Maviza
—Qoralama32 daq

Islomda farzand tarbiyasi

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
31:33
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Bismillahir rohmatir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin. Vala aqibatu li ilmutdaqin. Vassalatu vassalamu ala sayyidina muhammad as sodiq al va adil amin. Va ala alihi va ashabihi ajma'in. Hammabop. Assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh. Alloh subhanah va taolo ushbu saidul ayyom kuni barchamizga barakotlik qilgan bo'lsin. Duolarimizga javobat qilsin, gunohlarimizni mag'firat qilsin.

Islomda farzand tarbiyasida namlanadigan darsimizni bugun yigirma to'qqiz. O'tgan darsimizda biz farzandlarni ijtimoiy tarbiyasi haqida so'z boshlagan edik. Ana shu bobda biz farzandlarning qalbiga taqvo, birodarlik va rahmat urug'larini ekishligimiz lozimligini ko'rib chiqdik. Bugun mana shu bobtaga keyingi mavzuga o'tamiz. Bugungi mavzuyimiz iysor deyiladi. Iysor bu o'zini foydasini qo'yib, birodarini foydasini o'ylashlik. O'zini nafsidan kechib, birodarining xizmatida qoyim bo'lishlik. Iysor bu fidokorlik. Isorda aksi xudbinlik. Xudbin kim edi? Egoist edi. Egoist kim edi?

Xudbin edi, to'g'ri. Xudbin bu hech kimni o'ylanmaydi, faqat o'zini manfaatini o'ylaydigan odam edi. Demak, farzandlarimiz ijtimoiy inson bo'lishligi uchun ularni qalbiga mana shu isor degan sifatni joylashligimiz kerak bo'ladi. Kishi yo esor qiluvchi bo'ladi, yoki xudbin bo'ladi. Esor mo'minning asosiy sifatlaridan bittasi. U jamiyki bir musulmonlarga esor ko'rsatadi. Musulmon odamni musulmon emas odamlarni ajratib olishiga oson bo'ladi. Qilayotgan fe'lidan keyin, mo'min odam atrofidagilarga esor ko'rratadi, xudbin odam faqatgina, faqat o'zini manfaatini o'ylaydi. Mo'min beradi, mo'min bo'lmaganlar faqat o'zlari uchun oladi. Masalan, xudbin odam, i isorning aksi, avtobusga chiqib o'tiradigan bo'lsa, eng qulay joyni tanlaydi. Tezroq ana shu joyni egallab olishga harakat qiladi. Biror bir xonaga kirib o'tirishlik kerak bo'lsa, endi qulay joyda ertalon egallab olishlikka urinadi.

Demak, musulmon odam i isor qiluvchi bo'ladi. O'zini foydasidan avval birodarlarni foydasini o'ylaydi. Bunday kishilar haqida Alloh Taolo Qur'onda Hashar surasida shunday oyatlarni nozil qildi. Astaydu billah va yutiruna ala anfu sihi malavka nabihim xosa osa. Va man yuqa shohqa nafsihi fa ula ikahumul muxlihun.

Alloh Taolo aytadi. Ulardan ilgari, ya'ni muhojirlar Madinaga kelishlikdan avval, ulardan, muhojirlardan ilgari Madina diyoriga o'rnashgan va iymon e'tiqodni mahkam ushlagan zotlar, ansorlar. Ular esa o'zlarining yonlariga hijrat qilib kelgan kishilarni suyurlar va dillarida ularga, muhojirlarga berilgan narsa o'ljalar sababli biron hasad tuymaslar. Hamda garchi o'zlarida ehtiyoj bo'lsa da, o'zlarini qo'yib, o'zgalarni iysor ixtiyor qilurlar. Kimki o'z nafsining baxilligidan saqlana olsa, bas ana o'shalar najot topga uchurardi. Qiyomatgacha tilovat qilinadigan mana shu oyatlarda Alloh Taolo ansorlarni maqtadi. Chunki ansorlar Madinada muhojirlar kelishingizdan avval yashashar edi. Iymon e'tiqodni qabul qilishdi. Makkadan muhojirlar hijrat qilib kelganlarida, ularning kelganligini g'ash olishmadi. Va ularga berilgan o'lja g'imalarni bizga tegmayapti deb turib, bular kuyunishmadi. Va o'zlari muhtoj bo'lib turgan holatda ham bir narsalarni muhojir birodarlarga ilinadi.

Mana shu bandalarni Alloh Taolo aytyapti, ana o'shalar najot topguvchi zotlardir. Kimki o'z nafsining baxilligidan saqlana olsa. Ya'ni birodariga bir narsani ilinsa, ravo ko'rsa. Mana musulmon odamni sifati ekan, esor. O'zidan avval birodariga bir yaxshilikni ravo ko'rishlik. Endi bu narsani bir ko'rib chiqishligimiz kerak bo'ladi. Qanday bir ma'nolari bor, hikmatlari bor.

Xayrli ishlarda esor qilinmaydi. Qaytarib aytamiz. Xayrli ishlarda esor qilinmaydi. Ya'ni savobli ish turganda, men o'zimni o'ylamadim, birodarim o'ladimi, o'sha yaxshilikni qilaversin, savobni olaversin deyilmaydi. Masalan, o'zingizni gunohkor bo'lib qoladigan holatga tushirib qo'yib, birodaringizga esor qilmaysiz. Savobli amallar birodarlar talashib qilinadi. Shoshilib qilinadi. Birov mendan burun qilib qo'ymasin deb turib, ertaroq qilishga harakat qilinadi. Bu ishlarda musobaqa qilinadi. Mana masalan, uyqusini buzsam bezoti bo'ladi birodarim, dam olib olsin deb turib, bomdod uyg'otmay qo'ymaysiz uni. Men o'zim o'qib ko'ray. Bezovta. Bu mumkin emas bu.

Xoliqqa osiy bo'ladigan ish bo'lsa, bandaga itoat qilinmaydi. Masalan, enakin, birovni hisobidan birovga yaxshilik qilinmaydi? Bu odamga bir yaxshilik qila desangiz, bu odam zarar tortib qoladi. Men o'zim olmayapman u, mana odam foydalanyapti deb bo'lmaydi. Bitta odamni zararini ustida ikkinchi odamga e'zoq ko'rsatilmaydi.

Men mana shu qiz bilan o'tiraman, bitta kursida. Nimaga desa? Mayli, gunohkor bo'lasan desa, mayli, gunohkorman, buni hidoyatiga sabab bo'lib qolaman desa. Esormi shu? Tushunarli a? Mana shu qizim bilan bitta partada o'tiraman yoki bitta mashinada o'tirib ketaman. Nomahram qiz. Gunohkor bo'lmasam desa, to'g'ri, lekin bu foydalanadi da. Bu esor deyiladi bu. Yo'q. Gunohkor bo'ladigan bo'lsangiz, siz, sizni qilayotgan esoringiz esor emas. Chunki shar'iy qoida bor. Daf ul mafasid muqaddamun ala jalbiy manofi. Foydani keltirishlikdan ko'ra, zararni daf qilishlik muqaddam turadi. Bir ish qilsangiz foyda bor, zarari ham bor. Zararini daf qilishligi uchun foydasidan kechalanadi. Ha to'g'ri, boyagi qiz bilan o'tirsangiz, hidoyatiga ehtimol sabab bo'larsiz, lekin gunohkor bo'lishlik evaziga bo'lyapti. Bu esor deyilmaydi.

Shu qoidani yaxshilab tushunib olishimiz kerak. Savob ishlarda, yaxshiliklarda esor qilishlik bo'lmaydi. Masalan, bir bola aytdi, men onamni xizmatini qilmayman dedi. Onamga xizmat qilmayman, onamga yaxshilik qilmayman dedi dedi. Nimaga qilmaysan? Ukam qilsin. Shu savobni kim olsin?

To'g'ri bo'ladimi shu? Demak, gunohkor bo'ladigan o'rinda birovga yo savobni ishni nima qilmaysiz? O'tkazmaysiz, ilinmaysiz. O'zing gunohkor bo'lib qilgan ishing eson deyilmaydi, bunday amal qabul qilinmaydi. Aksincha, Allohni roziligi, uning savobi, rahmati bo'lgan ishlarda boshqalarga bermasdan qilish kerak bunaqa savobni ishni.

Haqiqiy musulmon odamlarga e'tibor ko'rsatadi. O'zini foydasini chekkaga qo'yib qo'yib, avval birodarlarga yaxshilikni ravo ko'radi. Va mana shu ishni musobaqa o'ynaydi. Safarga chiqsa, qulay joyni birodarga beradi. Suv olish kerak bo'lsa, birodarni idishini birinchi to'ldirib beradi. Musulmonlar mana shunday ishda musobaqa qiladi va Alloh rozi bo'ladi. Endi hayotimizni qarasak, g'irt aksi buni.

G'irt aksi. Qarang, odamlar mana shunaqa ishlarda, savobli ishlarda bir biri bilan musobaqa o'ynasa, bilasizlarmi jamiyat qanaqa go'zal bo'ladi? Va fiyzalika failyata nafasil, mutanafisun. Mana shunday xayrli ishlarda deyapti Alloh Taolo, musobaqalashadiganlar bo'lsa, musobaqa qilsin.

Biz hamma narsada musobaqamiz bor. Sportda, kiyim kiyishda, mashina minishda, imoratda, to'yda, dasturxon solishda, nechta mashina olib chiqishda. Ammo savobli ishlarda musobaqamiz yo'q. Dunyo kishilari odamlardan foydalanib qolishlikka xaris bo'ladi. Do'stidan undirib qolishga harakat qiladi. Bir jamiyat borki, bir birini o'ylaydi ular. Yana bir jamiyat bor ki, hamma o'zini o'ylaydi. Albatta bu ikkala jamiyatni o'z tarzida o'rtasida juda bir katta farq bor. Dasturxonda o'tiribsiz, non ozroq.

Osh yeyapsiz, non ozrok, non bilan yeysiz. Bilasiz, o'palashdagi birodarimiz ham nonsiz yeya olmaydi. Ertaroq sindirib olasiz da oldingizga. Berib qo'ying. Yoki choysiz icha olmaydi. Bilasiz, oxirgi piyola qoldi. Qo'yib olasiz. E, bizchi? O'zimizni qo'yib birovga berishmas, o'zimizdagini bo'lib berishni o'rgansak ham katta gap, qilsak ham katta gap.

Ha mayli, bu melich bo'lib ketdi. Lekin shu melichlardan odatlansak shu ishga, shu sifatga, kattaroq ishlarni ham qilishligimiz oson bo'ladi. Isor rahmoniy sifat. Xudbinlik egoizm. Bu shahvoniy sifat. Agar biz endi bolalarga isor degan sifatni o'rgatishda gapiryapmiz. Farzandlarimizga mana shu isor degan narsani o'rgatsak, ishonaveringlar, oilamiz jannatdan bir parchaga aylanadi. Masalan, akasi ukasiga o'zini bir kerak bo'lib turgan bir qalamini, ruchkasini berib qo'ydi.

Muxting. O'g'lim, juda zo'r ish qildingiz. Barakalla. Alloh sizdan rozi bo'ladi deng da, ertasi kuni olib kelib bering undan zo'rrog'ini. Toki berishlikka qiziqsin. Chunki bersa, bersa ukasiga, Alloh undan zo'rroq berganini ko'rsa, odatlanadi. Agar biz qo'limizda ishlayotgan ishchi bo'ladimi, qo'limizni hunar o'rganayotgan shogirdimiz bo'ladimi, agar insofni o'rgatsak, biz xayriyatda bo'lamiz. Mana shu narsa iymon bo'ladi. Odamlarni o'rtasida, agar muassara bo'lsa, bir biriga insof ko'rsatishlik bo'lsa, odamlarni bir biriga mehr muhabbati ziyoda bo'ladi. Ulfatlik paydo bo'ladi. Masalan, kelsangiz, ulgurmayotgan ishingizni sherigingiz qilib qo'yibdi. Qanday yaxshi ko'rmaysiz uni? O'zini ishini qo'yib, sizga birinchi qilib qo'yibdi. Endi siz odamsiz, mo'minsiz, albatta nima qilasiz siz ham?

O'rni kelganda shu ot birodar ham xursand qiladigan ishni qilay degan narsa matizda uyg'onadi. Chunki vijdoningiz bor da. Undan avval iymoningiz bor da. U xuddi din odam, faqat odamlarni suiiste'mol qiladi. Odamlardan manfaatlanadi, odamlardan bir xayriyatni ko'radi, o'zi bermaydi. Ammo muammo bunaqa bo'lmaydi. Biron marta o'zimizga kerak bo'lib turgan narsani, o'zimiz muhtoj bo'lib turgan nasani berganmizmi deb savolni beraylik da o'zimizga. Juda ko'pchiligimiz ha degan javobni ayta olmaymiz. Chunki biz hammamiz o'zimizni foydamizni, o'zimizni manfaatimizni o'ylab o'rganib qolganmiz. Chun ki atrofimiz shunaqa bo'lganda. Biz ko'rmaganmiz bizdan kattalardan esorni. Bizga bu narsani ko'rsatishmagan amaliy suratda, shuning uchun biz ham u narsani qaytara olmadik. Nimani qaytara olyapmiz? Hamma o'zini foydasini o'ylaydi, hamma egoist, hamma xudbin, biz ham ana shularda bittasiga aylanib qolganmiz.

Demak, iysor rahmoniy sifat, xudbinlik, egoistlik. Bu shahvoniy sifat. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam tarbiya qilgan sahobalar, avlodi. Bular muosara, mana shu iysorni bir biriga yaxshilikni, ilinishlikni eng zo'r namunalarni siz bilan bizga ko'rsatishgan. Qiyomatgacha o'qiladigan oyatda Alloh Taolo valladina taba va uddaro val imana deb ansonlarni aytadi. Qarang oyatni.

Voyusiruna ala anfu sixim, valavka nabihim xosa so, va man yo'q shoh hanafsixi fa ula aka hul muflihum. Ya'ni, garchi o'zlarida ehtiyoj bo'lsa da, o'zlarini qo'yib, o'zgalarni ijtiyor qilurlar. Kimki o'z nafsining baxilligidan saqlana olsa, bas, ana o'shalarni najot topguncha bo'l. Yana qaytarib so'raymiz. Biror marta o'zingizga kerak bo'lib turgan narsani akangizga, ukangizga yoki bir birodaringizga berib yuborganmisiz?

Berib yuborib turib, uni xursandchiligini ko'rib turib, qalbingizda bir saodatni his qilganmisiz? Biz odamlar olib mazza qiladigan bo'lib ketgan. Berib mazza qilishlik kam. Chunki olsang mazza qiladigon bo'lib qolganmiz. Undan tashqari, birodar, o'zing muhtoj bo'lib turib bergan narsangni o'rniga Alloh evaz berishiga iymoning komilmi? Berganingdan ko'prog'ini qaytarib berishiga iymon keltirasanmi? Kim Allohni roziligi uchun birni bersa, yetti yuzni beradigan joylari bor. Allohni qilingan ilfo ehsoniylarni misoli yerga tushgan bitta donga o'xshaydi. Undan yettita boshoq chiqadi. Har bitta boshoqda yuz tadan bor. Yetti yuz barobar qilib berishiga iymoning komilmi?

Ber, kut Allohni. Ilojasi bildirma berganingni. Demak, farzandlarimizga esorni o'zimiz o'rgatishimiz kerak. Ha, otalarchi, farzandlariga insof qiladi. Onalar insof ko'rsatadi, ya'ni o'zi yemaydi, beradi bolasiga. Bilasizmi? Kichkina bolasi tezroq yeb olib turib, yana desa, ona yoki ota beradi. Mana insof. Aka, ukalar ham qiladimi bir biriga shu? Opa singillar qiladimi? Ber ukangadek. Ber ukangadek, ber ukangadek ber. Bergandan keyin yaxshirog'ini berib qo'yib beradi. O'rgating.

Agar farzandlar bir biriga izor ko'rsatadigan bo'lsa, bu oila jannatni bir parchasiga aylanadi. Lekin odatda buni aksi bo'ladi. Tolashadi, urishadi, qizg'anadi. Qarabsizki, bir Jahannamni bir parchaga o'xshaydi bu. Agar izor yo'lga tolasak, bir biriga mehr shafqatli bo'ladi. Bizdan keyin bu farzandlar bir biri biriga mehrli bo'ladi, odamlar ko'ryapsizlar, ota onasi o'tib ketgandan keyin umuman bir biri bilan ishni umumiy qo'yyapti. G'arbda ta'siri shu. G'arbda tasir.

Garchi o'zlarida ehtiyoj bo'lsa da, o'zlarini qo'yib, o'zgalarni iysor ixtiyor qilurlar. Kimki o'z nafsining baxilligidan saqlana olsa, bas, ana o'shalar najot topgunchadirlar. O'zingiz. Ga kerak bo'lib turgan narsani berdingiz. Oldi ketdi. Hech kim bilmadi. O'zingizga kerak bo'p turib berganingizni.

Lekin Alloh Taolo bildi. Qanchalar zarur bo'lib turib berganligingizni kim bildi? Alloh bildi. Astayu billah, innou robbaka ya'lamu anna katoqumu adna min susai layl va nis fahoo va susahoo va toifatu minalladina ma'ak vallohu yo'qot deru layla va nahar.

Ey Muhammad, sollallohu alayhi vasallam. Albatta, parvardigoringiz siz va siz bilan birga bo'lgan kishilardan iborat toifa, ya'ni sahobalaringiz goho kechaning uchdan ikkisidan ozrog'ida, goho uning yarmida va goho uchdan birida bedor bo'lib namozda turishlaringizni bilur. Alloh biladi. Alloh biladi. Va kecha kunduzni Alloh belgilaydi. Alloh biladi. Kim nima ish qilayotganligini. Alloh belgilaydi mukofotini.

Har bir narsani belgilaydi. Qanchalar muhtoj bo'lib turib berib yuborganligingizni ham belgilaydi. Mana shu salaflarning hayotidan esorga bo'lgan misollarni qidiruvdim, juda ko'p ekan. Shuni o'zini bir ikki uch juma qilsa bo'lar ekan darsini. Ammo ayrimlari bilan kifoyalanamiz. Chunki bizga namuna bo'lgan kishilar bular. Mana sahobalarning hayotidan esorga namunalar.

Musulmon degani, birodarlar. Faqat namoz o'qib, ro'za tutib, haj qiladigan. Faqat ko'rinadigan ibodatlarga qiladigan, shu bilan cheklanadigan odam emas. Musulmon odam jamiyatga foydasi tegadigan odam bo'ladi. Jamiyatda ta'siri bo'ladi. Jamiyatda faqat o'zi uchun yashamaydi u. Odamlarga foydasi tegani.

O'zini foydasini o'ylab, boshqalarni foydasini chekkaga surmaydi. Alloh taolo aytadi va sariya u ila mag'firati mirrobbi kun. Va jannatini arduhas samavatu va ar u iddatlin muttaqin. Va parvardigoringiz tomonidan bo'lguvchi mag'firatga hamda taqvodorlar uchun tayyorlab qo'yilgan, ena osmonlar va yer barobarada bo'lgan jannatga shoshilinglar. Endi kim u? Ena osmonlar, yer barobaridagi keng jannatni egalari bo'lgan taqvodorlar. Kim u taqvodorlar? Alladina yunfiqonov his sarroi va barroi val kaadimeen al g'oyib valaafina aninnaas va allohu yuhib bur muhsino. Shunday jannatga, ena osmonlar va yerdan keng. Shunga shoshilinglar. Bu jannatni egalari taqvodorlar. Kim u taqvodorlar? Yaxshi yomon kunlarida infoq ehson qiladigan, g'azablarini ichiga yutadigan, odamlarni avf etadigan kishilardir. Alloh bunday yaxshilik qiluvchilarni sevadi. Qarang, odamlarni kechiradigan, g'azabini yutadigan, info qiladigan. Uchta sifatni aytib turib, birinchi nimani zikr qildi Alloh?

Yengil og'ir kunlarida info qiladigan, ya'ni yengil, yaxshi yomon kunlarida. Yaxshi kunlarida to'liq toshayotganini ehson qilayotgan odam. Yomon kunlari qo'lida ko'p ham bo'lmayotgan paytda info qiladigan odamlar. Demak, bu taqvodor odam borligida beradi, yo'q bo'lganda ham bera oladi.

Endi gap, gap. Gap, gap. Quruq so'zmas islom bo'ladilar. Amal. Ko'rsatib bering biror marta. Sig'may qoldingiz mashinaga. Yoki bitta birodar sig'may qoldi. Bitta odam piyoda ketishi kerak. Ichkariroqqa kelib o'tirib olgan bo'lsangiz mazza qildingiz. Kim tushadi? Teshik tagidagi. Mashinaga chiqa olmay qoldingiz, yoki boring keyin o'sha bir qandaydir qisilibroq qoldingiz bir joyda. Ishlab bo'shatib bera olganmisiz? Yo'q. Biz birinchi o'rinda o'zimizni foydamizni o'radigan bo'lib qolganmiz.

Sahobalarning hayotidan misollar. Imom G'azzoli o'zining iqyosida keltiradi. Ibn Umar roziyallohu anhu aytadi. Rasulullohni sahobalardan bittasiga bir hayvonni, qo'yni kallasini berishdi, pishirib yegani. Bu sahobiy haligi qo'yniallasini olib, falonchi birodarim mendan ko'ra muhtojroq edi, dedi da. O'zi bunga ham kerak. O'sha odamga berib yuboradi. Endi narigi odam, unga olib kelib berishganidan keyin, falonchi birodarim mendan muhtojroq edi dedi da, u ham berib yubordi. Shunday qilib yettita odamdan aylanib, birinchi marta qo'ydi, kallasini info qilgan odamga qaytib keldi.

Qaranglarda qanaqa odamlar bo'lgan. Bu oshichasini bermayapti. Shuning uchun kishini mo'minligi, kishining iymoni nimaga qarab o'lchanar ekan? Qilayotganini esoniga qarab. Birodarlariga o'ziga kerak bo'lib turib, birov yaxshilik qilayotganiga qarab turib o'lchanar ekan. Hajga ketayotgan odamlarda qarasangiz ikki yuzta odam. Samolyotga chiqayotganini ko'rsangiz, ajoyib ahvolda. Hammaga joy bor.

Va u chiqmaguncha samolyot uchib ketmaydi. Faqat ertaroq chiqarib o'tirib yuborishlik uchun bir birini turtigan, bir biriga do'q qilgan, ehtimol so'kkan, kimlar bular? Hajga ketayotganlar bular. Bu hajga ketayotkanlar, urish kerak bo'lmagan, so'kish kerak bo'lsin, bir ehromni ustiga o'rab, usti oppoq bo'lgandek, qalbi ham oppoq bo'lishi kerak bo'lgan odamlar samolyotga chiqayotganda to'lashadi. Baqir chaqirni ko'ring shunda. Endi boshqa yerda qo'yaveringlar endi.

Faqat ertaroq chiqib olishiga shuncha shovqin. Atrofimizdagilarda qalbiga xursandchilik solmagunimizcha hech qachon saodatli bo'lmaymiz. Biz berib huzur olishni o'rganmagunimizcha, bizda bir iymon huzur halovati bo'lmaydi. O'zingga yaxshi ko'rgan narsani birodaringga ravo ko'rmaguningcha, iymoning komil bo'lmaydi dedi Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam. Va yufiruna ala anfu sig'im, vala uka anabihim, sog' sog' vomon yo'qosh shoh hanafsixi fa ula aka hunbul muxlihun. Kim o'zining nafsini baxilligidan saqlana olsa, bas ana o'shalar najot topguvchi zotlardir.

Imomuhurtubiy mana shu iso haqida ajib bir qissani keltiradi o'zini tafsirida. Aduvin shunday deydi. Yarmuk kunida, mana bilasizlar, musulmonlar umariddin xattob davrida rum bilan bo'lgan hal qiluvchi jangda ish hal bo'lgan. Yarim o't kunida amakimni o'g'lini qidirib jang maydoniga chiqdim. Qo'limda suv bor edi. Agar chanqagan bo'lsa, suvni beraman dedi. Topdim. Jarohatlanib yotgan edi. Uni oldiga borib turib, suvni beraymi dedim. U boshini qimillatib ha degan javobni berdi. Endi uni oldiga olib ketayotganida, shu vaqt jarohatlanib yotgan yana bir kishi musulmonlardan suv so'radi. Amakimni o'g'li onangoni bor deb kallasi bilan, boshi bilan ishora qildi. U ikkinchi odam Hishom ibn Os roziyallohu anhoyim. Hishom ibn Nos edi. Uni oldiga borib suvni beraymi dedim. U ham kallasi bilan ishora qilindi. Uni oldiga yetdik uncha, mandarog'ida yana uchinchi odam suv so'rardi. Hishom ham unga olib borib, suvni boshi bilan ishora qildi. Borgunimcha, u o'lib qoldi. Hishomni oldiga qaytib kelsam, bu ham omonatga topshiriqdir. Amakimni oldiga borsam, u ham o'lib bo'lgan ekan.

Dunyodan oladigani bir hoplam suv bo'lib turgan payt, ehtimol shu suvni issiq o'lmay turishi mumkin edi. Dunyodan oladigan narsasi bir hoplam suvuq qoluvdi. Umrini oxirgi lahzasida o'ziga kerak bo'lgan narsani birodariga ravo ko'ryapti. Ana iymoniy birodarlik. Ana esor. Ular ikkita ko'ynagidan bittasini berib yubormayapti. Ular qo'lidagi nonni yarmini bermayapti. Hayotini fido qilib olishlikka tayyor olyapti. Bir piyola suv deb beryapti. Ana esor birodarlar. Ana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tarbiya qilgan avlod. Insonlarda aqllari bovar qilmaydi hozirgi kunda.

Umrini oxirgi lahzalarida ham bir biriga inson ko'rsatishdi. Mana endi siz bilan bizni zamonimizga yaqin bo'lgan davrlarda Atlantika okeanida katta bir kema halokatga uchradi. Mana shu qistani ayni teskarisi. Katta hayig'ida bir yetmish ga yaqin odam jon saqlab qoldi. Kema cho'kib ketdi. Yetmishta yoki saksonta odam ana shu katta qayiqda tirik qoldi.

Yetmishta yoki sakkizta odam. Okeanda o'rtasidan. Sohilga hali uzoq. Yoki birorta kema kelib qolishiga Alloh biladi. Yarim bochka suv bor bo'ladi. Mana shu yerda boshliq bo'lib turgan, qayiqqa boshlig'ini qilayotgan odam aytdi, bir kunga bitta odamga bir qoshiqdan suv beramiz deb. Chunki qancha muddat turishini bilishmaydi, sohilga qancha qolganligini bilishmaydi. Tirik qolishligi uchun bir qoshiqdan suv beramiz dedi.

Sohilga faqat to'rt kishigina yetib bordi. Nima uchun? Bir qoshiq suvini olishligi uchun biri ikkinchisini o'ldirib suvga tashlab yubordi. Bittasi ozgina g'aflatda qolsa, biri ozgina beparvo bo'lib qolsa, shart olib suv yuritib yuborishyapti. Bir qoshiq suvlarni olishligi uchu. Bu hozirgi kundagi iymonsizlar jamiyatini qanday ekanligini ko'rsatib beradigan qissa. Bu mashhur qissa. Ana shu kitoblarda bor.

Sakson kishi bir birini bir qoshiq suv uchun o'ldirib turibdi. Yarmukdagi musulmonlar hayotini oxirgi soniyasida ham, oxirgi lahzalarida ham bir biriga izhor ko'rsatyapti. Bu birinchi qissa, birodarlar. Imoniy islomiy tarbiyani samarasi qanaqa bo'lishligini siz bilan bizga ko'rsatib beryapti. Farzandlarimizga, birodarlar, esor degan narsani o'rgataylik. O'zimiz boshlaylik. O'zim o'rgatamiz. Katta farzandlarga tushuntiraylik shu narsani. Ukangga ber, ma'n ham beraman senga, xijolat opa. Akasi, unga bir narsasini ilinib berayotganigina ko'rgandan keyin, uka ham javob beray deydi, insonni tabiatida bor bu narsa.

Endi hamma o'ziga tortaversa qanaqa bo'ladi? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, imom termizidan keltirilgan hadis abu hurayro roziyallohu anhudan.

Rasululloh aytdilar, agar amirlaringiz yaxshilaringiz bo'lsa, oralaringizda. Boylaringiz kechirimli, saxovatli bo'lsa, ishlaringizni o'zaro maslahat bilan qilsanglar, sizlar uchun yerni usti yerning ostidan afzal. Sizdan keyin bizga yerda tagi yaxshimi, tevasi yaxshimi deb so'rashgan edi sahobalar. Rasululloh ko'rsatib qo'ydi shu yerda.

Qachon qayeri yaxshi bo'lishigini. Voyda akani umoravkum, shirorukum. Vo ag'niya ukum, buxala ukum. Vo amrukum ila nisa ukum. Fa batinul ardeh xayrulla kum in xudo xohlay har. Ammo, agar yomonlaringiz, amirlaringiz bo'lsa, boylaringiz baxil bo'lsa, ishlaringiz ayollarni qo'lida bo'lsa, bas sizlar uchun yerning osti ustidan ko'ra yaxshiroq. Boylar saxovatli bo'lishligi kerak. Boylarga ola ota nimaga pulni berdi? Imtihon uchun berdi.

Alloh senga pulni bandalarimga in foq qilgin deb bergan edi, boy. Bosib yotgin demagan edi. Chunki o'lganingdan keyin qolib ketar edi shu puling. Hammamiz xabarimiz bor. Muhojirlar Makkadan hijrat qilib Madinaga kelganlarida, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam muhojirlar bilan ansorlarni birodar tutuntirib qo'ydi. Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhu Makkadan kelgan muhojir, Sa'dun Nurabiy roziyallohu anhu Madinalik ansor. Ikkalasini birodar tutunturib qo'ydi Abdurahmon. Abdurahmon ibn Avfni hech narsasi yo'q keldi. Hamma yog'i qoldi Makkada. Sa'dun Nurabek nima dedi? Ikkita ayolim bor. Sizga yoqqanini taloq qilib beraman.

Iddas chiqqandan keyin uylaning. Ikkita hovlim bor yoki ikkita bog'im bor, yoqqani sizga beraman deydi. Uyim bor, yashab turing, uyqu olgin, hech narsa demaydi, qo'y deydi. Och qondim. O'shaning uchun boshing muammodan chiqmaydi. O'shaning ustidan haqlaring unmaydi. O'sha uchun nasiyalaring ko'p. Chunki sen esor qilishni bilmaysan. Esor ham emas. Vaqtincha yashab turishni ham ruxsat bermaysan. Mahallada bor, shunaqa bitta xonadonda uchta ot bola yashayapti, bir kvartiraga imkon yo'q. Senda bor ikkita uy qurib qo'ygansan turibdi. Bermaysan. O'shaning uchun muammoing tugamaydi.

Ikkita ayolim bor, bittasini taloq qilib beraman, iddat qilsa uylaning. Ikkita bog'im yoki ikkita hovlim bor, tanlang bittasi sizga deyapti. Abdurahmon ibn Avf nima deyapti? Qarang, Abdurahmon shunaqa esor qilinishniki loyiq odammi? Loyiq. Chunki javobini qarang. Ayollaringizga ham, uyingizga ham Alloh baraka bersin, menga bozorni ko'rsatib qo'ying dedi. Sa'di Nurabek esorli bo'ldi. Abdurahmon ibn Avf iffatli bo'ldi, ta'magir bo'lmadi. Hozir esa bu narsani ayni aksini ko'ramiz. Musulmonlarni avvalgilari bilan keyingilarni orasidagi farqni ko'raylik. Demak, birodarlar, bugungi suhbatlashgan mavzuyimiz, farzandimizni ijtimoiy inson bo'lishligi uchun ularga esorni o'rgatishligimiz kerak bo'ladi. Farzandimiz mana shu sifat bilan jamiyatni to'laqonli a'zosiga aylanadi. Esor farzandimiz odamlarni qalbidan joy olishligiga yordam beradi. Esor faroz farzandimizni jamiyat kishilari yaxshi ko'rishiga sabab bo'ladi. Chunki boshqalarni o'ylaydigan odamni hamma yaxshi ko'rar edi. Alloh subhanah va taolo avvalambor o'zimizga va farzandlarimizni qalbiga mana shu yesor degan sifatni joylashishligini so'rab, darsimizga nihoyas emas.

Aqul qovli ha davo astag'firulloh ili vala

Keyingi darsni tinglashIslomda farzand tarbiyasi