# Islomda farzand tarbiyasi

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 30 of 510
- Section: —
- Duration: 38 min
- Original title: Islomda farzand tarbiyasi
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/30
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/kSmBEqUt8H0.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=kSmBEqUt8H0
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/29.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/31.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:02] Bismillahir rohmanir rohiym. Bismillahir rohmani rohiym, alhamdulillahir robbil alamin. Ala aqibatu li muttaqin. Vassalatu vassalamu ala sayyidina muhammad as sodiqul va adil amin. Va ala alixiy va ashabixiy ajma'in. Hammabop, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Alloh subhanah, xato alloh ushbu sayyidul ayyom kuni barchamizga barakotli qilgan bo'lsin. Avvalo taolo kuni allohimizni mag'firat qilsin va eshitilayotgan darslarni o'qib, anglab, hayotda tatbiq qilishlikka alloh taolo hammamizga tavfiq bergan bo'lsin. Bu aytilinayotgan mavzular musulmon kishini hayotida o'ta bir muhim bo'lgan mavzularni o'z ichiga oladi. Islomda farzand tarbiyasi. Mana o'n darsni buyog'ida islomda farzand tarbiyasi haqida suhbat qilyapmiz. Agar sinchiklab qarab chiqsangiz, endi hamma deb aytmayman, deyarli, deyarli hammamiz farzandlarimizni tarbiyasi bilan shug'ullanmayapmiz. Insof qilib aytishlik kerak. Bizni ana shu qo'limizdagi telefonga yoki kompyuterga yoki televizorga berayotgan vaqtimizni o'ndan birini ham farzandlarimizga ajratmayapmiz.

[1:26] Hisob kitob qilishiga qaraganda, inson bir yetmish yil yashasa, hozirgi kunga hisob kitob qilarganda, o'n bir yil umrini televizorga berar ekan. Yetmish ga kirgan odamni agar o'n bir yili televizorga berilayotgan bo'lsa, demak, umrini yettidan biri televizor tagida o'tib ketyapti. Lekin mana shu yetmish yillik umrini o'ndan yoki yigirma dan beri farzandlarini tarbiyasiga berilganida, holat nihoyatda bir chiroyli bo'lgan bo'ladi. Haqiqatdan televizorni oldida nimani ko'rayotganligimizni aytmaylik u, televizorni oldiga qancha vaqt o'tkazayotganligimizni qarasak, o'zi uyalamiz.

[2:08] Oshxonaga boramiz, bir yarim soat o'tiramiz. Somovarga boramiz, ikki soat. Hamma narsani cheki bor, chegarasi bor, ammo televizorni tagida o'tirishingiz cheki bo'lmay qoldi. O'tgan darsimizda yosh bolalarni tabiati, fe'li, aynishligini sabablaridan mana shu televizorni ko'rib chiqqan edik. Inshaalloh davom etamiz. Bismillahir rohmanir rohim. Farzand otaning davomchisi. Juda ham muhim nuqta.

[2:36] Kishi tug'ilib, ulg'ayib, voyaga yetib, ilmi, aqli, tajribasi ziyodalashib boradi. Mana shu yo'sinda qirq yil, ellik yil umr ko'radi da, katta bir narsaga ega bo'ladi. Hayotiy tajribaga, ilmga, ma'rifatga. Va mana shu ellik ga kirgan odamni, adashmayman agar aytsam, hammasi qaniydi hayotim yangitdan boshlansa deydi. Nimaga unday deydi? Chunki mana shu ellik yilda to'plagan narsasini hayoti yangitdan boshlansa, boshidan ishlatadi. Ammo bu narsani iloji yo'q. Aytadiki, agar shu narsalarni avvaldan bilganimda hayotimni boshqadan boshlar edim. Robbimni aytganidan bir qarash ham chiqmas edim. Saodatli bo'lardim. Falon falon xatolarga yo'l qo'ymagan bo'lar edim deb aytadi. Birodarlar, agar biz hayotimizda qirq yilmi, ellik yilmi, oltmish yilmi xatolarga yo'llab qo'ygan bo'lsak, bular o'tdi ketdi.

[3:37] Tuzatishni iloji bormi? Yo'q, chunki o'tdi ular. Tarbiya ulamolari aytadi, yo'q, tuzatishni iloji bor deydi. Qanday iloji bor? Farzanding shu xatolarni yo'l qo'yishiga sen yo'l ochib berma. Sen qilgan xatolaringni farzanding takrorlamasdan. Shunda shu xatolani tuzatgan bo'lasan, shunda shu xatlarni sen qilmagan bo'lasan.

[4:01] Ellik yilni ichida, qirq yilni ichida oltmish yil ichida to'plagan tajribangni, ilmingni, ma'rifatingni, sahofatingni yo'q bo'lib ketishiga yo'l qo'llama. Bolangdan qizg'anman shu narsani. Shunda sen shu xatolarni qilmaganday bo'lasan. Chunki bolang birodar seni davomching, seni davomi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, ida ma'tal insanu in qatoa amaluhu. Agar inson bolasi vafot etsa, odam vafot etsa. Hamma amallari to'xtaydi. Hamma amallari uziladi. Illa min talab. Faqat uchta amalidan unga savob borib turadi. Sadaqaton joriyatun, yurib turgan sadaqa va ilmun yuntafa u bihi. Odamlar foydalanib turgan ilm va voladun solihun yadu ulahun. Uni haqqiga duo qilib turgan solih farzand. Qaranglar, uchta narsa. Sadaqa joriyya, ilm, farzand. Alloh taolo mana shu uchta narsadan ikkitasini hammaga ham beravermagan. Alloh taolo rizqni har xil bo'lishini xohlagan. Kimda qo'lida davlat bor? Sadaqa joriy qilish imkoniyati bor. Kimda qo'llida shu davlat yo'q?

[5:17] Mana endi qarang. Qo'lida daftari bo'lmasa, Alloh taolo ilm bermagan bo'lsa, bu ham ko'pchilikda yo'q. Nima bor? Farzand bormi? Boy odam mol dunyosini sarf qiladi. Oxiratiga ishlaydi sadaqa joriyat. Ilmli odam ilmini sarflaydi. Sadaqa joriya qiladi o'ziga. Endi ilmi ham, puli ham bo'lmagan odam bolasini tarbiya qilsin bir odamlar. Chunki bola bor. Uni tarbiyasi yo'q. Bola bor. Uni siz orqangizdan duo qilib, jo'natib turadigan qilib tarbiyalashlikka bo'lgan ehtimol yo'q.

[5:53] Kishi haqiqiy saodatni qachon topadi? Bizga ana shu g'arbni tushunchalari kelib qolgan, dunyo matohi zo'r bo'lsa, hamma yog'i tekkiz bo'lsa, yo'q unaqa emas. Saodat bu bilan bo'lmaydi. Chunki o'sha narsaga yetgan odamlarda hayotini qarang, shu g'arbliklarni o'zini. Hayoti xotirjam emas. Hayoti saodatli emas. Musulmon ota haqiqiy saodatli qachon bo'ladi? Qachonki o'zini bolasi Allohda haqiqiy ma'noda qo'rqayotganligini ko'rganida. Bolasini haqiqiy musulmon bo'lib ulg'ayotganini ko'rgan paytda qilib oladi. Bu so'zlarda takror takror aytyapmiz. Takrorlashda maqsadimiz nima? Tarbiya qanchalik muhim narsa ekanligini bir qator eslab qo'yaylik. Chunki bu shunday ishki, sizdan boshqa hech kim qilmaydi. Agar farzandingiz Allohni tanigan, taqvodor muammo bo'lib katta olsa, buni orqasidan siz topadigan saodatni millionlagan pullar, katta katta kursilar mansabar bera olmaydi. Dunyoni hamma zebi ziynatini toping. Bu narsalar sizga farzandingizni taqvodor ekanligini ko'rib topgan huzuringizni bera olmaydi. Bundan tashqari, ana shu sog'ligingizni, vaqtingizni, umringizni boy berish hisobiga topgan mol u dunyoyingiz dunyodan chiqib ketayotganda bilasizmi qanaqa alam bo'ladi sizga?

[7:17] Avvalgi darslarimizda aytdik. Uje dunyoni zo'r qilib qilib qo'ygan, uylarni solib qo'ygan. Ana shu boy o'lishi aniq bo'lib qolib, balnitsada yotganida, oshnasiga birodar, ichimi nima yemiryapti, aytaymi deydi. Shuncha narsa qolib ketadimi birovga? Ya'ni, men o'lsam, xotinim erga tegadi. Meni qilgan mehnatimni samarasini kim ko'radi? Begona erkak ko'radimi? Demak, bolalarni tarbiyasini tashlab qo'yib, faqat dunyo bilan shug'ullangan odam shu dunyosidan yoki mansabidan ajralayotgan paytda alam qiladi. Ammo agar farzandini shariatimizni ko'rsatgandaqa tarbiyalagan bo'lsa chi, dunyodan ketyapti, uchta yoki to'rtta farzand yoki beshta farzandi namozda ekanligini ko'rsa, har kuni namozini orqasida robbiq fe'lni vali valiydagi deyishini bilib o'tsa, bilasizmi qanaqa bir huzur bu? Bu ota bu ona bekorga yashamabdi dunyoda. Demak, bu so'zlarni aytishimizdan maqsad birodarlar, farzandlarni tarbiyasini Muhammad tashlab qo'yib bo'lmaydi.

[8:22] Bu shunday bir muhim masalaki, bir bola yaxshi tarbiya qilindi, minglagan boshqalarga o'xshap, yaxshi inson bo'lib yetishdi. Masalan, sizni bolangiz kelajakda qanday inson bo'lishini bilasizmi? Bilmaysiz. Ehtimol tarbiya qilsangiz, zo'r olim bo'lib yetishar. Zo'r qori bo'lib yetishir. Zo'r bir dunyo fanlarida bir yangi bir kashfiyotlarni kashf qiladigan olim bo'lib etishir. Yoki da'vosi yo'q bo'lgan shu kungacha, kasallarni da'vosini topadigan zo'r tabib bo'lib yetishishar. Agar tarbiyasi bilan shug'ullansangiz. Agar tashlab qo'ysangiz, shu yergacha qolib ketishingiz mumkin. Shuning uchun birodarlar, ota ena o'zini oldida qanchalik katta savob eshiklari, ko'p savob eshikilari borligini esdan chiqarmasligi kerak. Siz o'zingiz yeta olmagan cho'qqiga farzandingizni yetkazishligingiz mumkin bo'ladi. To'g'rida. Shu bolalarni deb yuribsizlar, birodarlar. Sovuqda sovuq demay, issiqda issiq demay, safarda musofirchilik, begona yurtlarda yurilibdi mehnat mashaqqa chekib. Nima deb?

[9:28] Nima deb yuribdi shular hammasi? Bolam deb yuribdimi? Bolangiz uchun umringizni tikib yubordingizmi? Keling endi tarbiyasi bilan ham shug'ullanib qo'ying, bola siz uchun ishlasin, siz o'tib ketganingizdan keyin. Falamma balog'a ma'ruh s sa'ya qolaya bunaya inniy arofin manami anniy avbaho'k. Alloh Taolo Qur'onda Ibrohim alayhissalom haqida shunday deydi. Endi qachonki u Ibrohim alayhi assalomning o'g'li Ismoil, qachonki u bola Ibrohim bilan birga yuradigan bo'lgach, farzandingiz yoningizga kirdi, ertalab yoningizda yuradigan bo'm qoldi. Ancha muncha korizga kirib yaratib qoldi. Ish buyursangiz bajarib qo'yadi. Hali pul topib kelishini aytmayapman. Qo'lga qarab qo'y dedingiz, agar o'tirish olib qo'y dediz, kelsangiz qilib qo'ygan. Bilasizmi qanaqa xursand? Bu ota onalar biladi endi buni. Mashinani yuvib qo'ydingiz, kelsangiz yuvilgan. O'zingiz yuvar edingiz.

[10:29] Buni ko'rib ota juda bir qattiq quvonadi, qattiq xursand bo'ladi. Bu Allohni bergan ne'mati. Bu oyatdagi endi qachonki u bola Ibrohim bilan birga yuradigan bo'lgach, mana shu so'zga e'tibor berishimiz kerak. Kishi xursand bo'ladi, farzandi balog'atga yetganini ko'rib. Kishi quvonadi bolasini bo'yi bastini ko'rib. Kishi quvonadi, bolasini o'qiyotgan qurolini ko'rib. Kishi quvonadi otasini xizmatini qilayotganligini ko'rib. Nima uchun bu ota xursand bo'lyapti? Nima uchun bola shunday bo'ldi? Bu ota tarbiya qildi. Bola tarbiya ko'rdi. Endi yana shunday farzandlar ham bor. Buni aksi bo'lgan, buni teskarisi bo'lgan. Ota enasidan faqat undiradigan, ota onasini biror bir koriga yaramaydigan, faqat ota onasini mushkuliga tiqadigan. Nima uchun bunaqa bo'ldi?

[11:24] Uni ham, boyagi narigini ham, otasi tarbiyaladi, onasi tarbiyaladimi? Buni ota onasi beparvo tashlab qo'ydi. Bolalarni yomon bo'lib ketganligini, yoki farzandingizni itoatsiz bo'layotganligini birodar faqat o'zingizdan ko'ring. Faqat o'zizdan ko'ring! Tashlab qo'yuvdingiz, ko'chadan oldin. Alloh Taolo Qur'onda shunday marhamat qiladi. Valahotu karam na bani adama.

[11:50] Biz odam farzandlarini mukarram qildik. Odam bolasi mukarram maxluq. Shuning uchun Alloh Taolo bandaga, mana shu odam bolalariga murabbiy bo'lish imkoniyatini berdi. Murabbiy kim? Tarbiya beradigan. Tarbiya beruvchi. Har bitta odam murabbiy bo'lishingiz kerak. O'zini farzandlariga.

[12:17] Har kuni o'qiymiz. Alhamdulillahi robbina a'lamin. Olamlarning robbisi, olamlarning parvardigoriga hamdu sano bo'lsin. Insonga, musulmon odamga, ilohiy ismlarning eng yaqini robb. Ey robbim deymiz u. Robb tarbiya qiluvchi. Tarbiya qilovchi.

[12:41] Robbimiz siz bilan bizni tarbiya qiladi bir odamlar. Jasadimizni tarbiya qildi. Undan muhimrog'i nafsimizni tarbiya quradi. Alloh taolo yengillik beradi, shukur keltirdi. Mashaqqat beradi, sabr qildi. Gohida beradi, gohida mahrum qiladi. Gohida Alloh taolo ahli haqlar bilan, sog'liq kishilar bilan birga qiladi sizni, ulardan haq so'zni eshitasiz. Bir holatdan ikkinchi holatga ko'chiradi robbimiz. Boy qiladi, kambag'al qiladi. Soq qiladi, kasal qiladi. O'zini tanishlikka Alloh Taolo siz bilan bizda tarbiya qiladi.

[13:17] Bizni tarbiya qiladi va bizga farzandlarimizni tarbiya qishlikka buyuradi va tarbiyani qanday qilish kerakligini o'rgatadi. Inson birodarlar o'zi o'sha vujudi turishi mo'jiza. Ikkita bir xil odam bo'lmaydi dunyoda. Ikkita birxil odam bo'lsaydi dunyoda. Insonni bir xilmasligi, bo'yidan, bo'yi birovga o'xshamaydi. Rangga o'xshamiydi. Yuzini tuzilishi, qoshi, ko'zi kiprigi, ikkita odamni hech qachon barmoqdagi izlari bir xil bo'lmaydi.

[13:57] Insonni ko'zidagi chiziqlar ham o'xshamas ekan. Maxsus shu temir qulflar bor, shunday ko'zini olib kelib turib, shunday tushsa, ko'zini yig'ib qo'ydi, o'qiydi, nur, i ochiladi. Bu ham bir mo'jizalardan keyin insonni barmog'i bir biriga o'xshamagandek chizig'i. Insonni ko'zidagi chiziqlar ham o'xshamas ekan. Bu ham Alloh Taoloni siz bilan bizga bergan in'omidan. Sizdaqa odam yo'q.

[14:23] Sizdagi bor sifatlar faqat sizda bor, boshqa biroqda yo'q. Bu ham Alloh teologina bergan bizga in'omidan bor. Insonni Alloh Taolo murabbiy bo'lishiga ilhom berishligi, unga berilgan in'om. Qaytaraman. Siz farzandlaringizni tarbiya qilishlikka kirishdingiz. Farzandlarni tarbiya qilinishlik kerak ekan deb turib, shunga qo'l urdingiz. Mana shu narsa Allohni sizga bergan in'omi, Allohning hadyasi ekan.

[14:58] Qara, tug'ilsa katta bo'lib qolaverar ekanda. Sakkizda o'qiyapsanmi? Qarang. Qaysi maktabda o'qiydi bolamiz? Qaysi maktablarda o'qiyotganini bilmaydigan otalar bor. Nechanchi sinfda o'qiyotganni bilmaydigan otalar bor. Bolasini qati og'riydi, nimaga qiziqadi, nimasi bor, nimasi yo'q, qiziqmaydigan otalar ham bor. Ertaga bu bolalar katta bo'lib, balo bo'lsa bu otani boshiga, ota faqat o'zini malomat qilsin.

[15:23] Aytib o'tdik. Inson o'zini o'tmishidagi barcha kamchiliklarni, nuqsonlarni, xatolarni farzandini ustida tuzatsa, demak shu xatolarni o'zi qilmaganday bo'ladi. Chunki farzandi uning davomi, uning davomisi. Farzand agar salohiyatli bo'ladigan bo'lsa, oilani nurga, saodatga, xursandchilikka to'ldiradi. Agar yo'ldan toygan bo'lsa, oila a'zolarini hammasini badbaxt qiladi. Qimor o'ynab, yo'q pulni yutkazib, ota enasini musibatga qo'ygan farzandlar yo'qmi? Haromligini eshitib turib, ota onasiga bildirmasdan, uyini dokumentini olib, protsentga pul olib, qo'yib qo'yib, zalov qilib, uyini sottirib ko'chada qolgan oilalar chakana.

[16:10] Farzand ota onani saodatli bo'lishligining eng kuchli sabablaridan. Va farzand ota ona baxtsiz bo'lishligining, eng kuchli sabablardan. Siz bilan bizga mashaqqat yo'q. Qanaqa qilib tarbiyalasam ekan, deb yo'l qidirmaymiz. Kitob sunnat turibdi va mana shunga asoslangan tarbiya yo'li turibdi. Biz faqat olib foydalanishingiz kerak xolos. Har doim aytamiz, olamshumul katta muammolarni muhokama qilishni yig'ishtiring. Global muammolarni gapirasiz. Falon joyda manaqa bo'lyapti, po'kinjon qanday qilish kerak, agar bunday bo'lsa, yig'ishtiring. Bundan avval siz qilishingiz kerak bo'lgan bitta ish bor.

[16:58] Bu shunaqa ishki, sizdan boshqa hech kim qila olmaydi buni. Siz qila olasiz shuni. Va mana shu ishni sizni qilishga hech kim man qilmaydi. Hamma imkoniyatingiz bor. Nima edi bu? Oilangizni tarbiya qiling. Farzandingizni tarbiya qiling, qo'lingizdan keladigan ishingiz shu. Gunoh emas deyapti, bo'ronni to'foni bostirib kelyapti ustimizga birodarlar. G'arbdan ham, sharqdan ham.

[17:24] Buni oldida qo'lingizda nima keladi? Qo'lingizdanda hech narsa kelmaydi. Lekin bitta bor narsamiz oila va ularni tarbiyasi. Bir soat bahs qilamiz, hech qanday natija yo'q, hech qandayoq orqasidan foyda yo'q. Bola oladigan ishni qilaylik. Kelinglar. Bu so'zlarimiz, birodarlar, yaqinda uylanmoqchi bo'lib turgan yoki yaqinda uylangan birodarlarimizga o'ta muhim. Yaqinda farzandli bo'ladi.

[17:53] Bu bola tarbiyasi qanchalik muhimligini bilmaydi. To'p yedirib qo'yadi, katta bo'lib qoladi. Vaqt o'tgandan keyin bolani tarbiyasiz katta qilib qo'yganligini mevasini ko'radi. Oh deydi, lekin kech bo'ladi. Shuning uchun yaqinda uylanganlar, yoki endi uylanmoqchi bo'lganlar, yoki farzandi kichkinalar, bu muhim masalaga birodarlar qattiq diqqat e'tibor qilishligimiz kerak bo'ladi. Kitobi sunnatga asoslangan, tajribalarga asoslangan tarbiya yo'lini mahkam tutishligimiz kerak boladi. Qo'limizdagi eng katta boylik nima?

[18:28] Farzandlarimiz. Farzandlarimiz, ularni muhimaltashlab qo'ymaydi. Shuning uchun birodarlar. Ollohni zikri bo'ladigan majlislarga bolalarni yetalab kelayotgan otalarni ko'rganda quvonamiz. Chunki bolasini yoshligidan haq so'zini o'sishlikka o'rgatyapti. Yoshligidan bolasi oq nima, qora nima ajratadi. Bu bolani tarbiyasi nihoyatda bir chiroyli ketadi. Endi o'zini holiga tashlab qo'ysangiz chi, kompyuter xonalarida qolib ketayotgan bo'lsa chi, maktabga qachon ketdi, qachon keldi, ishingiz bo'lmayotgan bo'lmasa chi, kim bilan bilan ulfat bo'lyapti, cho'ntagida pubay to paydo bo'lib qoldi, telefon paydo bo'lib quldi, beparvo tashlab qo'ygan bo'lsangiz chi.

[19:10] Mevasi achchiq bo'lganda faqat o'zingizni ma'lumotlar. Yosh bola xuddi bir loyga o'xshaydi. Ota onasini qo'lida. Ota ona kulolga o'xshaydilar. Bola loy, ota ona kulol. Xohlagan shaklingizni berasiz. Yoki umuman shakl bermaysiz. Tashlab qo'yasiz, tushgan baravara qotib qoladi.

[19:37] Temirchi temir bilan ishlaydi. Duradgor yog'och bilan ishlaydi. Zargar qimmatbaho ma'danlar bilan ishlaydi. Yurist, advokatlar odamlarni muammolar bilan ishlaydi. Lekin otalar va muallimlar nima bilan ishlaydi? Farzandlar bilan. Har qanday mamlakatni boyligi sanalganda, oltini, kumushi, nefti, gazi, temiri gapiriladi. Lekin bilasizlarmi? Eng birinchi o'rindagi boylik deb nima sanaladi?

[20:09] Aholisi. Fuqarolar. Neftdan ham oltin boyligi insonlari, fuqarolar deyiladi. Oltinidan ham bo'ladi. Nefti bo'lsin, oltini bo'lsin, odamni bo'lmasin mamlakatni, u mamlakat boy deyilmaydi. Demak, eng katta boylik davlat uchun ham, siz bilan biz uchun ham farzandlarimiz. Biz islomni uyimizda, amallarimizda bo'lishini xohlaymiz. Saho bolada tasavvur qilinglar, birodarlar. Agar ular ham hozirgi musulmonlardaqa fikr bo'lganida kallasida.

[20:41] Hozirgi muslumondaqa ish tutganida. Bizni yurtlarimizga islom yetib kelarmidi? Yetib kelmas edi. Bizdaqa bo'lmagan ekan ular. Bizdaqa bo'magan ekan. Musulmon odam hayotini odamlarga o'zidagi bor narsani berish ustiga quradi. Odamlardan olish ustiga qurmaydi. Taassuf, g'arb tushunchasi faqat olish. Pribil. Eng muhimi nima? Foyda olish. Odamlardan bir manfaatlanish, ulardan bir narsani undirish. Musulmon odami hayoti atrofidagilarga yaxshilikni berish, o'zidagi bor narsani berishni ustiga quriladi. Siz jamiyatga beradigan eng yaxshi narsa nima, bilasizmi? Yana aylanib kelib farzand deb aytamiz. Tarbiyali, yurtiga, eliga, ummatiga foyda keltira oladigan tarbiyali farzandni berishingiz. Bundan katta narsani bera olmaymiz biz.

[21:41] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, Sahih Buxoroda keltirilgan hadis Abu Hurayra roziyallohu anhudan. Sab'atun yuz'il luhumullohu fi villixi yavmala villa illa villu. Rasululloh aytadilar, yetti toifa kishilar bor, yetti xil odam bor. Alloh Taolo mana shu ikkilashchilarni, mana shu kishilarni hech qanday soya bo'lmaydigan kunda o'zining soyasi bilan. Yoki Arshning soyasi bilan soyalantiradi. Imomun adil odil boshliq. Odil boshli. Odil podshoh, odil rahbar. Ikkinchisi, vasha bu nashaf i ibodati robbixiy. Robbisining ibodati bilan ulg'aygan yigit.

[22:30] Shu yigitlik davrida, gunoh mansiyatdan uzoq bo'lib, ibodatda ulg'aygan yigit Allohning arshini soyasida turadigan ikkinchi odam deb aytilinyapti. Harakat qilmaymizmi shu narsaga? Inson ibodatdan uzoq yursa, baribir qaraganda ibodatga bir kun yiqiladi. Ulfatlar ketadi, salomatchilik ko'tarmay qoladi bir xilgi narsalarda. Xohlasa ham, xohlamasa ham qaraganda inson ibodat yiqiladi, lekin yoshligida qilingan ibodatchi.

[23:00] Vorajulun qolbuhu muallaqun fil ma sajid. Yana bir kishi, uchinchi odam, qalbi mazjidlarga bog'langan kishi. Mazjidni yaxshi ko'radi, mazjidga yuguraveradi. To'rtinchisi, vorajulani tahab va filla. Alloh uchun birlashgan ikkita odam. Alloh uchungi bir birini do'st tutgan, alloh uchun birgalashgan va alloh uchun ajrashadi. Keyingisi, vorajulun tolabatqu imrotun zata mansabin va jamalin faqolain niyahofulloh. Mansablik, nasl nasablik, chiroyli bir ayol zinoga taklif qilgan paytda, men Allohda qo'rqaman, deb o'zini tiygan erkak.

[23:43] Keyingisi, vorajullun tasoddaqa axfa xatta la ta'lamu shimaluhu ma tun fiquhu yaminuhu. Sadaqa qilgan odamki, maxfiy qilgan. Chop qo'li qilgan sadaqasini o'ng qo'liga bildirmaydigan. Bu mubolag'a bu. Nafaqat akasiga, ukasiga, xotiniga. Hatto o'ng qo'llab bergan sadaqasinini chop qo'liga bildirmay maxfiy qiladi. Vorajulun zakaralloha holiyam fahodat aynahum. Yolg'iz qolganda Allohni eslab ko'zidan yosh oqqan kishi. Mana birodarlar. Yetti toifa Allohning arshining qoyasida turadi. Jannatiy degani bu. Odil imom va bizni darsimizga tegishli nuqtasi, yoshligida ibodat bilan, Robbini ibodati bilan umrini o'tkazgan yigit. Shuning uchun mana shu o'n yetti, o'n besh, o'n olti, yigirma ga kirgan yigitlarni masjidga kirib namoz o'qiyotganini, dinini mahkam tutganini ko'rganingda, inson quvonasan. Bular hozirdan shunaqa bir pokiza ketyapti, qariganda qanaqa insonlar bo'larkan bular. Bular munavvar bo'ladi yuzlari. Chunki gunoh emas, yetim, yoshligidan uzoq bo'lgan ular. Birodarlar o'rgataylik bolalarimizni shu narsaga. Ertaga qiyomat bor. Yoqamizdan oladi bolalarimiz, ey ota, manaqa ishlar bor ekan, nimaga aytmagansan deydi.

[25:02] Bu dunyodayu indamay o'tib ketarsiz. Qiyomatga borganda yoqangizdan oladi. Shu yaxshi ko'rgan bolangizni oyog'iga tikang kirishini xohlamaysiz. Sovuq shablonini ravo ko'rmaysiz, ammo uni tarbiya qilmasdan tashlab qo'yishlik bilan jahannamni ravo ko'ryapsiz. Musulmon odamni uyi jannatni bir bo'lagi bo'ladi. Bu xonadonda mansiyat bo'lmaydi, urush janjal bo'lmaydi. Ittifoqchilik bo'ladi. Birini ikkinchisi hurmat qiladi, bir biriga itoat qiladi, urush janjal bu bo'lmaydi edi. Bu xonadonida televizor iloh bo'lmaydi bir odamlar.

[25:39] Ovqat yeyotganda ham televizorga qaralmaydi, kitob o'qiyotganda ham televazorga qarallaydi, o'ynayotganda ham televzorga qaralalaydi, televizor o'chadi. Masalan, bir vazifa qator berishimiz uchun, kelinglar, haftada bir ikki marta, ikki marta, ichki kun, oila dasturxonni ustida yig'ilganda televizorda o'chirishlikni mashq qilib ko'raylik. Eplay olarmikinmiz? Mana.

[26:04] Masalan ertaga bomdoddan boshlaysiz, quptongacha oila nonushta qiladi, birga tushlik qiladi, kechki ovqat yeydi, o'chirib qo'yaylik. Qaranglarda, bir birimizni ko'ramiz. Bir birimizni ko'tamiz. Maktabing nima o'lyapti o'g'lim? Kundaligingni olib kelsang, bir ko'ramiz. Yo'q. Biz iloh bo'lib qolgan televizor. Agar bir maqola o'qib qoldimmi, ajoyib. Agar o'zga sayyoralilar deydi, bizni kuzatsa deydi, shu televizor ilohi bo'lsa kerak deb o'ylaydi deydi. Chunki turi bilan o'shanga qaraydi. Kiyinayotgani bilan o'shinga qarab turadi. Yonboshlari ham qaraydi, dum tushib ham qaraydi da, chalqam tushib ham qataydi, ovqat yeganda ham qataydi. Ilohimikin deb o'ylashadi u deydi.

[26:47] Haq gap. Svet o'chib qoldi. Deydi hamma. Siqiladi, nima qilsa kimdir bor, ikkinchidan boshlanib qoluvdi deydi. Ey falonchi deydi, svet o'chdi. Boradi. Boradi. Borada. Bunaqa xonadonda birodarlar Qur'on tilovati bo'ladi. Mehr oqibat bo'ladi. Ibodat bo'ladi, rahm shafqat bo'ladi . Agar shunday bo'lsa, o'zi hayot to'lib yotibdi mashaqqatga.

[27:21] Ko'chaga chiqdingiz, mashaqqat, mehnat, musibat, qiyinchilik. Agar oilangizda mana shu islomiy, iymoniy muhit bo'ladigan bo'lsa, ko'chadagi mushkulalarcha uyga kirganda yechilib ketadi xolodilnik. Hayotda mashaqqat mushkuli ko'p. Ammo bitta narsa bor, agar insonda shu narsa bo'lsa, ularni yengishligi oson bo'ladi. Uydagi xotirjamlik, sakina. Uyda qadr qimmatni ko'rishlik. Mana shu narsalar insonni mashaqqatlanilishligiga yordam beradi. Alloh taolo Qur'onda marhamat qiladi. Va min aayatihi an xolaqalakum min afusikum azvajal li tasqunu ilayha. Va ja'la baynakum mavoddatan va rahmat innafi dalikala aayatili qomiyatafakkarun. Diqqat qilinglar da, Alloh taolo nima uchun bizga oilalarni berdi? Nima uchun sizga juftlarni berdi? Hikmati nima edi?

[28:19] Uning oyatlaridan yana biri, u zot sizlar hamdam bo'lishlaringiz uchun o'zlaringizdan juftlar yaratishi va o'rtalaringizda oshunolik va mehr muhabbat paydo qilishidir. Allohning oyatlaridan, mo'jizalaridan. Albatta bunda fikr qiladigan qavm uchun oyat ibrat bordir. Demak, inson uyga kirganda o'zini ayoli bilan, oilasi bilan hamdam bo'lishligi kerak, hamfikr bo'lishligi kere. O'rtasida oshini oling, mehr muhabbat bo'lishligi kele. Oilada maqsad shu edi.

[28:51] Agar islomiy tarbiya bo'lsa oilada, shu muhit bo'ladi. Musulmon ota, mana o'tgan darsimizda birodarlar, tabiatni aynishi. Fe'lni aynish haqida dars qildik. Nima uchun bolalarni fe'li tabiati ayniydi? Chunki bolalar ko'r ko'rona g'ayri dinlarga taqlid qilishni boshladi.

[29:17] Haqiqiy musulmon ota nima qilishi kerak? Bolasini tushunchalarini, bolasini qalbini, bolasini fikrini haqiqiy qahramonlar bilan, haqiqiy ibrat bo'ladigan odamlar bilan, ko'mirlar bilan to'ldirishligi kerak. Sportchi, qo'shiqchi, aktyorlar bilan emas. Birodar, agar sen farzandingni qalbini mana shunday bir haqiqiy ibrat bo'lishi kerak degan odamlar bilan kallasini, qalbini to'ldirmasang, ishonavor, boshqa yerdan to'ldirib oladi.

[29:46] Payg'ambarlarni gapirib ber. Mana kim ibrat bizga? Sahobalarni gapirib bor, tavbiyinlarni gapirib bersin. Birodar, bo'lgan odamlar, real odamlar, senga televizorni ko'rsatayotgan bari soxta, yolg'on. Agar sen bermasang shuni birodar, bolang albatta narigilarni o'ziga ibrat qila oladi. Payg'ambarimiz aytganlar, laysa minna man tashabbaha bi g'oyriina. Vala tashabbahu bil yahud, vala bin nasorat.

[30:14] O'zini boshqalarga o'xshatganlar bizdan emas, dedi Payg'ambar. Diqqat qilinglar. O'zini boshqalarga o'xshatganlar bizdanmas. Ono futbolchiga o'xshab yurishlik bizdanmas. Onoviy aktyorga o'xshab turishlik bizdanmas! Musulmonmas hudayotni Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam. Yahudiylarga ham o'xshamanglar, nasoralarga ham o'xishamanglar. Rasulullohni hadisi vaib bizga. Yahudga ham o'x shaman, nasoraga ham o'x shama. Kim o'zini boshxalarga o'xsha desa, bizdanmas deyapti.

[30:46] Boshqa adisda aytadilar, man tashabbahabi qoming fahvo minhum. Kim o'zini bir qavmga o'xshatsa, bas u o'shalardan. Bas u o'shalarda. Kimga o'xshatyapti bolangiz o'zingizni? Siz o'zingizni kimga o'xishatyapsiz? Kiyinishingizda, yurishingizda, turishingizda. Musulmon ota o'zini farzandini qalbidan g'ayridinlarga o'xshashlik rag'batini olib tashlashi kerak. Qaytarib aytamiz. Musulmon ota o'zini farzandini qalbidan g'ayri dinlarga o'xshashlikka bo'lgan rag'batni olib tashlashligi kerak. Qo'lingizdan keladimi shu narsani? Qo'lingizdan kelsa, bola sizniki bo'ladi. Illo ularniki bo'ladi bola. Bu ko'r ko'rona taqlid yo'q qilishligi kerak.

[31:39] Fozil axloq, go'zal axloq insonni tabiatini aynishdan to'sadi. Bu mavzuga tegishli eng eng muhim hadisimiz qaysi edi? Payg'ambarimiz aytgandilar, Imom Termiziydan, Xuzayfi roziyallohu anhu narig'u va'd qilingan la takunu imma'atan. Taquluna in axsanin na su axsanna. Immo bo'manglar dedi Payg'ambariz. Odamlar yaxshilik qilsa, yaxshilik qilamiz, yomonlik qilsa, yomonlik qilamiz deydigan immo bo'mangilar deydi.

[32:06] Odamlar nima qilsa qilib ketavermanglar. U odamlar nima qilib qilib ketaveradigan odamni o'zini hayotda tutgan yo'li yo'q. O'zini tanlagan bir yo'li yo'g'i yo'q. O'shaning uchun kim nima qilsa, qilib ketaveradi shu narsani? Ha, g'ayridinlarda ilm ma'rifatdagi, saxofatdagi yutuqlarni olamiz, ilm ma'rifotini olamiz, lekin turmush tarzini emas. Adiblardan biri aytganidek, har bir xalq, ummatning saxofati asalga o'xshaydi. Uzoq yillar davomida to'plagan ilmiy tajribasi asalga o'xishaydi. Uni olamiz. G'ayridinlardagi kompyuterlar, uni tark qilmaymiz. Foydasi bormi bizga? Dinimizda man qilinmaganmi? Ilm, saxofatini olamiz. Turmush tarzini emas. Shuning uchun, birodarlar, tug'ilgan kunlar, mana yaqin qoldi, yangi yillar, valentin kunlar, yana qanaqa kunlar bor?

[33:00] Musulmonlarga yarashmaydi bu narsa. Diqqat qilinglar, musulmonlarga yaroshmaydi. Qolganlar qilaversin. Nimasi yomon? Biz hammaga yomon demayapmiz, biz musulmonga bo'lmaydi deyapmiz xolos. Bolani tabiatini aynishiga sabab bo'ladigan ishlarda yana bittasi, bolani ortiqcha taltaytirib yuborishlik.

[33:24] Nimani xohlasa, muhayyo qilib berishlik. Huzur halovatga o'rgatib qo'yishlik. Mana shu narsa bolani tarbiyasini buza olgan ishlarni. Nima desa, bor. Nima desa bor. Nima desak ko'ngli cho'kmasin. Endi xudoyim bergan shularga sarflashim kerak dedik da, isrofga sarf qilib beradi. Qarab turinglar. Xalifalarda hayotini bir ajib qilsa.

[33:51] Bolangiz beadabligi uchun kaltak yeb keldi. Buni sindi. Beadabligi uchun, tarbiyasi yo'qligi uchun. Uni burnini kim sindirdi? Siz sindirdingiz. Agar tarbiya berganingizda shu behayolik qilmaydigan qilib tarbiya qilganingizda birov urmasdi uni. Uni burniga kim urdi? Diqqat qilib turinglar. Xalifalarning hayotidan bir chuqur ma'noga dalolat bo'ladigan bir qissa. Xalifa, ummaviylarning xalifalaridan muviyotun nabi sufiyon roziyallohu anhu xalifa edi. Noto'g'ri, zakiy, hushyor odamlardan biri. Ikkita odam garra o'ynashdi.

[34:30] Muoviya halimlik qiladimi yoki jahl qiladimi? Bir kichkina bolaga o'rgatishdi. Xalifa minbarga chiqib ketayotganda, haliginga qarab ko'zingni qisib qo'ydi. Kichkina bola. Xalifa minbaga yo'talib ketayotgandan ko'zi shu bolaga tushib qoladi, xaliy bola ko'zini qisib qo'shadi. Bu yaxshi narsa emas bu. Bu xuniy narsa. Xalifa bu kishi.

[34:57] Mavoyatimdan Abu So'fiy ham hushyor odam edi. Kimdir o'rgatib shekilli bunga dedi da, indamay qo'yaverdi. Indamay qo'shaverdi. Oradan vaqt o'tdi, shu yigit keyinchalik, keyin kelgan boshqa xalifa ham minbarga chiqib ketayotganda, yana bir marta ko'zini qiz suvdi, bu xalifa bo'ynini uzishga buyurdi. Odamlar aytishdi, bu bolani keyingi xalifa qatl qilmadi.

[35:24] Moyani halimligi qatl qildi deyishdi. Xulosani o'zinglar chiqaraveringlar. Siz bolangizni shunaqa bir injiq, taltaygan, erkalangan, hamma yog'i mohayoq qilingan tarbiya qilib qo'ydingiz shunday qilib, bu bola ko'chaga chiqib hayotda qo'shilib, odamlar bilan jamiyatda yashashligi nihoyatda qiyin bo'ladi.

[35:46] Qoqiladi, so'qiladi, jamiyatda ajrab qoladi odamlardan. Kaltak yeydi, surilib qoladi. Buni ko'chadagilar urgani yo'q. Sizni bolangizni ko'chadagilarni urgani yo'g'i. Ko'chadaglar so'kgani yo'q, ko'chadagini ham ajratib qo'ygani yo'q! Kim ajratdi buni? Siz ajratdingiz. Iqsha ushanu, fa innann ne amalatadum. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytdilar, soddaroq bo'lishlikka ko'nikinglar, o'rganinglar. Yeyishda, kiyishda, turmush tarzida to'poriroq bo'linglar bizni tilda. Borini ye, borini kiyib ketaveradigan bo'linglar. Chunki ne'matlar doim bir xil bo'la olmaydi.

[36:26] Qizlarini erkalatgan badavlat akalar, og'izdan chiqqan narsasini muhayyo qilgan puldor akalar, qizingiz ulg'ayadi shu kengchilikda, shu erkalatishlikda. Balog'atga yetadi, xaridor keladi. Siz bilmaysiz kimga berishingizni, taqdir. Qo'li kaltaroq bo'lgan odamni qo'liga berasiz. Sizni yuzida ko'rib, taltayishlik, sizni yo'lingizdagi qiyinchilikni topa olmaydi. Natijada nima bo'ladi?

[36:54] Turmushlar buzilib ketadi. Imom bo'lganimiz bois, birodarlar, bu narsalarga ko'p guvoh bo'lamiz. Kuyov bolani to'g'atmabdi deydi. Kuyov bolalardagi sharoit otasinikidek edi, hammasida ekan. Qulayliklarni qilib bera olmabdi. O'zi asosiy narsa shu, lekin boshqa bir narsalar ro'kach qilinadi da, qizini taltaytirib yuborgan puldor akalar qizlarini uyini o'zlari buzib qo'yishdi.

[37:21] Ixshav sha'nu, fa inda ne amaleta dum. O'zinglarni yeyish ichishda, kiyim kechakda soddaroq, toporroq bo'lishga o'rgatinglar. Zero ne'matlar doim bir xil bo'la olmaydi. Demak, bugun biz yana farzandlarni tabiatini aynishiga sabab bo'ladigan ayrim narsalarni ko'rib chiqqan bo'ldik. Aqlu qovli ha'da va astag'firulloh alayhi va alaykum. Assalomu alaykum.
