Maviza
—Qoralama23 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
23:16
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Innal hamdilillahi inahmatuhu onas ta'inuhu onas tafshiruh va na'rufullahi min shu'ruri an fursina va min sayy'ati amalina. Man yahdihillah hufala mubillala va man yuguril hufala hadiyalala va nashadval la ilaha illallohu vahidahuhu la sharikala. Va nashqadam anna muhammadani abduhi va rasuluh, ammabad, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'l va barakatuh. Oltmish birinchi baytning mavzusi mo'min bandaning do'zaxda abadiy qolmasligi bayoni. Namoz o'qimasdan o'lgan odam jannatga kiradimi, kirmaydimi? Mast holda o'lgan odami jannatga kirhadimi, kirmaydirmi? Sutxo'r odam jannatga keladimi, kirmaydimi? Kirmaydi. Nima uchun? Bu gunoh kabira qilgan.

Ga o'xshash gaplarni eshitgansizlar. Falonchini otasi mast holda o'lib qolibdi. Endi do'zaxga ketdi. Yo'q, akalar. Kelinglar, bilmagan narsamizni gapirmaymiz yaxshisi. A? Mana ahli sunnaval jamoaning e'tiqodi qanday? Bir odam gunoh kabira qilib, tavba qilmasdan o'lib ketdi. Arog'iz olti bor edi, shuni ustida o'lib ketdi. Peshonasi bir marta sajda ko'rmadi, o'tib ketdi. Nima bo'ladi?

Sirojiddin o'sha aytadi va tul imaning la yabiqomu qiyman, besh shu umirdan bi fida rishti aley. Mo'min banda gunoh zarari tufayli alangalanib yonish diyorida muqim holda boqiy qolmaydi. Najmiy bayoni, osiy mo'min doimo qolmas abad hech, alangali diyordan chiqar erta kech.

Ahli sunnaval jamoa mazhabiga ko'ra, gunohi kabiralarda qilgan mo'min kishi, shu gunohlardan tavba qilib ulgurmasdan o'lib ketgan bo'lsa, do'zaxda abadiy qolmaydi. Mana shu xulosamiz. Bunday kishilar qilgan gunohlariga yarasha jazolanib, keyin qalbida ozgina iymoni bor bo'lganligi uchun ular do'zaxdan chiqariladi. Bular haqida hadislarda xabar berilgan. Rasululloh aytadilar, yahruji qovmun minan nar. Bir qavm do'zaxdan chiqadi. Beshafati muhammadin sollallohu alayhi vasallam. Muhammad alayhi vassalomning shafoatlari bilan. Fayyodahulu unal jannat, jannatga kiradilar. Yusamna una jahannamiyye. Ular jahannamiylar deb nomlanadi.

Demak, gunohlari ko'pligidan tavba qilib o'tib ketmasdan, shu do'zoxga kirishni gunohi tufayli, shu gunohlariga yarasha azoblanganidan keyin, yoki kimlarnidir shafodatiga ega bo'lgandan keyin Jahannamdan ular chiqadi. Imom Muborakhoriyni Tuhfatul Ahvaziy kitobida shunday sharh beriladi. Jahannamiylar deyildi. Ushbu nom ularga atoqli ot bo'lib, Jannatga kirganda ham o'zgarmagan bo'ladi. Hofiz Fathda quyidagilarni keltiradi. Nasoiy Amr ibn Amrning Anas roziyallohu anhudan qilgan rivoyatida Jannat ahli, onovular Jahannamiyla deyishganida, Alloh Taolo aytadiki, ular Allohni ozod qilgan bandalari. Imom Muslim bu hadisni boshqa yo'ldan rivoyat qilgan, o'sha rivoyatda ular Allohga duo qiladi. Alloh ulardan ushbu ismni ketkazadi degan lafzni Imom Muslim nima qiladi, keltiradi. Shu ziyoda lafzi bor.

Jazo soqit qilinishiga sabab bo'lgan ishlar bor. Inson dunyoda katta gunohlarni qildi. Endi shu gunoh soqit bo'ladi jazosi. Unga bir qancha ishlar sabab bo'ladi. Birinchisi tavba. Inson mo'min banda qilgan gunohlariga astoydil tavba qilgan bo'lsa, iymonga qaytib soliq ishlarini qilgan bo'lsak, unga jannat va'dasi berilgan. Astay deb beringlar. Illa man ta'ba va amana va amila soliham. Fa ula aka yaduxulunal jannata va la yulamuna shaya.

Maryam so'rasin. Illo iymon keltirib, ezgu ishlarni qilgan zotlargina bundan mustasnodir. Bas ular jannatga kirurlar va ularga biror narsada nohaqlik qilinmas. Jazo soqit bo'lishi uchun birinchi sabab, tavba. Bandani o'zini tavba qilishi. Bir umr arag'ishda umrini bir qismiga borganda to'xtatdi, tavba qildi, solih amalga kirildimi, demak shu ichgani uchun jazo olmaydi. Ikkinchi sabab, istig'for. Alloh taolo istig'for aytgan bandalarni azoblamaydi. Astaytibilla, vamaakan allohu muaddibahum vahum yas dag'firun. Ular boyagi gunohkorlar. Istafo aytib turgan hollarida ham Alloh ularni azoblaguchi emas.

Birinchi shart talba, ikkinchi shart istig'for. Mag'firat nima? Istig'fo so'rash nima? Gunohlarni zararidan saqlashni va ularni berkitishni so'rab yolvorishlik istig'for deyiladi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam mana shu mashhur istig'folardan biri astag'firullohu al adin, alladiyla ilaha illa huval hayyul qoyyumu va atubu ilayh. Buyuk Alloh'dan mag'firat so'rayman. Undan o'zga iloh yo'qdir. U abadiy barhayot va butun borliqni tutib turgushidir. Unga tavba qilaman. Tavba, istig'for. Uchinchi ish.

Gunohlarning jazosi berilishi soqit bo'lishi uchun uchinchi sabab, yaxshi, solih amallar. Alloh taolo aytadi Qur'onda, astaytib bella, innal hasanati yudixibna sayy'at. Albatta hasanotlar sayy'atlarni ketkazadi. Bir inson bir gunoh ish qilib qo'ydi, birovni xafa qilib qo'ydi. Qo'yingki bir gunoh ishni qildi, g'iybat qilib qo'ydi. Orqasidan savobli ish qilsa, darrov shu qilgan gunohi yuvilib ketadi. Binobani jazosi ham yo'q bo'ladi buni. Payg'ambarimiz aytadilar, ittaqilloha hain suv ma'kunda. Va otbi is sayyi atal hasanata tam huvha. Abu Sarg'uf oliydan rivoyat qilinadi. Payg'ambarimiz aytdilar, qayerda bo'lsang ham Allohda taqvo qil.

Yomon ishga uni o'chiradigan yaxshi ishni ergashtirgin, insonlarga go'zal xulq bilan muomala qilgin. Tushunarlimi? Bir gunoh ishni qildi bir mo'min, orqasidan bir savobli ishni qilib qo'ysa, boyagi savobli ish gunohda nima qiladi? Yuvib tashlaydi. Birinchi sabab. Tavba, istig'for, solih amallar. To'rtinchisi, dunyoviy musibatlar. Dunyoviy musibatlar. Musulmon odamni boshiga bir musibat kelsa, u sog'ligini yo'qotdimi, molini yo'qotadimi, qo'yingki unga musibat keldi, yoqmaydigan ish. Mana shu musibat tufayli ham Alloh Taolo uning xatolarini yuvib yuboradi. Rasululloh aytadilar: ma yusuf ibul muslimu min nasobin, vala vasobin, vala hammin, vala huznin, vala ada, vala g'omin, xatta shavkati yushay kuha, illa kaffar allohu beha min xotayam.

Mo'minga dedilar: Rasululloh. Biror kasallikmi, kulfatmi, g'ammi, tashvishmi, xafalikmi yetsa, hatto tikang kirib og'ritsa ham, albatta Alloh xatolariga kafforat qiladi. Va Alloh Taoloni mehribonligini qarang birodarlar. Oyog'ingiz qayrilib ketdi, joningiz og'ridi. Qo'lingizga bir zirava kelib ketdi, joningiz achishdi. Ombur bilan qisib oldingiz qo'lingizni. Atvyorka jilib ketdi, qo'lingizda nima qilib qo'ydi, jarohatlab qo'ydi. Allohni mehribonligini qarang. Bandam qiynaldi, ozor chekdi deb turib gunohini yuborar ekan. Bu faqat mo'minga.

Qilingan gunohlarning jazosi soqit bo'lishligining birinchi sababi tavba. Istiqfar, solihamalar, dunyoviy musibatlar. Ey Xudo, men senga nima yosh oldim degan gap musulmonning gapisi emas bu. Payg'ambarimiz aytadilar, mo'minning ishi ajablanarli. Ya'ni hayron qolasan mo'minning ishiga. Yaxshilik yetsa, shukur qiladi, savob oladi. Yomonlik yetsa, sabr qiladi, yana savob oladi. Bu faqat kimga berilgan? Siz bilan bizga, mo'minlarga.

Beshinchi sabab. Mo'minlarning tirikligida va vafotidan keyin orqasidan istig'for aytishlari. Parvardigor ota onamning gunohini kechirgin, Parvardigor falonchi birodarimning gunohini kechirgin, Parvardigor ustozlarimning gunohini kechirgin, mag'firat qilgin. Bor a? Bizni e'tiqodimizda mana shu istig'for o'tadi.

Istadibilla. Va ladina ja u minbadixim yaquluna robbana g'firlana vali ixvani nalladina saboquna bir iyman. Va la taji alfiy qulubina g'illa li ladina amanu robbana innaka rauf rohim. Ulardan keyin dunyoga kelganlar, ey robbimiz, bizni va bizdan avval iymon bilan o'tgan birodarlarimizni mag'firat qilgin. Iymon keltirganlarga nisbatan qalblarimizda nafrat paydo qilmagin, ey robbimiz, albatta sen shafqatli va mehribonsan derlar. Ya'ni Alloh Taolo o'zidan avval o'tgan mu'minlarning haqqiga duo qiladigan solih mu'minlarni moqtayapti bu Hashir surasida.

Tushunarlimi? Duo qilish bor ekanmi o'tib ketganlarga, gunohlarni kechirgin, mag'firat qilgin deyish bor ekanmi Qur'onda. Tushuninglar. Moturidiy aqidasini har bitta aytayotgan narsasini e'tiqodini, ta'limotini dalili bor. Qur'ondan ham, hadisdan ham, sahobini so'zidan ham.

Birinchi sabab. Tavba. Istig'for. Solihamal. Dunyoviy musibatlar. Orqasidan qilingan istig'for. Oltinchisi. O'limidan keyin shu o'tgan odamning nomidan sadaqa qilinishligi yoki haj qilinishligiga ham jazolarni soqit bo'lishiga sabab bo'ladi.

Hadislarga quloq solamiz. Sa'diddin uboda roziyallohu anhuning onasi vafot etdi. Sa'diddin iboda ansonlarning ulug'laridan. Onasi vafot etganda onasini yonida emas edi. Keyin keldi da, yo rasululloh dedi. Onam vafot etdi. Buxoriy rivoyati. O'sha paytda onamni oldida emas edim. Agar men uning nomidan biror narsani sadaqa qilsam, naf beradimi? Kimga? Onasiga. Nabiy sollallohu alayhi vasallam ha dedilar. Shunda bu sahoba men sizni guvoh qilib aytamanki, mana bu mevali bog'im onamni nomidan sadaqa dedi.

Shunaqa bir o'g'il bolalari bor. Otasini nomidan madrasa qurib beradi. Otasini nomida quduq kavlatib qo'yadi. Otasininomidan bir yetimxona qurib beradi.otasini nomidan katta katta savobli ishlarni qiladi. Birinchisi, tavba, istig'for, solih amal, dunyoviy musibat, orqasidan qilingan duo istig'for.

O'tib ketgandan keyin orqasidan qilinadigan solih amal. Yana Abdulloh ibn Abbosdan rivoyat qilinadi. Bu Buxoriydan bu hadis. Juhayna qabilasidan bir ayol Payg'ambarimizni oldiga kelib aytdi. Yo Rasululloh, onam haj qilishlikni nazr qilgan edi. Haj qilishga ulgurmasdan o'lib ketdi, vafot qildi. Uni nomidan haj qilsam bo'ladimi? Dedi. Kimni nomidan?

Tirikmi? Rasululloh ha, dedilar. Uni nomidan haaj qil. Aytginchi, onangni zimmasida qarzi bo'lganida ado qilarmiding? Allohni qarzini ado etinglar. Alloh vafoga eng haqlidir dedilar rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Yettinchisi, shafoat qiluvchilarning shafoati.

Vorzuqina shafa'atah u yomon qiyama innakala tuxlifun. Miy'at. Parvardigor u zotning shafoati bilan bizni rizqlantirgin deb duo qilamiz. Har azonda eshitganimizda. Shafoat qiluvchilarning shafoatlarga sazovor bo'lish sababidan ham alloh taolo ba'zi bir bandalarni do'zaxdan chiqaradi.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning mana hadislariga quloq solamiz. Rasululloh aytadilar, atani atin meni ayni robbiy, faho yoraniye baynan yudixilar nis va ummatingl jannati va bayna shafaati. Menga, dedilar rasululloh, robbimning huzuridan bir kelguvchi keldi va ixtiyorni berdi. Ummatimning yarmi jannatga kiradi yoki shafoatni tanlayman. Shunda men shafoatni tayyorladim. U shafoatim allohga hech narsani shir keltirmasdan vafot etgan kishi uchundir. Shafaati li ahli il kaba irimin ummati dedilar rasululloh. Meni shafoatim ummatimdan kabira qilganlarga yetadi, agar tavba qilib o'tishmagan bo'lsa ular. Agar gunoh kabirani qilib tavba qilgan bo'lsa, u shafoatga muhtoj bo'lmaydi. Gunoh kabira qilib, tavba qila olmasdan o'lib ketuvdimi? Ichi bo'lib ketdi. Benomuz o'tib ketdi, zino qilib o'tib ketdi. Kabirani ustida o'ldi. Shularga ham shafoat yetadi, inshaalloh. Shuning uchun ahli sunnaning haqiqiysi, imom bilan chiqib olgan bo'lsanglar bo'ldi dunyodan, jannatga kiradi bir kun deydi. Shuning uchunga otasi benomuz o'tganlar, noumid bo'lmanglar.

Otangiz la ilaha illalloh deganini eshitganmiz bir marta. Eshitgansiz a? Musulmoniz otingiz. Namoz o'qimagan odamga janoza o'qimaymiz. Namoz o'tmagan odam kofir. Kechirib qo'yasiz. Namoz oqmagan odam gunoh kabiira qilgan, lekin mo'min u. Ma'qulmi? Mana ikki uch avlod o'tib ketdi sovet davrida namoz o'qimasdan. Nima, hammasini kofir deymizmi deyman ularni? Yo'q, birodarlar. Ular musulmonni bolasi, o'zi ham musulmon.

Hech bo'lmasa ikki marta hayitga chiqamidi? Nimani belgisi u? G'usl qilamidi? Bismillahda non yemidi? Demak kim ekan u? Biz ahli sunna ularni mo'min deymiz. Shafoatni turlari. Birodarlar, shafoat ikki turga bo'linishi mumkin. Shafoatning ikki turga ajratish mumkin. Birinchisi, Muhammad alayhissalomga xos bo'lgan shafoatlar, ikkinchisi, umumiy shaffodgo'ylarning shaffodlari.

Birinchisi, barcha payg'ambarlar orasidan Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallamga xos qilib berilgan ulkan shaffod. Ikkinchisi, Rasulullohning yaxshiligi bilan yomonligi teng kelib qolgan qavmlarni jannatga kirishi uchun qiladigan shaffodlari, ellik ga ellik bo'lib qoldi. Uchinchisi, do'zaxga amr qilingan qavmlarni unga kirmasligi uchun qiladigan shafoatlari. To'rtinchisi, jannatga kirganlarida amallarining savoblari taqozo qilgan darajadan yuqoriroq darajaga ko'tarish uchun qilinadigan shafoatlarni. Beshinchisi, ba'zi qavmlarni jannatga hisob kitobsiz kirib ketish uchun qila oladigan shafoatchilari. Oltinchisi, azobga haqli bo'lib qolganlarning azoblarini yengillatishi uchun qiladigan shafoatlari. Yettinchisi, barcha mo'minlarni jannatga kirishiga izn berilishi uchun qilaadigan shafoatlarni. Mana eshitdik ku hozir hadisni. Ikkita ixtiyor berildi. Ummatingiz yarmi kiradi yoki shafoatni tanlang. Rasululloh shafoatni tonladilar. Sakkizinchisi, gunohi kabira qilgan ummatlari uchun qiladigan shafoatlari.

Qaytarib aytamiz, muhimi dunyodan chiqayotganda kofir bo'lmasin, shirk keltirgan bo'lmasin. La ilaha illalloh muhammadur rasulullohga e'tiqodda o'tib olgan bo'lsanglar, inshaalloh jannatga kiradi. Endi umumiy shafoatgo'ylarning shafoatlar. Birinchisi, hamma payg'ambarlarning o'zini ummatiga qiladigan shafoati. Ikkinchisi, farishtalarning gunohkorlarga qiladigan shafaatlari. Uchinchisi, yosh bolalarni ota onalarga qiladigan shofotlari. Yoshligida o'lib ketgan bolalari.

To'rtinchisi, alloh yo'lida shahid bo'lganning o'z yaqinlaridan yetmish kishiga qiladigan shofaoti. Beshinchisi, qur'onni yodlagan qorining o'zini oilasiga qiladigan shafoati. Oltinchisi, mo'minlarning bir biriga qiladigan shafodlari. Yettinchisi, Qur'oni Karimning o'z qorisiga qiladigan chafoti.

Sakkizinchisi, ro'zaning ro'zadorga qiladigan shafaoti. Muhimi, birodarlar, kalima bilan chiqib olaylik dunyoda. Shirk keltirmaylik, kofir bo'lmaylik. Talba, istig'for, solihamal, dunyoviy musibat, orqadan aytilgan istig'for, uni nomidan qilingan sadaqa, shafoat. Endi sakkizinchisi, shafoatsiz ham mehribon Zot Allohni avf qilishi. Alloh xohlasa shunday kirgizib olaveradi.

Abdulloh roziyallohu anhudan, Payg'ambarimiz aytadilar, men do'zaxdan eng oxiriga chiqadigan va jannatga eng oxiriga keladigan kishini aniq bilaman. Oxirgi odam, do'zaxdan iymoni bor chiqdi, jannatga oxiri bo'lib keladi. U do'zaxdan ranglar o'chib chiqib keladi. Alloh Taolo unga bor, jannatga kir deydi. U jannatni oldiga keladi. Unga jannat to'lib ketganday tuyuladi.

U qaytadi va, ey robbim, u jannat liq to'la ekan deydi. Alloh taolo unga yana bor, jannatga kir deydi. U yana jannatni yoniga keladi. Unga jannat to'lib ketganday tuyuladi. U yana qaytadi. Va, ey robbom, u liq to'la deydi. Alloh taolo unga yana aytadi, bor, jannatiga kir deydi. U zot aytadiki, bor, jannatga kir. U yerda senga dunyocha keladigan va yana uning o'n barobaricha keladigan yoki senga dunyoning o'n barobarcha keladigan joy bor deydi.

Bu dunyoga o'n barobat katta bo'lgan jannatga kiryapti. Kim? Oxiriga kirgan odam. Hech qanaqa amali yo'q bo'lgan, prosta chiqib qolgan odam. Lekin imomidan chiqqan. U boyagi banda. Sen podshoh bo'lib turib, meni maslahat qilyapsanmi yo meni ustimdan kulyapsanmi, robbim deydi.

Shunda Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam hadisni shu yerga kelganlarida oziq tishlari ko'rinadigan darajada kuldi deydi roviy. Payg'ambarimiz aytadilar, o'sha kishi jannatdan eng kam joy olgan kishidir. Bu holiy rivoyat. Yana davomi bor bu hadisda, u boshqa darslarimizda bor. Jannatga kirganda, xo'rlari yonida o'tirganda, maqtanadi. Meni, deydi, dunyoga o'n barobar katta, dunyodan o'n barobari katta jannatim bor deb maqtanadi.

Bu aytyapti Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam, bu kishi jannatdan eng kam joyga odam bo'ladi deyapti. Xo'p, matnni o'qib qo'yamiz, birodarlar. Mana shu oltmish birinchi matngacha, oltmish bir matn bilan ahli sunna va jamoaning e'tiqodi bayon qilindi. Endi qolgan beshta yoki oltita baytida mana shu kitobni nihoyali edi.

Sirojiddin o'shi oltmish birinchi baytida aytadi vadul iymanila ya biqomu qiyman, bi shu umididan bi fida rishti aliy. Mo'min banda gunoh zarari tufayli alangalanib yonish diyorida muqim holatda boqiy qolmaydi. Nazmiy bayoni, osiy mo'min doimo qolmas abad hech, alangali diyordan chiqar erta kech.

Demak, bizni e'tiqodimizda, birodarlar, dunyodan iymon bilan chiqqan mo'min borki, har qancha gunoh kabilani katta qilgan bo'lsin, har qancha farzlarni qilmagan bo'lsin, dunyodan iymon bilan chiqib olgan bo'lsanglar, Alloh Taoloni rahmatiga, marhamatiga, yoki shaffofat qiluvchilarni shaffofatiga, yoki orqasidan ustufvorayotgan, duo qilganlarni amallari sababli jannatga kirishligi bor ekan. Alloh azza va jalloh, ana shu shafoatga ega bo'lishlikka, yoki o'sha Alloh Taolo shunday kechirib yuboradigan bandalar qatorida bo'lishligimizga o'zi tavfiq bergan bo'lsin. Aquli qovli ha da, bastag'firulloh li va lakum, innalloha va malaka tug'i yu sollu un ala nabi, ya ayyu halladina amanu sollu alayhi va sallimu taslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)