# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 280 of 510
- Section: —
- Duration: 3 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/280
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/M4j0pZT21HA.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=M4j0pZT21HA
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/279.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/281.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:04] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah. Vassalotu vassalomu ala rasulillah. Ammavar. Alloh azza va jalloh Qur'oni Karimdan marhamat qiladi. Astabi billah. Innama ya'muru ma'sajid allohi man amani billahi val yom il axir. Va aqomat solata va ata zakata valam yaxshi illalloh. Fasa ula ekan yakunu minal muhtadin.

[0:28] Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan, namozni to'kis ado etgan, zakotni haqdonlarga ato qilgan va yolg'iz Allohdingina qo'rqadigan zotlargina obod qilurlar. Ana o'shalar hidoyat topgurchi zotlar bo'lsalar ajabmas. Mana birodarlar avvalambor Alloh Taoloning fazli marhamati bilan va siz aziz birodarlarni ko'magi bilan masjidimiz qurilishi mana shu joyga yetib keldi. Mana fundament ishlarini bitirdik, endi navbat devor ko'tarishga keldi.

[1:04] Allohni uyini barpo bo'lishiga beparvo bo'lmagan, saxovatpesha birodarlarimizni qilayotgan ehsonlarni Alloh qabul qilsin. Bu qilgan xarajatlarini zaxira oxiri qilsin. Qiyomat kunida boshliqlarga soyabon qilsin. Allohni uyni obod qilishiga birodarlar beparvo bo'masligi kerak. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam zamonlarida bir qora ayol bor edi, masjidni tushib turib tozaladi. Birdaniga shu ayol yo'q bo'lib qoldi. Rasululloh bu haqida so'raganlarida aytishdiki, bu ayol vafot etdi, dafn qilib qo'ydik. Ya'ni sahobalar bu ayolni ishini unaqa bir katta sanamasdan, Rasulullohni bezovta qilmaylik deb o'zlari dafn qilib ko'rishgan edi. Rasulullohni ana shu ayolning qabrini ko'rsatishligini sahobalardan talab qildilar. Ko'rsatishdi, Rasululloh ana shu qabrni ustiga kelib namoz o'qidilar. Ya'ni, masjidni shpulini tozalayotgan ayonni ishini Payg'ambarimiz mana shunday qadrlagan bo'lsalar, shpulini tozaragan ayonni ishini shunchalar qadrlagan bosalar, endi masjidni binosiga ishtirok etayotgan, masjid qurayotgan, masjiddin bino bo'lishiga hissasini qo'shayotganlarning ajri qanchalik bo'larkan?

[2:13] Payg'ambar musallallohu alayhi vasallam aytganlar, kim Alloh uchun bir masjidni bino qilsa, Alloh bu banda uchun jannatni bir qasrni barpo qiladi. Alloh azza va jalla qilayotgan xayr ehsonlarimizni, saxovatlarimizni dargohida qabul qilsin, o'zi rozi bo'layotgan amalga muvaffaq qilsin va mana shu qilayotgan ishimiz xolis Allohning roziligi uchun bo'lishiga o'zi tavfiq bersin. Alloh azza vajalloh barchalarimiz o'zini rozi bo'lgan bo'lsin. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh.
