Maviza
—Qoralama13 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
13:03
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robbilen a'lamin vala oqibatu li muttaqin. Assolatu vassalamu ala sayyidina muhammadi va ala alixiy va ashabihi ajma'in. Ammavot. Assalomu alaykum va rahmatullohi i barakatuh. Allohning bandasiga bo'lgan inoyati. Alloh taolo Qur'onda Niso surasida shunday marhamat qiladi. Astayi dubillah. Vala tataman ma faddalallohu behibbatakum alaba'd.

Alloh biron ne'mat bilan, biringizni, biringizdan ortiq qilib qo'ygan bo'lsa, sizlar uni hasad adovat qilib orzu qilmanglar. Ro'parasida turgan odamni albatta nimasidir sizdan ko'p bo'ladi. Yo bo'y baland, yo bir avtodoqti chiroylik, yo dunyosi ko'p, yo uyi bir yaxshi mahallada, yo asfali tekkis, xullas nimasidir bor. Sizdan ko'ra shu oldinroqda bo'ladi.

Inson havas qilib qaraydi biri, biri hasad qilib qarayadi. Lekin mana shu narsa bor. Va inson aytadiki, ana shu narsa menda ham bo'lganda zo'r bo'lardi deydi. Ya'ni o'ziga nima kerakligini men bilaman deb o'ylaydi. Hammamiz ham shunaqamiz. Chunki qo'limizni ochib qo'yayotgan duomiz, unda so'rayotgan narsalarimiz bizga kerak, bizga foydasi bor deb ishonganimiz uchun so'raymiz.

Va ba'zi narsani bermasa, shu narsadan norozi bo'lib, ozgina bir g'ijingan bo'lamiz. Lekin Alloh Taolo bir narsani Alloh Taolo siz bilan bizga bermagan bo'lsa, o'rniga boshqa narsani bergan bo'lishi mumkin. Lekin u berilgan narsa ko'rinmaydi ko'zimizga. Shuning uchun musulmon odam, buyurilgan ish bilan ovora bo'l, qalbingni holi qil. Mana shu qoidaga amal qilishlik kerak. Senga buyurilgan Allohni buyrug'ini bajar, qalbingni hohli qo'y, birovga berilgan narsani ko'rib turib, o'zingni ichingga o'zing o't qo'yma.

Chunki insonga yozilingan narsa albatta keladi, tashvish qilmasin. Bu taqdir azaldan bitilgan. Inson bu narsani g'amini qilmasligi kerak. Chunki rizq bilan ajal bu yonma yon kelib yuradigan narsa. Biri tugashi ikkinchisi keladi. Tirikmisan? Demak rizqing bor hali. Kiringmisan, demak risqing bor, g'am qilma. Nima bo'larkan endi buni buyog'iga? Nima bo'ladi endi? Tijoratlar nima bo'lardi? Endi bu mahalladan ko'chib ketasan deyapti. Ko'chib ketamizmi? Deyilganda ham aytilgan edi, birodar. Mana shu mahallada qolib yashashligingni Alloh taqdir qilib, rizqingni yozgan bo'lsa, seni hech kim bu yerdan jildira olmaydi.

Shuning uchun aytaylikki, rizq bilan ajralib birla yuradigan narsa, rizq tugamabdimi? Hali umr bor. O'lmabsizmi? Demak, hali nimangiz bor? Rizqingiz bor. Alloh Taolo o'zini bir hikmati bilan oldimizda bitta eshikni yopsa, boshqa eshikni ochadi. Yana qaytarib aytaman, Alloh Taolo oldimizdan bir qilayotgan kasbni korimizni, tijoratimizni eshigini yopib qo'ygan bo'lsa, biz jazavaga tushmaylik. Albatta Alloh Taolo buni yopishligida bir hikmati bor. Ehtimol kattaroq bir baliqdan saqlagandir. E'tomol tug'ilganga ketib qolishingdan saqlay ekan deb. Eslaylik, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni oldiga bir odam kelib, yo Rasululloh, duo qiling men ham boy bo'lay dedi.

Sizga mana shu holatingiz yaxshi desa, yo Rasulullohni duo qilay men ham boy bo'lyay dedi. Payg'ambarim duo qildi. Hali odamni bitta qo'y, ikkita oldi, ikkita qo'y, sakkizta oldi, xullas, qo'y ko'payib ketdi. Ana shu faqir holatida Rasululloh sollallohu alalayhi vasallamni orqasida namoz o'qiyotgan edi. Besh mahal masjidda edi. Qo'lida dunyosi oz edi, qulchiligini zo'r qilayotgan edi. Endi ko'payib ketgandan keyin, namozga kela olmay qoldi. Qo'y ko'payib ketdi. Rasulullohni duosi barakot. Oxiri nima oldi? Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam zakotini olib kelishlik odamga borganda, tug'yonga ketib qoldi. Nimaga men beraman ekan buni dedi. Kalla innal insana lay atg'o ar roh ustag'na. Oyatni qarang.

Yo'q deydi Alloh Taolo. Inson ozgina boyisa, tug'yonga ketganligini ko'rasan deydi. Inson ozginagina dunyosi ko'paysa, tug'yongga ketganini ko'rasan derdi. Albatta Allohni tanigan, dunyoga nimaga kelganini esdan chiqarmagan, bu berilgan dunyo, sinov uchun berilganligini tushungan boy, siniq bo'ladi.

Yana qaytarib aytaman. Bu sinov uchun berilgan edi. Endi boyagi faqirga shu faqir holati yaxshi edi. U rozi bo'lib yashashligi kerak edi. U boshqalarga berilgan keng moli davlatni havas qilib, menga ham bersin degandi, seni shu holating yaxshi desa, Rasululloh aytyapti menga, bo'ldi shu narsa yaxshi ekan deb turib, unamayapti da, so'roverdi. Nima bo'ldi, oqibati yaxshi emas, zakot bermadi. Abu Bakr Sirda roziyallohu anhu davrida zakat berdi, olmadi Abu Bakr. Umariddin Xattob davrida zakat berydi, olmadi. Demak, unga nima yaxshi edi ekan? O'sha holati yaxshi edi ekanda. Siz bilan bizga Alloh Taolo qaysi kunni taqdir qilgan bo'lsa, demak, shu biz uchun yaxshi deb qabul qilishimiz kerak. U ko'pmi dunyo, ozmi, shu kunni berdimi Alloh? Demak, shu kun yaxshi bizga. Mehnatni qilamiz, lekin rozi bo'lamiz qanday kun bersam Alloh Taolo. Mana aytdik, Alloh Taolo o'zini hikmati bilan qaysi eshikni yopsa, boshqa eshikni ochadi dedik. Qarang, onani qornidagi bola onasidan kindik orqali orzu qilinadi. Bitta yo'l, kindik yo'lidan qon keladi, shu qondan orzu qilinadida. Bitta yo'li rizqi. Bitta qon. Xo'p, endi bunga aql berib turib faraz qilaylik, chiqasanmi tashqariga desa, aytadiki, nimaga deydi.

Menga shu yerda ham yaxshi deydi. Jonim tinch, issiqqina, yumshoqqina, qornim to'yib turibdi. Agar aql bersak, faraz qilsak. Chiqishni xohlamaydi. Endi undan so'ralmaydi da. Xuddi siz bilan biz boy kambag'al bo'lishimizni bizdan so'ralmagandek, Alloh Taolo shart dunyoga chiqarib qo'yadi. Shart kindigini uzib qo'yishadi. Va deydi. Biz bitta kindikdan tirikchilik qilib turibmiz deydi.

Mana bitta shu do'kondan, shu mashinadan bitta shundan tirikchilik qilib turuvdim, shuni ham olib qo'yishdi, deb shu yig'lab dod teydi. Mana Alloh Taolo hikmat bilan olib qo'ydi. Bir dona kindik yo'lini. Bir dona qonda. Endi Alloh Taolo unvoniga ikkita narsani beradi. Havoni beradi va pokizi onani sutini beradi. Aytding chi, qondan ko'ra onani suti afzali emasmi? Lekin nima deyapti uni qirqib qo'yganda?

Dod tug'dimi? Alloh birda oldin nechini berdi? Ikkini berdi. Xo'p, endi onasini sutini ichib, keng dunyoni ko'rib, nafasni olib, mana hayot manaqa bo'lar ekan deb rozi bo'lib turuvdi. Ikki yildan keyin sutni ham qirqib qo'yishdi. Yana dod deydi. Shu bitta sutdan tulichilik qilib turuvdim. Shuni ham bir mahrum qilishdi deydi. Aytmayaptiki, bitta qonni olib qo'yib turib, undan yaxshiroq ikkita narsani berdik demaydi, inson ko'rmaydi da. Faqat o'zidan ketib qolgan narsani ko'radi, yoki yo'q narsasini ko'radi. Bor turgan narsasi ko'p, lekin uni ko'rmaydi.

Nimani qirqidik? Alloh bitta qon bilan chin deydi oldida, o'rniga sut bilan havoda berdi. Ikki yil emgandan keyin Alloh Taolo, bu taqdir ekan, havlangni kamilang deb qo'ydi, ikki yil emizinglar dedi. Ikki yildan keyin sutni yomon qilib qo'ydi, yana dod deydi. Endi. Olib qo'yilgan ikkita narsani unga Alloh Taolo nechta beradi? To'rtta beradi. Ikkita yeyiladigan, ikkita ichiladigan narsa. Qarang, tevaga qarab ketyapti, bitta ikkita bo'ldi, ikkita to'rtta bo'ldi. Yeyiladigan narsa, meva, chevalar hamda hayvonlarni go'shtlari. Ichiladigani suv va boshqa hayvonlarni sutlari. Nechta bo'ldi? O'shaning uchun bitta ish yopilib, bir besh olti oy bekor qolgan bo'lsa, siqilmay ekan. Alloh Taolo bir hikmat bilan to'sib qo'ydi uni. Ehtimol o'sha mashinangizni yana tijorat davom etkazganda ehtimol bir balo musibat turuvdiki, Alloh Taolo olib qo'ygandi ehtimol. Rozi bo'lishni o'rganaylik. Rozi bo'lishni o'rganaylik.

Endi qarang. Inson mana shu hayotda oltmish yil yoki yetmish yil yashaydi. Bu to'rtta aytilgan lazzatga qo'shimcha lazzatlar bor. Ko'rish, eshitish, gapirish, hidash, boshqa ne'matlar. Aytadiki, mana endi deydi, rostmana hayotga chiqdim deyapmiz hozir.

Endi bu dunyodan chiqasanmi desa, xuddi sutdan ajrashishni xohlamagan, kindik qonunan ajrashishnixohlamagan boladek, biz dunyodan chiqingizni ham xohlamayapmiz. Yo'q, mana shu yaxshi bizga. Bo'ldi, yetadi mana shu. Inson oltmish yil, yetmish yil yashaydi, unga berilgan to'rtta ne'matni ham shart olib qo'yishadi. Ikkiga ko'paytiringlar. Nechta narsa beradi endi? Sakkizta nima bor?

Jannatni sakkizta eshigini beradi. Agar muammo manda bo'lgan bo'lsa. Bir, ikki bo'ldi. Ikki, to'rt bo'ldi. To'rtda turibmiz hozir. Umid qilaylik Alloh Taolo sakkiz qilsin. Musulmon odamni dunyodan chiqishligi ham uni foydasi. Agar mo'min musulmon bo'lib yashagan bo'lsa. Chunki uni jannatni nechta? Sakkizta eshigi kutib turibdi. Demak Alloh Taolo bir bandasidan, bu misol. Bu jiji bolani bitta misol qilib aytdik. Bir narsani Alloh Taolo olib qo'ygan bo'lsa, bu hikmati bor. Rozi bo'lavering birodar. Undan tashqarichi? Ha borasiz, rozi bo'lmang. Nima nima dedilar? Qa borasiz? Rozi bo'lsangiz, foydangizga savobga yozildi. Norozi bo'lsangz gunoh bo'lib yozing. Lekin bo'ldi shu ish.

Innallilohi va innilayhi rozi yu deydi. Musulmonlardan boshqa bir musibat kelsa, ko'ngliga yoqmaydigan ish bo'lsa, shu kalimani talqin qiladi. Bo'ldi, rozi. Savobga o'tdi. Yo'q bo'lsa, a nimaga? Qaysi qilgan gunohim uchun? Senga nima yozuvdim? Deydi mana oxirida. Inson rozi bo'lishni o'rgansin. Alloh taolo bergan kunga. Alloh taolo mu'min manbasiga vaqtinchalik past, haqir bo'lgan bu dunyoni ravo ko'rmaydi.

Past, haqir, vaqtinchaliy bo'lgan bu. Dunyoni ravo qilmaydi. Aksincha, abadiy bo'lgan, aziz bo'lgan, ulug' bo'lgan emad, o'zini diydorini, jannatini ravo ko'radi. Va shuning uchun aytdik oyatni boshida. Ba'zilarda, ba'zilardan afzal qilib qo'ygan bo'lsa bir narsalar bilan, uni orzu havas qilib yuboravermanglar. Alloh taoloni bergan fazli, kimga ko'p bergan bo'lsa, ko'p so'raydi.

Kambag'al odam faqat qiyomat kuni quvonadi. Yaxshi ham ozroq bo'lgani, mana yengilroq bo'ldi deydi. U davlat berilgan odamlarni yelkasida mas'uliyat bor. Uni zakoti bor, sadaqasi bor, halol yo'ldan topishi bor, halolga sarflashi bor. Ehtimol ko'tara olmaysizki, sizga bermadi bu narsani. Rozi bo'ling. Rozi bo'lding.

Musulmon odam rozi bo'lishligi kerak. Endi bir banda o'ziga nima foyda yu, nima ziyon, nima yaxshi yu, nima yomon, bilmaganligidan norozi bo'ladi. Robbisini qanaqa fazli marhamati uni ustida turganligini tushunmasdan johilligidan jazavaga tushadi. Alloh aytadi, qul. Bi fotli ilohi va bi rahmatihi. Habidalika fal yafurahum quva xoy rum minma yaj ma'lum. Mana nimaga qarab, nimani havas qilish kerak? Nimaga alam qilish kerak. Nimaga kuyukish kerak. Nimada intilish kerak.

Ey Muhammad ayting. Allohning fazli marhamati, ya'ni islom. Iymon va rahmat mehribonligi Qur'on bilan, mana shu ne'mat bilan shod u xurram bo'lsinlar. Iymon bilan, islom bilan, Qur'on bilan, shu narsa bilan quvonanglar deyapti Alloh Taolo. Bizda bormi shu narsalar? Shu yerda o'tirganda hammamizda bor. Iymon bor, islom bor, Qur'on bor, masjidda o'tirishlik bor. Mana shu narsa Allohning fazli deyapti. Alloh yaxshi ko'rgan bandasi mana shu narsa bilan aziz qiladi. Mana shu narsa bilan quvonib yashanglar deyapti. Bor ekanmi bizda quvonadigan narsa? Bor birodarlar. Faqat ko'rishni bilishligimiz kerak.

Alloh aytadi: vala tataman navma faddal allohu bihi ba'dakum alabar. Alloh biron ne'mat bilan biringizni biringizdan ortiq qilib qo'ygan bo'lsa, sizlar uni orzu qilmanglar. Sizga Alloh Taolo shu kunni berdi. Demak shu kun sizga yaxshi, Parvardigoringizni sizga tanlab bergan kuni, rozi bo'ling. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)