# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 308 of 510
- Section: —
- Duration: 10 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/308
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/RGFHvOt7vWM.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=RGFHvOt7vWM
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/307.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/309.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:08] Mana endi birodarlar, zamonimizda ko'payib borayotgan ulamolarni masxara qilishlik, ulamolarni yerga urishlik haqida suhbat qilgan bo'lamiz. Masxara istehzoning iste'molidan asosan islomga dushman bo'lgan guruhlar va ularni islom ummati orasiga kirib olgan domlari foydalanishadi. Mana eshitdik, oyatda musulmon masxara qilmas ekan hech kimni. O'zidan past bo'lganlarni ham masxara qilmas ekan. Endi tevada bo'lgan, o'zidan yuqori bo'lgan, badavlat bo'lgan, ilmli bo'lgan, quvvatli bo'lganda masxara qilish emas, o'zidan pastda ham masxara qilib emas ekan. Endi masxarani kim ishlatar ekan? Dinimizni dushmanlari va ularni maliylari. Ular musulmon ulamolarini masxara qilishi siyosatini qadimdan amalga oshirib kelishadi. Bu uslub bilan musulmon ummatining qalbida ilm ulug'vorligini ketkazishni xohlaydilar. Bunga esa ulamolarni kamsitish orqali erishishni istaydilar. Tuhmatlar asossiz bo'lsa ham, bir olim haqida tuhmat tarqatilaversa, hech bo'lmaganda ularning ta'siridan ayrim e'tiborli olimlar yomon otliqqa chiqib qoladi. Mana shu uslubda bizning ishimizdagi ayrim yoshlarimiz bilib bilmasdan qilyapti, shu ishga qo'l uryapti.

[1:26] Ayrim o'rinlarda ana shu aqli noqis bola faqirlab, ochiqchasiga ummat ixtiro qiladigan ulamolarni nomini aytib, xoin, zulm malayi, dinfurush, din monopolisti, shirkka shaqillaganga isbot bor, zino va faxshga fatvo berganda isbot bor deb turib, ulamolarni yomonlaydi. Masxaralash musulmonning ishi ekanmi? Tuhmat qilish musulmonning ish ekanmi? E'tibor bersalar, yaqinda chiqqanlar qilyapti mana shu ishlarni. Avvalgilar unaqa bir birini masxara qilib, bir birini yomonlamagan. Falonchi olim haqida nima deysiz desa, hay hay hay, o'ylab gapir, juda ham bir oliyjanob odam. Unaqa odamlar yo'q. Qarilar shunaqa davrida, o'zini davridagi olimlarini. Bizda hozir qanaqa bo'lyapti? O'zi tajvidni bilmaydi. O'zi arab harflarni mahrasidan to'g'ri talaffuz qilib chiqara olmaydi. Ammo bu olimlarni xatolarini nima qilib beradi? Kimga xizmat qilayotganligini ko'rib qo'ysin, mana shu odamlar. Kim foyda topadi ulamolarni hurmatini yerga urishlikdan? Kim?

[2:30] Bu ishlarini ular amalga oshirayotib, aytadiki, biz haqni gapiryapmiz deydi. O'zi hozir aytayotganimizdek, o'qimaganligini, ilmi yo'qligini oshishchasiga tan oladi yu, ammo ulamolarni adashganligini aniq aytishadi. Haqni bayon qilayotganligini da'vo qilishadi. Qaranglar, hamma o'zini haq deb biladi. Ko'ringlar, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam xunangda tushgan g'imalarni taqsim qilayotganlarida bir arobiy keldi da, ey Muhammad, dedi, sollallohu alayhi vasallam. Adolat qil, dedi. Bu taqsimda adolat bo'lmadi, dedi. E senga voy bo'lsin, men adolat qilmasam, kim adolat qiladi, dedilar, Rasululloh. Demak, boyagi johil, arobiy gapirayotganda ham o'zini haqi deb gapiryapti da, to'g'rimi? Uni nazarida nohaqlik bo'lyapti da.

[3:16] Yoki umariddin xattopir ziyolovni o'ldirgan abu luwlu va majusiy. Bu Amirali mo'minni qatl qilgan paytda ham to'g'ri ish qilyapman deganda, to'g'rimi? Usmoniddin affonni qamal qilishib olib, sakson dan o'tgan oqsoqonni, rasulullohdan jannatni bashoratini eshitgan, rasulullohni ikkita qizga uylangan kishini chopib qatl qilayotganda ham nima degan? Haq ishni qilyapmiz biz degan. Ali ibn abit olib bilan birla bo'lgan qorilar, xovorejlar mana keyinchalik. Ali ibn abit olip bilan birla chiqishdi. Keyingi tahqin masalasidan keyin muoviyatun nabu sofiyonda ham, ali ibn abit alipni ham kofir deyishdi. Bu yer ham nima deyishgan? Biz haqni aytyapmiz deyishgan. Nahotki bu xulofa orochlardan uchtasi bo'lgan umariddin xattop, usmonov nafon, ali ibn abid oliplar zalolatda ekan u, bu keyingilar haq ekan.

[4:07] Biz o'sha ishni qilayotgan odamlar haqida aytamizki, ularni gapirayotgan gapi qilayotgan ishini, ularga hech qanday zarari yo'q. Ular fitna urug'ini, fitna o'tini bizni yurtimizga yaqib qo'ysa, tashqaridan chapak choy, u tashqarida ular bari. E'tibor bersanglar, biz haqni aytyapmiz degan da'vo bilan ishlarini amalga oshirishgan va shu kungacha mana shu narsa davom etib kelyapti. Mana endi dunyo sahnasida bo'layotgan ishlarni ko'radigan bo'lsak ham, ziyre qalb egasi, kallasi ishlaydigan odam, buni qaysinisi haqqi, qaysinisi nohaq, ajratib oladi birodarlar. Alloh taolo aytadi, vala insof al tahum la yoqulunna innama kunna na hudu va na'l'ab, qul abillahi va ayyati hiborasulihi kun tun tasdih ziyun, la ta'taziru qodu kafartun ba'da i manikum. Agar ulardan so'rasang, albatta, biz faqat o'zimizcha gap qilib o'ynayotgan edik, xolos derlar. Sen allohni uning oyatlarini va rasulini istehzo qilayotgan edingizmi deb aytdi. Uzratmanglar va taqiq iymoningizdan keyin kufr keltirdingiz. Bu oyatni tafsirida mufassalar shunday narsani aytishadi. Abdulloh nomer roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Tabuk g'azotidagi safarda edik. Ana shu musulmonlar olib jamlanib o'tirisharkan, bir kishi olovu qorilarimizga o'xshagan qorni kattasini, tili yolg'onchisini va dushmanga yo'liqqanda qo'rqog'ini ko'rmadik dedi.

[5:35] Qorini aytyapti. Qorni katta, tili yolg'. Dushmanni ko'rganda qo'rquv qochib ketadigan dedi. Bir qorini. Masxara qildi. Ilmli odamni masxara qild. O'sha majlisda o'tirganlardan biri unga qarab yolg'on aytding. Sen munofiqsan. Mana shu so'zingni Rasulullohga yetkazib beraman dedi. Borib Rasulullohga aytdi.

[5:58] Abdullohi nur aytadi, men o'sha odamni ko'rdim. Hozir biz o'qigan oyat mana shu odam haqida tushdi. Abdullohni nur aytadi men o'sha odammni ko'rdim, rasulullohning tuyalari jabdug'iga osilib olib, surinib, toshlarga qoqilib, yo rasululloh, biz faqat gapga kirishib ketib, o'ynashib bu gapni aytib yubordik deb zorlandi.

[6:24] Bitta qorini masxara qildi. Endi butun ummat hurmat qilib turgan, millionlarga, musulmonlarga foydasi tepib turgan, kishilarni masxara qilayotgan, ularni hurmatini yerga urayotgan, ularda har xil noma'qul laqablar bilan aytayotganlar. Kim bo'ldi endi? Rasululloh esa ushbu oyatni takrorladilar. Sen Allohni uning oyatlarini va Rasulini iste'zo qilayotgan edingmi?

[6:53] Shunday deb ayting. Uzr aytmanglar, batafqiq iymoningizdan keyin kufr keltirdingiz. Shuning uchun birodarlar, o'ylab gapiraylik. O'ylab ish qilaylik. Qayerdan suv olib ichayotganimizga qaraylik. Bilmagan holda iymondan ketib qolmaylik. Olimlarni yomon ko'rishlik nifoq. Ularni so'kish va masxarashlik kufr deydi ulamolar.

[7:18] Namoz aqidaviy masala emas. Ta'budiy masala. Namoz o'qimagan odam kofir bo'lmaydi. U qattiq gunohkor bo'ladi. Ro'za tutmagan, hajga bormagan, qodir bo'lib turib, gunohkor bo'ladimi, ammo kofir bo'lsin. Ammo ulamolarda masxaralash, ularda behurmat qilish deydi, ulamolar kufr deb aytyapti. Aqidaviy masalaga ham keladi. Ko'zinglarni katta ochinglar. Ulamolarni yomon ko'rmaylik. Ulamolarni yomon korish, ularni masxaralashlik, besabab yomon ko'rishlik, akalar kufrga olib borib qo'yadi. Bu aqidaviy masala.

[7:50] Ulamolar masxarani, istehzoning sabablarini tekshirib, u orqali sodir bo'ladigan hukmlarga alohida to'xtab o'tishgan. Bazoziya kitobida bunday vorot bo'lgan. Sharafli zotlarga va olimlarga nopisandlik qilish kufrdir. Sharafli kishilarga, olim insonlarga nopisandlik qilishlik kufurdur. To'g'otmaslik, mensimaslik kufur degan ekan ulamolar.

[8:18] Bir olimni olimcha deyish yoki fazilat ahlidan birini istehfof etish, kamsitish, tahqirlash qasti bilan ey olimcha, demoq kufurdur. Shariatni va shariatdagi muhim masalalarni pisand qilmaslik kufur. Sababsiz ravishda bir olimga bug' yetadigan, uni yomon ko'radigan kishini kufuridan qo'rqiladi. Besabab yomon ko'rasiz falonchi olimni. Olimda sizni so'kmadi, sizni molingizni tortib olmadi, ochiq fiz qilib hujumni ko'rganingiz yo'q. Faqat falonchi yomon deganligi uchun yomonday yuribsizlar.

[8:54] Bir marta muomala qildingmi? Yo'q. Safarga chiqdingmi? Yo'q, pul muomala qildikmi? Yo'q? Qo'shnichilik qildikmi?yo'q. Nimaga yomon ko'raman deyapsan uni? Nimaga yomon deyapsan uni? Menda agar masxara qilish kishini ilmiga salohiyatiga emas, uni xilqatiga, shakli shamoyiliga qarab turib bo'layotgan bo'lsa, bu Alloh saqlasin, Alloh Taoloni san'atini ustidan kulishlik.

[9:18] Bir jamiyatda birodarlar masxaralash, istehzo kamsitishlik, yaylib ketayotganligini sababi ikkita. Bittasi, musulmonlar orasida johillarni g'olib bo'lib ketayotgani. Ikkinchisi, shu masxara qilayotgan johillarni jazosini hech kim bermayotganligi. Ey iymon keltirganlar, sizlardan bo'lgan bir qavm boshqa bir qavmni masxara qilmasin. Sizlardan bo'gan bir ayollar jamoasi boshqa bir ayollar jamoasini masxara qilma sin. Ki ehtimol, masxara qilinayotganlar masxara qiluvchilardan afzalodir. Aqulu qovli ha'da va astag'firullohu alayhi valakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.
