Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday marhamat qiladilar. Ahab bun nas ilallohi an faulhun. Odamlarni orasida Allohga eng yoqimlirog'i, odamlarga foydasi tegadigani. U albatta pul bo'lish shart emas. Maslahati bilan, oyoq qo'li bilan, nasihati bilan, eng yaxshi odam, musulmonlarga foydasi tekodigan odam. Pul yo'q bo'lsa ham mayli, ilmi yo'q bo'lsak ham mayli, amal yo'q bo'lishi ham mayli. Foydangiz tegyaptimi odamlarga? Eng yaxshi odam mana shu odam bo'laveradi.
Vahobbul amal ila allohi azza va jalla sururun tud'ul xil hu ala muslimin. Amallarni orasida Allohu subhanahu va taologa yoqimlirog'i, bitta musulmonni qalbiga xursandchilik kiritishlik. Yoki qiyinchiligini yengillatishlik. Yoki qarzini uzib qo'yishlik, yoki ochligini to'sib qo'yib qo'ylishlik. Qaranglar. Eng yaxshi amal nima desa, musulmonni qalbiga xursandchilik kiritish deyapti.
Hojatiga birga yurib qo'yilishlik. Maslahat berib qo'yaylik. Mashinangizda bir o'n besh qadam tashlab qo'yishlig. Masalan, mashinasi borlar. Siz uchun bir yuz metr hech narsa emas. Lekin piyoda ketayotgan odamga yuz metr ancha masofa. Shunday to'xtadingiz. Ellik metrga olib borib qo'ydingiz. Bilasizmi qanaqa xursand bo'ladi hali ish? Bilasizmi qanqa ulug' ibodat bor? Lekin bilasizmi, bu ishga beparvoligingizni? Hozir qolib ketib oladi, u yog'iga.
U o'tirmasin. O'tirmasin, yo ketavering desin. Shunda ham xursand bo'laveradi. Qara deydi, meni hurmat qilib to'xtadi deydi. Xursand bo'ldimi? Arzimagan ish. Arzim, lekin qilmaymiz shu narsani. Bir musulmon kishini hojati bilan yurishligim, masjidda bir oy e'tikof o'tirishimdan menga yoqimliroq deyapti.
Kim bir oy e'tikof o'tiradi masjidda? Masjidni hududidan chiqmasdan bir oy o'tirishlik, qanaqa savob? Lekin bitta musulmon birodarimni ishi putib qolsin deb yonida yurib qo'yishligim, mas'udda bir oy o'tirishingdan ko'ra afzalroq deydi. Shuning uchun bilib ko'ringlar. Alloh uchun, Alloh uchun qilyapman deganimizda, faqat masjidni tushunmaylik. Qo'shningizga foydangiz tegyaptimi? Qari odam, bir xizmati bor, go'sht olib kelish kerak, non olib kelish keraksiz. Hojatmi shu?
Kim o'tiradi bir oy masjidda, e'tibor oramizda? Aytaylarchi? Lekin qo'shnimizni xizmatini qilishlik. Birodarimizni xizmatini qilishlik, musulmonga foydamiz tegishi kerak. Bilib ko'ringlar, islom odamlarga musulmon kishini foydasi tegish kerakligini aytadi. Va men kaffa g'azabah u satar allohu avra tahuf. Kim dedi, Rasululloh, g'azabini tiysa, Alloh uni ayblarini bekitadi.
G'azabini tiygan kishini Alloh ayblarini bekittadi. Qahr g'azabini o'tkazishlikka qodir bo'lib, undan tiyilsa, Alloh Taolo uning qalbini qiyomat kunida rozilik bilan to'ldiradi. Xotiniga, bolasiga, qo'l ostidagisiga bir xato ish qilgan paytda bir jazolashiga qodir bo'p turib, Alloh uchun kechirib qo'ysa, Alloh Taolo qalbini qiomatda rozilikka to'ldiradi?
Keyingisi, kim bir musulmon birodarini hojatini chiqargunicha u bilan birga yursa, qadamlar toyiladigan qiyomat kunida Alloh uni qadamini sobit qiladi. Ehtimol sizdaqa beshma hammasi ichiga yugura olmay ekandir. Ehtimol hamma sunnatlarga siz bilan mendaqa amal qila olmay ekandir. Lekin bizdan ko'ra odamlarga foydasi tegayotgan bo'lsa boshqa maydonlarda, ana shu odam bizdan ko'ra yaxshiroq. Agar biz foydamiz demayotgan bo'lsa. Biz har qancha ibodatni qilib, jannamizni teshib yuboraylik, o'zimiz uchun qilamiz. Masjidda qilayotgan ibodatimiz o'zimizniki. Tutayotgan ro'zamiz aytayotgan tasbehimiz o'zimiznikiki. Lekin ana shu narsani ozroq qilayotgan, lekin halol pokizda yurib turib, odamlarni hojatini chiqaryaptimi? O'sha odam afzal bo'laveradi.
Keldi, qaytarib qo'yamiz. Kim bir musulmon birodarini hojatini chiqargunicha u bilan birga yursa, qadamlar toyiladigan kunda Alloh Subhanahu va Taolo uning qadamini sobit qiladi. Odamlarga foydali bo'laylik, yoshlar. Menga nimadir o'tib ketmaylik. Foydamizda esa odamlarga. Agar musulmon bo'ladigan bo'lsak.
Va inna su'al xulqi la yufsi dula amala, kamay yufsi dula khallu al asal. Xuddi asalni sirka aynitib qo'yganidek, yomon axloq bandani amalini aynitadi. Go'zal axloqli bo'lmagan odamni amallari komil hisoblanmaydi.