# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 287 of 510
- Section: —
- Duration: 14 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/287
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/kYfS-riLUE0.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=kYfS-riLUE0
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/286.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/288.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:02] Bismillahir rohmanir rohim. Inna alhamdulillahi nahmaduhu onas ta'inuhu onas tafiruh. Va navo du villahi min shu'rur ya'nfusina va min sayy'at ya'malina. Man yahdihillahi falah muvillala va man yudli hi falah hadiyalalar. Ona shadval la ilohillallohu ahdahlash sharikala, ona shadval na muhammadan abduhu rasuluh, amma baxt, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh.

[0:30] Aqida darslaridan birodarlar sirojiddin o'shini badul amaliyasini ham yuqib qo'yayotgan edik. Jannat va do'zaxning yaratib qo'yilgani bayoni. Oltmishinchi bay. Sirojiddin osha aytadi valil jannati va neironiy kavnun alayha marru ahvoli havali. Tarjimasi jannatlar va do'zaxlar hozirda bordir. Ularga yaratib qo'yilganiga o'tmish yillar o'tib ketgandir. Nazmiy bayoni, jannatlar, do'zaxlar, mavjud erurlar, ular uzra o'tgan ko'p o'tmish yill. Hozirda jannat bilan do'zax bormi yoki yo'qmi? Shu savolni muolaja qiladi bu bayt. Bu savolni paydo bo'lishiga sabab, ahli sunna va jamoani e'tiqodiga zid bo'lgan aqida e'tiqod vakillari jannat va do'zax hozir yo'q. Ularni Alloh keyin yaratadi degan da'volariga berilgan javob bo'ldi. Endi bizda qanaqa? Ahli sunna va jamoa e'tiqodiga ko'ra, do'zax ham, jannat ham hozirda yaratib qo'yilgan va hech qachon yo'q bo'lib ketmaydi.

[1:44] Ahli sunna va jamoa e'tiqodiga ko'ra, jannat ham hozir bor yaratilgan, do'zax ham hozir bor yaratilgan va ular hech qachon yo'q bo'lib ketmaydi. Qadaringlar, mo'tazilliklar, shunga o'xshagan firqalar jannat bilan do'zaxni hozir yaratib qo'yilganligini inkor qilishgan. Ular aytishganki, bu gaplarga dalil keltirishgan Qur'ondan. Ko'p aytaman a. Har bitta adashgan oqim toifa firqa o'zini haq ekanligini Qur'on oyati bilan Payg'ambarimizni hadisi bilan dalillar urgan.

[2:19] Avom xalq ularga ishonib ketavergan ancha munchasi. Lekin haqiqiy ilm egalari bularni hammasini javobini berib o'rniga o'tkazib qo'ygan. Ular aytishganki, agar do'za ham, jannat ham yaratilgan bo'lsa, oyatlarda xabar berilganidaqa, yo'q bo'lib ketish kerak bo'ladi. Chunki Alloh Taolo aytadi Qur'onda, kunlu mana alayha fan va yabbaqo vajihu robbika dil jalalual ikrom. Undagi hamma narsa yo'q bo'ladi, magar Parvardigorini yuzi qoladi deydi. Boshqa oyatda dalil qilib keltirishib aytadiki, kunlu sha in hali kun ila vajihah. Allohning yuzidan boshqa hamma narsa halok bo'luvchi. Shunday oyat bor. Ha, demak Allohni yuzidan boshqa hamma narsa halok bo'luvchi bo'lsa, jannat bilan do'zax hozir yaratilgan bo'lsa, bor bo'lsa, qiyomat suri chalinganida ular ham o'lib ketishi kerak. Chunki oyat shunga dalolat qilyapti. Yana qaytarib aytamiz. Agar do'zax bilan jannat hozir bor bo'lsa.

[3:23] Allohni yuzida boshqa narsa halok bo'm ketadi deyildi oyatda, ular ham yo'q bo'm ketishi kerak deyishadi. Yana boshqa oyatda aytadi, mana aytdik. Kul nu mana alayha fan, voyabuqo vajihu robbika dil jalal val ikrom. Yer yuzidagi barcha mavjudot foniydir, ulug'lik va ikrom egasi bo'lmish robbining o'zi boqiydir. Ar rohman so'rasin yigirma olti yigirma yettinchi oyat.

[3:49] Mana shu ikkita oyatni keltirib turib, ular jannat bilan do'zax hozir yaralmagan. Agar yaralgan bo'lsa, shu oyatlarni dalolati bilan yo'q bo'lib ketish kerak deyishadi. Endi ahli sunna va al jamoa nima deydi ularga? Mana siz ilmingiz yo'q, shar'iy ilmlardan yetarli bir chuqur ma'lumotingiz yo'q. Ma'no manaqa, ma'no manaqo bo'ladi. Mana dalili oyabdan, dalili hadisdan desa, siz mo'min sifatida qo'lingizni ko'tarasiz da, taslim bo'lasiz.

[4:18] Endi u aytayotgan gap fe'l an keltirgan dalili bilan bitta bo'ladimi? To'g'ri keladimi shu gapiga, g'ayatiga? Uni siz bilmaysiz da. O'shaning uchun ilmi tekshirilgan, ilmiga guvohlik berilgan, ustozi kim? Gapirgan gapiga javob beradigan mas'ul ilm ahllaridan borib so'rash kerak.

[4:43] Chunki agar dalil keltiraman desa, hammasi eploladi dalil keltirishda. Oppoq xalatni kiyib olgan, ofisni ochib olgan. Keluvdingiz, sizga meditsinskiy terminlarda chiroyli qilib gapiryapti. Sizni ko'zingizga doktor bo'lib ko'rindi. Siz tan berdingiz doktorligiga. Bo'ldimi endi, doktor bo'lib qoladimi u? Moshchelik bo'lsa chi u?

[5:05] A uni ishini, uni gapirayotgan gapini teshiroq degan, uni doktor doktor emasligini biladigan doktor bo'lishi kerak narigi tomondagi odam. Nima demadingiz? Ahli sunnaval jamoa ularni bu so'zlariga nima deb javob beradi. Avvalambor, bizni e'tiqodimiz, ahli sunnaval jamoani e'tiqodi jannat ham, do'zax ham yaratib qo'yilgan. Bunga juda ko'p dalillar bor. Mana dalillarni o'qiymiz.

[5:34] Ahli sunna aytadi, Qur'onda jannat va do'zax haqida kelgan oyatlarda o'tgan zamonni ifodalovchi so'zlar bilan xabar berilgan. Istaydi billah. Sa biqu ila mag'firotin mir robbikum va jannatina arduhaka ardis sama i wal arq, u oddat liladeena amanu billahi va rusuliy.

[5:59] Hadis surasi. Robbingizning mag'firatiga va Allohga hamda uning payg'ambarlariga iymon keltirganlari uchun tayyorlab qo'yilgan kengligi osmon va yerning kengligicha bo'lgan jannatga musobaqalashing. Tayyorlab qo'yilgan. O'tgan zamon fe'lida aytilyapti. Bu oyatda jannat tayyorlab yaratib qo'yilgandagi aytilsa, keyingi oyatda do'zaxni tayyorlab qo'ygani haqida xabar beriladi. Bismillah. Vo taqunda ro latiy oiddat lel kafiring. Kofirlar uchun tayyorlab qo'yilgan do'zaxdan ehtiyot bo'ling.

[6:39] Jannatni ham tayyorlab qo'llaganda da, do'zaxni ham tayyorlab qo'yilgan. Demak ular hozir nima ekan? Demak ikkita oyatda jannatni ham, do'zaxni ham nima deydi da, alloh taolo, tayyorlab qo'shilgan. Ikkinchidan, Qur'onda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Jabr alayhi salomni o'zini asl suratida ikki marta ko'rganligi xabari berilgan. Istaydu billa. Valaqodiru ahu nazdatan uxro, inda sidrotil muntaha, indaha jannatul ma'va. Rasululloh meros kechasida mana yettinchi osmonga ko'tarildilar. Shu joyda bo'lgan ishni Alloh Taolo xabarini beryapti. Qasamki Muhammad alayhissalom Jabroilni ilk bor yerda ko'rgach, ikkinchi bor ko'rdi. Rasululloh sollallohu alayhi vas salam jalilu alayhi vas alamni o'zini asl surati ikki marta ko'rganlar. Keyin dehital kalbi suratida keldi odam suratida. Ikkinchi hadisga murojaat qilsanglar, arbayina navaviyadagi notanish kishi suratga kirib keldi, oppoq kiygan, sochsoqoli qopqora. Ammo o'zini asli suratida ikki marta ko'targanlar. Bir marta ana shu vahida olib tushayotganda osmonda ko'rganilar. Ikkinchisi sidratul mumtohoda.

[7:56] Qasamki muhammad alayhissalom jabr alayhissalomni ilk bor yerda ko'rgach, yana ikkinchi bor ko'rdi. Sidratul muntaho daraxti oldida. Mavo jannati ham o'sha daraxtning oldida. Mavo bog'i ham o'sha darakning oldida. Demak, alloh taolo jabr alayhissa salomni payg'ambarimiz ko'rganida, bu mavo jannatini oldida ekanligini aytyapti. Demak, jannat nima ekan? Bor ekan. Uchinchidan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Sidratul Mumtohaga borganlaridan keyin, Jannatga kirganlarni aytib, uni qanaqa ekanligini tasvirlab berganlar. Rasululloh Jannatga kiraganlar. Aytadilar, sunma dahol tul jannata. So'ngra Jannatga kirdim. Bu hadis Buxoriydan. Faiida fixa janabi du luulu va ida turobu hal misk. So'ngra Janabga kirdim. U yerda marvarid gumbazlar bor ekan, uni tuprog'i mushuk ekan. Demak bu uchinchi dalilimiz bo'ldi. Ikkita dalilni Qur'ondan keltirdik, bittani hadisdan.

[9:04] Yana Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam quyosh tutilgan paytda o'qigan namozlari haqida rivoyat bor. Ana shu rivoyatda u zot jannat jannatni ham, do'zati ham ko'rganligi aytilingan. Katta hadis. Biz o'sha bizga kerak qismini o'qiymiz. Aytadilar: Rasululloh laqodiro aytu fi maqomi ha da kun la shayn u aytduhu. Mana shu turgan joyimdan deyadilar Rasulullohni. Menga va'da qilingan hamma narsani ko'rdim dedilar Rasululloh. Mana shu va'da menga nima va'da qilinggan bo'lsa, hozir ko'ryapman. Hatto mening oldingi yurganimni ko'rgan paytlaringizda Jannatdan bir shingil meva olaymi ham degan edim. Mening orqaga chekinganimni ko'rgan qolgan paytlaringingizda. Demak Payg'ambarimiz Jannatni ko'rganligini aytyaptilar. Yana aytadilar, shu hadisning davomida, ba'zisi, ba'zisini buzib, vayron qilayotgan Do'zaxni ko'rdim. Uning ichida amri buni lo'hayini ko'rdim. Amruh nulhay arablarni dinini birinchi marta buzib o'zgartirgan kishi edi. Arabiston yarim oroliga shirkni olib kirgan kishi edi . Mana ikkinchi hadisda Rasululloh jannatni ham, do'zalni ham ko'rganligini aytyaptilar.

[10:23] Yuqoridagi dalillardan jannat ham, do'zax ham mavjud ekanligi sobit bo'ldi. Endi mavjudligi aniq bo'lgan jannatni tugashi yo'q ekani haqida ham xabar berilgan. Adashganlar nima dedi? Jannat bilan do'zax yaratilgani yo'q. Bu birinchi da'vosi va ular abadiy bo'lmaydi. Ikkinchi da'vosi edi. Biz jannat bilan dolzaxni yaratilganligini dalilini aytdik. Endi ularning abadiy turishigini dalillari. Astadibillah, innaha dalal rizquna ma'lahu minnafat, sobsturasi. Jannatinglar jannatga kirganda aytishadiki, albatta bu bizning rizqimizdirki, unda tugash bo'lmas. Jannat tugamaydi, do'zax tugamaydi.

[11:10] Jannatdagi ne'matlarning doimiyligi xabar berilgan. Astadibillar. Masalul jannati lati i voydal muttaquni tajriy min tahtiharan ahar, ukul u ha, da'imun va dil u ha. Taqvolilar uchun va'da qilingan jannatning misoli uning ostidan anhorlar doimiy joriy va mevalari va soyalari boqiydir. Mana oyatda jannatdagi ne'matlarning doimiy boqiy ekanligi xabar berildi, ular yo'q bo'lib ketmaydi.

[11:43] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bir hadislarini o'qiymiz. Jannatinglar jannatga kirganidan keyin nido qiluvchi nido qiladi. Bu hadis Imom Muslimdan. Abu Said va Abu Hurayra roziyallohu anhumolardan rivoyat qilinadi. Rasululloh dedilar. Qachon jannat ahli jannatga kirsalar, bir nido qilguvchi, albatta yashashlaringiz sizlar uchun, hech qachon o'lmaysizlar. Albatta sog'lom bo'lishlaringiz sizlari uchun, he ch qachon kasal bo'lmaysizilar. Albatta yosh bo'lishlaringingiz sizlar uch un, hech qach on qarimaysizlar. Albatta huzur halovatda yashashlaringiz sizlar uchun hech qachon baxtsiz bo'lmaysizlar, deya nido qiladi dedilar rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Demak, u yerda o'lim yo'q. U yerda abadiylik bo'ladi, boqiy hayot bo'ladi.

[12:34] Endi jannatdagi, jannat ahllarining ne'matlari abadiy bo'lgandek, jahannamga tushgan kofirlarning azoblari ham abadiy bo'ladimi? Istadvillar? Inna alladina kafarumi in ahli kitabi va mushrikina fi nari jahannama xolidiina fi ha, ula aka hum sharrul baria. Albatta, ahli kitob va mushriklardan iborat kofirlar jahannam o'tida bo'lib, o'sha joyda mangu qolurlar.

[13:04] Jannatinglar jannatda mangu bo'lgandek, do'zaxilar ham o'sha joyda mangu bo'ladi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, birodarlar, jannat ham hozir bor, do'zax ham hozir bor. Alloh taolo ularni yo'qdan bor qilib qo'ygan va ular hech qachon yo'q bo'lib ketmaydi. Ular alloh taoloni yo'qdan borqilishi bilan vujudga kelgandek yo'q qilib yubormasligi bilan doimiy turadi.

[13:36] Valil jannati ba niyroni kawnun alayha marru ahvalin havalin. Jannatlar va do'zaxlar hozirda bordir. Ularga yaratib qo'yilganlariga o'tmish yillar o'tib ketgandir. Mazmiy bayoni. Jannatlar, do'zaxlar, mavjud erurlar, ular uzra o'tgan ko'p o'tmish yillar.

[14:01] Aquli quvli hada va astag'firullohu livalakum. Innallohi va malakati huzur solluna alannabi. Ya yu halladina amanu sollu alayhi vasallamu taslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.
