# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 289 of 510
- Section: —
- Duration: 7 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/289
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/sIi7MeB0XkA.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=sIi7MeB0XkA
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/288.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/290.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:01] Onashxod onamizga rahmat. Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahmatuhu anasta aynuhu anasta firuh va na'ruh billahi min sururiyam husina va min sayyi'ati amalina man yahdihillahi falah mudir lala va man yig'li ilgu falaha deyala. Onashxod alloh ilohi illalloh va hidahular sharikala. Onashxodi anna muhammadan abduhu rasuluh. Mabodo assalomu alaykum va rahmatullohi ta'il va barakati.

[0:35] Sirojiddin o'shining badul amoli asarini o'qiyotgan ibratlar, oltmish ikkinchi bayt go'zal nazmiy bayon. Mana oltmish bir baytda sirojiddin oshi ahli sunna va jamoning e'tiqodini bayon qildi. Oxirgi baytimizda, oltmish birinchi baytimizda, dunyoda iymon bilan yashab, iymonda chiqib ketgan odam, qalbida zarracha bo'lsa ham iymoni bilan dunyodan chiqqan odam, gunohlari ko'pligi sababli jahannamga kirgan bo'lsa ham, bir kun jannatga kirishligi haqida edi. Mana endi oltmish ikkinchi baytda, birodarlar, bu kitobni yakunlash, xotimalashlik boshlanadi. Bobomiz sirojiddin o'sha aytadi laqoda al bas to'lit tavhiydiy nazman badiiy ash shakli kas sehr il halali. Ma'nosi, darhaqiqat tavhidga halol sehr kabi go'zal shaklli nazmni kiygazdim. Nazmiy bayoni, kiygazdim tavhidga nazm naqshinkor, halol sehr kabi, go'zal betakror. Mana qisqa, lo'nda, lekin juda katta ma'nolarni o'z ichiga olgan so'zlar bilan targ'ib masalalarini bayon etilganiga ishora qiladi.

[1:56] Bu nazmiy asar halol sehr kabi insonlarni o'ziga tortib, jazib qoladigan darajada yozilganligi aytilgan. Sehr. Bu sehr harom bo'lgan amal. Lekin nimaga sehr kabi deb aytyapti? Sehr nima? Sehr bu ko'zbo'yamachilik, ko'zni aldashlik.

[2:20] Sehrgar odam, sehr qiladigan odam bor bo'lib turgan narsani haqiqatini o'zgartira olmaydi. Balki o'sha bor bo'lib turib narsani haqiqiyni odamlarni ko'ziga boshqacha qilib ko'rsatadi. Masalan, olmani ushlab turib, anor deb ko'rsata oladi. Ko'zbo'yamachilik. Aytiladi, sehr vujudga kelishi aslidan boshqacha xayol qilinadigan sababi maxfiy bo'lgan ko'z boylamachilik qilib aldash ishiga nisbatan ishlatiladi.

[2:52] Ya'ni Alloh biladi. Buni asl sababini, lekin olma onar bo'lib ko'rinadi. Aslida olma olmalargacha turadi. Mana Muso alayhissalomni qissasiga murojaat qilsak, Fir'avnning sehrgarlari qo'lidagi hassasini, ipini, tayog'ini yerga tashlashdi. Ular ana shu ip tayoq xastaligicha turibdi. Odamlarni ko'ziga sehr ularni ilon yoki chayon qilib ko'rsatdi. O'zi aslida u tashlagan narsalarni haqiqati o'zgarmaydi. Odamlardagi ko'ziga shunaqa tuyuladi. Shuning uchun aytilyapti, sababi maxfiy bo'lgan. Ko'z boylamachilik qilib aldash ishiga nisbatan sehr deyiladi.

[3:36] Endi sehr so'zi demak, biz bilgan birinchi ma'nosi harom amal. Endi ba'zi o'rinda sehr so'zi birodarlar maqtashlik uchun ham ishlatiladi. Masalan, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadisiga murojaat qiladigan bo'lsak, go'zal uslubda aytilgan so'z, juda ham bir fasoxat bilan bayon qilingan nutq sehrdek ta'sir qiladi insonga.

[4:02] Abdullohin umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Mashiriqdan ikki kishi kelib xutba qilishdi. Insonlar ularning bayonlaridan ajablanishdi. Ya'ni nutqda, bayonda, so'zlashda shunday bir mohirda ki, odamlar lol qolishdi. Shunda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar inna minal bayani la sehro.

[4:24] Av inna ba'dal bayani la sehiro. Albatta, bayonda sehr bor. Yoki ba'zi bayonda sehr bor deganlar Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam. Imom Buxoriy rivoyat. So'zga shunday usta, bayon qilishlikka shunday bir mohir, so'zlarni tepaga terib gapirishlikda juda ham bir usta, gapirib, mushtlashaman deb turgan odamni o'ziga do'st qilib ola oladi. Ma'qulmi?

[4:54] Demak, sehrni bir o'rinda yomon harom amal deb qaraymiz, bu sehr shunday narsa, lekin ba'zi bir o'rinda sehr degan so'z maqtov uchun ham ishlatiladi. Sirojiddin o'sha ayni shu ma'noda ishlatib, sehr kabi ta'sir qiladigan nazmlar deb aytadi. Haqiqatdan Sirojiddin osha'ni yozgan bu baytlari insonni o'ziga jalb qilishligi bilan ajralib turadi. Bu asarni nomi Badul Amoli. Yana bitta nomi yana bitta nomi Qasidatu Lomiya deyiladi. Nima degani? Har bitta misrasi Lom harfiga tugaydi. Ana shu she'rni har qatoridagi oxirgi harf Lom. Shuning uchun Lomlik qissa deb ataladi. O'zi aslida aqidaviy ilmni, aqidaviy masalalarni odamlarga bayon qilish, yozish mashaqqatli. Bunda shubha yo'q. Endi ana shu mashaqqatniy bo'lgan bu mavzuni she'riy uslubda bayon qilishlik bundan ham qiyinroq. Shundan bilsak bo'ladi Sirojiddin o'shining ilmiy saviyasini, ilmiy darajasini, makonatini. Aqidani zo'r bilishlik kerak, bir. She'rni zo'r bilishligi kerak, ikki. Yana arab tilida yozish kerak, uch.

[6:08] Demak Sirojiddin oshey ham aqida ilmini yaxshi bilgan, ham arab tilini yaxshi bilgan ham she'rni yaxshi bilgan. Laqodi al bas to'lit tavhidiy nazman badia shakli kas sehri il halali. Darhaqiqat tavhidga halol sehr kabi go'zal shaklli nazmni kiygazdim.

[6:31] Nazmiy bayoni kiygazdim tavhidga nazm naqshinkor, halol sehr kabi, go'zal betakror. Aqul qovli ha'da va astag'firullohu alayhi va lakum. Innallohu va malakatuhu yusalluna ala nabiy. Ya yuhilladina amanu sollallohu alayhi vasallimu taslima. Va assalomu alaykum va rahmatullohi ta'libu barakatuh.
