# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 286 of 510
- Section: —
- Duration: 8 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/286
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/IGJpQxOmbnk.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=IGJpQxOmbnk
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/285.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/287.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:00] Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahmaduhu onas ta'inuhu onas tafiruh. Va na'udhu billahi min ash g'ururi ampusina. Va min sayyi'ati amalina. Man yahdihillahi fala mudillala. Va man yuzli hunh fala hadiyala. Va na shadvala ilahi illallohu vahidahular sharikala. Va na shado' anna muhammadan abduhu va rasuluh. Ammabod assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va murakatu.

[0:32] Sirojiddin o'shining badul amaliy asarini o'qiyotgan edik. Bugun ellik to'qqizinchi baytni o'qiymiz. Ellik to'qsoninchi baytimizning mavzusi dunyoning yo'qdan bor qilingani. Sirojiddino'sha aytadi va dunya na hadithun va hayyulla adimul kaun fasma bijididali. Tarjimasi dunyoyimiz yo'qdan bor qilingandir va Hayyullo esa bo'lmagan narsadir. Buni sen shodlik bilan eshitgin. Nazmiy bayoni dunyomiz yaratilgan Hayyullo esa shodlik bilan esthitgin bo'lmagan.

[1:18] Ba'zi johil faylasoflar Hayyullo har bir narsaning asli, butun olam Hayyulloh deb ataladigan birlamchi moddadan vujudga kelgan, uni birov yaratmagan, degan fikrni ilgari surishgan. Bu kalima asli yunoncha so'z bo'lib, asl, asos va modda kabi ma'nolarni bildiradi. Jumhur faylasuflar Hayyullohni qadim javhar, yoki birlashish va ajralishni qabul qiluvchi qadim narsa deb hisoblashgan. Bu bayt ana shu johillarni da'volariga raddiya sifatida yozilgan.

[2:00] Ularning qo'shtirnoq ichidagi ilmiy da'volari musulmonlar tomonidan keskin rad etilgan. Chunki bu gapni aytayotgan kishi olamni qadim deyotgan bo'ladi. Ya'ni olam o'z o'zidan bor bo'lgan degan bo'ladi, Alloh Taolo butun borliqni o'zi yaratgani to'g'risidagi xabarlarni rad qilgan bo'ladi. Endi bunda inkor etish o'z o'zidan kufr hisoblanadi.

[2:26] Haqiqiy musulmon kishi hamma narsalarni Alloh Taolo yo'qdan bor qilgan degan tushunchada bo'ladi. O'sha rahmatullo ali ushbu birlamchi modda to'g'risida qanday e'tiqodda bo'lishi kerakligini hissa qilib, hayollar bo'lmagan narsada bayon qilib qo'ygan. Qur'oni Karimda osmonlar u yerdagilarni hammasi, xohlasa ham, xohlamasa ham, Alloh Taoloni belgilab qo'ygan qonuniga bo'yni sinib yashashi, borliqdagi hech narsa o'z o'zidan paydo bo'lib qolmagani, balki hamma narsalarni yaratuvchisi Alloh ekanligini bayon qilgan. Mana, bir qancha oyatlar o'qiymiz. Istaydu billah. Valillahi yazjudu man fiss samavati val arde tov anvo karha, va delaluhum bil g'udumi val asol.

[3:22] Osmonlar va yerdagi barcha jonzot va ularning soyalari xoh ixtiyoriy, xoh majburan ertayu kech sajdani Allohga qiladilar. Ya'ni osmondagi yerdagi hamma narsa, o'zlari ham, soyalari ham xohlasin, xohlamasin Allohga sajda qiladi. Astag'firulloh, qul marrobbu samavati val ardi qulinglar. Qul afat taqat tun min dunihi avliya ala yamnikun alayh afusihim naf'mal addor ro. Ey Muhammad alayhissalom, ayting. Osmonlar va yerning parvardigori kim? Yana o'zini ayting, Alloh deb javob qiling. Bas, uni qo'yib, o'zlariga na foyda va na zarar yetkazishga qodir bo'lmaydigan but sanamlarni dostupdingizmi deng.

[4:15] Keyingi oyat. Astaydubillah. Qul hal yastavil ahmoval basir, am hal tasdavil zulmatova nur, am ja'lu lillahi sho'raka ahola quka xolqixi, fatashaba hal xolqu alixiy. Yana ayting, ko'r gumroh bilan, ko'ruvchi hidoyat topgan kishi barobar bo'lurmi? Ya'ni ko'zi ochiq odam bilan ko'zi ko'r odam barobar bo'ladimi? Gumroh bilan hidoyat topgan odam barobar boladimi? Yoki zulmatlar bilan nur barobar bo'lavermi? Yo ular Allohga uning yaratish kabi yarata oladigan butlarni sherik qilib olishgan va ular ham yaratganlaru, so'ngra ularga ikki yaratish o'xshash bo'lib qoldimi?

[5:01] Qulinglar hu holi hu kul li shay. Ayting, Alloh barcha narsani yaratuvchisidir. Ya'ni nimaki bor bo'lgan bo'lsa, Alloh yaratgan uni. Vahual vahidul qoha va u tanho va g'olibdir. Ya'ni osmon va yer ahllarini hammasi xohlasa ham, xohlamasa ham, Allohga bo'yin sinishdan boshqa iloji yo'q. Hasan rahmatullo alik g'oyat haqida aytadi, mo'min kishi Alloh taologa o'zini xohishi ixtiyori bilan bo'yin singan holda sajda qiladi. Kofir esa dahshatga tushgan va chorasiz qolganda majburan sajda qilardi, degan. Shuningdek, ularni soyalari ham kunni avvalida va oxirida sajda qiladi.

[5:49] Bu oyatda koinotdagi hamma mavjudotni, hatto odamlarni soyalarini ham o'ziga sajda qilishga bo'ynini suldirib qo'ygan zotni buyukligi xabar berilgan. Oyat karimani davomida ko'r gumroh bilan, ko'ruvchi, hidoyat topgan kishi barobar bo'lurmi deyilgan. Bu yerda ko'zi ko'rdan kofir kishi, iroda qilingan. Ko'ruvchidan bo'lsa, mo'min kishi iroda qilingan. Zulmatlardan zalot yo'llari, nurdan esa hidoyat iroda qilingani. Umumiy ma'no shuki, ko'zi ko'l bilan ko'radigan, zulmat bilan nur barobar bo'lmaganidek, haqiqat nurini ko'radigan mo'min kishi bilan bu nurni, ziyoni ko'ra olmaydigan kofir hech qachon barobar bo'lmaydi. Shunga ko'ra, shariatda berilgan xabarlarni tasdiqlash, haqiqat ziyosini ko'rish, bu xabarlarni inkor qilish bo'lsa, mana shu ziyoni ko'rolmaslikdir.

[6:54] Abu Mansur Motirudiy bobomiz ta'vilot ahli sunna tavsiyada quyidagilarni yozgan. Dunyodagi narsalar ikkita nur orqali, qalb nuri va havodagi nur orqali ko'rinadi. Kofir kimsaning qalb nurini zulmat to'sib qo'ygani sababli, Qur'onning nuri va shifosini ko'ra olmaydi. Mo'min esa, uni shifosini va nurini, iymonni nuri orqali ko'radi.

[7:26] Demak, birodarlar, Alloh aziz va jalloh bu borliqni o'zi yaratgan. Yo'qdan bor qilgan, ana shu faylasuflanayotgan Hayyulloh birlamchi modda yo'q narsa. Va dunyana hadiyfun va hayyula adimul kaul fasma bijididali. Dunyomiz yo'qdan bor qilingandir va Hayyulloh esa bo'lmagan narsadir. Buni sen shodlik bilan eshitgin. Nazmiy bayoni. Dunyomiz yaratilgan Hayulloh esa shodliklar eshitgin bo'lmagan narsa. Aquli qovli ha'da va astag'firulloh ili valakum. Innallohi va malakati huyu sallun ala nabiy, ya ayyu halladina amanu sollu alayhi va sallimu taslima. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lixu barakatuh.
