# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 294 of 510
- Section: —
- Duration: 28 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/294
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/lnfSnN8X014.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=lnfSnN8X014
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/293.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/295.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:01] Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahmaduhu onas ta'inuhu onas firuh va naruhullohi min surur ya'nfusinga, amin sayyati amalinga, man yahdihillahi falah muhiddin lala, g'oman yuklilgu falah hadiyalalar va nashxadvalloh ilohi illalloh va hidahulloh ash sharikalar va nashxadoanna muhammadan abduhu va rasuluh, ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'l va barakatuh.

[0:31] Bugun oltmish oltinchi baytni o'qiymiz. Bugungi darsimizni mavzusi vasila qilish bayoni. Tavassum. Bu mavzuga batafsil tafsilotlari bilan juda ko'p hujjat dalillarini keltirib, mana bir ikki yil burungi nadva darslarimizda katta bir ma'lumotlarni bergan bo'ldik.

[0:54] Tavassul nima, vasiyla nima, rostdan bu mumkin emasmi, rostdan shirkmi, rostdan gunohmi? Bu narsani javobini tavsiya qilib berdik. Xohlaganlar, agar kengroq ma'lumot olishida xohlaydigan bo'lsanglar, ana shu nadvar darslarimizdagi tavassul degan ikkita darsimiz bor. Eshitsanglar bo'ladi. Lekin kitobda mana keltirilgan oxirgi matnda vasiyla qilishlik bayoni. Sirojiddin roshi aytadi, la allalloha ya fuhu bi fathlin va yutihis sa'adata fii amaliy.

[1:29] Tarjimasi shoat Alloh uni fazli bilan avf etar va unga oxiratda saodatni ato etar. Nazmiy bayoni shoat Alloh avfli aylab inoyat, ato etsa oxiratda unga saodat. Muallif ana shu sizlarni qilayotgan ixloslik, yolvorib qilayotgan duoyilaringizni barakatidan mana shu matnlarni yozgan muallifni Alloh rahmatiga olsa, oxiratini obod qilsa deb o'quvchilardan duo qilishligini so'ragan. Demak, mana shu matndan xayrli amallarni, solih amallarni vasila qilish mumkinligiga ishora bor.

[2:13] Mana endi vasila nima, tavassum nima, Alloh qodir qilganicha ko'rib chiqamiz. Vasiyla lug'atda u bilan o'ziga yaqin bo'linadigan narsa ma'nosini bildiradi. Ya'ni bir narsaki, shu narsa sababli ikkinchi tarafga yaqin bo'lanadi. Lug'aviy ma'nosi shu. Endi istilohiy ma'nosichi?

[2:38] Duo ijobat bo'lishi uchun Alloh Taologa uning huzurida qadrli ekani bilingan narsani aytib duo qilish vasila deyiladi. Duoyingiz ijobat bo'lishligi uchun o'rtada bitta narsani atini aytasiz. Ki bu narsa Alloh uchun qadrli. Vosita emas, vasila. Bir narsani atini aytib duo qilasiz, shu narsa Allohni huzurida qadri bor.

[3:08] Vasila nima uchun qilinadi? Vasila duoni maqbul bo'lish darajasini ko'tarish maqsadida qilinadi. Ya'ni Ka'bayi muazzamani oldida turib, mana Parvardigor Ka'beni oldida turibman deb duo qilasiz, bu Allohga yaqin bo'lgan, Allohga mahbub bo'lgan makon. Parvardigor Ramazon oyida turibman deysiz. Ramazon oyi Alloh Taologa mahbub bo'gan zamon. Tushunarlimi? Parvardigor mana Haj amalini qildim. Haj amali Allohga mahbib bo'lgan amal. Demak vasila Allohga mahbub bo'lgan narsaki, shuni atini aytib turib orqasidan duo qilasiz.

[3:48] Demak vasiladan maqsad duoni ijobat bo'lishlik darajasini ko'tarishlik. Yana vasila qilish, vasilanini tushundinglarmi? U bir narsa ekan, shuni atini ayting turib duo qilasiz ekan. Va bu narsa Allohga yaqin ekan, Alloh yaxshi ko'rar ekan. Ka'ba bo'lsin, ramazon bo'lsin, haj bo'lsin, solih amal bo'lsin.

[4:11] Vasiyla qilish bandadagi Allohga bo'lgan muhabbatning dalili. Ya'ni, agar bir mo'min banda Alloh azza va jallaga dalolat qiladigan narsalarni ulug'layotgan bo'lsa, bu Allohga shu bandaning muhabbati bor ekanligini belgisi. Vasiyla qilib bandaning muhabbatini belgisi hisoblanadi.

[4:36] Demak, Alloh taologa dalolat qiladigan narsalarni ulug'lashlik, bu Allohga bo'lgan muhabbatni, taqvoni belgisi. Allohga dalolat qiladi, Alloh yaxshi ko'radigan narsalarnini o'rtaga qo'yib, Allohga vasiyla qilishlik, Allohga bo'gan muhabbatni belgisi.

[4:59] Mana Qur'oni Karimda mana shunday ishlar Allohning shiorlarini ulug'lashlik qalbdagi taqvoning belgisi ekanligi aytilgan. Qaytaraman. Allohning shiorilarini ulug'loshlik qalbdigi taqvoni belgisi. Astaydu billa, zalika voman yu adlim sha'a ira lohi fa innaha min taqvol qulub. Haj so'rasidan Alloh shunday deydi. Kim Allohning shiorlarini, nishonlarini ulug'lasa, albatta bu qalblarning taqvosidandir.

[5:39] Allohning shiorilari nima u? Masjid, Qur'on, zikr, namoz, ro'za, haj, sadaqa, Ka'ba, solih amal. Shular Allohga dalolat qiladigan narsalarmi? Shular Islom nishonlari, Islom shiorlarimi?

[6:03] Qaytaraman. Allohning shiorlarini ulug'lashlik, qalbdagi taqvoni belgisi. Tavassur qilish shirk, vasila kufr deb turib shap shap gapirishib yuborardi ayrim birodarlarimiz ilmsizligidan. Biz o'zi bilmagan narsamizga ko'p dushmanlik qilib qo'yamiz da yigitlar. Bir marta eshitib olganmiz uzuq yuluq. Sofiylar adashganlar, tasavvuf shirk desa bo'ldi, shu gapni ko'tarib yuribmiz. Hech qachon o'zimizni qiynab, kel bir kitob oching o'qiychi. Tasavvuf nima ekan, tavassum nima ekan, sofiy nima ekan, yo'q. Bizga o'sha falonchi bu narsani kufr dedi, bo'ldi kufr.

[6:41] Bu baribir odamlar, kitob o'qimay qo'yganligimizni kasofatidan. Vasila qilish joizligi haqida gapirilganda, vasila bilan vositani farqini bilib olishimiz kerak. Vosita nima? Vasila nima? Vasila bu vositami? Orasidagi farqni bilib olsak, shunday lekin vasilani joiz ekanligini tushunishimiz osonroq bo'ladi.

[7:10] Demak, vasila bilan vositani o'rtasida farq bor. Bilib qo'yishimiz kerak. Alloh bilan bandani o'rtasidan hech kim tura olmaydi. Banda o'zini qalbidan o'tkazayotgan narsalardan bilib turuvchi bo'lgan zotga vosita orqali duo qilmaydi, munojot qilmaydi, balki vasila qiladi. Tavassul nima? Tavassul bu Allohning sifatlari, solih amallar, tirik va vafot etgan ulug' insonlarni hurmatini o'rtaga qo'yib, Allohda hojatni so'rash. E'tibor beryapsizmi? Hojat Allohda so'raladi.

[7:50] Boshqa hech kimdan so'ralmaydi. O'rtaga qoyilayotgan narsa bu shu Alloh yaxshi ko'rgan narsalarni hurmati qo'yiladi o'rtaga. Tavassul haqidagi, vasila haqidagi muammo qachondan beri paydo bo'ldi demaysizlarmi? Bu ummatning eng afzal vakillari bo'lgan sahobalar, tobinlar so'ralgan narsani faqat Alloh beradi deb e'tiqod qilgan holida, tavassul qilib duo qilishlik joiz. Tavassul bu duoning ijobatiga bir sabab deb ijmo qilishgan. Sahobalar va tobinlar tavassulni haq ekanligi ijmo qilishgan.

[8:31] Biz vosita va vasila degan so'zlarni bir xil tushunamiz. Sinonimda bilamizda, vosita vasila, vasila vosita unaqa emas. Vasila va vosita o'rtasidagi farq. Birinchidan, vosita qilish haqqi poymol bo'lgan kishining biror kishini yoki biror narsani o'rtaga qo'yib, zolimdan adolat so'rashi ma'nosida ishlatiladi.

[9:00] Vasila qilishda esa o'rtaga biror narsa vosita qilib, Allohda adolat so'rash ma'nosi yo'q. Zolim haqingizni olib oldi, siz o'rtaga odam qo'ydingiz, u borib turib haqqini ber deyapti. Sizni nomingizdan so'rayapti. Sizni hojatingizni o'rtadagi so'rayapti, bu vosita deyiladi, o'rtaga vositachi qo'yish. Endi Alloh Taolodan hojatingizni so'rayotganingizda, o'rtada hech kim bo'lmaydi. Parvardigor, mana shu ramazon hurmati, Ka'ba hurmati, hojatini ravo qildingiz sizda, o'rtada vositachi yo'q. Tushunarli bo'ldimi birinchi farqi?

[9:38] Demak, vasila duoni qabul bo'lishlik darajasini oshirish uchun Allohni huzurida qadrli ekani bilingan narsani aytib duo qilish ekan. Ikkinchi farqi. Vosita qilish ikkita tomonni ham foydalantirishi mumkin. Masalan, Ahmad bir narsani vosita qilib, Mahmud orqali ishini bitkazib oldi. Ishi bitgandan keyin, Mahmudga Ahmadga minnat qilishlik huquqi paydo bo'lyapti.

[10:14] Mahmud Ahmadni ishini bitirib berdi. Demak, Ahmad Mahmudni vosita qildi. Ahmad Mahmudning vosita qilib ishni bitkazib olding. Bu foydalandi. Endi bunga ham foyda bor. Nima foyda? Bir kun minnat qiladi, men senga foydam tekkan deydi. Vasiyla qilishda esa, bir tomon foydalanadi, banda tomon foydalaniladi. Ya'ni banda manfaatdor bo'ladi. Alloh taolo bandalaridan manfaat ko'rishdan oliy bo'lgan zon.

[10:45] Vosita bilan vasiylani ikkinchi farqi, ikkita tomon foydalanishi mumkin vositadan. Ammo vasiylarda bir tomon foydalanadi. Faqat banddan foydalanadi. Uchinchi farqi. Vosita qilishda bir taraf ikkinchi tarafga u bilmagan narsani kimdir yo nimadir yordamida bildirishga harakat qiladi.

[11:08] Yana Ahmad bilan Mahmudga qaytamiz. Ya'ni Ahmad Mahmudga Mahmud bilmagan narsani kimdir yoki nimadir yordamida bildirishga harakat qiladi. Yana kimdir bor o'rtada. Vosila qilishda esa, oshkora va maxfiy barcha narsani biluvchi bo'lgan Allohga, uni huzurida qadrli ekani bilingan narsa aytib duo qilinadi. Yana o'rtada, biz aytayotgan vosita ma'nosi yo'q.

[11:36] Shuning uchun, birodarlar, vosila qilayotganlar mana shu ma'nolarni tushunib olishlik kerak bo'ladi. Tavassul haqida to'g'ri tushunchaga ega bo'lishi kerak bo'ladi. Undan tashqari, Qur'oni Karimda vasila axtarishlikka buyurilganmiz. Qur'onda vasila axtaringlar deb Alloh Taolo o'zi aytgan. Astaydu billah. Ya yo'qalladina amanu ittaqulloha va butaqu ilayhil vasilata. Va butaqu ilayshil vasilata. Ey mo'minlar, Allohga taqvo qilinglar va unga vasiyla axtaringlar.

[12:15] Duoyinglar ijobat bo'lishini kuchaytiradigan vasiylarni axtaringlar. Nima deb tushunamiz bu oyatni? Imomu Motirudiy bu oyat haqida shunday deydi. Bu oyat Allohga isyon qilishdan saqlanish bilan unga muqarrar bo'lishga urininglar. Ummat bu masalada, birodarlar, tavassul masalasida sakkizinchi hijriy asrgacha yakdil bo'lgan. Tavassul degan narsa muammo bo'lmagan. Tavassul joiz, vasiyla joiz deb ummat sakkizinchi asrgacha bitta fikrda bo'lgan. Mana keyin, mana shu sakkizinchi asriga kelib, ahli sunna va jamoaning hambalilik fiqhiy mazhabidan bir toifa kishilar ajrab chiqishdi.

[13:05] Shu davrdan boshlab, tavassul masalasida ummatni o'rtasiga parokandalik tushdi. Endi tushunyapsizlarmi muammo qayerda? O'zi aslida tavassul bu aqidaviy masala bo'lgan emas avval. Tavassul, vasila qilishlik bu furot masalalaridan, fiqhiy masalalardan bo'lgan. Qabrni oldiga kelgan paytdagi duo qilishlik degan bobda kelgan. Yana qaytarib o'taman, tavassul aqidaviy masala bo'lmagan. Hozir aqidaviy masalada deb ko'ryapmiz buni.

[13:40] Ammo keyin paydo bo'lgan ahli bid'atlar tavassul qilganlarni mushli deyishdi va bu masala dinning usuliga kirib ketdi. Aqidaviy misol aralashiga kirib ketdi va holaki fiqhiy masala edi bu. Mana endi vasilani beshta turi bor. To'rttasida ixtilof yo'q. Beshinchi turida ulamolar biroz ixtilof qilishgan. To'rttasida iltimos yo'q. Birinchisi, zamonni vasila qilish, vaqtni vasila qilishi. Tavassun Alloh Taoloning huzurida qadri bor bo'lgan narsani atini aytib duo qilish dedik. Alloh uchun qadrli sanalgan narsani nomini o'rtaga qo'yib, Alloh'dan so'rash tavassus dedik. Mana endi zamon. Arafa kuni, Ramazon oyi, Zulhijjani o'n kuni, har kechaning uchinchi qismi va hokazo vaqtlar bo'lib, Alloh Taolo uchun qadrli bo'lgan vaqtlar. Demak, mana shu zamonni mana Parvardigor Arafa kunida qilyapman duoda deb qilishlik, Arafani tabassul qilish bo'ladi. Payg'ambarimiz aytganlar, eng yaxshi duo Arafa kungi duo deganlar. Parvardigor, mana ramazon oyida turib duo qilyapman deysiz.

[14:56] Demak siz ramazonda tavassul qilyapsiz. Qilamiz ekanmi tavassulni? Ey Allohim, ramazon oyini vasila qilib so'rayman deyish mumkin ekan. Ikkinchisi, makon, joy, Ka'ba, Majidul Harom, Payg'ambarimizning Rovzalari, Majidul Aqso, ki Alloh uchun qadrli bular. Allohning dargohida qadr qiymati bor. Shularni nomini aytib ham vasila qilish mumkin. Masalan, Parvardigor, mana Ka'bani oldida turib so'rayapman sendan hojatlarimni, duoyimni ijobat qilgin. Demak, Ka'ba vasila qilinyapti. Kiminglar qilmagansizlar Ka'bani oldiga shu duoni? Kiminglar qilmagan sizlar ramazonda shu duoni? Kiyiminglar qilmagansizlar Arafatda turib shu duoni? Vasila qilamizmi akami?

[15:49] Birinchisi, zamonni vasila qilish, ikkinchisi, makonni vasila qila, uchinchisi holat. Ya'ni inson bironta bir umid quradigan joyi qolmadi. Allohdan o'zidan boshqa umidi qolmadi. Nochor bo'lgan holatini o'rtaga qo'yib duo qilishlik ham mumkin deyiladi. O'zini nochor holatini vasila qilib so'rash mumkin bo'ladi. Bunaqa odamni, mustor bo'lib qolgan odamni duosini ijobat bo'lishligi Qur'onda ham aytilgan.

[16:20] Astayduvillar? Amman yujiy bul mudtor ra'ida dahu va yak shipu suv naml surasi. Yoki mustor, nochor odam duo iltijo qilgan vaqtida duosini ijobbat qiladigan va uning mushkulini oson qiladigan zotmi? Ya'ni Alloh Taolomi? Zamonni, zamonni vasiyla qilish mumkin. Makonni vasiyla xohish mumkin. Holatni, holatni vasiyla qilib bo'lish mumkin. To'rtinchisi, amallar.

[16:56] Ya'ni vasiyla qilingan amallarimiz, qilgan solih amallarimiz. Namoz o'qib bo'lib turib nima qilamiz? Qilamiz. Ro'zamizni tutib o'tirib nima qilamiz? Duo qilamiz. Haj qilib turib nima qilamiz? Duo qilamiz. Qur'on talovat qilib turib nimalar qilamiz? Mana shu amallarimizni vasila qilayotganimiz shu. Qarang da, gunoh ish qilib turib duo qilmaysiz. Savob ish qilib turilib duo qilasiz. Chunki mana shu savob ishingiz vasila bo'ladi.

[17:28] Istig'for aytib, duo qilib, mo'minlarni duolarini olib, Allohni go'zal ismlarini aytib, savob ishlarni qilib, harom ishlardan voz kechib turib vasila qilishi mumkin. Demak, vasilani beshta turi bor. Shundan to'rttasida ixtilof yo'q. Zamonni, makonni, holatni va solih amallarni vasila qilishi mukin.

[17:55] Endi beshinchisi. Mana shunda ixtilof qiladi ba'zi odamlar, lekin joiz. Ma'lum shaxslarni vasiyla qilish. Lekin shaxslarni, insonlarni vasiyla kilish mumkin emas deganlar ham bor. Endi odamlarni vasiyli kilish mumkinmi, mumkin emasmi degan masalada uch xil fikr bor.

[18:19] Birinchisi, mo'taziliy va havorish firqalari umuman biron shaxsni vasiyla qilishni inkor qilishgan. Mutloq, mumkin emas deyishgan. O'zlarini mana shu e'tiqodlariga kitobi sunnatdan dalil ham keltirishga harakat qilishgan. Aytishadiki, Qur'onda Alloh Taolo iya ka naabodo va iya ka na sa'in. Faqat sengagina ibodat qilamiz va faqat sendan yordam so'raymiz degan.

[18:49] Xo'p, biz ham rozimiz bunga. Biz vasila qilayotganimizda, ey Muhammad alayhissalom, menga farzand bering deyapmizmi? Ey Arafa kuni, menga o'g'il ber deyapmiz mi? Ey Ka'bayi mozirama, meni qazim uz deyapmizmmi? Biz kimdan so'rayapmiz? Hojatimizni Alloh'dan so'rayapman. Demak, tavassur qilayotgan odam Alloh'dan boshqaga sig'inayotgani yo'q.

[19:13] Yana o'zlarini mana shu noto'g'ri tushunchalariga hadisdan dalil keltirib, idas sa'al tafas alillah va idasta'an tafas ta'in billah deganlar rasululloh deyishadi. Nima degan edi bu? So'rasang Allohdan so'ra, yordam tilasang Allohdan tilagin degan. Ha biz kimdan so'rayapmiz? Biz kimdan tilayapmiz? Bular oyat hadislarini zohiriga qaraydi da, shuni dalil qilib turib, shaxslarni, insonlarni vasila qilishing mumkin emas deyishadi. Bu noto'g'ri.

[19:46] Chunki sahobalar, tavbiyalar, taba tavbiyalarda hayotlar to'li yotibdi. Mana shu insonlarni tirigini ham vafot etganini ham vasila qilganligi. Biz bilmaganligimiz uchun bu mumkin emas desa indamay turaveramiz. Akalar, dalillar yetarli. Dalillar yetarli. Ikkinchi fikr. Ayrim ulamolar ulug' shaxslarni vasiyla qilishi mumkin, faqat tirik bo'lishi kerak ular degan shartni qo'yishadi.

[20:16] Ular o'zlarini mana shu qarashlariga Umar ibn Xattob roziyallohu anhun ishini dalil qilib keltirishadi. Anas mnumonlikdan rivoyat qilinadi. Umar ibn Xatob agar qurg'oqchilikka duch kelsalar, Abbosovni Abdulmutolib bilan vasila qilib yomg'ir so'rar shunday derdilar. Ey Allohim, biz Senga Nabiy sollallohu alayhi vasallamni vasila qilib so'rar edik. Sen bizga suv berar eding.

[20:45] Biz endi sendan Nabiyimizning amakilarini vasila qilib so'maymiz. Bizlarga suv bergin. So'ngra ularga suv berilar edi. Buxoriy rivoyat. Payg'ambarimiz tirik paytda Payg'ambarimiz vasila qilardik. U zot o'tib ketgandan keyin mana amakisi Abbosni vasila qilamiz deb so'rar edi. Yomg'ir yog'ar edi. Demak, Umar uni Xattob tirik odamni vasila qildi. Payg'ambarning amakisi bo'lganligi uchun. Yomg'ur berar edi. Ya'ni ushbu rivoyat deyishadi ular. Payg'ambarim sallallohu alayhi vasallam vafot etganlaridan keyin, u zotni vasila qilib bo'lmasligiga dalolat deydilar. Payg'ambarimiz tirik paytida vasila qilsa bo'lardi Payg'ambarimizni. O'tib ketgandan keyin vasila qilib bo'lmaydi. Chunki Umarun Xattob tirik Abbosni roziyallohu anhu vasila qildi deyishadi. Endi ahli sunna va jamoaning jumg'uri nima deydi? Uchinchi fikr. Biror ulug' shaxsni vasila qilish joiz. Vasila qilish uchun u zotning tirik bo'lishi shart emas degan.

[21:43] Biz ahli sunnani e'tiqodi shu. Biror bir ulug' insonni vasila qilishi mumkin, u tirik bo'lsa ham, o'tib ketgan bo'lsa ham. Ehtimol kimgadir qulog'iga og'ir botar hozirgi aytgan gapim. Qanday qilib o'tib ketgan odamni vasila qiladi? Birodar, siz tushunmasangizlar, bu yo'q degani emas da. Siz bilmasangizlar bu noto'g'ri degani emas da. Temirni akalasi suyuqlikka aylantirib qo'yishi mumkin, suyuqlikni yana qaytarib temir qilishi mumkin. Desam ishonasizlarmi? Mumkin, ximiya bu shunaqa bir ilm. Siz bilmasangiz yo'q degani emas.

[22:19] Yuqoridagi hadisni dalil qilib keltirganlarga ahli sunna va jamoa bir qancha raddiyalarni beradi. Aytiladiki, mazkur rivoyatda nabiy sollallohu alayhi vasallamni vafot etganlaridan so'ng vasiyla qilib bo'lmasligiga dalolat qiladigan bironta ochiq oydin lafz yo'q. Ushbu rivoyatni o'zini aslida payg'ambarimizni vasiyla qilish joizligiga dalil deyish mumkin. Chunki umar roziyallohu anhu nabiy sollalluhu alayhi vasiyla qilib so'rar edik deyapti.

[22:53] Demak, bu qurg'ochi edilar misr fath qilinganidan keyin, hijri o'n sakkiz yildan keyin bo'lgan. Shunga ko'ra, bu rivoyat o'tgan yillar mobaynida hayotda bo'lmaganlari uchun muhammad alayhissalomni biror marta ham vasiyla qilishmagan degan ma'noni bildirmaydi. Umar roziyallohu anhuning abbos roziyallohu anhuni vasila qilgani, aslida musulmonlarga rasulullohdan boshqa zotlarni ham vasila qilish mumkin ekanligini bildirib qo'yish uchun bo'lgan.

[23:25] Sahobalar ichidan aynan abbos roziyallohni xoslash esa nubovot xonadoni hurmati e'tiboridan bo'lgan. Shuningdek, umar roziyalloh ahmuhni mana shu ishida yuqoriligilardan tashqari boshqa nozik jihatlari ham bor. Umar roziyallohu anhu zaif mo'minlarni rioyasini qilib, abbosni vasila qilgan deyish mumkin. Chunki duoning ijobati allohning irodasiga bog'liq. Agar umariddin xattob farazan rasulullohni vasila qilganida va duo ijobat bo'lishiga kechikib qoladigan bo'lsa, ayrim insonlarni ko'ngillariga vasvasaga o'xshagan narsa kelib qolishi mumkin bo'lar edi. U zot alayhissalomdan boshqa vasiyla qilgan desa, ijobat kechiksa ham, bu noqulaylik yuzaga kelmaydi. Ana shu e'tibordan Umar roziyallohu anhhu mana shu ishni rahmdili bilan qilingan hikmatli ish bo'lgan desak to'g'ri bo'ladi.

[24:22] Xulosa. Vasila lug'atda u bilan o'zigiga yaqin bo'linadigan narsa. Ya'ni bir narsaki, u sababli boshqa narsaga yaqin bo'lasiz. Istilohiy ma'nosi, duo ijobat bo'lish uchun Alloh Taologa uning huzurida qadrli ekani bilingan narsani aytib duo qilish vasila deyiladi. Duo ijobat bo'tish uchun Alloh Teologa uning huzurida qadrli ekanini bilingan narsasini aytib duo qilib vasila deyilad.

[25:00] Zamon bilan vasila qilinadi, makon bilan vasila, holat bilan vasila qolinadi, solih amallar bilan vasila qalinadi, hamda solih insonlar bilan vasila qlinadi. Tirigi bo'lsa ham, o'tib ketgani bo'lsa ham. Vasila nima uchun qilinarkan? Nima uchun qullar ekan vasilan?

[25:24] Duoni qabul bo'lish darajasini ko'tarish maqsadida. Kimga qilinar ekan? Ollohga. Bu o'rinda ana shu biz avvalgi darslarda aytganmiz, Payg'ambarimizning sahih hadislarida, Imom Buxoriyda keltirgan hadisda uchta odamni g'orda qamalib qolishlik hissasi bor. Mana sizlarga tochka.

[25:46] Nabiyev sollallohu alayhi vasallam aytadilar, sizlardan avvalgi yashab o'tgan ummatlardan uch kishi safarga chiqishdi. Safarda bir g'orga kirishdi tunagani. Yomg'ir yog'dimi, tun bo'ldimi? G'orga kirib o'tirishganlarida yer qimillab, tog'dan hasen tosh tushib, g'orning og'zini yopib qo'ydi. Chiqishdi, hech qanaqa iloji yo'q. Shunda bir biriga aytishdi, oldimizda boshqa yo'l yo'q. Qaysi yo'ldan boshqa yo'llik yo'q? Qilgan solih amallarimizni o'rtaga qo'yib, Ollohda so'raymiz. Bittasi aytdi, ota onasini qilgan xizmatini. Agar shu ishim seni roziligi uchun bo'lgan bo'lsa, toshni jildirib bergin dedi. Tosh biroz surildi. Ikkinchisi, omonatdorligini o'rtaga qo'ydi. Falonchini omonati bor edi, ko'payib ketdi. Monchi yildan kelgandan keyin qaytarib berdim. Agar shu ishim seni uchun bo'lgan bo'lsa, toshni bizdan jildirgin dedi. Tosh yana surildi ozgina, lekin chiqib ketisha olmaydi. Uchinchisi, zinoga imkoniyati bo'lib turib, Alloh'dan qo'rqib to'xtatib shu zinosini. Shu amalni o'rtaga qo'ydi, Parvardigor. O'sha ishim seni roziliging uchun bo'lgan bo'lsa, toshni jildirib bergin deb duo qildi, tosh yana jildi, chiqib ketishdi.

[27:01] Bu hadisni hech kim ixtilof qilmaydi. Mana, solih amallarni o'rtaga qilib turib, Allohga duo qilsa, duoni ijobat bo'lishlik darajasiga ko'tarilar ekan. Demak, birodarlar, tavassul joiz bo'lgan amal. La allalloha ya fuhu bi fatlin va yutihis sa'adata fii amaliy. Shoyat Alloh uni fazli bilan avf etar va unga oxiratda saodatni ato etar. Nazmiy bayoni, shoyat Alloh avflar aylab inoyat, ato etsa oxiratda unga saodat.

[27:40] Aquli qovli ha da va astag'firulloh ili valakum. Innallohi va malakati hushsaluni alayhi nabiy. Ya yu halladina amanu sollallohu alayhi vasallam.
