiga. Do'zax bo'lsin bir qishiga. Kim u? U shunday odamki, odamlarni kuldirish uchun yolg'on gapiradi. Vayl bo'lsin unga, vayl bo'lsin unga.

[20:46] Hazilmutoyeva kerak ekan, ha, musulmon odam munosabatlar, yumshashi, qalblar ozgina rohatlanishligi uchun kerak ekan. Ammo buni hunar qilib olgan odam chi? Odamlarni kultirishlik uchun bizdan o'tib qolmaydimi shunga o'xshagan yolg'on? Yolg'on gapira bo'lmaydi qonunni kultirishlik ichun. Hazillashib qalb. Payg'ambarimizni bunday kishiga vael bo'lsin deb duo qilyaptilar.

[21:11] Kabrot xiyonatan an tohadbita ahoka hadisan, huva la kabiyi musoddiy xun va antalahuu ka'diyun. Bu hadis Abu Dovuddan keltirilgan. Eng katta xiyonat, birodaring sening so'zingga ishonib turgan vaqtida unga yolg'on gapirishing. Seni rost gapiryapti deb ishonib turibdi. Sen bo'lsa bilib turib ishonayotganligini senga. Yolg'on gapiryapsan. Eng katta xiyonat shu bo'ladi.

[21:40] Al mo'minu yutba ala kulli xulq illal kid val hayyana. Bu hadisda ham eshitaylik da. Mo'min kishi har qanday xulq bilan xulqlanishi mumkin, ammo yolg'on va xiyonat bilan xulqlanmaydi. Qarang, tabiatida har qanaqa bir fe'l, har qanday bir narsa bo'lishi mumkin, sifat. Faqat yolg'on bilan xiyonat bo'lmaydi musulmonda birodarlar.

[22:09] Musulmon kishi ko'p xato yo'l qo'yishi mumkin. Fe'l atvori tor bo'lishi mumkan yoki keng bo'lishi mumkun. Saxovatli bo'lishi mumki, baxil bo'lishi mumkeyin. Musulmon bu. Yuzi ochiq bo'lishi mumkinki, qovoq uygan bo'lishi mumke. Musulmon bu! Ammo xiyonatkor va yolg'onchi bo'lmaydi musulmon. A yakuni mo'minuka zaban mo'min kishi yolg'onchi boladimi deb so'raganlarida rasululloh yo'q deb javob berganlar. Demak hazilimizni ham yolg'on ishlatmanglar birodarlar. Hazilimizni ham.

[22:39] Aka aytardi, seni olib olmaymiz deydi o'ynaganda. Yig'laydi haligi kichkina ukam. Olib boradi, lekin yig'latib mazza qiladi. Yana ukasi bu. Otasi, onasi bir bo'lgan ukasi. Uni qiynab, uni yig'latib huzurlanyapti. Bu qanaqa qalb? Nikoh. Taloq. Qul ozod qilishdagi chin so'z ham chin, hazil so'z ham chin. Nikoh. Taloq. Qul oozod qilishlikda aytilingan hazil so'z hamm chin, chin so'z hamchin. Falonchini qiziga uylanaman deyapman, sovchi yuboraman dedi birov. Endi shu falonchi o'sha odamni shu so'zini eshitdi da, hazil qilib aytuvdi u. Shu odam bizga kuyov bo'larkan deb kutadi haligi sovchini.

[23:29] Boshqa kelgan sochlarni qaytaradi, yo'q haligi. Hazil ekan eshitsa. O'sha otani o'rniga o'zingizni qo'yib ko'ring da. Bu hazillashadigan narsalar emas. Hazillashib boradi, taloq desa xotiniga. Tushadi. Hazillashib ozod qildim seni desa qo'liga, tushadi. Biz musulmonlar tilimizga hushyor bo'lishni o'rgangan kunimizdan boshlab, inshaalloh tepaga qarab yuramiz. Aytyapmiz ku, eshitgan gapingizni manaqa bo'pti deb gapirdingiz, yoqasidan olib chiqib, so'ngra olib borib, isbotlashga majbur qilishdi. Yedingiz yeydigan inshaalloh. Keyin safar nima qilasiz?

[24:10] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, imomahmaddan keltirilgan hadis. La yu'minul abdul imaning kulli xatta yatturukul kirba fil mizzax. Bir kishini iymoni komil bo'lmaydi, iymoni to'liq iymon bo'lmaydi. Xatto hazilida bo'lsa ham yolg'onni tark qilmagunicha. Hazilda ham yolg'on ishlatmasligi kerak bo'ladi. Bunday qilishlik dindan emas. Hazilmi, chinmi, musulmon odam rozi gapiradi. Mana Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qilgan hazillaridan ayrim namunalar. Rasululloh qanday hazillashgan?

[24:46] Rasulullohning hazillari. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam huzuriga sahrodan, sahroilardan bo'lgan Zohir ismli kishi tez tez kelib turar edi. Payg'ambarmiz sallallohu aleyhi vasallamga sahrodan topgan narsasini olib kelib berar edi. Payh'ambarimiz shahardan topgan narsasinini berar edi, o'rtada chiroyli ulpachilik bor edi. Bir kuni Zohir kelsa, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam yo'q. Qani Rasululloh? Ha, yo'q. Chiqib ketdi. Rasululloh qaytib keldi, u kelishiga.

[25:16] Zohir kelib sizni so'radi. Qani, chiqib ketdi? Rasululloh qarasa, namoz payti emas, masjidda bo'lmaydi. Demak bozorda bo'ladi, olib kelgan narsasini sotgani. Borsa, zohir oldiga o'sha sahrodan topgan tutganini yayib, sotib turgan bo'ladi. Rasululloh orqadan keladi da, shunday ikkala qo'lini qo'shib turib, quchoqlab yerdan ko'tarib oladi. Haligi zohir kimni quchog'ida turganligini bilmayapti.

[25:45] Rasulullohni quchog'ida turing. Qo'yib yubor, qo'yib bor meni deb turib, bezovta olyapti. Rasululloh unday qilgan hazili bilan to'xtamay, qul sotaman, qul sotiman dedi. Haligi zohir yana jahli chiqdi. Ey, meni qul deyaptimi? Qo'yvor, qo'yvor dedi. Qul sotaman dedi Rasululloh. Kimni quchog'ida turganligini bilmayapti. Hamma yugurib kelib qarovdi, Rasulullohni orqada turganligini ko'rib kulishdi. Tushundi zohir, tushundi kimni quchog'da turganini.

[26:18] Mana hazil. Qul sotoman deyapti. Qul. Hammamiz qulmiz, Allohni qullarimiz. Yerga qo'yib qo'ygan edi, yo'q Rasululloh dedi. Meni sotasizmi dedi. Ha, meni sotsangiz kim olar edi meni dedi. Ha, men ko'rimsiz, bir xunuk odam bo'lsam, bozoringiz kasod bo'ladi, meni hech kim olmaydi dedi. Payg'ambarimiz aytdilar: yo'q, seni Allohning nazdidagi qadring baland dedi.

[26:45] Mana Rasulullohning hazili. Rasulullohning hazilidan ko'ngli ko'tarilyapti, quvonyapti bu kishi. Inna zohiron badiyatuna va nahuni hodiruhu. Albatta, dedi Rasululloh. Zohir bizning vodiyamiz, ya'ni sahroimiz, biz esa uning hozirimiz, shahrimiz dedi. Hazil birodarlar majlisni kayfiyatini ko'taradi. Jonlantiradi. Bitta sharti bo'lsin, chin hazil bo'lsin. To'g'ri hazil bo'lsin, aziyat yetkazmasin.

[27:23] Sahobalardan biri aytadi, Taboka g'azotida edik. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzuriga keldim. Uzoq chodirda edi. Salom berdim. Rasululloh salomimga alik oldi. Kelaveraymi dedim. Payg'ambarimiz ha kelaver dedi. Butunligimcha kelaver dedim. Payg'amimiz uni hazilini tushunib turib, ha butunligicha kelaver dedi. Rasulullohga hazil qilishgan ekan, Rasululloh ham hazil bilan javob bergan ekan. Bu hadis, o'qiydigan hadisimiz Imom Termiziy ahmaddan, Anasiddin mnumalikdan keltiriladi.

[27:58] Bir kishi, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni oldiga kelib, g'azodga chiqishlik uchun ulov so'radi. Tuya'midi, otmidi bering dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar, innay ha'miluka ala valadin naqoting. Men senga tuyani bolasini beraman dedi. Haligi odam, tuyani bolasini nima qilaman? Qanaqa qilib minaman dedi, yo Rasululloh? Nima qilaman tuyani bolasini dedi. Ha, tuyani bolasi, tuyani bolasi bo'ladi da dedi. Ya'ni tuya beraman degani edi bu.

[28:25] Ha, tilni bolasi bo'lardi, tuyani bolasi oladi da. Bir ayol Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam oldiga kelib, yo Rasulullohni, meni erim sizni chaqiryapti dedi. Payg'ambarimiz manhuvay, kim u dedi. Avval ladehiy ayniyhi bayot. Ha, seni ering ko'zida oqibor odammi dedi. Haligi ayol yo'q dedi. Yo'q, eringni ko'zida oqi bor dedi. Vallohi ko'zida ochi yo'q dedi. Payg'ambarimiz hazillashgan edilar. Hammani ko'zida oti bor dedi. Mana hazil, lekin chin hazil. Birovga ozor bermaydigan hazil.

[29:05] Atat ajuzun ila nabiy sollallohu alayhi vasallam va faoliyat ya rasululloh. Ud allohu an yuduq ilan il jannat. Bu hadis birodarlar termiziydan. Bir kampir kelib, yo Rasululloh, duo qiling. Alloh meni jannatga kirgizsin dedi. Payg'ambarimiz aytdilar, albatta jannat, unga kampirlar kirmaydi dedi. Haligi ayol xafa bo'lib yig'lab ketdi. So'ngra Payg'ambarim aytdilar, borib aytinglar.

[29:32] Kampir holatida kirmaydi jannatga dedi. Haligi ayol eshitib xursand bo'ldi. Hazilmi? Hazil. Chinmi? Chin. Ozor yetmayaptimi u odamlarga? Hazil shunaqa bo'ladi bir odamlar. Musulmonni hazil shunaqqa bo'lardi. Chunki Alloh Taolo Qur'onda faji anna hunna abu karo uruban at robada marhamat qilgan. Yoshda ham, husni jamol va qaddi qomatda ham bir biriga teng ehtirosli bokira qizlar qilib qo'ydik. Ya'ni qiz bola holatida kelardi bu kampir. Mana Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qilgan hazillaridan ayrim namunalar. Demak, birodarlar, Payg'ambarim sollallohu alalayhi vasallam oradagi holatni bir yumshatish uchun, odamlarni qalblarini bir biriga ulfat qilishlik uchun, o'zi ham hazil qilganlar. U zotning hazillari chin edi, biron kishiga og'zor aziyat yetkazmas edi.

[30:31] Imomahmaddan ketilgan hadis, ana ism nima olikdan, payg'ambarimiz aytadilar la yastaqim u iman u abdin, xatta yastaqim u qol buhum. Bir bandani iymoni mustaqim, mustahkam bo'lmaydi, to qalbi mustahkam bo'linguncha. Vala yastaqimu qolbuhu hatta yastaqima lisanuhu. Endi, uni qalbi mustahdam bo'lmaydi til mustahkam bo'limi bo'lmaguncha.

[31:02] Odamlarni jahannamga tushishlariga ko'proq sabab bo'ladigan narsa, tillarining hosilasi. Insonlar tillari tupiga tushib ketadi. Hazillashib, ozor berib qo'yamiz. Hazillashib yolg'on gapirib qo'yamiz. Mana shu narsalar siz bilan bizni katta gunohlarga kirib qolishimizga sabab bo'ladi.

[31:25] Darsimizdagi oxirgi nuqta. Biz musulmonlar qachon yuksalamiz? Biz musulmonlarning jamiyati qachon yuksaladi? Qachonki biz Allohning kitobidan olingan asl o'lchov bilan hayotimizni o'lchashni boshlaganimizda. O'rtamizdagi munosabatlarni to'g'ri noto'g'riligi, o'lchaydigan o'lchov Qur'ondan olingan bo'lsa. Birimizga ikkinchimiz baho berayotganimizda, mana bu mendan afzal, mana bu mendan baland deyishlik kitob bo'yicha bo'lganda, dunyo bo'yicha emas, dinsizlarni bergan o'lchovi bilan bir birimizga baho berayotgandik bo'lsak, biz hech qachon o'smaymiz. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam sahobalarini ayni shu yo'sinda tarbiya qilgan. Abu bakr qurashi, bilol habashi o'tiravergan bir majlisda, e bu quldan chiqqan edi, mana shu abu bakr ozod qilgan edi, ammo bir birini o'rtasidagi aloqa, iymoniy aloqa edi. Birini ikkinchisidan afzalligi pul bilan emas edi, nasl nasab bilan emas eda, iymon bilan, amal bilan, taqvo bilan edi. Shu o'lchovlarga qaytsak biz ham yuksalamiz, birodarlar.

[32:31] Rangi, shakli, qaddi qomati, yashagan yeri, qiladigan ishi, ota enasi haqqi bilan, ota onasiga qarab turib bular birini ikkinchisidan afzal bilmas edi. Bizni ham birodarlar qilayotgan ishlarimiz, aytayotgan gaplarimiz, hazillarimizda dindan tashqari bo'lgan o'lchovlarni o'lchov qilib olayotgan bo'lsak, bizda ham hali johiliyatdan bor ekan. Bu narsa musulmonga to'g'ri kelmaydi.

[32:58] Biz musulmonlarning o'lchovi, miqyosimiz taqvo, ilm va amal. Arabni ajamdan afzalligi yo'q, mayar taqvo bilan. Innakromaqum ayyinda allohi at hokim. Albatta sizlarning alloh nazdidagi eng hurmatlirog'ingiz, taqvodorrog'ingiz. Aqulu qovli ha'da va astag'firulloh alaykum.
