# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 309 of 510
- Section: —
- Duration: 29 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/309
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/8Cq7bziRJq4.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=8Cq7bziRJq4
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/308.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/310.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:01] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin vala aqibatu li mutaqin. Assolatu vassalamu ala sayyidina muhammadi va ala alixiy va ashabixiy ajma'in. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh. Bismillahir rohmatullohi va rahmatuh. Bu mavzu shunday mavzuki, ko'p aytilingan, lekin hozir yana aytishlikka bir ehtiyoj tug'ilyapti.

[0:27] Chunki fadakkur, fa innah zikru atan faul mo'mining deydi alloh taolo. Eslatma bering, zero, eslatma berish mo'minlarga asqatadi, mo'minlarga foyda qiladi, mo'minlilarga foyda qilsin. Va bu mavzuni tanlashimiz yana bitta sababi, masjidga kelmaydigan aka ukalarimiz, hatto juma namoziga kelmaydigan aka ukalalarimiz mana shu kuni masjidga albatta keladi.

[0:56] Mana to'ylar haqida, isroflar haqida bugun suhbat qilamiz. Isrof nima? Bugungi suhbatimizni mavzusi isrof. A'udubillahi minash shayton rojin. Vo asxabi shimal, ma asxabi shimal. Fiy samumi vahamin va villinmi yaxmum la baridin vala karim. Inna hunkam u qoblada lekin mutrohiyni.

[1:26] Chap tomon egalari. Chap tomon egalarib bo'lmoq ne baxtsizlikdir. Ular do'zaxdan tinimsiz esib turadigan, badanlarni ilma teshik qilib yuboruvchi samom shamoli va qaynoq suv ichida. Va na salqin, na foydali bo'lmagan qora tutundan iborat soya ostidadirlar. Darvoqe, ular bundan ilgari isrofgar bayonlar edilar.

[1:57] Mana as habush shimal, chap tomon egalari Alloh Taolo, ularni holidan xabar berib aytadi. Ular badanlarini ilma teshik qiladigan somon shamolida, qaynoq suv ichida, tutundan bo'lgan, qora tutundan bo'gan soya ostida. Nima uchun ular mana shu joyga tushdi? Chunki ular hayotda isrofgar bo'lgan edi. Isrof nima? Isrof keragidan ortiq mol sarf qilishlik.

[2:30] Dars davomida aytib qo'yay, hozirgi bo'layotgan to'ylardagi ayrim ishlarda isrof degani ham tiling bormaydi. Ibn Kasir rohimahulloh mana shu oyatning tafsirida aytadi, ana shu chap tomon egalari, isrofgarlar kim edi? Ular dunyo hayotida xavasga berilgan, nafslarning xoshini xoshiga itoat qilgan odamlar edi. Nimani xohlasa qilavergan edi. Ko'ngli nimani istagan bo'lsa, shu narsani amalga oshiravergan edi. Shariat bilan hisob kitob qilishmagan edi.

[3:06] Isrofgarlik. Bu shunday bir dard, shunday bir musibatki, butun butun ummatlarni, xalqlarni vayron qilgan, yer yuzidan yo'q bo'lib ketishiga sabab bo'lgan bir dard. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, kul u vashshiroq bu vaqtda soddaqu min g'oyir isrohing. Yeylar, ichinglar, sadaqa qilinglar, ammo isrof qilmanglar.

[3:36] Bir kishini isrofgarligi uni mutakabbir ekanligiga dalil. Kibrli ekanligiga dalill. Kibr esa kimga xos? Kibr faqat Allohga xos. Alloh bir bandaga ozgina mol u davlat berib qo'ysa, kibrga ketib qoladi.

[3:59] Ya'ni Allohga bir yoqqan joyim borki, boy qildim. Senlardan meni bir oshiq joyim borki, senlardan ko'ra meni pulim ko'p deydi. Esimizdan chiqmasin birodarlar. Bir odamni pulini ko'p bo'laganligi, uni albatta Allohga mag'bu degani emas. O'lchovlarni to'g'irlab olaylik. Puli ko'p bo'lsanglar, albatta aqlli degani emas! Puli ko'pbo'lsanglar, ham albatta bilimdon degani emas, rizq degan narsani alloh taolo shunday sochib qo'ygan. Kimga qancha tekkan, o'zi biladi. Agar iymoniga taqvosiga qarab odamlarga davlat berilganida, ayrim odamlar sariq chaqasiz o'tirish kerak edi.

[4:39] Kalla innal insana layotg'o arra a hustag'na innal ila robbika rujaa. Kim dunyosi bilan kibrga ketadi? Kim isrofgarlikka kirib ketadi? Allohni unutib qo'ygan odam. Allohni unutib qurgan odam. Darhaqiqat, inson o'zini boy behojat ko'rgach, albatta tug'yonga tushar, haddidan oshar.

[5:07] Oyat qiling. Allohni tanimagan, Allohni esdan chiqarib qo'ygan odam, ozgina puli ko'piga kelsa, kibrga ketadi. O'zini tuta olmay qoladi. Ana shu o'zini tutolmayotganligi Allohni esdan qilib qo'yganligi. Ana shu o'shani tutolmay qolganligi Allohning bergan jazosi. O'zini esdan chiqarib qo'ydimi? Allohni unutdimi? Chibriga ketdimi? Mana shu o'zi uchun balo. Undan xafa olmayslik kerak.

[5:34] Inna ila robbika roja. Ey inson, albatta yolg'iz Parvardigoringga qaytishing bor. Har qancha kibr qilma, har qancha kekkayma Allohni olib yuborasan. Haddan oshib ketishlik, isrof, har qancha katta bo'lmasin, mana bularda albatta bir kun yo'q qiladi. Har qancha davlatmand bo'lsin, islohga ketgan odamni oqibati nima bo'lishini hayot o'zi ko'rsatib turibdi.

[6:01] Biz hali mol dunyoda emas, hattoki tahorat qilayotganimizda suvni ham isloh qilmaslikka buyurilganmiz. Suvni. Rostdan aytadilar. Muxbira roziyallohu anhudan inna alloha karihalakum fara fan. Alloh sizlarga uchta narsani karix ko'rdi deydi. Uchta narsni yomon ko'rdi biz uchun alloh. Qiyla va qol va idho atal mal va kahrata sual. Biz uchun yomon ko'rilgan narsa nima? Dedi, dedi deyish. Falonchi u dedi deb mish mish gap ko'tarib yurishlik. Mana shu narsani alloh yomon ko'radi biz uchun. Molni zoyi qilishini yomon ko'rdir. Hamda ko'p savol berishingni yomon ko'rdi. Qarang endi uch yog'i ham bor da odamlarni hayotiga qarasak.

[6:53] Dedi dedi shu g'iybat, shikoyat, qayerga o'tirsang shu bir birini gapini tashlay yurgan, qayerga qarasang isrofgarchilik, qayerga qaramasang kerak emas savollar. Isrof nima? Isrof, molni zoyi qilish, molni nohaq o'rniga sarf qilishlik. Payg'ambarimiz aytadilar, inna rejalam, yeta havvau zuna fima lillahi, beg'oyri haqqin falahum minnari yomal qiyama.

[7:22] Albatta shunday kishilar borki, nohaq joyga Allohninng molini sarf qiladilar. Ular uchun qiyomat kunida alanga azobi bordir. Ko'ring, aroq ichma degan Allohninng. Ichmayapti, alhamdulillah. Zino qilma dedi. Bu xorim ekan deb tiyilyapmiz. Ustuvorlikka qo'l urma. Oxiri voy bo'ladi. Allohni huzurida bu katta gunoh bo'lsa, xuddi ustuvorlik qilmayapmiz. Endi isrof qilma desa, xuddi bu isrofganlik narigi gunohlardaqa emas u, undan ko'ra yangi yilga o'xshayapti da, odamlar isrofga berib ketayotganini ko'ryapmiz.

[8:01] Beli og'rimaganini. Ha. Beli og'riiganini. Non yeyishini ko'r. Tushunarlimi? Bel og'rimaganini non yeyishini ko'. Qiynalib pul topgan odam o'ylanib sarflaydi. Yengil pul topgan yengil sarflaydi.

[8:25] Hamma ham yengil pul topyaptimi degandan keyin keladi chi. Ikki yil, uch yil to'proq kelganni ich kimdir sarf qiladi, yana ketdi. Ey birodar, o'zingizga rahmingiz kelsin. Bu uydagi ayollarni hamma aytgan narsasini qilib beraversangiz, umringiz o'sha o'tib ketadi safarda. Bola chaqa betarbek qolib ketyapti. Maqsad pul topishni yo'qoladi. Chunki orzu havas.

[8:50] Bizni xalqni urf odatga sarflaydigan puli ko'proq qismi isrof. Sunnat to'y bo'lardi. Ot yetalab kelardi. Nima bu, aytaylarchi, kibr bo'lmasdan? Riyo bo'lmasdan nima bu? O, o, tog'asi ot yetalatib ketdi. Ona amakisi toy yasatib ketdi. Savol. Minadimi shu toy bu deymi?

[9:21] U otxonasi ham yo'q u toy olgan odamni. Nima u, aytaylarki? Isrofmi? Faxrmi? Endi hozirgi kunda xafa bo'lmanglar, haqiqat qilib ekanlar. O'sha avvalgi sunnat to'yida aqiqa deb turiblar, yana boboygina isbotgarchilik ketyapti. Shariatni taklifotini xotya os, ozgina narsa bilan amallab bo'ladi. Aqiqa nima edi? O'sha jonliq so'yib, go'shtini tarqatib qo'shdingiz. Shu aqiqa.

[9:54] To'rtta qarindoshimni chaqirsin, to'rtta ulfatimni chaqirsin. Men o'g'il ko'rdim, qiz ko'rdim, ma'qul, aqiqa deb qo'ysin bo'ladi. Yo'q, unaqa emas, butun mahallaga yoyib e, sutxo'rlik bilan shug'ullangan odamni oqibati nima olishi aniq. Alloh harom qilgan ishlar bilan shug'ulangan odamni dunyoda ham jazosini olishiga aniq. Endi to'ylardagi isrof bilan, to'ylarni isrof bilan o'tkazayotgan odam, shu qilgan isrofingiz uchun ertaga turmushi buzilib ketsa bolangizlar, ehtimol shu sababdir. Ehtimol qilgan isrofigizni mukofotidir.

[10:29] Qaranglarda. Borib turib mana bu nikohdan o'tkazadigan tashkilotga murojaat qilsangiz, nimadan, registratsiyadan o'tgan, nikohdan nechtasi buzilib ketayotganligini aytadi. Qo'rqib ketadi. Mana biz imomimiz, bizga kelishadi u savollar bilan. Ikki oy ajrashib ketibdi, uch oyda talab qo'yibdi, bir yil bo'lmasa manaqa debdi. Nimaga shu narsalar? O'sha qilayotgan istiloflarimiz mukofot bo'lib qolmayaptimikin?

[11:00] Bekorga aytmadim, bu imenno mana shu kunda aytyapman, bu ma'ruzani, mana shu umuman kelmaydigan odamlar ham keladi bu kunda. Eshitib qo'yinglar, isrof bu. Yana qaytarib aytaman. Agar erkak kishi rahbar bo'lsa, u erkak kishini insofga chaqirsa, xo'p deydi. To'rtta oqsoqol yig'ilib turib, ey, bu isrof, bunaqa narsani qilma. Unday qilsangiz kirmaymiz nonushinga deb turib, aytsa, haligi oqsoqol erkak xo'p deydimi. Uyiga borganda aynib qoladi fikr.

[11:25] Inn al musrifiina xum as xalunnar. Darhaqiqat, isrofgarlar haddidan oshuvchi kimsalar do'zax egalaridir. Eshityapsiz isrofni, do'zax olib borishligini, yana qilaverasizmi? Innalloh alayhi yahdiy man huquq muslimi funkadda. Albatta Alloh haddidan oshuvi yolg'onchi kimsalarni hidoyat qilmas. Isrofgar odamni Alloh Taolo hidoyat qilmayman deb aytyapti. Tushundingizmi? Isrofgar odami Alloh hidoyat qilayman deb aytyaptilar.

[11:59] Keyingi otga xulosa olamiz. Kada alika zuirani musrifina makanu ya amalu. Mana oyobni qarang. Haddan oshuvchi kimsalarga o'z qilmishlari mana shunday chiroyli qilib qo'yildi. Ey bu siroq desa, nimasi siroq deydi. Ey bu mumkin emas desa, nimasi yomon bo'lmaydi deydi. Ey bu chatoq bo'lib qilayotgan ishingda, sen nima deydi? Qarang, sizni ko'zingizga yomon bo'lib ko'rinayotgan narsa, uni ko'ziga nimaga chiroyli bo'lib ko'rinar ekan?

[12:27] Or, nomus, avraq, g'urur, sharaf, dayuslik degan tushunchalar sizda borligi uchun sizga xunuk ko'rinyapti bu yalpi yalpi ochib chiqib ketishligi qizini. Endi boyagi isrofgar odamga bu orzu havas deyapti bu. Nimaga u uchun chiroyli bu gunoh? Bilasizmi? Alloh aytyapti. Isrofganlarni qilayotgan ishlari o'zlariga shunday chiroyli qilib ko'rsatib qo'yilgan.

[12:53] Sizga qora bo'lib ko'ringan narsa unga oq bo'lib ko'rinadi. Valatu ba'dir tabziyro, inn al mubaddiyreinakan u hvani shayatiyn, va kaynash shaytoni robbixiy kafuro. Isrofgarchilikka yo'l qo'ymang. Chunki isrof qiluvchilar shaytonlarning do'stlari bo'lgan kimsalardir. Shayton esa Parvardigoriga butunlay kofir bo'lgandir.

[13:21] Isrofgarni oshnasi kim ekan? Endi isrofgarni ko'ziga nima chiroyli ko'rinadi? Oshnasi nimani chiroyli desa, shu narsa chiroyli ko'rinyapti. Aytib yuboradi qori aka. Jinlardan bo'lgan shaytonda haydashni yo'li bor. A'udu billah, minash shayton, ilojin desangiz vasvasa qilayotgan shayton ketadi. Endi odamdan bo'lgan shatonga auzu basmalani aytsangiz ta'sir qilib turibdi bahrid. Isrofgarna do'sti shayton bo'ladi. Boshqacha qilib aytsak, sizni isrof qilishga chaqirayotgan odam, demak odamlardan bo'lgan shayton bu.

[13:58] Isrofgar bo'lishlik kishini Alloh man qilgan hamma gunohlarni qilishlikka yo'l ochib beradi. Isrofgar odam gunohlarni hammasini qilishlikka oldida yo'l ochiladi. Isrofga odam ikkita savolga javobni tayyorlab qo'ysin. Undan so'raladigan savolni birinchisi, qiyomat kunida pulni qayerdan olding? Bir. Ikkinchisi, qayerga sarflading? On qarang, haloldan topishlikka, haloldan toplishlikka intilyapmizmi, birodarlar? A? Xoron aralashib qolmasin, yolg'on gapirmay, riboga pul olmay, a? Halol topishniki qanday xarid bo'lsangiz, birodar, endi bu halol topilgan pulni chi, halol joyga sarflash ham kerak. Mana shunga ham javob beramiz. Bu meni pulim, xohlaganimni qilaman. Yo'q.

[14:50] Alloh o'zini solih bandalarini Qur'onda shunday sifatlaydi. Va alladina eda anfaqu lam yusrifu, va lam yuqtiru vakana bayna dhalika qavama. Ular infoq ehson qilgan vaqtlarida isrof ham, xasislik ham qilmaslar. Balki ehsonlari ana o'sha xasislik bilan isrofning o'rtasida, mo'tadil bo'lib.

[15:17] Ollohni yaxshi ko'rgan bandasi bir yo'la xasiz, mo'msiga ham bo'lmaydi. Bir yo'li isrofga ham bo'lmaydimi. Ehson qilsa ham o'rtacha qiladi. Ehson qilsang ham o'rtacha quradi. Musulmon odam yelkasida vojib bo'lgan nafaqa bor oilasiga. Buni insof bilan sarflashlik kerak. Qismaslik kerak. Oshishni ham bo'lib ketmaslik kerak. Nafl bo'lgan nafaqalar bor, nafl bo'lkan sadaqalar bor. Mana shu narsani ham o'rtacha qilishlik kerak. Chunki bizni dinimiz vositelniy dini. Har bitta ishda bizni shariatimiz o'rtachaligini ushaydi.

[15:54] Bugungi kunda odamlarni qilayotgan ishlariga qarasangiz, ayrim odamlarni qurayotgan ishiga qarasangiz u ishlarini boyagi aytayotganimdek, isrof degani ham tiling bormaydi. Isrof nima edi? Isrof, kerakli narsaga keragidan ortiqcha pul sarflash edi. Tushunarlimi? Kerakli narsiga keragidan orti qcha pul sarflashlik nima edi? Izrof edi.

[16:19] Kerakmi? Bizni to'ylarimizda bo'layotgan ishlarga pul sarflanyapti. Kerakmi shu narsalar? Kerak emas. Yana qaytaradi, mana isrof, inson o'ziga kerakli narsaga ochiqcha pul sarflashi. Masalan, ellik so'm bilan qorni to'yadigan bo'lsa, besh yuz so'm sarflashi. O'sha besh yuz so'nglik narsani yeydi qorniga. Besh yuz so'dan kiyim kiyish to'g'riga besh ming so'mni kiyadi, lekin besh minglikni kiyadi o'ziga keraksiz. Faqat ko'p pul sarflab yubordi.

[16:47] Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilingani hadis. Yaquli rasululloh sollallohu alayhi vasallam yuba atu qullu abdin alama ma ta'alihi. Imom muslim rivoyati ekan. Kishi nimani ustida vafot topsa, qiyomatda shu narsaning ustida tiriladi. Kishi nimaniustida vafot top sa, qiyomatda, shu narsani ustida tiriladi? Isrofni ustida yashab o'lgan bo'lsangiz, isrofni ustiga tirilasiz.

[17:17] Ulamolar aytadi, kishi nimani ustiga tug'ilsa, shuni ustida yashaydi. Oilada ibodatda, ilmda, taqvoda, Allohga qulchilikda o'ziga bir ushlagan, mojib bilgan oilada tug'ilsa, farzand shuni ustida yashaydi. Agar og'zi havas, dunyo g'arbga taqlid qilish, g'ayridinlarga taqlid keladigan oilada tug'ilsak, shuni ustida yasha edi.

[17:44] Nimani ustida yashagan bo'lsa, shuni ustida o'ladi. Nimani ustida o'lgan bo'lsa, sho'ni ustida qiyomatda kiriladi. Yana bir qaytarib beringmi? Nimani ustida tug'ilgan bo'lsa odam, shuni ustida yashaydi. Nimani ustida yashagan bo'lsa, shuni ustida o'ladi. Endi nimani ustida o'lgan bo'lsa, qiyomatda shu narsani ustida tiriladi. Yoshlar nimani havas qilyapsizlar? Qalbiylarda nima bor? Kimlarga taqlid qilyapsizlar, kimlarga o'xshamoqchisizlar? Shu narsaniustida o'lasizlar.

[18:16] Ulamolar aytishadi. Bir odamni, bir odamni shakli va hayotda qilayotgan ishlari g'ayri dinlarga o'xshayotgan bo'lsa, bu odamning qalbi ham g'ayri dinlarni filialiga dalolatli. Qaytaramiz. Bir kishi, shakli, yurish turishi, hayotda qiladigan ko'rinib turgan ishlari, g'ayri dinlarga o'xshayotganligi, uning qalbi ham g'ayri dinlarnikidek bo'lib qolganligi dalil deydi.

[18:53] Bizni urf odatlarimizga g'ayri dinlarning odatlarini kirib kelayotganligi va mana shu narsani yaxshi ko'rayotganligi ayrim odamlarda, shu odamlarni qalbi g'ayri dinning qalbiday bo'lib qolyapti degani. Hushyor bo'laylik. Biz kimni yaxshi ko'ryapmiz? Juda ko'p oyatlarda Alloh Taolo isrofdan siz bizni qaytargan. Vala tusrifu innahula yuhud bir musrifin. Isrof qilmanglar, chunki Alloh isrofgallarni yaxshi ko'rmaydi.

[19:25] Alloh azza va jalla ana shu infoq ehson qilishlikda siz bilan bizga qaysi yo'l to'g'ri ekanligini ta'lim beradi. Vala tajal yadaka mag'lulatan ila unuqlik. Vala tabuzidha kun lal basri, fataqo da ma'lum maqsuro. Baxillik bilan qo'lingizni bo'yningizga bog'lab ham olmang. Isrofgarchilik qilish bilan butunlay yozib ham yubormang. Aks holda malomat va nadomatga qolasiz. Bir yo'li bo'yningga qo'lingni yopishtirib baxil bo'lyapman. Malomatni qiladi odamlar. Malomatda qolasan. Bir yo'li ochiq sochiqni ham tashlama, nadomatda qolasan, xudo xohlasa.

[20:06] Demak mana shu ikkalasini o'rtasini tutishlik kerak bo'ladi. Imomu nasoiy va ibn moja keltirgan hadis, rasululloh sollallohum tahorat oldilar va har bitta ammani uch martadan takrorladi. Tahoratda uch martadan takkor oladi. So'ngra aytdilar ha ka dal budu, tahorat shunday bo'ladi dedi. Famanizada, anhada, faqat asa'a va ta'adda ro'zg'olaman. Kim shundan oshirib yuborsa, yomon ish qilibdi. Haddidan oshibdi, zulm qilibdi. Nimani oshirib yuvorsa?

[20:44] Tahoratdagi suvni isrof qilmaslikka buyuryapti Payg'ambarimiz. Uch martadan har bitta a'zoni yuvib turib, tahorat shunaqa bo'ladi. Kim shundan oshilsa, yomon qilibdi. Haddadan oshibdi, zulum qilibdi. Kalla innal insana layati g'o, arra axus tag'na. Darhaqiqat inson o'zini boy behojat ko'rgach, albatta tug'yonga tushar, haddidan oshar.

[21:11] Boyagi aytayotganimizdek bir inson bo'ladi. Hayotda ham ko'rasizlar, o'zinglar aytasizlar, eshitamiz shu narsani. Qara, ma'nodingni kecha tirikchiligini zo'r o'tkazib yuruvdi, Alloh ozgina bir davlat beruvdi qo'liga, endi nima qilay ekan isrofini qara. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, isrof bilan kim ovora bo'larkan? Allohni esdan chiqargan odam isrofga ketadi. Isrofgarlik qilyaptimi? Allohni esidan chiqarib turib. Ninachi va chumoli hissasini hammamiz bilamiz a.

[21:43] Yosh bo'lganida, nevachada, issiq hamma yog'i yetarli bo'lganda, qishda esdan chiqarib qo'ydi, o'ynab yuraverdi. Qish kelgandi, qiynalib qoldi, chumoliga bordi. Ikkilanib qoldim, esimdan chiqib qolibdi, yordam berib qo'ydi, yordam berilib qo'ydi. Yoz keldi. Yana chimali ishlab, qishga tayyorgarlik ko'ryapti, buni inachini o'ynab kelib yuribdi. Ikkinchi marta yana qish kelganda yordam so'rab keladi, bor yo'g'i qoldi dedi. Murodalar, bu hayotimizni yozini qishi bor. Bu yoshligimizni ertaga qariligi bor. Bu isrofni ertagi hisob kitobi bor. Allohni huzuriga borganda esimizdan chiqmasin. Sunmalatus alunna yama'idin, ani naim. So'ngra ana shu kunda, albatta hayotda dunyoda sizlarga ot etilgan barcha ne'matlar to'g'risida mas'ul bo'lasizlar.

[22:27] Mana isrof haqida gapirdik. Biz kutmaymiz, ertaga rashak yo'q bo'lib ketadi bu isrof. Biz yelkamizdagi vojib bo'lgan omonatni yetkazib qo'ydik. Isrofligini bildi. Isrofligina eshitdi. Uyiga borguncha bo'ldi, isrof qilmayman dedi. Lekin yana qilaverdi. Bor u nima bo'ladi?

[22:50] Payg'ambarimiz sallallohdan va'id bo'lgan hadis bor. Diqqat qilaylik. Diqqat quraylik. Qori Nabiy sollallohu alayhi vasallam, Imom Buxoriy va Muslim keltiradi kitoblarda. Muttafaaun alayhi bo'lgan hadis. Kull ummatu muvofiq. Meni ummatimni hammasini Alloh avf qiladi. Meni ummatimni Alloh hammasini gunohini kechiradi, illal mujohiriy.

[23:16] Faqatgina mujohirlarni kechirmaydi. Ya'ni gunohni, gunohligini bilib turib, uyalmasdan, bahrayib turib, qila oladiganlardan. Uyalmaydi. Qo'rqmasdan qilaveradi, gunohligini bilib turib ham. Demak, gunohni qo'rqmazdan oshkora qilayotgan bandalardan, ummatdan boshqa hamma ummatni Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam kechirishligini va'dasini bergan.

[23:52] Isrof uch kun bo'ladi. Molni isrof qilish, sog'likni isrof qish hamda umrni isrof qilib. Molni, sog'likni hamda umrni isrof qilishlik. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamdan Imomi Termiziy bildirilgan hadis. Maozul jabal roziyallohu anhudan. Payg'ambarmiz sallallohu anhudatlar la tazulu qodama abu diniy ya'u mal qiya matihatta yuz alani arbar.

[24:22] Qiyomat kunida banda to'rt narsa haqida so'rolmagunicha o'rnidan jilmaydi qadamlari. Birinchi so'raladigan to'rtta narsa shu bo'ladi. An umri hi hi ma afna. Umrini nimaga sarf qildi? Umrimiz nima bilan o'tyapti, birodarlar? Bir dunyodan chiqib ketayotgan odamni faraz qiling da.

[24:49] Bugun ertaga ketadi. Doktor aytdi, o'zi ham sezib turibdi. Dunyodan chi qib ketyapti. Shu sarflagan ellik yil, oltmish yil, yetmish yil umrini qaysi qismiga xursand bo'lib quvonadi va qaysi qismigiga xijolat bo'lib hayo qiladi? Umrimizni nimaga sarflayapmiz? Qaranglar, isrofga sarflamayapmizmi umrimizni? Umrimiz musofir yurtlarda qiyinchilik pul topishligidan o'tyapti. Maqsad nima? O'sha isrof uchun pul sarflashlik emasmi? Ishonaveringlar. Bizni aka ukalarmizni topayotgan puliga, bu o'zgartirilardan ko'tarib kelayotgan mablag'largachi, beshta, oltita pul o'tkazsa bo'ladi. Lekin taassuf, siz bilan bizni qo'limizda bo'lmay qoldi bu narsa. Gapini o'tkaza olmayapti ku erkaklar. Xafa bo'lmanglar. O'zinglarga rahminglar kelsin, o'zimizga rahmingiz kelsin bizni. Qachongacha biz shtobga pul sarflaymiz?

[25:41] Yoshligini nima bilan o'tkazdi? Vanshada vixiy mablag'. Yoshlar nima bilan o'tkazyapmiz umrimizni? Qaranglar. Agar kelsalargachi, yoshligini xatar bo'lsa nima qilarding desa, endi bular bilan nima qilishini. Endi bular bilab nima qilishimi. Chunki o'tib ketar ekan. Kalla ham olmay qo'yar ekan, til ham aylanmay qo'yar ekkan, oyoq qo'l ham egilmay qo'yarkan. Yoshligimni qaysi so'zini bilardim deydi. Yoshlar umrni isrof qilib yubormanglar. Kompyuter tagida, televizor tagida, va ammalixi min aynan ikkita sabaxu va fima faqahu. Moli haqida so'raladi. Qayerdan oldi? Qayerga sarf qildi?

[26:23] Va an ilmixi ma'da amili fixi. So'ngra ilmi haqida so'roladi. Nima amal qilding? O'qiyotgan ukalar, akalar, bir ilmdan xabar bor, birodarlar. Mana shu o'qigan narsamizga qiyomatda albatta javob beramiz. Alloh Taolo aytadi, Zumar surasida, ey Muhammad, mening o'z jonlariga jinoyat qilgan, turli gunoh masiyat qilish bilan umrini o'tkazgan bandalarimga ayting. Allohning rahmati marhamatidan noumid bo'lmanglar. Albatta Alloh o'zi xohlagan barcha bandalarning gunohini kechirur. Albatta uning o'zinglar mehribondir.

[27:02] Va alaka biyamnallohu alam yakun mung'oyirun ni'matan an amaha ala qomin xatta yig'ayyun ma'biyun hosanna. Bunga, ya'ni bir qavmni boshiga balo kelsa, shu baloni kelishiga sabab, Alloh bir qavmga in'om qilgan ne'matini to ular o'zlarini o'zgartirmaguncha, Alloh o'zgartiruvchi emasligi. Bilguvchi ekanligidir.

[27:32] Qaytarib bering a? Alloh durganiga ne'mat berdi, o'zini o'zgartirib olmasa, Alloh ne'matni o'zgartirmaydi. Alloh durganiga bir narsani berdi, haddan oshdi, o'zining o'zgartirdi, Alloh Taolo ne'matini ham o'zgartiradi. Biz qachondir shaharni halok qilishni istasak, uning bayonlarini o'zimiz yuborgan Payg'ambarga ito etishga buyuramiz.

[28:01] Alloh qaysidir qavmni vayron qilmoqchi bo'lsa, balo yubormoqchi bo'lmasa, Payg'ambar yuborar ekan, Payg'ambar ularga Allohni hukmini yetkazar ekan. Ular itoatsizlik qilishgach, quloq solishmasa, u shahar aholisi ustiga so'z, azob tushishi vojum muqarrar bo'lur. Bas biz uni vayronaga aylantiraveramiz.

[28:25] Isrofni nimaligini eshitdik. Tushundik. Dunyo oxiratda halokatga olib borganligini bildik. Qaysi ishimiz isrof, qaysinisi tabzir, bildik. Eshitib turib itoat qilmaydigan bo'lsak, Alloh Taolo bu qavmni ustiga men balo yuboraman deydi. Alloh Taolo hiloyat qilsin. Ibratlanish ekanimizga nasib bergan bo'lsin. Qo'limizga Alloh bergan mollar, Alloh rozi bo'lmaydigan ishlarga, isrofga sarf qilmaslikka Alloh Taolo ta'kid qilib bergan bo'lsin.

[28:59] Aqul hovli hayda va astag'firulloh alayhi va rahmatulloh assalom.
