Maqsadchi boy yashashmas yigitlar. Maqsad puldor bo'lib zo'r xarid. Maqsad bu emas. Maqsad Allohni roziligi. Sen maqsadni Allohni roziligida yashaginda, u sen aytayotgan dunyo shunday oqib kelaveradi. Chunki Alloh berishni boshlaganda dahshatga solib qo'yadi. Endi olib qo'yishni xohlasang dahshatga solub qo'yadi da. Aqlli, xushli, hushyor, zakiy odam unga kelgan ziyonni o'zini foydasiga aylantira oladi. Ammo ahmoq, tentak inson bo'lsa, ustiga kelgan bitta zararni ikki, ikkita zararga aylantirib oladi. Nima degani bu? Savdogar. Katta miqdordagi puliga kuydi. Bitta ziyon. Ziyon keldi. O'ylanadi, siqiladi, bo'g'iladi, davleniyasi oshiradi. Yana bitta ziyon bo'ldi. Bitta ziyon ikkita bo'ldi. Yana bo'g'iladi, siqiladi, o'ylanaveradi, saxr oshirib oladi. Yana bitta ziyoni. Demak, bitta ziyon keluvdi, pulidan ajratdi.
Endi siqilib bo'g'ilib, saxr ham oshirdi, davleniya ham oshirdi. Endi aqlli inson chi? Puliga kuydir. Bu bitta ziyon. Endi nima qiladi? Allohni taqdir ekan deydi, rozi bo'ladi. Bitta foyda. Ziyon bo'ldi. Gunohlarimga kafforat, shukur keltirsam. Yana bitta foyda bo'ldi. Endi sabr qilsam, Alloh undan yaxshirog'ini beradi deb murabbiz haqida yaxshi gumon qildi, yana bitta foydam. Demak, ahmoq, tentak odam ustiga kelgan bitta ziyonni uchta, to'rttaga aylantirib oladi. Aqlli, xushli odam esa ustiga kelgan bittasi zararni uchta, to'tta foydaga aylantirilib oladi.
Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallam. U zot Makkadan quvildilar. Haydaldilar. Keyin nima qildilar? Keyin u zot sollallohu alalayhi vasallam Madinada dunyoni ko'zini nurga to'ldirgan, dunyoni ko'ziini adolatga to'ldiragan ulkan davlatni barpo qildilar. Foydasiga aylantirdi. Ahmadunna hambal qamaldi bu kishi. Daralandi. Azoblarga qoldi. Lekin bu mashaqqatlarni oxirida ahli sunna va jamoaning ulug' imomlardan biriga aylandi. Imoma saraxsini uzoq yillar zindonband qilishdi.
Qamoqqa solib qo'yishdi. Nima qildi? Dod deb yig'lab o'tirib oldimi? Aksincha, dunyodan uzilganligidan foydalanib turib, o'zining eng mashhur, ko'p jildlik al mabusud kitobini yozdi. Tushunyapsizlarmi? Nima haqida gap ketyapti? Ustiga kelgan zararni aqlli, xushli odam foydasiga aylantira oladi. Ibn asir hamma ishlardan uzilib, uzoq bo'lib qolganidan keyin o'zini jomul usul kitobini va hadis kitoblarining eng mashhurlardan bo'lgan nihoyani tasnif etdi. Sizni ustingizga bir bir ish keldiki, sizga yoqmaydigan. Qarang da, shuni sizga foyda bo'lgan tomoni bor. Foydaga aylantirib olish bo'lgan mumkin tomoni bor. Ammo biz o'tirib olamiz.
Xudoybegi sulhi bitildi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam qurish bilan o'n yil urushmaslikka kelishdilar. Ana shu sulhning bardalaridan bittasi, makkadan bir odam hijrat qilib madinaga borsa, rasululloh qabul qilmaydilar. Shu shart bor. Rasululloh ahdiga vafo qiladilar. Abu Baser roziyallohu anhu shu ittifoqdan keyin hijrat qilib Madinaga bordi. Rasululloh qabul qilmadilar.
Qaytarib yubordilar, chunki ahdiga vafo qilish kerak. Mana endi Abu Baser Makkaga ham qaytib borolmaydi, Madinaga ham kira olmaydi. Zararmi? Musibatmi? Nima qildi bu kishi? Dod deb yig'lab o'tirib oldimi? Yo'q. Makka bilan Madinani o'rtasidagi Eys deb nomlanadigan mintaqaga borib joylashdi. Tog'li joy, daraxtlari bor, g'orlari ko'p.
Makkadan chiqib hijrat qilib, Madinaga borishlikka imkoniyati bo'lmagan, o'ziga o'xshagan muhojirlarni to'pladi atrofiga. Bitta guruh tuzdida, Qurishning shomdan kelayotgan karvonlarini talon qilib, tarash qilishni boshladi. O'zi Qurishni Payg'ambarimiz bilan shu tinchlik sulhiga kelishdan maqsadlardan bittasi, karvonlarni Shomga bemalol borib kelishligi edi. Shu maqsadda sulh tuzgan. Lekin Abu Baserdning ishi ularni boyagi nejalarni amalga oshirmay qo'ydi. Shunda Quraysh majbur bo'ldi. Madinaga odam yuborib, ona va Abu Baserdning jamoasini o'zingga qo'shib olaver dedi. Ana birodarlar, aqlli, xushli, g'ayratli odamlar ustiga kelgan musibatni ustiga yegan mashaqqat, makruhni o'zini foydasiga aylantira oladi.
Ulamolardan biri aytgan edi, ustida fitnalar bo'layotgan olimlardan bittasi aytadiki, agar meni qomab qo'yishsa, bu men uchun xilvat. Yolg'iz qolib, birov bezovta qilmaydi, o'tirib ibodat qilaman deydi. Agar yurtimdan haydab chiqarishsa, bu sayohat deydi. Agar qatl qilishsa, bu men uchun shahodat deydi. Uchala holatda ham men foydadaman deydi. Aqlli, xushli odam ustiga kelgan makrullarni ham o'zini foydasiga nima qiladi? O'zgartirib yubora oladi. Birodar, har qancha yomon ahvolga tushib qolmagin, mana shundan ko'ra qiyinroq holat ham bo'lishi mumkin. Shuni eslat o'zingga, bundan battar bo'lishi mumkinda dedi. Mana bitta foyda shu yerda. Shukur keltirasan. Puling tugab qoldimi? Pul yo'q. Sog'liging turibdimi?
Biroz kasal bo'lib yuribsan. Yurting tinchmi? Birodar, ijobiyatni ko'rishni ham o'rgan. Pozitivni ham ko'r, negativniylar ko'ravermasdan. Shunaqa odamlar bor, bilasizlarmi? O'tirdingiz, salbiyatni gapiraveradi, negativni gapiraveradi. Endi anaqa bo'lar ekan. Endi manaqa bo'lar ekan. Mardim manaqa bo'libdi. O'tirding, salbiyatni gapiradi da, yelkanga yuk bosib qoladi. Hayotdan to'yib ketasan.
Hammamiz duch kelganmiz. O'tirding minusni gap, o'tirding vahimani gapiraveradi. Ayniqsa o'g'il bolalar, hushyor bo'linglar. Ko'chada bo'layotgan, insonni qalbiga yoqmaydigan ishlarni uyga ko'tarib, ota enani chi. Axlat yashikka o'xshatib qo'ymanglar. Ko'chadan siqilib, bo'g'ilib uyga kelasizlar, otangizga, eningizga gapirasiz, manaqa bo'lyapti, bunday bo'lib ketdi, savdo bo'lmayapti.
To'g'rimi? Nima bo'ladi gapirib olsanglar, nima qilasizlar, aytaylar? Ha. Yengillaysizlar, ha. Nimani hisobini yengillayapsizlar? Ota enani ezib qo'yish hisobigami? Sizni boqib katta qilib qo'ygani yetmagandek endi, bu yoqdagi problemangizni ham ko'tarsinmi? Shuning uchun ko'p aytaman, ukalar, ota enasi tiriklar. Sizlar ko'chadan faqat yaxshi gap olib kelinglar. Sizni ko'rganda ota enangiz ko'ngli yayrasin. Mana shu bolamni problemasi yo'q. Mana shu bolaman hamma yog'i yaxshi. Siz bilan o'tirgisi kelaversin. Problema o'shancha o'zi.
Quvvatsiz zaif o'g'il bola ko'chadagi muammosini olib kelib otasiga enasiga aytib, ularni qiynaydi. Doim bir yaxshi narsa bor olib kirgani. Iso alayhissalom o'zini shogirdlari bilan, havoliylar bilan ko'chada ketayessa, bir itning o'ligiga ko'zi tushdi. O'lgan bir necha kun o'tgan, hidi kelib ketgan sasv. Deyishdi, havolinglari judayam sassiq, badbo'y, xunuk bo'lib ketibdimi deganida, iso alayhissalom tishlari tekkizakami degan ekan.
Ha deb qorong'ilikda ko'ravermanglar. Ma'qulmi? Shuning uchun ustingga bir falokat, kulfat kelib qolsa, yaxshi tomonini istagin. Agar hayot senga ichish uchun bir piyola limon suvini bergan bo'lsa, unga bir qoshiq shakar solgin da, shirin ichimlik qilib ichib olgin. Bugungi darsimizni xulosasi shu.
Ortiqcha puling yo'q. Minusmi? Zararmi? Lekin ortiqcha g'aming ham yo'q da. G'am tashvish ham yo'q da! Ortiqcha pulin bo'lmasa, yaxshi tomonlari nima desa, darvozani qulflamasang ham xotirjam uxlayverasan. Kurs bilan ishing yo'q. Suyanishing Allohga, tavakkuling Allohga, dunyonga emas. Qiyomatda hisobing yengil bo'ladi. Inshaalloh puling yo'q bo'lsa, qiyomatda jannatga. Inshaalloh boylardan ertaroq kirasan. Chunki hisob kitobing birovdan qarzing yo'q. Ko'chada bemalol yurasan. Ey birodarlar, buni hammasini bilasizlar. Faqat unutib qo'yamiz da. To'g'rimi? A zato deysiz u. A unday bo'lgani bilan deysizmi, mana shu gapni shu yerda ishlatish kerak. O'sha dunyo matohi ko'zlarimizni chalg'itib qo'yganda, oldinib qolamiz.
Rosa kurs o'ynayapti a, dollarni kursi. Kim g'amda, kim xavotir siqilishda, puli ko'plar? Puli yo'qlarga kursda ahamiyati yo'q. Ana foydalari. Qarang, pulingni yo'qligida qancha foyda bor? Lekin sen faqat nimasini ko'ryapsan? Zararni ko'ryapsan. Senga birov ilonni hadya qildi. Nima qilasan? Terisini shilib olasan, terisidan foydalansa birod, qolganini tasha. Chayon chaqib oldimi? O'lib qolmadingmi? Ilonni zaharidan bu immunitet bo'ladi endi. Chayon chaxti o'lmadingiz, tirik qoldingizmi? Foydani qarang, nima ekan? Endi ilonni zaharisiga ta'sir qilmas ekan. Shuning uchun birodar, Allohni taqdiri. Ustingga kelgan yomon kun, yomon ish, allohni ta qdiri. Taqdir, kimgadir bir piyola asal berdi. Unga mazza. Kimgadir bir piyola qaymoq berdi. Unga ham mazza. Yana kimgadir bir piyola qiyonni berdi, qaymoqni berdi. Biriga qaymoq, biriga qiyon. Endi taqdir turli bitilgan, bu Allohni xohishi. Endi senga bir piyola limon suv teydi.
Nima qilish kerak ekan? Peshonam sho'r ekan. Hammaga qyon teydi, qaymoq teydi, asal teydi, menga endi limon teydi. Nima qulasan endi? Achchi, nima qulasan? Birovni o'g'li yo'q. O'zini baxtsiz his qiladi. Qizing bor ku. Birovni nimasi yo'q. Qizi bor o'g'li yo'q. O'g'li bor qizi yo'q. Sen ijobiyat ko'rishni o'rgan. Kim uchta qizni boqib katta qilib dedilar rasululloh.
Joyiga opoq yuvib tarab topshirsa, do'zaxdan parda bo'ladi dedilar rasulullohni. Uchta qizi. Ikkita bo'lsa chi, yo rasululloh? Ikkita bo'lsin. Bitta bo'lsa chi? Bitta bo'lsan ham. Ijobiyatni qara. Bermasa nima qilarding o'sha qizdir o'g'ildir. Nima qilardik, qayoqqa borar eding? Endi birodar senga taqdir, bir piyola limon suvini beribdimi? Bu allohni xohishi. Nima qilasan? Ming'illab o'tirasanmi? Bir qosh shakarni olgin da, shirin sharbat qilib ichib olgin.
Agar meni qamab qo'yishsa deyapti, xilvat. Haydab chiqarishsa, sayohat. Qatl qilishsa, shahodat. Yana bitta misol. O'sha ukamizni o'g'lansang, lekin boshlaymiz ma'ruza. Bo'ldimi? Cho'kka tushib oling. Men jon olib jon beryapman qarang, siz uxlayapsiz e.
Bu bola ham mashaqqatdan o'ziga foydali tomon topyapti da mana. Domla ma'ruzada zeriktirib olsa, bitta foyda tomoni ikkilomi yumshoq bugun. Hidlari yangi. Uxlab oladi. Bishkekka ketmoqchisan, samolyotga bilet bo'lmay qoldi. Samolyotga bilet yo'q. Endi mashinada ketish kerak. O'n olti soat, o'n yetti soat ketasan. Mushkulami? Mushkula. Bir piyola limonmi? Bir piyola limonsuvmi? Limonsuv. Endi shakar solish kerak unga. Nima qilasan? Ikkita kitobni qo'lingga olib ol. Kitob o'qib ketasan.
Bir qoshiq shakar shu. Ikkita kitobimiz bir qoshiq shaka bo'ldi, quydik, sayohatdan foydalandik. Endi futbolni gapiraman da men. To'rtta komanda ikki soatga stadionni oladi. Yutqizgani chiqib o'tirib oladi, yutgani aylantirib o'ynaveradi. Seni komandang ha deb yutkazyapti. Kirding, ikkita gol urishyapti, chiqib ketyapsan. Ikkita o'yin bo'lguncha o'tirasan. Siqilib, bo'g'ilib asabingni o'ldirmasdan, oyoq qo'ling qizib turibdi. Fizikaga ishlab ol.
To'rtta turnik tortinib qo'y, yigirmata press qilib qo'y. Foydalanib qol. Yo'q, sen unaqa qilmaysan, siqilib o'tirib olasan. Mana shunaqalar. To'g'ri aytyapmanmi? Tayyor o'tiribsan qizib, ishlab ol. Shuning uchun birodar, ustingga kelgan musibat seni o'ldirmabdimi? Demak, shu musibat seni kuchliroq bo'lishga olib boradi. Ustingga bir mashaqqat keldi, o'ldirib qo'ymadimi? Demak, endi sen kuchliroq bolasan. Birodar, taqdiringdan shikoyat qilib ming'illab o'tirma. Pesheniyada bor ekanmi? Tamom. Ichish kerakmi? Ichish kerak. O'sha bir piyola limon suv berdi. Boshingga tushdimi? Tushdi. Endi nima qilasan? Bir qosh shakar sol, shirin sharbatga aylanadi. Shuning uchun birodar, aytyapmizki, hayotingda senga yoqmaydigan narsa sodir bo'lgan bo'lsa, shu holatni yaxshi tomoniga qara. Uni o'zingni foydanga aylantirib qo'r. Qiyin sharoitga moslan, o'zingga foyda chiqar, ehtimol, sen bir narsani yomon ko'rasan, lekin Alloh shuni orqasida senga ko'p yaxshilik qilib qo'ygan bo'lishi mumkin. Agar senga hayot, taqdir, ichishing uchun bir piyola limon suvini bergan bo'lsa, sen bir qoshki shakar aralashtirgin da, shirin sharbat qilib ichib ol.
Himmat degani nimani tushunamiz biz? Oliy himmat odam desa nimani tushunamiz biz? Faqat saxovatni tushunamiz. Yo'q, biz u saxovatni aytmoqchi emasmiz. U darsimizni saxovat va baxtlilikda o'tib bo'ldik. Biz aytayotgan oliy himmat bo'lishlik, kishi yuksaklik intilishi. Oliy himmat bo'mish, inson o'zini oldiga maqsadlarini eng oliysini qo'yishi. Oliy himmat bo'mish, ana shu oliy maqsadiga yetishlikka bo'lgan yo'lda sustkashlik qilmaslik. Oliy himmat deganda shuni tushunamiz endi. Oldiga katta maqsadni qo'yish, shunga intilish va sustkashlik qilmaslik.
Eng oliy himmat musulmon kim? Allohni roziligini eng katta maqsadi qilib qo'ygan odam. Kofir shuncha shu dunyoda yashashlikni eng oliy maqsad qilib qo'yg'an odam. Robiya turdi ni ka'b. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam g'animalarni tarqatayotganlarida, unga ham nasiba tegdi. Yo rasululloh, bu nima dedi? Yo rasululloh men bu narsa uchun iymon keltirmadim sizga. Rasululloh sallalloh bundan so'radi. Nimani istaysan? Nimani xohlaysan? Muvaffaqiyatga kafel jannat. Siz bilan jannatda birga bo'lishlik endi dedi. Duo qiling, ishlaringiz shay ketsin, duo qiling, qarzlarimdan qutulay, duo qiling, bolalarim yaxshi bo'lsin. Bu dunyoda o'zingiz narsasini so'ramayapsiz. Chunki har qancha uzoq yashamasangiz, baribir kuni ketishligi bor. Haqiqiy narsani so'rayapsiz. Ana oliy himmat. Jannatga kirib ham to'g'ri noto'g'ri kirishlik emas, sizni yoningizda turishingizni so'rayman. Odamlarni himmatlari turli bo'ladi. Masalan, talabalarni oladigan bo'lsangiz, kimdir himmati oliy bo'ladi, o'zini sinfida a'lochi bo'lishligi bilan kifoyalanmaydi. Butun o'sha bir jomeosida yoki madrasasida yoki maktabida birinchi bo'lishini xohlaydi. Faqat diplom olishlik uchun o'qimaydi, diplomni ham qizilini olishlikni xohlaydi. Hamma baholarini besh bo'lishini xohlaydi. Yana bir shunday bir tolib ilmlar bor, toliblar himmatsiz.
Shu eplab kunini o'tkazib olsa bo'ldi. Eplab bir uch olsa yu, ekzamendan bir balo qilib nima qilsa, o'tib, qo'liga diplom olib olsa bo'ldim. U ham tolib, bu ham tolib. Bunisi oliy himmat, ikkinchisi himmatsiz. Birodarlar, oliy himmat inson maqsad qilgan amalini qila olmasa ham, ajrni olaveradi. Masalan, nima deymiz, bugun falon falon falon ishlarni qilaman dedi, ulgiyma hammasiga deb harakat qildi, og'rib qoldi. Qila olmadi. Lekin ajrni olaveradi. Nima uchun? Himmati oliy edi. Qasd qilgan edi shuni. Sid qidirlan qilishlikni niyat qilgan edi, lekin Allohning taqdiri bilan qila olmadi. Demak, niyati baland edi, himmati oliyydi, qilmasa ham ajrga ega bo'laverdi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Haybar g'azotida g'animatlarni tarqatar ekan, bir a'robiy kelib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirdi. Rasululloh unga ham o'ljani berdi. Haligi a'robiy: "Yo Rasululloh, men bu narsa uchun iymon keltirmadim sizga". Bu narsa uchun sizga ergashganim yo'q dedi. Ha, nima deb ergashding menga? Mana shu joyimga deb tegir tegini ko'rsatdi, kamon o'qi sayilib, jangda o'lib, shahid bo'lib jannatga kirishlik uchun iymon kelardim sizga dedi. Ertasi kungi jangda uni olib kelishdi.
Haqiqatdan o'sha jangda u kishi qatl qilindi. Ko'rsatgan joyiga kamon o'qi saylib, shahid bo'lgan edi. Rasululloh aytdilar: "Sadaqalloha va sadaqahulloh". Ya'ni Allohga bo'lgan va'dasida sodiq edi, Alloh uni niyatiga yetkazdi. Ana oliy himmatlik. Bir kishi zamonamizda bo'lgan ishlardan katta bir kompyuter kompaniyasiga shu ish joyi borligi haqida bir e'lon bo'ldi, kirmoqchi bo'ldi. Farroshlikka. Boshqa hech qo'lidan kelmaydi, faqat farroshlik. U bilan suhbatlashib, uni ishga oladigan kotib buni chaqirdi, o'tirib suhbat qildi, savollarga javob berdi. Haligi kotib aytdi, mayli, biz siz bilan bog'lanamiz, qabul qilingan, qilinmaganingizni xabarini beramiz. Emailingizni bering bizga dedi. Email, pochta. Endi men kattalarga aytyapman, emailingizni buring dedi. Haligi odam aytdi, meni emaylim yo'q dedi. Iye, shu zamonda shu asrda yashab turib emaylingiz yo'qmi sizda dedi. G'arib endi bu. Ha yo'q dedi. Bo'ldi, qabul qilinmadingiz. Chunki asringizdan orqada qolib ketibsiz dedi. Farroshlikka ham yaramadi. Endi qo'lni tushirib o'tirish kerak da. Bo'ldi, endi meni bo'lgan narsani shu yerda men. Farroshlikkaga ham yaramayman ekan. Yo'q, u himmati bor odam edi. O'ylandi, bozorga borib turib bir karobka pomidorni o'n dollarga sotib oldi.
Maydalab ko'tarib yurib sotdi. U yoqqa yugurdi, bu yoqqa yurdi, o'n ikki dollar qo'lida pul bo'ldi kechki payt. Xursand. Shu ikki dollarga ishlaymanmi endi, e, deb turib bo'ladi yu. Bolalarimizni ishtahosi baland, himmati emas. Sen ishlab turaver kuniga ikki yuz so'mdan. Alloh u yog'iga bir yo'l ko'rsatar desa, e, deydi. To'g'rimi? U srazu kuniga yuz dollardan ishlash topishi kerak u. Mana rossiyaga jo'natib turib pul jo'natib yuborasizlar u bolalaringlarda. O'shaqa borib bularni olib ishlatayotgan haligi robotodatel bilan gaplashinglarda. Na tilni biladi, na hunari bor, na cho'ntagida pul yo'q.
Boradi, boradi keyin pul jo'natdi. E, oson qol, yo'q, ammo hunar bilan jo'natuvdingizmi? Yo'q. Til bilanmidi? Yo'q, puli. Mana qilib turing. Eshitdinglarmi ikkinchi tomonda? Bu odam qo'lini tushirmadi, o'sha ikki dollarga qanoatlandi, ertasi kuni borib ikki karobka sotib oldi. Yugurdi, yugurdi, uygurdi, sotdi. Ikki karobkadan yaxshiroq foyda qoldi. Haligi ishni qilib uddasidan o'tgandan keyin himmati yana ko'tarildi. Xullas shu ish bilan rostmana shug'ullanib, bir muddat o'tgandan keyin shu shahardagi yaxshigina meva cheva tarqatadigan odamlarni bittasiga aylandi. Shirkat ochdi, firma ochdi.
Qo'lida pul bor, qo'lida odamlar ishlaydi. Endi o'zi yetarli bo'lib qoldi. Qo'lini tushirib olmadi muhimi. Keyin o'ziga o'xshab shu bir firmasi bor odam bilan gaplashib o'tirdi da, gapi tugagandan keyin haligi odam turib ketayotib, emailingizni berib qo'ying menga dedi. Ya'ni bitta firmani boshlig'i, emaili bo'lishi kerak. Pochta bo'lishi keraksin, elektronniy pochtasi. Dedi haligi odam meni emailim yo'q dedi. E? Emaliz bo'lmay turib bitta firmani yurgizyapsizmi? Emaliz bo'lganda nima bo'lardi degandi, unda farroshlik qilib ekan bo'lardim dedi.
Ha, kimdir bir ishga yaramasligi mumkin. Ha, masalan, malo xunarga kirishni epla olmadi, ammo boshqa ishlarda uni bir imkoniyati, iqtidori bor bo'lishi mumkin. Inson qo'lini tushirmasligi kerak. Oliy himmat bo'lishi kerak. Oldiga maqsadda kattasini qo'yish kerak, yoshlar. Ha endi, bizga yo'l olsin. To'g'rida, qaranglarda. Maktabda narigini tugatgan bolalar bor. O'qituvchilarni yo'l ola maktabni bitirib, attestat olib chiqib ketgan. O'shalarni ko'pchiligini qarasangiz, bozorda hunar tijoratda ishi zo'r bo'lgan.
Agar kerak bo'lsa, shu boyagi ancha muncha a'lochi o'qiganlar, uni qo'lida ishlaydigan bo'lib qoldi. Ha maktabda o'qishga yaramasanglar bo'ldi, odammasdan spisat qilmanglar. Siz bilmaysiz bolangizni qanaqa iqtidori bor, qanaqa qobiliyati bor. Farzand tarbiyasi degan darsimizda bu narsani aytib o'tganmiz. Yigitlar, ustachilikda ish bo'lmadimi, dehqonchilikka urib ko'ring o'zingizni. Bo'lmadimi yana bir ishga urib ko'ring, qo'lingizni tushirmang. Chunki sizdan harakat Allohda barakot. Muvaffaqiyatga erishdi, shu maktabda ikkinchi bo'lgan bola, hunarida, tijoratida. Nima uchun? Qo'lini yerga tushirib olgani yo'q. Alloh taolo bergan himmatini baland qildi. Bitta ikkita muvaffaqiyatsizlik, yoki bitta ikkita mag'lubiyat bilan tushkunlikka tushib ketmadi. Savdogar akalar, sizlar o'zinglarni savdo ko'chasida sinab ko'rdinglar. Yaxshi muvaffaqiyatga erishdinglar, qo'lingizda uch to'rt so'm paydo bo'ldi. Shu bilan cheklanib qolib ketaverasizlarmi? Fevralda bir ishlab chiqarishni boshlab yuborishlik. E, qancha erta boshlasangiz, shuncha ertaroq rivojlanadi. Ha, endi bizda sharoit yo'q. Xuddi sizni yashayotgan yurtingizda shu ishni qilayotganlar bor.
Tijoratni ishlab chiqarishga aylantirib olgan bir akamiz bitta bir savdogar odamga men ishni qileylik desa, oyiga qancha topamiz deyapti, srazu. Ey, oyiga qan cha topaman dema, ishlab chiqish bunaqa bo'lmaydi. Bir yil ketar, ikki yil ketar ishingni yurgizib oyigacha. Ungacha pribildni istama. Necha pul bo'ladi oyiga deydi. To'g'rimi? Savdogarlar? Shuning uchun olib kelib sotishdinglar, uddasidan o'tdik, boshqa narsada ham o'zimizni sinab ko'raylik, ishlab chiqarish qilaylik. Men sizlarga hozir dunyo tanigan katta katta kompaniyalardan to'rttasini atini aytib beraman. Ishini nimadan boshlagan ekan, aytaymi?
Joy arendovat qilgani puli yo'qligidan akasini, amakisini, dadasini garajida boshlagan eken ishini. Men shularda tarixni o'qib o'rganib chiqdim, atay shu dars uchun. Birinchisi, Apple kompaniyasi uydagi garajda o'tirib boshlagan ekan ishini. Ko'pchiliklarni qo'llari bor a iphone? Ikkinchisi Microsoft. U ham garajda boshlagan e kan ishini. Keyingisi Google.
To'rtinchi firma ana shu dunyo tanigan, Harley Devidsen ekan. Ana shu dunyodagi eng mashhur mototsikllar ishlab chiqaradigan kompaniyalar bormi? Garajdan boshlagan e can ishini. Ukalar, akalar, sizlar qo'linglarda tushirmanglar, bizga non yo'q demanglar. Katta gulxan kichkina uchqundan boshlanadi, qo'linglarda turmanglar. Adidas firmasi nimadan boshlagan? Bitta ustaxonadan boshlangan. Aka uka kosiblar bo'lgan.
Mercedes zavodi bilasizlarmi nimadan boshlangan? Mercedes kompaniyasi dunyodagi eng mana kuchli kompaniyalardan. A bitta ustaxonadan boshlagan. Ulardan qarang, bular g'ayridinlar bular. Bular namozi yo'q, bularda taqvosi yo'q, ibodat yo'q, faqat himmati bor, harakati bor va sabri bor. Shular yetgani nimaga musulmonlar yetmasligi kerak? Bitta yutkazib qo'ysa bo'ldi, tugadi degani emas.
Muvaffaqiyatga intilgan odam mag'lubiyatlarga tayyor turishi kerak. Cho'qqiga chiqmoqchi bo'lgan odam qo'li shilinishi, tizzasi shilinishiga tayyor turishligi kerak. Hech narsa bo'lmaydi, hech yetti shilinmaydi qachon? Dadangizni topganini yeb o'tirgan paytingizda. Sen o'g'il bola. Otang yetkazgan joyga yetsang, sen hali hech narsa qilganing yo'q. Dadang yetgan joydan o'tsang, bir narsa qilgan bo'lasan.
Alloh Taolo Qur'onda bir qissani keltiradi. Banu Isroilning olimlaridan o'tishi. Mana shu kishining qissasi keltiriladi. Astaydubillah, vot luh alayhim naba alladiy atayna huayatina fan salahon min fa'atba hush shayton fakani minal g'ovin. Bu odam Alloh Taolo unga bir ilm bergan edi. Lekin dunyoga berilib ketdi, ilmni qo'ydi. Ey Muhammad, sollallohu alayhi vasallam. Ularga bir kimsaning xabarini tilovat qiling. U kimsaga oyatlarimizni bildirgan edik, ilm bergan edik. Bas u o'sha oyatlarimizdan chetlangach, ya'ni ilmiga amal qilmagach, uni Shayton ergashtirib ketib, yo'ldan ozg'inchilardan bo'lib qoldi. Valavshi'na larofa'na hu biha, valakin nahu ahlada ilal ort fa'atba havo. Agar xohlasak, uni o'sha oyatlar sababli yuqori darajaga ko'targan bo'lar edik. Biz bergan shu ilm bilan uni darajasini oliy qilar edik. Lekin nima qildi u?
Lekin u yerga, ya'ni mol u dunyoga berildi va havoyi nafsi yer yashdi. Shu ilmiga amal qilib, ilmini mahkam tutganida Alloh men martabasini ko'tarardim uni deyapti. Lekin uch to'rt chaqaga ilmiga amalga qilmasdan dunyoga berilib ketdi. Ayrim kishilar ozgina bir qiyinchilikka, mashaqqatga yoki muvaffaqiyatsizlikka tushib qolsa, qo'lini tushirib oladi. Bir kishi hikoya qiladi, do'stimni ko'rgani, shifoxonaga bordim. U shifoxonada ko'proq shol kasallikka uchraganlar, shol bo'lib qolganlar yotar edi. Meni do'stimni xonasiga yaqin xonada butun a'zolari shol bo'lgan bir yigit yotar edi, o'tib ketyapti, salom berib o'tib ketar edim. Ajib narsa shuki, uni ro'parasiga Qur'oni shuni ilib qo'yishgan edi, musxafni. Hali yigit harakatdan qolganim bilan Qur'oni yodlashning imkoniyatim to'xtab qolgani yo'q u, deb qasd qilib, shu har kuni kitobga qarab turib Qur'on o'qir ekan. Oradan bir qancha vaqt o'tganda, shifoxonadagi do'stim bir kuni aytyapti, hali yigitni eslaysanmi? Ha eslayman. Qur'oni yodlab tugat shu yigit.
Ana himmat. Kimdir bunaqa kasalga uchrasa, umuman o'ziga o'zi yopilib qoladi. Birovga gapirmay qo'yadi. Holatini o'zi tang qilib oladi. Bir kuni Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam, e qaranglar, Payg'ambarim sallallohu aleyhi vasallam, agar so'rasanglar, Firdavsul a'lodin so'ranglar deganlar. Amallarimiz shu eson omon jannatdan bunday o'malab o'tib olsang o'zi kattakon a, to'g'ri. Lekin Rasululloh bizni himmatimizni oliy bo'lishini istayaptilar.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir kuni sahobalarga qarab, ey, Banu Isroildagi bitta kampirchalik ham bo'lmaysizlarmi? Dedilar. Kim edi u kampir? Nimani orzu qilgan edi? Bir a'robiy Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam oldiga kelganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga ikrom ko'rsatib so'ra dedilar. So'ra hojatingni. Rasululloh, ming yana bitta tuya bo'lsa, bir echki bo'lsa ki, ayolim sog'ib bizga sutini bersa, deganda Payg'ambarim sollallohu allayhi vasallam shu gapini aytdilar. Ey, Banu Isroil bitta kapirchalik ham bo'lmaysizlarmi? Yo Rasululloh, kim edi u kampir? Nima qildi u kampir? Bu hadis sahih birodarlar. Muso alayhissalom hadisni mazmuni. Muso alayhi salom Banu Isroil bilan Misrdan chiqqanidan keyin yo'lni yo'qotib qo'yishdi. Falastinga ketadigan yo'lni yoqotib qo'shishdi. Shunda Muso alayhi assalom so'radi Banu Isroil ulamolarida, nima gap? Ular aytishdi Yusuf alayhi salom o'lishidan oldin bizdan ahd olgan, bizdan va'da olgan Banu Isroilni ulamolaridan. Nima deb? Agar Misrni tarqalib chiqib ketadigan bo'lsanglar, meni yotgan joyimdan olib chiqib ketasizlar o'zinglar bilan.
Uni yotgan joydan olov olib chiqib kelmaydigan bo'lsak, bizga yo'l yo'q deyishdi. Endi Muso alayhissalom bilan Yusuf alayhissalom o'rtasida juda katta uzoq muddat o'tgan. Shunda kim biladi uni qabrini? Dedi. Bir qari kampir bilishligi ma'lum bo'ldi. Olib kelinglar uni, dedi Muso alayhissalom. Olib kelishdi. Yusuf alayhissalomni qabrini bilasizmi, qayerdaligini? Bilaman. Ko'rsating bizga, dedi. Ko'rsatmayman, dedi. To meni talabimni bajarmagin iloji ko'rsatmay man dedi. Nima talabingiz bor, degandi, jannatda siz bilan birga bo'lish, dedi.
Muso alayhissalom bu gapi yoqmadi, Muso alayhissalom. U meni qo'limdagi narsa emas, dedi, bermadi talabini. Yo'q, uni bermayman, dedi, bo'lmasa yuraveringlar, dedi. Sahroda yuraveringlar, Falastinni topa olmaysizlar, dedi. Alloh Taolo vahiy qildi, Jabr alayhissalom, Muso alayhissalomga yetkazdi, so'raganini ber. So'ngra aytdi, bir kichkinagina ko'lga borishdi. Shu ko'lni suvini bo'shatinglar dedi. Bo'shatishdi, kavlanglar dedi, Yusuf alayhissalom o'sha yerdan topishdi. O'zlari bilan chiqib ketishdi, yo'l ularga ochildi. Nimani so'rayapti kampir?
Bomdod namoziga turishni olinglar da. Himmati oliy inson shart turadi o'rnidan. Himmati yo'q odam uxlab qolishini yo'lini qiladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar, ya qudu shaytonu ala qofiyati rosa hadukum, ida nama, ida huva nama, salat u qoding. Sizlardan bittalar uxlasa, shayton boshini orqa tarafiga uchta tugunni chugib qo'yadi. Birinchisi, har bir tugunni uradi da, senga uzun kecha bor, uxla deydi. Agar musulmon uyg'onib, Allohni zikr qilib, bismillah desa, bitta tugun yechiladi. Turib tahorat qilsa, ikkinchi tugun yechiladi. Namoz o'qisa ikki rakat, tugunlarda hammasi yechiladi. O'zi harakatchan, ruhi pok, himmati oliy bo'lib turadi. Agar undoq qilmasa, ruhi shirkin, o'zi dangasa bo'lib o'rnidan turadi. Shuning uchun ilm talabida yurgan ukalar, tolib ilmni oliy himmatlisi qanaqa bo'ladi, bilasizmi? Bitta kitobni ushadimi? Monomon kunda tugataman deydi, tugatadi.
O'qiyotgan madrasasimidi, jomiyasimidi, programmasidan o'zib ketishlikda harakatini qiladi. Bir yilda ikkita sinfga o'tishlikda payida bo'ladi. Kunini o'tganiga xursand bo'lmaydi. Tushunarlimi? Tolib ilm ukalar, agar himmatingiz oliy bo'lsa, shunday qilingki, hech kim sizdan o'zib ketmasin.
Sizga yetishlikda o'ylashib ham qo'yishmasin, baribir yeta olmaymiz unga deysiz. Shu darajada harakat qilishlik kerak. Shunaqalardan bir narsa chiqadi. Shunaqalarda. Ko'rmaysizmi? Devornilikka yaramog'di, biznesmen bo'lib ketdi. Nima qilmadi? Qo'lini tushirib olmadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kunlarni birida aytdilar, meni ummatimdan yetmish ming kishi jannatga behisob, hisob kitobga kiradi. Shunda uka o'sha kuni muhsin, yo rasululloh duo qiling, men o'shalardan bo'lay, siz o'shalardan bittasisiz dedi. Ikkinchisi, duo qiling, men ham o'shalardan bolay, birodaringiz o'zib ketdi. Qarang, uka o'sha tuni muhsin, qarang, men qanday yetmish tadan bittasi bo'laman, qanday so'rayman? Men o'zimni kimligimni bilsam, men ulardan bo'la olmayman demadi. Issiq qilib urib qoldi. Himmat baland, o'shalardan men bo'laveray bittasi. Rasululloh siz o'shalardan birittasisiz dedi.
Saidnur saiya, birodarlar, ellik yil birinchi safga takbiri ulug'oyga kech qolmagan ekan. Besh mahal namoziga. Ellik yil. Mana himmat. Mana himmat. Ulamolardan biri aytadi, Afrikaga odamlarni islomga da'vat qilgani chiqdim.
Faqir mamlakatlar, dindan uzoq kishilar, ularni orasida ikki hafta turishni niyatini qildim. Men borib joylashgan imorat juda ham bir eski edi, qulayliklari yo'q. Ammo Alloh uchun da'vat qilaman deb keldim, sabr qildim. Keyin o'zimni qilayotgan ishimdan ozgina g'ururlandim. Qara. Shu joylarga kelib da'vat qilib yuribsan. Shunaqa bir boy mamlakatingni, shunday zo'r sharoitini tashlab, o'zing nima qilyapsan? Da'vat qilyapsan. O'zimga bo'lgan g'ururim paydo bo'ldi. Odamlarni orasida yurib da'vat qilarkanman. Bir necha kun muhojirlar, ma'ruzalar qilgandan keyin, bir g'arblik ayolni ko'rib qoldim, mana shu qoratanlik, afrikalik odamlarni o'rasida. Kim u deb so'rasam, bu missioner ayol. Nasroniylikka shu mahalliy aholini da'vat qilayotgan ayol. Olti oydan beri shu yerda yuribdi, deyishdi. O'zimga bo'shgan bahoyim o'rniga tushib qoldi. G'ururim ketdi. Bu ayol o'zini botil diniga da'vat qilish uchun Yevropadagi qulayliklarni tashlab, olti oy mana shu qora odamlarni, afrikalik odamlarni orasida yuribdi. Uni himmatini qarang u, bu kishini himmatini qaray. Bizda ham shunga o'xshagan himmat bormi?
Qanday kun edi darsimizning nihoyasi? Mushriklar Quraysh qabilasi boshchiligida o'n ming kishilik qo'shnini to'plab Madinani ustiga kelishdi. Musulmonlarni adadi oz. Dushman katta. Xavotir katta. Musulmonlar xanda qazib, himoyalanishlikka majbur. Orqa tomonda turgan Banu Qurayza yahudlari ahdini buzishdi, xiyonat qilishdi. Oldida o'n ming qo'shin turibdi xatar solib, orqa tomonda Banu Qurayzani xiyonatidan musulmonlar xavotirda, juda ham ozchilik musulmonlar qoldi. Munofiqlar aytishdiki, Alloh va Payg'ambarimizga faqat g'ururni, yolg'on narsani va'da qilishgan ekanda deyishdi. Lekin iymon keltirgan oliy himmat muomalasi nima deyishdi? Ha, da, ma, va'dan Allohu va rasuluh. Mana shu narsa Alloh va Rasul bizga va'da qilgan narsa. Shu sinovlar keladi, shu imtihonlar bo'ladi deb aytgan, biz shunga eralganmiz. Mana shu imtihonda o'tishlik uchun turibmiz deb, sobit turishdi. Alloh Taolo olgan o'zining nusratini berdi. Birodarlar, oliy himmat inson. Himmati past bo'lgan inson. Bu kishi teng bo'ladimi? Musulmon odamni himmati oliy bo'ladi. U firdavsul a'loni orzusida bo'ladi. Robbisini diydorini ko'rishni, rasululloh sollallohu alayhi vasallamni suhbatda bo'lishini orzusida bo'lad. Endi himmati past odamlar esa faqat shu dunyoda uch to'rt chaqaga ega bo'lishida g'amida yashaydi.
Birovga foydasi tegmaydi. Birovni bir mushkulasini hal qilishga bir harakat qilmaydi. Jamiyatni bir foydasini o'ylash yo'q, yo'q. Bunaqa ma'nolardan uzoq. Menga tegmanglar, men ham tegmayman. Men tinch qo'yinglar. Himmatsiz odam. Menga nima deydi yu? Bo'lyapti mahallada noto'g'ri ish bo'lyapti, aroq sotilyapti, falonchi bir bezorlik qilyapti, falonsha buzyapti mahallani bolalarini. Menga nima dedi yu, mana shu himmati past odam bo'ladi.
Lekin himmati past bo'lgan odam o'zini huzul halovatini o'ylab uyda yashar ekan, bu odam baxtli bo'lmaydi. Qaranglarda. Qarsak choluvdim, devoldan qarsak qaytdi. Sizdan qanaqa narsa chiqsa jamiyatga, bu borliqqa, shu borliqdan sizga shu narsa qaytadi.
Tushuntira oladimi, ukalar? Xudbinlik yaxshi narsa emas. Sal balandroq narsani mo'ljallash kerak. Mana shu oliy himmat bo'lish, mayda narsalar bilan ovora bo'lmaslik, yuqoriroq narsalarni maqsad qilib yashashlik insonni saodatli qiladigan omillardan bittasi. Siz jamiyatga yaxshilik ulashing, bu borliq sizga shu jamiyat yaxshilikni qaytaradi.
Robbizda tushuning, siz borlig'ida ekanini shuni tushuning. Siz o'zingizni shukuringiz uchunlar, o'zingizni huzul halovatingiz uchunlar yashang. Jamiyatdan sizga xuddi o'shanacha narsa keladi. E, tanishing yo'qmi, manaqa qilish kerak. E, tanishing yo'qmi, manaqa qilish keraksiz. Senda yo'qmi, senda yo'q. Nimaga yo'q? Chunki sen hech kimga foydang tegmagansan sen. O'shaning uchun seni kiyiming yo'q. Jamiyatga foydangiz tekkan bo'lsa, o'sha sizdan foyda ko'rganlardan foyda qaytadi aytdi ku. Qarsak cholgandingiz, qarsak qaytdi. Sutek cholgandingiz, sutek qaytdi. Siz jamiyatga nima bersangiz, jamiyatdan shu narsa qaytadi sizga. Balnitsaga chiqib yotibsiz, birov ko'rgani ham bormaydi, chunki siz borganmassiz da. Hashar qilsangiz birov kelmaydi, chunki biz borganmiz sizni birovni hashariga. To'g'rimi? Nomiga borib qo'yasiz, ikkigacha sekin jilvorasiz, kiyimingizni ko'tarib.
Ha, bor a shunaqalar ichimizda? Bunaqa odamlarda bor tashvishi, hozir aytayotganimizdek, yeyishi yu huzul halovati. Bunaqalar haqiqiy bechor odamlar. Bunaqa odamlarda boy g'ami o'zini huzul halovat, qonni qursog'i, idish tovog'i, uyi, hangomat, qasrlari xolos. Bunaqalar ko'zlarini ibrat osmoniga qaratmaydi. Fazilat yulduzlariga hargiz nazar solmaydi. Qaramaysizmi sahobalarni, tog' ben'larini, ulug' insonlarni. Hayotini dini uchun, xalqi uchun, mamlakati uchun, vatani uchun bergan, Alloh Taolo bularni ismlarini qiyomatga chizdik qilinadigan qilib qo'ydi.
Mel shu narsalar bilan ovora bo'lib qolishlik. Mashinasi o'n ming dollarlik mashina. Yigirma ming dollar sarfladim mashinaga deydi. Yangi olgan mashinasi o'nta ming dollarlik, mashina bir oyning ichida yigirma mingt sarfladi. Nima emish, shaharda bitta bo'lib yursinmish. Himmatni qarang.
Himmatni qaroing. O'n ming dollarlik mashinaga yigirma ming sarflab yubordi. U karkasilar qoldi da uni. Mana shu oliy himmat odam emas. G'amni qaroing. Tashvishda nima ekan, shaharda bittada bo'lib yursa ekan. Ha, pulni o'zi topgandan keyin o'zi sarflaydi, bizni ishimiz yo'q, lekin oliy himmat musulmon yigitga shunaqa qilish to'g'ri keladimi? Qarindoshlarda bordir muhtoj odam, o'sha yigirma ming, o'n mingini berib qo'y, bermaydi. Chunki uni maqsadi nima? Primitivda.
Hikmatli so'z, birodarlar. Sultonni qasrida ishlaydigan ishchi. Sultonni nazarida qadrini qanchaligini bilmoqchi bo'lsa, o'sha saroyda ishlayotgan ish chiqarasin. Sulton uni qaysi ishlarga buyuryapti? Qaysi ishda sulton unga ishonyapti? Shundan bilib qo'yaversin sultonning nazdidagi qadrini.
Agar biz ham Alloh Taoloning huzurida qadrimiz qanaqa ekanligini bilmoqchi bo'lsak, qaraylik. Alloh bizni nima g'amlar bilan band qilib qo'ydi? Nimalar bilan kallamiz band? Nimalarda orzusi umidida yuribmiz? Robbimiz bizga nima ishlar deb yuryapti? Qaysi ko'chada bizni ishlatyapti? Agar himmatingiz oliy bo'lsa, Robbi sizni yaxshi ko'ribdi. Ummatga, xalqimga, vatanimga foydam tegsin, jamiyatga bir foydali inson bo'lay degan balandroq narsani fikr qilayotgan bo'lsangiz, demak Alloh sizni yaxshi ko'ribdi.
Ma'qulmi? Shunaqa odamlar bor. Bir majlisga kirsa, borligi bilinmaydi. Yo'q bo'lsa, yo'qligi bilinmaydi. O'lib ketsa, o'lgani ham bilinmaydi. Ya'ni hech kimga foydasi tekkan emas bu odamni. Shuning uchun birodar, kechagi kuningga qara. Bugungi kuningga qara, ertangi kuningga qara! Arzigulik biror narsa bilan bandmisan?
Innalloha idha ahabba abdun ista amalahu. Rasululloh aytganlar, Alloh bir bandani yaxshi ko'rsa, ishlatadi deganlar. Qanaqa qilib ishlatadi yo Rasululloh? O'zi rozi bo'layotgan, yaxshi ko'ringan ishga buradi. Shu yerda ishlatadi. Endi Alloh Taolo bir bandani yomon ko'rsa ham ishlatadi. Qanaqa qilib ishlatadi? O'zi yoqtirmagan tomonga urib qo'yadi. Birodar, mayda narsalar seni sindirib yubormasin. Himmatni balandroq qil. Oliy himmat bo'l.
Agar Robbing seni dinni xizmatiga burgan bo'lsa, xalqingni, vataningni, ummatingni xizmatiga safarbar qilgan bo'lsa. Xursand bo'l. Robbing seni yaxshi ko'ribdi. Sendan yuz o'girmabdi. Chunki sendan Robbing yuz o'girganiga belgisi bor. Hasan Basri aytadi, Alloh bir bandadan yuz o'gurganining alomati uni befoyda narsalar bilan ovora qilib qo'yishidir.
Befoyda narsa bilan kallasi band qilib qo'yardi. Demak, shu bandadan Alloh Taolo yuz o'girdi. Murod Ali, oxirat hayoti talab qiladi va talab qilinadi. Dunyo hayoti ham talab qiladi va o'zi ham talab qilinadi. Kim oxiratni talab qilsa, bas dunyo hayoti uni talab qiladi, banda dunyodan rizqini to'liq qilib oladi.
Endi kim dunyoninglar talab qilsa bas u kishini oxirat talab qiladi o'limi to'satdan kelib ushlaydi. Ulamolar aytishadi, odamlar bu dunyo matohiga qanchalar muhabbatli bo'lishsa, hayotda shunga yarasha azob, g'am qayg'uda yashaydilar. Oxiratni o'ylamasdan faqat dunyo matohi deb yashayaptimi? Muhabbati qancha qattiq bo'lsa dunyo matohiga, mayda chuyda narsalarga qanchalar muhabbati qattiq bo'lsin, mashaqqati, azobi shunga yarasha bo'ladi. Shuning uchun biror narsa saodatli bo'lmoqchimisan, mayda narsalar seni sindirib qo'ymasin. Mayda narsalar bilan ovora bo'lib qolmagin.
Mayda narsalar nima o'zi? Mashinasi chizilib qolibdi. Burayotuvdi, vufr chizilib qoldi. Siqiladiki, uyog'i yo'q. Ha, kraskalasa bo'ladi yu, to'g'rimi? Ya'ni agar sen shu dunyoni arzimas matohini asosiy maqsad qilib olgan bo'lsang, baxtsizliging shunga yarasha bo'ladi. Qalbing kerak emas, arzimas narsalar bilan band bo'ladi. Hayoling har yoqqa sochilgan bo'ladi. Faqirligidan qo'rqib yashaysan, zebzingni orqasidan quvib yurib yashaysan.
Ishchi o'zini xo'jayinini oldida qadri baland bo'lishini xohlasa, bu ishchini tashvishi xo'jayinni buyrug'ini amalga oshirish bo'lishi kerak. Tushunarlimi? Xo'jayinning oldida qadr qiymatingizni ko'tarilishini xohlaysizmi? G'amingiz xo'jayin rozi qilish bo'lsin, g'amingiz buyruqni bajarish bo'lsin. Shunda xo'jayin sizni qadrlaydi. Allohni rozi qilishingiz, birinchi g'amingiz bo'lsin, qolgan narsani Alloh Taolo nima qilib beradi? Tekkizlab qo'yadi. Mana shunga o'xshagan mayda narsalar bilan qalbi band bo'lib qolgan odamlar qimmatli umrini, vaqtini nimalarga sarf qilayotganini qarang da.
Bunaqa mayda chuyda narsalar bilgan ovora bo'lgan, o'zbekcha aytganda melichniy odamlar qarasang hali xotin bilan janjallashar ekan. Keraksiz narsalarni muhokamasi, talashib tortish bilan umrida turayotganini ko'rasiz. Bu musibat bu. Bu musibat. Buni yo biladi, yo bilmaydi. Bunaqa odamlarda oliy maqsad degan narsani o'zi bo'lmaydi. Yuksaklik, intilish bo'lmaydi, bolaveradi bizga shu, yetadi deydi, bo'ldi deydi. Tirikchigimizni o'tyaptimi, bo'ldi, boshqa narsani keragi yo'q. Sal, yo'q, bizga kerak emas. Bu himmatsiz, past odamlarda bo'ladi.
Bu borliq vakuumni ko'tarmaydi. Agar idish bo'shasa, uni ichini havo egallaydi. Bitta ko'zida suv turuvdi, suvni to'yib yubordingiz. Endi ichi bo'sh qoldi. Uni ichida havo bo'ladi. Bu nima degani? Agar birodar seni muhim, zaril va ulug' ishlar fikringni, qalbingni egallamasa, demak qalbingni mayda, razil past narsalar egallaydi. Qaytaramiz. Agar seni qalbingni, fikringni muhim, ulug' ishilar band qilmasa, seni qalbingni mayda, razil, past narsalar band qilib qo'yadi.
Ishingda oliy himmat yo'qmi? Demak sen mayda narsa bilan ovora bo'lasan. Yosh yigitsan, biror sohani bilimdoni bo'lishga intil, yoki bir kasb hunarda bir mutaxassis bo'lishga harakat qil. Talabamisan, gruppangdagi eng birinchi bola, eng birinchi o'quvchi bo'l. Mana endi savol tug'iladi. Muhim, zarur, arzigulikda bo'layotgan narsalar haqida bir fikr qilish kerak. Men muhim, zarur, jiddiy, arziguli narsalar bilan kallam ovora deyapsan. Endi o'sha sen muhim deyotgan narsalarni tekshirib chiqqinda, haqiqatdan ular muhimmi? Haqiqatdan g'am qilishiga arziydimi?
Diqqat qil bunga. Chunki sen shu muhim deb bilgan narsangga umringni sarflayapsan, vaqtingni sarflayapsen, vujudingni sarflayapson, pulingni rohatingni sarflayapsin. Agar sen muhim deb qilayotgan ishlaring arzimas bo'lib qoladigan bo'lsa, nima bo'ladi? Kasodga uchraysan. Qiyomat kunida payg'ambarimiz aytadilar la ta'zulu qodama abdi yavmal qiyamat hatta yuz an umri hifi ma'fna hu. Qiyomatda bir bandani oyog'iniidan jilmaydi, to'rtta narsa haqida savolga javob bermaguncha. Qiyomat qoyim bo'ldi. To'rtta savolga javobi berasan, keyin jilasan uningdan. Birinchisi, umri haqida so'raladi. Nimaga sarflading umringni? Muhim narsalargami yo arzimagan narsalargami? Ilmi haqida so'raladi. Amal qildimi, yo'qmi? Moli haqida so'riladi. Qayerdan topdi, qayerga sarfladi? Va o'zini jismi haqida, jasadi haqida so'roladi. Nima bilan bal olading jasadingni?
Shuning uchun, birodarlar, biz qaysi narsa muhim, qaysi narsa mavjud emas, ajratib olishimiz kerak. Bugun boring uyga. Daftarni oling da yozing. Nimalar bilan o'rovli yuribsiz? Mana bu, mana bu, mana bu narsalar. E, chizib chiqing. Mana bu muhimmi, muhim emasmi? Qarasangiz, yarmidan ko'prog'i o'zi muhim emas narsalar bo'ladi. Qaysi ishlar muhim emas, masalan?
Yo'q, domla, bizda hammasi muhim, bizda muhim emas. Futbolga balnichilar bormi? Bor. Futboldagi natijaga qarab siqilib bo'g'ilishlik muhimmi, muhim emasmi? Nimaga muhim emas? Uxlamay ko'rasizlar u. Muhimmi, shu muhim emasmi. Siqiladi, svet o'chib qoldi, srochniydek dvijoga olib kelish kerak. Liga chempionati finali bo'lardi.
Yigitlar, qaranglarda, muhim emas ish, juda ham ko'p bizlar. Va mana shu muhim emass narsa bilan ovora bo'layotganimiz bizni baxtsiz qiladi. Himmat nima? Himmat bu qalb amali. Himmat insonni harakatga keltiradigan ichki kuch. Insonni harakatiga keltiradiganichki kuch. Himmat insonning ichki quvvati. Endi mana shu himmat yo oliy bo'ladi yo past bo'ladi. Bu quvvat kuchli bo'ladi yoki zaif bo'ladi. Solihlardan biri aytadiki, himmatingni saqla. Albatta u hamma narsaning boshlanishi. Agar himmating to'g'ri bo'lsa va sen u himmatingga sodiq bo'lsang, qolgan hamma amaling to'g'ri boladi.
Himmating bormi ishingda deydi. Ya'ni yuragingda bir o'ting shijoating bormi deganida. Yuragida shijoati, himmati bor odamlar inayves tasha oladi. Yuragida himmati quvvati bor odamlar inesport zalga postoyanno bora oladi. Himmati oliy bo'lgan insonlar bo'ldi to'xtatdim deydi. Qorinni yarmi to'ldi, bo'ldi to'tatdim deydi. Oliy himmat insonlar qila oladi.
Ya'ni ichki quvvati borda. A aytdik ku, himmat nima desa, insonni harakatga keltiradigan ichki quvvoti, ichki kuchi to'xtata olmayaptimi? Demak himmati yo'q buni. Himmat degan so'zni tushundinglarmi ikkalari endi? Himmat faqat nima emas ekan? O'zi avvalambor o'g'il bolaga birinchi navbatda ibrat bo'ladigan odam bu uni otasi bo'ladi. Xususan bir o'n yashargacha o'g'il bola uchun eng birinchi odam ibrat, ota. Agar ota oliy himmat bo'lsa, shijoatli bo'lsa, bir g'ayrati, ichki quvvati bo'lsa, haligindan ko'ra o'rganadi. To'g'rimi? Yotadi ota.
Oliy himmat inson qanaqa bo'ladi? O'sha mayda narsalar bilan ovora bo'lmaydigan odam. Oliy himmat inson bekor o'tgan umriga nadomat chekadi. Bugun o'tdi, bir pora u Qur'onni qo'ya olmadi. Bugun kun o'tdi, birovga bir yaxshilik qila olmadi, zikr qila olmadi, ibodat qila olmadi. Oliy himmatli inson qanaqa bo'ladi? Past narsalarga ko'nmaydi. Ikkinchi sort bo'lishga ko'nmaydi. Doim birinchi bo'lishga intiladi. Boshqalar uchun xayol bo'lgan narsa u uchun yengil bo'ladi.
Olihimmat insonlar nodir bo'ladi. Ko'p bo'lmaydi bunaqalar. Payg'ambarimiz aytadilar, tajiduna nasa kayi bili miya. Odamlar xuddi yuzta tuyaga o'xshaydi. Bir top yuzta tuya. La yajid rojulu fihha rohilatan. Mingani bitta rohilatini topa olmaydi odam deydi. Odam ko'p, lekin himmati bor ekan. Olihimmat inson jannatdan boshqa narsaga rozi bo'lmaydi. Olihimmat inon o'zini qadrini yaxshi biladi. Kibr emas, g'urur emas, o'zini qadrini biladi. O'zini xor qiladigan o'ringa qo'ymaydi. Oliy himmatli inson o'zini obro'yini, o'zini sharafini, o'zining mehnatini ustiga quradi. Nasl nasabiga, dadasini avtoritetiga, falonchini jiyani ekanligiga emas. Tushunarlimi?
Men falonchini o'g'liman. Men falonchini jianiman. O'sha odam himmati yo'q odam. Oliy himmat inson o'zini sharafini, obro'yini, o'zining mehnatini ustiga quradi. O'zinikida. Dadasini puli bilan, dadasini obro'yi bilan obro' yotirib olganlar bor. Ferrari. Ferrari. O'n sakkiz yashar yigit eshikni ochib olib, oyog'ini tushirib o'tiribdi, kalitni o'ynatib. Hamma ko'rib turib o'n sakkiz yashar yigit Ferrari minib olibdi. Hamma qiziqyapti, qanaqa tijorat qilar ekan. O'n sakkish yasharda Ferrariga ega bo'libdi. Ferrari necha pul o'zi?
Ferrarisi bor yo'qmi? Xullas eng qimmat sifatingni mashina, hoji aka? Uka, nima kasbingiz bor, nima ish qilasiz? Desa, o'g'ilman deyapti. O'g'ilman deyapti. Ya'ni boyni bolasida, dadasi menda o'zi hech kim emas da.
Bu oliy himmatli inson emas. Bu dadasi ertaga o'lsa, dadasini puli yo'q bo'lsa nol bo'lib qolaveradi. Shuning uchun yigitlar, haqiqiy oliy himmatli o'g'il bola, men falonchini o'g'liman deb ketkengmaydi. U shunaqa o'g'il bolaki, dadasi ketkeng yuradi men falonchini dadasiman deb. Shunday ish qilib qo'ygan, shunday yashab qo'yganki, oliy himmat yigit. Ota onasi uni atini aytib faxrlanib yurishadi.
Bormi shunaqa himmat yigitlar? Urug'ingiz sizni atingiz aytib faxridan qilib qo'ya olasizmi? Demak, oliy himmat inson o'zini sharafini, hurmat obro'yini o'zining mehnatini ustiga quradi. Nasr nasabiga, falonchini farzandiman deyishlik ustiga emas. Inna alloh ta'ala yuhibbu ma'aliyal umur va yakka rahmah sabfasi faha. Rasululloh aytadilar, albatta alloh taolo ishlarning eng oliysini yaxshi ko'radi. Past raznilarni yomon ko'radi. Birodar, oliy himmat bo'l. Hayotda seni past narsalar sindirib qo'ymasin. Unaqa mayda chuyna narsalar bilan kallangni qalbingni band qilma.
Oliy himmat insonlar hamma ishida himmati baland bo'ladi. Ilm talabida ham himmati baland. Ibodatida ham, haqni talab qilishda ham, allohga da'vat qilishda ham kasbikorda ham hammadan oldin bo'lishlikka harakat qiladi. Oliy himmatli insonlar. Endi insonni himmatini pasaytirib yuboradigan narsalar ham bor. Insonni himmatining ko'taradigan narsalar ham bor. Himmatingizni yuksaltiradigan sabablar, ilm, basirot, oxiratni unutmaslik, o'limni eslashlik, duo, oliy himmat insonlar bilan ham suhbat bo'lish, solih insonlar majlisida nasihatlarga quloq tutish. Shularni eshitgan, mana himmatinglar ko'tarildimi ozgina? Ilm majlisi bo'ldi da. Ilm majlisi buldi da. Himmat ko'tarildimi?
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam xudoybek kunida mana qur'ash bilan suvga kelishganlar. Umra qilgani keldilar, qurish kirgizmadi. Xudaybiya degan joyda rasululloh qurish bilan sulhga keldi. Xudaybiye sulhi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga xudaybiya kunida u zot bilan kelgan bir ming to'rt yuzta odam qo'lini qo'liga qo'yib bay'at berishdi. Agar qurish bilan jang bo'ladigan bo'lsa, tashlab ketmaysizlar. Bir ming to'rtyuzta odam bay'at berdi. Ular ana shu bay'atlari bilan Allohni roziligiga erishdi.
Laqodirat yo'llohu an il mu'minina id yubayi ya'unaka taxtash shajara. Ana shu daraxt ostida sizga bay'at berganlardan Alloh rozi bo'ldi, dedi Alloh Qur'onida. Ular muhimi mana shu joyda urush bo'ladimi, bo'lmaydimi, muhim emas. Muhimi eng asosiysi Allohga bergan va'dasini ustidan chiqish. Boshqa narsa muhim emas. Issiq bo'ladimi, sovuq bo'ladimi? Bay'atda turaylik, dedi. Ana shu bir ming to'rt yuzta odamni ichida bitta odam kelgan edi munofiqlardan. U bay'at bermadi. O'zini qizil tuyasi bor edi, tuyasini g'ami bilan yurdi. Tuyasini orqasidan yurdi. Tuyasini yo'qotib qo'ymaslik kerak. Urush bo'lib ketadigan bo'lsa, tuyasi chiqib ketmasin qo'lidan. G'amni qarang. Bir ming to'rt yuzta odam Payg'ambarga bergan va'dasida turishlik g'am qilib turibdi, bu tuyasini g'amini qilyapti. Endi nima bo'ldi? Tarixda Rizvon bay'ati deb nomlangan mana shu bay'at tamom bo'lgandan keyin Payg'ambarimiz aytdilar, mana shu daraxt ostida bay'at berganlar jannatga kiradi, hammasi, faqat qizil tuya egasi kirmaydi.
Ko'rdingizmi? Tuyasini g'amini qildi, maydonasini g'amini quldi, jannatdan mahrum bo'ldi. Ulamolar aytishadi, Allohni rozi qilaman degan bandaga himmat kerak, ilm kerak. Himmat nima qiladi? Himmat harakatga boshlaydi, yuksaltiradi. Ilm esa uni yo'lini to'g'rilab turadi. Oliy himmat insonlar uchun odamlar xayol qilayotgan narsa bugungi haqiqat bo'ladi. Odamlar, o, bolamikin degan odamlar turganda, bu shu narsani qilib qo'yadi. Shuning uchun birodar, ishlaringni bir tekshirib chiq. Sen ular bilan ovora bo'lishingga arziydimi? Agar arziymaydigan ekanini topsang, ularni tasha. Shunda sen g'am tashvishlaring kamayib, o'zingni baxtiyor va xursand his qilasan.