# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 304 of 510
- Section: —
- Duration: 16 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/304
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/Cqi0GCYI4DQ.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=Cqi0GCYI4DQ
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/303.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/305.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:07] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah robbina alamin. Va ala aqibatu lil mutaqiyin. Assolat va salamu ala saidina muhammadin va ala alixiy va ashabiy hajmain. Ummabayiq, assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh. Bismillahir rohmana rohim. Yana bir marta rozilik haqida suhbat qilamiz. Alloh taoloning taqsimiga rozi bo'l, eng boy odam bo'lasan.

[0:30] Banda robbisi unga nimani taqsim qilgan bo'lsa, shunga rozi bo'lishiga shart. Lozim, vojib. Demak, kim inson Alloh taqdir qilgan narsaga norozi bo'larkan, u Allohning buyrug'ini bajarmayapti. Alloh taolo aytadi faxuz ma'a ta'y to'ka vakqu minash shakiriy. Men sizga ato etgan narsani oling va shukur qiluvchilardan bo'ling. Nimani taqsim qilgan bo'lsam, qaysi yurtda yashashing, qancha davlating bo'lishi, bo'ying, rangin, senga nimani taqsim qildim bo'lsam, buni ol da, rozi bo'l deb Alloh Taolo buyuryapti. Demak, inson norozi bo'lishligi bilan o'zi gunohkor bo'ladi. Endi gunohni qilib turib, inson qanday bir saodatda yashashligi mumkin.

[1:18] Alloh Taolo aytadi, ha men a'rodan zikri fa imnala hu ma'i sha'tan donka. Qarang. Alloh Taolo bizga nima buyruqni buyurgan bo'lsa, shuni qilishligimiz siz bilan bizga shart, farz. Qilmasak gunohga olamiz. Alloh qil degan ishni qilmasak, albatta jazosi bor dunyoni o'zida. Alloh aytadi kim mening eslatmamdan yuz o'girsa, bas u uchun tanglik, baxtsiz hayoti bor.

[1:47] Meni esla, meni xuyersatman bilan yasha, aks holda baxtsiz bo'lasan deyapti. Ollohni buyruqlariga isyon qilib banda, ollohni buyruqni bajarmasa, Ollohdan albatta jazo bo'ladi. Zakot ber, dedi Alloh Taolo. Zakot bersang, moling poklanadi, rivoj topib uni bo'sadi, hamda Allohning himoyasida bo'ladi. Aks holda shu narsa bo'lmaydi.

[2:13] Boshqa oyatda Alloh Taolo: Fadlukoruniy azikorukun, boshqorun i vala takfurun. Meni zikr qilinglar, dedi. Menga shukur keltiringlar, dedi. Agar zikr qilmasa, shukur keltirmasa, bu insonni qalbi o'ladi. Mana bir qancha odatlarni ko'rdik. Alloh buyrug'iga xilof ish qilsak, Alloh buyrganini teskarini qilsak, albatta jazo bor. Endi Alloh Taolo rozi bo'l, dedi. Agar rozi bo'lmasak nima bo'ladi?

[2:42] Sabab solihiylarning hayotiga bir murojaat qiladigan bo'lsak, e, albatta musulmon odamga ibrat namuna qilib ana shu kishilar ko'rsatilinadi, birodarlar. Bu hozirgi zamonda hech qaysi odam ibrat bo'la olmaydi siz bilan bizga. Ularni go'zal imoratlari bo'lmagan, hashamatdor, qimmatbaho kiyimlari bo'lmagan, qul xizmatkorlari katta boyliklar bo'lmagan. Lekin shunga qaramasdan ular hayotda chiroyli iz qoldirishdi. Nima uchun? Chunki ular Alloh bergan narsaga taqsinga rozi edi. Ular, ularga Alloh bergan ozgina ne'matni Alloh rozi bo'ladigan yo'lga burishdi. Alloh rozi bo'ladigan yo'lga yo'naltirishdi, hayotda qaytarib aytamiz, chiroyli iz qoldirishdi. Alloh Taolo ular, ularga berilgan ne'matga rozi bo'lganligi uchun, qanoat qilganligi uchun, ularni hayotiga, umriga, qilgan ishlariga barakot berdi. Mana qaranglik da, shu barakot xususida. Ulgurmayapmiz hech narsaga. Pulimiz ham yetmayapti, vaqtimiz ham yetmayaptimi, umuman hech narsaga yetmayapti. Nimaga desa, biz norozi bo'lib qolmayapmizmikin Alloh bizga taqsim qilgan narsalarni? Baribir musibat shunda. Inson Alloh taqsimiga norozi bo'lar ekan, farqi yo'q, u faqir u.

[4:00] Farqi yo'q dunyosi chaqasi qancha. U faqir u! Yuz ming yo'q edi, yuz ming bo'ldi, endi ikki yuz ming kerak. Bir million bo'ldi, besh million kerak. Inson rozi bo'lsa, o'sha kundan boy bo'laveradi. Biz ham ehtimol roziman Allohni bergan kuniga, deya kimdirmiz? Lekin mana shu gapimiz siz bilan bizni hayotimizni saodatli qilyaptimi? Ehtimol tilimiz bilan aytib qo'yapmiz da, ichimizda boshqa narsa turgandir. Biz roziman deyotgan gapimizni rostligini tekshirmoqchi bo'lsak o'zimiz, hayotda nima ish qilyapmiz, shunga qarang.

[4:36] Kimlarga o'xshashga harakat qilyapmiz? Kimlarga iqtidor qilyapmiz? Shunga e'tibor beraylik. Kimlardan o'rganyapmiz yashashni? G'ariblik, bir kishi aytgandek, o'sha g'arb ahlini. Ularning hayoti deydi, g'arbliklarda. O'zlariga keraksiz bo'lgan narsalarni ortidan quvishga aylanib qoldi, hayotini mazmuni. Bugun muammo narsani reklama qilsa, shunga yetish kerak. Bir oy pul to'laydi, o'shani oladi.

[5:03] Muammo narsalarni chiroyli dedi, hamma olyapti desa, maqsadi, o'zi asli kerak emas edi unga u bu narsa. Ularning hayotini mazmoni o'zlariga kereksiz bo'lgan masalada quvishlikdan iborat bo'lib qoldi. Bu solih kishilarning muqobilida yana bir toifa insonlar yashadi. O'shalar zamonida ular. Ularda hashamatli binolar ham bo'ldi, moliyaviy davlatlar ham bo'ldi. Ko'p xizmatkorlari bo'ldi, ne'mat ilomlar ziyoda bo'ldi. Lekin ularni bu ne'matlari ko'p bo'lishligi, ularni baxtli bo'lishiga emas, aksincha, baxtsiz yashashligiga sabab bo'ldi.

[5:40] Narigilari faqir, rozi, saodatli yashadi. Bular hamma yog'i bor, norozi, bular baxtsiz yashadi. Chunki bunaqa odamlar Alloh bergan bu ne'matlarni Allohning imtihoni, sinovi deb qaramadi. Balkim mana shu berilgan narsani maqsad qilib olishdi ular. Ular to'g'ri yo'ldan fitrat ancha kech qilib ketishdi. Mana shu ikki toifani hayotiga qarab turib xulosa qilsa bo'ladiki, demak, bir bandani dunyoda saodatli hayot kechirishligi, moli dunyo bola chaqa, mansab amalga bog'liq emas ekan.

[6:18] Insonni o'zi qalbi Alloh bergan kunga rozi, rozi emasligiga bog'liq ekan. Rozi bo'ling, boy bo'lasiz. Rozi bo'uring, saodatli hayoti kechirasiz. Rozi bo'ling. Agar mashinasi kichkinaroq bo'lsa va asabda yurgan odam bor. Avvalasiz opytib yurgan bo'lsangiz qarang, perde yurgan odam bor. A perda yurgan bo'lsa, qarang, aravada yurgan odam. Aravada yurkan bo'lsangiz, yotgan odam bor bir odamlar.

[6:43] Shuning uchun Alloh siz bilan bizga taqsim qilgan narsaga rozi bo'lishlikka bir o'rgansak, odatlansak, biz eng saodatli odamlarmiz. Saodat u qayerda bo'ladi o'zi? Baxt qayerda bo'ladimi? Tashqarida bo'ladimi? Matohda bo'ladimi? Uyda kattaligi yu hashamatdorligida bo'ladimi, sayyorani bir hashamatligida bo'ladirmi? Baxt akalar qalbda bo'ladi.

[7:09] Inson o'zini baxtli qilish, qilmasligi o'z ixtiyorida. Boya aytayotgandek norozi bo'lsa, hech qachon saodatli bo'lmaydi. Inson rozi bo'lsa. Ha, lekin, har bitta odam hayoti salomatlik bo'lishi uchun atrofidagilarda ham unga bo'lgan muomalasi yaxshi bo'lishi kerak. Hamma hurmat qilishi kerak. Hamma uni holidan xabar olishi kerak. Bir nima deydi, muomala zo'r bo'lishi kerak. Musibat nimada? Hammamiz, diqqat qilinglar, hammamiz, tashqaridagilar avval tuzalsin, keyin men ularga yaxshi muomala qilaman.

[7:43] Tashqari tuzalsa, keyin men tuzalaman deymiz. O'zi teskarisi. Ular nima qilib qo'yibdi menga? Men ularni xabar olganman. Ha. Stroyka qildim, bir marta kelib qo'ygani yo'q. Ha, mansabda yotdim, bir marta xabar olib qo'yib qo'ygin yo'q. Menga nima qilib qilib, men boraman ekan men orqasidan. Ovoz menga yaxshilik qilishsin, keyin yaxshilik qilarman. Meni holimdan xabar olsa, men xabar olaman. Meni kechirsin, keyin men ham kechiraman. Tushunarlimi? Tashqari tuzalsa, i meni ishim tuzaladi deb kutamiz. Bu noto'g'ri. Alloh taolo aytadi, astayu billah, innalloha la yog'a yuru ma bi qomin, xatta yog'a yuru man bi anfu sehin. Insonlar, qavmlar, ma bi qomin, ana shu qavmni ichidagi narsani, ya'ni insonlar o'zini ichidagi narsasini, qalbini tuzatmagunicha, atrofni Alloh tuzatmaydi deydi. Siz kechirib qo'ying, siz borib qo'ying. Siz xabar olib qo'ying , siz audit qilib qo'ying. Narigi odam ancha tuzal. U ham xuddi sizdaqa kutib turibdi da. U menga yaxshilik qilsa, keyin yaxshilik qilaman deydi.

[8:45] Birinchi qadamda zib olsak deydi. Banda Allohning taqsimiga rozi bo'lsin, eng boy banda bo'ladi. Endi misolga o'tadigan bo'lsak, rozi bo'lish bo'lmaslikka. Olamizni qornida yuz yigirma bir kunga to'lgan kunimiz rizqimiz taqdir qilingan. Endi koincha shu, rizqda lampochkadek.

[9:10] Kimgadir peshonasiga yetmish besh vattlik lampochka deb yozgan. Kimgadir ikki yuzlik deb yozgan. Kimgadir besh yuzlik, kimgadir minglik. Lekin hech kim lampochkasi nechanchiligini bilmaydi. Bunday qarasa, oyida bitta odamda lampochkasi baland yonyapti, minglik ekan. Bu o'sha lampochka saygan rezetkaga olib borib qo'yadi lampochkasini. O'sha qilgan tijoratni qilib ko'radi, sayib ko'radi. Baland yonmayapti. I bu bilmayapti yetmish besh ligini.

[9:39] Mana bu yerda bittasi besh yuz lik lampochka bilan yonib tursa, olib borib o'qib qilgan tijora tiqib ko'ryapti. O'sha razratkashni tiqib ko'riyapti. Yana bo'lmayapti birovda, yetmish besh seniki. Chunki Alloh yozgan buni, bu o'zgarmaydi bu. Shuning uchun biz necha lampochka yozganligini bilmaymiz biz. Peshonamizga nima yozganini bilmaymiz. Lekin barakotli bo'lishligi uchun sabab bo'ladigan ishni qilaveramiz. Lekin rozi bo'lamiz turgan holimizga.

[10:07] Endi rozi bo'lasizmi bo'lmaysizmi baribir. Taqdir qilingan bu narsa. Endi siz faqat razrabkani tolayotganingizda lampochkangizni vilkasini olib. Shunday bir vilkani tolayinki, napryajeniya balandroq bo'lsin. Shu yetmish besh maksimum bersin yorug'i. Naprejeniya past bo'lsa lampochka qizarib turaveradi. Endi o'sha naprejeniya nima? O'sha barakot. Qaysi razretga tutsangiz tiniqroq yonyapti. U barakot nima edi? Ibodatingizga to'sqinlik qilmaslikka. Tijoratni qanaqasini qilish? Halolini qilish. Shunday bir tijorat bilan shug'ullanishlik kerakki, ibodatdan to'smasin. Diningizni amallarini bajarishingizdan to'sqinlikni qilmasin. Haromga buyurmasin. Ili rozi bo'ling yetmish besh ga.

[10:51] Agar qachondir ming bo'lishini taqdir qilgan bo'lsa, bo'lar. Endi bu kimni ixtiyoridagi narsa edi bu narsa? Nima haqida gaplashyapmiz? Qanaqa rozilik? Allohning taqsimiga rozi bo'lishlik. Seniki albatta ming bo'lishligi shartmas. Ming bo'lgan odamni Alloh Taolo qiyomatgacha mingga yarasha so'raydi. Senga yetmish beshta beribdimi? Demak senga shu narsa yaxshi ekan. Chunki sen ko'tara olmasliging mumkin umidida.

[11:25] Banda o'ziga nima foyda, nima zararligini bilmaydi. Robbisi biladi. Robbisini musulmon bandaga bergan taqsimi, musulmon o'ziga o'zi qilayotgan taqsimdan ko'ra yaxshiroq. Shuning uchun rozi bo'laver, savdoda. Kimnidir lampochkasi kuyib qolgan ekanlar. Kimdir ko'chaga chiqa olmaydi umuman. Kimdir ko'zi ko'rmaydi. Kimdir oyog'i ishlamaydi. Kimdir qimirlay olmaydi. Umuman lampochkasi kiyib qolgan. U nima qiladi?

[11:52] Inson o'zidan quyi odamlarga qaraydigan bo'lsa, albatta hayotidan savdoli bo'ladi. Lekin teskari biz faqat tevaga qaraymiz. Tevaga qaramiz. Shuning uchun inson saodatli yashashni xohlasa, o'zini turmush sharoitiga, oilasiga, daromadiga, shakliga rozi bo'lsin. Haligi plasticheskiy xirurgiya degan narsa chiqib qolgan. O'sha plasticheskiy khirurglardan bittasi aytyaptiki, plasticheskiy hirurgni stoliga yotgan odam deyapti, xuddi tog'dan yumalatib yuborilgan deydi, qorga o'xshaydi deydi. Bugun burnini tuzatadi. Chunki burnini figurasiga rozi emas edi, burnini to'kislatdi. Ertasiga bunday qaraydi da, shu qoshini tag'i jicha bir yog'i bor, uni oldiradi. Xullas, shunday ish ekanki, bu o'sha shakliga norozi bo'lib o'zini o'zgartirayotganlar. Bir boshlab olgandan keyin to'xtata olmas ekan o'zini. Va oxiriga borganda o'zini kimligini ham esdan chiqarib qo'yishadi. Shuning uchun rozi bo'laylik. Qilayotgan mehnatimizga. Nodomiki qornimiz to'yaptimi? Tinchmizmi, sog'mizmi? Bemalol yotib turyapmizmi, rozi bo'lay, birodarlar? Kechqurun chiqib turib derazalar ochib, nega xulosalar bor? Jimlik.

[12:57] A? Derazangiz ochiq bilan chiqib turing da. Xotirjam yotyapsiz. Ertaman turibsiz, nonushtangizga bir tishlab non bor. Joningiz omon. Bolangiz maktabga kelsa, xotirjam o'tiribsiz, qaytib kelishi aniq. Hech narsadan xavotiringiz yo'q. Rozi bo'laylik. Rozi bo'la. Biz saodatdamiz, birodarlar. Kufron ne'mat qilib qo'ymaylik. O'zini zamonasini buyuk olimi bo'lgan atoyi bilan abira bor. Jingalakchach, qora, bunga puchuq, ozod qilingan qul bo'lgan. Lekin bu narsa u kishini tavbiyalarning saidi bo'lishidan to'smadi. Dunyosi yo'q edi. Rozi edi, bolani Allohnin yo'lida sarf qiluvdi, Allohu u kishini aziz qildi. Ahnafimni qaysi? Barcha arablarning halim kishisi edi. Jismi og'riq, beli va oyog'i bukilgan qiyshiq, zaif, omadli kishi edi. Lekin u kishilar bilan puli bo'lmagan, shaklida quvvati bo'lmagan. Lekin rozi bo'lgan hayotidan.

[13:52] Va amoj, muhaddis olim, ko'zi xira bo'lgan, yirtiq to'n kiyib yurgan, ozod qilingan qul bo'lgan. Farg'aronni hayot kechirgan. Qarang. Ular nimasi bilan saodatli yashadi? Alloh bergan taqsimga ular rozi edi. Biz ham rozimizmi? Insonni qiymati nima bilan belgilanadi?

[14:15] Odamlar dunyoyim ko'p bo'lsa, mansabim katta bo'lsa, odamlar meni hurmat qiladi deydi, shuni orqasidan qul bo'lib o'lib ketadi. Ana shu dunyosi, mansabi qo'ldan olib qo'yilganda, shu hurmat ketib qoladi. Chunki seni dunyo uchun hurmat qilyapti da odamlar, mansab uchun hurmat quryapti. Mana ketuvdi, endi seni hech kim to'xtatmayapti. Mana shu seni puling ketuvdi, pulingni hayiqayotganda endi ustingga jur'at qilyapti. Endi, insonni, insonni nimasi bilan qadrlanadi? Taqvosi bilan, ilmi bilan, zehni bilan, solih amali bilan hamda xalqiga keltirgan foydasi bilan.

[14:48] Bu odam bir paytlar mana ishlar qilgan deydi da, keyin ham esda yurishadi. Inson qanchalik Robbini taqsimiga rozi bo'lsa, shunchalik qalbi salomat bo'ladi. Qalb hasadgina kuduratdan omonni bo'ladi. Rozimi? Narigi odam baland uy sotsa xafa bo'lib ketmaydi. Narigi yomon ko'rgan odamni bir narsasi ko'tarilib ketgan bo'lsa xafa bo'lib kelmaydi. Alloh sizga yozibdilar deb qo'yadi.

[15:12] Kim? Allohni rod deb, Islomni din deb, Muhammad alayhissalomni payg'ambarda rozi bo'lgan bo'lsa, u odam haqiqatdan iymonni nimaligini totib yuribdi. Kimni qalbi rozi bo'lsa, Alloh bu kishini qalbini boylikka, qanoatga to'ldiradi, xotirjamlikka to'ldiradi. Kimni qalbi roziligidan holi bo'ladigan bo'lsa, yuqoridagi narsalardan teskarisiga aylanib qoladi.

[15:36] Alloh Taolo siz bilan bizni hammamizni o'zi qilgan taqsimiga rozi bandalardan qilgan bo'lsa. Birodalar, ana shu qadr qilingan narsaga rozi bo'lishlik yoki rozi bo'lmaslik, siz bilan bizni saodatli hayot kechirish, inshaalloh kechirmasligimizni belgilaydi. Alloh taolo o'zi rozi bo'lgan bandalaridan qilgan bo'lsin. Aqli qobili, ha darvoz, darsu abdulla aytaylik va rahmat. Assalomu alaykum va rahmatullohi iboratuh.
