Kahf surasini ta'sirida bugun Zulqarnayn qissasiga yetib kelgan edik. Alloh Taolo Qur'onda Kahf surasida shunday marhamat qiladi. Voy assalomu alaykum Zulqarnayn, qul sa'atlu alaykum minu dihru. Ey Muhammad, sollallohu alayhi vasallam. Yana sizdan Zulqarnayn haqida so'raydilar. Ayting, endi men sizlarga u haqdagi xabarni tilovat qilaveraman. Zulqarnayn qissasi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamga u zotni hayoti davomida odamlar ko'p savollar berishgan. Alloh Taolo Qur'onda o'ndan ortiq o'rinda yas alunak, ey Muhammad alayhissalom, sizdan odamlar so'raydilar, deb xitob qildi. Yas alunak. Sizdan so'raydilar. Qul. Ularga ayting deb Alloh o'ndan ortiq o'rinda Payg'ambarimizga xitob qildi. Mana ana shu g'oyatlardan ayrimlarini o'qiymiz. Astayu billa, va yas'alunaka anil maxiyev qul huva ada baqara surasida sizdan hayz haqida so'raydilar ey Muhammad alayhissalom. Ayting. U ko'ngilsiz noqoy narsadir.
Yana bir oyatda. Yas'alunak amin ahillar qul hiyima va qiyta ulinnas. Sizdan, ey Muhammad alayhissalom, oylar haqida so'rashadi. Ayting, u oylar odamlar va haj uchun vaqt o'lchovli. Yana bir oyatda, yas alunaka anil xomli va al maysir. Qul hiyima it mun kabiru va mana fiyul innas va it muhima akbarun inna fayhima. Ey Muhammad alaysissalom, sizdan aroq va qimmat haqida so'raydilar. Ayting, bularda katta gunoh va odamlar uchun foydalar bor. Bularning gunohi foydasidan kattaroqdir. Yana bir oyatda voyas alunaka ma'da yufiqul. Voyas alunaka mag'da yufiqun qulil avvul. Ey Muhammad ali, assalom. Sizdan nimalarni ehson qilishni so'raydilar? Ayting, o'zingizdan ortganini. Demak Alloh Taolo Payg'ambarimizga o'ndan ortiq oyatda sizdan so'raydilar. Sizdan so'rashgan paytda mana bunday deb javob bering deb xitob qiladi. Mana bu Kaxt surasida ham mana shunday oyat keldi. Voyas alunaka an dilqornay qul sa'atlu alaykum minhu zikron.
Ey Muhammad alayhissalom, sizdan Zulqarnayn haqida so'raydilar, deydi. Yana boyagi yas'alunak sizdan so'raydilar, qul ayting. Endi men sizlarga u haqidagi xabarni tilovat qilurman. Birodarlar, Zulqarnay payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamdan avvalgi davrlarda yashayotgan inson. Ya'ni tarixiy shaxslardan. Qur'on birodarlar, tarix kitobi emas. Tarix kitobi ems.
Bu Qur'ondan ko'zlangan maqsad tarixda bo'lib o'tgan ishlarni tahlil qilish, shaxslar, makonlar, voqealar, hodisalarni sabablarini tekshirib chiqishlik emas. Tarix kitoblaridan maqsad shu. Tarix kitob lari bizga tarixni ta'lim beradi, shu ishlarni tahrir qiladi. Ammo Qur'onni ishi bu emas. Qur'onning asosiy maqsadi, birodarlar, odamlarni Allohga hidoyat qilishlik. Ularni haqqa chorlashlik. Agar Qur'on tarix kitobi bo'lganida, mana shu Zulxarnayn qissasini o'zi Qur'onning katta qismini egallab qo'ygan bo'lar edi.
Zulxarnayn kim edi? Qur'onda yas alun aka va yas alun aka andil qornayn sizdan Zulxarnayn haqida so'rashadi. Ismi Qur'onda zikr qilindi. Bu kishi kim bo'lgan? Ayrimlar, bu Aleksandr Makedonskiy deydi. Yana ayrimlar yo'q. Bu boshqa odam deydi. Biologiyalar aslida kim bo'lganligi biz uchun muhim emas. Bizga muhimi mana shu solih insonni qilgan ishlari. Undan olinadigan ibrat xulosalar. Ammo Makedonskiy bo'lganmi, boshqasi bo'lganmi? Bu muhim emas. Qachon tug'ilgan, qaysi yurt podshohsi bo'lgan, qaysi o'zlari fath qildi, necha yil umr ko'rdi? Bular ikkinchi darajali ishlar. O'zi Zulqarnayn qissasiga kirishlik bilan zehnnga keladigan birinchi savollar o'sha bo'ladi. Aleksandr Makedonskiymi deydi. Kim hayoliga keldi shu savol?
Muhim emas. Muhim emas. Muximi, Alloh Taolo Zulqarnaynni maqtadi. Zulqarnayn Alloh Taolo yaxshi inson ekanligini Qur'onda xabarni berdi. Ha, demak yaxshi odam bo'lgan ekan deb turib, keyin qiziqamiz u zotni qilgan ishlariga. Alloh maqtadi bu kishini. Innama kanna lahoo fil ardi va ataynahu minkul lishayin sababa. Zulqarnayn haqida Alloh Taolo shunday deydi. Darhaqiqat biz unga bu yerda saltanat, hukmronlik berdik. Va ko'zlagan barcha narsasiga yo'l imkoniyat ato etdik. Mana Alloh Taolo bu kishiga yer yuzida mulk, hukmronlik, saltanat berganligini xabarini berdi. Demak, bu kishi hukmron bo'lgan, kuchli bo'lgan, saltanat mulk qo'lida bo'lgan. Yer yuzida kuch quvvatga ega bo'lgan kishilar, bular o'z o'zidan kuchli, quvvatli bo'lib qolgan emas. Alloh Taolo ularga bergan tanqid, imkoniyat. Agar kimdir o'zida bir yo moddiy yoki ma'naviy, jismoniy quvvatni his qilayotgan bo'lsa, o'z o'zidan bu quvvatli bo'lib qolgani yo'q. Alloh Taolo unga berganligi uchun quvvatli bo'mdi.
Alloh Taolo Qur'onda shunday deb marhamat qiladi. Astayu billah. Va'dallohulladina amanu minkum va amilus solihadi la yas taxlifannaxum fil arh kamas taxlifanladina min qoblihim va la yumakkina nalaxum dinahumullad yurtadoh. La hum va la yubaddilannaxum min ba'di xofihim amna. Alloh taolo albatta kimgadir yer yuzida hukmronlikni beradi. Kimdir shu hukmronlikka saltanatga mulka olib boradigan sabablarni qiladi, yetadi.
Alloh sizlardan iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o'tgan zotlarni xalifa hukmron qilganidek, ularni ham yer yuzida xalifa qilishni va ular uchun o'zi rozi bo'lgan dinni g'olib mustahkam qilishni hamda ularning xavfi xatarlaridan so'ng, tinchlik xotirjamlikka aylantirib qo'yishni va'da qildi. Demak, iymon keltirgan, solih kishilarni Alloh taolo yer yuzida hukmron qilgan. Va keyingi keladigan insoniyatga ham xuddi shu narsa sunnatki, agar avvalgilar iymon e'tiqodida sobit mustahkam bo'lganidek, sobit mustahkam tursa, Alloh bularni ham yer yuzida hukmron qiladi. Avvalgi solih insonlarni hukmron qilinganidek.
Alloh taolo Zulqarnaynga, Zulqarnaynga saltanat, hukmronlikni berdi. Zulqarnayndan avval ham, keyin ham podshohlar yashadi. Kuchli, qudratli bo'lgan podshohlar bo'ldi. Ular ham o'zlarini zamonida katta katta yerlarni o'zini qo'l ostiga jamladi. Ularning ustida hukmron bo'ldi. Ammo ular hayotda qanday ish tutishdi?
Bu yashab o'tgan podshohlarning maqsadi yerini kengaytirishlik, boyligini orttirishlik. Mamlakatini kengaytirilishlikdan boshqa g'ami yo'q edi. Ammo Zulqarnayn qanday podshoh bo'lgan edi? Ammo boshqa podshohlar Zulqarnaynda solih bo'lishganmi? Bu qissasi siz bilan bizga yana nimani xabarini beradi? Robbimiz bizga solih podshoh qanaqa bo'lishligini ko'rsatib berdi. Bu qissa orqali Alloh Taolo bizga solih podshoh qanday bo'lishini ko'rsatdi. Uni xabarini berdi. Zulqarnayn solih inson edi, solih podshoh edi.
Yana ayrim xabarlarda, zaif xabarlarga ko'ra, Zulqarnaynni nabiy bo'lgan ham deyishadi. Lekin bu zaif qavm. Alloh Taolo aytgan, valaqod arsal navrusul amin qoblik. Minhum man qossas na alik va minhum man la naqzus na alik. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga Alloh Taolo aytadi.
Aniqki, biz sizdan ilgari ko'p payg'ambar yuborgandirmiz. Ulardan biz sizga hikoya qilib bergan kishilar ham bor, yana ulardan biz sizga hidoya qilmagan kishilar ham bor. Qur'onda yigirma beshta payg'ambarda ismi zikr qilindi. Ayrimlarini qissalarini mufassal bayon qildi olim, ayrimlarini muxtasam bayon qildi. Ayrimlari haqida umuman hech narsa demadi. Faqat ismini zikr qilib qo'ydi xolos. Endi shu vaha yo'qki, Qur'onda ismi zikr qilingan yigirma beshta payg'ambardan boshqa payg'ambarlar ham bo'lgan. Shular haqida Alloh Taolo aytyapti, biz ko'p payg'ambar yuborganmiz, ayrimlarini sizga qissasini aytdik, ayrimlarini aytmadik. Shuning uchun boyagi zaif qavullarga ko'ra, Zulqarnaynni nabi deyishgan. Lekin bu zaif so'z.
Innna makkannna ala hu fil ardi va ataynahu ming kun nishain sadada. Darhaqiqat biz unga, Zulqarnaynga, bu yerda saltanat hukmronlik berdik va ko'zlagan barcha narsasiga yo'l imkoniyat ato etdik. Fatba sadada. Bas, u yo'l oldi. G'arbga qarab yo'l oldi, dedi.
Ko'zlagan barcha narsasiga yo'l, imkoniyat ato etdik, dedi Alloh Taolo. Mana shu oyatda to'xtalib o'tishimiz kerak bo'ladi. Alloh Taolo yer yuziga sunnatlarni tushirgan. Mana shu sunnatlardan biri sabablar sunnati. Kishi biror bir natijaga erishmoqchi bo'lsa, albatta, nimadir qilish kerak. Shu natijaga olib boradigan qaysidir sabablarni albatta qilishligi kerak. Ilmli bo'lmoqchimisiz? Ilmli bo'shliqlikka olib boradigan sabablar bor. Kuchli, quvvatli bo'lmoxchimisiz? Mana shu natijaga yetkazadigan ham sabablari bor. Boy bo'lmoqchiimisiz? Buni ham mehnat yo'llari bor, sabablari bor, podshoh bo'lmoqshimi? Demak, podshohlikka olib boriladigan sabablari bor?
Inson mana shu sabablarni qilmasdan turib, biron bir maqsadga erishaman degan bo'lsa, chuchvarani xom sanabdi. Chuchvarani xam sanabdi. Olma pishib og'zimga tush deb orzu qilsanglar olma pishib tushib qolmaydi. Bu xom hayot. Inson sababini qiladi, Allohga so'raydi, Allohga tavakkal qiladi, natijaga erishadi. Odamlarda qalbini kasb qilish uchun ham birodarlar yo'l bor, sabab bor. Odamlardan olayotgandan ko'ra, odamlarga berayotganini odamlar ko'proq yaxshi ko'radi.
Axsin ila nasi tasda abit huluh bahum, fato alam al ista abad al insana al ihsan. Insonlarga ehson qil, insonlarga yaxshilik qil, odatda ko'pincha insonlarni qalbini ehson, yaxshilik asir qiladi. Tushunarli ekan? Bu shunaqa haqiqatki, hech kim inkor qila olmaydi. Birodarlar, siz bilan biz yaxshi ko'rib yeyotgan mevalar. Alloh Taolo yer yuziga mevalarni to'p to'p qilib tushirib qo'ygan emas pishirib. Shu holatga kelguncha meva pishishi kerak.
Pishishdan avval g'o'ra bo'lishi kerak. G'o'ra olishdan avval baxt chiqarish kerak, gullash kerak. Boshqarishdan avval daraxtni ko'chirish kerak, sug'orish kerak. Mana shu sabablar qilinmagunicha meva siz bilan biz dasturxonimizga kelmaydi. Non yemoqchi bo'lsak, birodarlar, yer haydaymiz. Bug'doyni ekamiz. Suv qo'yamiz. Parvarish qilamiz, o'ramiz. Bug'doyda olib borib un qilamiz, xamir qilamiz, tandirga opib, keyin non bo'ladi. Non yemoq chi bo'lgan odam mana shu sabablarni qilmasdan turib nonga ishda xohisa, non yeyishda umid qilsa, shu va muhim san'atda. Sababni qilasiz, keyin natijaga erishasiz.
Inson oldiga biror maqsadni qo'yadi. Uy solaman deydi. Yoki uylanaman deydi. Yoki falon bir shahodat, guvohnomani olib bir doktor bo'laman yoki bir injener bo'laman, tabib bo'laman deb maqsadni qo'yadi. Maqsadni quyadi da va mana shu maqsadga yetkazadigan yo'llarni, sabablarini istaydi. Shu sabablarni qilib, oxirigacha sabr qilib boradigan bo'lsa, natijasiga erishadi. Birodarlar, keyingi asrlarda musulmonlar ularni yuksaklikka, ulug'likka olib chiqadigan sabablarni qilishmay qo'ydi.
Biz musulmon bo'lganimiz o'zi yetadi. Alloh bizni yer yuzida aziz mukarram bo'lishimizga, qilishiga, shuni o'zi kifoya qiladi deyishdi da, Allohga iymon keltirishdi. Ammo yuksaklikka olib chiqadigan sabablarni qilishmay qo'ydi. Ilmni, ta'limni tashlab qo'yishdi. Shu bilan orqada qolib ketishdi. Dunyo maydonida orqada qolilib ketishdi. Yo yolg'onmi?
Eski tuski mashinalar minib yuribmiz da zo'r deb, to'g'rimi? Biz faqat iste'molchi bo'lib qoldikmi? Faqat iste'molchi bo'lib qoldik. O'zimiz hech narsa ishlab chiqarmay qo'ydik. Musulmonlar ularni mana shu dunyo maydonida birinchi o'rganib chiqadigan dunyoviy ilmlarni tashlab qo'yishgan edi. Qarabsizki, musulmonlar hozirgi kunda qo'lida hech narsa yo'q. Shu o'qiydigan paytimizda bir o'qituvchimiz aytgan edi. Shu Moskvada o'qiyotgan paytda Yaponiyalik bir student bilan gaplashib qoldim, endi o'sha Moskvada o'qishga. Maqtanib qolgan ekan. Bizni bobo kononlarimiz manaqa bo'lgan, Xorazmiy bo'lgan, Veruniy bo'lgan, Ibn Sino bo'lgan, shaxsan hammalarni maqtaganda maqtandim deydi. Indamay eshitib turdi Yaponiyalik student deydi. Sen ham u paytda manaqa eding.
Indamay eshittirildi deydi. Chunki gaplarim haqida deydi. Keyin meni o'chirib qo'ygan joyi shu bo'ldiki, xo'p, shunaqa edi. Endi hozirchi edi dedi. Bu savolga hech narsada javob bera olmadim dedi. Tushunarli a? Ana shu mushuriy bo'lgan, iymonli bo'lmagan, samoadan kitob olmagan, ahli kitob hattoki bo'lmagan yaponlar o'tib ketdi. Nima uchun?
Mana shu dunyo maydonida ularni yuksalikka olib chiqadigan sabablarda qilishdi, ilmni mahkam ushlashda. O'qib nima olarding? Ba, hunarni qil. Ba, nima olarding, ba, tolaga chiq. Ba, molni hayda. Tanish manzarami? Maktablardagi ta'limni zo'r o'qish kerak ukalar, akalar, bolalaringlar agar o'qiyotgan bo'lsa. Maktabni zo'r bitirib chiqdimi? Qobiliyat bormi? Oliygohga, jome'larga jo'natinglar, o'qisin. Injener bo'lsin, doktor bo'lsin, bir arxitektor bo'lsin. Qanaqa hunar bor? Mana shu xalqni, ummatni, musulmon ummatini ko'taradigan ilmga ega bo'lsin.
Hunar qilsa rizqing. Birodarlar, rizqinglarmi? Rizqinglarchi? Hunar qilsangiz ham, ilm o'qisangiz ham shu rizq keladi. Demak, bu ummatni yuksaltirmoqchi bo'lsak, yuksalikka olib chiqadigan sabablar bor. Shundan bittasi ilm o'qishlik. Musulmonlar o'zlariga bog'liq bo'lgan ishlarni qilganidan keyin Allohga tavakkal qilishligi kerak edi natijani. Ammo bunaqa qilishmay qo'ydi. Allohga tavakka deyishdi, sababini qilmadi va siz bilan biz hozir ko'rib turgan holatga kelib turibdi. Musulmonlar.
Zulqandayn qissa siz bilan bizga nimani ta'lim beradi? Zulqandayni yerni mashriqu mag'ribini egalladi. Yulduzi porladi. Ismi odamlar orasida yoyildi. Nima sababli? Sabablarni qoyil qildik. Ey yoshlar, ko'zimizni katta ochaylik. Nima uchun yuksaldi u? Uxlagani uchunmi? O'tirib olgani uchunmi? Yalqovlik qilgani uchunmi? Yo televizortayda yotib olgani uchunmi? Telefonga yopishib olganligi uchunmi, kompyuter o'yinlariga kallasi bilan kirib ketganligi uchunmi? Yoki internetda o'tirib qolganligi uchunmi? Nima biladi? Nima uchun yuksaldi?
Yuksaylikka olib chiqadigan sabablarni qildi. Tushunarlimi? Bu gapni men avvalam aytgan, mana hozir ham aytaman. O'g'il bolalar, agar yuraginglarda o'tinglar bo'lsa, bunday o'g'il balarda shijoatinglar o'lmagan bo'lsa, televizor ko'raverib, shunday o'qing, shunday yashab, shunday bir mehnat qilingki, otang sizni atingiz aytib turib faxrlansin. Men falonchini otasiman deb sizni atingizni aytib turib faxrlansin.
Men falonchini o'g'liman deb otangizni atam ham faxrlanmasdan. Qo'linglardan keladimi shunaqa yashash? Yo otanglarni soyasida qolib ketasizlarmi? Otangizni soyasi har qancha katta emasmi, otangizni soyasimi? Sizni otangiz uchun hurmat qilishadi. Siz soyadagi odamsiz. O'zingiz biror narsa qildingizmi? Otangiz yetkazgandan bir pog'ona ko'tarsangiz, demak sizni o'zingizni soyangiz bor. Illo soyada qolib ketdingiz.
O'zi o'ylab ko'ring. O'quv yilini shunday o'yin kulgi bilan, kompyuter bilan, bekorchilik bilan uxlab o'tkazib yuborgan talaba, yillik imtihon kelgan paytda, oliy baholarni orzu qilishi aqldanmi? Uch kuni tipirchilab qoladi. Nima qilsa oliy bahoga erishar edi? Yil davomida ana shu programmani o'rganib, takror takror o'qib, mustahkamlab borganida a'lo baho o'z o'zidan kelar edi.
Tijoratidan kattaroq daromadni umid qilgan odam nima qilishi kerak edi? Do'konda to'g'ri tanladimi joyini? Molni o'zini mavsumiga, sezoniga yetkazib olib keldimi? Narx navoda to'g'ri qo'ydimi? Bozorda o'rganib chiqa oladimi? Agar shunday qilsang, lekin natija bo'ladi tijoratidan. Xususan yoshlarga tegishli narsa shu bo'ldiki, siz bilan bizni ummatni yuksalikka olib chiqadigan sabablarni qoyim qilishimiz yelkamizda vojna.
Jon ukalar, kitob o'qimas ekansizlar, ilm darajalar ko'paymaydi. Televizordan, internetdan faqat disdan eshitgan narsalar kifoya qilmaydi. Eshitib, eslab qolgan narsa bilan o'qib eslab qolgan nasani farqi bor. Kitob o'qinglar ukalar. Kitob o'qinglar. Xatta izza balog'a mag'ri va shams, vo jadaha tog'ru bufi aynin hamiyating va vo jadaha qavma. Qulna ya'zulqarnayn imma an tu'adziba va imma an datta hiday fihim husna.
To ketayotib, kun botadigan joyga yetgach, u quyoshning bir loyiha buloqqa botayotganini ko'rdi. Va u buloq oldida bir qavmni uchratdi. Biz, ey Zulqarnayn, yo ularni azobga duchor qilaversin, yoki ularga yaxshi muomalada bo'laversin. Birodarlar Zulqarnayn solih podshoh edi. Musulmon solih podshoh. Bir qavmni ishini solih podshoh boshqarsa, har bir haq egasini haqqini ado qilsa, demak bu holat Allohni shu qavmga bergan rahmatidan ekan. Qaytarib aytamiz. Bir inson podshoh bo'lsa, solih podshoh bo'lsin, mana shu qo'l ostidagi xalqini, haqlarini ado qilayotgan bo'lsa, mana shu holat bu xalqqa bo'lgan Allohning rahmati ekan.
Solih, adolatli podshohlardan. Umariddin Xattob roziyallohu anhud, juda bir haybatli inson bo'lgan. Ko'chadan o'tib ketay esa bir top yosh bola o'rnatuvdi. Xalifani ko'rib, nihoyatda haybatli inson bu inson bo'lgandi Umariddin Xattiob roziyallohni. Tirqirab har tomonga qochib ketishdi. Bitta bola turaverdi ularga. Umariddin Xattobdi, yosh bolalar emas, katta kishilar ko'rsa ham siridan, siridan haybatlanib, chekkaga o'tib ketar edi. Xalifani e'tiborini tortdi, bu bolani jur'ati. Sekin oldiga bordi da, ey bolada, nimaga sen boshqalarga o'xshab qochib ketmading? Bu bola nima dedi?
Podshohni xalifani odil ekanligi, adolatli ekanligini biladi da. Ishonadi da marhamat, hatto bitta adolatiga, zulm qilmaslikka. Nima dedi? Ey amir, zulmingizdan qo'rqish uchun men zolim emasman. Jazoyingizdan qo'riqish uchun gunohkaro emasman. Yo'q, kel, siz ham, men ham sig'averamiz dedi. Ya'ni Qodirshohda adolatiga shu darajada ishonish komilki, men bir ayirish qilganim yo'q sizdan qo'rquqni. O'taverasiz deyapti. Kim edi bu yigit? Abdullohi Muzubayrim bir avom roziyalloh.
Alloh Taolo Zulfiqarnaynga saltanat, hukmronlik berdi. Va mana shu egallagan barcha yerlarni fath qilishlikka Alloh Taoloning o'zi yordam berdi. Chunki bu podshoh Allohni tanir edi. Va bu podshoh odamlarni haqlarini ado etishlikka xaris edi, adolatli edi, zolim emas edi. Alloh Taolo shuning uchun Zulfiqarnoynga o'zini ishlarida mutloq erkinlikni berdi. Imma an tu addiba va imma an tatta hidaviyhin husna. Yo ularni azobla, yo yaxshilik qil. Seni ixtiyoringda dedi. Adolatli podshoh bo'lgani uchun Alloh ixtiyor o'ziga berib qo'ydi.
Bu adolatli podshoh Zulqarnayn nima deb javob berdi? Va amma man amana va amila soliha, falah u jaza anil husna va sanaqul u lahum min amringdan yusroq. Novol, qola amma man dola mafasavofa nu adhibuhu, simma yuraddu ila robbihiy, fayu adhibuhu adaba nukroq. Xohlaganingni qil deb Alloh Taolo aytganida, Zulqarnayn aytdi. U aytdi: zolim bo'lgan kimsani albatta azoblagaymiz. So'ngra parvardigoriga qaytarilgach, u zot uni yana dahshatli azob bilan azoblar. Endi iymon keltirib, yaxshi amallar qilgan zotga kelsak, uning uchun go'zal oqibat, jannat mukofot bo'lur. Biz ham unga ishimizdan oson yengillatib yuribmiz.
Podshoh solih bo'lsa, adolatni qoyil qilar ekan. Endi adolatni qoyim qilishlik birodarlar hikmat ishlaridan. Ota. Bir oilani boshlig'i. Bir xonadonni xo'jayini. U o'zini xonadonida, hovlisida xohlagan ishini qiladi. Hech kim hisob kitobga chaqirmaydi. Hisobga tortmaydi. Chunki alloh taolo bu otani mana shu xonadon ichidagilarga ustidan hukmronlikni berib qo'ygan. Shuning uchun bu ota xotinni haq huquqini poymoqmasligi kerak. Farzandlarni haqlarini ado qilishligi kerak. Ayolimi, farzandimi, farqsiz. Har bittasini haq huquqi bor, shu otani ustida. Ularni qoyim qilishligi kere, chunki bu adolatdan. Yana boshlang'ich sinflarni muallimalari, go'ra, bolalar. Jahli chiqqanda, kayfiyati yomon bo'lib turgan paytda, g'azablanganida urmasligi kerak. Chunki mana shu bir soat, ikki soat seni qo'lingda o'tiribdimi shu bola chala? Senga, ey muallim yoki muallima, xo'jayinlikni berib qo'ydi Alloh Taolo. Mana shu bolalarni ustidan. Zulm qilishlikdan ehtiyot bor.
Ularni haqlarini bermaslikdan ehtiyot bor. Soatni shunday o'tkazib qo'yishlikdan ehtiyot bor. Chunki ular senga bir soat vaqtini berib o'tiribdi, dinasani o'rgatarmikin deb. O'rgat. Agar o'rgatmasang, qiyomatda haqqini yeganliging uchun javob berasan. Yoki biror korxonani xo'jayini. Xohlagani qiladi. Xohlagan ishdan olib tashlaydi, xohlagani ishga qo'yadi. Mana shu xo'jayini ham Allohda qo'rqsin.
Qatta ida balag'a matli ash shamsi vajadaha tatlu ala qomin lam najallohu min dunyiha sitro. Alloh Taolo yana Zulqarnayn haqida tushunday deydi. So'ngra u sharqqa qarab yo'l oldi. G'arbga qarab yo'l oldi, g'arbni to'laligicha egalladi. So'ngra qaytdi orqasiga. Endi kun chiqishga qarab keldi. So'ngra, u sharqqaqarab yo'l olibdi. To ketayotib, kun chiqishga yetib borgach, uning quyoshning bir qavmi ustiga chiqayotganini ko'rdikki, biz u qavm uchun quyoshdan saqlanadigan uy, libos kabi biron parda qilmagan edik. Bu qavm kim edi? Bu qavm shunaqa bir tekislikda kun kechiradigan qavm edi. Bular yashaydigan joy likopni singari tekis joy edi. Na bir tog' bor, na bir past balandlik bor, tep tekis joy edi da. Ko'p ularni ustidan deyarli ketmas edi.
Kada alika va qoti ahotuna, bi ma'lada i xobro. Xuddi ilgargidek bo'ldi. Ya'ni Zulqarnayn g'arbga borib turib, ana shu yerdagi qonuniy qilgan ishini ayni sharqdagi xalqlarga aniq qildi. Ya'ni ular bilan ham adolat bilan ish tutganida, shart egalari bilan ham adolati bilan ish qildi. As said ubaydulla, qatta eda bala obayna satdayin vajadamin duniyiman, qovman la yakadona yarfog'uni qovda. To ketayotib, ikki tog' o'rtasiga yetib kelgach, u tog'lar ortida biron gapni anglay olmaydigan qovruvchi.
Zulqarnayn va ikki tog' egalarining qissasi. Bu qavm ilm ma'rifat, taraqqiyot, madaniyatdan orqada qolgan qoloq qavm. Yana tafsillarda keltiriladi, bu qavmni tilini tushunishlik juda ham qiyin. Zulqarnayn ularni so'zlarini anglashligi uchun, ular Zulqarnaynni so'zini tushunishligi uchun bir tarjimon kerak bo'ldi. U tarjimonga yana bitta tarjimon kerak bo'ldi. Shunday qilib bir necha tarjimonlarni vositasida ularga aytmoqchi bo'lgan gaplarini Zulqarnayn aytdi.
Ular aytishdi. Toluya dalqornayli inna jo'ja va ma'jo'ja lufsi duno fil al. I zuqarnay shak shubhasiz shu tog'lar ortidagi yaajuj va ma'jo'j qabilalari yer yuzida buzg'unchilik qilgunchidir. Mana shu tomni orqasida bir qavm bor, yajuj maajuj, ularning ismi? Ular bizni yerlarimizga bostirib chiqishadi, fasod tarqatadi. O'g'illarimizni qatl qiladi, boyliklarimizni talon taroj qiladi, hosillarimizni olib ketadi.
O'zlari bilan mana shu yajuj maajjuj o'rtasida bir to'siq qilib berishligini zulqarnangdan ular talab qilishdi. Fahl najah anularga xor jan ala antaja ala bayna na va bayna hun sadda. Biz senga bir miqdor to'lov to'lasak, biz bilan ularning o'rtasiga bir sad chekib, bir to'g'on qurib berurmisan? Qat'iy, bu qavllar taraqqiyotdan, ilm fandan, madaniyatdan orqada qolgan xalq edi. O'zlari bu ishni qila olmas edi. Ilm ma'rifatsiz bo'lganligi uchun. Ular zuqarnayndan mana shu narsani talab qilishdi.
Bu ular shu xizmatni qilib bergani uchun zulhamdanga mol va'da qilishdi. Bu solih podshohdagi birinchi sifat, birodarlar, bu solih podshoh adolatni qo'yil qiladi. Yana bir sifati, odamlarning qo'llaridagi moli dunyodan behojat edi. Odil edi, iffatli edi. Nima deb javob berdi ularga talabiga? Qolama makkamni fi hirobbe xoyr. Faynuni di quvvating aj al baynaku va baynak umra bilan.
Zulqarnayn aytdi. Parvardigorim, menga ato etgan saltanat sizlar beradigan molun dunyodan yaxshiroqdir. Va sizlar menga molun dunyo bilan emas, quvvat bilan, kuch bilan yordam beringlar. Men sizlar bilan ularning o'rtasiga bir devor binoy qilayman. Pulinglar kerak emas. Mehnatinglar bilan kuchinglardan yordam beringman. Asboblar bilan, bir qandaydir shu devorni qurishlik uchun kerak bo'ladigan moddalar bilan, materiallar bilan yordam beringlar.
A tuni zubaral hadiy, qatta ida sava bayna sadofayli qoli qur, qatta ida ja'la bu nari, qoli a tuni ufri alayhi qiytiroq. Zulqarnayn mana shu devorni, devorni bino qilishlikka kirishdi. Ularga aytdi. Sizlar menga temir parchalarni keltiringlar. To temir parchalari ikki tog' bilan barobar bo'lgach, Zulqarnayn bosqonlar bilan dam uringlar dedi. Basqachon u temir tersaklarni qizdirib, o't qilgach, eritgach dedi, menga eritilgan mis ham keltiringlar. Uni temir parchalarini ustidan quyilmadi. Ikki tog' barobarida temir yig'ildi, o't yoqildi, temir qizib eridi, ustiga endi misni quydi. Mana shu qorishma birodarlar nihoyatda bir mustahkam qorishma bo'ldi. Temir mustahkam, ustida mana shu mis qoplab qo'yildi, zanglashdan, chirishlikdan uzoq bo'ldi. Demak, mustahkam, baland, yuqori devor bo'ldi.
Hammas tog'u an yadhoruhu va mastato ulahunaquda. Endi ular u to'siq ustiga chiqishga ham, uni teshib o'tishga ham qodir bo'lmadilar. Balandligidan devorni, yaju majujlab chiqib, ustidan oqlab o'ta olmadi. Teshib o'tib ketishnik esa quvvati yetmadi. Bu devor ham baland, mustahkam, silliq devor edi.
Mana endi shunday bir katta bir imoratni, shunday katta bir devorni barpo qildi. Haqiqatdan ikkita tog'ni o'rtasini to'sib tashlaydigan darajada katta devorni qilib, zuqqannayin nima dedi? Qolahada rahmat ummi robbiy. Fayda ja avaudu robbiy, ja ala hudakka avakan avaudu robbih haqqon. Odatda inson bir kattaroq, ko'zga ko'rinadigan, ancha muncha odam qo'lidan kelmaydigan bir ishni qilib turib, o'ziga o'zi baho berishni boshlaydi.
Garchi o'zingizni pulingiz bilan, o'zingizni mehnatingiz bilan qilgan chog'ingizda ham aytingki, ha da rahmatullohu akbar, robbim. Bu robbimni bergan rahmatidan bo'ldi. Men qildim demang. Men qilmasam bo'lmasin degan demang. Shuning uchun siz qilmasangiz, shu ish bo'lishi kerak ekan, boshqasi qilardi shu ishni. Siz aytingki, Allohga hamd bo'lsin, mana shu xayrli ishni qilishlikka meni tanladi. Fazl kimniki? Allohniki. Shunda inson kibrga g'ururga kelmaydi.
Zulqarnayn nima dedi? Binoni, mana shu devorni bitkazganidan keyin. Bu Parvardigorim tomonidan bo'lgan bir marhamatdir. Endi qachon Parvardigorim va'da qilgan vaqt kelganida, bu devorni o'zi yo'q qilib, tep tekis qilur. Parvardigorimning va'dasi haqdir. Zulqarnayndagi uchinchi sifat shu edi. Birinchi sifat nima edi? Adolatni qoyim qiladi. Ikkinchi sifat.
Odamlarni qo'lidagi moldan, behojat edi. Ikkinchi sfati iffatli inson edi. Uchinchisi, kamtar inson edi. Bu ulug' inson, yerni mag'rur va mashriqini egallagan podshohdagi sifatni qarang. Adolat, iffat va kamtar. Bu qissadan olinadigan xulosalar. Qarang mana, agar payg'ambarlar tarixiga murojaat qiladigan bo'lsak, ot qavmi, ot qavmi haqiqatdan Alloh tomonidan katta bir kuch quvvat olgan qavmi. Ularga hech kimni kuch quvvati yetmas edi. Biror qavm bilan urushadigan bo'lsa, vayron qilib tashlashar edi. Jismonan ham, jismonan ham baquvvat edi, iqtisod tomonidan ham beli baquvvat edib, nima deyishdi? Man ashadda minna quvvati.
Kuch quvvatda bizdan zo'rroq kim bor deyishdi. Axir ularni yo'g'idan bor qilgan Parvardigor, kuch quvvatda ulardan zo'rroq ekanligini unutib qo'yishdimi? Oqibati nima oldin? Alloh ularni g'ayriyat qilib, Alloh Taolo u meyd bu kaminatga qo'ygan sunnat. Bu qissadan qanday xulosalar olinadi? Qanday mavzular olinadi? Birinchi xulosa, sabablarni qoyim qilishlik kerak. Oldimizga borib bir maqsadni qo'ygan bo'lsak, biror narsaga yetishdik umidimiz bo'lsa, shu maqsadga siz bilan biz yetkazadigan sabablar bor. Bu sabablarni qilmay turib, hech qachon maqsad yetilmaydi.
Xalqni hidoyatiga sabab bo'lishini xohlasak, atrofimizdagi odamlarni, solih insonlar bo'lib, Allohni haqiqiy qullari bo'lishini xohlasak, birodarlar, ularni haqqa da'vat qilishimiz kerak. Da'vat qilishi uchun ilm kerak. Chunki ilmsizlikni ustiga qurilgan har qanday ish oqibati xayrli bo'lmaydi. Demak, atrofimizdagi odamlarda tuzalishini xohlasak, ilmga targ'ib qilishimiz kerak bir birimizni. Ikkinchi xulosa. Bu solih podshoh, birodarlar, aqlli kishi edi. Aqlli kishi endi. Yerni mashuraxo mag'rur bilan egallagan edi. Alloh Taolo mulk, saltanat, qudrat berganidan, mana shunday qudratga, saltanatga, boylikka ega bo'lgan kishi, ha, solih, mo'min bo'lishlikdan to'silib qolmadi. Alloh bu kishiga bergan mol u davlat, ulug'lik, tankin quvvat to'sib qo'ya olmadi. Nimadan to'sib qo'ta olmadi? Allohni mo'min quli bo'lishligidan. Insonlarni ko'ramiz, birodarlar. Ozgina mansab ketib qolsa, Allohni unutib qo'yadi. Ozgina dunyo kelib qolsa, o'tgan kuni esdan chiqarib qo'yadilar. Allohni mu'mini quli, Allohni solih quli bo'lishidan arzimagan dunyo matoq to'sib qo'yapti.
Lekin bu solih podshohni ko'rmaysizmi? Yer yuzini mana shuni qo'ng'irg'i mag'ribini egallagan podshoh, solih, mu'min, qul bo'lishidan to'silib qolmadi. Aldab qo'ya olmaydi. Uchinchi xulosa. Mana shunday bir ulkan ishni bitirib turib, erishgan natijasini ko'rib turib, o'zini kamtar tutdi. Bu meni Parvardigorimni bergan rahmat edi. Demak, birodarlar, Zulfiqannaning qissasi siz bilan bizga odil podshoh qanday ish tutishi va agar podshoh odil bo'lsa, Alloh Taoloning qanchalar uni qo'llab quvvatlashi bo'lishligiga guvoh bo'lganlar.
Surani davomini o'qiymiz. Votarok na abavahum ya'umi idiyamu jufiybah. Va nufiqofis suv fajama'ana hunjama. U kunda qiyomatda odamlarni bir birlariga aralash, qoralash qilib tashladik. Sur chalingach, ularni barchalarini to'pladik. Nihoyat nima bo'ladi? Yerni mashrixida yashagani ham, mag'rbida yashagani yam. Yajuj ma'judiya, u Yajuj ma'jud zulm qilib devorni orqasida turgan ojiz notovor xalqlar ham, avvalgilar ham, keyingilar ham birodarlar qiyomat suvni chalinganida hammasi aralash qoralash bo'lib tiriladi. Hammani boradigan joyi shu. Varodna jahanna mayavman ilin kafili ina arbob. U kunda kofirlar uchun jahannamni ko'ndalang qilib qo'ydik. Birodarlar qiomat kunida hadisi shariflarda keltiriladi. Jahannamni sudrab, farishtalar maqshargohga olib keladi. Demak, sudralib olib kelinadigan narsa ekan. Payg'ambarimiz aytadilar, jahannamni u kunda yetmish mingta halqa bo'lsa bo'ladi. Yetmish ming ta halqasi bo'ladi, yetmish ming tasi sopi bo'ladi degani. Har bitta halqasidan yetmish ming tadan farishta sudrab jahannamni olib keladi.
Va ana shu jahannamga tushadiganlar ko'radi uni. Kichkak xarashnikka yuraklari quvvati, bardoshi yetmaydi. Ko'zini qiri bilan qaraydi. Alladina kanat ayunuhun fiy g'itoyinam dikli vakano'la yastati youna sama. Bu jahannamni ko'radigan, jahannamga tushadigan odamlar kimlar edi? Ular, ularning ko'zlari dunyoda mening eslatmalarimdan to'silgan edi. Ular mening pand nasihatlarimni eshitishga ham qodir emasdilar.
Ko'p qaytaramiz bu gapimizni. Rivoyga pul olsang xor bo'lasan deb domlalar aytaveradi. Alloh bergan kuniga rozi bo'l, taqdir qilingan bo'lsa ishing yurishib ketib, qo'lingga davlat keladi, qarzidan ham quturasan, faqat Alloh aytganidek sabr qilib tur desa, unamasdan rivojga pul oladi. O'zi ko'rgan rivojga pul oganini, nima bo'lganini. Harom tijorat bilan ishlab, bola chaqasi qanaqa bo'lib ketganligini ko'rgan, odamlarga zulm qilib, qanaqa oqibat topganligini ko'gan, lekin xuddi shu zulmni davom etkazib yuboradi keyin. Ko'rmi deysiz? Yo'q. Mana bu ikkala boshidagi ikkala ko'zi ko'radi, ammo qalbini ko'zi ko'p. Qalbi ko'p. Ular mening pand nasihatlarimni eshitlikdan ojiza bo'ladi.
Muso alayhissalom Alloh Taolodan taolo'tni qabul qilib olishlik uchun ketdi. Qirq kunda qaytib keldi. Qavm bo'zakka sig'irib qo'ydi. Ulardan juda ozchiligi sig'inmasdan turdi. Shunda Alloh Taolo bularni qilgan ishiga tavba qilishlik uchun, Ba'nu Isroildan shu go'zakka sig'inmay turganlardan nechtasini olib bordi?
Yetmish tasini olib bordi. To'rt tog'iga olib borib, Parvardigoridan kechirim so'ramoqchi bo'ldi. Alloh Taolo g'azab qildi bularga. Allohni o'zini ko'raylik deyishdi. Alloh o'ldirdi bu yetmishta odamni. Qaytadan tiriltirib qo'ydi. Yana kofir bo'lib turishuvurdi. Yo Alloh, bu qanaqa odamlar deysiz? Ularni qanaqa odammligini Alloh ta'kidlayapti.
Ular Allohni eslatmalaridan to'silgan va Allohni pod nasihatlarini eshitilgan, to'sib qo'yilgan odamlar edi. Shuning uchun siz aytib qo'yasiz xolos, rivojga pul olmadi, majbur qilolmaysiz. Siz aytib qoyasiz, halol bo'ldi, u yog'i o'zini ishi. Afa anta to'nki dur manfiy nar. A jahannamga tushishni haq bo'lgan odamni siz qutqarib qololmaysiz da. Siz hamdating shunaqa bo'lib qolmaganligingizga.
Kofirlarni ko'zlari Allohnı tanishidan to'silib qolgan. Nima uchun to'silib qolgandi? Nima uchun yaraldi? Nima uchunga dunyoga keldi? Yerga kelishligidan maqsad nima edi? Bulardan g'ofur qolgan edi. Oxirat nima? Jannat nima, do'zax nima, bular haqida biror marta o'ylab ko'rmagan edim. Ular eng katta haqiqatdan, Alloh Taoloning tarhididan g'ofur.
Murodalar, har bittamizni yelkamizda mas'uliyat bor. Jamiyatni tutgan o'rnimizga qarab, yoshimizga qarab. Cho'ntagimizdek pulimizga qarab , farzandlarimizni nechtalariga qarab har bittamizda mas'uliya bor. Lekin mana shu mas'uliyatlarni ado qilishlikdan biz nima to'sib qo'yapti? Tirikchilik g'ami. Dunyo g'ami. Nafslarimizni xohishlari bilan ovora bo'lib qolishligimiz.
Afahas ibad la dina kafaru an yatta hidu ibadin duniy avliya inna atadina jahannama nil ka ofini ina nuzula. Yoki kofir bo'lgan kimsalar meni qo'yib bandalarini do'st tushishni o'ylaydilarmi? Shak shubhasiz biz jahannamni kohinlar tushadigan joy qilib qo'ygandik biz. Agar inson Allohni tanimasa, Allohda yuz o'girsa, bu ish uchun qandoq mukofot bog'iga, qo'shtirnoq ichidagi mukofot. Agar Allohni quli bo'lmasa, unga mukofot odamlarni quli bo'ladimi? Agar Allohni roziligini deb yurmasa, odamlarni roziligini deyib yuradi. Inson xohlaydimi, xohlaydimi deb xohlamaydimi, kimidir xursand qilishlikka, kimidir rozi qilishlikka kimgadir yoqishlikka harakat qiladi.
Yana qaytarib o'taman. Allohni roziligini birinchi o'ringa qo'ymasa, Allohni hukmini xizmatida turmasa, albatta bandalarda, hukmida, bandalarni roziligi uchun xizmat qilib yuradi. To'g'rimi? Lekin rozi bo'ladimi bandalar? Qul hali nuna bi ukun, bi axt salina a'na. Ey Muhammad, ayting. Sizlarga qilgan ish amallaridan eng ko'p ziyon ko'rguvchi kimsalarning xabarini bering mana. Qilgan ishlarini oqibatida eng katta zararga kirgan odam kim? Bilasizlarmi? Eng katta ziyon nima? Bir odamda hamma puli yo'q bo'lib ketdi. Yoki hamma mol mulkni tortib olishdi. Mana shu odam eng katta ziyoni ko'rgan odam deyiladimi? Nimaga? Nimaga?
Chunki birodarlar ko'zi turibdimi joyida? Tani sog' turibdimi? Tirik turibdimi? Pul nima edi? Kelar edi? Ketarmidi? Hamma pulidan mahrum bo'lgan odamni ham eng katta ziyon ko'rgan odam deyilmaydi. Yo'q, uni ertaga chiqib ishlasa, yana beraveradi. Eng katta ziyoni ko'rgan odim kim? Dunyoda o'lib, tilib, tirilib, yeb, yemay, uxlab, uxlamay mehnat qilgan. Dunyodan chiqib ketayotganda shu mehnatlari unga zarracha foydasi bo'lmagan.
Ishlagan, yetmish yil ishlagan. Ammo Allohni esdan chiqarib qo'yganligi uchun, Allohni unutib qo'ygunligi uchun bu qilgan hamma ishlari unga asqatmagan. Allatina dolla san yuhum fil hayati dunyo vahum yaxsaluna annahum yuhsinuna sunan. Bu odamlar qanday odamlar? Haqiqiy ziyon ko'rgan odamlar kimlar?
Ular kofir bo'lganlari sababli qilgan sayyo harakatlari hayoti dunyoda yoqdi. Yo'q bo'lib ketgan u, ammo nodonliklari sababli o'zlarini chiroyli, yaxshi amal qilayotgan kishilarni hisoblaydigan kimsalardir. Har kim hayotida o'zi tanlagan yo'lni eng to'g'ri yo'lni biladi.
Yana qaytaraman. Har kim o'zi hayotda tutgan tutmishini to'g'rida biladi. Bir kishi bor, biladi. Bilim bor. O'zini bilishini ham biladi. Bu odam olim, bu odamni ergashish kerak. Yana bitta odam bor, u bilimsiz, nodon. O'zini bilimsizligini biladi. Bu odam johil, bunga ta'lim berishlik kerak. Yana bir odam bor. U bilmaydi hech narsani. Hech narsani bilmasligini ham bilmaydi, lekin o'zini haqman deydi. Bu odam shayton bo'ladi. Bundan uzoq bo'lishlik kerak. Uchinchi toifadagi odamlar.
O'zi bilmaydi hech nimani. Hech narsani bilmasligini ham bilmaydi. Lekin o'zini bilaman deb o'ylaydi. Mana shu odam shayton bo'ladi, bunday odamdan uzoq bo'lishlik kerak. Mana shunday odamlar, garchi o'zi zalolatga botgan bo'lsa ham o'zini hidoyatdaman deb biladi. Tutgan yo'li aniq zarar ekanligini, aniq bo'lib tursa ham, tutgan yo'li zarariga aniq bo'lsa ham, o'zini foydadaman deb o'ylaydilar. Zulm qilib birovni pulini tortib oladi da, katta foyda qildim deydi. Foydami bu? Bitta odam qarg'ab qo'ygani yetar edi. Bitta mazmunni senga qilib qo'ygan duosi yetar edi, seni ziyoniga qilgan duosi.
Bunaqa odamlar, o'zi zalolatda turgan bo'lsa ham o'zini to'g'riman deb o'ylaydi. Zarar ko'rib turgani aniq bo'lsa ham, o'zini foyda ko'ryapman deb o'ylayadi. Yana bunaqa odamlar mabodo, Alloh uni rizqini keng qilib qo'ygan bo'lsa, o'zini taqdiri bilan, o'zini dunyosini qo'lida kattaligini ko'rib turib, meni tutgan yo'lim to'g'rida, o'shaning uchun men shunday bir xorong'u yashayapman. Agar tutgan yo'lim noto'g'ri bo'lganida, bu holatga tushmas edim, deb o'ylaydi. Shuning uchun bunaaca odam faxrga beriladi, kibrga beriladi, haloldan topdimi, haromdan topdimi, zulmdan topdimi? Bunga nimasi yo'q. Ahamiyat yo'q. Muhimi, full bo'lsa, bo'ldi.
Hammanglarni eshitgansizlar. O'g'lim o'qiydi, desangiz, qanaqa, qaysi nima deydi? Eskicha o'qiydimi? Eskicha diniy, iymoniy, islomiy o'qishni eskicha deyiladi, bilasizmi, eshitgansizmi? Qanaqa to'y qilibdi? Eskicha to'y qibdi. Eskicha deb qo'yadi. Shu eskicha degan so'zni hal qilamiz, inshaalloh shu eskicha debgan so'zni shu ma'ruzamizni eshitgandan keyin odamlar nihoyatni yiqilsin, otni yiqilsa. Xo'p. Qarang, mana eskicha degan tushuncha bor. Hammamiz mana shu so'zga duch kelganmiz. Siz eskicha o'qiysizmi? Yo eskicha to'yt qildinglarmi? Iymoniy, islomiy, diniy ilm tushunchalar eskichalik.
O'zi eskicha degan so'z bizga kimdan qoldi meros bo'lib? Sovet hukumatidan. Sovet hukumati davrida diniy bilim o'qiganlarda dindorlarni eskicha deb qo'yadi u. Eskicha deb qoyadi u. Qani o'zi u tuzum hozir? O'zi eskicha bo'lib qoldi o'sha tuzum. O'zi eskichi bo'lib qoldimi? Eskicha bo'ib qoldi. Mana shu tushunchalarni o'zi hozir eskichalik bo'lib qoldik. Qarang, bunaqa odamlar dinni, islomiy iymoniy tushunchalarni eskicha deyar ekanlar, o'zi eskicha bo'lib qoldi. Faqat buni tushunmayapti. Yuqorida aytdik ku. O'zi orqada qolib ketdi, peshqadamman deyapti. Zalolatda, lekin hidoyatdaman deb o'ylaydi. Qarang. Shunaqa eskicha deydigan odamga aytamizki, otang, onangga uylan.
Begona urug', begona qishlog'i. Nimaga o'zini singlisi, opasi uylanib qo'yavermadim? Mumkin emas deydi. Nimaga mumkin emas? Chunki eskicha da, mumkin emas. Sen hali dunyoga kelmay turib ota onang, nimaga amal qilibdi? Eskicha da. Xo'p. Ikkinchidan. Bir, bir biriga halol bo'lgan erkak ayol, qachon bir biriga halol bo'ladi? Nikohdan keyin. Yana kim qiladi bu nikohni? Eskicha, domla. Ya'ni eskichilikmi? Eskichilik. Tug'ilding. Qulog'inga ozon bilan takbir aytilib, ot qo'yildi. Kim qildi bu ishni? Eskicha domla. Balog'atga yetding, uylanishing kerak, to'y qilding. To'yda hamma narsa bor.
Eng muhim narsa nima? Dasturxonmi? Restoranmi? Limuzinmi? Shularni hammasini qildik. Lekin eskicha, eskicha nikoh o'qiydigan, eskicha biladigan domla bo'lmasa, bu to'ying to'ymi? Yana kim kerak? Eskicha domla kerak. Qariding, kasal bo'lding, bir oy yotding, bir yil yotding, u yoq bu yoq bo'lolmayapsan.
Nima qilib yuborish kerak? Chilyosinga yuborish keraks. Yana kim kerak. Seni kim xizmatingni qilyapti shu yerda? Rizqing tugadi, omonatni topshirding, o'lding. Tiriklarni ustida qanaqa haqqing bor? Yuvish, kapandlash, janoza o'qib, ko'nish. Yana kim kerak? Yana eskicha domla kerak. Demak, eskichami deyishlik o'zi eskicha bo'lib qoldi bu so'z. Demak, oshna sen tug'ilganingda ham, tug'ilmasingdan avval ham, balog'atga aytganingda ham, sog' bo'lganda ham, kasal bo'lganda o'lganingda ham kim kerak? Eskicha bo'ladigan domla kerak. Endi eskicha degan so'zni aytmay qo'yar shu odamlar. Nima demadinglar?
Sen aytayotgan yangicha hayot, bu dinsiz, e'tiqodsiz, iymonsiz, g'arbga taqlid qiladigan hayot o'zi eskicha bo'lib qolgan. Faqat buni tushunmayapsan sen. Odamlar iymonga, islomga, e'tiqodga qaytishligi ani yangilik bo'lib turibdi birodarlar. Bu yetmish yil turgan tuzil yangilik bo'lib paydo bo'luvdi, endi eski yil yo'li yo'q bo'lib ketdi. Demak, eskicha degan so'zni gapirayotgan odam, bilingki, dindan, diyonatdan, imondan uzoq odam. Eskichami bu?
Alladina dodla san ayuhun fil hayati dunya va hun yaxsa buna, anna hun yuhsi nima suna'a. Ular qilgan sa'ya harakatlari hayotda dunyodoyoq yo'q bo'linib ketgan u. Ammo nodonliklari sababli o'zlarini chiroyli, yaxshi amal qilayotgan kishilar deb hisoblaydigan kimsalardir. Hamma o'zini qilgan ishini to'g'ri deydi. Hamma o'zi tutgan yo'lini haq deydi. Ammo kimni ishi to'g'ri? Kimni yo'li haq? O'lchov nima? Din. Oyat. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning hadislari.
Ular parvardigorlarining oyatlarini va u zotga ro'baro' bo'lishini inkor qilishib, butun ish amallari behuda ketgan kimsalardir. Bas, biz qiyomat kunida ular qilib o'tgan amallar uchun hech qanday qadr qiymat bermasmiz. Bunaqa odamlar jannatdan, do'zaxdan bexabar. Allohdan noumid. O'lgandan keyin qayta tirilish haqida fikr qilishmaydi. Bularga alloh taolo umuman parvo qiladi. Fala nuqiy mulohum yalmali qiyamatli vazna. Ularga Alloh Taolo zarracha vazn qo'ymaydi, zarracha e'tibor qilmaydi.
Faqat dunyo g'ami bilan yashayotgan odam, maqsadi Allohda rozilik emas. Shu dunyoda yashab qolsam bo'ldi deyotgan odam, savobli ish qilsa ham, g'ami Allohni roziligi bo'lmagani uchun, bu savobli ishini unga foydasi yo'q. Masalan, kasalxona qurdi. Bolnitsa qurdi. Albatta, zohirida odamlarga qoidali bo'lgan, odamlarga kerakli bo'lgan savobli ish. Ammo buni maqsadi nima edi bu bolnitsani qurishlikda? Pul topish edi.
Agarchi Allohni roziligini deb turib qilganida pul ham bo'lar edi, Allohni roziligi ham bo'lar eda. Ammo pul birinchi o'rinda bo'lib qoldi bu odam uchun. Shuning uchun bu odamni qilgan ishi, garchi zohir savobli bo'lib ko'risa ham, niyati Allohdan rozilik emas, faqat pul bo'lgani uchun bu odomga ajr bo'lmaydi. Shuning uchun innomal amal u binniyat, amallab niyatga bog'liq bo'ladi. Zalika jazavhum jahanna mubima kafaruh, vattahodu ayati va rusuliy huzuva. Kofir bo'lganlari hamda mening oyatlarimni va payg'ambarlarimni masxara qilganlari sababli ularning jazolari o'sha jahannamdir. Bunaqa odamlar dinni masxara qilib yurishadi. Qur'oni oyatlari o'qilsa parvo qilmaydi. Bunaaca odammlarning yuboradigan joyi jahannam bo'ladi.
Innalladina amal u amiruz solihati ka'natilahum jannatul firdavsiy nuzula, xolidina fihala yabg'un anha. Hikmatim. Endi oxiratdan umidi bo'lmaganlarni ahvoli nima ekanligini ko'rdik. Endi Alloh Taolo iymon keltirganlarni oqibati haqida aytadilar. Albatta iymon keltirkan va yaxshi amallar qilgan zotlar uchun firdavs bog'lari manzil bo'lgan. Ular u joylarda mangu qolar ekanlar, boshqa biror joyga ko'chishni istamaslar. Allohni tanigan odamni boradigan joyi Firdavs jannati bo'ladi. Yer yuzida yashayotgan joyingiz har qancha chiroyli bo'lmasin, vaqt o'tishi bilan u yerdan ketishlik kerak bo'ladi. Dengizni bo'yimi, daryo deb bo'yimi, tog'ni ustimi, o'rmonmi, bog'mi? Zerikadi odam. Holatga qarab turib, vaqt o'chishi bilan inson joyni o'zgartirishini xohlaydi. Ammo jannatga kirganda xohlamas ekan.
Radalar. Jannatda bitta qamchi egallaydigan joy, qamchilik shunday o'tsangiz qancha chizadi? Mana shu qamchini uchi tekkan joy yer yuzi va undagi hamma narsadan ko'ra afzalroq degan Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam. Kimlarga bu? Allohga va oxiratga iymon keltirgan g'ami Allohni roziligiga bo'lgan ishlarga.
Qullavka alal bahr umidani kalimat robbi la nafidali bahrul qobilani taniqa da kalimat robbi valavji inabi mifli madad. Agar barcha dengiz Parvardigorimning so'zlari uchun siyoh bo'lsa, yana shuncha siyoh keltirsak ham, Parvardigorimning suzlari bitishidan ilgari u dengizlar tugaydi. Bitta sharikiy ruchka.
Nechta so'z yozish kerak? Yashang. Ellik mingta. Bir kilometr chiziq chizsa bo'lar ekan. Bitta sharik yurishgani siyohi bilan. Endi, bir litr siyoh bilan qancha yozish mumkin? Bir paqir siyoh bilan, qancha sahifani to'ldirish mumkin?
Bir ko'lchalik keladigan siyoh bilan qancha yozish mumkin? Yer yuzidagi hamma dengizlar siyoh bo'lganida qancha sahifani yozib to'ldirish mumkin? Alloh Taolo aytyapti, yer yuzidagi dengizlarda hammasi siyoh bo'lsin. Yana shuncha siyoh olib kelinsa, Parvardigoringning kalimasini yozishlikka kifoya qilmaydi. Parvardigoringning karimasi tugashidan avval mana shu siyohlar tugab qoladi. Yana aytilinadi. Yer yuzidagi hamma suv siyoh bo'lib, yer yuzidagi daraxtlarni hammasi qalam bo'lganida, Parvardigoringni kalimasini yozib yetishni tugatishlikka kifoya qilmaydi. Bu o'rinda birodarlar ayrim ulamolar aytadi, Allohning kalimasidan maqsad Qur'on deyishadi. Qur'onni sharhini yozib tugataman desa, siyohlar yetmaydi, agar dengizcha bo'lsa ham. Yana bir so'zda, Kalimatullohdan maqsad Allohning ilmi deyiladi. Allohni ilmi haqida yozib, yer yuzidagi dengizlarni siyoh qilsak ham, Allohni kalimasini, Allohni ilmini yozib tugashlikka kifoya qilmaydi. Darsimizning nihoyasi qul innama ana bashara miflukum yuha ilayya annama ila hukm ila hukm va hid. Ey Muhammad, sollallohu alayhi vasallam.
Ularga ayting. Hech shak shubha yo'qki, men ham sizlar kabi bir odamdirman. Menga Parvardigoringiz yolg'iz Allohning o'zi ekani vahiy qilinmoqda. Muhammad alayhissalom ham odam farzandi. Faqat u zotni Alloh Taolo tanlab oldi. Allohning Habibi bo'lish uchun tanlab oldi.
Hozir o'qiydigan oyatimiz, oxirgi oyat. Qur'on Karimdagi eng asosiy maqsadini siz bilan bizga bayon qiladi. Qaytarib aytaman. Hozir biz o'qiydigan oyib qur'on oyatlarini eng asosiy ma qsadini siz bilgan bizga ifodalab beradi. Va man kan agar juliqo robbihi faliy amal amalan soliha, vala yushlik bi ibodati robbihi ahada.
Bas. Kim Parvardigoriga ro'baro' bo'lishdan umidvor bo'lsa, u holda yaxshi amal qilsin va Parvardigoriga bandalik qilishda biron kimsani unga sherik qilmasin. Mana shu oyatda Qur'oni Karimning eng asosiy maqsadi bayon qilindi. Allohni yakkaligini bilish va xolis unga dinni qoyim qilish. Din nima edi, birodarlar? Buyruq va qaytaruv. Buyruqni qilyapsizmi? Allohni tanidingiz. Buyruqni qilyapmiz. Qaytaridan qaytyapsiz. Mana shu, birodarlar, dinning asosiy maqsadi. Agar banda La ilaha illallohni bilsa, demak, eng asosiy narsani o'ylabdi. Agar La ilaha illallohni, tavhidni bilmasa, bu odam har qancha o'qigan bo'lsa, hech narsani bilmabdi. Chunki aytdi, go'rga kirganingda senga foyda qoladigan ilm haqiqiy ilm. Go'rga kelganingda yerning betida qolib ketayotgan ilm bu haqiqiy ilm, bilim emas.
Xo'p, biz La ilaha illalloh ekanligini bildik. Bizga qachon foyda qiladi bu ilm? Bilishni o'zi kifoya qiladimi? Endi nima qilishlik kerak? Amal qilishlik keraks. Amal qilishlik kerak. Agar biz talhidni La ilaha illallohni bilgan bo'lsak u, ammo amal qilmaydigan bo'lsak, bu ilmni bizga foydasi bo'lmaydi.
Ulamolar aytishadi, ilmning oxiri talhid. La ilaha illalloh deyish. Amalning oxiri esa, ehson. Ehson nima edi? Alloh ko'rib turgandek amal qilish. Ehson nima? Diqqat qilinglar. Seni Allohga bog'laydigan ilm ustiga qurilgan amal.
Ehson, seni Allohga bog'llaydigan ilm ustuga qurilgan amal, mana shu saodatning cho'qqisi. Dindagi eng asosiy narsa shu. Faman kana yarju liqo robbihi falyamal amalan soliha, vala yushlik biya ibodati robbihi yahadah. Va kim Parvardigoriga ro'baro' bo'lishidan umidvor bo'lsa, u holda yaxshi amal qilsin. Va Parvardigoriga bandalik qilishda biron kimsani unga sherik qilmasin. Mana shu oyat Taqdirasining oxirgi oyati edi. Alloh Subhanah va Taolo eshitgan, o'qib o'rgangan ilmga amal qilish imkoniyati ta'riflab bergan bo'lsa, a'qul.