# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 319 of 510
- Section: —
- Duration: 27 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/319
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/ps2wkAkRS6w.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=ps2wkAkRS6w
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/318.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/320.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:01] Alhamdulillah robbil alamin va la aqiba tulil muttaqin. Vassalatu vassalam ala saidina muhammad sodiqul va'dil amin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Amma ba'd, assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh. Alloh taolo qur'onni kaf so'rasa da, g'orga, mushrik qavmdan qochib, panoh topgan yigitlar haqida siz bilan bizga qissa qiladi. Hikoya qiladi. Yigitlar borib qanot topgan g'orning xususiyati. Bu fasllarni aytishicha, bu g'or, bu g'or bu g'orga kiraverishlik shimol tomonda edi, ya'ni g'orni eshigi shimol tomonda. Shuning uchun quyoshni nuri to'g'ridan to'g'ringa tushmas edi. Kun chiqqanda yorug' tushar edi, kun isiganda issig'i kirardi, lekin aziyat beradigan bu quyoshning issig'i, kuydiruvchi issig'i zarar bermas edi. Shuning uchun bu g'or yorug'ligi, issiqligi, harorati joyida turdi. Keng bo'lganligidan undoq havo aylanib turdi, lekin bu yigitlarga aziyat yetkazmadi. Astayu billah, votarosh shamsa ida tola attaza varon kafihin dat al yamin. Mana endi Alloh Taolo yigitlarni g'orda yotishligi, g'orda turishligi haqida siz bilan bizga shunday deydi.

[1:22] As saidbeklar, vo ida g'or abad taqri ruhimida tashshimal vohum fiy fajovati min. Quyosh chiqishda ularning g'orlaridan o'ng tarafdan o'tib ketganini, botishda esa ulardan so'l tomonga yiroqlashib ketganini, ya'ni chiqishda ham, botishda ham ularni qizdirib, uyqularini, oromlarni buzmaganini, ular esa g'orning to'rida ekanlarini ko'raversa. Demak quyosh chiqqanda ham, botayotganda ham bularga zarar yetkazmagan.

[1:52] Zalika min aya tilla, man yahdiy allohu fahvol muhtad va man yudli falon tachid alohi valiyya murshidani. Bu ham Alloh Taolo aytadi, bu ham Allohning oyat mo'jizalaridan biridir. Kimni Alloh hidoyat qilsa, bas o'shagina hidoyat topgunchidir. Kimni yo'ldan ozdirsa, bas uning uchun to'g'ri yo'lga yo'llaguvchi biron do'st topa olmasdan. Hidoyat Allohdan bo'ladi. Agar Alloh hidoyat qilgan bo'lsa, hech kim bir kishini adashtira olmaydi.

[2:25] Agar Alloh Taolo bir bandani adashtirgan bo'lsa. Uni hech kim to'g'riyo'lga boshlay olmaydi. Siz bilan biz Alloh Taolo hidoyat qilibdi, haqda turibmiz. Ibodatdamiz besh vaqt namozda, xoram xarishdan uzoqmiz, hayotimizdagi asosiy maqsadimiz Allohni roziligi degan g'am. Mana shu g'amni bergan, mana shu hidoyatga boshlagan Alloh Taologa hamdu sano bo'lsin. Men o'zi eslik odam edim o'zi yoshligimdan. O'zimdek haq oq qorani ko'rib ajratib, po'r yo'ligini yo'q akalar. Chunki sizdan ming barobar aqlli bo'lgan odamlar, sizdan ming barovar bilimdon bo'lgan odammlar borki, hidoyat ko'rmadi ular, zalolatda yuribdi. Ana shu dinimizni dushmani bo'lgan yahud nasoralar Qur'onda o'qiydi. Ichigini yasaladi, ko'radi, mo'jizalarni ko'radi, guvohi bo'ladi, lekin Alloh hidoyat qilmaganligi uchun bularga bu ilmni foydasi yo'q. Alif la min va lekal kitab la ro'ybafi. Bu shunday kitobki dedi Alloh Taolo Qur'on. Hudanlin muttaqiyin. Taqvodorlarga hidoyat.

[3:31] Kimga hidoyat? Hammaga dedimi? Taqvodor kim taqvodorlar? Alladina yu minuna bil g'oyibi va yuqimuna sola va minma roza hunahum. Qarang, taqvodorlargagina bu kitob hidoyat. Ular kimlar? G'aybga iymon keltiradi. Ko'rmasdan jannatga, do'zaxga iymon keltiradi, farishtalarga iymon yarog'. Ikkinchisi, namoz o'qiydi ular. Men namoz o'qiganim, o'qimaganim bilan matn toza deyotgan odamlar eshitib qo'ysin. G'aybga iymon keltirmaganingni dalili, namoz o'qi yig'ing. Vo min ma'ruza qanaqa umumiy ufixun. Va agar Alloh Taolo aytadi, biz ularga rizqini berganasidan info ehson qiladi. Demak, mana shu odamlarga bu kitob hidoyat bo'ladi.

[4:20] Hadis hududida Alloh Taolo aytadi, ya ibadi, kullukum dolun illa man hadaytuhu, fastah duniy ahdikum. Ey bandalarim, barchalaringiz zalolatdasizlar. Faqat men hidoyat etganlargina bundan mustasno. Demak, biz ana shu istisnomiz. Alloh Taolo hamma zalolatga botgan odamlardan bizni ajratib qo'yibdi. Alhamdulillah. Bas, mendan hidoyat tilang, sizlarni hidoyatga yo'llayman. Ko'ring, hidoyatda turibsiz, haqda turibsiz. Halolda turibsiz, namozda turibsiz yana nima deyapti Alloh Taolo? Yana hidoyatni ziyoda bo'lishini so'rang deydi. Robbanalatu ziqulubana ba'dayif hadaytana. Farhodgorov bizlarni hidoyat qilganingdan keyin yana qalblarimizni burib qo'ymagan. Chunki Alloh Taolo bunga qodir zot. Sizlardan bir kishi bir umr jannat ahli amalini qiladi, dedi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Bir umr jannatinglarda ishini qiladi, jannat bilan o'rtasida bir ziro masofa qiladi. Lekin umrini oxirida bittasi yig'alanadi, jahannam ahladan bo'lib ketadi. Shuning uchun yetmish yil ibodat qildingizmi, ellik yil ibodat quldingizmi, ibodatingizga suyanmang. Doimiy suratda Alloh hidoyatdan adashtirmasligini so'rab turing.

[5:50] Vaman yudhilil falon tajidalah u valiye murshida. Qarang oyatda. Kimni Alloh yo'ldan ozdirsa, bas, uning uchun to'g'ri yo'ldagi yo'lovchi biron do'st topa olmasdan. Ota onasini nasihati ham paydo qilmaydi, hayotda ko'rayotgan ibratli bir voqealar ham paydo qil maydi, chunki uni Alloh adashtirgan. Bu yerda adashtirsa deganda yaxshiroq tushunishimiz uchun, shunday deyishimiz kerak. Kim o'zini Allohda behojat bilsa, demak Alloh buni adashtiribdi. Menga kerak emas namoz desa, menga kerak emass duo qilishlik, hamma yoqda o'zim eplab olaman deyotgan bo'lsa, bu odam o'zini Allohni to'sibdi, Allohni yuzaga yuribdi. Endi kim buni hidoyat qiladi? Hech kim. Demak, hidoyat uchun birinchi qadam bizdan bo'lishligi kerak.

[6:40] Qissani davom ettirsa Alloh Taolo: Astaydu billah va taqsa vuhum ayqodon vuhum ruhuddin. Uyquda ekanlar, ko'zlari ochiq bo'lgani uchun sen ularni uyg'oq deb o'ylarsan. Bu fasllar aytishlaricha, ko'zlar ochiq holda qolgan deydi. Ular mana shu uch yuz to'qqiz yilda ko'zlari ochiq holda turgan. Va nuqonli vuhum datal yamin i va datash shimal va kal buhum baasitun ziroaihi bilvosi.

[7:09] Biz ularni o'ng tomon, so'l tomonga aylantirib turavermiz. Ularning itlari esa oldi oyoqlarini ostonaga yozib yotaveradi. Agar ularning ustidan chiqib qolsang, ularning ahvolidan dahshatga tushib, yuz o'girib qochib ketgan bo'laveraylik. Demak, ko'zlari ochiq holda oqagan. Agar kimdir uni ko'r, ularni ko'rganda, albatta ularni ko'zlari ochiq holda turganligidan qo'rquvga kirar edi. Ayrim mutaxassislar aytishadi, bir odamni ruhiy holati ikkinchi odamga ta'sir qiladi. Bu bor narsa. Yoningizdagi sherigingizni kayfiyati o'lib, pachog'i chiqib turgan bo'lsa, haligindan yuqadi sizga. Yoki aksincha xushchaqchaq bo'lib bir quvnoq bo'lib turgan bo'lmasa, bu ham yuqadi. Bu yigitlar g'orga kirib ketayotganda qalblarida qattiq qo'rquv bor edi, xavotir bor edi. Endi mana shu g'orni og'ziga kelgan ki odamga, mana shu qo'rquvi o'tar edi. Shuning uchun uch yuz to'qqiz yil bular g'orda turdi. Birorta odam g'orni oldiga kelib ichkariga kira olmadi. Chunki qalbiga qo'rquv berilgan edi bularni.

[8:12] Mana shu o'rinda yana to'xtaladigan bir muhim nuqta bor. Ma'noqonli muhim data li amini va data shimal. Biz ularni o'ng tomon, so'l tomonga aylantirib turibmiz. Uyquga ketgan yigitlar. O'ng tomon, chap tomonga ontarilib, to'ntarilib turdi. Ilmiy mo'jiza.

[8:37] Inson uxlaganda o'zi bilmagan holda, o'zi bilmigan holda yotgan holatini o'zgartirib turadi. Kim sanagan kechqurun necha marta ontarilib, ton tanlaysiz? Endi qiziqib qarab ko'rsanglar chiqadi. O'n besh minutda ekan. Shu kuzatganlar o'n minut har xil ekan. Bilasizmi? Rasa charchab kelib, bitta yotib, qimirlashlikka ham holingizni ulab qolgan paytingizda tursangiz yog'och bo'lib qolgan bo'ladi bo'yningiz. Menga qatib qolibdi bo'ynim deysiz. Nimaga qatib qoldi? Chunki qon aylanmadi. Holatni o'zgartirmadingiz. Ulamolar aytadi, mana shu tib ulamolari, insonni tanasida mana asablar bor, nervlar bor. Ular bosimni his qiladi. Bir xil holatda inson o'n besh minutmidi, yigirma minutmidi qimillamay yotsa, poylar uzoqroq ezilib qolsa, mana shu asab markazlari, nuqtalari miyaga xabar yuboradi, signal yuboradi. Qimillat deb.

[9:40] Uxlayotganda emas, o'zi to'g'ri mo'to'g'ri o'tirganda ham necha marta o'zgartirasiz o'tirishingizda, bir soatlik o'tirishingizdan? Shunda miya jasadga holatni o'zgartirishlik haqida buyruqni beradi. Shuning uchun inson bir kechada o'ttiz sakkiz dan qirq martagacha holatini o'zgartirar ekan. Vallohu a'lam. Ya'ni Alloh Taolo uch yuz yildan ko'proq uxlagan yigitlarni u yoqqa bu yoqqa o'ntarib turmaganida tishirib ketar edi ular. Shuning uchun shol kasaliga uchragan yoki a'zolarini o'zi mustaqil qimirlata olmaydigan bir bemor odamni agar sakkiz soat yonidagilari bir holatini o'zgartirib qo'ymasa, chirishni boshlar ekan go'shti. Aynishni boshlari ekan. Chunki qon uyiga yetmaydi, demak go'sht aynishni bishlaydi. Tushunarlimi?

[10:33] Kimdir o'zi bir istab ko'rdim da, kamera qo'yib qo'ygan ekan sanash uchun. Kamerani qo'yib bo'lgan, sakkiz soatga. Ertamangacha zapusk qilgan, xullas yozgan. O'ttiz sakkiz dan qirq martagacha inson holatini o'zgartirar ekan. Bilasizmi shunisiz? Bu Alloh Taolo siz bilan bizni jasadimizga qo'yib ko'rgan mo'jizalardan yana bittasi. Agar to'ntarilmasangiz, qatib qolasiz ekan.

[10:57] Bu qanaqa mo'jiza? Agar g'or egalari bir xil holatda qimirlamay qolganida ellik yilda tugab ketardi ular. Ellik yilda tugib ketar edi. Inson o'zi sakkiz soat uyqusida nechchima to'ntonlar to'ntariladi? Agar bir soat uzoqroq yotib qoladigan bo'lsa, aytdik, badanlari og'rib ketadi. Demak, biz ularni o'ng tomon, so'l tomonga aylantirib turavermiz. Ularning itlari esa oldi oyoqlarini ostonaga yozib yotur. Mana shu itni egasi uchun sharaf bu. Chunki Alloh Taolo ularning itini Qur'onda zikr qildi.

[11:38] Ana shu vafolik bo'lgan iti ular bilan birga chiqib ketgan edi. Vakadalika bafnahum niyatasa alu baynahum. Ular mana shuncha uzoq muddat uxlashdi. Mana endi uyg'onishdi. Ajib holat, faraz qiling da, o'zingizni qo'yib ko'ring da. Uch yuz to'qqiz yil uxlab turdingiz, bilmaysiz uch yuz to'tqiz yil o'tganini. Otingiz o'tib ketdi. Nevaralaringiz ham o'tib ketdi, lekin bilmaysiz buni. Alloh taoloni birodarlar qudratini cheki yo'q. Alloh taologa hech narsa bir avator biror narsani qilishlikdan ojizmas. Innama amruhu ida aroda shay'an an yaqul alahum kun fayaqul. Allohni ishi bir narsani qilmoqchi bo'lsa, shu ishga bo'ldik deb bo'ladi.

[12:28] O'zaro savol javob qilishlari uchun, ularni qanday uxlatib qo'ygan bo'lsak, ana shunday uyg'otdik. Uxlaganini bilmay qoladi inson. Bilishmay qoldi uxlab qolganini. Xuddi shunga o'xshatib uyg'otdik ularni, bilishmay qoldi uyqunganini. Qola qoyilun minhum kamla biz tum, qolula biz na yaumin avba adayavum. Ulardan biri dedi, qancha holda turdinglar, ya'ni qancha uxladinglar? Ularning ayrimlari bir kun yo yarim kun dedilar. Qolurabbukum a'lamu bimala biz tum, sabas u ahadakum bivariqikum hadixi ila al madina. Falyanzur ayyuha azuka ta'ama. Falyatiku mirisqin minx va lya'talatqof valayush eronni bikun ahadi. Qolganlari esa qancha uxlab turganlaringizni yolg'iz parvardigoringiz bilur. Endi bir kishini mana shu pulingiz bilan shaharga jo'natinglar. U eng sara, pokiza taomlarni tanlab, sizlarga undan rizq nasib olib kelsin. Va u ehtiyot bo'lsin va sizlarni birontaga sezdirib qo'ymasin. Chunki bularni xayolida hali ham o'sha zolim podshoh, o'sha tuzum.

[13:44] Ular ja bo'lsa bir kun yoki yarim kun uxladinglar deb turishibdi. Lekin haqiqatda haqiqatdan Allohning karomati yuz bergandi ularni ustida. Bu yigitlar g'orga chiqib ketgan paytda, Iso alayhissalomga iymon keltirgan kishilarga, mana shu kofir, podshoh tomonidan qattiq zulm, siquv bor edi. Qatl bor edi, qiyinchiliklar bor edi. Ular shamol xudosi, yomg'ir xudosi, yulduz xudosi, chiroyli xudosi, xullas, go'zallik xudosi o'zlaricha bir narsalarni xudo deb sig'inar edi.

[14:14] Podshoh ham ayni mana shu shirk dinida edi. Ular o'zlari bilan taom olib chiqqan edi. Taomlari tugagan edi. Yonida puli ham bor edi. Ular halol pokiza taomlarni olib kelishligini talab qilishdi. Musulmon odam birodarlar nima yeyotganiga qarashligi kerak. Qayoqdan kelayotganiga qarashi kerak. Nima deydi, yaltiroq qog'oz yorib qo'ysa, hamma narsani yeyavermasligi kerak. Hamma yezsa yeyavermaslig kerak bu narsani.

[14:47] Akalar, qaranglar, shu narsalarni yeb, ana shu xalqlarni ahvoli nima bo'lyapti? O'sha sintetika ovqatni ko'payganligidan semirib ketishlik. Demak, musulmon odam mana shu oyatdan nimani xulosa oladi? Halol pokizani yeyishlikka, halol taomni yeyishlikka xaris bo'lishligi kerak. Yana bir odobni aytadi ulamolar mana shu so'zdan, sotuvchini oldida bir oz miqdorda mol turgan bo'lsa va mana shu molga uch to'rtta xaridor turgan bo'lmasa, shu xaridorlardan bittasi hammasini olib qo'yishi mumkin emas deydi.

[15:24] O'zingga keragini ol, qolgani qolsin. Chunki bunda musulmonlarga nisbatan beadablik bor. Yana odamlar bu narsaga nima bo'lib turibdi? Xaridor bo'lib turibdir. Bu Qur'oniyy ta'lim. Chunki yoningda senga o'xshagan bir musulmon birodaring shu tomga ehtiyoj sezib turibdir. Va mana shu yuborilgan yigitdan ehtiyot bo'lishligi talab qilindi.

[15:50] Innahum in yadiharo alaykum, yarjumukum, avu yuraydukum fii millatihim, valan tuflixu idan abadah. Chunki ular sizlardan ogoh bo'lib qolsalar, sizlarni toshbo'ron qilurlar yoki yana o'zlarining dinlariga qaytarurlar va u holda hech qachon qutila olmassizlar. Demak musulmon odam fitnalarga kirib qolmasligi uchun ehtiyot bo'lishlik kerak. Musulmon odam o'zini gap so'zga qo'yadigan holatdan uzoq bo'lishi kerak. Shubhali bo'lgan odamlar bilan aralashmaslik kerak. Harom xarish bo'ladigan joydan qadamini uzoqroq qilishlik kerak. Chunki ulfating aloqanot bosadigan gap bor. Bu ulfatlarni chaqirsangiz haqqa ko'mmasa, sabr qilasiz, nasihat qilasiz, agar ko'mmaydigan bo'lsa, o'zini massiyasida turib olsa, bunaqa ulfatlar nima qilinadi?

[16:43] Voz kechiladi bulardan. Bo'ladi da lekin. Ya'ni, bu yigitlar agar qavm ulardan talab qilgan, shirkka qaytsa, ya'ni eski to'kin sochin, farovon, yaxshi hayotga qaytadi. Chunki aytdik, bu yigitlar o'zini qavmini hurmatli bo'lgan, boy badavlat bo'lgan oilaning farzandlari edi.

[17:10] Agar yana kufrga qaytishsa, qavmini shirkiga qaytishsa boboyiday hayoti zo'r bo'ladi. Lekin bu hayotni ular xohlashmadi. Va kadaliki asarina alayhim liya alamu anna va'dallohi haq va anna sa'atala ro'yba fiiha. Shunday qilib, Allohning qayta tiriltirish haqidagi va'dasi haq ekanini va qiyomat soatining kelishi shak shubhasiz ekanini bilishlari uchun odamlarni yigitlarning holidan xabardor qildik. Ularda chiqib ketganini bilar edi, uch yuz yil burungi odamlar. Qayoqqa ketdi, nima bo'ldi, hech kim bilmas edi. Ularda g'orni uxlayotganligini bu davrda yashayotganlar bittasi bilmas edi. Alloh Taolo bildirdi endi odamlarga. Ularni holini. Nima uchun? Qayta tirilish haq ekanligini odamlar ko'rishligi uchun.

[18:02] Iz yata'na za'una baynahum amrahum faqoli buno alayhim buni yana. G'ordagi yigitlarni uyqularidan uyg'onib, odamlar bu mo'jizani guvohi bo'lganlaridan keyin, ular ajallar yetib vafot etishgach, o'zaro ishlarning haqida talashib tortisha boshladilar. Bas ayrim kishilar ularning ustiga bino qilinglar, dedilar. Ularning usti hukmron bo'lgan podshoh va uning saroyi ayyoni esa, albatta ular, ya'ni asqobil kaf qabrini ustida bir masjid qurib olarmiz deyishdi.

[18:37] Boyagi chiqdi g'ordan, bozorga bordi. Mevamidi, boshqamidi, og'ziqoni sotib olishligi uchun boyagi pulini uzatdi. Haligi savdogar qarab turib, bu nima dedi? E sen kimsan dedi. Ha bu qaysi zamondagi pul dedi. So'rab surishtirdi. Yigit qarasa, savdogar, bular tashlab chiqib ketgan qavmdaqa emas. Muomalasi yaxshi, xulqi joyida. Chunki o'zgargan edi davr. Bu zamon kishilari bularni kimligini shunda bilishdi. Bu qissa kitoblarda keltirilganidek, mana shu yigitni orqasidan erchib, qavm bor deb uyg'ongan. Yigit g'orga ulardan avval kirdi va ularga shuncha muddat o'tganligini xabarini berdi sheriklariga. G'orga kirishi bilan g'or egalarini hammalari vafot etdi. Alloh taolo bularni mana shunday bir uch yuz yil tirik turganligini bildirib qo'yishlikni xohladi, bildirdi, jonini oldi hammasini. Toki ularni bir ilohlashtirmasin yoki Alloh taolo bir o'zi bilgan hikmat uchun. Alloh qavmni bu yigitlar haqida ogoh qildi. Albatta bunda bir buyuk hikmat bor.

[19:53] Go'yoki Alloh Taolo aytyaptiki, ey odamlar, bu yigitlar Menga xolis bo'lishdi. Meni yaxshi ko'rishdi, Mendan qo'rqishdi, Meni hukmimda qoyim turdi. Bas Men ularni saqlayman, himoya qilaman, ularga dushmanlari ustidan yordam beraman, ularni qalblarini poklayman. Biz ham xulosa olaylik. Biz Allohni yaxshi ko'tarsak, Allohni itoatida doim bo'lsak, harom farashdan ehtiyot bo'lib, maqsadimiz Allohni roziligi bo'lsa, Alloh bizni ham himoya qiladi. Bizni ham qo'llaydi, mushkullarimizni oson qiladi. Bu yigitlar shunga loyiq edi. Endi bizchi?

[20:34] Alloh bizni qo'llashligiga loyiqmizmi? O'zimizga shu savolni beraylik da. Bu yigit Payg'ambar emas edi, siz bilan bizga o'xshagan oddiy odam edi. Lekin Allohga bo'lgan imoni bilan taqvosi, ularni mana shunday bir mukofotlanishiga sabab bo'ldi. Yagona bo'lgan Allohga qasamki, birodarlar, Alloh bandasiga bergan va'dasiga xilof ish qilganidan ko'ra, butun koinotni ostin ustun bo'lib ketgani osonroq.

[21:05] Menga tavakkal qil, g'ami meni zimmamda, meni qo'lchiligimni qil. Qo'lingga barakat beraman deb Alloh Taolo va'da beryaptimi? Alloh hech qachon va'dasiga xalof ish qilmaydi. Dunyoni ostin ustun boib ketgani oson roq. Allohni va'dasiga xalal qilganidan ko'ta. Va adallohu le dinah amanu minkum va amilus soliha tila nastahlifannakun fil ard.

[21:31] Kamastahlafallal la dinah min qoblihim va lyumakkinannalahum dinahumullah firtado. Qarang, Alloh Taolo nima deyapti? Nur surasida. Alloh sizlardan iymon keltirgan. Va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o'tgan iymon e'tiqodli zotlarni yer yuziga xalifa hukmron qilganidek, ularni ham yer yuzida xalifa qilishni va ular uchun o'zi rozi bo'lgan islom dinini g'olib mustahkam qilishni hamda ularni ahvolini xavf u xatardan keyin tinchlikka o'zgartirishini va'da qildi.

[22:14] Inna alloha yuda'fi va aniladina amanu, inna alloha la yuhib bu kun la havvening kafu. Albatta Alloh iymon keltirgan zotlarni mudofaa qilur. Himoya qildimi bu yigitlarni? Qanaqa qilib himoya qildi? Birodarlar uch yuz yil o'tkazib yubordi, lekin Alloh Taolo himoya qildi. Birov aziyat yetkaza olmadi ularga.

[22:39] Albatta Alloh barcha xoin va kufronni ne'mat qiluvchilarni suymas. Alloh Taolo o'zini mo'min bandasini hech qachon qiynalishini xohlamaydi. Alloh Taolo bandalariga zarracha zulm qilmaydi. Lekin bandalari o'zlariga o'zlari zulm qilib oladi. Hatto Alloh Taolo bir mo'min bandasiga kasalni, dardni berganda ham mana shu narsa ham uchun bo'lgan rahmat. Chunki gunohlari shu bilan nima bo'ladi? Yuviladi. Mana istixora namozi bor a? Istixora xayriyatni talab qilib namoz o'qish.

[23:22] Qarang, oldingizda bir to'rt xil narsa turibdi siz olmoqchisiz, yoki siz uylanmoqchisiz to'rttasini qizi turibdi. To'rttasi ham beraman deyapti qizini. To'rtta mashina olmoqchisiz, to'rtalasini narxi bir xil. Hammasi zo'r. Tanlay olmayapsiz a? Bilasizmi, qiyin bu mashina ish ham. Nima qilsam ekan? Qaysini olsam ekan? Unga mahsulot sotsangiz ma'no deydi, bunisiga senga ma'no. Shunda qaysinisini sizga oqibati yaxshi bo'ladi, bilasizmi?

[23:52] E, o'sha paytda bekor qilgan ekanman, o'shani olib yubormagan ekanman. Yo'q, yaxshi ham bo'lgan ekan, o'shani olmaganim. Qarang. Mashaqqat a? Ayniqsa ko'p bo'lganda. Mana shu qaysini qiziga uylanishlik yoki qaysi narsani olishlikni bilmay turgan paytingizda istixora qilasiz. Ikki rakat namoz o'qiysiz, duosini o'qiysiz. Parvardigor, mana shu so'rayotgan narsam yoki ro'paramda turgan narsa, mana bu men tollagan narsa, bittasini tolladingiz.

[24:21] Tirikchiligimga, hayotimga, maishatimga, dunyo va oxiratimga foydasi bor ekanligini bilsang, bu ishni menga ber. Agar men tanlagan narsa hayotimga, tirikchiligimg, maishatimg, dunyo va oxirlatimga zarari bo'lsa, mendan nima qil? Qarang, berdimi, demak yaxshi. Bermadimi? Yana yaxshi. Chunki kimga topshirdingiz buni? E, hatto bandasi tollayotganda qiynalmasin deyapti Alloh Taolo. Tollab qiynalmassin deyapti.

[24:54] Mana amila soliha min zakarin av unta, vohu mo'minun falonuh yegan nahu hayatan toyiban. Vola najziyan nahum ajrahum biyaxsanai ma kanu ya'malun. Qarang oyati go'zalligini. Erkakmi yo ayolmi? Kimda kim? Mo'min bo'lgan holida biron yaxshi amal qilsa, erkakmi, ayolmi, mo'min bo'lib turib bitta yaxshi ish qilsa, biz unga pokiza hayot ato etyurmiz. Va ularni o'zlari qilib o'tgan amallardan chiroyliroq, ajr savoblar bilan mukofotlaymiz. Erkakmi, ayoldi? Musulmon bo'lib turib savob ish qilsa hayotini pokiza qilaman deyapti Alloh. Dunyoda. Oxiratda esa qilib o'tgan ishidan ko'ra yaxshiroq mukofotni beramiz. Kimga berildi bu narsa? Mo'minga. Kimga?

[25:49] Robbim Alloh, dinim Islom, payg'ambarim Muhammad alayhissalom deb shu gapiga javob berib yashagan odamlarga. Kimga? Hayotdagi maqsadi bitta, allohni rozi qilishing bo'lgan odamlarga.kimga? To'g'ri kelgan namoz o'qib qo'yib, boshqa payt bilgan ishini qiladiganga emas. Oilasida g'arb tushunchasi masjidga borgan musulmon bo'lganlarga emas.

[26:12] Masjidda ham musulmon bu, tijoratida ham musulmon bu. Oilasida ham musulmon. Mana shularga. Mana shularga! G'or egalarining qissasi mashhur. Zolim podshoh ularni shirk diniga qaytishligi uchun. O'ylanib ko'rishlikka uch kun muhlat bergan edi. Lekin bular g'oyib bo'lishdi. Yashirinishdi. Alloh taologa qaytishdi, Allohni huzuriga qochishdi, Alloh bularni saqladi.

[26:42] Aqulu qavli ha'da, va astag'firulloh ilayhi va alakum, assalomu alaykum.
