Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahmaduhu vonas ta'inuhu vonas taofuru va na'udhullohi min shu'rur ya'nfusina va min sayyi'ati amalina man yahdihillah hu falah muvillala va man yug'dilil hu falah hadiyala. Va nashxadval la ilaha illalloh va hidofu la sharikala va nashxadu anna muhammadani abduhu va rasuluh, amma baxt, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'rg'a va barakatuh. Bismillahir rohmanir rohing. Biz tavfiqni nima ekanligini gaplashdik. Tavfiqni bizni ustimizda turishi uchun, bizda bor bo'lishi kerak bo'lgan sabablarni gaplashdik, mana endi tavfiq eshiklarini yopilib qolishining sabablari. Nima qilsak, qaysi ishlar bizda tursa, Alloh bizni o'zimizni holimizga tashlab qo'yadi. Qaysi ishilar bizda bo'lsa, Alloh himoya qilmay qo'yadi, tavfiqini olib qo'yadi'.
Bismillahir rohmanir rohim. Muvaffaqiyatning asl sababi tavfiq. Yutuq, omad, g'alabaning asli sababi aql zakovatmas. Sabablarmas. Alloh taoloning tavfiqi. Agar Allohning tavfiqi bo'lmasa, ilmingiz ham, sa'y harakatingiz ham, professionalligingiz ham hech narsa emas.
Ibrohim Balxiy aytadi, olti narsa sababli mahluqotlardan tavfiq eshigi yopib qo'yiladi. Oltita narsa sababli, Alloh taoloning beradigan tavfiqi bandadan olib qo'yuladi. At tavfiq qula yakunu illa minalloh. Tavfiq faqat Alloh tomonidan bo'ladi. Chunki tavfiq Allohning mulki. Sodda qilib tushuntirganman mana shu darslarimizni boshida. Bola tikka turib yurishni boshlaydi yu, bu narsani ushlab olib. Necha yosh bo'ladi?
O'sha yosh, o'sha yosh. Beshikchilarni qiladigan aravasi bo'ladi, to'rtta g'ildiraklik. Haligina ushlab yuradi. Ko'rgansizlar a? Ikki dona g'isht solib qo'yasiz, bir dona g'isht olib qo'yasaz. Haligina itarib ketadi. U faqat oldiga turtishni biladi u. Burishni bilmaydi, to'xtatib olishni bilmaydi, itarib yuboradi da oldiga. Itarib ketyapti. U faqat turtushni biladi. Teq qo'ysangiz devorga borib taqaladi, bo'ldi. Yoki ariqqa tushib ketadi, yoki bir boshqa joyga qulaydi. Endi shu bola itarib ketayotganda, siz oldiga o'tib turib, oldi g'ildirigini bir tepib qo'yasiz, yengil. Bir o'n gradusga burilib qoladi. Yana ozgina tepib qo'tyapsiz. O'n gradusiga buriladi. Xullas, aravani itarib ketayakanda, ozgina ozgina teppib qo'yasangiz, yuz sakson gradus bo'lganda orqaga yuradi. O'sha chuqurga tushib ketmasligi uchun, devorga borib taqalib qolmasligi uchunga, mehnati zoyi ketmasligi uchu sizni turtib turishingiz tavfiq deyiladi.
Tushunarli bo'ldimi? Endi bunday qil. Endi bunday qilib, mana bu yerda ipni bunday tort, mana bunday mana bunday. Mana shu tavfiq. Katta katta daraxtlarni tomirlarini, do'ngaylarni yorish kerak bo'lsa, bilagida bir quvvati bor to'rtta o'g'il bola turgan, bir qari munkullagan chol kelib turib, haligi qoziqni mayga qo'ydi deydi. Bir bo'lsa sharafqati ajraydi. Mayliga qo'ydi deyd. Bir bo'lmasa sharafqati bo'linadi. O'sha tavfiq.
Agar shu tajribasi bor chol bo'lmasa, haligi sakkizta qoziqni polvonlar qoqib yuboradi ichiga, lekin yorilmaydi. Endi tushundinglarmi tavfiqda nimaligini? Yer yuzida bironta odam Allohni tavfiqisiz muvaffaqiyat yetmaydi. Yer yuzida qiyomatgacha hech narsa Allohning irodasisiz, Allohning yordamisiz, Allohning tavfiqisiz amalga oshmaydi. Qanaqa kashfiyotlar qilindi shu kungacha? Shular Allohning tavfiqi bilan bo'ldi.
Ana shu dunyo maydonida inson biron natijaga erishish uchun, qanaqa sababni qilish kerak? Qaytaraman. Dunyo maydonida, dunyo hovlisida biron bir yaxshi natijaga erishishligi uchun, inson qanaqa sabablarni qilish kerak. Shu sababni kim qilsa, Alloh shunga natijani tavfiq etib beraveradi. Musulmon bo'lmagan xalqlar dunyoviy ilmlarda, dunyo maydonida peshqadam bo'lishligi uchun qilinishi kerak bo'lgan sababni zo'r qildi. O'shaning uchun ular doim dunyo eshigida bizdan peshqadam deb bo'lib ketdi.
Yana qaytarib aytaman. Bu dunyo hovlisida, dunyo maydoniga hech kim Allohninng tavfiqi va yordamisiz biron narsaga erisha olmaydi. Shayx alayhissalom shunday deydi. O'zini qavmini da'vat qilib, sizlarni hidoyatga kelishinglar Allohdan. Men sizlarni hidoya qila olmayman. Meni tavfiqim ham Alloh bilan deydi. Astaydu billah in uridu illal islah maslotot va ma tavfiqiy illa billah alayhi tavakkal tu va ilayhi uniyb. Men faqat imkonim boricha isloh qilishni istayman, xolos. Va bunga yolg'iz Allohninng tavfiqi, yordami bilangina muvaffaq bo'lurman. O'ziga suyandim va o'ziga iltijo qilurman.
Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamdek zot, rahmatan lili alamin habibul haq bo'lgan Rasululloh sollallohu alalayhi vasallam, Tanuxiy ismli bir yigitni islomga da'vat qilishligi uchun shaxsan o'zi kirishdilar. Tabukka borganlarida Rum o'zining elchisi qilib Tanuqiy degan yigitni jo'natdi. Arab edi, nasroniy, diniyda edi, juda aqlli, xushli edi. Borib, ana shu o'zini payg'ambariman deyotgan odamda shu falon falon alomatlarni ko'rib ket deb jo'natadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan ko'rishdi, kelib, Rasululloh bilan bir necha kun qolishga ruxsat so'radi. Rasululloh ruxsat berdilar.
Mana shu bir ikki kun muomala qilib, Rasululloh buning arabligini, juda bir aqlli, farosatli, zehnli odamligini ko'rib turib, shu odamni islomiga kirishiga xaris bo'ldilar. Tanuqiyning musulmon bo'lishiga Muhammad alayhi salom xaris bo'lib, shaxsan o'zi shug'ullandilar. Lekin iymoniga kelmadi. Tushunyapsizmi? Siz hidoyatga yurib qolgan bo'lsangiz yoki siz tufayli kimdir hidoyatga yurib qolgan bo'lsa, bu Allohni tavfiqi. Siz hech kim emassiz Muhammad alayhissalomni oldida. Biz hech kim emasmiz Muhammad alays salomni oldida.
Siz bir marta ertalab keldingiz masjidga, shu sabab bo'lib qoldi, masjidda qoldi. Siz bitta ma'ruzani berib, ma'noni eshitgin dedi odin, shu sabablik arag'ini tashladi. Nima deyishingiz kerak? Allohni tavfiqi deyishingiz keraksiz. Chunki bir odamni hidoyatga kelishi muhammad al restoranda ham qo'lida emas ekan. Shuning uchun shu oyb al restoran aytyapti men sizlarni imkon boricha isloh qilishni istayman xolos va bu narsaga allohni tavfiqi bilan erishaman deyapti.
Tijoratmi, nikohmi, ta'limmi, tabobatmi, sportmi, farqi yo'q, qaysi mavzu bo'lmasin, agar Alloh tavfiq bermasa, bandlar yutuqqa erisha olmaydi. Haligi uzun qorabog'lar bor edi, rosa yuguradigan, yamaykalik. Ha, o'sha. Chetiri posto, estafeta. Yuz dan to'rtta odam haligi kaltak olib yugurib berish sherigiga beradi, keyin yuz metr yuguradi. Hamma yamaykani yutishini kutib turibdi.
Chunki yamaykani to'rtinchi yuz metrini yuguradigan boyagi odam. Endi oyog'i ham uzun, o'zi ham uzun. Mana shu yugurganda bir oy yeta olmaydi. Besh olti metrga o'tib ketyapti. Boshlandi, chur. Qolgan, qolgan oltita komanda umid qilmayapti birinchi o'rinda, chunki kim bor ularda? O'sha bor. Chur boshlandi, endi qolgan uchtasi bir xil bir xil kelyapti da, haliginga berildi oxirgi kalta edi. Endi olib uchib yuborish kerak. Lekin birodarlar tavfiq Allohdan da.
Shunday gazni bosuvdi, taq qatib orqadagi tomirni ushlab qoldi yu. Ikkinchi keti ekan, boshiga baxt hushi qo'yganiga ishonmayapti. Bosib olib yugurib, chunki qolib ketdi da galavnyalik konkurent, nima deydi, kandidat. O'tib ketdi. Ana, g'alaba kimdan ekan? G'alaba kimda ekan?
Muvaffaqiyatga erishish uchun qo'lingizda hamma sabablar bor bo'ladi, ammo natija yo'q. Qilishingiz kerak bo'lgan sababni ishda qoyilmaqom qilib qo'ydingiz, ammo yana muvaffaqiyat bo'lmadi. Tavfiq aql zakovat bilan bo'lmaydi. Tavfiq Alloh'dan keladi. Tavfiq Allohni taolo bandasiga beradigan yordami va bu yordam bilan harakatlar samarali bo'ladi. Inson aqlli yoki aqlsiz bo'lishidan qat'iy nazar. Kishi har qancha aqlli bo'lishi mumkin, har qanaqa sabablari qo'lida bo'lishi mumkan, lekin Allohni tavfiqisiz hech kim emas u.
Yutuqqa erishlik uchun sabablarni o'zi kifoya emas. Allohni tavfiqi ham zarur bo'ladi. Ibrohim g'alha aytyapti, olti narsada mahluqotlardan tavfiq eshigi yopib qo'yildi. Ya'ni odamlardan tavfiq bo'lmasligini oltita sababi. Hozirgi kunda biz musulmonlarni boshimizga qotirgan bir savol bor. Qaysi savol? Nima uchun musulmonlar hozir dunyo maydonida hammadan orqada qolib ketgan?
Nima uchungiz zaifmisiz? Nima uchun tarqog'imiz? Nima uchun yer yuzida yashayotgan xalqlarni orasida musulmonlar peshqadam emas? Biz zaifmiz, tarqog'imiz, qalog'imiz dunyo maydonida, tan olishimiz kerak. Musulmonlarni yer yuzida peshqadam xalqlardan bo'lmasligini sababi, sabablarni ham qilmay qo'ydik, tavfiq kelmay qo'ydim.
Tavfiq eshigining yopilib qolishining birinchi sababi. Ne'matni shukurini ado qilish o'rniga, ne'matni o'zi bilan ovora bo'lib qolish. Alloh taolo bergan ne'matlarni shukurini adoq qilmasdan, shu ne'matni ozi bilan ovora qolsa banda, Alloh bu bandaga tavfiqini bermaydi.
Kofir bilan mo'minni farqi nimada? Kofir shu berilgan ne'mat bilan ovora bo'ladi. Mo'min shu ne'matni bergan, ato qilgan mun'in Alloh bilan ovora bo'tadi. Mo'min mun'in bilan ovora, ato qiluvchi bilan, kofir ato qilingan narsa bilan ovora.
Ana shu ato qilingan ne'matlarni o'zi bilan ovora bo'lganligi uchun kofirlar mana shu ne'matlardan foydalanishlikda ustasi faren bo'lib ketishgan. Qarang. Avvallari qurilgan uylarni derazalari katta bo'lmas edi. Devorni bir kichkinagina qismini egallardi, bo'ldi. Hozirmi? Poldan shifgacha aynik. Yotgan joyda ko'chani ko'rib yotadi. Ya'ni mana shu dunyodagi ne'matni o'zi bilan ovora bo'lgan kofirlar shu dunyodagi ne'matdan foydalanishda usta suparend bo'lib ketdi. Ne'matlardan aql bovor qilmaydigan darajada foydalanishadigan bo'ldi. Lekin to'g'ri pozitsiya, to'g'ri mavqif ne'mat bilan ovora bo'maslik kerak. Ne'matni ato qilgan zot bilan ovora bo'shish kerak. Agar ato qilgan zot Alloh bilan ovora bo'lsang, yuksalasan.
Ne'matni ato qiluvchi bo'lgan, Alloh'dan g'ofil bo'lgan kimsa chorva hayvonlari kabidir. Valladiyina kafaru yetamattaunavay kulunakama ta'kulul an amu va naru mas'ru an lahum. Alloh Taolo Muhammad surasida aytadi, kofir bo'lgan kimsalar chorova hayvonlari kabi yeyishadi, ne'matlanishadi, jahannam ularning boradigan joyi bo'ladi.
Hayvonni ko'rmaysizmi? Qo'yni qarang, molni qarang, boshqani qarang. Faqat yeyishni olib boradi. U hayvonda uni aqli yo'q. Qayerga borsa, cho'pni topib yeydi, ko'katni topib yeydi. Uni ishi shu. Hech qachon shu ko'katni o'stirib qo'ygan, shu rizqini berayotgan Allohni u o'ylamaydi, chunki hayvon u. Endi Alloh Taoloni nutq qilib qo'yib, faqat ne'matlar bilan ovora bo'lganlarni nima qilyapti Alloh Taolo? Hayvonlarga o'xshatyapti. Kofir bo'lgan kimsalar hayvonlar kabi, chorva hayvonlari kabi yeydi ichadi, ne'matlanadi, Jahannam ularning boradigan joyi bo'ladi.
Tasavvur qiling. Saxovatli bir badavlat inson bir odamni o'zini uyiga mehmonga chaqirdi. Mehmonni chaqirib kelishligi uchun, olib kelishligi shuning uchun o'g'lini jo'natdi. Mashina bilan bordi, o'tkazdi, olib keldi. Haligi badavlat, mezbon chiqib, ochiq yuz bilan kutib oldi, qo'llariga gullarni berdi, qo'llarga sulolni qo'ydi, ichkariga olib kirib dasturxonga o'tkazdi. Dasturxonda endi hamma yog'i bor. Meva chevalar, xilma xil ovqatlar, shirinliklar, xullas, boyagi qo'shtirnoq ichidagi hurmatli mehmon ichkariga kirdi da, dasturxonni ustidagi nozik ne'matlarni ko'rib, aqli o'chib qoldi.
Chaqirgan mezbon bilan ishi bo'lmasdan o'tirib shopir shupur shopir shupur yeb qoldi. Qorni tug'ilgandan keyin shart turibdi da, indamasdan chiqib ketdi. O'sha biz aytayotgan ne'matni yeb, ne'matdan foydalanib, Allohni eslamagan odamdan misol uchun shunga o'xshaydi. Na hayvonni o'zi. Alloh bilan qiladigan muomalasi xuddi shu hayvonni qilayotgan ishiga o'xshayda. Yeydi, ichadi, kiyadi, uxlaydi, bo'ldi. Yaratuvchini eslamaydi. Qalbi qattiq, doim norozi.
Endi siz bilan bizchi? Uyizga kirasiz, uyingiz bor, ayolingiz bor, farzandingiz bor, mashinangiz bor, osuda hayotingiz bor. Nimaga Alhamdulillah robbilen alamin, Parvardigor demaysiz? Siz agar faqatgina shu dunyoni ne'matlari bilan ovora bo'lib qolgan bo'lsa, aqlingiz bilan qalbingiz, shunday deya olmaysiz. Agar faqat dunyo bilan varoq bo'lgan bo'lsangiz, uyingizni ko'rib turib yuragingiz siqilaveradi. Shu ham uymi?
Falonchini uyini qara. Ayolingizga qarab turib ko'nglingiz to'lmaydi. Shu ham xotinmi? Mashinangizga qarabturib, shu ham mashinami? E, seni uying bor ekan. Xotining bor ekan, bolalaring bor ekan, yurtingda tinchliliging bor ekan. Bir juldurvoqqa bo'lsa ham mashinang bor ekan. Siz qachon hayotingizdan norozi bo'lasiz? Agar siz faqatgina ne'matlar bilan ovora bo'lib qolgan bo'lsangiz, aqlingiz, qalbingiz. Agar shu ne'matlarni ato qilgan Alloh bilan ovora bo'lsa, qalbingiz bilan aqlingiz, shukur keltirmay ilojingiz yo'q. Alhamdulillah, robbil alamin.
Ha, falonchiqdaqa zo'r emas, lekin falonchiqdaqi piyada ham emas u. Zato ni peshkom u. Pechkommisiz? Zato o'zingizni oyog'ingiz bilan yuribsiz u, falonchi aravada o'tiribdi. Aravada o'tiribsizmi? Qarang da, falonchi besh yildan beri komada yotibdi. Tirik ham emas, o'lik ham emas, bola chaqasiga yuk bo'lib turibdi. Nima uchun Alhamdulillah, robbil alamin, Parvardigor, o'zingga hamd bo'lsin deya olmaymiz?
Qancha odamlar bor, uyi yo'q. Qancha odam bor, oilasi yo'q. Ishi yo'q, ko'chada qolgan. Seni hayoting o'zini maromida ketyapti. Bu nima bu? Ne'mat bu. Undan tashqari, shukur qilganingiz sari Allohnin nazdida qadringiz ko'tarilib boradi. Shukur nima edi o'zi?
Alloh taoloning tavfiqi berilmasligining sababini o'qiyapmiz. Birinchisi, ne'matning o'zi bilan ovora bo'lib qolish. Ne'matni beruvchi zot bilan emas. Faqat ne'matni o'zi bilan havola bo'lib qolsangiz, Allohnin tavfi qilib bo'lmaydi. Boyagi aytganimizdek, norozi bo'laverasiz, norozi bolaverasiz, noto'g'ri bo'laverasaz. Bu yerda shunaqa bir savdogarlar o'tiribdi. O'n ming dollar bo'lsa yetadi degan boshida.
Xo'p, o'n ming dollarlik bo'ldi. Yetdimi? Yo'g'e? Ha, yashang. Yuz ming dedingiz. Yuz ming ham bo'ldi. Yetdimi? Sizdaqa odamga yetmaydi hech qachon. Sizga berilgan ne'mat bilan ovora olasiz da. Agar shu ne'matni bergan zot bilan ovora bo'lganingizda, sizdan baxtli odam bo'lmas edi. Ma'qulmi?
Ne'matni beruvchi zot bilan ovora bo'lishni o'rniga, ne'matni o'zi bilan ovora bo'magan bandaga Allohning tavfiqi berilmaydi. Shukur nima? Shukur har bir ne'matni o'shani o'rniga ishlatish. Shukurni haqiqati nima? Shukurni mohiyati nima? Shuhr ilm. Hol va amal. Qaytaramiz. Shukur, ilm, hol va amal.
Shukur, imn. Ustingda turgan har bitta ne'mat Alloh'dan. Alloh Taolo aytadi: Astaydu billah va ma bekum men ne'matim fa minalloh. Nahl surasi. Sizlarga berilgan barcha noz ne'matlar yolg'iz Allohdaydir. Nima bor sizni ustingizda xayriya? Bu Allohdaydir.
Bitta savobli ishni qildingiz. Men qildim shu ishni, demang hech qachon. Balki Alloh menga mana shu ishni oson qildi. Alloh shu ishni qilishlikni, muhabbatini qalbimga soldi. Alloh qo'lladi, Alloh tavfiq berdi, shundan keyin qildim degin. Agar shunday desang, Alloh seni shunga o'xshagan ishlarga doim muvaffaq qilaveradi. Ammo men qildim, biz qildik desangiz, Allohni qo'llaganini, Allohni tavfiqini tan olmasangiz, Alloh Taolo qaytib bu ishni sizga muvaffaq bo'lmaydi. Tushunarlimi?
Agar Alloh qalbingizga muhabbat solmasa, Allohni tavfiqi bo'lmasa, qalbingizga shu uchta ishqini solmasa, siz uni qila olmas edingiz. Ma'qulmi? Bironta savob ish qilsak, bironta yaxshi ish qilsak men qildim demasligimiz kerak. Bu Alloh Taoloning fazli bo'ldi. Alloh Taoloning tavfiqi bo'ldi, shu ishga Alloh Taolo bir imkon berdi deng.
Bu misolni avvalgi darslarda ham aytganmiz. Bir badavlat, boy inson katta bir besh olti qavatli imoratni qurdi da, xayriya fondiga shunday berdi. Hadya qildi. O'sha xayriya soni tarqatadigan xayriya fondida o'tkazib berdi shu imoratini. Endi mana shu imoratni qabul qilib olyapti bu fond. Bu xayriya jamoasi katta bir marosim uyushtirdi.
Imoratni hadya qilgan odamni to'rga o'tkazishdi. Odamlar chiqib so'z so'zlashdi. Hammasi unga minnatdorchilik bildirishdi. Hammani xursand qilganligini, odamlarda duosiga yetishganligini aytishdi. Bunaqa ishni qilishlik hammani ham qo'lidan kelmasligini aytishni. Xullas uni maqtashdi. Ko'pchilikni nutqi shu ma'noda bo'ldi. Minnatdorchilik, rozilik, tushunarli endi. Lekin mana shu so'zga chiqqanlardan bittasi bir hammaga ta'sir qilgan so'zni aytdi. Nima dedi?
Imoratni hadya qilib bergan odamni maqtamadi. Aytdiki, hurmatli falonchi, agar Alloh xohlaganida, siz ham boshqa faqir odamlarga o'xshab, bizni fondimizdan xayr ehson oluvchilar qatorida bo'lib qolishingiz mumkin edi. Ammo Alloh sizga fazil ko'rsatdi, qo'lingizga katta boylikni berdi va mana shu amalni qilishlikka tavfiq berdi. Yerga tushirib qo'ydi.
Mana haqiqiy to'g'ri gap shu edi. Hamma rahmat deyapti, moq deyapti, ha ha deyapti. Odam o'zidan ketib qoladi. Agar Allohni tavfiqa nima ekanligini bilmasa, mansabiga ishonib qoladi, puliga ishonib q oladi, trenirovkasiga ishonib qiladi, kuchiga ishonib qoradi. Xullas, Alloh esdan chiqib, faqatgina sabablarga, qo'lidagi narsalarga ishonib qolganda, Alloh Taoloni yerga tushirib qo'yadi.
Hamma uni maqtab, minnatdorchilik bildirib turgan paytda, bu aytyaptiki, agar Alloh xohlaganida, siz ham bizni fondimizdan yordam oladigan, info ehson oladigan odamlar qatorida bo'lib qolar edingiz. Lekin unday qilmabdi Alloh. Alloh sizga fazil ko'rsatibdi, qo'lingizga katta boylikni beribdi va mana shu amalni qilishlikka muvaffaq qilibdi. Alhamdulillah, herobbilar alamin, dedi.
Inson o'zida qanaqa xayriyat bor? Sog'liq bormi, ilm bormi, mansab bormi, chiroy bormi, pul bormi? O'zida bor bo'lgan hamma yaxshiliklarni Allohni fazli deb bilish kerak. Men bu narsalarga o'zim erishdim demaslik kerak. Chunki shunday bir aqlli insonlar bor, agar faqatgina rizqni kengligi, boy bo'lish aqlga bog'liq bo'lganida ular juda ham katta boy bo'lishi kerak edi.
Agar insonni rizqini keng bo'lishligi faqatgina aqlga bog'di bo'lganida, biram biram ahmoq odamlar bor, boyligini sansanog'i yo'q. Aqli o'rtachadan pastroq, lekin juda ham katta voy. O'shaning uchun sizni qo'lingizda nima yaxshilik bor bo'lsa, sog'ligimi, boyligimi, mansabmi, bu Allohni fazli deng. Men aqlim bilan, harakatim bilan, zakovatim bilan yetdim demang. Aqlingizni, zakovatingizni, harakatingizni birinchi o'ringa qo'yib olmang. Chunki bu narsalarni agar Alloh tavfiq bermaganda qo'lga kirita olmasangiz. Agar faqat ilmga, tajribaga, harakatga bog'liq bo'lganida, mana shu narsalarni sendan ko'ra ko'proq qilayotgan odamlar bor, ularga bermayapti Alloh. Shuning uchun nima xayriya bo'lsa qo'lingizda? Aytingki, bu Alloh Taoloning fazli bilan menga keldi.
Shukur keltiring. Shukur, birodarlar, demak, ilm ekan. Shukur, hol. Qalbingiz Alloh Taolodan doim minnatdor bo'lishi. Parvardigor o'zingga hamdi sano bo'lsin. Yurganda turganda, ya Rob, la kalham deng. Shukur bu ilm, shukur bu hol, shukur bu amal.
Uchinchi holat. Shukur amal. Agar sizga Alloh Taolo bergan qo'lingizdagi xayriyat, ne'matlar bilan haloyiqning xizmatida turgan bo'lsangiz, demak siz shukur keltirganlardan bo'psiz. Odamlarning yaxshisi kim yo Rasululloh deb so'rashganida afzalunnas, anfavhumlinnas dedilar. Odamlarning yahshisi odamlarga foydasi tegadi yoni dedilar. Odamilarga xotirjamlik kiriting qalbiga, xizmatini qiling, yediring, ichiring, ikrom ko'rsating. Mana shu sizni holatingizni shukrini ado bo'lishligini ta'minlaydi. Shukur keltirsangiz, sizdagi ne'mat ko'payibveradi.
Bir kasal keladi tabibni oldiga. Haligi tabib Allohdan qo'rqmasa nima qiladi? Qattaroq qo'rqitadi. I kech qopsiz. Yana ikki kun kech qolganingizda ana bo'lib ketar edingiz. Shunaqa bir qo'rqutib vahimaga soladi. Bemorni ko'zida bu tabib juda ham bir muhim odam bo'lib ko'rinadi, keyin kilet bo'lib qoladi.
Endi Allohdan qo'rqsang chi? Yo'q, amaki qo'rqmang, ammo qo'rqming. Unaqa holatingiz qo'rqinchli emas. Bu ko'pchilikda uchraydi, inshaalloh yaxshi bo'lib ketasiz, deb qalbaga xotirjamlik kiritib qo'ysa bo'ladimi? Allohga yaqin bo'lganing sari xaloyiqqa ko'proq yaxshilik qiladigan bo'lib qolasan.
Allohga yaqin bo'lganing sari, haloyiqqa ko'proq yaxshi yil qiladigan bo'lib qolasan. Ularni puliga ko'z olaytirmaysan, qo'rqitmaysan, rahm qilasan. Shunaqa odamlar ham bor. Odamlarni mollarini nohaq olishda, o'ziniki bo'lmagan narsani o'zlashtirib yuborishlikda ustasifalik ham bo'lib ketgan. Agar uni qo'lida turgan narsaga kimdir muhtojligini bilib qolsami? Narxini ko'zini o'yib oladi da. Hamma do'konlar yopildi, bitta siz do'koningiz ochiq turuvdi, bir odam keldi tovaringizga.
Boshqa variant yo'q. Ikki barobar aytasiz narxini. O'n so'mga sotadigan narsasini yigirma so'mga sotadi. Chunki narigi odamni muhtojligi, mustorligi bor da. Xaloyiqqa to'g'ri xizmat qilayotganingiz, ularga rahm shafqat ko'rsatishingizni o'zi bilan siz Alloh Taoloning bergan ne'matlariga shukur qilgan bo'lasiz.
Agar ustingda turgan ne'matni shukurini ado qilish o'rniga shu ne'matni o'zi bilon ovora bo'lib qolayotgan bo'lsang, sen uchun tavfiq eshigi yopib qo'yiladi. Kofirlar ne'matni ozi bilon ovora bilishdi. Mo'minlar shu ne'matlarni bergan zotning roziligi bilan ovora bo'lishdi. Farqi katta o'rtada.
Alloh bergan pulni o'zi bilan ovora bo'm qoldi kafirlar, ammo mo'minlar shu pulni bergan munaym bo'lgan Alloh Taoloning roziligi bilan avora bo'lishdi'. Shukur keltirishlik kerak holimizga. Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallam ozgina kichkina bo'lgan ne'matni ham ulug' ne'matdek qabul qilar edilar. Yedingiz, eshitdingiz, ne'mat tomoqdan o'tdi. Huzur halovat bilan, mazza qilib yedingiz. Tomog'idan ovqat o'tmay qolgan odamlar bor. Oshqozoniga shlanga orqali og'zi qon yuborishadi.
Mazza qilib yeding, mazza qilib eshiting, mashaqqatsiz chiqarib yubording. Ne'matmi, ne'mat emasmi? Qarang, bir piyola suvni yutib olishingiz ne'mat ekan. Badaningizga tarqashi ne'mat ekan va qoldig'ini chiqib ketishi ham nima ekan? Ne'mat ekan! Qaysi ishlar bizda bo'lsa, Alloh tavfiqini olib qo'yadi. Birinchisi, ne'matni shukurini ado qilmasdan, ne'matni o'zi bilan ovora bo'lib qolsangiz, Alloh tavfiqiini olib qo'shadi.
Ikkinchi sabab. Ilmga rag'bat bor, ammo u ilmga amal qilishlik yo'q. Ilm o'qiydi, lekin amal qilmaydi. Ilm tijoratni bir turi bo'lib qolishi. Bilganiga amal qilishligini o'ylamaydi ham. Ilmni nimaga o'qidi? Ilm o'qisam, hurmatim bo'ladi, makonatim bo'ladi. Martabam bo'ladi, to'rida o'tiraman. Ilmdan maqsad amal qilishmas edi, tijorat edi. Kim odamlarni o'ziga qaratish uchun ilm olayotgan bo'lsa, bunaqa odam joyini jahannamdan tayyorlayversin.
Kim odamlardni yuzini o'ziga qaratish maqsadida ilm o'rganayotgan bo'lsak, boradigan joyi jahannam bo'laveradi. Odamlarni diqqat e'tiborini xohlayotgan bo'lmasa, ularni muhabbatlarini qasd qilayotgan bo'lsa, bunaqa odamni o'qigan ilmiga ham, o'ziga ham voy. Mana shu o'rinda bir mulohaza bor.
Ayrim yosh ukalarimiz mashhur bo'lishni istaydi. Ana shu mashhurlikka yetish uchun o'zini oyoqqa bu yoqqa uradi. O'zi so'radi o'zingdan. Senga kerakmi shu mashhurlik? Ilm o'qiyapsan. Maqsad nima? Allohni roziligimi yo mashhurlimi? Hikmatda shunday deyilganki, man tola ba shay'an qobla avanihi, uqiba behirmanihi. Kim? Bir narsaga hali unga loyiq bo'lmay turib yetishlikni xohlasa, jazosi o'sha narsaga yeta olmaslik.
Mashhur bo'laman deb intilyapti, mashhur bo'lolmadan harakat qilyapti, o'zi unga loyiq emas. Endi ana shu maqsadiga yetmasligi u uchun berilgan jazo bo'ladi. Shoshilma, aka. Agar Alloh Taolo seni loyiq deb ko'rsa, o'zi xohlagan vaqtda mashhur qilib qo'yadi, sen xohlamasang ham, mashhurlikka intilishlik riyo bu.
Mashhurlikni quvma. Allohni roziligini qidir. Inson ilmi bilan g'ururlanmasligi kerak. Ilmi bilan boshqalardan o'zini balandda bilmasligi kerak'. Agar ilming seni g'ururlantirayotgan bo'lsa, bu narsa olimlarning, ulamolarning shahvati deb ataladi. Olimning shahvati. Nima u?
Olim odam, ilmli odam o'zini ilmi bilan g',ururlanishi. Mana shu narsa olimning shahvati deyiladi. O'zingni qadringni, bilgan narsalaringni ko'pligi bilan o'lchama. Men ko'p kitob o'qiganman, men ko'p narsani bilaman, shuning uchun qadrim balanddaman. Balki o'zingni qadrigni odamlarga qilayotgan yaxshiliging, jamiyatga qoldirayotgan xayriyating bilan o'lcha.
Ilmli odam o'zini ilmi bilan g'ururlanmasligi kerak. Agar odamlar sen ularga yetkazgan narsalardan foyda olishgan bo'lsa, ta'sirlangan bo'lsa, sendan o'rgangan narsani hayotiga tatbiq qilib, saodat topishgan bo'lsa. Shunda sen saodatli bo'lasan. Demak, o'zingda bor bo'lgan yaxshiliklarni o'zi bilangina saodatli bola olmaysan. Balki odamlarga yetkazadigan narsalaring bilan, yaxshi narsalaring bilgan saodatli bolasan.
Islom ummati yetib qolishi mumkin bo'lgan eng katta xatar, ilmni amaldan uzilib qolishi. Shar'iy ma'nahatda bir ustoz talabalariga va'z o'qidi, leksiya o'qidi. Kamtarlik haqida, tavoze haqida. Oyatlar, hadislar, hikmatli so'zlarda, hayotiy misollarda keltirdi. Talabalarga juda qattiq ta'sir qildi. Qalblar eridi, ko'zlar yoshlandi. Mashalloh, go'zal. Leksiyani tugatdi da, muallim o'qituvchilar xonasiga kirib keldi. Mana shunday kekkayib, katta olib, kibr bilan. Hozir o'zi qilgan masaladan, kamtarlikdan asar ham yo'q. Shaxsiyatida, fe'l atvorida, yurish turishida hozirgi qilgan ma'ruzasidan hech qanday bir alomat yo'q.
Ilmni amaldan uzilib qolishi ummatga yetib qolishi mumkin bo'lgan eng katta xatar. Tabib bor. Chekishni zararini gapiradi. Ilmiy isbot dalillarini keltiradi da, leksiyasi tugagandan keyin universitetda chiqib sigaretni tutatadi. Demak, chekishni zarari haqida gapirishlik, u uchun hunar, kasb, xolos. Ilmaga amal yo'q.
Ahmad namozni besh vaqt masjidda o'qiydi. Yaxshi holat. Besh mahal namozni qoldirmaydi, lekin tunlarni tungi klublarda o'tkazadi. Bunga nima deysiz? Havo savdo qanday bo'lishini biladi, ammo tijoratida yolg'on gapiraveradi. Ilmi bor, lekin amali yo'q. Shuning uchun aytding da, o'zingni qadringni ko'p narsani bilganing bilan o'lchama.
O'zingni qadringni shu bilgan narsangga amal qilish bilan odamlarga foydang tegishi bilan o'tishadi. Ilmni amaldan uzilib qolishi, ummatga yetishi mumkin bo'lgan eng katta qadar. Alloh taoloning tavfiqa bandalaridan ko'tarilib ketishligining sabablaridan ikkitasini o'qidik. Birinchisi, ne'matni shukurini ado qilish bilan ovora bo'lmay, ne'matni o'zi bilan ovora bo'lib qolish. Ikkinchi sabab, ilmga rag'bat bor, ammo u ilmga amal yo'q.
Uchinchi sababi, tavbani chetga surib qo'yib, ma'siyatlarga shoshilishlik. Bir inson gunohdan tiyilmasa, tavba qilishlikka harakat qilmaydigan bo'lsa, bu odamga ham tavfiq berilmaydi. Gunoh ko'ziga chiroyli ko'rinadi. Bir lahzali shahvat, bandani gunohga undaydigan birodarlar sabablar juda ham ko'p. Ayrim odamlarni e'tiqodiga ko'ra, yoshlikda o'ynab qolish kerak. Yoshlik bir marta beriladi. Qaraganda qilsa bo'laveradi ibodatni. Bunaqa odamlarni tasavvurida tavba qilishlikka hali erta. Uch to'rt yildan keyin bir hajga borib keladi, shu bilan hayotini yaxshi tomonga o'zgartirib yuboradi.
Lekin qani kafolat, uch to'rt yil yashashingga yoki hajga ketishib borishligingga. Bunaqa odamlar fikri faqat o'yin kulgi, kayf safo, gunoh amallar. Ollohga qaytish, tavba qilishlik bularni nazarida hali kengroq qilsa bo'laveradi. Birinchi sabab, ne'matni o'zi bilan ovora bo'lish, ne'matni shukrini ado qilish o'rniga. Agar ne'matni o'zi bilan ovora bo'lib qolsangiz u, shukrini ado qilmasangiz, tavfiq eshigi yopib qo'yiladi. Ikkinchi sabab, ilmga rag'bat bor u, lekin u ilmga amal qilishlik yo'q. Uchinchi sabab, tavbani chetga surib qo'yib, ma'siyatlardan uzilmaslik.
To'rtinchi sabab. Solih insonlarga ham suhbat bo'lish, ammo ularning fe'llariga ergashmaslik. Albatta bir qorakalar jamoasiga ilashib oladi. Yo shunga o'xshagan bir yaxshi bir odamlarni doirasida, guruhini ichida bo'lishni xohlaydi, lekin ularni fe'llariga ergashmaydi.
Juda ham nozik holat. Deyarli hamma musulmon mamlakatlarda bor bo'lsa kerak bu narsa. Ahmad, ilmli, taqvoli, boamal, solih insonlarning suhbatida o'tiradi. Ziyofati bor, ulpachiligi bor, salomaligi bor. Ko'chada mana shunday bir solih insonlarni ko'rib qolsa, qo'lini ko'rsatib qo'yib, ta'zini bajo keltirib turadi. Tez tez mana shunday bir yaxshi odamlarni uyiga mehmon qilib chaqiradi, o'zini uyiga mehmon qurib chaqiradi. Xullas, qo'lidan kelgan yaxshiligini, xizmatini qilishga tayyor. Ammo ana shu o'zi yaxshi ko'rgan, solih insonlarning fe'llarini yergashmaydi. Faqat ulfat.
To'y qilsa, falonchi domlalarni aytish kerak. Falonchi qora akalar esdan chiqib qolmasin. Kelishsa, imomlarga alohida joy tayyorlang. Qora akalarga bir alohida bir choy damlab keling. Zo'r. Haqiqatdan hurmat, e'tibor ahli ilmlarga, zo'r. Ammo to'ydan bir kun avval mana shunday bir ilm majlisini qiladi. Domlalar, qori akalar keladi. Amru ma'ruf, xatm u qur'onlar, nasihatlar. Domlalar chiroyli qilib, va'z nasihat qilib ketishadi. Mana shu xudo bo'layotgan ikkita oilani fazilat haqida yaxshi so'zlarda aytishadi. Mana shunday bir ilm majlisini uyushtirgan xonadon egasini haqqiga chiroyli duolar qilinadi. Qancha qancha savobga ega bo'lganligi qayta qayta takrorlanadi. Keyin. Kechki bazm boshlanadi.
Erkak ayol aralashgan, dasturxonda har xil narsalar, kiyimli, kiyimsiz erkak ayollar, raqqosalar, hofizlar, hofizalar, ertalabki va'zda, ertalabaki amru ma'rufda aytilgan so'zlarga amal yo'q. U solih odamlarda fe'llarga ergashlikka hech qanday bir xohish yo'q. Ammo qachon o'sha qorakalarni ko'rsa, o'sha solih odamlarni ko'rsam, qo'li doim nima? Ko'ksida bo'ladi. Domla salomatmisiz? Xizmati yo'qmi? Duoda bo'ling, duoda bo'lib turing. Ha, bu hurmat qilganing yaxshi.
Albatta, bu yaxshilikni alomati. Ammo ularni hurmat qilib qo'yib, ularni so'zlariga ergashmasang, fe'llariga ergashmaydigan bo'lsang, senga ham tavfiq eshiklari yopib qo'yilgan bo'ladi. Beshinchi sabab. Dunyo ulardan yuz o'girib turgan holida ular ana shu dunyoning ortidan quvishligi.
Dunyo haqida gapirilsa, o'tiraveradi qanchasi ham. Tijorat haqida, pul haqida, siyosat haqida gapirsa, charchamaydi, zerikmaydi, uyqusi ham kelmaydi. Ammo din haqida ikki og'iz gapirsa, esdan tutib ketadi. Uyqusi keladi. Tezroq turib ketkisi keladi. Shunga o'xshagan narsaga guvoh bo'lganmiz hammamiz. Qara endi.
Zo'rg'a o'tiradi, yo bir telefonini bahona qilib shart turib chiqib ketib qoladi. Eslaydi. Eslik. Boyagi dunyo haqida gap bo'la ekanda, zvonok bo'la ekanda bosib qo'yib o'tiruvdi mazza qilib. Siyosat, sport, bozor haqida gapiriladigan bo'lsa, nima bo'lmaydi? Zerikmay o'tiraveradi. Bunaqa odamlar ham, bunaqa odamlarni ham Alloh Taolo taofiq degan ne'matidan mahrum qilib qo'yadi. Birodarlar, dunyo siz bilan bizdan qochib turibdi. Siz bilan bizdan uzoqlashib turibdi. Oxirat bo'lsa yaqinlashib kelyapti.
Oltinchi sabab. Oxirat ularga iqbol qilib turganida, ular undan yuz o'girishlari. Dunyo bizdan qochib ketyapti, orqasidan quvyapmiz. Oxirat bizga iqbol qilyapti, undan qochib ketyapmiz. Har bir o'tgan kunimiz bizni ajalimizga, o'limimizga bitta qo'yilgan qadam. Haligi qumli soatni ko'rganmiz a? Bitta qum tushadi, ikkita qum tushadi. O'sha har bitta tushayotgan qum tevadagina tugatyapti. Biz nima? Bir necha kunlar, bir necha oylar, yillar majmuasimiz. Bizni umrimiz nima? Vaqt.
Shomlik bir olim aytadi, Amerikadagi islomiy markazlardan bittasi meni Amerikaga kelib, muhojara qilib kelishimni taklif qilishdi. Uzr aytdim. Keyin yana taklif bo'ldi. Keyin uzr aytdim. Xullas, to'rt yil mobaynida qadar taklif qilishavergandan, mayli borsam boray deb Amerikaga bordim deydi.
Men turgan joy bilan, o'rnashgan joy bilan, ma'ruza qilishim kerak bo'lgan joyni o'rtasida yuz oltmish km masofa bor ekan. Kechki paytga to'qqizga boraman deb va'da berdim. O'sh kun keldi. Kechki paytki soat olti. Qor yog'ishni boshladi. Yuz oltmish km qorda yuramanmi? Dedim da, uzr aytsammikin, deb o'ylab qoldim.
Shunda ular qo'ng'iroqchi olishdi. To'qqizga va'da bergan, oltida qo'ng'iroqchi olyapti. Ularga qor yog'ib qo'yganligini aytdim. Borolmayman deb uzr aytdim. Bu olim uchun oddiy ish bu. Lekin ular uchun qiyomat qoyim bo'lganday bo'ldi. Aytishdiki, ey shayx, sizni kelishingizni to'rt yil kutdik. Endi majlisga uch soat vaqt qolganida, kelmayman deysizmi dedi. Olim aytadi, o'shandan keyin shunday gapni gapirdi. Vallohi hech qachon uni so'zini unutmasam kerak. Nima dedi? Ey shayx, seni bir soatlik ma'ruzingizni eshitgani, men. Mana shu markazga qancha masofa bosib kelganini bilasizmi? Ha, qancha deb so'radim. Ming kilometr yurib keldim dedi.
Olim aytadi, bizni yurtimiz shomda dinni o'rganishlikka hamma imkoniyatlar bor. Masjidlarda darslar, xutbalar, ana shu ma'ruza yozilgan disklar, lekin ruhiy qurili juda ham katta. Ey shayx, sizni bir soatlik ma'ruzingizni eshitaman deb ming kilometr bosib keldim. Ertalab mashinaga o'tirgan, kechgacha yurgan, bir soatlik ma'ruzani deb. Olim aytadi, shuni bilib turib ham bormasam o'lganim yaxshi ekan. Dedim da, bu xatoyimni ditcham unutmayman deydi.
Siz bilan bizni yurtlarimizda ham ilm o'rganish oson. Masjid, madrasalar serob. Ilmli odamlar ko'p. Lekin ularga bo'lgan iqbol kam. Oxirat odamlarga iqbol qilib turibdi. Ya'ni oxirat bizni ustimizga kelyapti bostirib. Ha, odamlar orqasini qilib qochishyapti. Dunyo orqasini qilib bizdan qochib ketyapti har o'tgan kun bilan. Ha, biz orqasidan quvib yuribmiz.
Din bilan ishi yo'q odamlar bor. Haq so'zni eshitishni xohlamaydi. Atrofida masjidlar, xutbalar serob. Qarang, ming kilometr yurib kelyapti mashinasida, bir soatlik darsda eshitish uchun. Nima sababdan? Chunki qalbida chanqog'lik bor. Iymoniga, ruhoniyatiga ozuqa kerak. Advokatni qabuliga kirish uchun pul to'lash kerak.
Tabib bekarga sizni ko'rigidan o'tkazmaydi. Dunyoviy ishlaringizni bitirib beradigan har qanaqa xizmat borki, unga xizmat haqqi olishadi. Ammo Allohni masjidlariga kirishlik bepul. Unda o'rganiladigan ilm bepul. Alloh shunday bo'lishini xohladi. Lekin shunga ham nima? Odamlar beparvo bo'ladi.
Ibrohim Balxiy aytadi, oltita narsa sababli bandalardan tavfiq eshigi yopib qo'yildi. Birinchisi, ne'matning shukrini ado qilish o'rniga neymatni o'zi bilan ovora bo'lib qolish. Ikkinchisi, ilmga qiziqish bor u, lekin o'rgangan ilmiga amal qilishlik yo'q. Uchinchi sababi, tavbani kechga surib, gunohga shoshilishlik. To'rtinchi sababi, solih insonlar bilan birga bo'lish, ulfat bo'lish, hamsuhbat bo'lish, lekin ularning amallariga, fe'llariga ergashmaslik. Beshinchisi, dunyo odamlardan yuz o'girib turgan holida ularning ana shu dunyoni ortidan quvishlari va oxirgisi, oxiratni ularga yaqinlashishi, lekin ularning undan o'zlarini olib qochishliklari.
Yuz yil burun bu yerda o'tirganlardan bironta odam yo'q edi, yer yuzida. Birontamiz yo'q edik, yuz yil burin. Yuz yildan keyin bu yerda o'tirganlardan birontasi qolmaydi. Demak, mana shu yuz yillikda odamlarimiz biz. Har o'tgan kun bizni dunyodan uzoqlashtiryapti, oxiratga yaqinlashtiryapti. Har bitta o'tgan kunimiz siz bilan bizni umrimizni qisqartiryapti. Mana shunday bir qisqagina umrni ichida Alloh Taoloni rozi qila olgan amallarni qilishlikka shoshilishimiz kerak. Va biz har qancha harakat qilaylik, shoshilmaylik, agar Alloh Taoloning tavfiqi bo'lmasa, bunday xayrli amallarga hargiz qodir bo'la olmaymiz. Alloh azza va jalla har doim siz bilan bizni ustimizda tavfiq degan ne'matini bardavom qilsin. Bir lahzaga ham olib qo'ymasin. Chunki robbana la takilna ila anfu sina tor fata ayni va la aqollar menderik deyiladi duoda.
Bizni o'zimizni holimizga ko'z ochib yumgunchalik, balki undan ham qisqaroq muddatga qo'ymagin. Chunki Alloh Taolo bizni mana shunday qisqa muddatga o'zimizni hovlimizga tashlab qo'ysa, siz bilan bizni halok bo'lishimiz, adashligimiz muqarrar bo'ladi. Aqulu qovli ha da, astag'firullohu livalakum, innallohi va malakati huy salun alin nabiy. Ya yu halladina aman u sollallohu alayhi va sallimu taslima, vassallamu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Aqlu qovli hada va astag'firulloh halil valakum, innallohi va malakati huysalon ala nabiy. Ya yu halladinaaman u sollallohu alihi va sallimut aslima, vassalama alaykum va rahmotullohi va barakutuh.