# Islomda farzand tarbiyasi

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 31 of 510
- Section: —
- Duration: 28 min
- Original title: Islomda farzand tarbiyasi
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/31
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/WXh0uEsjqWc.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=WXh0uEsjqWc
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/30.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/32.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:02] Bismillahir rohmanir rohim. Bismillahir rohmani rohim. Alhamdulillahi robbina alamin. Vala aqibatu ilay muttaqiyin. Vassolatu vassalomu ala sayyidina muhammad. As sodiqul va adil amin va ala alixi va ashabi hiy ajmayin. Islomda farzand tarbiyasi deb nomlanadigan darsimizda bugun qirq to'rtinchisi ijtimoiy odoblar, salom va izn so'rash odobi. O'tgan jumlada salomlashlik odobi haqida dars qilgan bo'lgandik. Ozgina chalasi qolgan. Uni nohaq qilib yetkazib qo'yib yana yangi mavzu izn so'rashi odobiga o'tamiz.

[0:56] Ibrat bilan ta'lim berish, so'z bilan ta'lim bershlikdan afzal. Gapirib o'rgatgandan ko'rsatib o'rgatlarni samarasi kattaroq bo'ladi. Bir kishi gunohga qo'l urdi, ko'rding, gapirib yursang g'iybat qilgan bo'lasan. Agar ana shu narsa emas, bu gunohing deb turib, unga rozi bo'ladigan bo'lsang, kishi mana shu qilgan gunohga sherik bo'ladi.

[1:24] Mavqiflar bilan, ibrat bilan ta'lim berishlik eng samarali uslub. Shuning uchun musulmon odam, muallim u, otam u, birinchi bo'lib o'zi salom berib bolalarga ta'lim berishligi kerak. Assalomu alaykum deb turib, birinchisi siz salom bersangiz, buni sizdan o'rganadi, ta'lim oladi. Chunki Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o'zlari ham shunday qilganlar. Mutafaa alayhi bo'lgan hadis, anna hu marru ala sibian fasallam alayhi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir to'p yosh bolalarni oldidan o'tib qoldilar da, ularga salom berdilar. Mana shu narsa Payg'ambarimiz sallallohu alayhu vasallamning sunnatiy edi. U menga salom bersin deb turilmaydi. Men undan balandroqman, men undan kattaroqman, men unddan ilmliroqman. U menga saloh bersin deyilmaydi. Chunki kishini birinchi bo'lib salom berayotganligi Allohga yaqin ekanligini bir belgisi. Bu haqida ham inshaalloh hadis o'qigan bo'lamiz.

[2:20] Abu Dovuddan keltirilgan hadis. Anna nabiyya sollallohu alayhi vasallam a morro ala g'ilmaniy yal abuna fasallama alayhi. Rasululloh bir to'p o'ynayotgan yosh bolalarni oldidan o'tdilar da, ularga salom berdilar. Assalomu alaykum, ya sibiyam. Ey bolalar, assalomu alaykom. Rasululloh derzod yosh bolalarga o'zi salom beryapti. Demak, kattalar o'zlari salom berishlikni boshlab o'zlari ta'lim berishligi kerak bo'ladi. Mana endi salom berdik. Kimdir alik olmaydi. Murodalar, salom berishlik sunnat, alik olishlik, javob berishlik vojib.

[3:03] Chunki man ajab vas salom fahuvvala hu dedi rasululloh sollallohu alayhi vasallam va man lam yajib falayhissal minna. Kim salom bersa, va salom o'zi uchun. Endi kim alik olmasa, u odam bizdan emas dedi rasululloh. La isaminna, bizdan emas dedimi, demak mana shu ishni qilgan odam katta gunoh qilganligiga belgi bo'ladi. Yana sahih hadis, rasululloh aytadilar, innna abahola nasi man baxila bestsalam. Odamlarning eng baxili salom bermaydigan odam. Assalomu alaykum deb qo'yishlikka ham yaramaydi o'tib ketyapti. Mana shu odam odamlarning eng baxli deb aytyapti payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam.

[3:52] Alloh taolo o'zini azaliy kalomida shunday deydi. Qaranglarda, salomlashlik haqida qur'onda oyatlar bor. Payg'ambarlarimizni bir qancha hadislari bor. Demak bu mayda mavzu emas. Qur'onda oyati kelyaptimi? Rasululloh o'zini bir qancha hadisida buni bayonini beryaptimi? Demak bu mayda masala emas.

[4:15] Astayidubillah, voidi huiytun bi taxiya, fahayyu bi axsiyani minha, avrudduha. Alloh taolo aytadi, qachon sizlarga biron ibora bilan salom berilsa, sizlar undan chiroyliroq qilib alik olinglar yoki hech bo'lmasa o'sha iborani qaytaringlar. Albatta Alloh hamma narsani hisobga olguvchi bo'lgan zotdir. Assalomu alaykum dedimi? Eng kamida va alaykumussalom deyish kerak. Yoki va alaykumussalam va rahmatullohi va barakadur. Salom berildi, undan chiroylirov qilib qaytaringlar, bo'lmasam o'zini qaytarib qo'yinglar. Eng kamida va alakkumussalom.

[4:58] Yana bir salomlashlikdagi muhim nuqta so'rashdi. Ya Rasululloh, ar rajolani yalta qiyan, ay yuhuman yabida ubi s salom. Ya Rasulullohni, ikki kishi uchrashadi, bu hadis Termiziyda. Qaysinisi birinchi salom berishi kerak? Qaysinisi salomni boshlashligi kerak? Qola avla huma billahi ta'ani. U ikkisidan Allohga haqliroqi, ya'ni Allohga yaqinroq bo'lgani birinchi salom beradi.

[5:27] Allohga yaqinsiz bo'lishni xohlaysizmi? Salomni birinchi bering. Birinchi salom bera ekan odam, demak, Allohga yaqinchiroq inson hisoblanar ekan. Innina avla nasibillahi man bad'a bi salam. Imom Abu Dovuddan bu hadis. Albatta, odamlarning Allohga yaqinarog'i, haqlirog'i salomni birinichi bo'lib beradi. Xohlaymizmi? Allohga yaqin bo'lishdi. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh deb qo'yaveraylik. Mana endi salom berishlik mumkin bo'lmagan o'rinlar ham bor.

[6:02] Makruh bo'lgan o'rinlar bor. Salom berib bo'lmaydi. Qaysi o'rinlar? Ovqatlanayotgan odamga. Hajda tarbiya etayotgan odamiga. Tahorat qilayotgan odamaga. Qur'on tilovat qilayotgan, Allohni zikrida turgan odamga salom berib bo'lmaydi. Juma xutbasini qilayotgan odamga, masjidda ma'ruza qilayotgan otamga, fiqhni ta'lim berayotgan kishiga, ilm talabida turgan kishiga salom berib bo'maydi. Makruh. Azon aytayotgan kishi, namozda turgan kishi, qozoq hojatda turibdi ehtimol buroq, hammomda turibdi, salom berib bo'lmaydi bu odamga. Odamlarni orasida hozirgi qilayotgan kishiga ham salom berib bo'lmaydi. Shularni bilishligimiz kerak, toki bir makruh amalga qo'l urib qo'ygan bo'lmaylik. Mana endi xulosalaymiz. Ushbu'lar salomning ayrim odoblari.

[6:57] Birinchi bo'lib salom bergan odam Allohga yaqinroq bo'ladi. G'ayriy dinlarga agar salom berilsa, salom berilsa. Assalomu ala manita bal huda deyiladi. Ya'ni hidoyatga ergashganlarga salom bo'lsin. Rasululloh mana shu g'ayridin bo'lgan kishilarga maktub yozarkan, mana shundayda boshladilar. Assalomu ala manitta bal huda. Hidoyatga ergashganlarga salom bering. U g'ayridinga assalomu alaykum va rahmatulloh deb bo'lmaydi, chunki musulmonlarning taxiyasi bu. Endi ular shunaqa deb salom bersa chi?

[7:34] Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh dedi. Bir boshqa bir din vakili. Nima deymiz? Va alaykum deb qo'yamiz. Yana, agar farzandi yoki talabasiga salom bersa bir kishi, ibrat ko'rsatgan bo'ladi, juda ham chiroyli ish bo'ladi. G'ayri dinlarga o'xshab salom berib bo'lmaydi. Chunki biz musulmonmiz, bizni hamma yog'imiz shariatimizga muvofiq bo'lishligi kerak. Yurgan odam. O'tirgan odamga salom beradi. O'zbekchilik ko'pchilikka salom beradi. Kichiklar kattaga salom beradi. Va oxirgisi, eng komil tahiya bu qaysi tahiya? Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

[8:18] Bu o'tgan darsimizni qolgan chorasi edi. Yangi mavzuyimiz izn so'rash odobi. Birovni uyiga borib chaqirishlik, uni uyiga kirishlikdagi odob. Mana hozir aytdik. Hozir aytdingiz. Qur'onda bir oyat keldimi, bir mavzu haqida? Demak, shu mavzu mayda mavzu emas. Muhim bu. Qur'onda muhim bo'lmagan narsa yo'q. Qur'onda keldimi muhim? Astaydubillah, ya ayyuhalladina, a manuu liyas ta'zinka mulladina malakat aymanukum, va la dina lam yablug'ul huluman minkum salatamarroq. Min qobli solatil fajr, va xeyna tadoruna teba kun minu zohiro, va min ba'di solatil ashar.

[9:07] Ey mo'minlar, qo'l ostingizdagi qul va cho'rilaringiz, hamda o'zlaringizning balog'atga yetmagan bolalaringiz uch vaqtda huzuringizga kirish uchun sizlardan izn so'rasinlar. Sizlarni xonanglarga kirishlikka ruxsat so'rasin, uch holatda. Bomdod namozidan ilgari, peshin vaqtida, ya'ni issiqdan kiyimlaringizni tashlaydigan paytingizda va xufton namozidan keyin. Qarang, bolangiz sizni yotoqxonangizga kirishlikka ruxsat so'rashlik kerakligi haqida alloh oyatni nozil qildi.

[9:47] Oyatni davomini o'qiymiz. Salafu avroting lakum. Lay salaykum va alayhim juna hun ba'dahun. Tavvafun alaykum ba'dukum ala baq. Katalika yubayyinullohu lakumul ayyati va allohu alayhi munhakiym. Bu uch vaqt sizlarning avlodlaringiz ochiq bo'lishi mumkin bo'lgan vaqtlar. Ya'ni bomdoddan avval, peshindan keyin, qaylovlar paytida va xuftondan keyin, kishi kiyimini yengillat yoki kiyimini yechib yotishi mumkin yotoqxonasida. Mana shu paytda balog'atga yetmagan bolalar ham izn so'rasin.

[10:25] Ular o'sha vaqtlardan so'ng, izn so'ramay kirishlarida sizlarga ham, ularga ham gunoh yo'q. Chunki ular sizlarga biringiz biringizga kelib ketib turguvchidirsizlar. Alloh oyatlarini sizlarga mana shunday bayon qilur, Alloh bilim va hikmat sohibidir. Demak, uchta vaqt. Bomdod namozidan avval, peshindan keyin, qaylovlar payti va xufton namozidan keyin. Endi, balog'atga yetgandan keyin, farzandlar, o'g'il dir, qiz dir, ota onani xonasiga albatta ruxsat so'rab kirishligi kerak.

[11:03] Mana shu ma'nolarni eshitib, bir sahobiy hayron bo'ldi va Payg'ambarimizdan so'radi. Anna roj lana qolani nabiyi sollallohu alayhi vasallam a asta adinu ala ummi yo rasululloh onamni oldiga, onamni huzuriga kirgani ham ruxsat so'raymanmi dedi. Payg'ambarimiz ruxsat so'rasan dedi. Uch marta so'radi u yoqda. Men onamni xizmatida turaman u dovda. Payg'ambarimiz aytdilar, atohi bu antara ha urganatan. Nima, onangni yalang'och holda ko'rishingni xohlaysanmi dedi. Yo'q dedi haligi odam. Bas, ruxsat so'ra dedi. Tushunarlimi?

[11:43] Bu islomiy odob birodar. Qur'on bizga shunday ta'lim beryapti. Qur'on. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislari shunday ta'lam beryapti. Mana endi. Izn so'rashni odoblari, bir qancha odoblari bor. Ularni ko'rib chiqamiz. Birinchidan, assalomu alaykum deyiladi. Anna rojulan minbani amir, istadana ala naviye sallallohu alayhi vasallam va vahufiy bayt. Rasululloh o'zini uyida turganlarida, Bano Amir urug'idan bo'lgan bir kishi, Rasulullohni oldiga kirishlikka izn so'radi. A aliju yoki a aduxlu, kelaveraymi dedi. Tashqaridan turib kelaveraymi? Dedi. Shunda Rasululloh o'zining xizmatchisiga aytdiki, bu odamni oldiga chiq, bas unga izn so'rash odobini o'rgatib qo'y. Unga ayt. Assalomu alaykum, kelaverayme? Desin dedi. Boyagi xizmatchi chiqib, mana shu ta'limni berdi. So'r. Kirishlikka ruxsat so'rayotgan odam, assalomu alaykum, kelaveraymi dedi. Payg'ambarimiz izn berdi. Demak, birinchi odobi nima oldi? Salom berishlik.

[13:00] Ikkinchi odobi. Alo deydi. Kim bu desangiz, topinchi deydi. Ha, tanimayapsizmi deydi. Nima bu, shoumi bu? Yo bir viktorinami? Ugaday golos degan masalan. Demak musulmon odamni izn so'rashlikdagi odobi o'zini tanitishligi. Men falonchiman. Assalomu alaykum, men falonchiman! Men deb qo'yadi a?

[13:34] Unaqa tanishimiz yo'q deysiz da, ishni shunaqa yoqqa yopib qo'yib ketaverasiz. Men. O'zini kimligini tanitish, ismini yoki kuniyasini, sifatini aytishligi. Sahihangda keltiriladi. Mana Payg'ambarimiz Isroil va Meroj kechasida Jabroil alayhissalom Rasululloh svetallanmini oldida, mana osmonga ko'tarildi birlashib. Osmon eshiklarini Jabroil alayhi salom ochilishligini talab qildi. Fantaloqa bi Gibril, xatta atas sama dunya, pastavtaxa va qila manhada.

[14:10] Osmon ichida eshigini ochilishigina so'raganida, kim deb so'rashdi farishtalar. Gibril deb javob berdi. Qila lomanmak. Siz bilan birga kim bor? Qoli Muhammad. Mana odob. Eshik tagida kim turganligini ichkaridagilar eshitishligi kerak, bilishligi kerak. Sahihangda keltiriladi.

[14:33] Lamma jalasannabiyev sollallohu alayhi vasallam ala bi iril bustan va ja Abu Bakr fasda adana. Faqoli Abu Musa man, qoli Abu Bakr. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir bog'da suvni bo'yida o'tirganida, ana shu bog'ga kirishlikka Abu Bakr kelib eshik tagidan izn so'radi. Abu Muso Ash'ariy o'tirganida eshikni ichkarisida. Kim deb so'radi? Abu Bakr dedi. Ruxsat ber dedi. So'ngra Umar keldi. Kim deb so'radi Abu Muso? Umar deb aytdi. So'ngra Usmonovning afsona keldi. Demak ikkinchi xulosamizni nima oldi?

[15:11] Birinchisini nima oldi o'zi? Salom berish. Ikkinchisi, o'zini kimligini tanitish. Uchinchisi. Demak, telefon qilganimizda birodarlar nima qilamiz? Kim bu desa, lekin o'zi kim bu demasdan turib. Sizni telefoningizda uni ati yozilgan bo'lsa, tushunarli endi. Men har safar endi o'g'lim, men domlaman deyolmaysiz ku masalan. Sizni tanimagan odamga zavoloq qilganda, men falonchiman, falonchini akasi, falonchini ukasi. Mana shu odob ekan.

[15:46] Javob bir Abdullohdan, bu hadis Muttafakkur Alix bo'lgan hadis. U kishi aytadi: Ataytun nabiya sollallohu alayhi vasallam fadaqaq tul baba. Rasulullohni huzuriga borib eshigini qoqdim. Faqolam: Menda. Kim bu? Deb so'radi. Qultu ana. Men deb javob berdi.

[16:08] Faqol alayhissalotu vassalam ana, ana, kannahu karihaha. Rasululloh eshitib, men, men, dedi. Ya'ni yoqtirmadi. Rasululloh yoqtirmadi bu narsani. Demak, izn so'rashdan ikkinchi odob, bu o'zini kimligini tanitishlik. Uchinchi odob. Uch marta eshik qoqiladi. Uch marta chaqiriladi. Agar javob bo'lmasa, qaytib ketilinadi. Yo'q, biz eshigini tepib nima qilamiz? Turaveramiz. Birodarlar, musulmon odamni islom tarbiya qiladi. Ziyorat qilayotganda ham, ziyorat qilinayotganda ham. Turar ham o'zi eshigini tepa. Qaranglar, uch marta chaqirdik, chiqmadimi, qaytib ketaylik.

[16:57] Qaytib ketalaylik. Demak, chiqmayapti, bir sababi bor. O'tgan safar ham shunaqa qilgan. Bugun chiqmasang bo'lmaydi deb eshik nima qiladi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar, al isti idhamu falah. Fain udina laka va illa farja. Bu hadis birodarlar imom muslimdan, abu muso ash shar'iy roziyallohu anhudan. Izn so'rash dedi Rasululloh. Uch marta bo'ladi. Ruxsat berilsa kir va illo qayt orqanga.

[17:26] Endi buni g'alati ishlatamiz. Chiqishini xohlamasak, uch marta shart shart shart chaqiramiz da, shart qaytib ketamiz. Ha desa, shundan keyin muvofiq uch marta chaqirdi. Yo'q, unaqa hiyla ketmaydi. Demak o'sha birinchi chaqirishlik bilan keyingi chaqirishlikni o'rtasida to'rt rakat namozda vaqt o'tishligi kerak. Kutdingiz, daragi bo'lmadi. Ikkinchi marta chaqirdingiz. Yana to'rt rakatnamozga ketadigan vaqtni kutdingiz, uchinchi marta chaqirdi. Yo'qmi, endi qaytib ketaverasiz. Chunki tahorat qilayotgan bo'lishi mumkin, namoz boshlagan bo'lishi mumkin, qozog'lik hojati yoki hammomda bo'lishi mumkin. Qaranglar, birodarlar. Chaqirishlik odobi Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qanday ta'lim beryapti? Chaqirishi bilan unaqa javob berishini kutmaylik. Nechta odobini gaplashdik?

[18:18] Birinchi odobi. Salom berish, o'zini tanitish, kutish. Kutish. To'rtinchisi, eshikni qattiq qoqmaslik. Eshikni qatti qoqmaslik, xususan siz chaqirayotgan odam, hurmatli, ulug' inson bo'lsa, ustozingiz bo'lsa xususan. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni eshigini sahobalar tirnog'i bilan qoqishardi ekan.

[18:46] Tirnog'i baland. Imom Buxorodan keltirilgan hadis, Anasiddinni Molikdan. Anna abvav va rasulullahi sollallohu alalayhi vasallam ka'na tuqravu bil avofir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning eshigi tirnoq bilan qoqilardi. Ya'ni Rasulullohga ozor aziyat bo'lmasin deb. Shunday bir hurmati baland edi sahobalar. Shuning uchun keyingi davrda yashagan salafi solihiylar ham o'zlarini ustozlarining eshigini borib turib tirnoq bilan xoqishgan ekan.

[19:19] Endi hozirgi davrga kelib biror odamlar, nima bor? Zvonog'i bor. Endi shundan kelib chiqib xulosa chiqaramiz. Bitta bosdik, kutib turamiz. Oxirigacha ushlab turmaymiz chiqqucha. Shunday bosib turasiz, nervi chiqib, g'azablanib, kam deyishga majbur qilmaymiz. Bitta bosdi, kutamiz. Bitta bosda kutamiz.

[19:42] Chunki chaqirayotgan odamning odobiga dalolat qiladi mana shu zvonada bosishi, eshikda qoqishi. Kirib kelinveradi agar mabodo eshik ochiq bo'lsa. Falonchi aka, deb turib. To'rtta odamni gaplashdik. Salom berish, kimligini tanitish, kutish, eshigini qattiq qoqmaslik. Beshinchisi. Bir chekkaga o'tib turishlik. Bir chekkaga otib turishlik. Eshik qoqildi, yonboshga o'tib turasiz. Toki ko'zingiz ichkariga tushib qolmasin, eshikni ochgan paytda. Chunki Payg'ambarimiz aytganlar, innama jo'aylan iste'zanu min ajlil bosol. Bu hadis birodarlar, Buxoriy va Muslimdan. Izn ko'z uchun so'raladi. Izn aslida ko'z uchun so'raladi. Eshikni ochgan paytda ko'zi tushlik kerak emas, ruxsatsiz.

[20:41] La ta'tul buyutin min abuavaha. Imomun Tabaroniydan bu hadis. Valakini tuha min javoniy beha fasda adanu. Eshikni to'g'risidan kelmanglar deyapti Payg'ambarimiz. Ya'ni ro'parasiga tura olmanglar chaqirganda. Yonboshrog'idan kelinglar. Fai uddina lakom fadoxulu va illa fardziyoh. Ruxsat bersa kelinglar, bo'lmasa qaytinglar. Chaqirib, yonboshga o'tib turamiz. Yoki orqamizni qilib turamiz. Eshik ochilganda ichkari ko'zimizga ko'rinib qolmasin.

[21:14] Abu Dovuddan keltirilgan hadis. Kani rasulullohi sollallohu alayhi vasallam, ida, ataba, baqa, qomin, la myastaq bilil bab, min tilqoy va jhi. Agar Rasululloh bir qavmni uyiga borsa, eshigiga borsa, eshiyni ro'parasiga yuzini qilib tura olmas edilar. Balki uni o'ng yoki chap ustini yonida turib, assalomu alaykum, assalomu alaikum derdilar. Mana oldin. Sanaymiz. Birinchi odobi. Salom berish, o'zini tanitish, kutish, yumshoqroq taqillatish, beshinchisi, bir chekkaga o'tib turishlik.

[21:58] Mutafaa alayhi bo'lgan hadis. Man itto la fii bayti qovmin, faqat hallalahun an yafquhu ayni hik. Kim? Bir qavmning uyiga ularni ruxsatsiz nazar solsa, uni ikki ko'zini o'yib olishinglari halol bo'ladi. Bu degani ko'z o'yinglar degani emas. Bu mana shu ishni, mana shu ruxsatsiz qarashni qanchalar og'ir gunoh ekanligini bildirish uchun aytdi Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam. Man itta ala fi bayti qavmin fafaqo o aynayhi, faladiyata vala qiysa olsin. Kim ruxsatsiz qarasa, uni ko'zini o'yib olishsa, qasos ham olinmaydi, diya ham to'lanmaydi. Yana qaytarib aytamiz, bu ishdan odamlarni qaytarishligini tushunamiz bu hadisdan. Ko'z o'yishlik shartligini emas.

[22:52] Agar kirishga izn berilmasa, chaqirib kelgan odam xursand bo'lib qaytib ketaverishi kerak. Bizda birov chaqirib kelsa uyimizga, men chiqa olmayman, ketavering deyishdan ko'ra, yolg'on gapirib qo'yishlik oson bo'lib qolgan. Yo'q deb qo'ymang dedingiz. Ochiq yolg'on. Yolg'on bilasizlar, bu kabira. Bilasizlar, yolg'onchi musulmon bo'la olmasligini. Musulmon baqir bo'lishi mumkin. Musulmon qizg'anchiq bo'lishi mumkin, musulmon qo'rquv bo'lishi mumki, ammo yolg'onchi bo'lmaydi. Qaranglarda, bu yig'lashimiz kerak bo'lgan narsa, yo'q deb qo'y deymiz.

[23:35] A? Besh minut bolamiz yiqib turgan nasihat bir pulda. Biz chiroyli narsalarni masala qilib, nasihat qilib o'rgatamiz, lekin fe'limiz bilan qilib teskarisini qilib, yo'q deb quvay deymiz. Qarang, aytyapmiz ku, ziyorat qilgani kelgan odamni ham, ziyorat qilanadigan odamni ham islom tarbiya qiladi.

[23:58] Astayribinlar. Ya ayyuha alladina a manu la tadhulu buyutun g'oyru buyutukum xatta tasnissu va tusallimu ala ahliha. Va alaykum xayrullakum la'allakum tadakkarum. Ey mo'minlar, o'z uylaringizdan boshqa uylarga to izn so'ramaguningizcha va egalariga salom bermaguningizcha kirmangiz. Mana shu narsa sizlar uchun yaxshiroqdir. O'zingizni uyingiz emasmi? Kirmang ruxsat bermasam.

[24:29] Fayllam tashidu fiiha ahadan falatadux ruhha xatta yuudan alakom vo in qiyla lakomir jiya u farjiya u huva azkrakom. Endi agar u uylarda hech kimni topib olsanglar, u holda izn berilmaguncha kirmanglar. Agar sizlarga qaytinglar deyilsa, ya'ni kirishga izn berilmasa, qaytib ketinglar. Mana shu sizlar uchun toza yo'ldir. Qaytib kiting deyildimi sizga? Qaytib kuting. Va xursand bo'lib qaytib kering birodar. Chunki xatoda aytadi, muhojirlardan biri aytadiki, hayotimni hammasini kuzatib chiqdim. Qarab chiqqudim, mana shu oyatga bir marta ham amal qilmagan ekanman. Chunki hech kim meni eshigiga chaqirib borganimda qaytib ketavering orqangizga demagan ekan. Shu oyatga amal qilishlikka fursat bo'lmagan ekan.

[25:27] Endi uyda bo'lib turib, gaplasha olmasdan ketganlar hammamiz. Faqat bizga nima deb qo'yishgan? Qaranglar dedim, nagli da. Shuni yo'q deb qo'ydi, yo'q deb qilibdi. Dadam damalayotuvdi desa, masalan, chaqirib qo'ying, ishimizni aril deydi. Sizga aytadi, dadam damalayot deganda chiqa olmaydi, ketavering degani shu. Qaytib keting birodar. Xursand bo'lib qaytib kiting. Rahmat shu birodarimga. Shu bir marta chaqirib borganimda, yo'q, dadam chiqa olmaydi deganda ketganman, xursand bo'lishib. Bitta oyatga amal qildingiz. O'rganaylik birodarlar. Dadam damalyotudu desa, chaqirib qo'ying, ishimiz zaryl demang.

[26:08] Kutib turing, u sizni ishingizda u. Agar kelishilmagan bo'lsa, siz avvaldan ittifoq qilib kelishib qo'yilmagan ziyorat bo'lsa, chiqmaslikka haqqi bor. Birodar, siz men chiqa olmayman, aytib qo'y, ketaversin deng. Yolg'on gapirmang, sizni haqqingiz, shar'iy haqqingiz. Yolg'on gaplarmang. O'rganaylik shu narsani. O'rganaylik.

[26:35] Agar seni chaqirib kelgan kishi biror sababli seni qabul qila olmayman deb aytsa yu, rozi bo'lib, xursand bo'lib ketaver. Agar g'azablansang, ushbu hayotni ma'nosini tushunmabsan. Voying qiyla laku murjiyo u, farji yo'q u. Agar sizlarga qaytinglar deyilsa, qaytinglar. Demak, agar birontamizga ortingizga qayting deyilsa, xafa bo'lmasdan, g'azablanmasdan, albatta endi kelishilmagan ziyorat bo'lsa bu. Endi sakkizga keling deb turib chiqa olmayman deyish, endi u to'g'ri kelmaydi u.

[27:10] Xursand bo'lib qashligimiz kerak, toki mana shu oyatga amal qilishlikka imkon tug'ildi. Inshaalloh, birodarlar, keyingi darsimizda ijtimoiy odob, so'zlash odobi, hamda majlis odobi haqida suhbat qilgan bo'lamiz. Alloh subhanah va taolo ushbu darslarni barchamizga xayrli foydali qilgan bo'lsin. Zero, birodarlar, islom bu odob. Islom bu axloq. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning go'zal xulqi, odobini ko'rib, yo Rasululloh, sizning odobingiz qanaqa odob bo'ldi? Deb sahobalar lol bo'lib qaraganlarida, Payg'ambarlarimiz aytdilar, addabani robbiy, fahsana ta'dibiy. Alloh menga odob berdi. Va odobini go'zal qildi. A qo'li qovli haqida
