# Ey yoshlar shoshilmanglar (2026)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 3 of 510
- Section: —
- Duration: 17 min
- Original title: Ey yoshlar shoshilmanglar (2026)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/3
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/ZFxPxHXMffg.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=ZFxPxHXMffg
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/2.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/4.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:00] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin. Vassolatu vassalomu ala ashrofil mursalin va ala alixiy va ashabiy hij mayin. Allohumma allim na'mayin, fanunavvon, fanavviy ma'lamutana vuzidna ilman. Allohumma arenal haqqa haqqon orzuqnatdibaa va arenal ba'tila ba'tilan orzuqunatjtina ba.

[0:26] Hoja allam min mayyasida munal qavli fayetta biun a husana, va'da xil nabir rahmatika fiya ibodika solihin. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Ey yoshlar, shoshilmanglar degan mavzuda suhbat boshlagan edik, davom etamiz. Har bir berilmagan narsani mahrumlik deb hisoblama. Har bir berilgan narsani ne'mat deb shoshib baholama. Sen hozirni ko'ryapsan, robbing esa oqibatni ko'radi.

[1:02] Yaxshi ko'rsa beradi, yaxshi ko'lmasa bermaydi. Bu noto'g'ri tushuncha. Alloh taolo aytadi, ey mandalarim, berganim, ato qilganim mukofot emas. Men qilganim, bermaganim jazo emas. Berganim sinov. Berganim sinov. Mani qilganim, bermaganim shifo. Alloh taolo xonanda aytadi fayoqulu robbi akroman. Agar Alloh taolo bir insonni rizqini keng qilib qo'ysa, aytadiki, robbim meni ikrom qildi. Robbi akroman deydi. Endi rizqini tang qilib qo'ymasa, robbim menni xor qildi deydi. Fayoqulu robbiy ahanim. Alloh taolo aytyapti kalla unaqa emas deyapti. Berganim, siylab qo'yganim, yaxshi ko'rganim emas, bermaganim, jazolaganim emas, ikkalasi ham imtihon.

[1:54] Ibn Kasiy mana shu oyatni tafsirida, molni ko'p berishlik ham imtihon, rizqning tang qilinishi ham imtihon ekanligini aytadi. Demak, ko'p beribdi, Alloh yaxshi ko'ribdi. Ko'p bermabdi, demak Alloh yomon ko'ribdi. Bu johillarni tushunchasi. Ba'zida bermaganligi sizga mukofot bo'ladi o'zi aslida.

[2:19] Ba'zida berilgani jazo bo'ladi. Mana avvalgi darslarda aytdik. Ibn Ato Alloh sakan daryo aytdiki, gohida ato qilib turib seni mahrum qilib qo'ygan bo'ladi. Gohida mahrum qilib turib ato qilib qo'yg'on bo'ladi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, inna alloh ala yahmi abdu dahul mu'mina minat dunya, vahu va yuhayb buhu, kema taxmuna maridaku minat ta'ami va sharobiy tafofuna alayhi. Qarang. Payg'ambarimiz aytdilar, albatta, Alloh yaxshi ko'rgan mo'min bandasini dunyodan asraydi. Xuddi sizlar kasalingizga zarar tegishidan qo'rqib, uni ba'zi taom va ichimliklardan tiyganingizdek.

[3:06] Bolangizga mana bunaqa narsa mumkin emas dedi. Yegisi kelib tursa ham bermaysiz. Yaxshi ko'rganligingiz uchun bermaysiz. Chunki buni yesa zarar qilib qoladi. Qizil narsa yemay tursin, sovuq narsa ichmay tursin deydi. Bolangiz xohlaydi, bermaysiz. Yomon ko'rganingiz uchun bermayapsizmi? Yo'q. Yaxshi ko'rganingiz uchun bermayapsiz. Qarang, hadisda hamma xuddi dunyo. Dunyodan himoya qiladi dedi. Dunyodan umuman mahrum qiladi emas.

[3:33] Chunki Alloh Taolo bir yaxshi ko'rgan bandasiga diniga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan ba'zi dunyoviy narsalardan saqlayotgan bo'lishi mumkin bermasdan. Masalan ko'tara olasizmi hozir katta mansabda pulni desa, aniq ayta olmaysiz. Yo men aynimasam kerak. Uni Alloh biladi. Uni diniga zarar yetqazadigan dunyo narsalaridan saqlaydi. Tushunarlimi? Ba'zan berish jazo bo'lishi mumkin. Qorin misolida.

[4:06] Juda ham katta boylikni berganida, men bu narsaga o'zimni mehnatim bilan, ilmim bilan yetishdim dedi da, halokatga ketdi. Bergani jazo bo'ldi. Ba'zida bermasligi mukofot bo'lishi mumkina. Payg'ambar alayhissalotu vassalom oldiga Sa'laba ismli kishi kelib, yo Rasululloh, duo qiling men ham boy bo'lay dedi. Juda ham faqir odam edi. Payg'ambar alayhissalom aytdilarki, ey Sa'laba, shukrini ado qila oladiganing ozgina narsa, shukrini ado qila olmaydigan ko'p narsadan yaxshiroq dedi.

[4:40] Menda ham ko'p pul bo'lsin degandi, seni shu holating yaxshi senga deyapti. Shukrini adoqilolmay qoladigan katta puldan ko'ra, shukrini adaq qiladigan ozgina narsasi yaxshi senga degandi, turib oldi. Payg'ambar rasululloh duo qilavering. Men ham boy. Rasululloh duo oldilar. Ana shu qo'lidagi dunyo kelmasdan turib besh mahalla achitda o'qunida namozda, payg'ambarimizni orqasida turar edi. Qanaqa zo'r baxtli odam edi?

[5:07] Alloh taolo barakot berdi, payg'ambarni assalomni duosini sharofati bilan qo'yi ko'payib ketdi. Madinaga sig'may qoldi, sahroga chiqib ketdi. Payg'ambarimni orqasida namoz o'qishdan mahrum bo'ldi. Ilm majlislaridan mahrum bo'ladi. Jumaga ham kelmay qo'ydi. Oxiri nima bo'ldi? Ana shu zakot yig'adigan ummonlar uni oldiga borib, ana shu boyligidagi zakotini berishlikni talab qilganida, nimaga beraman ekan dedi.

[5:34] Munoho'lar qatoriga qo'shilib qoldi. Abu Bakr sirdagi ham olmadi keyin buni zakotini, Umariddin xatto nom olmadi. Mana, ba'zida bermaganligi mukofot bo'ladi dedi ku. O'sha sa'laba kambag'al bo'lgan paytda mukofot edi uni kambag'alligi. Chunki Rasulullohni orqasida turuvdi, ibodatda musulmon bo'lib turuvdi. Beriluvdi, yomon bo'ldi. Tushunarli ekan? Ba'zan berishi jazo bo'lishi mumkin, qorinni misolida. Ba'zan bermasligi mukofot bo'lishi mumkina, sa'laba misolida. Ammo mo'minchi?

[6:13] Haqiqiy chinakam mo'min qanaqa holatda bo'lmasin, doim yutuqda. Doim yutuquda. Payg'ambarimiz aytadilar, ajabali amri ilmi umin. In asobatxo'z sariroq shakaroq va in asobatxo'd dorroq sobaroq. Mo'minning ishi ajoyib. Yaxshini yesa shukur qiladi, musibat yetsa sabr qiladi.

[6:36] Sizga o'sha pulni bersa ko'tara olasizmi? Aniq bilasizmi? Sabr nima? Sabr qo'lni qovushtirib o'tirishmas. Sabr natija ko'rinmayotgan paytda ham to'g'ri yo'lda qolish. Ishlayapsan, natija ko'rinmayapti, sekin, ammo haromga o'tmayapsan. Duo qilasan, ijobat bo'lavermayapti, ammo duoni to'xtatmaysan. Sabr shoshilmaslik, vaqt bilan urushmaslik. Ya'ni, bu degani.

[7:10] Hech narsani orzu qilma, so'rama degan xulosa yo'q. Din orzu qilma so'rama demaydi. Din senga aytadi, so'ra, lekin robbingni shoshirtirma. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar la yazalu yuzta jabul abdin ma'lam ya du obi ifmin, a u qotiyatu rahmin ma'lam ya stajil.

[7:33] Banda gunohni yoki qarindoshlik aloqasini uzishni so'rab duo qilmasa va shoshilmasa, uning duosi ijobat qilinaveradi. Sahobalar yo Rasululloh, qanday qilib shoshiltiradi manda? Deganida aytdilarki, yaqulu qotda avtu va qotda avtu falam yuzta jabli. Manda aytadi, duo qildim, yana duo qildim, lekin ijobat bo'lganini ko'rmadim deydi. Mana shu odam shoshiltirdi, mana endi duosi ijobat bo'libdi.

[8:03] Ha, Alloh Taolo duo qilinglar, ijobat qilaman degan va'da bu. Alloh va'dasiga xilof qilmaydi. Ammo sen so'ragan narsani beraman demagan va sen so'ragan vaqtda beraman demagan. Sen so'raysan, nimani berishni o'zi biladi alloh, qachon berishni ham o'zi biladialloh. Hozir bermayaptimi? Demak, yaxshi ekan shu. Qanoat nima? Qanoat bu kambag'allikka oshiq bo'lish degani emas. Qanoat, bugungi nasibenga rozi bo'lasan, ertangi kuning uchun halol mehnat qilasan.

[8:38] Payg'ambarimiz aytadilar, qod afla hamman aslama va ro'zi qof kafafan va qonna g'ullohu bima atahuh. Musulmon bo'lib, kifoya qiladigan rizq berilgan va Alloh berganiga qanoatli qilingan kishi najot topdi. Qanoat qilsangiz, kuningizga rozi bo'lsangiz, sizdan baxtli odam yo'q. Ammo mana shu qanoat kunidan rozilik bo'lmasa, millioner ham nima? Qashshoq, baxtsiz inson.

[9:13] Ukalar, nafs ko'p degan so'zni yaxshi ko'radi. Ko'pni ato deb o'ylaydi. Ko'p pul, ko'p klient, ko'p shuhrat. Iymon bo'lsa, bu narsalar seni Allohga yaqinlashtiradimi yo uzoqlashtiradimi deb so'raydi. Bu boylikni yomonlash emas. Pul kelsin, ammo namoz, sadaqa, tavoze kuchaysa, Alloh baraka bersin. Zo'r pul ekan bu. Masala pulni kiyilishligida emas, kelgan pul seni nima qilishligida. Mana, sa'laba. Qo'lida hech narsasi yo'q paytida ibodatda taqvoda Payg'ambarimiz orqasida turuvdi. Qo'liga kelganida shahardan chiqarib yubordi, jumadan uzoq qildi, mana hattoki farz bo'lgan zakotni ado qilishlikni ham xohlamay qoldi.

[10:05] Qo'lingizga pul kelishida emas muammo. Muammo shu pul sizni nima qilib qo'yishligida. Yana Allohning atosini belgisi qancha kelgani emas. Savol qancha topdim, qo'limga qancha keldi emas. Savol olgan narsam meni qayerga olib boryapti? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ta'lim berib, bizga tarbiya berib, bir birimizni qadr qiymatimizni mana shu dunyo matohi bilan o'lchamasligimizni o'rgatganlar. Lekin taassuf juda ko'pchilik odamni o'lchovi shu.

[10:43] Xudo yaxshi ko'rgan bandasini, zuvolasini katta uzadi yu, unaqa emas ekanlar. Iso alayhissalom juda ham kambag'al bo'lgan. Lekin yaxshi ko'ravergan u kishini. Payg'ambar bo'lavergan u kishi. Birov mana bu qo'lidagi dunyoni kattaligi Allohnin muhabbatini belgisi emas. Innalloh ala yondur ila su'arikum va ammalikum. Va lekin yondur ila qulubikum va ammalikum, Payg'ambarimiz aytyaptilar, albatta, Allohnin sizlarning suratlaringizga va mollaringizga qaramaydi, balki qalblaringizga va amallaringizga qaraydi. Shuning uchun haqiqiy atoning, Allohnin atosini faqatgina qancha degan savol bilan qidirmaylik. Atoning savoli, bu ne'mat, bu pul meni nima qildi va u bilan qanday amal qildim bo'ladi.

[11:31] Agar nafsing hozir desa, sen agar xayrli bo'lsa, vaqt kelgan bo'lsa degin. Nafsing nimaga u oldin men olmadim desa, sen aytgin. U uni rizqi, meni rizqim, meni rizqum. Yopildi degani, tamom bo'ldi degani emas. Chunki Xizr alayhissalom kemani teshib qo'yganda, kemachi tamom bo'ldu deb o'ylagandi. Lekin o'zi aslida teshilgani uni foydasi bo'ldi. Shuning uchun ba'zi bir eshiklar oldimizda yopilib qolsa, tugadi hamma yoq deb to'xtab olmang. Ehtimol Alloh Taolo bir balodan saqladi. Ehtimol Alloh boshqa eshikni ochib qo'yadi oldingizda.

[12:11] Xo'p, hozir deyapsan, ko'p deyapsan, darrov deyapsan. Xo'p berilmadi. Berilmasa ham yasha olasanmi? Uy olishing kechiksa, Allohda rozi bo'la olasanmi? Biznesing o'smay tursa, halolda tura olasanmi? Puling ko'payvermasa ham rostgo'y bo'laverasanmi? Agar sen mana shu dunyo matohlarimni ko'rsatib turib, shu narsalarsiz hayotim hayot emas, degan fikrga kelib qolgan bo'lsang, seni o'lchov tushuncha buzilib qolibdi.

[12:45] Chunki sen u narsalarni haddan ortiq kattalashtirib yuboribsan. Qo'lida dunyosi bo'lgan odam Alloh yaxshi ko'rgan, dunyosi yo'q bo'lgan odam yomon ko'rgan odam deyotgan bo'lsang, sen bu dunyo matohini haddan tashqari katta narsa deb sanayapsan ekan. Payg'ambarimiz aytadilar, la vkanati dunya ta'dilu indallohi jana ba'u bating, ma saqo kafiro minha sharbatama.

[13:13] Agar dunyo, mana shu dunyo boyligi, dunyo hayoti Alloh nazdida chivin qanotichalik qiymatga ega bo'lganida, kofirga undan bir ho'plam suv ham ichirmas edi. Tushunarlimi? O falonchilik bir trillion pul bor ekan desa, o deysiz. Allohni nazdida hech narsa emas deyapti buni. Lekin iymoni yo'q ekan, ateist ekan. Siz undan taqqoslab bo'lmaydigan darajada boysiz, chunki siz la ilaha illallohingiz bor. Sizni jannatga kalitingiz, jannatga biletingiz bor. Siz hech ham havas qilmang uni. Chunki bugun erta yoki hozir joni chiqib ketishi mumkin. Joni chiqqanda u yoqqa nol bo'lib boradi. A siz ham xuddi shunaqa ertaga yashamasligingiz mumkin. Hozir o'lishingiz mumkin, lekin kalimangiz bor sizni tilingizda.

[14:01] Shuning uchun dunyoni boridan ko'ra kattalashtirib yubormagin. Seni qo'lingda dunyoda matoqni ko'pligi yoki ozligi seni allohni nazdidagi martabeni o'lchov emas. Shuning uchun dunyoni so'ra, halolini ista, ammo uni qalbingda oxiratdan kattalashtirmay qo'yma.

[14:25] O'zimizga savollar. Men Allohda so'rayapmanmi yoki Alloh Taologa natijani muddatda buyuryapmanmi? Istagan boyligim meni Allohga yaqinlashtiradimi? Men ato deganda faqatgina pulni tushunyapmanmi? Hayotimda bir ish sodir bo'lgan bo'lsa, avval men uni yomon deb o'ylab, keyin yaxshi ham shunaqa bo'lgan ekan degan hodisalar bo'lganmi?

[14:52] Bo'lgan a? Lekin bo'lganda yomon bo'ldi dedingiz boshida. Oqibatini ko'rganingizdan keyin hamda aytib yubordingiz. Shuning uchun, birodarlar, birinchidan, nimaga bermading, nimaga bermayapsan deyishdan oldin, ayting, Parvardigor, hikmatini bilmayman, meni sobit qil. Ikkinchidan, berilgan narsani oqibatini tekshiring. Daromad oshdi, biznes katta edi. Namoz nima bo'ldi? Uchinchidan, berilmayotgan vaqtda, nimani o'rgandim deb so'rang. To'rtinchidan, har kecha bir paytlar orzu qilgan va hozir qo'lingizda turgan ne'matlarni sanab qo'ying.

[15:34] Orzu qilgansiz yotib olib. Endi bergandan keyin haligi narsa oddiy narsa bo'lib qoldi, ne'matlarga esdan chiqib qoldi. Bir paytlar orzuy qilgan, endi Alloh berib qo'ygan narsalardan uch to'rttani sanab qo'yying. Beshinchidan, nafsing hozir bo'lganda yaxshi bo'lardi desa, sen o'zingdan so'ra. Qayoqdan bilasan ayni hozir bo'lsa yaxshi bo'lishini? Oltinchidan, qiyin holatda kemani qissasini esla. Qizil alayhissalom kemani teshib qo'ydi. Kemachi qiyin holatga tushdi. Yomon bo'ldi deb o'yladi, alal oqibat teshilgani foydasi bo'lib chiqdi. Aytginki, men teshikni ko'ryapman, lekin narigi sohildagi podshohni ko'rmayapman degan.

[16:20] Hamma yo'q ham, mahrumli emas. Hamma, ha, ham ne'mat emas. Ba'zan ochilgan eshikdan kirib, oldingda ochilib qolgan eshikka kirib, Allohdan uzoqlashib qolasan, ba'zan oldingda yopilgan eshikni oldida Allohnı topasan. Nafs hozir bo'lsa yaxshi deydi, iymon vaqtini robbin biladi deydi.

[16:48] Aqul u qovli hali va astag'firullohu alayhi valakum, innallohu va malaka, taquyi sollu va alannabiy. Ya yuhrillatina amanu, sollu alayhi va salli mutaslima, va assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.
