# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 295 of 510
- Section: —
- Duration: 10 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/295
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/gXbc1AtlII0.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=gXbc1AtlII0
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/294.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/296.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:00] Allohi rahmat, rohiym. Alhamdulillah, robbilar a'lamin. Vassalomu alayhi vas salamu alash shirofil musarin va ala alixiy va ashabiyhi ajma'in. Allohumma alin na ma'yam fauna va na bima'lamut anavazid na ilma. Allohumma arenal haqqa haqqon va rizqu natiba va arenal ba'tila ba'tilan va rizqu najdina va o'ja anna min manga istamayun, un al qovlu fayetta bi una husana, vodh hindan bi rahmatika fiya ibadika solihiyin. Ammavot, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh.

[0:31] Sirojiddin o'shining badul amoli asarini davom etkazyapmiz. Mana beshinchi matnga keldik. Sifatullohi laysat ayni datin, vala g'oyron silahu zanfisol. Beshinchi, oltinchi matnlar bu alloh taoloning sifatlari haqida bo'ladigan dars. Allohning sifatlari. Ma'nosi, allohning sifatsari zotining ayni emas, hamda undan ajralgan boshqa narsa ham emas. Nazmiy bayoni, Alloh sifatlari ayni zot emas, undan ajraluvchi boshqa ham emas.

[1:10] Ahli sunna val jamoani e'tiqodi bo'yicha Alloh subhanahu va taoloning sifatlari Alloh taoloning ayni o'zi ham emas va Allohdan o'zga narsa ham emas. Nima degani bu? Sifatlari uni o'zi emas degani, buni bir misol bilan tushuntiramiz. Masalan, Abdurahmon ismli odam bor. U bitta zot. Uni sifatlari bor. Ko'radi, gapiradi, biladi, uxlaydi, yeydi, yuradi. Abdurahmon bitta zot, sifatlari bor uni. Abdurahmon zot alohida, sifat alohida. Chunki Abdurahmon bor paytida bu sifatlar yo'q edi. Tug'ilganida Abdurahmon u gapirmas edi, yurmas edi, eshitmas edi, bilmas edi. Demak, Abdurahmonning zoti boshqa, sifati boshqa. Abdurahmond bor, sifatlar yo'da edi, keyin paydo bo'ldi. Hodis, keyin paydo boldi. Demak, sifat deganda zotni o'zi deb tushunmaymiz. Sifat boshqa, zot boshqa. Bu birodarlar, e, bandalar xususida, maxluqlar xususida shu tushuncha to'g'ri bo'ladi. Masalan, burgut.

[2:23] Ochildi tuxumidan. Zoti bor. Lekin uchlik sifati yo'q, ko'rishlik sifati yo' q. Boyagi aytayotgandek kuch quvvat degan narsasi yo'q. Zot bor, sifat yo'q. Maxluqlar haqida zot boshqa narsa, sifat boshqa narsada deb aytsak bo'ladi. Endi Allohning sifati Allohning ayni o'zi ham emas, endi Allohdan boshqa nisa ham emas.

[2:48] Sifatlar Allohni o'zi ham mas, Allohdan alohida narsa ham emas. La isa kamit li hid shay'un va huvas samiyul bosir. Alloh taologa o'xshash biror narsa yo'q. Modomiki Alloh taologa biror narsa o'xshamagandan keyin, Alloh taoloning sifatlari ham biror narsani sifatiga o'xshamaydi. Alloh taoloning sihatlari Allohdan boshqa narsa emas dedik. Ya'ni Alloh taoloning hozirda qanday sifati bo'lsa, avvalda ham shu sifatlari birga bo'lgan. Ya'ni Allohni bir sifati Alloh borligida bo'lmagan u, keyin paydo bo'l degan gap chiqmaydi. Maxluqotlarda bu gap to'g'ri bo'ladi. Bo'lgan, sifatlar keyin paydo bo'lgan. Ammo Alloh taolo bor paytida hamma sifati o'zi bilan birga bo'lgan. Shu ma'noda Alloh Taoloning sifatlari Allohning o'zi ham emas, lekin Alloh Taolodan boshqa narsa ham emas.

[3:47] Endi allohni sifati allohni o'zi emas, lekin undan boshqaarsa ham emas. Bu mavzu nima kerakga boradi? Bandani bu masalaga kirishlikka haqqi bormi? Agar banda bu sifatlari haqida bas qilsa, haddidan oshib ketgan bo'lmaydimi? Mana bu Sirojiddin o'shini biz o'qiyotgan Badul Amoli asari sakkiz yuz yildan o'tibdi yozilganiga. Sakkiz yuz yildan beri musulmonlarni qo'lida mo'tabar o'qilyaptimi? Inshaalloh, Alloh qabuliyatni yozganligini belgisi bu. Xo'p, shu kitobga yozilibdimi? Demak shu narsa kerak edi. Olimlar o'zlaridan o'zlari to'qib chiqarib olgan yo'q bu masalani. Ana shu kitob yozilgan davrda va undan avvalgi davrlarda Alloh Taoloning sifatlari haqida bahs qilib, noto'g'ri tushunchalarni tarqatayotgan oqimlar paydo bo'lgan. Hozirda bor bo'lgandaqa. Ana shularga raddiya o'laroq, ularni aytayotgan ta'limotlari noto'g'r ekanligini tushuntirishlik uchun nima bo'ldi? Ulamolarimiz majbur bo'ldi mana shu mavzuni ochishlikka.

[4:51] Demak ulamolar Allohning sifatlari qanday ekanligi haqidagi bahsni o'zlaridan o'zlari o'ylab topib chiqib gapirgan emas. Boya endiqa ahli sunnani aqidasiga hujum qilayotgan, buzuq aqidani tarqatayotgan oqimlar paydo bo'lganda javob berishlik uchun bu mavzuni ochishgan. Aslida bu masalaga bunchalik urg'u berishligini sababi Alloh Taoloning sifatlarini hodis degan toifalar chiqdi. Hodis degani yangi degani. Yangi paydo degani. Yangi paydo bo'lgan degani, maxluq degani. Masalan, bizda qanaqa sifatimiz bo'lsa, birodarlar, u hodis. Yangi paydo bu bo'lgan. Ya'ni biz o'zimiz hodismiz da. O'zimiz yangi paydo bo'maganimizdan keyin sifatlarimiz ham yangi paydo bo'llgan. Endi agar Alloh Taoloning sifatlarini Allohdan boshqa narsa desa, bularni maxluq deyishlikka to'g'ri kelar edi. Maxluq bo'lgan narsa Alloh Taologa sifat bo'la olmaydi.

[5:49] Alloh Taolodan boshqa hamma narsa hodis. Nima degan ekan hodis degani? Yangi paydo bo'lgan, maxluq. Agar Alloh Taoloni sifatlarini Allohdan boshqa alohida narsa deyiladigan bo'lsa, Allohni sifatlarini hodis, yangi paydo bo'llgan maxluq deyishimizga to'g'ri kelar edi. Alloh Taoloni zotida biron bir narsani o'zgarishi mumkin emas.

[6:16] Odam alayhissalom, Alloh Taolo yaratdi jannatdan. Mevani yema dedi. Mana seni dushmaning dedi. Odam alayhi assalom yeb qo'ydi, iblisga itoat qilib qo'ydi. Endi savol. Odam alayhissalomni Alloh Taolo yavatmasdan turib, shunday ish qilib qo'yishini bilarmidi, bilmasmidi? Agar kim Alloh Taoloning ilmiga ilm qo'shiladi, Alloh Taoloning bilimida bir o'zgarish bo'ladi, Allohni sifatlarida biror bir yangilik bo'ladi desa, dindan chiqadi. Alloh azza va jalloh iblisni sajda qilmasligini ham bilgan.

[6:51] Odam alayhissalom iblisni fitnasiga uchrab qolishligini ham bilgan, siz bilan bizni qiladigan har bitta ishimizni bilgan, Alloh uchun hech narsa yangilik emas. Demak, Allohni sifatlari Allohning o'zi emas va alohida Allohda boshqa narsa ham emas. So'folloyir bobomiz mana shu masala haqida savotil ojizin asarida shunday deydi subutiydir oning sakkiz sifoti sifotiy zoti ermas va na g'ayri zotiy. Ya'ni Alloh Taoloning subutiy sifatlari sakkizta bo'ladi. U haqida aytadi, bu bobomiz.

[7:34] Hayotu ilmu qudrat ham basar sam irodayu kalom takvin ey sham. Ya'ni ey sham degani, ey o'g'ilcham, ey chirog'im degan ma'noda. Allohni subuti sifatlari hayot, ilm, qudrat, basar, ko'rish, sam eshitish, iroda, xohlash, kalom, gapirish va takvin paydo qilish. Mana shu sifatlari Alloh Taoloning subuti sifatlari deyiladi.

[8:04] Mazkur sifatlar aqoyib kitoblarida quyidagi nomlar bilan atalgan. Maoniy sifatlar, zotiy sifatlar subuti sifatilar. Zotiy sifatsizlar deyilganda asosan yettita sifat tushuniladi. Subuti sifat deyilganda ana shu yettita sifatsga bitta qo'shilib, takvin sifati qo'shilib sakkizta deyiladi. Zotiy sifatlari hayot, qudrat, iroda, ilm, kalom, sam bosar. Bu Alloh Taoloning zotiy sifatilari. Endi sakkizinchisi qilib turib, paydo qilish, yaratish, takvin sifati ham qo'shib aytilinadi.

[8:41] Moturidiylarning takvin qudratdan alohida sifat deb hisoblashiga quyidagi ma'nodagi oyatni dalil qilishadi. Astadibillar. Innama qovluna lishay in idaa arodina annaqul ala hu kun. Foyakom. Agar biz bir narsaning bo'lishini iroda qilsak, unga bo'l demog'imiz kifoya. Bas, o'sha narsa bo'lur.

[9:04] Allohning sifati, Allohning ayni o'zi ham emas, endi Alloh'dan boshqa narsa ham emas. Masalan, Abdurahmon ko'radi. Abdurahmon eshitadi. Abdurrahmon gapiradi. Gapirish deganda Abdurahmonni tushunmaymiz da. U sifat u. Ko'rish desa, Abdurahmonov tushunmaymizda. Demak, zot boshqa, sifat boshqa deganimizda to'g'ri, bu maxluqotlar haqida to'g'ri.

[9:32] Mana shu o'rinda Alloh Taoloning sifatlarining adadi, sanog'i haqida ham ulamolarimizning ikki xil so'zi bor. Birinchisi, Alloh Taoloning sihatlarini har bittasi alohida sifat deyishadi. Ikkinchi so'zda, Alloh Taoloning barcha sifatlari bitta sifat deyishadi. Alloh azza va jallaning hamma sifatlari bitta degan ulamolar bu gaplarini quyidagicha tushuntirishadi. Aytishadiki, sifatlar faqat ta'siri va nomlari jihatidan sanaladi, aslida esa hammasi bitta yagona sifatdir. Aquli qovli haq va astag'firullohu alayhi valakum. Innallohu va malaka tohi yu saluna alannabi. Ya yu hallatina a'manu sollu alayhi va salli mutaslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatu.
