# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 318 of 510
- Section: —
- Duration: 14 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/318
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/68yawlFSVGY.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=68yawlFSVGY
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/317.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/319.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:01] Keyingi guvohlik George Bernard Shaw. Britaniyalik yozuvchi, romanist, dramaturg, Nobel mukofotining laureati. George Bernard Shaw shunday deydi: olam Muhammaddek fikr yutadigan kishiga naqadar ham muhtoj. Mening fikrimcha, agar bugungi kunda dunyoni unga o'xshagan kishi boshqarganda edi, albatta bizlarning muammolarimizni hal qilishlikda, bashariyat orzu qilgan tinchlik va saodatga erishgan bo'lar edi.

[0:36] Muhammad alayhissalomdek kishi agar rahbariyatni olsa, zamonaviy dunyo boshqaruvini, albatta hammani saodatga yetkazgan bo'lar edim. Doktor Shabrik, avstriyalik. Bashariyat Muhammad sollallohu alayhi vasallamdek insonni o'ziga nisbat berilishidan faxrlanadi. Biz, Yevropa xalqi, agar uni yo'lidan yursak, naqadar baxtli bo'lar edik.

[1:03] Odam zoti, Muhammad alayhissalom shu odam zotiga nisbat qilinishligidan faxrlanad. Ya'ni Muhammad alayhissalomdagi kishi odam zotidan bo'lganligiga insoniyat faxrlanadi birodarlar. Buni kim aytyapti? G'ayridinlar aytyapti. Jon Devonport, ingliz olimi.

[1:26] Mashhur payg'ambarlar va fotihlar orasida hayoti Hazrati Muhammadning sallallohu alayhi vasallam tarixidek eng ko'p va barcha nuqtalarda batafsil o'rganilgan shaxs yo'q. Hech kimni hayoti Muhammad alayhissalomni hayotidek kitoblarga bitilmagan va hech kim, hech kimni hayoti Mohamad alayhissa lomni hayotidek o'rganilgan emas.

[1:50] Ana bu qo'mondon chiqdi, dunyoga tanildi. Bu yoqdagi hayot qanaqa bo'lgan, bilasizmi? Bilmaysiz. Ha, falonchi olim bo'lgan, olim bo'lgandan keyin tanildi. Buyog'ichi? Bilmaysiz? Mohammad alayhi assalomni hayoti tug'ilgan kunidan vafot etgunga qadar nima voqea bo'lgan bo'lsa, hammasi kitoblarda bitilgan. Anniy bezant.

[2:13] Payg'ambar bo'lish haqqi shubhasiz unga tegishli. U Sezar ham, Papa ham emas edi. Unda bunday da'volar yo'q edi. Uning ortida ulkan lashkari ham, tan soqchilari ham yo'q yo'q edi . Uning na maoshi, na boshqa moddiy boyliklari bor edi. U saroylarda yashamadi.

[2:36] Davom etadi. Agar kimdir faqatgina e'tiqod, iymon sababli odamlarni o'zining ortidan ergashtirishga qodir bo'lgan bo'lsa, bas u kishi Muhammad sollallohu alayhi vasallam. Iymon e'tiqod bilangina yetaladi odamlarni. Pul bergani yo'q orqamdan chiqasan deb. Faqat iymon bilan, e'tiqod bilan odamlarni yetakladi. A nibizan davom etadi. U hech qachon, hech kimning qo'llashiga muhtoj bo'lmas edi. O'zining xos kiyimi ham yo'q edi. U hech qachon o'ziga baho bermagan. Payg'ambar bo'lishligi haqqi faqat unga tegishli.

[3:16] Bu Payg'ambarning hayotini o'qib o'rganayotgan kishilar, uning ulug'ligi oldida tiz cho'kadilar. Bu inson haqida yana ko'p narsalarni aytishim mumkin edi. Ammo xulosa qilib aytsam, u haqida yozilgan har bir satr menda hayratni uyg'otadi. Bu ajoyib muallim hayoti oldida asir bo'lib qoladi. Bir ming to'qqiz yuz o'ttiz ikkinchi yilda madrasda aytgan so'zi.

[3:43] Mangomeri. G'arb bunday yuksaklikka yetishgan boshqa bir kishini bilmaydi. Richard Bell. Yevropani qutqarish yo'li Islom. U kishi aytadi. Yevropa halokat jarayon qasida turibdi. Yaltirab turgan surat ortida asabiylik, o'zini o'zi qatl qilish, ruhiy xastalik, faxsh, aroxo'rlik, giyohvandlik, ayollarni zo'rlash, son sanoqsiz jinsiy kasalliklar turibdi.

[4:19] Fasad zo'r. Fasad zo'r, asfalt ekkiz, mashinalar yangi, supermarketlar to'ldir, maoshlar, oyliklar katta. Bizni ko'zimizga yirqirab ko'rinayotgan fasadi. Odamlar orasida bir biriga bo'lgan ishonch va muhabbat ko'tarilgan. Oila birligi, uning a'zolari o'rtasidagi aloqalar uzilgan.

[4:47] Davlat boshliqlari bu muammolardan chiqish yo'llarini topolishib topisha olmayapti. Ziyolilar esa bu ruhiy inqirozni yo'q qilish uchun harakat qilishmayapti. So'zini nihoyasida Richard Belayet aytadi, Yevropa oldida faqatgina bir yo'l turibdi. Yevropa oldida faqatgina bir yo'l turibdi. Najotga yetishning yagona yo'li. Bu islom. Bundan boshqa yo'l yo'q.

[5:16] Maykl Hard. Amerikalik olimlardan. Bu Maykl Hard yer yuziga katta ta'sir ko'rsatgan yuzta ulug' insonni ajratmoqchi bo'lgan. Va tarixda Odam alayhissalomni buyog'ida ata aytilgan, tarixsiz qoldirgan hamma odamlarning hayoti haqida ma'lumotlarni to'plab kompyuterga kirgizgan, kirgizgan, chirgizgan. Qo'mondonlar, siyosatchilar, fotihlar, payg'ambarlar hamda mana shularni insoniyatga foyda ketadiganligi, jamiyatga bo'lgan ta'sirini eng buyugini ajratib beradigan programmalarda ham joylashgan.

[5:57] So'ngra ana shu kompyuterni tugmasini bosgan. Eng buyuk insonni aniqlab berishgan. Kompyuter Muhammad alayhissalom deb chiqargan. Bu ilmiy bahsni olib borgan kishilar bu natijaga hayron bo'lib, qanoatlanmasdan yana takror qilib bosishgan. Xato bo'lsa kerak bo'ladi. Yana Muhammad alayhi assalom deb chiqqan. Bir necha marta takror takror bu narsani qilishganida ham Muhammad alayhissalomni sinishtirib olgan.

[6:30] Shundan keyin aytadi u kishi, Michael Harp. Eng ulug' yuz kishi degan kitobida. U Muhammad sollallohu alayhi vasallam ham diniy, ham dunyoviy maydonda ulkan muvaffaqiyatlarga yetishgan yagona inson edi. Vafotiga o'n to'rt asr o'tgan bo'lishiga qaramasdan, hozirda ham uning dunyoga bo'lgan ta'siri ulkandir. Qarang birodarlar. Insoflilari aytyapti.

[7:00] Ammo insofsizlari Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni masxara qilyapti, karikatura chizyapti. Bilingki, mana shu ishni qilayotganlar naqadar ablah inson, naqadar haqiqatdan uzoq bo'lgan kishilar. Lev Nikolayevich Tolstoy. Rus madaniyatini dunyoga tanitgan yer yuzida yashab o'tgan yozuvchilarning eng ulug'laridan hisoblangan kishilar. Lev Tolstoy.

[7:30] U kishi umrini oxiriga borganda aytgan so'zlari, qilgan ishlari, fe'llaridan ana shu davrdagi jamiyat u kishini tushunmagan. U kishini tushunmagan. Shunda Tolstoy shunday deydi. Bir toifa kishilar meni es past ahmoq deyishyapti. Yana bir toifa esa, lahma, mistik bo'lib qolibdi bu odam deyishyapt. Hukumat kishilari esa, revolyutsioner deyishyaptdi. Ya'ni meni hech kim tushunmayapti.

[8:03] Bu narsa men uchun og'ir, tan olaman. Shuning uchun menga u Muhammadga ergashganlardan deb qaranglar, hamma narsa chiroyli bo'ladi. Nima deyapti birodarlar? Rus madaniyatini cho'qqisida turgan kishilardan bittasi, men jinni ham emasman, lag'may ham emasman, revolyutsioner ham emasman, menga faqat meni tushunmayotgan bo'lsanglar, qilayotgan ishlarimni, gapirayotgan gaplarimni, Muhammadga ergashibdi deb qo'yinglar, shunda hamma yoq go'zal bo'ladi deyapti.

[8:33] Pyotr Chadayev, bu o'n sakkiz o'n to'qqizinchi asrda yashagan rus mutafakkiri va publitsistlar. Men ana shu gapiradigan ishdagi, meni nazarimda aytilishniki loyiq bo'lganlarini terdim, lekin juda ko'p ekan. Pyotr Chadayev o'zlarining falsafalaridan birontasini ham hayotga tatbiq qila olmagan, odamlarning qalblariga o'rnashtira olmagan, odamlarni birlashtirishlik o'rniga faqat oralariga nizolarni solgan anavi befoyda donishmandlardan ko'ra, Muhammad sollallohu alayhi vasallam odamlarning hurmatiga loyiqroq. U filosoflar, u donishmandlar, faylasoflar o'zlarini olib kelgan falsafalari bilan, o'zlari aytgan, olib kelgan fikratlari bilan odamlarni birlashtira olmadi.

[9:21] Hayotga tadbiq qila olmadi bu falsafalarini. Aksincha odamlarni o'rtasini bo'lib qo'ydi. Bunaqa donishmandlardan ko'ra Muhammad alayhissalom odamlarning hurmatiiga loyiqro. Bu guvohliklarning oxirgisi qatorida Karl Marksni bergan guvohligini keltiramiz. Nemis faylasofi, sotsiologiya iqtisodchisi, yozuvchisi, siyosiy jurnalisti va jamoat arbobi.

[9:48] Karl Marks aytadi, uni Muhammad sollallohu alayhi vasallamni, faqat insoniyat tarixidagi ulug' insonlar qatorigagina qo'shib qo'yishimiz adolatsizlik bo'ladi. Muhammad alayhissalomni tarixda yashab o'tgan buyuk insonlar qatoriga kirgizib qo'ysak, adolatdan bo'lmaydi. Biz uning risolatini va yerdagi osmonning elchisi ekanini tan olishga majburmiz. Kim aytyapti?

[10:17] Kommunizmda asossiz aytyapti. Biz uni risolatini va yer yuzidagi osmonning elchi ekanligini tan olishligimiz kerak. Mana birodarlar, guvohliklar tugadi. Endi mana shu bahsni xotimasi. Biz bu bahsimiz orqali islomimizning buyuk bir yo'lini, manhajini va mana shu buyuk yo'ldagi bir sahifani ochmoqchi bo'ldik. Muhammad alayhissalomning hayotidagi rahmat degan sahifani.

[10:57] Islomiy shariatni buyukligi, payg'ambar alayhissalomning hayotini go'zalligini hammasini gapiramiz desak, bilasizlarmi bu bahs qanchaga cho'zilib ketadi? Muhammad sollallohu alayhi vasallamning go'zal siyrat bog'ida alloh qodir qilganicha kezdik. Mana endi shu bahsimizni nihoyasida to'rtta nidoni aytamiz. To'rtta chaqiriqni. Birinchisi, bu musulmonlarga bo'lgan chaqiriq, nido. Ey musulmonlar, dinimiz naqadar buyuk din.

[11:28] Biz bu dinimiz orqali Allohga ibodat qilamiz. Albatta Alloh Taolo o'zining oxirgi shariatni, Islomni yubordi. Biz mana shu oxirgi shariat vakillari ekanligimiz bilan faxrlanamiz. Siz bilan biz musulmonlar oxirgi risolatni ko'tarib turgan omonatdorlarmiz. Bu risolat dunyo va oxirat saodati yetaydi edi. Siz bilan bizga Alloh Taolo eng buyuk ne'matini berdi. Islom ne'matini. Shukur qilaylik. Ne'matni shukurini ado qilaylik. Alloh Taoloning fazli ziyoda bo'ladi. Ammo islom degan ne'matni shukri birodaroh faqat til bilan bo'lmaydi. U til bilan aytib qo'yiladigan narsa emas, ha. Til bilan aytish ham shukurni bir turi. Ammo shariatni har bitta hukmini katta kichik ishlarimizda tadbiq qilsak, bo'sh ne'matning shukri yana nima bilan ado bo'ladi? Har bir makon va har bir zamonda yashayotgan odamlarga Payg'ambarimizning risolatini yetkazishlik bilan. Birodarlar, yelkamizning yuki og'ir. Chunki bu yuk Payg'ambarlardan qolgan. Muhammad alayhissalomdan keyin boshqa Payg'ambar kelmaydi. Islomdan boshqa din bo'lmaydi. Ey musulmonlar, siz bilan bizga sog', o'zgartirilmagan, sahih islom yetib keldi.

[12:46] Bu omonatni Rasululloh davridagi bo'ladimi yoki undan keyingi davrda bo'ladimi, xolis muxlisi bo'lgan erkak ayollar yetkazib keldi ishni bizga. Endi biz sababli islomga tosh terib qolmasin, gap terib qolmasa. Ey musulmonlar, dinimiz bilan o'zimizni aziz deb bilaylik. Chunki biz eng afzal inson, Muhammad alayhissalotu vassalomning ummatimiz. Kufrga, dinsizlikka shoshilayotganlar siz bilan bizni qo'rqitmasin. Chunki ular hech qachon Allohga zarar yetkazisha olmaydi. Ularda qilayotgan ishi har qancha katta bo'lmasin, baribir insoniy makr. Insoniy makr, inson shakllangan. Demak, uni makri ham qilayotgani ishini ham cheki bor, chegarasi bor. Ularda qiladigan dushmanligi yu makr hiylasi nimaga duch keladi? Alloh Taolo aytadi: voyamko'runa, voyamko'rulloh, vallohu xoyrul makriyun. Ulardan makr qiladi deyapti Alloh Aziz va Jalol. Men ham makr qilaman deyapti. Men makkorroqman deyapti. Kim yengadi bu makrda? Kim mag'lub bo'ladi bu hiyla nayranglarda? Mana shu makrda qilayotgan insonlar.
