# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 302 of 510
- Section: —
- Duration: 2 h 47 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/302
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/5jJH2bxRvMA.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=5jJH2bxRvMA
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/301.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/303.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:18] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulilloh robbilar alamin. Vassolatu vassalamu ala saidina muhammad as sodiqil va adilamin. Allohumma la ilmalana illa ma'lam tana innaka antal alimul hakim. Allohumma al imna ma yonfa una va mfa natin ma'lam tana va sidna ilma. Allohumma rinal haqqa haqqon orzuqnatdin va va rinal ba'tilab ba'tilan orzuqunishdin va o'ja anna minmay yestamiun al qovla fayetta biuneh husana, vodihillabi rahmatika fiyai badika solihai. Ammabayn, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

[0:58] Bu fitna, ya'ni xolqul qur'on deganda tushunib olaylik, Qur'on maxluq. Allohni kalomi emas. Qur'on maxlub. Osmon, yerga o'xshagan, toshga o'xshigan, g'ishtga o'xshakan, maxluq, Allohni kalomi mas degan. E'tiqodni, tushunchani mo'tazila, firqasi ko'targan va mana shu fitna musulmonlarni ustida qattiq turgan. Birodarlar, Ummati Muhammad sollallohu alayhi vasallamni ustiga Rasulullohni vafotidan keyin ikkita qattiq sinov imtihon kelgan. Shundan bittasi, Rasululloh vafot etgandan keyin, Islomni qabul qilgan arab qabilalari dindan qaytib yubordi. Redda boshlandi. Bu fitnada Abu Bakr sirdix roziyallohu anhu sobiq turdi, haq mavqefni ushladi, bu fitna nihoyasiga yetdi. Ummatda yo'q bo'lib ketishiga sabab bo'ladigan fitna edi. Ana shu fitnani ikkinchisi Ahmadimni Ambal davridagi Xolqul Qur'on fitnasi. Bu fitna Abbosiy xalifalardan uchtasini davrida davom etdi. Imom Ahmad rahmatullo alayhning hayotini o'qib o'rganar ekanmiz, bu Xolqul Qur'on fitnasini o'qimay o'rganmay ilojimiz yo'q. Bu fitna butun ummatni mashg'ul qildi. Bu fitna o'n yetti yil davom etdi. Imom Ahmad rahmatulo alayhning hayatidan o'n yetti ilini egalladi.

[2:18] Bu fitna bir davrda og'irroq bo'ldi, bir davrda yengilroq bo'ldik. Mana shu fitnada ko'zga ko'ringan, asosiy ko'zga ko'targan odam ikkita bo'ldi. Bittasi shu fitnani o'tini alangasini ko'targan Xalifa Ma'mun bo'ldi. O'sha Xalifa Ma'mun boshladi bu fitnani. Ikkinchisi, mana shu fitnani otini o'chirishlikka harakat qilgan. Mana shu yonidagi mehnat mashaqqatlarga, aziyatlarga sabr qilgan Imom Ahmad rahmatullohu alayhi va alayhi. Bu fitna Abbosiy xalifalardan uchtasini davrida bo'lgan dedik. Ular Ma'mun, Nu utasim, Al Vosiq. Ulardan keyin kelgan Xalifa to'rtinchi, Mutavakkil, uni davrida ham fitna bo'ldi, lekin Mutavakkil bu fitnaga chek qo'ydi.

[3:10] Xolqul Qur'on fitnasi Xalifa Ma'mun hali Xalifa bo'lmasdan avvalroq boshlagan edi. Bu ommaviylarning xalifalarini oxirgilarini davrida bu fitna yuzaga chiqqan edi. Xalifa Ma'mun o'zi saqofatli inson edi. Ilmli, ma'rifatli odam edi. Ummatni ilmiy hayotini yangilanishligiga, quvvatlanishligiga juda katta hissa qo'shgan edi. Mamlakatda ilmiy hayotni tiriltirgan, olimlarni ilmga shijoatlantirgan, atrof oqvoqlardan kitoblarni jamlagan, boshqa ummatlarni kitoblarini tarjima qildirgan, Yunon va Fors madaniyatlarini, meroslarni o'rgangan, Horun Arashiy davrida boshlangan ilmiy yuksalishni rivojlantirishga hissa qo'shgan kishi edi. Ilmli odam edi bu ham.

[4:01] Ma'munning, xalifa ma'munning davriga kelib, ahli sunnaval jamoa e'tiqodiga, e'tiqodi xilof bo'lgan firqalarda ishi yuksala boshladi. Ular mantiqda, falsafada, bahsda mohir bo'lganinglar uchun Ma'mun, Xalifa Ma'mun ularni fikrlaridan ta'sirlandi. Ularni yoqtirib qoldi. Ana shu adashgan toifalardan Mutazilalar bu o'sha Islom ummatida avvalida bo'lgan fitnalar sababchilari bo'lgan aqidasi adashgan firqalar.

[4:34] Ular Xalifa Ma'munning atrofida jamlanishdi. Diqqat e'tiborini qattiq qilishdi Xalifaga. Ma'mun ularni fikrlaridan qanoatlandi. Ishlarga faqatgina ularni nazari bilan, ularni o'lchov bilan qaraydigan bo'ldi. Mo'tazilalar. Kimlar bular? Mo'tazilalar ahli sunnaval jamoa aqidasiga xiloh aqida bilan chiqqan kishilar. Mana ularda aqidada adashiliklari nimalardan iborat edi? Mana ayrimlarini aytamiz. Ular aytardi, inson mutloq ixtiyorli.

[5:07] U o'zini fe'lini o'zi yaratadi. Uni fe'lini Alloh yaratmaydi, deyishar edi. Kabira egasi mo'min ham emas, kofir ham emas, deyishar dedi. Ya'ni kabira egasi degani, gunoh kabira qilib qo'ygan odam musulmon ham emas, kufir ham emas, shu iymon bilan kufrni o'rtasida turadi, deb e'tiqod qilishar edi. Ular yana aytishardi, Alloh bandalarning amallarini yaratmaydi. Yana aytisharda, musulmon odam gunoh kabi ra qilib, arag' ichib, odam o'ldirib, zino qilib, tavba qilmay o'lib ketsa, Alloh uni kechirmaydi, deyishardi. Ularning buzuq aqidasiga ayrim mana misollar.

[5:48] Demak, bu mutazalalarni ummatdan farqlanadigan aqidalari, fikrlari bor edi. Ularni ishi unchalik ahamiyatli emas edi. Ammo xalifa Ma'munni ular o'zi tomonga og'dirib olganidan keyin, xalifa Ma'min, ularni fikrlari bilan qanoatlanib olganidan keyen, mamlakatdagi katta katta mansablarni mo'tazilalarga berib qo'ydi. Davlat ishlarini boshqarishning mo'tazila firqasini kishilariga o'tganidan keyin, ish chappasiga aylanib ketdi. Ishni avvalida mushkul unchalik katta emas edi. Ammo boyagi aytayotganimizdek, mansab ishlariga juda ko'pchilikka kelganidan keyin, ummatga o'zlarini buzuq aqidasini kuch bilan o'tkazishlik kerakligi haqida xalifaga maslahat berishni boshlashdi.

[6:37] Avvalgi xalifalar bahs munozaraga yo'l ochib qo'yardi. Ya'ni mana shunday bir buzuq aqida ekanlari o'zlarining fikrlari bilan chiqsa, ulamolar ularni ro'parasiga o'tirib, bahs qilib, hujjat dalil keltirib, ularni to'xtatib, yo'q qilib qo'yar edi. Shu bilan ish tamom bo'ladi. Ammo boyagi aqidasi buzuqlab, kuch ishlatishga kirishib ketsa, ilmiy bahsga xulosa olmasdan, shunda xalifa ularni kuchi bilan to'xtatar edi.

[7:06] Ma'munning, xalifa Ma'munning davrida bunday bo'lmadi. Ummatni aqidasiga, tushunchalariga, teskari bo'lgan tushunchalarni bir toifa odamlar musulmonlarga o'tkazmoqchi bo'ldi. Bundan ham kattaroq a, xalifa o'zi qanoatlarni olgan bu fikrga. Ana shu mo'tazala aqidasini qabul qilmaganki odamni, bu xalifa davlatni dushmani, davlat uchun xatar deb aytdi. Yo'q joydan fitna boshlandi. Ju'r ibn durxum. Xolqulquron fitnasida tanilgan kishilarning birinchisi. Bu ommaviylarning oxirgi xalifalaridan bo'lgan Muhammad Umid Umarvonni yonida turar edi va mana shu Muhammad Umid Muhammad Umid Marvonni o'g'liga muallim edi.

[7:49] Bu kishi falsafada, nutqda, bahsda mohir bo'lganligi uchun xalifa Muhammad Umid Mahmud Umid Marvonning o'ziga og'dirib olgan edi. Uni buzuq e'tiqodiga ko'ra, uni e'tiqodigacha ko'ra, Alloh Ibrohimni o'ziga do'st qilib tanlab olmagan der edi. Alloh musoga gapirmagan der edi. Ibrohimni oliysi Xolidin Abdulloh bu kishini jodunni Durhumni aqidasida, o'zini buzuq aqidasida qaysalik qilib turib olgandan keyin qatl qildi. Undan keyin mana shu fikrni jahlimni safon ko'tarib chiqdi. Jahlimni safom at Termiziy. Boni rosti mavlonlaridan asli Termizli bo'lgan, Kofoda tug'ilgan, Jodunni Durqumdan ta'sirlangan edi. Bu jahlimni safvon bilan imom a'zam aboxonifa rahmatulloh alayhi o'tirib bahs qilgan edi, uni xatolarini tushuntirishlikka uringan edi. Bu jahlimni Safvonni e'tiqodi bo'yicha Alloh gapirmaydi, shunaqa der edi. U ham fitna sohibi edi.

[8:55] U ham o'zini e'tiqodini odamlarga kuch bilan o'tkazaman degandan keyin, Judumni Durhumni qatilidan o'n yil o'tib, bu ham qatl qilindi. Abbosinglarning xalifalaridan bo'lgan Horun Arvashi davrida mana shu mo'tazilalarning aqidasini ko'tarib chiqqan kishi Bishlil Ma'risiy, Bishl ibn G'oyas al Ma'risiy edi. Bu Bishlil Ma'siriy otasi yahudiy edi. Otasi Islomni qabul qilgan edi. Zaydumnul Xattobning mavlonlardan edi. Bu Bishr el Ma'risiy ishini avvalida hadisni, fiqhni o'rgandi, ilm bilan boshladi ishini. Fiqhni Abu Yusuf rahmatulloh alixdan o'rgandi. Keyinchalik mo'tazilalarga aralashdi va ularni fikrlaridan qanoatlanib, mo'tazillardan bo'lib ketdi.

[9:48] Ular aytishardi, mana ana shu mo'tazilalarni buzur aqidasini mana bitta misoli. Ular aytishardi, biz Allohni poklamoqchimiz, ulug'lamoqchimiz. Agar biz Alloh gapiradi, odamlar ham gapiradi desak, Allohni odamlarga o'xshatib qo'ygan bo'lamiz. Vaholanki, lay saka mif lihi ishayun va hos samyul basir degan Alloh. Alloh Taolo biror narsaga o'xshamaydi degan. Agar Alloh gapiradi, odamlar gapiradi desak, Allohni odamlarga o'xshatib qo'ygan bo'lamiz deyishardi. Endi bu mutlaqo noto'g'ri fikr edi. Endi Alloh Taolo gapiradi, biz ham gapiramiz.

[10:27] Allohni gapirishi o'ziga xos. Bizni gapirishimiz o'zimizga xos. Biz, Imom A'zam aytgandek, biz vositalar yordamida gapiramiz. Ammo Alloh Taolo bevosita gapiradi. Alloh gapiradi, biz ham gapiramiz. Allohni gapirishi o'ziga xos, uni bilmaymiz biz. Alloh eshitadi. Biz ham eshitamiz. Endi bularni e'tiqodi bo'yicha, agar bandalarga o'xshamasligi kerak bo'lsa, biz eshitsak, Alloh eshitmasligi kerak. Biz gapirsak, Alloh gapirmasligi kerak. Bu aqlga to'g'ri kelmaydigan, umuman sog'lom fitratga to'g'ri kelmaydigan narsa. Masalan, biz bilamiz.

[11:04] Agar Alloh o'xshamaydi degan, ularni e'tiqodini o'lchasak, Alloh hech narsani bilmaydi deyishimizga to'g'ri keladi. Lekin ko'ringlar, shu fikrlarni ham hujjatlab, dalillab, falsafaga, mantiqqa kirib turib, bir toifa odamlarda bular boshini aylantirib qo'yishgan. Hatto xalifani boshini aylantirib qo'yg'ishdi. Demak, ularning u fikrlari ayni adashlikni o'zi edi. Bu masala ayrim ilmsiz kishilar uchun mushkulani paydo qilishi turgan gap edi.

[11:35] Ollohni kalom masalasini tanlashda. Nima uchun? Aytishdiki, yo'q, kalom boshqa sifatlardan o'zigacha xos sifat. Boshqa sbatlardan farqi bor. Kalom deyishdi, yangilanib turadi deyishdi. Kalom yangilanib turadi. Agar Alloh Taoloni gapiradi desak, demak Alloh Taoloni gapi ham yangilanar ekan, Alloh yangilanadigan bo'lib qoladi. Alloh esa yangilanmaydi, shuning uchun Alloh gapirmaydi deyishar edi.

[12:04] Shuning uchun agar Allohni gapiradi desak. Demak Allohni yangilanib turadi deyishimizga to'g'ri keladi. Alloh esa angilanmaydi. Demak gapirmaydi, demak Qur'on Allohning kalomi emas. Demak Qur'oni nima deyishdi? Maxluq deyishdi. Shunday qilib Qur'on oyatlarini ular buzib, tafsir qilib. Qur'onni boshqa maxluqlar qatori maxluq degan fikrni olg'a surishdi. Ular ochiq oyat, hadis, naslarni tarqalib, o'zlarini aqllariga tayanishdi. Natijada haqdan adashishdi. Bishrel marisi, notazilalar mana shu fitnani ko'tarib chiqishdi. Qur'on maxluq deyishdi.

[12:45] Bishreel marisi mana shu fikrini Qur'on maxluq degan fikrini Xalifa Horun ar-Rashid davrida boshlagan edi. Horun ar-Rashid bunday bir zalolatni o'zini mamlakatida bo'lishingni xohlamas edi. Aytgan edi, menga Bishreel ma'ruziyni Qur'on maxluqi degan gap yetib keldi. Agar men uni tutib olsam, albatta qatl qilaman degan edi.

[13:10] Keyin Bishreel Ma'sruzi yashirinib yurdi. Horun ar-Rashid vafot etganidan keyin yana o'zini buzuq e'tiqodini tarqatishlikni boshladi. Horun ar-Rashid vafar etdi, uni o'g'li Amin xalifa bo'ldi. Undan keyin Horunning keyingi o'g'li Ma'mun xalifa bo'ladi. Horunning o'g'li amin, u arab ayoli dan edi. Atrofida ulamolar, fozil kishilar ko'p edi, bu fitnadan unisi ehtiyot qilib, himoya qilib olishdi. Ammo Ma'mun xalifa bo'lgandan keyin, bu arab bo'lmagan ayolidan o'g'li edi. U atrofiga falsafachilar, boyagi aytayotgandek, mantiqqa berilgan, falsafaga berilgan kishilarni jamladi, natijada mo'tazillarni fikridan ta'sirlanib qoldi.

[13:58] Ma'munga mo'tazilalar odamlarga bu e'tiqodni kuch bilan o'tkazishlikni taklif qilishdi. Ammo xalifa Ma'mun ko'nmadi. Chunki u davrda Yazidovni Horunni haybatidan bu cho'chir edi. Aytardiki, agar men odamlarga bu etiqodni majburan o'tkazaman desam, Yazidovni Horuni va unga o'xshaganlar qarshi chiqsa, odamlar meni emas, ularni gapini oladi, fitna bo'ladi deb unamagan edi. Yazidimni Horun rahmatulloh ali vafot etganidan keyin, bir qancha vaqt o'tdi, shu fitnani Xalifa Ma'mun ko'tarib chiqdi.

[14:36] Xalifa ulamolarga mu'tazilalar bilan bahs qilishiga ruxsat berdi Ma'mun. Lekin aytdiki, bahs qilinglar mu'tazilalarbilan, ammo baribir bahsni oxirida hamma bularni aqidasini qabul qilishlik kerak dedi. Unda bahs qilishni nima keragi bor? Xalifa tomonidan fikriy terror boshlandi. Majbur qilishlikka. Qarang, mo'tazillar o'zlari ilmligida, bahs qilishlikka, munoza qilishlikka kuchligida, ammo ular bu qurolni ishlatmasdan xalifani qilishini ulamolarga qarshi soldi.

[15:08] Ma'mun o'ziga vazir qilib olgan kishi ham mo'tazalalardan edi. Ahmad ibn Abijuaz. Qarang, Ahmad ibn Abijaaz mo'tazila xalifani o'zini e'tiqodiga ko'ndirgan doim maslahatni shundan olib turadi Xalifa, o'zidan keyingi Mo'tasim al Vosiq, o'zidan keyyingi ikkita Xalifa ham mana shu ishini o'ziga vazir qildi. Shuning uchun bularni davrida fitna tugamadi. O'zidan keyin kelayotgan xalifa Mo'tasimga xalifa Ma'mun vasiyat qilgan edi, mana shu Ahmadiddin Abdujo'azni o'zingga vazir qilib ol va doim uni gapiga quloq sol degan edi. Ko'ringlar birodarlar. Bu hukmga yaqin bo'lgan kishilar fosil bo'lsa, hukmni ham fasodga uchratishadi bo'ladi.

[15:52] Ma'mun, xalifa Ma'mun Bag'doddan safar qildi. Ro'qqoq degan joyga yetgan paytda Bag'dodga maktub yozdi. Mana Yazidni Horun vafot etdi. Endi fitna ko'tarildi. Mana endi boshlanyapti fitna. Bag'dodda mirshablarning raisi Is'hoq ibn Ibrohimga maktub yozdilar. Bu Is'hoq Ibrohim xalifa Bag'doddan chiqib ketgan safarga ketgan paytda ham voliylik ishini bajarardi, ham mirshabedi. Unda ana shu yozgan maktubida ulamolarni aqidasini imtihon qilishlikni buyuradi. Bunga o'xshagan maktublarni ko'p yozgan, shundan bittasini o'qib chiqamiz. Ma'mun o'zining maktubida yozadi. Ammabard. Allohning dinini qoyim qilishda, ularga berilgan ilm va nubovot merosida ishtixod qilish, va undagi botirni ketkazish, o'zlariga berilgan ilmni muqaddam qilish, raiyatda haq bilan amal qilish, rayyatni Allohning toatiga yetaklash uchun yeng shimarish musulmonlarning imomlari va ularning xulofolariga lozim bo'ladi. Bu ularning ustidagi Allohning haqqidir. Amirul mo'miniy Alloh'dan o'zini azimat urrushga boshlashini, Alloh unga topshirgan raiyatni ishida o'zining marhamati va minnati bilan salohiyat berishini so'raydi.

[17:15] Endi diqqat qilib turamiz. Xalifa Ma'mun avom xalqni qanday tanqid qilgan, ularning ilmsizligini qanday bir malomat qilgan. Amirul mu'minning bildi. Turli qit'a va turli taraflardagi ilmda nazari va fikri bo'lmagan Allohning dalolatida va hidoyatida istidloga uning ilmi va dalilidan va'z nasihat olishga qodir bo'lmagan jumhurul akbar, savodul a'zam, avom xalq, raiyatning tubanlari, ommaning past tabaqalari Allohning dinidan va uning tavhididan, uning haqiqatidan va unga bo'lgan imondan uzoq jaholat va ko'llik zalolat ahllaridir. Ular Allohni haq rost tanishda, taqdir qilishda hamda uni Allohni, maxluqotlaridan ajrata bilishda ham qosirdirlar. Ya'ni avom xalq ilmsiz, zalolatda, so'qir, ilmdan bexabar Allohni bandalaridan, maxluqotlardan ajrata olmaydi ular. Bu avom xalqqa berilayotgan baho.

[18:19] Buning sababi, ularning fikrlarini zaifligi, aqllarning noqisligi, tafakkur va tazakkur qilmay qo'yganlaridir. Ular Allohni U o'zi nozil qilgan Qur'onga tinglab qo'yishdi. Ular mana shu Qur'on qadimul avval Alloh uni yaratmagan degan rayga ittifoq qilib olishdi. Ya'ni hamma Qur'on Allohni kalomi, u maxluq emas deb ittifoq qilishib olgan. Qanday qilib ular Qur'onni maxluq emas dedilar? Axir uni Alloh qalblardagi narsaga shifo qilganini mo'minlarga hidoyat va rahmat qilganini o'zining kitobida zikr qildi ku. Qarang. Innah jaallahu quranin arabiyya dedi. Albatta biz Qur'onni arabiy Qur'on qildik. Mo'tazilalar mana shu jaanna qildik degan kalimani yaratdik deb tavsiya qilishdi.

[19:11] Biz uni arabiy Qur'oni qildik. Ular yaratdik deb tushunishdi. Endi qildik bilan yaratdik deydi nima bor o'rtasida? Albatta farq bor. Mutazaddilar o'zlarini e'tiqodini isbotlashligi uchun hujjat dalil qilib, oyatlarini keltirishdi, lekin tavsiyalarini buzishdi. Qildik degani, yaratdik degani deyishdi.

[19:36] Inshaalloh, bu oyatlarni tavsiyalar, imom ahmadni bergan javobini keyingi darslarda o'qiymiz. Astaydulloh, alhamdulillah, illat i xoloqos samavati va l ardu va jahlat zulmati va nur. Hamdu sano, osmonlar va yerni yaratgan, zulmatlar va nurni qilgan alloh uchundir. Ya'ni osmon yerni yaratdi, nurni, zulmatni qildi, ya'ni u ham yaratdi, paydo qildi. So'nggida keyingi oyatga o'tamiz. Astaytubilla. Katta alayka naqul, su'n alayka min ambayi man qotisabaq. Ey muhammad alayhissalom, biz sizga o'tib ketgan avlodlarning xabarlarini mana shunday so'zlab beravermiz. Qur'onni maxluq ekanligiga, bu oyatni nima aloqasi bor? Bu oyatda Alloh Taolo aytyapti, avvalgi o'tgan ummatlarning hikoyalarini, qissalarini shu Qur'onda sizga bayon qilib beramiz. Ular aytishdi. Qarang, Mo'tazilalar bu oyatni qanday ta'sir qilishdi?

[20:34] Alloh xabar beryaptiki, albatta Alloh Azza va Jalla Qur'onni paydo qilishidan avval sodir bo'lgan ishlarni ba'zilarini Qur'onda aytib berdi. Ya'ni Qur'on ularni e'tiqodi bo'yicha maxluq, osmon yer yaraldi, undan keyin xalqlar yaraldi, ularda orasida voqea hodisalar yuz berdi, undan keyingi kelgan Qur'onda ularni qissalarini so'zlab berdi deyapti Alloh. Demak Qur'onda avvalgi o'tgan ummatlarning qissalarini kelganligini o'zi Qur'onni maxluq ekanligini, keyin paydo bo'lganligini isbotlaydi deyishdi ular. Ular aytishdiki, qanday qilib hali sodir bo'lmagan narsani yozish mumkin, keltirish mumkin. O'zlarini insoniy aqliga suyanishda. Ahli sunnaval jamoa e'tiqodi bo'yicha alloh azza va jalla hali sodir bo'magan ishlarni ham o'zini azaliy ilmi bilan avvaldan bilishi mumkin. Shundaymi? Endi ular insonga to'g'ri keladigan tushuncha bilan Alloh Taoloning ilmini o'lchashdi. Inson bir voqea sodir bo'lmasdan turib uni yoza olmaydi.

[21:42] Ya'ni mana bu qirq birinchi yilda urush bo'ldi, mana mana bunaqa ishlar bo'ldi. Urush tugagandan keyin yozish mumkin buni. Bu insonlarga xos bo'lgan tushuncha. Ammo hamma ilmni egasi bo'lgan Alloh Taolo. Hali osmoni yerni yaratmasdan turib, hali insonlarni hech qaysini yaratmasdan turip, agar yaratsa, ular dunyoga kirsa, nima ish qilishini avvaldan bilishi mumkinmi? Bilishi mumkin.

[22:07] Shuning uchun bizni e'tiqodimizda Alloh Taoloning kalomi Qur'on, maxluq emas. Alloh Taolo o'zi azaliy bo'lganidek, uning kalom degan sifati ham azaliy. Ular odamga to'g'ri keladigan tushuncha bilan mulohaza qilishdi. Xatni davom etkazamiz. Astayridbilla, alif la muro, kitobun hukumat aya tug'usun na fursilat milla dun hakimin qobil. Alif la muro ushbu kitob hikmat sohibi va hamma narsadan xabardor Zot, Alloh tomonidan oyatlari buzilmaydigan, mustahkam va mufassal qilib nozil qilingan bir kitobdir. Motasi mana shu oyatni keltirdi.

[22:48] Ularni tushunchasi bo'yicha Alloh o'zini kitobini muhkam qiluvchi, uni mufassal qiluvchi, bas uni paydo qiluvchisi va yaratuvchisi deyishdi. Ya'ni yaralgan narsa maxluq bo'ladi, Qur'on maxluq. Mufassal qildimi? Yaratdi. Muhkam qildimi? Yaratdi. Osmon yer yaralgandan keyin sodir bo'lgan qissalarni, hikoyalarni keltirdimi Qur'onni ichida? Demak, Qur'onda hamma narsadan keyin yaratdi, demak Qur'onda maxluq deyishdi. Demak, yangi paydo bo'ldigan narsa Qur'on, yangi paydo qolgan narsa hech qachon qadimul azal, qadimul avval bo'lishi mumkin emas deyishdi.

[23:30] Shunday qilib, mutazalalar oyatlarni noto'g'ri tafsir qilib, buzur tafsir qilib. Buzuq tafsir qilib motasimni oldida bir narsani ikkinchisini, ikkinchisiga birinchisini kirgizib, Qur'onni maxluq degan tushunchani chiroyli qilib ko'rsatib berishdi. Shunday qilib, xalifa Ma'mun mutazalalarni Qur'on maxluq degan aqidasini qabul qildi.

[23:54] Maktubni mana hozir biz o'qib bo'lgan qismi avom xalq haqida edi. Endi xalqni, maktubni ikkinchi qismiga o'tamiz. Unda xalifa Ma'mun ulamolarni yomonladi. Ulamolarni aqidasini buzuqligida aybladi. Ularni fasodda, niyatini buzuqligidan, inxirofda hamda mansabni davosida turganligini aytdi. Ana shu ulamolarni qur'onni maxluq deysan deb aytishga majbur qilish kerakligini aytdi . Ma'mun ulamolar haqida mana shunday dedi. Mana shu joydan fitna boshlandi. Ma'mun ulamollar haqida dedi. So'ngra ular botir fikrlari bilan mujodala qildilar. O'zlarining so'zlariga da'vat qildilar. O'slarini sunnatga nisbat qildilar. Allohning kitobidagi har bir faslda ularning so'zlarini botil qiladigan qissalar bor. Ya'ni avval bo'layotgan qissalarda hikoyasi keldimi Qur'onda? Shu qissalarni Qur'onda turganligi Qur'onni maxluq ekanligi nisbat edi deyapti ular.

[24:56] Ma'mun davom etdi. So'ngra ular o'zlarini haq ahllari, din va jamoa deb ko'rsatishdi. O'zlaridan boshqalarni zalolat, botil va kufl ahllari deyishdi. Shu fikrlari bilan odamlarning ustida turib olishdi. Bu bilan ular johillarni aldashdi. Hatto odamlar bunga yolg'on sukut bilan sukut qildilar. Ularning botirlarini deb haqni tashladilar. Allohning dinini ularning zalolatiga almashtirdilar. Adashgan olimlar Allohga yolg'on gapirish evaziga mansabga yetishni istadilar. Mana shu ularning maqsadi edi. Vaholanki Alloh ulardan va'da olib, Alloh sha'niga faqat haqqni aytingiz va undagi narsani dars qilib o'rganingiz degan edi. Axir ular Qur'on haqida fikr yuritmaydilarmi, balki dillarida qulflari bordir. Shuning uchun u dinlarga Qur'on nuri yetmayotgandir degan edi, dedi. Demak, bu so'zlarni xalifani maktubidagi bu so'zlanni ba'zisi haq, ba'zisi zalolat edi.

[25:57] So'zini davom ettirib, Xalifa Ma'mun dedi. Amirul uminiy, bu kishilarni, ya'ni ulamolarni, ummatning eng yomoni, zalolatning boshi, tavhiddan buruvchilar, iymondan ayruvchilar, jaholatning qalbi, yolg'onning bayroqlari, o'zining avliyolari orasidagi iblisning tillari deb biladi. Ana o'shalar rostgo'yligida shubha qilinishiga, shahodati qabul qilinmaslikka haqli bo'lgan, so'ziga ham, amaliga ham ishonilmaydigan kishilardir. Chunki amal Islom va tavqi to'la ixlos bilan bo'lgandagina qabul qilinadi. Insonlar ichida so'zi yolg'on, shahodati bekor bo'lgani, Allohning o'zining kitobiga bergan guvohligini inkor qilgani va Alloh Taoloni haq tanishligi bilan tanimaganidir. Ya'ni kim Qur'onni maxluqda emas a, demak Allohni tanimabdi. E'tibor beringlar.

[26:51] Mo'tazilalar xalifani o'zlarini aqidasiga burib olganlaridan keyin, birinchi mo'ljallagan odamlari ulamolar bo'lyapti. Ulamolarni yomonlash, aqidasi adashganligida ayblash, ixlosizligida, taqvosligida ayblash. Ularni hurmatidan ketkazish, Mo'tazilalar boshlab beraykan ish olyapti. Chunki ularni buzuq aqidalarini, buzuq ekanligini ko'rsatib bera oladigan odamlar kimlar bo'ladi? Ulamolar. Agar shu ulamolarni ular yo'q qila olishsa, o'zlarini buzuq e'tiqodini ilgari sura olishadi.

[27:27] Qarang, Mo'tazilalar ulamolarni birinchi o'rinda mo'ljalga olishyapti. Ya'ni chiroqlarni o'chirsa, qorong'u bo'lsa, inaka xohlagan tomoniga burab ketaveradi. Amirul mu'minning hukmi, endi hukmi. Xatim yetib borganida, huzuringdagi qozilarni jamla va ularga Amirul mu'mininning maktubini o'qib ber. Ularni bu masalada nima deyishlarini tekshiring. Qur'oni Alloh yaratgan maxluq ekanidagi va uni yangi paydo qilgani haqidagi e'tiqodlarni bilgin. Qozilarni surishtiring, qozilarning e'tiqodini bilgin. Amirul mo'minning raiyat ishlarida tavhidi, iymon e'tiqodi to'g'ri bo'lmagan kishilarga ishonmaydi va ularga suyanmaydi. Va ular e'tiqod qilgan narsaga rozi ham emas. Kim amirul mo'minning e'tiqodiga iqror bo'lsa va rozi bo'lsa, Qur'oni maxluqdasan. Ana o'shalar haq, najot va hidoyat yo'lidadirlar. Qur'oni maxluqligi va uni yangi paydo bo'lganiga iqror bo'lmagan kishilarning shahodati qabul qilinmaydi. Endi ish shu darajada bo'ldiki, qozilikka faqatgina mo'tazila aqidasini to'g'ri degan odam o'tiradi, faqat o'shalardan bo'ladi qozi. Bu ham yetmagandek, hatto qazo ishi bo'layotgan bo'lsa, sud bo'layotgan bolsa. Guvohlik bergani kelgan oddiy odam ham mo'tazila ahridasini ushlagan bo'lishi kerak.

[28:47] Agar mo'tazila ahtidasini ushamagan bo'lsa, uni guvohligi ham qabul qilinaydi. Shunday taassur boshlandi. So'ngra qozilarni ishlarini tekshiring va ularga ham shuni amr qiling. Keyin ularni kuzating, toki Allohning hukmlari faqatgina dinda ahli basoyir bo'lgan tavhidda ixlosli kishilar guvohligida amalga oshirilsin. So'ngra Amirul Ummaga inshaalloh bo'ladigan barcha xabarlarni yetkazing. Ikki yuz o'n sakkizinchi yil robiyul avval oyida yozildi. Xullas, Ma'mun, Xalifa Ma'mun mana shu xatarli maktubi bilan fitnani ko'tardi.

[29:26] Xalifa Ma'mun Bag'doddan safar qildi. Ro'qqo degan joyga yetgan paytda Bag'dodga maktub yozdi. Mirshablarning raisi Is'hoq ibn Ibrohimga maktub yozdadi. Xalifa Ma'mun mana shu xatarlik maktubi bil an fitnani ko'tard. U bu maktubi bilann musulmonlarni ommasini so'kdi. Ilmsizlikda, johillikda aybladi. So'ngra ulamolarga o'zini qurolini qaratdi. Davlatdagi barcha mansablar, hatto qozilik ham faqatgina mo'tazila aqidasini ushlaganlarga tegish kerakligini aytdi. Albatta, xalifani bu qilgan ishi ayni zalolat va adashishlik edi. Ammo shu e'tiqodini u to'g'ri deb bildi. Birinchi bo'lib qurolni ulamolarga qaratdi. Va mana shu ulamolardan kimlarni imtihon qilish kerakligini o'zi belgilab berdi. Ulardan yettitasini nom nom aytib berdi. Ular kimlar edi? Muhammad ibn sa'd al voqidiy, abu muslim, yazid ibn horimni kotibi, yahyo ibn may'in, abu haysamaz zuhayr ibn xalq, ismoil ibn dovud, ismoil ibn abimas'ud, ahmad davroqiy. Bu kishilar. Eng oliy tabaqadagi ulamolar emas, undan keyingi tabaqadagilar edi. Ularni hammasini Bag'dodni mirshabi raisi Is hokimni Ibrohim yig'ib, xalifani oldiga jo'natdi.

[30:48] Ular xalifani oldigiga kelgan paytida xalq qur'on, qur'onni maxluq deyishlik masalasida xalifani tutgan mavqefini bilishar edi. Va agar buni qabul qilmasa, ustlarida jazo bo'lishligini ham bilishar edi, shuning uchun xalifani oldiga borganda ta'suf, hammalari qur'onni maxluq degan so'zga rozi bo'lishdi, qabul qilishdi.

[31:11] Hammasi. Birinchi imtihonda yo'q. Bu o'rinda ularni uzr u boradi. Chunki birodarlar qur'onda alloh taolo aytgan, istay deb yurganlar, illa man ukri havo qolbuxu mutma innum bil iyman. Kim majbur qilinsa, kufr ishga yoki kufr so'zga, ammo qalbi imon bilan xotirjam turgan holatda bo'lsa, jonini saqlab qolishlik uchun shu kufr ishini qilsa, unga shariat ruxsat beradi. Mana ammorimni yostiq roziyallohu anhu abu jahl azoblayverdi, azoblayverdi. Otasini, onasini ko'zini oldida o'ldirdi. Shunda chidamasdan kufr kalimasini aytgan edi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam oldiga borganda, rasululloh taskin berib, qalbing nima deyapti? Deganlar. Allohu a'rosim deyapti deganda, kelib yana majbur qilib seni shunday qiynalsa, yana bir marta so'kib qo'yaver meni degandilar. Demak, ulamolar bu yerda o'zini jonini xatardan saqlashligi uchun shu narsani qabul qilishdi. Garchi bu narsani noto'g'rida bilsa ham. Keyin xalifa ularni qo'yib yubordi. Bu yetti kishi Bag'dodga kelganidan keyin, Is'hoq ibn Ibrohim o'zini hovlisiga ularni olib keldi. Bag'doddan boshqa ulamolardan chaqirib turib, ularni oldida mana shu yetti kishi xalifani aqidasini qabul qilganligini, uni to'g'ri ekanligini tan olishdi, e'lon qilishdi.

[32:30] Imtihon qilingan birinchi guruh ahli ilmlar birinchi imtihondayoq mutazalalarni talabini qabul qilishdi. Endi bu masalada ulamolarda hammasi ham bir xil mavqe taqdimda turmadi. Kimdir qabul qildi, kimdir qabul qilmadi. Jonini saqlashlik uchun shariatda ko'rsatilgan uzurdan foydalanganlar xo'p deb qo'yishdi. Ammo, uzog'ini ko'rgan, agar mo'tazilolarni fikriga bo'ysunilsa, kelajakda bu narsa Qur'onni ham, Islomni ham, musulmonlarni ham buzib tashlashligiga ahlayotgan ayrim ulamolar qattiq suratda bu narsaga qarshi turishdi.

[33:12] Endi bu fitnada qurbon bo'lgan olimlar ham bo'ldi, jonini saqlaganlar ham bo'ldim. Imomahmad ana shu bir toifa ulamolarni xalifani talabini ijobat qilganligini eshitib hayron bo'ldi. Bular nima qilyapti bular? Ana shu xalifani talabbiga rozi bo'lganlarni ichida uchtasidan imomahmad qattiqroq norozi bo'ldi. Chunki mana shu uchta kishini Imom Ahmad ulamolarni eng oliy martabadagilari deb bilar edi. Ular kim edi? Abu nasr at tammor, yahyo ibn ma'in, abu hay'sama. Ya'ni birinchi zarbadoyoq, ulamolarni aksariyati bu buz oqidani qabul qildi. Endi Imom Ahmad va ozgina ulamolar bu oqidada sobit turishlik kerakligini tushunishdi. Aks holda butun ummat haqidan toyib ketishini anglashdi. Imomahmad ana shu ma'munning aqidasini qabul qilgan ulamolar haqida qattiq fatvo aytdi. Albatta bu fatvo xalifa Ma'munni tuqla ekanligiga teskari edi, zid edi. Fatvo quyidagicha edi. Holqul Qur'onni qabul qilgan kishilardan hadislar olinmaydi va rivoyat qilinmaydi. Ular bilan birga o'tirilmaydi.

[34:28] Ulardan fatvo yozilmaydi. Agar vafot etsa, kibor olimlar unga janoza qilgani borishmaydi. Ya'ni xalifani tutgan maqoyfiga ochiq isyon. Shuning uchun Abu Nasr at-Tammor vafot etganida Imom Ahmad uni janozasiga bormagan edi. Mana shu fatvosini o'zini yaqin do'sti Yahyo ibn May'inga ham qo'lladi. Keyinchalik imomahmad og'ri betobol yotib qolganida, shu do'sti keldi. Yahyo ibn Mayin. Imom Ahmad chalg'imchi yotgan edi. Bu do'stini ko'rgandan keyin o'girib oldi. Shunday Yahyoga juda qattiq botdi bu mavqev. Shuncha yil do'st bo'lganimizdan keyin menga teskari qaraysizmi, menga gapirmaysizmi dedi. Lekin Imom Ahmad mana shu mavqeida turdi.

[35:12] Solihimni Ahmad aytadi. Imom Ahmadning o'g'li, otamni huzuriga huza olmay keldi. Ana shu davrdagi ulamolardan ko'zga ko'ringan, u ham Xalqul Qur'onni qabul qilgan edi. Otam eshikni ochganida, eshik tagida xuzo'mingda turganini ko'rdi da, shart eshikni yopdi, ichkariga kirib ketdi dedi. Ya'ni ularga nisbatan imomahmad qattiq mavqevda turdi. Demak, bu masala ikkita odamni o'rtasida ketyapti. Bir tomondan imomahmad, ikkinchi tomondan xalifa ma'mun.

[35:42] Endi Imom Ahmadni mana shunday qattiq turishligiga sabab nima edi? Ulamolarni xo'p deb, Xalifani aqidasiga rozi, osonlik bilan rozi bo'lib ketayotganligi, Imom Ahmadni men shunday qatti' mavqevda turishga majbur qildi. Mana shu holatdan nimani o'rganamiz? Ummat haqdan toyilib ketmasligi uchun ulamolar qanday mavqevda surishi kerak? Qanday sabotda turishi kerak? Shuni anglab berishimiz kerak.

[36:08] Shunday qilib, Is'hoq ibn Ibrohim Bag'doddagi ulamolarni aqidasini tekshiradigan bo'ldi. Ko'pchilikka bor ulamolar yengillik bilan bu narsani qabul qilganligi haqiqatan ajib ish edi. Ana shu imtihon qilingan ayrim odamlarda ishini ko'rib chiqamiz. Is'hoq ibn ibrog'im abu hasson az ziyodingni chaqirtirib keldi. Unga maktubda o'qib berdi.

[36:32] Maktubda shunday deyilgan edi, bu xalifaning maktubi. Ahadun vafat bo'lgan Allohdan o'ziga iloh yo'q ekanligi guvohlik beraman. Undan avval biron narsa bo'lmagan, undan keyin ham biron narsa bo'maydi. Maxluqotlaridan birontasi unga biron ma'noda yoki biron vajhda o'xshamaydi. Is'hoq so'radi boyagi Abu Hassondan. Qur'on maxluqmidi dedi. Abu Hasson so'z aylantirdi. Aytdiki, Qur'on kalomulloh. Alloh har bitta narsani yaratuvchisi, Allohdan boshqa narsalar maxluq dedim. Amirul mo'min in bizni imomimiz, shuning sababidan odamlarni ommasi bizni eshitadi. U biz eshitmagan narsani eshitdi, biz bilmagan narsani bildi. Tahqiq, Alloh bizning ishimizni unga topshirdi. U bizning hajjimizni, namozimizni ado qiladi. Mollarimizning zakotlari unga yetkaziladi. U bilan birga jihod qilamiz. Uning imomatini imomat deb bilamiz. Agar bizga buyursa itoat qilamiz. Agar bir narsadan qaytarsa, undan qaytamiz. Agar bizni chaqirsa, ijobat qilamiz dedi. Javob bermadi sizga. Is'hoq yana so'radi Qur'on, u maxluqmi?

[37:45] Abu Hasson avvalgi so'zinglarni qaytardi. Ishoq yana so'radi. Amirul mo'miniy Qur'onni maxluq deydi. Sen nima deysan? Abu Hasan. Ha, Amirul mo'mining aytgani bo'ladi, lekin u bu narsaga odamlarni buyurayotgani va da'vat qilayotgani yo'q. Agar sen Amirul mo'minin senga mana shunday deb aytasan dedi desang, aytaman dedi.

[38:10] Ishoq bunday deyishimga buyurgani yo'q, lekin seni imtihon qilishimni buyurdi dedi. Imomahmadni olib keldi. Is'hoq imni ibrohim so'roq qildi. Qur'on haqida nima deysan? Imom javob berdi kalomulloh dedi. U maxluqmi? Imomahmad kalomulloh dedi'. Is'hoq qo'lida yozib qo'yilgan narsani undan so'radi. Maxluqotlardan birontasi unga biron ma'noda yoki biron bir vajixda o'xshamaydi. Bu haqida nima desan? Rozimisan shu fikrga? Imomahmad lay saka mit li xi sha yun va huvas samiy ul bosir deb javob berdi. Ya'ni Allohga o'xshash biror narsa yo'q, Alloh eshituvchi ko'rguchidir dedi. Shu majlisda o'tirganlardan bittasi turib, Is'hoqqa, ruxsat bersangiz men gapiray dedi. Bu mo'tazilalardan bittasi edi. Gapirtadi. U aytdiki, bu dedi imomahmadni ko'rsatib, alloh quloq orqali eshitadi, ko'z orqali ko'radi deyapti, dedi. Ishoq so'radi. Samiy o'n bosimni ma'nosi nima? Ko'ruvchi, eshituvchi. Imomahmad aytdi, alloh o'zini qanday sifatlagan bo'lsa, shunday dedi. Ishoq so'rada. Allohni ko'rishi va eshitishi, bizni ko'rishimiz va eshitishimiz kabimi? Dedi. Imomahmad yo'q, dedi.

[39:26] Biz buni bilmaymiz, dedi. Alloh qanday sifatlagan bo'lsa? Shunday, dedi. Ulamolarning bir qismi osonlik bilan qabul qildi voqeada. Bu tushunchani. Ayrimlari qattiq sur'atda inkor qildi. Yana bir qismi esa o'rtada turishdi. Qabul ham qilishmadi, inkor ham qilishmada, hozir aytayotganimizdek so'z o'ynadi. Ana shu kishilardan bittasi ibn al bakka ul akbar. Uni Ishaqov kerak imtihon qilib, Qur'on maxluqmi dedi. Yo'q, Qur'on majolun dedi. Innina ja'allanhu qur'anan arabiya dedi Allohu. Albatta biz uni arabiy Qur'on qildik dedi.

[40:06] Maj'ul qilingan narsa, maxluq yaratilgan narsa. Is'hoq so'radi. Maj'ul, ya'ni qilingan narsa maxluqmi dedi. U aytdi yo'q, Qur'on maj'ul dedi. Qilingan narsa. Maxluq demayman uni dedi. Falsafa, so'z o'yini, har kim jonini qutqarib qolishlik uchun qo'lidan kelgan bir hiylasini, chorasini qo'llagan bo'ldi.

[40:31] Shunday qilib, Is'hoq ibn Ibrohim Bag'dodning mirshablarni raisi ulamolarni imtihon qildi va buni natijasini xalifaga yozib yubordi. Kim rozi bo'ldi, kim qarshi bo'ldi, keyin o'rtada turdi. To'qqiz kundan keyin xalifadan maktub qaytib keldi. Isoq ibn Ibrohimni xatiga javob. Ma'mun unda shunday degan edi: Bismillahir rohmanir rohim. Amma band, Amirul umoningga maktubing yetib keldi. Maktubimga javobing riyosat talab qilgan, ammo unga ahl bo'lmaganlarni Qur'on haqidagi e'tiqodlarini xabari. Amirul mo'minning ularni imtihon qilib, ularni ahvollarini kashf qilishni buyurdi. Ularni nafiyni isbot qilishlarida ixtilof yo'q. Ya'ni Alloh hech kimga o'xshamasligida shubha yo'q. Ularni ixtilofi Qur'onda. Qur'onni maxluq deyishmayapti ular.

[41:20] Amirul mo'minning Allohga hamd aytadi, Payg'ambarimizga salovat aytadi. Sen Qur'on haqida so'ragan va ismlarni yozib yuborgan ana bu kishilar haqida, ularning har birini tutgan mavqeyi haqida Amirul mo'minning tadabbur tafakkur qildi. Ammo Mag'rur Bishr ibn Validni tashbehni nafiy qilishi va Qur'onni maxluq deyishdan o'zini qochgani, Bishrning munkar va yolg'onni gapirgani hamda kazzobligi va kofir bo'lganidandir. Bas uni chaqir va bu masalada Amirul mo'minning senga bildirgan narsani unga bildirib qo'y. Uni Qur'on haqidagi so'zini insofga chaqir va tavba qildir. Albatta Amirul mo'minning bunga o'xshagan so'zni aytganlar tavba qilish kerak deb biladi. Chunki meni nazdim deyapti Xalifa bunday so'zni aylashlik kufrdir. Agar u tavba qilsa, uni ishini e'lon qil. Agar kufr keltirgan bo'lsa, o'z so'zida turib olsa, Qur'onni maxluqda emas a boyni yiqili shu.

[42:21] Mana buni yana davom etdi. Ahmad ibn Yazidning Qur'on haqidagi savolga javob bera olmayman degan so'zga kelsak, unga bildirib qo'yki, u o'zining yoshida emas, aqlida yosh bola kabidir. Agar Qur'on ha haqidagi savozga javob berishni bilmasa, azob uni chiroyli javob berishga o'rgatib qo'yadi. Agar bunday bo'lmasa, undan keyin qilich turadi, inshaalloh. Ahmad ibn Hanbal va u haqida yozganlaring esa, unga bildirib qo'yki, albatta Amirul mo'minning uning ana shu so'zini va uning unda tutgan yo'lini bildi. Uning shu so'zlarini uning johilligiga dalil deb bildi.

[42:58] Sen amirul mo'mininga o'z maktubingda ismlarini yozgan kishilardan, o'zini shirkidan qaytmaganlarini hamda amirul mo'minin zikr qilgan yoki zikr qilmaganlari hammalarini amirul mo'minining qarorgohiga bor. Amirul mo'mini ular bilan gaplashdik uchun. Agar ular so'zlardan qaytib tavba qilishmasa, amirul mo'mini ularni qilichga boshlaydi inshaalloh. Vala quvvata illa billa. Ikki yuz o'n sakkizinchi yilda yozildi. Maktub yetib kelishi bilan ulamolar yig'ildi, o'qib eshittirildi. Endi yarim yarim so'z qabul qilinmaydi. Yo Qur'onni maxluq deydi, yoki qatl qilinadi. Mana shunday qilib birodarlar yigirma yilga yaqin davom etgan fitna bilan ummat balolandi. O'zi xalifa ma'mun ilmli ikkita odam edi. Atrofiga mo'tazilalarni jamlab olgandan keyin, atrofiga aqidasi buzuq odamlarni jamlagandan keyin, uni ham aqidasi buzildi. Shunday qilib, fitna boshlandi, Bag'dodda, keyinchalik butun islom o'lkalari bo'ylab tarqadi. Qamoqlar to'la boshladi.

[44:01] Bag'dodga yuboriladi, qabul qilmagan ulamolar yoki bo'lmasa o'zini shahrida qolmadi. Itoat qilganlar jonini saqlab qolishlik uchun shar'iy uzrni o'zlariga lozim tutishdi. Ana shu xalifa talab qilayotgan narsani aytdi. Ammo ularni orasida boshqacha yo'l tutganlar ham bo'ldi. Ulardan noaybimni hammot. U kishi xo'jao qabilasidan jahmiyalar bilan ko'p tortishgan kishi edi. U kishi mana shu fitnada kaltaklar ostida vafot etdi. Ishni avvalida yigirma oltita olim qattiq turdi qur'onni maxluq emas deb. Keyinchalik ishlash qiyinlashganda to'qqizta odam qoldi. Oxirida xalifani oldiga olib boriladiganlar bo'lganda ikkita odam qoldi ahmadimni hanbal va u kishining yosh bir shogirdlaridan muhammad ibn nur. Bu kishini xalifani oldida olib ketadigan, shu ikkita odamlar qoldi qur'onni mag'luq demasdan. Ular ana shu xalifaga olib boriladigan joyda, xalifaga olib ketilinarkan yo'lda bir voqea sodir bo'ldi. Rohib degan mintaqa yetganida, bir arobiy keldi da, salom berib, qasilinglar, imom ahmadsizlar dedi. Ha men dedi. Kelib salom berib, dediki, ey bu, albatta siz odamlarning elchisisiz. Ular uchun shumlik bo'lmang. Albatta siz bugun odamlarning boshlig'isiz. Bitta siz qoldingiz, Qur'onni mahluq demagan.

[45:19] Ular sizga taklif qilayotgan narsani qabul qilishdan ehtiyot bo'ling. Odamlar ham ergashib ketmasin. Aks holda, qiyomat kunida ularni gunohlari sizni zimmangizda bo'ladi. Agar siz Allohni yaxshi ko'rsangiz, ustingizdagi narsaga sabr qiling. Siz bilan jannatni orasida faqat o'limingiz turibdi. Agar bugun o'ldirilmasangiz, baribir ertaga o'lasiz. Agar tirik qolsangiz, hamid holda yashagan bo'lasiz. Ey bu, shu yerda qatl qilinib, shu yerda jannatga kirib kelsangiz nima bo'pti dedi. Oddiy sodda so'zlaridan imomahmadni azmi qarorini yana mustahkamlab ketdi. Imomahmad kim edi bu deb so'rasa, sahroda she'ratib yuradigan kishilardan, robiya urug'idan ismi, javob berib nomer dedi. Imomahmadga aytgan mana shu oddiy so'zlari imomahmadni, azmi qarorining mustahkam qildi. Mana endi ikkita odam. Imomahmad va shogirdim muhammad ibn nuh. Bu ikki olimni Xalifani yoniga kirishdan avval, to'xtaladigan oxirgi yilga olib kelishdi.

[46:18] To'xtadi, sal turib Xalifani oldiga kiradi. Shu payt Ma'munning xizmatkorlardan bittasi yig'lab keldi. Kelib, ey Abdulloh, albatta Ma'mun qilichini yoning'ochlab turibdi. Avval bunaqa qilmagan edi. O'zini Rasulullohga yaqin qarindosh ekanligini o'rtaga qo'yib qasamishib, agar xolqul Qur'onni qabul qilmasangiz, qatl qilaman deb turibdi. Mana shu narsa menga og'ir keldi dedi.

[46:42] Endi Imom Ahmadni yonini oladigan hech kim yo'q, Allohda boshqa. Imom ahmad shikoyat qiladigan hech kimyo'q allohdan boshga. Namozga turdi. Duo qildi. Saidiy g'orra ha'dal fajira hilmuk, hattayya tajjara ala avliya ikabil qotli botdor. Allohumma, fain yakunil quran kalamak g'oyra maxluq fakfina monata. Mustorni duosi, mazlumni duosi, haqda turgan kishini duosi.

[47:15] Saidim, sening halimliging bu fojurni g'ururga ketkazib qo'ydi. Ana ularni, ulamolarni urushga va qatl qilishga jur'at qildi. Parvardigor, agar Qur'on maxluq emas, Sening kaloming bo'lsa, O'zing bizga unda kifoya qilgin dedi. Imom Ahmad duosini tugatmasdan turib, atrofda g'alovur to'polon boshlanib ketdi. Imomahmad qamoqda. Baqa chaqir ko'tarilib ketdi. Ular qamoqda o'tirishibdi. Nima gap, nima gap? So'rashuvdi, Ma'munni vafot etganligini xabarlantirishdi.

[47:51] Mazlumni duosini ijobat qiladigan, mazlumni dug'osini rad qilmaydigan Alloh Taolo har qanday ayb u nuqsondan pok birodalar. Tunni oxirgi uchinchi qismida qilingan imomahmadning duosi sababi bilan ma'munga jal yetdi. Imomahmadni duosini alloh ijobat qildi. O'lim farishtasi yuborildi. U o'zini ishini bajardi. Ana, ana shu haqda bo'lgan ikki kishiga Alloh Taolo nima dedi, mana shunday keldi. Endi imomahmad bilan muhammadimni nuqni shu yerga olib kelganlar, nima qilishni bilmasdan hayron bo'lib qolishdi.

[48:26] Ro'qqodagi qamoqqa yana qaytarib olib kelishdi, toki keyingi xalifa nima ish qilishligini o'zi bir ko'rsin. Bu To'g'iy mana shunday o'lim topdi. O'zini ilmlik, ma'rifatlik, saqofatli bo'lishiga qaramasdan, ummatni ilmiy hayotini yuksalishiga katta hissa qo'shganiga qaramasdan haqdan toyildi. Sababi, yoniga adashgan mana shu firqa, Mo'tazilalardan bo'lgan kishilarni yaqin qilganligi edi. Agar shular bo'lmaganida, xalifa Ma'mun bu ummatning eng ulug' xalifalaridan bo'lishligi mumkin edi. Mana undan keyin, xalifa Ma'munning inisi Nu o'tasim xalifa bo'ldi. Bu ikkalasi ham horun ar rashidning o'g'illari.

[49:07] Imom Mahmud va uni hamrohi kemaga solinib Bag'dodga qaytarildi. Xalifa Ma'munni ham jasadi Bag'dodga, poytaxtga olib kelindi. Yo'lda kelishar ekan, Imom Mahmudni hamrohi Muhammadin Nuh. Imom Mahmuddinov ham shogird edi, ham hamrohi edi, yosh yigit edi. Unga bir ajal yetganligi haq bo'ldi. Ya'ni ajalini yaqinlashganini his qilib, Imom Ahmadga nasihat qildi. Aytdiki, ey Abbor Abdulloh, Allohdaan qo'rqing. Siz men kabi emassiz. Odamlar sizni yerga shishadi. Sizni nima deyishingizni qarab turishibdi. Allohdan taqvo qiling, bu ishda sobit bo'linglar deb. Ya'ni yosh yigit bu ummatni eng ulug' imomlardan bittasiga nasihat qilyapti. Va mana shu nasihati Imom Ahmadni ajablantirdi va ta'sir ko'rsatdi u kishiga. U kishini holi og'ir bo'ldi, ammo berahm soqchilar bunga parvo qilishmadi. Muhammadiddinni nuh mana shu qamoqda vafot etdi. U kishini yuvish, kafanlash, janozasida turishdik, Imom Ahmadning zimmasida bo'ldi. Imom Ahmad o'zi qoyim bo'ldi bu ishda. Muhammadiddin Nur Iroqni shimolidagi An'at mintaqasida g'arib holatida dafn qilindi. Shunday qilib, haqda sobit turgan kishi, haqda sohibi qolgan kishi bitta bo'lib qoldi.

[50:28] Imomi Ahmadiddinni Hambali. Shunday qib, imomahmadni yana qamoqqa solishdi. Imomahmad qamoqda o'tirar ekan, yusuf alayhissalomning so'zini aytar edi. Yusuf alayhissalom aytgan edi astayl billa, qola robbi sijnu ahabbo ilayya minna yarunani ilay. Parvardigorim, men uchun bular meni chalg'iyotgan narsadan ko'ra zindon yaxshiroq. Ya'ni Qur'onni maxluq deb qo'yib, ozodlikda yurganimdan ko'ra, Qur'onni Allohni kalomi deb zindonda o'tirganim yaxshi. Yana aytar edi, qomon yoqmaydi. Kishanlar yoqmaydi, vaidlar, zarbalar yoqmaydi. Lekin bularni hammasi Allohni yo'lida hech narsa emas der edi. Imomahmad istabilda yoki bog'dodda deyiladi, dorul omoraga qamab qo'yildi. Mana shu qamoqda turganida ham oyoq qo'lidagi zanjirlar yechilgani yo'q. Bir muddat mana shu qamoqda o'tirdi, keyinchalik umumiy qamoqxonaga o'g'rilar, shu mujrimlar bilan o'tiradigan umumiy qamoqxonaga olib borib qo'yishdi. O'ttiz haftadan ko'proq muddat shu yerda turdi. Ana shu qamoqda boshqa mahbuslar bilan birga o'tirar ekan, bir voqea yuz berdi. Suv so'radi Imom Ahmad. Qo'riqchi ichiga muz solingan suvni olib keldi.

[51:48] Endi bu mahbusga bunaqa ichiga muz solinga suvni olib kelishlik juda ham bir antiqa holat. Imom ichmadi. Soqchi so'radi, nimaga ichmaysiz? Imomahmad aytdi, mana shu suvdan menga ham, qolgan mahbuslarga ham kifoya qiladigan miqdorda bormi? Sochi yo'q dedi, unda ichmayman dedi. Ya'ni boshqalarga yo'q bo'lgan narsani menga xos berishligingni xohlamayman dedi. Kunlarni birida qamoqqa imomahmadning amakisi is'hoqimda ham bal keldi. Kelib jiyaniga bir nasihat qilmoqchi bo'ldi. Aytdiki, ey Ahmad, bular sizdan xohlayotgan narsani aytib qo'ysangiz bo'lmaydimi? O'zingizdan bu aziyatlarni ko'tarsangiz bo'lmasdimi? Axir ruxsat bor ku. Alloh Taolo kim majbur qilinsa, qalbi esa imom bilan totirjon bo'lsa, deb ruxsat bergan u, aytib qoying, qutulasiz. Qolgan ulamolar shu gapni aytib qutulishdi. Siz ham o'zingizga uzrni qoyim qildingiz, shuncha sabr qildingiz, deganida imomahmad amakisiga qarab turib, unday bo'lsa, habbobu na'ratni hadisini nima qilasizlar? Habbobu Na'shat Makka mishriklari, musulmonlarga aziyatlari kuchayib ketganida, kelib Rasulullohga duo qiling, Alloh bizga bir yengillik bersin, g'alaba bersin deganida Payg'ambarimiz aytgandilar.

[53:05] Sizlardan avvalgi ummatlardan birini boshidan arra solishar edi, iymonidan qaytarish uchun. Ammo bu narsa ularning iymonidan qaytarmas edi. Agar hamma uzurdan foydalanib ketaversa, odamlar kimga ergashadi? Deyarli hamma ulamolar, odamlar orqasidan yechadigan ulamolar ana shu uzurdan foydlanib turib, Qur'onni maxluq deb qo'yib, qutulib ketishdi. Faqatgina ahmadulla hambal qur'onni mahluq emas, allohni kalomi deb turdi. Yolg'iz o'zi. Bitta o'zini erkasida qoldi mana shu yuk.

[53:38] Imom Ahmad aytar edi, uyda yashaymanmi, qamoqda yashayman, parvo qilmayman. Qilich bilan qatl qilinsam ham parvo qilmay man. Ammo qamchini fitnasidan qo'rqaman. Uning yonida turgan ko'p kaltaklangan mahbuslardan biri imomni sabr bardoshini ko'rib qoyil qolib dedi, ey Abu Abdulloh, parvo qilmang. Bir ikki qamchi hech narsa emas. Keyingilarini qayerga tushishni bilmay qolasiz dedi.

[54:08] Imom Ahmad aytadi, uni so'zlari mendan g'amni ketkazganday bo'ldi. Imom Ahmad qamoqda qoldi. Yangi xalifa Motasim avvalgi xalifadan, Ma'mundan farqi bor edi. Ma'mun ilmli, ma'rifatli, saxovatli kishi edi. Motasim emas, tamomiy harbiy kishi edi. U Ma'munning vasiyatiga ko'ra mo'tazilalarning so'zini mahkam ushlagan edi. Uning vaziri ham mo'tazilalardan bo'ldi. Mo'tasimning buzuq haqidani ushlaganini ustiga yana qattiq askariy tabiatini va uni ilmsizligini qo'shsak, albatta bu holat imomahmadga ham, ummatga ham katta balo edi. Mo'tasilni kelishi bilan yengillik kelmadi. Aksincha fitna ham kuchayib ketdi. Imomahmad aytadi. Ramazonning o'n yettinchi kechasi bo'lganida, men qamoqdan Isxoq ibn Ibrohim uyiga ko'chirildim. Bitta zanjir bilan bog'lagan holimda. U yerda har kuni menga ikki kishi roboy bo'lar edi. Ahmadina ro'yakh, Abu Shay, Al Hajjoj. Ular men bilan munosabat bahs qilishar edi. Imom Mahmud ular bilan bas qilib yengib qo'yadi da, shunda ular har mag'lub bo'lganida imomga yana bitta zanjirni bog'lab qo'yishlikni buyurishar edi. Natijada Imom Mahmudni ustida to'rtta zanjir jamlandi. Imom aytadi, shunday qilib bu yerda uch kun turdim, qo'limda to'rtta zranjir jamlandi .

[55:29] U ikkisini Imom Mahmudga aytgan so'zlaridan, qanday qilib sen Qur'onni Allohnin karomi deysan? Axir Alloh hech bir narsaga o'xshamaydi ku. Odam bolasi gapiradi, deyishdi. Imomahmad so'radi. Odamlar bilishadimi? Ular ha deyishdi. Imomahmad qanday qilib dedi? Ular Alloh biladi deyishdi. Iymom, agar bandalar bilishsa va alloh hech narsaga o'xshamasligi kerak bo'lsa, demak alloh bilmasligi kerak ekanda. Yoki sizlar Allohning ilmini maxluq deysizlarmi? Ular ha, Allohning ilmi maxluq deyishdi. Ilomahmad, ey, sen kofir bo'lding. Axir Allohning ilmi yo'qmidi? Uni keyin paydo qilgani. Qanday qilib? O'zini ilmini, o'zi ilmsiz bo'lib turib yaratadi dedi. Bu asli bo'lmagan, ma'nosiz, ahmoqona so'zlar. Kitobda ham, sunnatda ham buni asl yo'q. Bu ikki kishining yonida bir soqchi turgan edi. U soqchi imomga qarab, bu kishi Amirul mo'minining elchisi. Qanday qilib buni kofir deysan, dedi. Imom soqchiga, albatta bu kishi Allohning ilmini maxluq deyapti, dedi. Soqchi u kishiga norozi bo'lib qaradi.

[56:44] Keyin Imom Ahmad aytdi, kim Qur'oni maxluq desa, bas u kofir. Kim Allohning ilmini maxluq desa, bas u kofir. Kim Allohning ismlarining birontasini maxluq desa. Bas u ham kofir, dedi. Shunday qilib, uch kecha ular bilan, uch kun ular bilan bahs qildi. To'rtinchigacha bo'ldi. Isoq ibn Ibrohimga maktub keldi xalifadan. Ahmadimni hammalni meni huzurimga yubor.

[57:12] Isoq Ibrohim mirshablarni raisi Imom Ahmadni oldiga kelib, ey Ahmad, albatta bu vallohi seni joning. Albatta xalifa seni qilich bilan qatl qilmasdan, tinimsiz zarbalar berishga va seni kun ko'rmaydigan joyga tashlashga hasan ishlatadi. O'ldirsa ham qilich bilan o'ldirmaydi. Qamchi bilan uradi, qorong'i joyga tashlab qo'yadi. Endi ilmdan, saxofatdan, ma'rifatdan xabari bo'lmagan bu harbiy kishi. Motasim imomga mana shunday bir siyosatni qo'llaydigan bo'ldi. Keyin Isoq ibn Ibrohim o'zicha bir bahs qilmoqchi bo'lib, Imom Ahmad bilan aytdiki, ahil Qur'onda Alloh, innah, jahlnah, huquq, an'an, a'robiyah demaganmi dedi. Inna ja'na huqu'ran an arabiya. Albatta biz uni arabiy Qur'on qildik. Axir qilingan narsa maxluq emasmidi? Maxluq degani birodarlar avval yo'q bo'lgan, keyin paydo bo'lgan. Endi imomahmadga bunga o'xshagan savol berilmaganmidi? Berilgan edi. Imomahmadni javobi o'zini kuttirmadi. Darrov javob berdi. Aytdiki, Alloh Taolo Qur'onda Abrohani qo'shini haqida faja alahum kasfi ma'qul dedi. Ularni chaynab tashlangan somon kabi qilib yubordi, dedi.

[58:31] Agar qildi degani, yaratdi degani bo'lsa, nima ular yo'qmidi ki, keyin uni yaratgani? Ya'ni Abrohani qoshini bor edi, ularni Ababel xushlari yo'q qildi, somonga o'xshatib yubordi. Endi qildi, shunday qildi. Nima ularni boshqadan yaratdimi dedi. Ya'ni hech qanaqa Imom Ahmadga javob berishlikka yoki raddiya berishlikka imkoniyati yo'q. Imom Ahmad aytadi, Dijilaning sohiliga, Bobul Bo'ston degan joyga meni olib kelishdi.

[59:03] Mana endi tong otgach, Imom Ahmadni bir qorin qo'yxonaga olib kelib qo'yishdi. Paypaslab bir suvni topdi bir idishda turgan ekan, tahorat qilib kechasi bilan namozni o'tkazdi mana shu kechasi. Tong otganidan keyin bir kishi keldi da, Imom Ahmadni qo'lidan tutib, Xalifani Motasimni oldiga olib bordi. Mana endi mana shu mavqevni kuzatgan sulaymon at sajiziyning rivojiga quloq tutamiz. U aytadi, Motasimning eshigini oldiga keldim, ya'ni qasrning oshigiga keldim, eshigini oldig. Odamlar u yerda xuddi hayit nomusiga kelgandek jamlanib turishgan edi. Ichkariga kirdim. Yerdagi rom solingan, uni ustiga bir kursi qo'yilgan ekan. Kursini ro'parasida turdim. Birozdan keyin notasini chiqib, kursiga o'tirdim. Va Ahmadimni ham ballni olib kelinglar dedi. Imom Ahmadni olib kelishdi. Imom Ahmad xalifani ro'parasida deb turib, unga salom berdi. Notasini aytdi, ey Ahmad, qo'rqmasdan gapir dedi. Imomahmad tamomiy quvvat bilan ya'mir al mo'miniy. Va allohi sizni huzuringizga qalbimda zarracha qo'rquvsiz keldim dedi. So'ngra motaslim yaqinroq keldi dedi. Imom yaqinlashdi. O'tir dedi, o'tirdi. Ozgina sukutdan keyin suhbat boshlandi. Imomahmad xalifaga menga gapirganini ruxsat berasizmi dedi.

[1:00:24] Xalifa gapir dedi. Imomahmad dedi. Rasululloh qaysi narsaga da'vat qilgan edilar? Notasil ashxadvalloh iloh illalloh va ashxadanna muhammad rasululloh shahodat kalimasiga dedi. Imomahmad aytdi, men allohdan o'ziga iloh yo'q va muhammad allohning rasuli va bandasi deb guvohni beraman dedi. So'ngra imomahmad davom ettirdi. Bizga Yahyo ibn Said Shoybadan rivoyat qilib aytdi, menga Abu Hamza rivoyat qilib dedi, Ibn Abbosdan eshitganman dedi. U dedi, Rasulullohning huzuriga Abduqays elchilari kelishganida, Rasululloh ularni iymonga buyurdilar. So'ngra dedilar, Allohdan bo'lgan iymonni nima ekanini bilasizlarmi? Rasululloh so'rayapti Abduqays elchi elchilaridan. Iymon nima? Ular Allohdan va Rasulul biluvchiroq deb javob berishdi. Shunda Rasululloh aytdilar, Allohdan o'ziga iloh yo'q. Va albatta Muhammad Allohning rasuli ekanligi guvohlik berish, namozni qoyim qilish, zakotni berish, ramazon ro'zasini tutish, g'animani beshtan birini berish dedi. Albatta Imom Ahmadni mana shu hadisni keltirishligidagi hikmat bor edi. Chunki bu hadisda Payg'ambarimiz iymonni nima ekanligini tushuntirib beryapti. Bunda Qur'onni mag'lu deyish demaslik yo'q. Ya'ni ayni Abdulloh ibn Abbosdan rivoyat qilingan hadis keltirilyaptiki, Motasim Abbosinglarning xalifalaridan, o'zlarini Abbos roziyallohiga nisbatlaydi.

[1:01:51] Hadisni eshitib Motasim sukut qildi. Keyin Imomga qarab turib, agar sen mendan avvalgilarning qo'lida ushlanmagan bo'lganingda, ya'ni mendan burungilar seni ushlagan ekan. O'shaning uchun turibmiz. Agar mendan burungilarni qo'liga tushmaganingda, men sen bilan torus qilmas edim, tortishmas edim dedi. Keyin so'radi. Imom Ahmadga qarab, sen Qur'on haqida nima deysan? Onovular, mo'tazillar. Qur'onni nima ekanligini menga o'rgatishdi dedi. Imom Ahmad aytdi. U Allohning kalomi qadimdir, maxluq emas. Alloh Taolo o'zining kalomida shunday degan. Mana Imom Ahmad o'zining gapining haqligiga, Qur'oning maxluq emasligiga dalil keltiryapti Qur'ondan.

[1:02:37] Astaydubillah. Voyin ahadun minan mushrikki inas daja a roka faa ajiruhu. Xatta yasna kalam Allohi. Agar mushriklardan birontasi sizdan himoya so'rasa, bas, uni himoya qiling, toki u Allohning kalomini eshitsin. Allohning kalomining eshitsin deb Alloh aytyapti. Bu yerdagi Kalomulloh nima? Qur'on bo'lmaydi. Qur'oni eshitish kerakmi shu kofir? Alloh kalomulloh deyapti, maxluq demayapti. Nu otang, sen bundan boshqa hujjating bormi? Dedi. Imomahmad davom ettirdi. Ar rahman allam al quran. Xolaqal quran demadi. Rahmon bo'lgan Alloh Qur'onni ta'lim berdi, dedi. Yaratdi degani yo'q, dedi. Yanachi? Yana aytdi. Ya'n al quran il hakim, dedi. Ya'n alquran il maxluq demadi, dedi. Qur'ondan bu oyatlarni eshitganidan keyin Notasim titrab ketdi. Chunki buni qarshisida bironta bir dalil yo'q. Bunga bironta narsa deb javob berish imkoniyati yo'q. Qamab qo'yinglar buni dedi. Vazirlarni yig'di, Notazirlarni yig'di, yana maslahat qildi. Ertasi kuni, mana ikkinchi kun bo'lyapti endi, Notasim bilan bo'layotgan munoqash a?

[1:03:55] Imom Ahmadni yana Xalifani oldiga olib kelishdi. Odamlar bu majlisga kiritildi. Notasim kursiga o'tirib, Ahmadimni ham balni olib kelinglar dedi. Imom Ahmad Xalifani oldiga keldi. Notasim so'radi. Ey Ahmad, kechagi tunni qanday o'tkazding dedi. Alhamdulillah amir al-muminin. Xayriyatdaman, dedi. Yaxshilik bilan o'tkazdim, dedi. So'ngra mana shu fursatda g'animat bilib aytdiki, ajoyib bir gapni gapirdi. Faqat sizni qamog'ingizda bir ajib narsaga guvoh bo'ldim, dedi. Nimaga guvoh bo'lding? Kechasi turib, namoz uchun tahorat qildim. Ikki rakat namoz o'qidim. Birinchi rakatiga alhamdulillah o'qidim, ikkinchi rakatiga qul og'zini bittasini o'qidim . Keyin ikkinchi rakatga turdim, alhamdulillah o'qidim, ikkinchi rakatiga yana bitta qul og'zina o'qidim. Haqiqatni o'qidim? Salom berib, tugatdim. Keyin yana turib, namozga takbir aytdim. Alhamdulillah o'shaqa o'qidim va keyin qul huvallohatda o'qimoqchi bo'lsam, o'qiy olmadim. Har qancha harakat qilmay o'qiy olmadim. Boshqa qaysi so'rab olsam o'qiy desam, uni ham uddalay olmadim. Hayron bo'lib, qamoqni bir chekkasiga qarasam, musajjal, mus'haf Qur'on o'lib yotgan ekan dedi.

[1:05:12] Uni oldim, yuvdim, kafanladim, ko'mdim, dedi. Mo'tasim bu o'rinda masxarani sezib, e Ahmad, senga voy bo'lsin, Qur'on ham o'lar ekanmi dedi. A sizlar shunaqa deyapsizlar, Qur'onda maxluq deyapsizlarmi? Maxluq bir kun o'lishligi kerak dedi. Ya'ni nima deydi bunga?

[1:05:37] Bu o'rinda Motasim, Motazillat unga nima o'rgatgan bo'lsa hammasi bekorga chiqib ketdi. Shunda lol qolganidan Motasim, Ahmad bizni yengib qo'ydi, Ahmad bizni yegib qo'ydi deyishdan boshqa gap topa olmadi. Haqiqatdan bu oddiy, oddiy haqiqatni oldida, oddiy so'zlarni oldida mo'tazillarni hamma bergan ta'limoti bekorga chiqib ketdi. Mo'tazimda ilm yo'q edi. Xalifa mo'tazimda bilim yo'q edi, mo'tazillab bergan narsalaringni biladi, ular ham hech narsa o'rniga qoldi. Keyin mo'tazim yonida turganlariga qarab, bu bilan bahs qilinglar, bu bilan munozara qilinglar dedi. Ey Isoq, gapir unga dedi.

[1:06:15] Ey Ahmad dedi. Qur'on haqida nima deysan dedi. Yana boshidan boshlanyapti. Imom Ahmad savol bilan javob berdi unga. Savol qaytardi. Ey Abdurahmon dedi. Allohni ilmi haqida nima desan dedi. Ya'ni Allohni ilmi, agar maxluq desa, kofir bo'ladi. Abdurahmon ibn Iso aqlli odam. Agar Allohni ilmini maxluq desa kofir bo'lar. Agar Allohniy sifatlaridan bittasi desa ham, mushkula. Alloh biladi, odamlar ham biladi. Endi odamlar bilgandan keyin Alloh bilmasligi kerak ularni tushunchasi bo'yicha. Maxluqqa o'xshamasligi kerak edi Alloh ular uchun. Alloh gapiradi desa, yana bo'lmaydi, chunki odamlar ham gapiradi. Lekin Allohni ilmi va kalomi bashartni ilmi kalomidan farqlanadi deyish kerak shu yerda. Ammo buni gapirsa, o'zini aytayotgan aqidasiga teskari gap gapiradi, indamay o'tirib oldi baribir.

[1:07:11] Ya'ni Imom Ahmaddagi savodni, quvvatni, shijoatni, jur'atni ko'ringki, bitta o'zi turibdi. Xalifaga qarshi va uni atrofidagi mo'tazala olimlarga qarshi. Keyin mo'tazilalardan yana bittasi turib Imom Ahmadga hujjat keltirdi. Imom Ahmad javob berdi. Yana bittasi urdi. Uni ham joyiga qo'yib qo'ydi. Xullas, kim esa turib gapirmasa, mag'lub bo'laverdi. Imom Ahmad aytadi, ular menga savol berishsa, men javob berishdan avval xalifaga qarab qo'yardim deydi. Ya'ni eshitib qo'y, mana onasan degandek. Ular gapirganlarida men xalifa tarafiga qarab turib, sizlar menga Allohning Kitobidan yoki Rasulullohning sunnatidan dalil keltiringlar der edi. Aqliy ishtiqodlarni keragi yo'q menga. Chunki na Qur'onda, na hadisda biron joyda Qur'onni maxluq yoki maxluq emas degan joyi yo'q.

[1:08:05] Shuning uchun Kitobdan keltiringlar, sunnatdan keltiringlar. Aqliy ishtiqodinglar kerak emas dedi. Shunda men o'tasimning vaziri Ahmadiddin Abizuot achchiq qilib aytdiki, ey Ahmad, sen nima? Faqat allohni kitobi bilan, rasulullohni sunnati bilangina gapirasanmi? Aqlingni ishlatmaysanmi? Ey Amir al-Mo'miniy, bu adashgan, boshqalarni ham adashtiruvchi bid'atchi. Mana bular qozilar, sizni fuqarolaringiz. Shulardan so'rang dedi. Xalifa nima deysizlar bu kishi haqida deganida hammasi bir bo'lib, ya miromu minin, bu o'zi adashgan, boshqalarni ham adashtirayotgan vidachi dedi. Imomahmad qayerda adashdim dedi ularga. Ulardan biri turib, gapirdi, Ahmadulla Hammali yana javobini berdi. Hech kim imomahmadni hujjat bilan yengishlikka qodir bo'lmadi.

[1:08:55] Shunda vazir turib Ahmadimni Hammalni bid'atchilikda ayblashdan boshqa chorasi qolmadi. Shunday qilib peshin vaqtigacha bu munozara davom etdi. Mo'tasil majlisliklarga javob berdi, hamma chiqib ketdi. Birinchi kun tugadi. Xalifa bilan qilingan bahsni birinchi kuni tugadi. Shunda Xalifa oldida ikkita odam qoldi. Ahmadimni hammali va Abdurahmon ibn Is'hoq. Hamma chiqib kelganidan keyin Xalifa Imomahmadni haqiqiy bir mavqefini, pozitsiyasini, fikrini bilishlik uchun yoniga chaqirtirib turdi. Ey Ahmad dedi. Solih ar roshidiyni taniysanmi sen dedi. Imomahmad ha dedi. Motasim aytdi.

[1:09:42] Ar roshidi meni murabbiyim edi. Ya'ni buni kichkinaligidan tarbiya qilgan ustozi edi. Mana shu yerda ar roshidi men bilan o'tirib suhbat qildi. Qur'onni gapirib, men aytgan narsaga xilof gapni gapirdi. Ya'ni Qur'onni mahluqi emas dedi u ham. Uni sudrab borishib, boshini ezishdi dedi. Ya'ni murabbiyimgaki shu muomalani qildimmi, endi senga qanday muomala qilishimni o'ylab ko'rdi dedi bu gapi bilan. Imom Ahmad sukut qildi. Shu yerda turgan Abdurahmoniy misol aytdi ey Amir al-Mo'miniy, men bu kishini o'ttiz yildan beri taniyman Imom Ahmadni. Shu paytgacha u sizga taot qilinishi kerakligini, haj va jihodni siz bilan bo'lishini aytib keladi, olim kishi. Yana fitnalarga ham aloqasi yo'q. Olim odam uyiga ketsa yaxshi bo'lardi dedi. Xalifa biroz xotirjam bo'ldi. Endi imomahmad xalifaga qarshi fitna qiladiganlarda qatorida bo'lgan edi, masalasi oson edi. Shart qatl qiladi, shu bilan ketar edi.

[1:10:43] Xalifa motasini fikr qilib turib, vallohi bu faqih, vallohi bir olim odam ekan dedi. Albatta, bu haq so'z edi. Chunki shuncha o'zini ilidiy etib turgan qozi yu, faqihlar imomahmadni hujjat bilan yengisha olmagan edi. Keyin motasini bir ajib so'zda aytdi. Vallohi podshohlar huzuridan meni huzurimga kelganlarga javob berib, mana shunday kishi yonimda bo'lganida, menga zarar qilmas edi. Agar meni talabimga bu ozgina bo'lsa ham ijobat qilsa, vallohi uni o'zim himoya qilar edim. Uning ortidan o'zim yurar edim, qo'shnim bilan unga ergashar edim.

[1:11:24] Qarang, ilmiga qoyil qolganligidan so'z ayta olmasdan, agar boshqa mamlakatni podshohlaridan odamlar kelsa, menga yonimda shunaqa odam turganligi yaxshi bo'lar edi. Agar men aytayotgan narsaga ozgina ko'nsa, ozgina moyil bo'lsa, o'zim shogird bo'laman deyapti kim? Xalifa. Bu albatta har qanday odamni fitnaga solib qo'yadigan, o'ylantirib qo'yayotgan so'z edi. Xalifa o'zi nima deyapti? Shogird bo'laman deb aytyapti. Imomga qarab turib, ey Ahmad nima deysan dedi. Imom Ahmad, ey Amir al-mo'minin, Allohni kitobidan, Payg'ambarimizni sunnatidan, so'zinglarni to'g'riligiga menga bitta dalil keltiringlar dedi. Qabul qilmadi. Ertaroq boshlangan majlis peshingacha davom etdi. Xalifa charchagan, Imomdagi moyil edi yo'qligini ko'rib turib jirkib berdi. Yana olib borib qaytarib qo'yishdi. Birinchi kunni kechasida Imom Ahmad aytadi, kel meni huzurimga Vazir Ibn Abizuot keldi. Ey Ahmad, nima deysan? Amirul mo'mining sendan umid qilyapti dedi. Ya'ni ozgina moyil bo'lsang, seni o'ziga ustoz qilib olish bor. Imom Ahmadning javobi boyagidek bo'ldi. Menga kitobdan yoki sunnatdan e'tiqodingizda to'g'riligiga biror bir dalil keltiringlar, dedi. Vazir aytdi: ey Ahmad, vallohi, Amirul mo'mining seni ismingni dorga osib o'ldiriladiganlar qatoriga yozdi, keyin o'chirib yubordi.

[1:12:46] Vallohi, bu qilich ham bo'lmaydi, ya'ni seni qatlingga qilich ham ishlamaydi, balki seni jazoying tinimsiz birin ketin beriladigan qamchi bilan zarbalar bo'ladi, dedi. Imomahmadning javobi boyagidek bo'ldi. Menga kitobdan yoki Rasulullohni so'zidan hujjat keltiringlar, dedi. Uchinchi kuni tong otdi. Mana shu uchinchi kunda bir narsa bo'lishini bo'lishini sezganidek, Imom Ahmad soqchidan ipobga berishini so'radi. Ipobga berdi, o'zini izorini mahkam bog'lab oldi. Chunki bugun azob berilib, uriladigan bo'lsa, kiyim yechilib ketishini, avrat ochilib qolishini xohlamagan edi.

[1:13:23] Imom Ahmad aytadi: uchinchi kuni meni bir hovlidan ikkinchisiga olib kirishdi. U yerda qo'lida qamchi, qilich va turli qurollari bor kishilar turishar edi. Hovli askarlar bilan o'ralgan. O'tgan avvalgi ikki kunda bu kishilar majlisda yo'q edi. Mana shu kuni fe'lan xatarli ishlar sodir bo'ldi. Xalifani oldidan bir kishi kelib, ey Ahmad, senga voy bo'lsin. Albatta Xalifa senga shafqatli, xuddi ota bolasiga shafqatli bo'lgani kabidir. Mana shu uchinchi kunda bo'lgan ishlarni guvohi bo'lgan Ahmad Abdafarajni qissasi. Xalifani ayollaridan bittasi. U aytadi, sultonning ayrim ishlarini bajarishlik meni zimmam deydi. Ya'ni Xalifani xizmatkorlardan bittasi. Kunlarni birida ko'chaga chiqsam, odamlar do'konlarni ichidan berkitgan, hammasi Xalifani qasriga qarab ketyapti. Odamlarga nima bo'lgan? Xuddi hayit kunidaydaqa hamma qasriga qaratib ketyapti. Nima odamlar fitnaga tayinlanyaptimi dedim. Odamlar Imom Ahmadni bugun imtihon qilishadi. Shuni kuzatgani ketishayotgan edi odamlar. Ya'ni xalq imomini himoya qilishiga tayyor. Agar imomga aziyat ketadigan bo'lsa, xalq o'zini qurbon qilishga ham tayyor edi. Mana shunday bir Imom Ahmadni qavm yaxshi ko'rar edi.

[1:14:39] Menga bugun Imom Ahmad Qur'on xususida imtihon qildirishni shuni olib ketilyapti deb javob berildi. Xalq himoya qilishlikka tayyor turibdi. U aytadi, eng yaxshi kiyimlarni kiyib, xalifaning hojimi yoniga keldim. U meni do'stim edi. Men ichkariga kirib, ichkarida bo'ladigan narsani ko'rmoqchiman dedi. Xalifani yonidagi birinchi qatorga olib kirib qo'ydi uni. Majlisda ustiga dev boj yopilgan, oltindan bo'lgan bir kursiy turgan edi. Xalifa chiqib keldi. Kursiga o'tirdi. Keyin, aynan ha dalladiy yaz'o muammo anna allohu yetakallamu bijari xatayin dedi. Alloh ikki jorihasi bilan gapiradigan gapiradi deydigan odam qani dedi? Ya'ni Allohni tili va og'zi bilan gapiradi degan odam qani olib chiqinglar dedi. Imomahmad unaqa degan emas. Alloh gapiradi degan, lekin gapirishi bizni gapirishimiz kabi emas degan. Endi bular tuhmat qilyapti. Allohni til va og'iz bilan gapiradi deb. Allohni til va og'iz bilan gapiradi deyotgan anavi kishi qani, meni oldimga olib kelinglar dedi. Imomahmadni olib kelishdi, qo'llari bog'langan holda. Imomahmad la havla va la quvvati illa billa deb kelar edi. Xalq qasr atrofida to'planib turibdi, ichkariga kirishlikdan to'sib qo'yilingan.

[1:15:56] So'roq boshlandi. Sen Ahmad ibn Hanbalmisan? Men Ahmad ibn Muhammad ibn Hanbalman. Sen qurol maxluq emas, Allohni kalomi deganmisan? Bu gapni qayerdan olding? Imom javob berdi. Allohni kitobi va Rasulining sunnatidan. Rasululloh nima degan? Mana endi Imom Ahmad Rasulullohni hadisini keltiryapti. Menga Abdurazzoq ma'mardan, zuhridan, solimdan, u otasidan rivoyat qildiki, albatta Rasululloh shunday deganlar. Albatta Alloh munosaboga yuz mingta kalimani gapirdi. Yigirma mingta kalimmani, uch yuzta kalimani, o'n uchta kalimani. Bas, kalom Allohdan bo'lgan edi. Eshitishlik munosabodan bo'lgan eda. Munosabo dedi, ey robbim, menga sen gapiryapsanmi? Yoki boshqasimi? Alloh dedi, men senga gapiryapman. Sen bilan mening oramizda elchi yo'q. Qalisi tugadi. Imomahmad rahmatul oliy muhaddis bo'lgan, hadis ilmida peshqadam bo'lgan. Shu hadisni mana rovoylari bilan keltirib qo'ydi. Xalifa yolg'on gapiryapsan dedi. Shunda, agar men yolg'on gapirayotgan bo'lsam, Alloh Taolo Qur'onda, va lekin haqqol qovlu minni la amla anna jahanna minal jinnati va nas yaj ma'in degan.

[1:17:16] Agar bu hadis yolg'on desanglar, Alloh Taolo Qur'onda shunday degan. Nima degani? Alloh aytgan, lekin men tomondan bu so'z haq sobit bo'lgandir. So'z. Qovul. Men Jahannamni kofir jin va dinsiz odamlarning barchasi bilan to'ldiraveraman. Agar bu so'z Allohdan boshqasi tarafidan bo'lganida, shu yerda aytilinayotgan al qovul maxluq bo'lardi dedi. Maxluqning so'zi emas. Sizlar Allohni gapirmaydi deysizlarmi? Unda bu oyatdagi al qovul so'z kimning so'zi dedi? Alloh aytyapti yu. Lekin men tomondan bu so'z haq bo'lgan.

[1:17:53] Bu yerdagi so'z kimning so'zi? Agar maxluqning so'zi desanglar, jahannamni to'ldiraman deb maxluq ayta olmaydi. Chunki jinlarni yoki kofir insonlarni jahannamni toldiraman deb faqat Alloh aytadi. Demak, sizlar Allohni gapirmaydi desanglar, unda boyattaki qovul. So'zni kim gapirdi? Agar qovul so'z, maxluqni so'zi desanglar, maxluq o'zini qo'lidan kelmaydigan ishni qilmaydi. Jahannamga kirgiza olmaydi. Xalifa bu hujjatni oldida binosada deyolmay qoldi. Yonidagilarga qarab turib, munozara qilinglar. Bahs qilinglar bu bilan dedi.

[1:18:31] Mo'tazilurlarning ayrimlari, ya amiral mo'minil, o'ldiring, bo'yniga qilich o'ring, qutulaylik bundan deyishdi. Chunki. Qachon bahs qilishsa, Imom Ahmad bilan mo'tazilar faqat yengilgan. Endi qurol ishlatishlikdan boshqa choralar qolmayapti. Endi Mo'tasim qarasam, o'zini vazirlari, olimlari bahs qilishni xohlamayapti. Tashqarida xalq xalifaga qarshi yig'ilib turibdi. Nima qilishni bilmadi da, achchiq bilan imom ahmadni yuziga urdi. Bu harbiy kishi bo'lgan, jismonan quvvatli bo'lgan. Imomahmad qanchadan beri qamoqda, jismi zaif bo'lgan. Boyagi tushgan zarbadan, yuziga tushgan zarbardan, yer yiqilib, hushidan ketib qoldi.

[1:19:14] Shu majlisda soqchilik qilib turgan soqchilarni ayrimlari sekin sekin chiqib ketdi, bitta bitta o'g'lim. Xalifa buni sezdi. Chunki bu chiqib ketganlar xurosonda ahmadunda hambalning bobosi, hambalni qo'l ostida turgan askarlar edi, asli xurosonligida. O'zlarini qo'mondonini nabirasi mana shunga azoblanib turibdi. Bitta bitta o'lib chiqib ketishdi. Xalifa buni sezdi, hushyor tortdi.

[1:19:41] Agar mana shu zarba tufayli Imom Ahmad o'lib qoladigan bo'lsa, haqiqatdan fitna boshlanadi. Chunki xalq ko'chada turibdi. Takbir aytyapti, baqiryapti, muzokara bo'lyapti. Suv olib kelinglar dedi. Suv olib kelishdi. Imom Ahmad yuziga sepishdi, o'ziga keldi. Imom Ahmad qarasa, yonida amakisi ish hokimida ham bal turibdi. Xalifaga qaramadi da, amakisiga qarab turib, ey amaki, bu yuzimga sepilgan suvni egasi, ehtimol mendan g'azablana ekandir, dedi. Ya'ni kim g'azablanyapti?

[1:20:14] Ya'ni men bilan hujjatlashgani quvvat yetmasdan endi meni betimga urdimi? Degan gap bor. Endi Xalifaga gap qaytarilmaydi, Xalifa bilan tortishilmaydi. Notasini aytdi. Sizlarga voy bosin, dedi. Shunaqa jur'at bilan gapiradimi menga dedi. Ahmadiddin Abizuot, vazir. Besh yil umra esi, Mo'tazallarning olimlaridan. Ikkisi ham Amir al-Mo'minning qatl qiling, qutulaylik bundan deyishdi.

[1:20:40] Aytyapmiz ku, bu ummatni aqidasini sog'lom holatda qolishingga turib bergan yagona kishi Ahmadiddinning hamma bo'lgan birodarlar. Qolgan hamma odamlar uzrni olib, jonini saqlab bir chekkaga chiqib olgan. Ammo Ahmadinda ham bal ham agar uzrni olganida, ehtimolki bular Qur'onni mahvolda bo'lishar edi. Ehtimol Mo'tazila o'zini buzoq hiylasini butun ummatga o'tkazib yubora olmadi. Shuning uchun bu kishilar haqida, maslahat boshlari haqida gapirayotganda faqat tamomiy bir hurmat bajo keltiraylik.

[1:21:10] Mo'tasim aytdiki, ularni gapiga, albatta men Allohga qasam ichganman, Allohni nomiga qasam ichgan man. Qilich bilan qatl qilmayman, qilich bilan qulil qilishga buyurmayman ham dedi. A unday bo'lsa qamchiga buyuring deyishdi ular. Xalifa, Allohni la'nati bo'lsin senga da deyman Muhammadga. Sendan umid qilgan edim. Rasulullohga bo'lgan yaqinligim bilan qasamki, Qur'onni mag'rur demaguningcha, ustingdan qamchini ko'tarmayman dedi.

[1:21:38] Shunday qilib fitna boshladi. Mana endi Imom Mahmudni haqiqatdan azoblashni boshlandi. Kiyimini yechinglar, ushlanglar, olib boringlar unda dedi. Kelib, imomni ushlab, kiyimlarni yechib, ana shu urushlikka olib borishdi. Buyurildi. Uriladigan, kaltaklanadigan kishini qo'llari ikki tarafga tortib aylab qo'yiladigan yog'ochni olib kelishdi. Qamchini olib kelishdi da.

[1:22:01] Imomahmadni o'g'li solih aytadi, otamda rasululloh sollallohu vestalamning sochlari, taolosi bor edi. Shuni bir latakaga o'rab, yengiga o'rab olgan, chekib olgan edi. Kiyimini yechishayotganda boyagi bog'langan narsani is'hoqimni ibrohim kelib, nima nomi dedi? Rasulullohning sochlari dedi. A yolg'on gapirdi. Kiyimini yechib o'tga tashlab yuboringlar deyishdi. Ammo mo'tasam yo'q dedi. Yechib qo'yinglar dedi. Imomahmad aytadi, keyin ikki yog'och orasiga olib kelindim. Ikki qo'lim bog'lab tortib qo'yildi. Shu yerga yaqin, shu joyga yaqin joyga kurs olib kelib qo'yldi. Xalifa o'tirdi, yonida uni vaziri ibna abizuard. Odamlar kuzatib turibdi, endi nima bo'ladi? Imomahmadni qo'lini bog'layotgan soqchi kelib, sekin qulog'iga aytdiki, bog'layotib, yog'ochni mahkam ushlab ol dedi. Men uni so'zini tushunmadim deydi. Ya'ni bu odam odamlarni urib, bu ishlardan xabardor bo'lganligi uchun, haligi yog'ochni makkani ushlab olsa, qamchi bilan zarba berilganda yiqilmaydi. Qo'li chiqib qolmaydi, qo'li sinmaydi.

[1:23:05] Imom ahmad tushunmadi, yog'ochni ushlamadi, o'sha birinchi zarbalar tushgandaylar, oldiga ketib qoldi, qo'li bog'langanligi uchun tortilib, mana bu rusxu deyiladi. Shu yerda chiqib qoldi. Imom ahmad to'g'ri aytadi, keyinchalik otam mana shu rusxudan ko'p bir alam chekib, mashaqqat chekib yurdi. Xalifa jallodlar kelsin dedi, kelishdi. Ularni qo'lidagi qamchini ko'rib, xalifa qanoatlanmadi. Qattiqrog'ini olib kelinglar dedi. Qattiqrog'dini olib kelishdi. Uni ko'rdi da, unga qanoatlandi. So'ngra xalifa jallodni yoniga chaqirib turib o'zini, Alloh qo'lingni hududini ur dedi. A'zo berish boshlandi. Birinchi jallod ikkita zarbani qattiq berdi, orqagacha keldi. Ikkinchi jallod keldi. Xalifa unga ham baqirdi. Alloh qo'lingni hududga ko'r, ur dedi. U ham ikkita zarba urdi, orqaga chekindi. Shunday qilib xalifa tinimsiz buyruqni berib turdi, ikkala jallod ikki zarbadan urib, navbat marobat almashishuv urdi. Imomahmadning yonida xalifa o'tiribdi. Vazir, saroydagi ayonlar, tashqaridagi xalq nima bo'layotganini bilolmasdan, takbir aytib turibdi. Shu vaqt saroy kishilaridan biri aytdi imomga. Senga voy bo'lsin. Seni qarshingda, seni imoming, xalifang turibdi, qanday bunga osiy bo'lasan dedi.

[1:24:22] Xalifa keldi da, qo'lida qilichni o'tmas tomoni bilan imomni urib turib, ey dedi, sen mana bu narsani hammasini yengaman deyapsanmi yolg'iz o'zing dedi. Ya'ni shuncha olimlar turibdi, hammasini yengman deyapsanmi dedi. Xalifaning yonidagi ana shu yomon betonalar aytishdiki, ey amira mo'miniy, bo'yniga qilich yuring uni. Keyin Mo'tasim avvalgilardan ko'ra kuchliroq, qattaroq bo'lgan jallodni chaqirtirdi. Keldi. Xalifa so'radi. Qamchilab urib o'ldirish uchun qancha zarba berish kerak?

[1:24:55] Boyagi jallod besh yoki o'nta. O'n beshta yoki yigirmata zarba dedi. Xalifa avvalgi jallodlarga urib, orqaga chekinish deb yurgan edi. Endi bunga nima dedi? Ur dedi. Uni ur, o'ldir, ishni qancha ertaroq bitirsang shuncha yaxshi dedi. Mana endi jallod o'ldirishga uryapti.

[1:25:18] Urdi, urdi, zarba ketidan zarba, o'n tadan o'tib ketdi zarbalarni soni. Imomahmadni ko'raylari yirtilib, yelkasidan yerga qoniqishni boshladi. Ammo mana shunday Mirzayev chismi bilan buncha zarbalarga bardosh berayotganiga hamma hayron turar edi. Isoq ibn Guruhim, Mirshablarni raisi, Amir al-Mo'miniy. Bu kishini jismi zaif, o'lib qolmasa edi, deb xavotir oldi. Xalifa bo'lsa, so'zimni eshitding, dedi. Rasulullohga bo'lgan qarindoshligim haqqi, men aytgan narsani aytadi yoki o'lib ketadi, dedi. Is'hoq, menga ruxsat berib borib gapiray, dedi. Ruxsat berdi. Imom Ahmad mana shunday bir mashaqqat, azobni ostida harakatlana olmaydi. Nima bo'layotganligini ayla olmay turibdi. Is'hoq sekin kelib, pichira aytdiki, ey Ahmad, xursand bo'l. Amirul mo'min in o'zini so'zidan qaytdi, tavba qildi va la ilaha illalloh deyapti, dedi. Yolg'on gapirdi, hiyla ishlatdi. Imomahammad mana shunday bir zaif holatida ixlos kalimasi, men ham buni aytaman, la ilaha illallohni dedi. Isoqiy amirul mo'minin o'z izzat ekan gapni aytdi, dedi.

[1:26:25] Ya'ni zarbalarda to'xtatishlik uchun mana shu yolg'on gapni ishlatdi. Qasr ichidagilarni ovozi ko'tarilib ketdi. Ya'ni mag'lub bo'ldi degandek. Ichkaridagilarni evazini eshitib, tashqaridagilardan ovozi ko'tarilydi. Xalifa tashqarida nima gap bo'layotganini bilish shuncha bitta odamni chiqardi. U odam qaytib keldi da, ey amiral mo'miniy, odamlar sizga qarshi jamlanib turishibdi. Ahmadinda hamma bilan chiqarib yuboring. Albatta men sizga nasihatgo'ylardanman dedi. Haqiqatdan tashqarida xalq ichkaridagi ishdan norozi bo'lib, takbir aytib, ovozini ko'tarib baqir chaqir qilib turgan edi. Xalqni bu qarshi turganini ko'rib, xalifa qo'zg'olondan qo'rqdi da, kiyintiringlar dedi. Imom ahmad kiyintirishdi. Qasrni derazasidan olib borib xalqqa shunday ko'rsatib qo'yishdi. Odamlar o'zlarini imomini ko'rishdi. Ammo kaltak yeganidan, zarba yeganidan ularni xabari yo'q. Pastdan turib, ey Abdulloh, nima dedingiz? Biz ham o'shani aytaylik dedi. Hamma kutib turibdi, imom nima deydi. Hatto ayrim odamlar qo'liga qog'oz bilan qalamini olib yozishga ham tayyor turishibdi. Shunda imom Ahmad nima ham der edim. Ey as havbul axbor, yozinglar. Ey odamlar, guvoh bo'linglar. Albatta Qur'on Allohning kalomi, maxluq emas dedi.

[1:27:42] Odamlar shunday deb yozib olishdi. Xalifani oldiga qaytarib olib kelishdi. Xalifani g'azabi yana ziyoda bo'ldi. Chunki odamlarni o'zini aqidasiga burib yuboradigan fursat ketib qoldi. Yana uringlar dedi. Jallod yana urushni boshladi. Qo'ling quragur, ur dedi. Urdi, urdi, Imom Ahmad hushidan ketdi, tushib yurdi. Ammo ko'zi och holatda edi. Hushidan ketdi deb o'ylamasdan yana urushni urdi. Ancha urilgandan keyin to'xtadi. Imom Ahmad o'ziga keldi.

[1:28:12] Suv olib kelishdi, molamni ichib oldim. Imom Ahmad ro'za edi. Mana shunday holat edi. Ramazon oyi edi bu. Ro'zador odamni mana shunday bir azoblashdi, ro'zani ochmayman dedi. Ro'zasini ochmadi. Keyin imomni qamoqqa qo'yishdi. O'ttiz oyga yaqin bu vaqtni ichida musulmonlarning ommasi xalifa mo'tasimni ichidan, atrofidagilarni ichidan norozi bo'lib, boraverdi, xalifa bundan qo'rqdi shunda, imom ahmadni amakisini chaqirishdi da, imom ahmad unga topshirishdi. Uyingga olib ketdi. Shunday qilib imom ahmad o'zini uyiga bordi. Ammo xalifa amr qildi, imom uydan chiqmaydi, odamlar bilan uchrashmaydi, dars bermaydi, eshigi oldiga qorovullar qo'yildi. Shu holat notaslimning vafotigacha davom etdi.

[1:29:01] Imom ahmad rahmatul oleyhning qalbi toza, pokiza inson edi qalbi. Mana shuncha bir mashaqqatga solishiga qaramasdan, u kishiga zulm qilganlarni avf qildi. Avf qildi, albatta bu avf qilishlikni, kechirishlikni eng oliy misoli edi. U kishi Qur'onda mana shu avf qilishligi haqidagi oyatlarni o'qir edi. Astaydu billah, valiah afu valiah sufahhu. Alloh Taolo aytadi, balki ularni avf qilib kechirsinlar. Fa man afa va aslaha va ajruhu alalloh. Endi kim avf qilib unga zulm qilganni? O'rtani isloh qilsa, bas bu kishini ajri Alloh Taoloning zimmasida qoladi. Imom Ahmad aytadi, mana shu oyatlarni tafsirini o'qib aytadiki, qachoniki ummatlar qiyomat kunida qoyim bo'lar ekan robbilar alaminni huzurida. Nido qiluvchi nido qiladi. Kimni Alloh Taoloning zimmasida ajri bo'lsa, tursin. Shunda, shunday kishilar turadiki, unga zulm qilganlarni shu dunyoda avf qilgan kishilar bo'ladi bular. Ya'ni zulm ko'rgan bir inson borki, turadida, unga zulm qurganini shu dunyoda turib, o'lmasdan avval avf qiladi. Mana shularga Alloh Taolo ularni haqlarini, ajrlarini ato qiladi.

[1:30:18] Shuning uchun aytardiki, Imom Ahmad, meni urdirganlarni avf qildim. Men tufayli Alloh Taolo biron bir kishini azoblashligini xohlamayman deydi. Ana avfni kechirib qo'yishlikda, bag'ri kenglikda, kechirimlilikda eng oliy misoli. Ayrim odamlar aytishdi, ey Imom, hech bo'lmasa bir duoy batib qo'ymaysizmi bularni?

[1:30:42] Shunda Imom Ahmad javob berdi, men soboraman da'a ala a'zolimiy. Zolimini doibat qilgan kishi sobir emas dedi. Kim sobir ekan? Qarg'amagan, bo'ynini uzilsin, tayinida qolsin, unaqa gap yo'q. Unga zulm qilganda shu dunyodan chiqib ketmasdan turib avf qildim deb qo'ygan odam. Endi kim qarg'agan bo'lsa, doibat qilagan bo'lsa demak bu odam sobir emas ekan deb Imom Ahmad rahmatul oliy aytyapti.

[1:31:12] Abbosinglardan uchta xalifa, Ma'mun. Notasin al vosiq. Bular o'zlariga ana shu aqidada adashgan, Notazila firqasidan bo'lgan kishilarni yaqin qilishdi. Ularni aqidasini o'zlariga aqida, o'zlarini aqidasi qatori qabul qildi. Shuncha bir qo'lida mulki, saltanati quvvoti bo'lib turib, bu xalifalar birin ketin yiqilaverdi, ammo haq hujjat egasi bo'lgan Imom Ahmad o'zini so'zida sodir turdi. Notazilalar Qur'onni Allohni kalomi emas. Qur'onni maxluq deyishdi. Albatta bu buzuq aqida edi. Bu noto'g'ri narsa edi. Bunday bir buzuq narsa, buzuq aqidani noto'g'ru yo'l uzoq turishi mumkin emas edi. Zero Alloh Taolo aytadi: Astaytibillah, fa amma zabadu fayyadah abu jufa. Endi ko'pik, chiqindi, o'z o'zidan yug'ib ketur. Bunaqa kelib ketadigan narsalar ko'p bo'lgan ummatimizni tarixida. Asl narsa qolavergan. Asl narsa qolavergan.

[1:32:13] Xalifa Ma'mun imomni Ahmadni kaltaklamoqchi, azoblamoqchi bo'ldi, ammo Alloh Taolo uni ajalini yetkazdi. Ammo uni ukasi, otasi, akasi qilmagan ishni qildi. Xalifa Motasin ana shu mashhur Amuriya jangida ulkan bir g'alabaga erishgan edi. Mana shu jangga chiqishligiga sabab, bir muslima ayolni ana shu mashaqqat ko'rib, aziyat ko'rib, zulm ko'rganda vo Motasima degan nidosi sabab bo'lgan edi. Mana bu ayolni nidosiga lappay kelgan uxta deb baqiradi Xalifa Motasin. Bu kishi harbiy kishi bo'lgan. Ilmdan uzoq bo'lgan, deyarli bir savodsiz umumiy odam bo'lgan, ammo harbiy mahoratida shubha yo'q edi. Ana shu ayolni nidosiga labbay dedi, borib mana shu jangda ulkan g'alabani qo'liga kiritdi.

[1:33:01] Xalifa Motasin mana o'n minglikka yaqin savodsiz odam edi. Aytdik buni. Yana bunga uni oldida turgan maslahatchilari, vazirlarini, buzuq aqida egasi ekanligini qo'shsangiz, u kishini adashlikka qanchalar yo'li oson bo'lganligini ham ko'rasiz. O'zi ilmsiz, savodsiz, yonida maslahat beradigan vazirlari buzuq haqidagi kishilar, endi bu odamni buzilib ketishi haqiqatdan oson edi, aqida yo'lida.

[1:33:28] Imom Ahmadni mashaqqatga qolganini, qamalganini ko'rib, xalq xalifadan norozi bo'ldi. Bundan xavotir qildi, imomni qo'yib yubordi. To ikki yuz yigirma yettinchi yilgacha xalifa Mutasimov vafot etgunga qadar Imom Ahmad mana shunday bir uy qamog'ida qoldi. Mana shu to'qqiz yil muboloq to'xtamadi.

[1:33:52] Xalifa mutasim vafot etganidan keyin o'rniga xalifa al vosiq bo'ldi. Vosiq xalifa bo'ldi. Endi mutazililardan bo'lgan vazir Ahmadiddin Abizuot xalifa Mamonga ham vazir bo'lgan edi. Xalifa Mutasimga vazir bo'lgan edi. Mana endi uchinchi kelayotgan xalifa Vosiqga ham vazir bo'lib qolishlikka yo'l topdi.

[1:34:15] Xalifa Ma'mun ma'rifatli, ilmli, saxofatli kishi edi. Mutasim harbiy kishi edi, ilmdan uzoq edi. Endi uchinchi kelgan xalifa Vosoq o'zini ilm ma'rifati, saxofatida Ma'munga o'xshab ketar edi. Shuning uchun ayrim odamlar uni ikkinchi Ma'mun deb qo'yishar edi. Mana endi Xalifa Vosoq davriga keldik. Xalifa Vosoq, ilmlik, saxofatlik, ma'rifatli odam edi. Yana u musiqani yaxshi ko'rar edi, g'inoni. Yaxshi ko'rganiga shu darajada ediki, o'zi ham ora churada shu g'ino qilib turar edi. Ashula aytib turardi Xalifa.

[1:34:52] Ilmlik, ma'rifatlilik, yonida atqaytada adashgan lota zilolalar bor, yana g'inoni yaxshi ko'rada. Hatto o'zini aytgan ashulalaridan ayrilari yuz taga yetgan edi deyiladi. Xalifa al Vosoqni xalifalik davri boshlanganidan keyin, Imom Ahmad chiqib odamlarga dars berishni boshladi. Chunki yangi xalifa taxtga o'tirdi, davlatni ishlarini yangidan tartibga keltirishlik kerak. Shu narsalar bilan davlat ovora bo'ladi. Shunda Imom Ahmad chi qib, odamlarga dast atishni boshlardi. Ammo Bag'dodni qozisi xalifani vaziriga maktub yozdi. Ahmadina Hanbal chiqib odamlarga dars berishni boshladi. Endi xalifa Ibn Abizuot, nu'tazilalardan bo'lgan vazir, buzuqaqiyda egasi, bu keyingi xalifa Vosihna ham Imom Ahmadina Hanbalga qarshi qilmoqchi bo'lib, shuni payiga tushib qoldi. Ya'ni mana uyingdan chiqmasdan o'tir deb buyurilsa ham, baribir chiqib dars beryaptikan deb, Vosig'ini ham Imom Ahmadga qarshi qo'ymoqchi bo'ldi. Endi mana shu qilmoqchi bo'lgan harakatlardan xabardor bo'lib turgan saroydagi boshqa kishilar, Ahmadimni ham oldin yaxshi ko'radiganlar. Borib buni xabarini yetkazishdi, Imom Ahmad darsini to'xtatib turdi. Toki xalifa Vosig'i bu ishga erishib turib, bu ham uyingdan chiqmaysan, dars bermaysan deb ochiq buyruq berib qo'yishidan avval o'zi darsini nima qildi?

[1:36:16] To'xtatib turingan bo'ldi. Endi Imom Ahmad dars bermay qo'ydi, to'xtagan. Vosiq ham indamadi. Chunki agar Imom Ahmadga tajovuz qilsa, yana bir aziyat berishga o'tsa, odamlarni norozi bo'lishidan qo'rqdi. Shunday qilib, Imom Ahmad Vosiq vafot etgunga qadar ham dars bermasdan o'tirishlikka majbur bo'ldi.

[1:36:43] Odamiki Imom Ahmad o'zini chekkaga olib jim yuribdimi, Vositani ishonmay qo'ydi. Endi mana shu paytda Imom Ahmaddan tashqari ham Abbosinglarni bu o'zi aqidasiga norozi bo'lgan, bunga qarshi chiqadigan ulamolar bor edi. Faqatgina Ahmadiddin ham ballalar qarshi yu, qolgan hamma rozi emas edi. Ana shu kishilardan ahmad ibn nasr al malik al huzoy. Bu kishi Botirni oldida quvvat bilan turib, so'zladi. Va mana shu tutgan ishi u kishini tarix varolarida qoldi.

[1:37:16] Davlatni botil ustida turishi, xalifani botil kishilarni o'zini atrofida jamlashligi, nohaq ishlar davlatda hukm surayotganligi, haqiqat egalari sukut saqlashligi to'g'ri emas deb bildi. Va Vositani mamlakatiga qarshi, Abbosinglarni davlatiga qarshi, bu Ahmadimni Nasr inqilob uyushtirmoqchi bo'ldi.

[1:37:38] Endi uzoq qissa, xulosasi, belgilangan kunda kelishilgan bir belgilar zohir bo'lganidan keyin, xalq Vosiqa qarshi inqilob qilishlik kerak. Ammo xulosa shu bo'ldiki, bu inqilob fashalga yuz tutdi. Ular inqilobni qilisha olmadi, revolyutsiya qilisha olmadi. Ahmadobni nasrni tutib, xalifa al vosiqni oldiga olib kelishdi. Qolganlarni qo'yib yubordi, chunki mana shu inqilobda boshida turgan, asosida turgan kishi Ahmadiddin Nasr bo'lganligi uchun shuni o'zini so'roq qilishlik kifolandi. Vosiq shu narsa bilan qolganlarni quvib yubordi.

[1:38:15] Vosiq, Xalifa Vosiq Ahmadiddin Nasrinni olib kelib so'roq qildi. Qur'on haqida nima deysan? Qarang, u inqilob qilding, sen davlatga qarshi odamlarni yig'ding, inqilob haqida savol yo'q. Qur'onda maxluq deysanmi demaysanmi, asosiy g'ami shu. Asosiy g'am shu. Bu paytga kelib, bu ikki yuz o'ttiz birinchi hijriy yil bo'ladi. Ahmad ibn Nasr sakson ga kirgan, ilmli, ma'rifatli, sog' soqol, oppoq bir jalil, oqsoqol edi.

[1:38:47] Qur'on haqida nima deysan dedi. Ahmad ibn Nasr u Allohni kalomidir. Maxluqmi? Deb so'radi xalifa. Ahmadiddin Nasr, u Allohni kalomi dedi. Keyin xalifa boshqa masalaga o'tib aytdiki, robbingni qiyomatda ko'rasanmi sen dedi. Mo'tazalliklarni aqidasiga ko'ra, banda robbisini ko'rishi mumkin emas deb ishonishar edi.

[1:39:13] Biz Alloh Taolo ko'rinadi deymiz. Jannatga borganda muammo odam ko'radi, lekin u ko'rish kayfiyatini biz sifatlab ayb bera olmaymiz. Kayfiyat unga bir shakl bermaymiz. Ular Allohni ko'rib bo'lmaydi, deb e'tiqod qilishadi. Shuning uchun so'rayapti sen robbingni ko'rasanmi? Ahmadiddin Nasr ha, rivoyatlarda shunday deyilgan dedi. Vosiq aytdi, senga voy bo'lsin. Alloh ko'rinadimi? Xuddi mutashassis maxluq kabi ko'rinadimi? Makon uni sig'diradimi? Qarovchi uni ko'radimi? Bunday sifatning egasi bo'lgan robga men kofir bo'ldim dedi.

[1:39:49] Ya'ni sen aytayotgan rob ko'rinadigan bo'lsa, bu robga men kofir bo'ldim dedi. Ya'ni kishi do'stini dinida bo'ladiganlar rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Kimni do'sti ekanini qarasin degan rasululloh sollallohu alayhi va sallam. Shuning uchun yonidagilarni ta'siri xalifaga o'tyapti da, shu paytgacha yashab kelgan musulmonlarni aqidasiga xilof e'tiqodni odamlarga majburan o'tkazaman deb turibdi.

[1:40:12] So'ngra vosix o'zini yonida turgan kishilarga qarab, notozilik bo'lgan fuqaholar, ulamolarga qarab. Sizlar nima deysizlar? Ular aytishdi, bu kishini qoni halol deyishdi. Endi bu kishini qani halol, buni o'ldirib olsa bo'laveradi. Ahmadiddin Abizuot, vazir, ey amirlarim, umidiy. Bu kishi qarib qolibdi. Ehtimol, ahli ham ozib qolgandir. Bu odamni ishini keyingiga qo'yib turmaymizmi? Keyingi, keyinchalikka. Muvofiq. Vazirini shafodatini qabul qilmasdan aytdiki, bu o'zini kufrida turib olyapti. E'tiqodida qoyim turibdi. Som somani olib kelinglar dedi. Som soma arab lodi orasidagi mashhur ulkan bir katta qilich edi. Uni olib kelib berishdi. Keyin Xalifa Vosiq yonida turganlarga qarab, biz tanimagan sifatlari bilan sifatlangan, biz ibodat qilmaydigan Robga ibodat qiladigan u kofirni Ahmadimni Nasridan. Oldiga bosib boradigan har bir qadamimdan ajrni umid qilaman. Bu shunday ilohga sig'inyaptiki, biz uni tanimaymiz, biz unaqa sifatlar bilan sifatlamaymiz, bu kofir bu. O'zim chopaman va mana shu chopishlik uchun bosib borgan har bitta qadamimdan akajrni umid qolaman dedi.

[1:41:29] Buyurildi. Jallodlar Ahmadimni Nasrni kundagi yotqizishdi, boshini bog'lab, ip bilan tortib turishdi. Xalifa Vosiq keldi, o'zi qilichni ko'tardi, boshini uzdi. So'ngra buyurdi. Yozilsin, varaqqa yozildi. Bismillahir rohmanir rohim. Bu Ahmad ibn Nasr al Xo'zoyining boshi. Uni Allohning bandasi Al Imomul Horun Vosihi Billah Amirul Mo'minin uzdi. Holqul Qur'on haqida aytgan so'zi uchun. Bas Alloh uni o'zining oloviga tezlashtirdi.

[1:42:06] Bu maktubini ana shu lutazililardan bo'lgan kotib muhammadinni abdulmalik az zayyad yozdi. Ana shu qog'ozni parchasini Ahmadinni Nasrni boshiga, qulog'iga ilib, Bag'dodni janubi sharqidagi eshigiga olib borib ilib qo'yishlikka buyurdi. Bu yerda bir necha oy turdi. Keyin Bag'dodni janob g'araba tomondagi eshikka olib borib ildi. Shu yerda ham uni boshi turdi. Ikki yuz o'ttiz birinchi yilda shaban oyida mana shu ish nihoyasiga yetdi.

[1:42:38] Uni jasadi Samarqandda olti yil qolib ketdi. Olti yilgacha boshi bilan jasadi birlashgani yo'q. Keyin bir qilib ko'mishdi. Demak, bu ulug' imom buzu aqid egasi bo'lgan Mo'tazilalarga mana shunday bir salobat bilan, haybat bilan turdi. U kishini shunday qatl qilishdi. Ahmadunni nasr al huzu oyi haqida ahmadimni ham balga xabar yetkazishdi. Mana shunday mana shunday ish bo'ldi. Shunda imomahmad allohni rahmatiga olsin. Naqadar saxiy inson, tahqiq o'zini jonini fido qildi dedi.

[1:43:13] Odamlar ahmadimni nasrni shahid deb aytishar edi. Hatto mana u kishini qatl qilishganidan keyin, mana ancha vaqt o'tganidan keyin odamlar orasida o'rtasida har xil so'zlar ko'paydi. Bo'rtirma so'zlar, ana shulardan bittasi. Ahmadulloh nasrni boshi uzilganidan keyin, to ko'milgunga qadar qur'on tilovat qilib turardi, degan gap ham bor. Albatta endi bu bo'rtirma, lekin odamlar orasidan shu gap tarqadi.

[1:43:41] Xatibali bag'dodiy aytadi, ana shu vosiqdan keyin taxtni egallagan mutavakkil, mana shu xalifa mutavakkil bu fitnaga chek qo'ygan edi. Mutavakkil taxtga o'tirganidan keyin uni huzuriga abdulaziz ibn yahyo almakka kirib, biyomirul mo'miniy. Vosiqning ishidagi eng ajib narsa, u Ahmad ibn Nasrni qatl qildi. To dafn qilingunicha, Ahmad ibn Nasirni tili Qur'on tilovat qilib turdi da, dedi.

[1:44:10] Endi bu gap Mutavakkilga og'ir keldi. Sababi, Ahmadulla Nasrni xatl qilgan, akasi Vosiq edi. Bu gapni eshitishni yoqmasdi da endi albatta Xalifaga. Mutavakkil keyin, Xalifa bo'lib turganidan keyin, yoniga Abdulmalik ibn Zayyad kirdi. Muhammadulma Abdulmalik i bin Zayyad. Boyagi maktubni yozgan kotib. Ahmadulla Nasrning qulog'iga ilib qo'yildi yu maktub. Shuni yozgan kotib kirdi. Xalifa Mutavakkal aytdi. Ey ibn Zoyad, Ahmadimni Nasrni qatl qilinishida ko'nglimda bir narsa borda dedi. Ya'ni akam qatl qildi o'shani, shuni ishi to'g'ri bo'ldimikin degan ikkilanish bor menda deyapti. Shunda Ibn Zoyad aytdiki, ey amiral mo'miniy, akangiz Vosiq, uni kofir holda qatl qilmagan bo'lsa, Alloh meni kuydirib yuborsin dedi.

[1:45:04] So'ngra uni huzuriga Xarsama kirdi. Xalifa Mutavakil u Xarsamaga qarab turib, ey Xarsama, Ahmadimni Nasrni ishida qalbimda bir narsa bor da, dedi. Xarsama aytdiki, ey amiral mo'mining, Vosiq uni kofir holatda o'ldirgan. Agar shunday bo'lmasa, Alloh meni parcha parcha qilib tashlasin, dedi.

[1:45:26] So'ngra Mutavakkilni oldiga Ahmadimni Abizzu'at kirdi. Xalifani vaziri. Ey Ibn Zu'at, Ahmadimni Nasrni qatlida, qalbimda bir narsa borda dedi. Endi Ahmadimni Abizuot aytdi, amir olim, umining. Agar xalifa Vosiq uni kofir holda o'ldirmagan bo'lsa, Alloh meni shol qilsin dedi. Albatta bular shunday deydi, chunki bular o'zlari mo'tazilik bo'lgan odamlar.

[1:45:58] Keyinchalik xalifa Mutavakkil bu fitnaga chek qo'yib, Mo'tazillarni ishini to'xtatganidan keyin, Ibn Zoyadni olib kelib kuydirib yubordi. Niyatiga yetsin. Niyatiga yetdi. Xarsama qochib ketdi. U qochib sahroda Xuzoyilarning qabilasiga duch keldi. Ahmad ibn Nasr ana shu Xuzoq qabilasidan edi. Shunda Xarsamani Xuzoyiliklardan bittasi tanib qolib, ey Xuzoq xavmi, mana bu odam sizlarda qarindoshinglar Ahmad ibn Nasrinni qatl qilgan.

[1:46:29] Hujum qilishdi, parcha parcha qilib tashlashdi. U ham niyatiga aytdi. Nima degan edi? Agar Ahmadimni Nasr kofir bo'lmasa, Alloh meni parcha qilib yuborsin degan edi. Alloh uni mana parcha parcha qilib tashladi. Ahmadimni abizuvat qoldi. Vazir. U nima degan edi? Agar vosiq Ahmadimni Nasirni kofir holda o'ldirmagan bo'lsa, Alloh meni shol qilsin degan edi? Alloh Taolo jasadini yarmini shol qilib qo'ydi. Uni o'zini jasadiga qamab qo'ydi va mana shu holatida o'lib ketdi. Ahmadimni Nasr rahmatulloh alayh kofirmas edi. Mo'tazilalar raqidasi buzilganligi aniq edi u kishi haqida. Shuning uchun uchalasini so'ragan Alloh Taolo berdi.

[1:47:12] Ahmadimni Nasr haq yo'lida mana shunday vafot etdi, uni dushmanlari esa oqibatda mana shunday bir ayanchli bo'ldi. Mana shu holqul Qur'on fitnasida ko'zga ko'ringan ulamolardan Noaymimni Hammod. Motasim davrida ikki yuz yigirma uchinchi yilda qamoqqa solindi. Samarroq qamog'ida oyoq qo'llari zanjirlangan holda ajali yaqinlagini his qildi da, mana shu zanjirlar bilan dafn qilishini vasiyat qildi. Ikki yuz yikki ming sakkizinchi yilda Vosiqning xilofat davrida vafot etdi. Uni yuvishmasdan, kafanlashmasdan, shunday bir chuqurga olib borib tashlab yuborishdi.

[1:47:54] Noyim bilan birga yana yusuf ibn yahyo al buvaytiy ham qamalgan edi. Al buvaytai imom shofiyning shogirdi. Agar esingizda bo'lsa, Imom Shofi'iy darslarini o'qiganimizda, uchta shogirdiga baho bergan edi. Sen degan edi Buvaytiyga qarab, oyoq qo'lingda zanjirband holatingda vafot etasan degan edi. Oyoq qo'ling zanjirband holda vafot etasan, degan edi. Bu Imom Shofi'ining farosat ilmi egasi ekanligi, ahli farosatlardan ekanligi bitta dalil bo'ladi. Haqiqatdan bu it qo'lida zanjirlari bilan turgan holatda vafot etdi. Ustoz Imom Shofi'iy aytgan so'zi mana haq bo'ldi, ro'yobga chiqdi.

[1:48:35] Bu itni bir ajib so'zi bor, mana shu xalq Qur'on masalasida. Bilasizlar, Alloh Taolo Qur'onda marhamat qilgan: Astayduvilla. Innama amruh u idha aroda shay'an ay yaqul alah u kun faya kun. Albatta, Alloh Taolo bir narsani qilmoqchi bo'lsa, Allohni ishi kun deyish. Ya'ni bo'l deydi. Shu bilan hamma yoq bo'ladi. Bu ayting aytyapti, Alloh barcha maxluqotni birgina kun bo'l so'zi bilan yaratdi. Agar kun maxluq bo'lsa, demak Alloh maxluq bilan maxluqlarni yaratibdi degan edi. Ya'ni, bu yerda aytayotgan kun Qur'on oyatimi?

[1:49:17] Qur'on oyati mi? Demak Qur'on avloni kalomi, agar uni maxluq deyish mumkin bo'lsa, maxluq bilan Alloh Taolo maxluq yaratibdi dekan edi. Vosiq davrida fitna to'xtamadi. Xalifa Ma'mun ikki yuz o'n ikkinchi yilda Bag'dodni Mirshablar raisi Is Hokimni Ibrohimga yozgan maktubi bilan bu fitnani boshladi.

[1:49:41] Ma'mun davrida, Motasim davrida, Vosih davrida bu fitna to'xtamadi. Albatta, bu qilgan ish uchun qiyomatda javob beradi Xalifa Ma'mun. Vosih davrida fitna to'xta madi. Imom Ahmadga aziyat berilmay qo'ydi. Ya'ni Vosih qo'rqdi. Xususan ahmadimni nasriddin qilgan harakatidan keyin, agar ahmadimni hambalga yana aziyat yetkazsam, yana qo'zg'olon, yana inqilob bo'lmasin dedi da, imom ahmadni o'z holiga tashlab qo'ydi. Mana endi shu fitnani to'xtashiga sabab bo'lgan ishni suhbat qilgan bo'lamiz. Nahotda bir ajib, bir ibratli qissaki, ummatni ichida ahli ilmlar, ulamolarni bo'lishiga qanchalar muhimligini ko'ramiz bu qissadan. Adashgan toifalar, firqalar, bularni ro'parasida faqatgina ulamolar turib bera olishligi. Agar ulamolar bo'lmasa, xalq shunday adashib ketishi osonligini ko'ramiz. Mana shu fitnani yo'q bo'lishiga, to'xtashiga sabab bo'lgan hissa. Bu holat to Shayx Abu Abdurrahmon Abdulloh ibn Muhammad Adromiy Vosiqni huzurida vazir bilan qilgan bahsigacha shunday davom etdi. Shu bahsdan keyin bu fitna to'xtadi.

[1:50:58] U qissa quyidagicha edi. Xalifani oldiga Abu Abdurrahmon Abdulloyevni Muhammad Adromiyda olib kelishdi. Zanjirband. Adromiy aytdi, mo'taziliy vazirga ey Ibn Abizual, o'zingni so'zing haqida menga xabar ber. Ya'ni Qur'onni sizlar maxluq deysizlar. Shu so'zing haqiday menga gapir. Bu so'z dinni dohiyligi kirgan, aytilishi vojib bo'lgan so'zmi? Agar shu so'zni bir odam aytmasa, uni dini komil bo'lmaydimi? Vazir ha dedi. Ya'ni Qur'onni maxluq demasa, bir kishini iymoni iymon bo'lmaydi, uni dini to'la bo'lmaydi degan ular. Ha, aytish kerak dedi. Adromiy aytdi. Menga Rasululloh haqida xabar ber. U zot, Alloh Taolo Muhammad alayhissalomni payg'ambar qilib yuborgan vaqtida, Muhammad alayhissalom vahiydan biror narsani yashirib qolganlarmi? Rasululloh keyin vahiyni olib qolganmi yo hammasini yetkazganmi? Yo'q, yashirmagan. Hammasini yetkizgan. Al Adromiy aytdi. Rasululloh seni Qur'on maxluq degan so'zingga da'vat qilganmi?

[1:52:12] Vazir sukut qildi. Bunday savolni kutmagan edi. Shunda shayx Al Adromiy vosiq qarab turib, i am mir al mo'min in. Bir dedi. Ya'ni biru nol. Xalifa, ha, bir dedi. Biru nol. Adromiy davom etdi. Menga xabar ber. Alloh Qur'onda al yavma akmal tulakum dinakum. Bugun men sizlarni diningizni komil qildim dedi. Dinni komil qildum degan joyida Alloh sodiqmi? Yoki Qur'onni maxluq deb aytmasa, din komil bo'lmaydi degan so'zingda sen sodiqmi dedi.

[1:52:53] Alloh dinni komil qildim dedi. Alloh rost gapiryaptimi? Yoki Qur'on maxluq demasa, din komil bo'maydi deyapsan sen. Sen sodiqmi? Sen rostgo'ymi? Bu bahs bir boshqacha uslubda bo'ldi. Bahs munozaraga hujjat dalil ketirishlikka usta bo'lgan Ahmad ibn Abizuot biror narsa deyolmadi, sukut qildi. Shayx al adromiy, ey amir al mo'miniy, ikki dedi.

[1:53:21] Xalifa, ha, ikki dedi. Al adromiy davom etdi. Menga o'zingni so'zing haqida xabar ber. Rasululloh mana shu narsani bilganlarmi yoki bilmaganlarmi? Qur'onni maxluq deyishlikni bilganmi, bilmaganmi? Agar bu yerda Ibn Abizu'at, Rasululloh bilmagan, johil bo'lgan desa, Rasulullohni ilmsizlikda ayblagan bo'ladi. Agar Rasululloh bilmagani, Rasululloh johil bo'gan desa, o'zini aqidasiga ko'ra ham kofir bo'ladi.

[1:53:57] Rasululloh bu narsani bilganlar dedi Ibn Abizu'at. Shayx al adromiy shu narsaga rasululloh chaqirganlarmi? Rasululloh bilgan ekan, Qur'onda maxluq deyish dey demaslik haqida bilgan ekan. Endi Rasululloh Qur'onda maxlux deysan deb aytganmi? Mo'tazilik vaziri sukut qildi. Shayx i Amir al-Mo'miniy uch dedi.

[1:54:23] Xalifa ham uch dedi. Uch butun nol. Demak, uchchala bergan savoliga Ibn Abizu'at nima qilmadi? Javob bera olmadi, sukut qildi. Shayx dedi, ey ibn abizod, sen aytgan narsani abu bakr siddiq, umar ibn xattob, usmonov naffon, ali ibn abit olim roziyallohu anhu majmai. Ular bilishganmi, bilishmaganmi? Qur'onda maxluq deyish kerak, kerak emasligini bilishganmi,bilishmaganmi? Ibn Abizod bilishmagan ular dedi.

[1:55:01] Shunda shayx qarab turib, sen xulofoyi rojda bilmagan narsani bilib qoldingmi unda dedi. Ya'ni dinni, bu dinni tushunishligida kim bilimliroq to'rala xalifadan? Rasululloh muhtagan toifa, sahobalarni eng afzali bo'lgan to'rtta sahoba bilmagan narsasini sen bilib qolding mi? Shunda ibn abizuvot xijolat bo'lib, ozgina jim turibdi da, meni kechirib qo'y, men adashibman, ular bilishgan deb.

[1:55:27] Shayx davom etdi. Ular bilishgan bo'lsa, nima uchun odamlarni shu narsani aytasin deb chaqirmagan ular? Sen chaqirib majbur qilgan kabi? Vazir sukut qildi. Shayx davom etdi. Ular bu narsa haqida sukut qilishgan ekan, sen ham shu narsa haqida sekut qila olmadingmi? Dedi.

[1:55:50] Ya'ni, xulofaroshlar bilishgan deyapsan, ha xo'p. Chaqirishmagan. Bu masalani ko'tarishmagan, yopib qo'ygan. Ular qilmagan ishni sen qildingmi? Vazir sukut qildi. So'ngra abu abdurahmon al adromiy xalifaga qarab, ey amirul mo'miniy, bu ahmadiddin abdusot, sizni vaziringiz, notozilik vaziri, bahs qilgani qodir bo'lmayapti. Keyin og'ir so'zni aytdi. Ey amirul mo'miniy, bu kishi aytganidek, rasululloh sollallohu alayhi vasallam, abu bakr siddiq, umar ibn xatto, usmon ibn al fon, ali ibn abit olib roziyallohu alhamdul majmua. Ular bu narsani bilib turishib, aytmaslikni o'zlariga sig'dira olishgan. Bilishgan ekan, nimaga qilib yuborgan ekan? Siqqan ekan shu narsa ularga, aytmaslik. Agar ular sukut qilgan narsa haqida siz sukut qila olmasangiz, Alloh sizni sig'dirmasin. Ularga sig'gan narsa sizga sig'madimi? Jim turdilar, shu narsa sig'dilar ekan. Endi indamay qo'yish sizga sig'madimi dedi.

[1:56:56] Xalifa Vosiq bu so'zlardan dahshatga tushdi. Keyin ha, to'g'risi shu. Shayxni qo'lini bo'shatinglar dedi. Soqchilar bu ulug' shayxni qoidagi zanjirlarni yechib, yerga tashlashdi. Shayx shoshganicha ertaga zanjirlarnini ko'tardi da, qo'liga olib bag'riga makka bosib oldi. Shunda xalifa so'radi. Ularni nimaga qo'lingizga oldingiz? Axir bizni ozod qildik ku, dedi.

[1:57:26] Shayxni so'zini eshitdik. Agar vafot etsam, uni meni kafanim ichiga solib ko'mishlarini vasiyat qilaman. Toki qiyomat kunida Allohni huzurida mana bu zolim Ahmad ibn Abduzuot bilan xusumatlashib, ey Robbim, nima uchun meni bular zanjirband qildi? Nima uchun oilamni qo'rqitdi deb Robbimga shikoyat qilaman, dedi. Keyin yig'ladi. Uni yig'isidan ta'sirlanib Xalifa Vosiq ham yig'iladi. Shu yerdagi hamma odam yig'iladi, Shayxga: "Meni kechirib qo'ying". Qiyomat kunida men bilan xusumatlashmang, dedi. So'ngra buyurdi, to'rt yuz dinor pulni olib kelishdi. Ammo Shayx bu narsaga qaramadi. Ularni menga keragi yo'q deb javob berdi. So'ngra bu yerda xalifa shayx abu abdurahmon abdulloh ibn muhammad al xadromiy o'zini yurtiga hurmat, e'tibor bilan kuzatib qo'yildi. Mana shu, mana shu bahsni, munozarani kuzatib turgan Xalifa o'g'li Muhtadiya aytadi. Ana shu so'zlarni eshitib turib, Holqul Qur'on haqiday fikrni o'zgartirdim deydi. Muhtadiya aytadi: Otam o'zini xonasiga kirib, chalqamcha yotib, ularga sig'igan narsa senga sig'madimi? Ularga sig'gan narsa senga sig'madimi deb Shayxni so'zini qaytaraverdi.

[1:58:42] Shundan keyin otam bironta odamni Holqul Qur'on masalasida fitna qilmadi. Imtihonga uchratmadi. Shu bahsdan keyin bironta odamni chaqirib turib, imtihon qilmadi Holqul Qur'ani ustida. Bu fitna birodarlar, ikki yuz o'n ikkinchi yilda boshlandi, ikki yuz o'ttiz ikkinchi yilda nihoyasiga yetdi. Ummat yigirma yil ovora bo'ldi shu narsa bilan. Qancha qancha fuqarolarga azob yetdi, qanchasi qamaldi, qanchalarni qoni oqizildi. Albatta bu o'sha davrda ummat tusda turgan kishilarni hamohatidan boshqa narsa masala.

[1:59:14] Abu abdurahmon abdulloyim muhammad al adromiy, u kishi mo'tazallarni bu buzu aqidasini ajib bir uslub bilan xalifaga tushuntirib berdi. Ilonni boshi bo'lgan ahmadimni abizuotni mana shunday qilib mag'lub qildi va mana shu ishi bilan fitnaga chek qo'ydi. Keyinchalik bu masalani xalq, Qur'onni, Qur'onni maxluq degan e'tiqodni odamlar masxara qiladigan narsaga aylanib qoldi. Saroy kishilaridan bo'lgan Uboda ismli kishi kirib, ey Amir al-Mo'minin, Alloh sizga sabr bersin dedi. Ya'ni birov o'ldi degan ma'no. Kim o'ldi? Dedi Uboda. Qur'on o'lib qoldi, dedi.

[1:59:52] Kulib, ha senga voy bo'lsin. Qur'on ham o'lar ekanmi? Dedi. Ha Amir al-Mo'minin, ha sizlar Qur'onni mag'luq deyapsizlarmi? Mag'luq bo'lgandan keyin o'ladi da. Xalifa kuldi. Bu masxarani oldida hech narsa demadi. U bo'ldi yana davom etdi. Ey amiru'l-mu'minin, agar Qur'on o'lib qolsa, odamlar tarovida nimani o'qir ekan a? Dedi. Ya'ni masxara qilishlik boshlandi. Ammo Xalifa Vohid, Mo'tazillilarni aqidasini buzuq deb e'lon qilmadi shunda ham.

[2:00:20] Ahli Sunnaga yordam bergani yo'q. Endi umrini oxirigacha bu aqidasida turdimi, yo'qmi, o'zgartirdimi, uni biz bilmaymiz. Alloh biladi buni. Xalifa mana shu masalani o'z holiga tashlab qo'ydi. Lekin aytayotganimizdek, Mo'tazilalar adashgan, bular noto'g'ri ham demadi. Ahli sunnaga yordam ham bermadi. Ikki yuz o'ttiz ikkinchi yili Vohid vafot etdi. Mana shu kungacha, mana shu vaqtgacha holqul Qur'on masalasi biron bir o'zgarishsiz qoldi o'z holida. Xalifani bu ish bilan bir g'ami kori bo'lmadi. Shu yilni, ikki yuz o'ttiz ikkinchi yilni zulxij joyida vosix vafot etdi, undan keyin mutavakkilga bay'at berildi. Shunday qilib birodarlar, holqul Qur'on masalasi fitnasi ikki yuz o'n ikkinchi hijriyilda boshlandi. Ikki yuz o'ttiz ikkinchi hijriyilarni nihoyasiga yetdi. Yigirma yil mobaynida ummat mana shu fitna bilan ovora bo'ldi. Qancha qancha musulmonlarni ulamolarini qonlari oqdi, qancha qanchasi qamalda aziyat yetdi. Nima sabab? Aqidasi buzuq bo'lgan mo'tazilalarni Xorun ar-Rashidning o'g'li Amin xalifa bo'ldi. Undan keyin uni o'g'li, keyingi o'g'li Ma'mun xalifa bo'ladi.

[2:01:37] U o'zini atrofiga mana shu aqidasi buzu'q bo'lgan jahmiya, mo'tazila aqidasidagi kishilarni yaqin qildi. Ularni o'zini oldida qozilik mansablarga oldi. Ulardan ayrimlarini o'zlariga vazir qildi va mana shu yomon hamsuhbatlar, yomon insonlar xalifani aqidalashlikka sabab bo'ldi. Ikki yuz o'n ikkinchi yilda yozgan maktubi bilan xalifa Ma'mun fitnotini yoqdi. Uni mana to'rtinchi shu navbat bo'yicha keladigan xalifa Mutavakkil o'chirgan bo'ldi.

[2:02:13] Bu fitna ummatni yigirma yil band qildi. Yigirma yillik mashg'ul qildi. Xalifa Ma'mun boshladi. Motasim davom etkazdi. Vosiq ham tushunmadi. Ammo ulardan keyin kelgan to'rtinchi xalifa Mutavakkil bu narsaga chek qo'ydi, bu fitnani o'tini o'chirdi. Xalifa Mutavakkil ahli sunnaval jamoa e'tiqodidagi kishilarni yaxshi ko'rar edi. Shuning uchun odamlar bu kishini xalifa bo'lganiga quvonishdi. Fe'l an u holqul Qur'on fitnasini o'tini o'chirdi. Musulmonlarni orasida uni hurmati, martabasi ko'tarildi. Eng ulug' musliqlardan deb e'lon qilindi. Hatto odamlar aytishadiki, Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu ridda fitnasida turib berdi. Umar Abdulaziz odamlarga mazlamalarini qaytarishlikda hammaga namuna bo'ldi. Mutavakkal esa sunnatni tiriltirishda va jahliyalarning aqidasini sindirishda xizmat ko'rsatdi deyiladi. Uning ishi ikki yuz o'ttiz to'rtinchi yildan boshlab zohira bo'la boshladi. Mana ikki yuz o'n ikkinchi yilda xalifa bo'ldi. Ikki yilgacha bu masalani ko'tarmadi, bu masalani o'zini holiga tashlab qo'ydi. Bironni imtihon ham qilmadi, bironni fitna ham qilmadi. O'z holiga tashlab ko'rildi.

[2:03:29] Mutavakkal o'ziga Samuroni maskan qildi, poytaxt qildi. Mana shu joyga muhaddislarni jamladi. Muhaddislarga izzat ikrom ko'rsatdi, katta hadyalarni berdi. Ularga Allohni sifatlari haqida gapirishlikni buyurdi. Allohni ko'rish haqidagi, ya'ni bandalar jannatga kirganda Alloh Taoloni ko'rishligi haqidagi Payg'ambarimizning aytgan hadislarini odamlarga o'rgatishni amr qildi. Allohni sifatsi falon falonki, mo'tazilalar bu narsalarni yo'g'diradi. Alloh Taolo gapirmaydi derdi ular. Alloh Taolo ko'rinmaydi derdi ular, ularni aqidasini noto'g'ri ekanligini bayon qilishliklarini buyurdi. Lekin shu vaqtga kelib ham hali mo'tazilalarga qarshi ishini boshlamagan edi Xalifa Mutavakkil.

[2:04:17] Ikki yuz o'ttiz yettinchi yilga borganda, mana endi Xalifa Mutavakkil mo'tazilalariga qarshi haqiqatdan katta bir ishini boshladi. Sehrgarni sehri o'zini urdi deyilganidek, mo'tazilalarni, jahmiyalarni yoqqan o'ti o'zlarini kuydirishni boshladi. Ikki yuz o'ttiz yettinchi yil bo'lgan paytda Xalifa Mutavakkil Misrdagi volisiga ana shu yerdagi qozi Yulquzod bo'lgan, mo'tazilalaridan bo'lgan Muhammadobni Abiy Laisni ushlab, soqolini olib tashlashniydi, kaltaklashniydi va eshakka o'tkazib, odamlarni orasida aylantirishniy buyurdi. Demak, ikki yuz o'ttiz ikkinchi yilda xalifa bo'ldi. Ikki yilgacha hech qanday ish qilmadi. Ikki yuz oltmish to'rtinchi yildan boshladi bu ishni.

[2:05:02] Imom Mahmudiddin Ahmabanni Xalifa Mutavakkili bilan bo'lgan aloqasi. Aytganimizdek, Xalifa Mutavakkal o'zini xilofatini avvalgi ikki yilida bu masalaga kirishmadi, o'z holiga tashlab qo'ydi, ammo Ahli Sunnaga moyil ekanligi ko'rinib turardi. Isohovnoy Ibrohim mana Bag'dod mirshablarni raisi, Xalifa yo'q paytida Bag'dodda Xalifani noibi o'rinbosadi. Maktub yubordi, men huzurimga Ahmadimni Hambalini yubor. Endi Mutazalalarni ishi pasayishni boshladi. Ahmadimni Ham Balni Xalifa o'zini huzuriga chaqirdi. Shunda Isohovnoy Ibrohib Xalifani huzuriga Imom Ahmadni yuborishdan avval o'zini uyiga taklif qildi. Bu Isoq ibn Ibrohim mana bu uchta avvalgi Xalifani davrida mirshabladi raisi bo'lgan. Imomahmadga aziyat yetkazishida qatnashgan kishilardan edi. Endi imomahmadga izzat ikrom ko'rsatdi o'zini uyiga kelganida. Nima uchun? Chunki xalifa imomahmadni yaxshi ko'radi, hurmat qilar edi. Ko'ring. Xalifani aqidasi da bu odam aqidasi. Xalifa kimni yomon desa, uni yomon deydi, kimni yaxshi desa, mana endi avvalgi uchtasi yomon dedi, yomon dedi bu. Endi keyingi kelgan to'rtinchi xalifa, yaxshi ko'rsa, endi yaxshi deyapti.

[2:06:20] Bu vaqtga kirib, imomahmad yoshi ulug' bir oqsoqol, isoqimni ibrohim so'radi. Qur'on haqida nima deysiz? Avval, Qur'on haqiida nima deysan? Deyilardi. U maxluqmi, maxluq emasmi? Endi boshqacha, tonda bizni tilda aytganda. Qur'on haqida nima deysiz? Imom Ahmad, bu savol o'jarlik, qaysarlik savolimi yoki istisho savolimi? Ya'ni avvalgi savollardanmi yo mendan haqiqatni to'g'ri yo'lini bilmoqchimisiz? U istisho savoli dedi. Imom, u Allohni kalomi maxluq emas dedi. Is'hoq. Men ham shuni aytaman dedi. Isoq ibn Idrohim xalifani huzuriga Imom Ahmadni yuborish uchun katta bir karvon tayinladi va imomdan o'zi avvalroq borib turdi. Chunki imomni xalifani oldida kutib olmoqchi bo'ldi. Yo'lda Imom Ahmad ketib borar ekan, Samarqandga, xalifani huzuriga qarab, yo'lda Muhammadinni Is'hoqqa yo'liqdi. Isoq ibrohimni o'g'li.

[2:07:26] Imom Ahmad unga yo'liqdi, salom bermadi. Endi muhammad ibn iso g'azabi keldi da, otasi is'hoq ibn ibrohimga xabar qildi. Is'hoqni g'azabi keldi, xalifaga aytdi. Xalifani ham g'azabi kelyapti. Ya'ni bu Is'hoq Ibrohim ham, uni o'g'li Muhammad ham xalifaga yaqin kishilardan edi. Endi xalifaga ya qim bo'lgan kishilar nimaga salom bermaydi deb turib, xalifani g'azabi kelib, qaytib ketsin ahmad orqasiga dedi. Shunday qilib uchrashuv bo'lmadi. Imom Ahmad yana qaytib Bag'dodga ketdi. Xalifa Mutavakkil bilan bo'lgan muomalasi, aloqasi buzildi.

[2:08:02] Endi mana shu narsani poylab turgan kishilar bor edi, shu o'rtadagi munosabatni buzilishligini o'zlariga qulay fursatda bilishdi. Ana shu mo'tazilalardan bo'lgan ibn al balxi ismli kishi xalifaga bir xatarli bir xabarni yetkazdi. Ya'ni bu tuhmat edi, yolg'on edi, lekin shu narsani yetkazdiki, Imom Ahmadga yana bir aziyat yetkazdi. Chunki mo'tazilalarni aqidasini yengishligiga qarshi turib bergan odam Imom Ahmad edi. Shuning uchun ularni Imom Ahmadga bo'lgan adovati boshqacha edi. Ahli baytlar, Rasulullohning ahli baytlari xilofat bizni qo'limizda bo'lishi kerak deb bilishar edi. Abbosinglarda qo'lida bo'lishligi noto'g'ri deyishar edi. Shuning uchun tez tez ahli bayt bilan abbosiy xalifalar o'rtasida shunday bir muammolar bo'lib turgan.

[2:08:51] Mutavakkal ham abbosiylardan ahli baytni bunday harakatiga befarq qaramas edi. Qattiq mavqevda turar edi. Imdur bahrni aytdiki, ahli baytlardan bo'lgan bir kishi ahmadinda hanbalni uyida yashirinib turibdi va Imomahmad odamlardan maxfiy suratda mana shu kishiga bay'at olyapti. Shu xabarni yetkazdi. Albatta bu endi abbosinglarni davlatiga qarshi qilinayotgan fitna, inqilob. Xalifa o'zini Bag'doddagi noibiga bir maxfiy xabar jo'natdi. Imomahmadni uyi tekshirilsin, haqiqat aniqlansin.

[2:09:28] Belgilangan vaqtda hech kimga bildirmasdan atrofga odamlar qo'yildi. Kech kirgan paytda bir daniga imomahmadni uyini atrofida mash'al ko'targan odamlar ko'payib ketdi. Ya'ni to'satdan uyda har tomondan qamoq, hattoki qo'shnilar tomonidan ham devorlar oshib tushdi odamlar. Agar haqiqatdan imomahmad uyda biror bo'lsa, qo'shni tomonidan oqlab o'tib qochib ketmasin degan ma'noda. Birdaniga odamlar bostirib kirishdi. Bu paytda imomahmad o'zini uyda ahillari bilan o'tirar edi, cho'chib ketdi. Nimaga? Nimaga? Nima xabar? Ular nima maqsadda kelganligini aytishdi. Imomahmad bu narsalardan bexabarligini aytib aytdiki, bu narsa haqida xabarim yo'q. Bu narsa meni niyatimda ham yo'q. Albatta men Amirul mo'mininga oshkora maxfiy suratda itoat qilinishini kerak deb bilaman. Erta yu kech xalifani haqqiga tavfiq so'rab duo qilaman dedi. Garchi imomahmadga bu abbosiy xalifalarda qilayotgan ayrim ishlar yoqmasa ham, norozi bo'lsa ham ayrim ishlaridan, lekin ularga qilich ko'tarib chiqishlik noto'g'ri deb bilar edi. U kishi sabr qilishning to'g'ri ekanligini aytar edi. Chunki aytdik, mana avvalgi uchta imom, abu hanifa, imomoli, imom shofiylar, xalifalarni qilayotgan ishiga norozi bo'lishib, xalifalarga qarshi ish qilayotganlarni qo'llashar edi.

[2:10:52] Ammo imomahmad qarshi chiqishlikni noto'g'ri deb bilar edi. Chun ki qachon xalifaga qarshi harakat qilingan bo'lsa, juda ko'p odamlarda qoni to'kilishi bilan u ishlar nihoyasiga yetgan. Shuning uchun sabr qilib qo'yishlik to'g'riroq deb bilar edi, imom hamma uyni tekshirishdi. Kutubxonasini ham, ayollar otaxonasini ham, hech qanday Imom Ahmadga aytilingan so'zni bironta bir isboti, dalili yo'q. Imomni bu tuhmatdan pok kelganligi ma'lum bo'lganidan keyin, xalifaga bu narsani xabarini yetkazishdi.

[2:11:24] U Mutavakkil Imomni to'g'ri niyatda ekanligini, bedadchilar yana Imom Ahmadga qarshi fitna qo'zmoqchi bo'lgan ekanligini tushundi. Aytdik, Imom Ahmadni dedi, asosiy dushmani bu Tazalalarni. Shundan keyin mutavakkil imom Ahmadga maktub yozdi. Sizga qilingan tuhmatdan pok ekaningiz Amirul mo'mininga ma'lum bo'ldi. Ahli bid'atlar yana bosh ko'tarishibdi. Alhamdulillah, dushmanlarni sizni ustingizdan kuldirmadi dedi. Ya'ni shu maktubni yozib qo'yishligi bilangina xalifa cheklanmadi. Shu tuhmatni qilgan ibn al balxiyni tutib kelishni buyurdi.

[2:12:05] Ibn al balxi tutib kelindi, uni ahmadulla hanbalni huzuriga olib borishliklarini buyurdi. Xalifa maktub yozdi, ey Abu Abdulloh, mana shu kishi sizga tuhmat qildi. Uni ustida qanday hukm qilish sizning ixtiyoringizda dedi. Imom Ahmad uni off qildi. Ehtimol yosh bolalari bordir. Qatl qilsak shu yosh bolalarga bir aziyat yetar, xafa bo'lardim dedi da, avg'a qildi.

[2:12:31] Keyin Xalifa Mutavakkil Imom Ahmadga yana maktub yozdi. Albatta bu iltimos savol. O'jarlik ham, qaysarlik ham, imtihon ham emas. Balki istershot va iste'foda iltimos a. Qur'on haqida nima deysiz? Avvalgilar Qur'onda maxlu deysan deb majbur qilarmidi? Mana hali haligacha shu maktubni yozgan paytida ham Xalifa Mutavakkilini oldida turgan vazirlari, maslahatchilari, qozilari, mutazalalardan edi. Mana endi o'zi uchun Qur'on haqidagi aqidani aniq ravishda qilib olmoqchi bo'lib, shu zamondagi eng katta olimga maktub yozyapti. Demak, Xalifa Mutavakkil mo'tazilalardan hali ham ta'siri bor. Shuni aniq qilib olmoqchi. Mana o'tgan darsimizda aytdik.

[2:13:18] Abu abdurahmon, abdulloh ibn muhammad al adromiy uchta savol bilan mo'tazilalarni vazirini o'tkazib qo'ydi. Uch butun nol dedi. Keyin bu vazirlar, bu e'tiqoddagi kishilar xalifani oldida turaverdi, ammo bularni e'tiqodini masxara qiladigan bo'ldi. U bo'g'dan kelib, ey amir al mo'miniy, Alloh sabr bersin, bir musibot bo'lib qoldi dedi. Nima bo'ldi dedi, vazirlar o'tiribdi. Qur'on o'lib qoldi, dedi. Xalifa kulib, Qur'on ham o'lar ekanmi, sizlar shunaqa deyapsizlar. Maxluq deyapsizlarmi Qur'on desalar? Vazirlar? Qur'on o'lladi da, desa xalifa kuldi. Ya'ni vazirlar turibdi shu haqida degan. Ey amir al mo'miniy, jahannamizdan buni, agar Qur'on o'tib qolsa, ramazonda tarovada odamlar nimani o'qirkin? Masxara qiladigan bo'lib qoldi odamlar, lekin hali ham bular mansablarda turibdi. Mana endi Xalifa bu masalani o'ziga aniq ravshan qilib olmoqchi bo'lib, Imom Ahmadga mana shunday bir istisod, iste'foda savolini beryapti.

[2:14:18] Imom Ahmad Xalifaga javob yozdi. Maktubida Qur'on maxluq emas, Alloh Taoloning kalomi ekanligi. Kalom Allohning sifatlaridan biri ekani haqida. Payg'ambarimizning hadislarini, sahobalarni so'zlarini, sog'lom aqidani ko'rsatadigan ko'rsatmalarni, hujjatlarni aniq ravshan yozib yubordi. Mutavakkil maktubni o'qidi.

[2:14:43] Unda Xalifani oldida turgan Mo'tazilolarni aqidasini noto'g'ri ekanligini mana shu maktub orqali tushundi. Mo'tazilolarning xatosini angladi. Mana shu o'rinda xalifa sog'lom a qidani topdi. Mamlakatni turli taraflariga mana shu haqiqatni e'lon qilishini amr qildi. Haq dinga yordam berdi. Mana endi Mo'tazilalarga qarshi ish boshlandi. Ikki yilgacha indamadi. Maktubni olganidan keyin, mana uchinchi yilga o'tganidan keyin, Xalifa Mutavakkil mo'tazilalarni ildiziga bol tug'di. Uchta xalifa ma'mun, motasim, vosiq, lar davrida bu fitna yo'q edi. Davom etdi, Mutavakkil bu fitnaga chek qo'ydi.

[2:15:29] Xalifa o'zining hujjoblaridan biri yaqub ibn ibrohim orqalik imomahmadga o'n ming dirhamni yubordi. Imomahmadga mana shu molni olib kelib, yaqub ibn ibrog'im berdi. Xalifa aytdi, bu molni o'zingizni hojatingizga ishlatar ekansiz. Imomahmad qabul qilishdan bosh tortdi. Bu bosh tortishlik qachon bo'lyapti? Kechagina Xalifa bilan munosabati buzilib turuvdi o'zi. Muhammad Umid Soqqa salom bermaganligi uchun qaytarib yuboringlar o'zini, Bag'dodga qayta olib ketinglar degan paytdan keyin qaytaryapti bu narsani. Shunda Yorqub dedi, ey Abdulloh, molni qabul qilmasangiz, orangizdagi munosabat yana buzilishidan, oraga yana sovuqchilik tushishidan qo'rqaman. Qabul qilganingiz yaxshi. Uni qabul qilishida sizga yaxshilik bordi, dedi. Pulni tashlab ketdi. Imom Ahmad nima qilishga hayron bo'ldi? Qabul qilsa, shu paytgacha xalifalarni hech qaysi hadyasini qabul qilgan emas. Iffatini saqlagan. Agar shunday qilsa, o'zini tabiatiga, o'zini mavqefiga xalos ish qilgan bo'ladi. Ammo qabul qilmasa, munosabat yana o'zgarishi mumkin. Nima qilishlikka o'ylanib qoldi. Tun bo'ldi. Imom Ahmad o'zini oila a'zolarini yig'laylar dedi, yig'ilishdi.

[2:16:45] Shunda ularga bu mol meni uyimda turib uxlamayman dedi. O'tirib, Bag'dod va Basiradan bo'lgan ahli hadis, ahli ilmlarda muhtojlarini ismlarini o'tirib yozinglar dedi. O'tirishdi. Ana shu hojatiga qarab turib, kimisiga ana shu ahli ilmlarda ellik, kimisiga yuz, kimisiga ikki yuz dirhamdan qilib, taqsim qildi, kechasi bilan taqsimni tugatdi. Pul tugadi. Bir dirham pul qoldi. Imomahmad o'zi faqir. O'g'li Solih ham faqir. O'dzilari ham haqqi bor olishlikka, lekin olib qolishmadi. Bir dirham oshib qoldi. Shunda imomahmadning nabirasi solihni o'g'li kelib, otasiga, menga ham bir dirham bering dedi.

[2:17:33] Bir dirham. Imomahmad ham, o'g'li salih ham faqir deb aytdik. Imomahmad o'zini o'g'li solihga qaradi. Solih birdir hamda oldida o'zini o'sha o'g'liga berdi. Imomahmad sukut qildi. Bir tiyinini ham olib qolgani yo'q. Qarang, bu kishilarga mana endi mashaqqat, azob, mehnat degan sinovdan keyin izzat, hurmat, molu davlat, boylik degan sinov kelyapti. Ikkala sinovdan ham chiroyli o'tgan ekan bular.

[2:18:03] Xalifaga imomahmadni qilgan ishini xabarga kezishdi. Siz jo'natgan molni hammasini tarqatib yuboribdi. Hatto qopini ham ehson qilib yuboribdi da. Shu xabarni eshitib turgan paytda Mutavakkirni oldida bir hakim kishi bor edi da, munosabat o'rtada buzilmasligini xohlab, ey amiral mo'miniy, u sizni hadyangizni qabul qilibdi. Sizni nomingizdan sadaqa qilib yuboripti dedi. Xalifa, ha, to'g'ri aytding dedi. Aks holda mana shu holatda ham agar yomon odam bo'ladigan bo'lsa, ko'rdingizmi? Mana sizni molingizni zulm bilan olingan, sizni o'zingizni zolim deganingiz uchun pulingiz olmabdi deb turib, teskarisiga tashviqot qilib olishi mumkin edi. Ammo solih odam to'g'ri maslahatni berdi, shu bilan ehtimol paydo bo'lishi mumkin bo'lgan fitna nima bo'ldi? Yo'q bo'ldi.

[2:18:50] Ikki yuz o'ttiz yettinchi yilda xalifa Mutavakkil bilan Imom Ahmad ibn Hanbal o'rtasida uchrashuv sodir bo'ldi. Bu vaqtga kelib, Bag'dodni mirshablar raisi Is'hoqiddin Ibrohim vafot etgan, uni o'g'liga o'g'li Muhammadiddin Nusox o'tirdi. Muhammadiddin Is'hoqqa xalifa maktub yozdi, Ahmadiddinni ham balini meni huzurimga olib kelasin. Muhammadiddinov boribdi, imomni xalifani huzuriga taklif qildi, ammo imom xohlamadi. Qarib qoldim, betobman, uzr aytdi. Muhammad umid soha xabarida yetkazdi, uzr so'rayapti, lekin xalifa talabida turib oldi. Ammo lutf bilan, muloyimlik bilan uni bildirdi. Sizni ko'rishni istayman, sizga yaqin bo'lishingni xohlayman, suhbatingizni barakasiga erishishingni istayman dedi. E, bunaqa lutf bilan, muloimlik bilan qilingan talabga Imom Ahmad yo'q deb javob bera olmadi. Xalifani huzuriga, salmurroqqa, yo'lga otlandi. O'zi bilan oilasini, ayrim a'zolarini olib boradigan bo'ldi.

[2:19:55] Imom Ahmad xalifani huzuriga Samarqandga yaqinlashib qolgan paytda xalifani hujjoblaridan biri bir xatarli bir maktubni olib keldi. Aytdiki, ey Imom dedi, yo Abdulloh, Alloh sizga dushmaningiz Ahmad ibn Abizuotni ustidan imkon berdi dedi. Ya'ni shu odamni ustidan hukm chiqarishdik, sizni qo'lingizda dedi. Ummatni mana shunday bir yigirma yillik mashaqqatga qo'ygan asosiy kishilardan bittasi Vazir Ahmad ibn Abiy Zu'at edi.

[2:20:28] Bu Ahmad ibn Abizuvat Mutavakkildan avvalgi uchta xalifaga vazir bo'lgan, Imom Ahmadni ustidan mana shunday bir mashaqqatlarni ustiga kelishiga sabab bo'lgan asosiy kchlardan bittasi. Fitnani boshi bo'lgan kishi. Agar un ustidan hukm chiqarsa, fitnaga chek qo'yiladi. Mana endi bu kishi faqat o'zinglar aqidadan adashgan emas, balki boshqalarni ham adashishiga sabab bo'lgan va bundan ham yomoni, boshqalarnini ham shu aqidada adashlikka majbur qilgan odam edi. Har qanaqa hokim, har qanaqa odam buni qatl qilishlikka buyuradi. Mana imomahmadni qo'liga topshirib qo'ydi buni.

[2:21:07] Hamma imomahmad undan imtihon oladi deb kutgan edi. Agar hozir Imom Ahmad undan imtihon olsa, o'zini tabiatiga singib ketgan, avf qilishlik, kechirishlik xulqiga teskari shudkan bo'ladi. Agar avf qilsa chi? Bunaqa odamda avf qilib bo'lmaydi. Agar bunaqa odamdan avf qilsa, keyingilar ham avf qilishligi kerak bo'lib qoladi. Shuning uchun nima qildi? Imom Ahmad sukut saqladi. Hech narsa demadi. Intiqom ham olmadi, avf ham qilmadi. Albatta bu juda bir hikmatli muvofiq edi. Qatl qilsa yoki jazolasa, o'zini tabiatiga teskari ish qildi, qul qilgan. Avf qilsa, bunaqa odamni avf qilishing to'g'riroq emas edi. Indamadi.

[2:21:54] Imom Ahmad Samurroqqa yetib keldi. Bu Samurroq birodarlar shahar bo'lgan emas. Bu xalifani katta bir askarlari qarorgohi edi. Mana shu joyda turib qo'shnilar chiqarar edi. Xalifani ziyoratiga kelganlar ham mana shu yerga kelishar edi. Imom Ahmad Samirvoyga yetib keldi. Amirlar, qo'mondonlar, imomni ziyoratiga kelishar edi, imomni oldiga kirmoqchi bo'lsa, ularga qurollarni eshiklar, qimmatbaho zebi zrenatlar yechib, oddiy kiyim bilan kiringlar deb talab qilinardi. Imom Ahmadga xalifa Mutavakkil shu Samirvoyda juda bir katta qulayliklar yaratib berdi. Maishiy qulayliklar. Lekin bularda birontasidan Imom Ahmad foydalanmadi.

[2:22:34] Mana shu avvalgi xalifalarda davrida imomahmadga dars aytishlik man qilingan edi. Shu kunlarda ayta olmagan darslarini evaziga mana shu joyda turib odamlarga dars ayting deb xalifa taklif qildi. Ammo imomahmad betobligi, qariligini aytib, uzr so'radi. Har kuni imomahmadning ko'nglini ovlashligi uchun xalifa turli xil taomlarni katta bir miqdorda jo'natib turdi. Ammo imomahmat birontasiga qo'lini tegizmadi.

[2:23:01] Sakkiz kungacha hech narsa yemadi, ro'za tutib oldi. Kunduzi ham ro'za tutardi, hatto ba'zida kechasi ham ro'za tutar edi. Faqat suv ichib qo'yar edi. Sakkiz kun o'tgandan keyin, yemoq ichmoq o'shancha. Holi qurdi, Imom Ahmadning o'g'li otasini ovqat yeyishiga qasam ichdi, shundan keyin ozgina suvayx deb nomlanadigan tomdan tanovvur qilib qo'ydi. Imom Ahmad Samarqandda turar ekan, Ubaydulloh ibn Yahyo xalifa bergan katta mablag'ni olib, imomni oldiga keldi. Ammo imom olishini xohlamadi. Har qancha so'ramasin, imom uni qabul qilmadi. Shunda Ubaydulloh yana bu pulni qabul qilmasa, imom bilan xalifani munosabati buzilib qolmasin dedi da. Imom qabul qilmdi, xonada qoldi. Ubaydulloh puldan olib chiqdi da, ey bu yoqqa kelinglar dedi. Imom Ahmad bilan kelgan oila a'zolari yig'ilishganida, hammasiga pul tarqatib berdi da, xalifani mukofotini qaytarib bo'lmaydi, dedi. Oila a'zolari hammasini qabul qilishdi. Keyin xalifa buyurdi. Imomahmadga va uni oilasiga har oyga to'rt ming dinordan maosh belgilansin.

[2:24:09] Imomahmad uni ham qabul qilmadi. Ammo xalifa shunday bo'lishligi kerak deb turib oldi. Imom qabul qilmadi. Oxiri xalifa aytdi, bu mol sizga emas, bolalaringizga dedi. Farzandlari qabul qildi. Endi imomahammad sukut qildi, chunki endi ish uni qo'lidan chiqib ketdi. Olsa kim oldi? Bolalari oldi. Ammo keyin ana shu pulni olgan oila a'zolarini, farzandlarini malomat qilib, dunyoda qancha turishimiz bor. Bugunmi, ertami, baribir chiqib ketamiz. Yo do'zaxga boramiz, yo jannatga boramiz. Dunyodan chiqib ketayotganimizda, olovlarni molini yegan bo'lamizmi? Der edi. Endi imomni oilasi aytar edi, a bu narsani Ibn Abbosga o'xshagan sahobalar ham qabul qilgan u, deb hadislar bilan sahobalarda hayotidan bir misollar bilan javob berishsa, imom aytar edi u bilan bu bir emas. Agar shu molni zulm va jabr bilan emas, haq yo'l bilan olingani bilsam, parvo qilmas edim. Ya'ni zulm aralashmaganligini bilsam, mayli edi, lekin unga aniq ishonmayman, ya'ni zulm saralashgan bo'lib qolishi mumkin derdi da, oilasini malomat qilardi.

[2:25:20] Mana endi Imom Ahmad rahmatullohu alayhi avval mashaqqat, azob, kaltaklanish fitnasiga tushib kelgan edi. Endi esa izzat hurmat, faxr, obro', moli mulk fitnasiga duch keldi. Ikkala imtihondan ham imomahmad chiroyli suratda o'tdi. Bu izzat faxrdan yuz o'girdi, chunki imomahmadning azizligi robbizga bo'lgan itoati bilan, uning faxri rasulullohga bo'lgan ergashishi bilan edi. Mana shu ikkita narsani oldida har qanday faxr, izzat va hurmat hech narsa bo'lmay qoladi. Boyligi Robbisi bilan edi. Faqrligi ham Robbisiga edi. Qaytaraman. Boyligi ham Allohga qul bo'lganligi bilan boy deb bilar edi o'zini. Faqir deb bilsa, o'zini faqatgina Alloh Taologa muhtoj deb, faqir deb bilar edi. Musulmonligimiz bilan, mo'minligimiz bilan, itoat ibodatimiz bilan boy deb bilaylik o'zimizni. Chunki bundan katta boylik bo'lmaydi. Endi muhtojligimiz ham kimga faqat? Allohga. To xalifa Mutavakkil bilan uchrashgunicha, imom mana shu Sammuroda turdi. Imom Ahmadni sog'ligini, yaxshilashini xalifa kutib turdi. Bu paytga kelib mana yetmish tani o'tgan deb aytdi yoshini. Imomni sog'ligini tekshirib kelishlik uchun, bir ko'rib qolishlik uchun xalifa tabibni jo'natdi.

[2:26:40] Tabib keldi, imomni ko'rdi da, xalifaga borib turib, bu amir al mo'miniy, amir al mo'miniy kasal emas ekan dedi. Betobligini saralama ekan deb xalifa so'raganida, ovqatni ozligi, ro'zani va ibodatni ko'pligi ekan, o'zini urintirib qo'yibdi deb javob berdi. Yo'qligi uchun och qolar ekani yo'q, yo'qligi uchu ro'zostda ekani yo'q. Bo'lib turib yemayapti, taqvo qilyapti. Buni eshitib turib, xalifa mutavakkirni onasi imomahmadni ko'rgisi keldi. Bu qanaqa odam ekan? Hurmati har tarafga yoyilgan, uchchala xalifaga ham qarshi tura olgan, shuncha mehnat mashaqqatga sabr qilgan, yana shunday bir hurmat, e'tibor degan narsa kelganda ham buni qabul qilmayotgan odam qanaqa odamikin? Bir ko'ray deb Xalifani onasi o'g'lidan so'radi. Xalifa onasini talabiga javobat qildi. Mutavakkil imomahmadni o'zini o'g'lini o'tasi bilan uchrashligini xohladi. Nasihat qilishigina, ta'lim tarbiya berishigina. Xalifani o'g'lining o'tasi.

[2:27:44] Ammo Imom ko'nmadi unga ham. Uchrashmayman dedi. Xalifa talab qilib turib olganida oxiri imomahmad shu borib uchrashib qo'ysam, keyin bag'dodga qaytib ketishimga ruxsat berarmikin degan ma'noda xo'p deb ko'ndi. Endi imomahmad xalifani o'g'li muo'tazi bilan uchrashishligi kerak. Imomahmadga minishlik uchun nihoyatda bir qimmatbaho ot kiygani, qimmatbaho kiyimlarni yubordi, lekin bittasini qabul qilmadi. Bitta odamni hajmini mindi da, Muo'tazni majlisiga bordi. Xalifa Mutavakkil o'zini onasi bilan o'g'li o'rtasidagi majlisidagi bir xonani pardani orqasiga o'tib o'tirdi. Pardani orqasi odam borligi bilinib turibdi, lekin kimligi aniq emas. Imom Ahmad kirdi. Xalifa salom berdi. Lekin Imom Ahmad va alaykumussalom va rahmatullohi amir al mo'miniy demadi. Chunki amir al mo'miniyligi aniq emassada.

[2:28:40] Kirdi. Xalifani o'g'li mo'tazini oldi Imom Ahmad o'tiribdi. Shunda xalifani onasi, Mutavakkenni onasi aytdiki, ey o'g'lim, dedi, bu odamni haqqida Allohdan taqvo qilinglar. Uni uyga jo'natib yuboringlar. Bu odam sizlardagi narsani xohlaydigan kishi emas ekan, dedi. Ya'ni boshqa dunyoda kishisi. Sizlarda qo'lingizda bo'lgan mol dunyod, faxr, mansab, bu narsalar bilan ish yo'q. G'ami oxirat, tashvishi Allohga ro'baro' bo'lish. Qo'yib yuboringlar uyga, dedi.

[2:29:10] Mutavakkal xursand bo'ldi. Taqiq bu kishini kelishi bilan hovli unumli bo'ldi, dedi. Imom o'tiribdi. Ustiga bir xodim kelib qimmatbaho kiyimlarni kiydirishni boshladi. Imom parvo qilib o'tiraverdi. Ya'ni kiymayman deb, bu bilan olishlikni istagani yo'q. Imom Ahmad o'zi aytadi, Mo'tazilning yonida o'tirganimda, uning muattibi dedi.

[2:29:32] Alloh amirni isloh qilsin. Bu kishi Imom Ahmadga ishora qilib turibdi. Sizga muattib bo'ladi. Amir shuni buyurdi, dedi. Endi sizga odob beradi. Nu o'tasi aytdi: yosh bola, yosh bola, agar menga bir narsani o'rgatsa, o'rganaman, dedi. Yosh bola. Imomahmad aytadi, bu bolani juda yosh bola turib, mana shunday bir zakovat egasi ekanligidan hayron bo'ldim dedi. Imomahmad nu o'tasi bilan o'tirdi, haqqiga duo qildi, keyin sukut qildi. Keyin ketishga ruxsat berildi. Imom Ahmad chiqib ketar ekan, xalifaning o'g'lini huzuridan istiqfor etib chiqib ketar edi. Xuddi bir ayb ish qilgandek, xuddi bir gunoh qilgandek, astag'firullohu ato'bu bilay deb chiqib ketar, dedi. Bir necha kundan keyin Imom Ahmadga ketishlikka izn berildi. Tayyorlab berilgan ulkan bir karvon, ulkan bir markaplar kiyimlariga parvo qilmadi.

[2:30:24] Bitta hajida meni Bag'dodga qaytib ketyapti. Keliblar, ustiga kiydirilgan kiyimlarni sotib, miskin bechoralarga tarqatishlikni buyurdi va aytar edi. Mana shu qaytib kelgandan keyin bir necha kungacha afsuslanib yurdi. Umrim davomida ulardan salomat yurdim, ana shu amirlardan, Xalifalarni majlislaridan. Lekin umrim oxirida ular bilan balolanib qoldim. Odamlar u Xalifani huzuriga, amirlarni huzuriga kirishlikka qanaqa mushtoq bo'ladi?

[2:30:53] Pulini sarflaydi, odam o'rtoq qo'yadi, tevaga intiladi. Bu kishilar nima qilgan ekan? O'zini olib qochgan ekan. Imom Ahmadni o'sha Xalifani huzurida turgan kunlarida amirlardan bittasi kirib Xalifaga aytdiki, ey amirlar mo'mining, Ahmad sizni bergan taomingizni ham, sharomingizni ham yemabdi, ichmabdi, qo'l tegizmabdi. Siz yaratib bergan sharoitdan foydalanmabdi. Ya'ni Imomni yomonlay boshladi. Sizni zolim deganligi uchun sizni bergan narsangizni qabul qilmayapti degan ma'no bor. Shunda Mutavakillar javobi qattiq bo'ldi. Vallohi dedi. Agar Mo'tasim tirilib kelib, menga Ahmad haqida gapirsa ham, Ahmadni yomonlasa ham, uni so'zini qabul qilmayman dedi. Ya'ni bo'ldi, imomahmad haqida yomon gapirishni yig'ishtirish. Hatto Mo'tasim tirilik kelib, inisi, avvalgi xalifa, mana shu gapni gapirsa qabul qilmay man dedi.

[2:31:50] Imom Ahmad xalifani huzurida bo'lgan kunlarida amirlar kelib, Ahmad ibn Abijduvotni moli haqida fatvo so'rashadi. Endi Ahmad ibn Abizduvotni o'zi haqida fatvo aytmadi, Imom Ahmad endi bu uni moli haqida fato aytmaydi, chunki bu yerda o'zini shaxsiyat aralashyapti. Moli musodara qilinishi kerak deb fatvo bersa masalan, imomahammadga aziyat yetkazganligi uchun fatvoni aytdi deb turib shaxsiyat aralashib qolar. Agar imomahammadga aloqasi bo'lmagan ish bo'lganida fatvoni berardi, bunda mushkulalar yo'q edi.

[2:32:20] Imomahammad u kishiga yigirma yil aziyat bergan ahmadullo abizuvattdan qasos olmadi, imtihon olmadi, sukut qildi, ammo alloh taolo o'zi qasos olib qo'ydi bularni. Mutavakil to'g'ri aqidaga qaytganidan keyin, vazir Ahmad ibn Abizuotni mansabidan bo'shatdi. Qo'lidagi hamma mol mulkni ham tortib olib qo'ydi. Bir payt mol u dunyo hurmat e'tiborini ichida bo'lgan Ibn Abizuod bir kunda hech kim bo'lmay qoldi. Qo'lida bir dirham puli yo'q. Samarqanddan Bag'dodga haydab yubordi. Mana shunday bir g'amda, mana shunday bir musibatda g'amga kirib, shol kasaliga uchradi. Yarmi shol bo'lib qoldi.

[2:33:05] Alloh Taolo o'zini jasadiga qamab qo'ydi. Abdulaziziddin Yahyo Almakay aytadi, Ibn Abizuot shol bo'lib qurganida uni huzuriga kirdi. Shol bo'lib yotibdi, yarmi ishlamaydi. Kirib, men seni ziyorat qilgani kelganim yo'q. Balki seni o'zingning jisminga qamab qo'llagani uchun Allohga hamdatchani kirgirdim. Xalifa Mutavakkil xalifa bo'lganidan keyin akasi Vosiqa. Shayx Adromiyda qatl qilganligi uchun, shayx Xuzoini. Shu Xuzoini qatl qilishda qalbimda bir ish bor da deganida aytgan edi bu. Ey amiral mo'miniy, agar vosiq, akangiz, u Xuzoini kofir bo'lgan holida o'ldirmagan bo'lsa, Alloh meni shol qilsin degan edi. Mana Alloh Taoloning niyatiga yetkazdi. Shol bo'lib qoldi. Motasini oldida imomni urgan Abu Dardga pes kasali tegdi. Imomni jazolashda qatnashgan jallodlardan biri Abul urug' haqida Ibrohim Navosiy aytadi, bir kasal yetdi unga, qirq besh kun itta qahri yotdi deydi. Ya'ni imom Ahmadga aziyat yetkazishga qatnashganki odamga bir balo bir musibat yetdi.

[2:34:15] Muhammad ibn Fuzo aytadi, Ahmadimda Ahambar haqida bir marta yomon gapirib qo'yuvdim. Ertasi kuni tilimda shunday og'riq paydo bo'ldi. Bir necha kun to'xtamadi. Uxlay olmay qoldim. Oxiri og'riqni ko'pligidan, charchaganimdan uxlab qolibman. Tushimda bir kishi kelib, bu, ya'ni mana shu og'riq, sog'liq kishi haqida aytgan so'zing uchun, bu sog'liq kishiga haqida aytgandan so'zing uchunda bo'ldi. Uyg'ondim, tavba qildim, istig'for aytdim, og'riq ketdi deydi. Shunday qilib birodarlar, xolqul qulon fitnasi nihoyasiga yetdi. Yigirma yil davom etgan bu mushkulalar tamom bo'ldi. Bu fitna ko'p olimlarni, sog'liq kishilarni azobga, mashaqqatga qolishiga, qamalishiga, hatto ba'zilarini qatl bo'lishiga sabab bo'ldi. Agar davlat rahbarlarini oldida mana shunday bir buzuq aqidiy egalari bo'lar ekan, o'n marta boshiga bu narsa fitna musibatlarini olib keladi. O'zi aqidaviy masalalarga, nozik masalalarga aralashishlik kerak emas edi. Ha, aqidaviy, fiqhiy masalalar bor, ulamolarni o'rtasida bor u ixtiloflar. Bu ulamolarni orqasidan tushmaslik kerak pastga.

[2:35:20] Ulamolarni ortasida bo'lishi kerak bo'lgan masalani xalqni orasiga olib tushunmaylik bir odamlar. Bu mo'tazilalar ayri shunday qilishdi. Aqidaviy nozik masalalarga kirishdi, odamlarni majbur qilish shu narsaga, lekin alal oqibat qo'l ja'al haq qovoza haqol ba'tin. Ayting, haq keldi, botir yo'q bo'ldi. Haq yengdi, botir mag'lub bo'ldi. Ibn al badin aytadi. Albatta, Alloh Taolo bu dinni ikki kishi sababli g'olib qildi. Ridda kunida Abu Bakr bilan Siddiq roziyallohu anhud. Mehnat kunlarida Ahmadimni Hambal bilan. Mana aytamiz, bu martaboshiga eng og'ir fitnalik kun ikkita bo'lgan. Bittasi Farrosulullohni vafotidan keyin odamlar riddaga, dindan chiqib ketishni boshlaganda, Abu Bakr turib berdi. Xolqum xur'on fitnasi bo'lganda Ahmadimda ham bal solib turib berdi. Maymuniy aytadi Basrada Ali ibn Madiniy dedi, ey Maymuniy, ummat uchun Ahmadimda ham ball turib berganchalik hech kim turib bergan emas. Men uni so'zidan taajjublanib, ridda kunida Abu Bakrni turib berganichi, dedim. Kel bu so'zini Abu Ubaydubni qasimga aytdim. U aytdiki, kel men senga tushuntirib beraman bu so'zni.

[2:36:36] Ridda kunida Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhun oldida yordamchilari bor edi, sahobalar. Ammo Ahmadimda ham ballni oldida bironta ham yordamchisi yo'q edi. Shuning uchun aytyapti, ummatni ustida yigirma yil davom etgan fitna tamomiga yetdi. Xolqul Qur'on fitnasi. Mana shu fitnada ummat uchun sobit turib bergan yagona kishi Ahmadimni Hambal rahmatullo aliyh bo'ldi.

[2:37:05] Imom Ahmadning ixtidorida ajib bir ish bo'ldi Abdulloh ibn Ahmad aytadi otamni yonida edim. Otam bir hushidan ketadi, bir hushiga keladi. Bir hushidan ketad, bir hushiga kelad. Hushiga kelganida yo'q. Hali yo'q, hali yo'q, dedi. Hushidan ketdi. Yana hushiga keldi. O'ziga kelib, yo'q, h hali yo'q. H hali yo' q, shu so'zini qaytaraverdi. Bir necha marta hushidan ketib, hushiga keldib, shu so' zini qaytaraversdi. Shunda o'g'li so'radi, ey otajon, nima bu? Hushiyizdan ketyapsiz, hushiyizga kelyapsiz, o'ziga kelganda yo'q, hh hali yo'q! H h h h h hali yo' o'q deyapsiz.

[2:37:50] Imomahmad, ey bolam, nima bo'layotganini bilmaysanmi? Dedi. Men bilmayman, dedim. Otam, albatta la'nati iblis, uyni bir chetiga kelib, barmog'ini tishlab turib, mendan qutulib ketding a? Mendan qutulib ketding a? Deb turibdi. Men esa, hali yo'q, hali yo' q, hali yo' o'q deb javob beryapman, dedi. Shayton birodarlar, siz bilan bizni umrimiz davomida vasvasa qiladi, shirkka, kufrga, ma'siyatlarga chaqiradi. Umri davomida kishi imonda sobit qoladigan bo'lsa, oxirida ham noumid bo'lmaydi shayton. Mana shu ixtizor holatida, o'lim holatida bo'lsa ham adashtirishlikka urinadi. Imomahmadni oldiga kelib, qutulib ketding, ha, shuncha tuzoq qo'ysam, shuncha bir adashtirsam ham, qutulib keting, ha. Deganida imomahmad, yo'q, hali qutilganim yo'q. Hali ruhim tanamda ekanmi? Hali tavhidni ustida karimani keltirib, ruhimni omonatda topshirib olyapmanmi? Hali qutilganiman yo'q deb javob beryapti.

[2:38:57] Chunki hadisda keladi, iblis aytadi izzating va ulug'ligingga qasamki, modomiki ularni ruhlari, jasadlarida ekan, ularni ig'vo qilishdan to'xtamayman. Alloh taolo aytdi, izzatim va ulug'ligimga qasamki, modomiki ular menga istig'for aytarkanlar, men ham ularni kechirishlikdan, men ularni avf qilishlikdan, mag'firat qilishlikdan to'xtamayman dedi. Ikki yuz qirq birinchi yilni robiyul avval oyi o'n ikkinchi juma kunida abu abdulloh ahmadimni muhammadimni hambal yetmish yetti yoshida vafot etdi. Juma namozidan keyin. Xichr uchinchi asrning eng ulug' imom vafot etdi . Soliq chiqib, otasini vafotini odamlarga xabarini yetkazdi. Janoza asrda o'qilishligini aytdi. Odamlar bu ulug' imomini vafot etganini eshitib, qattiq yig'lashdi. Ko'chalar odamlarga to'lib ketdi. Mutavakkirni Bag'doddagi voley simmuhammad dinni tohir kafanlik uchun kerak bo'lgan narsalarni olib, imomni uyga jo'natdi va aytdiki, amir sizlarga salom dedi va mana bu xalifani nomidan agar xalifa shu yerda bo'lganda shu ishni qilardi dedi. Ya'ni bu paytda Mutavakkir, xalifa Mutavakkir, Bag'dodda emas edi. Ammo imomahmadni farzandlari qabul qilishmadi. Albatta Amirul mo'miniyning xalifa, otamiz xohlamagan narsani unga ro'baro' qilinmasligini aytgan deyishdi, qabul qilishmad.

[2:40:19] Imomahmadni ahillari joriy yo yuvib qo'ygan bir kiyimni olishni ko'ylakni, yoniga lifofa, hanotni, yana bir idishda suvni sotib olishdi. O'zlarini uydagi suv bilan yuvishlikni xohlashmadi. Chunki imomahmad farzandlari va ahllari xalifani hadyasini, oylik maoshini qabul qilgandan keyin, ularni uydagi biror narsadan foydalanmay qo'ygan edi. Shuning uchun vafot etgandan keyin ham o'zini uydagi suvidan emas, ko'chadan suv olib kelib, imomahmad yuvishadigan bo'ldi. Imomahmadning rusligi xalifani oilasidan va banu hoshimdan bo'lgan kishilardan iborat yuz kishi qatnashdi. Ular kelib Imom Ahmadning peshonasidan o'pib, haqqiga duo qildilar. Hali odamlarni oldiga olib chiqmasdan turib, Imom Ahmadning oilasi Hoshimiylar bilan birga janozani avval o'zlari o'qishdi. Imom Ahmad vafot etdi. Shayxul islom, musulmonlarning imomi, ahli sunnaning imomi, muhaddis olim, hadis, fiqh, zu'xt imom vafot etdi, Ahmadinda ambar vafot etdi .

[2:41:24] Imomahmadni janozasini o'qishlik niyatida ko'chaga chiqqan odamlarni aniq qancha ekanligini allohni o'zi biladi. Bog'dodni valiysi Muhammadinni tohir odamlarni orasida edi, janozani o'zi o'qib berdi va janozani odamlar ko'pligidan bir necha bo'lib o'qishdi. Ko'pligidan. Imom Boyhaqiy rivoyat qiladi.

[2:41:46] Muhammadun tohir taziyaga kelgan kishilarni adadini bilishni amr qildi. Ularni adadini bir million uch yuz ming ekanligini aytishdi. Yana bir rivoyati yetti yuz ming deyiladi. Ana shu kelgan rivoyatlarga qarasangiz, yetti yuz mingtan ikki yarim milliongacha odam janozaga qatnashdi deyishadi. Bu nimani belgisi? Albatta bu xayriyatni belgisi.

[2:42:10] Bu Imom Ahmadning vafotini jumadan keyin eshitib kelganlarni soni shuncha edi. Hali atrof opoqdan keladiganlarni bunga qo'shilayotgani yo'q. Imom Ahmad hali vafot etmasidan avval aytgan edi. Ahli bid'atlarga aytinglar, mo'tazilalarga aytinglar, siz bilan biz oramizda janoza bor. Shunaqa deb aytinglar. Bu degani sizlar bilan bizga janoza o'qilgan paytda ko'rasizlar, kim salohiyatda, xayriyatda ustida ekanligini. Imom Ahmad vafot etganda mana bir million uch yuz ming deyilyapti. Ikki yarim million odam qatnashdi. Ana shu mo'tazilalar ham o'zlari ham kelib, Imom Ahmadning janozasida qatnashishgan. A mana shu fitnani boshlagan mo'tazilalarning kattalaridan bo'lgan uchta xalifaga vazir bo'lgan Ahmadiddin Abizuot o'lganida, birov parvo qilmadim uni o'lganiga. Sultonda odamlardan bir ozgina adaddagi kishilar o'qib qo'ydik. Ana shu mutazilalarning kattalardan bo'lgan Bishril Ma'risini janozasi ham shunday bo'ldi. Birov parvoy ham qilgani yo'q.

[2:43:13] Bayhaqiydan Abdulloh Navarroq aytadi Ahmadning janozasiga qatnashgan kishilarning adadachalik katta adab avvallari johiliyatda ham, islomda ham bo'lganini eshitgan emasmiz. Hech qaysi odamni janozasiga bunchalik katta adad yig'ilgan emas. Bu hali kemalarda turganlardan tashqari, quruqlik bilan kelishish iloji bo'lmay qolganidan, ko'chalar to'lganidan, daryoda suvi bilan kema orqali kelganlar ham bor edi.

[2:43:42] Janozaga kelgan kishilar imomahmatga duo qilardilar. Payg'ambarimizga salovat aytishar edi. Imomahmatga muxolif bo'lganlarga la'nat o'qishar edi. Ulug' bir faqih, ulug' bir mazhabning imomi, aqidiy imomi, Rasulullohning muborak hadislarining imomi, biz Imomahmadni qadrini odamlar bilishi uchun har qancha gapirmaylik ozgina qiladi, birodarlar. Bu o'rinda Ahmatullohning Ibrohim as Sofiyning gapi bizga kifoya qilsa kerak. U kishi aytadi, bugun kimni dafn qilganimizni bilasanmi? Abu Naim Isfaxoniyga. Yo'q, men bilmayman, dedim. As Sofiya aytdi, beshtaning oltinchisini. Kim edi u beshta kishi deganida, As Sofiya aytda, Abu Bakr Siddiq, Umar ibn al Xattob, Musulmon ibn Affon, Ali ibn Abit Olim, Umar ibn Abdulaziz va Ahmad ibn al Hamdaldada. Mana shunday ummatda eng ulug' insonlarda zikr qilinganda, oltinchisi qilib, Imom Ahmad zikr qilinyapti. Alloh aziz va jalil Imom Ahmadni o'zi rahmatiga olsin. Ommati uchun, musulmonlar uchun qilgan mehnat mashaqqatlarini munosib taqdirlasin. O'zini Firdavs jannatiga doxil qilsin va o'zini jamolini ko'rishini nasib etgan bo'lsin.

[2:44:59] Odamni kimligi birodarlar janozasida ko'rinar ekan. Janozasida. Esimizdan chiqmasin, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam zamonlarida bir janozani olib o'tishdi. Kim ekan? Kim ekan dedi odamlar bir biriga. Ha falonchi ekan deyishdi. Qanaqa odam edi deb so'raldi. O'sha yerda turgan sahobalar, a yaxshi odam edi, deb yaxshilik bilan eslashdi. Shunda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam vojib bo'ldi dedilar.

[2:45:27] Bir qancha vaqt o'tgandan keyin yana bitta janozani olib o'tishdi. Kim ekan bu? Ha, falonchi ekan. Ha, qanaqa odamidi? Ha, qurib ketgur, yomon odamidi. Qutulibmiz. Xudoga shukur deyishdi. Payg'ambarimiz vojib bo'l dedi dedilar. Shunda sahobalar so'rashdi. Nima deganingiz bu? Birinchi odamni yaxshi inson ekanligiga guvohlik berdinglar, jannat vojib bo'ldi. Ikkinchisiga, buni teskarisini aytdinglar, do'zax vojib bo'ladi. Sizlar Alloh Taoloning yer yuzidagi guvohlarsizlar dedi. Imom Ahmadning janozasiga mana shuncha odam qatnashligini o'zi, haqiqatdan bu kishini qanchalar urug' va ummatga qancha xizmat qilganligini siz bilan bizga bildiradi.

[2:46:24] Assalomu alaykum hurmatli tomoshabinlar. Videomiz tez tez chiqishi uchun videomizga layk tugmachasini bosing. Albatta obuna bo'lishni unutmang.
