Agar deydi Alloh Taolo. Agar mendan yuz o'girganlar meni ularga bo'lgan intizorligimni, ma'siyatlarni tark qilishlariga bo'lgan shovqinni bilishsa edi, ularning qalblari menga bo'lgan muhabbatdan uzilib ketgan bo'lar, hamda menga bo'lkan shovqinlaridan vafot etgan bo'lar edilar. Mendan yuz o'tkazayotganlarni menga qaytishdagi qanchalar mushtoqligimi, qanchalar shuni yaxshi ko'rishimni bilganida o'lib qolardi qalbi erib.
Mendan yuz o'girganlarga bo'lgan irodam shunday. Endi menga iqbol qilayotganlarga nisbatan irodam qanday bo'lardi? Manda Alloh Taologa qaytay, bo'ldi endi tavba qiling degan fikrni kallasiga olib kelishligi bilan hali hech narsa qilmadi, qaranglar. Bo'ldi endian, bugundan ishlayman. Bo'ldi, bugundan boshlab, namozni boshlayman. Shu fikr kallasiga kelishligi bilani Alloh Taolo shu va meni qalbiga saodatni berib qo'yadi.
Alloh azza va jala Qur'onda shunday marhamat qiladi. Astayidubillah, va'ttaqu yavman turjaunafihi ilalloh. Simma tuaffa kull nafsimma kasabat va hum la yu'zulamu. Va barchangiz Allohga qaytariladigan kundan qo'rqingiz. Qiyomatdan qo'rqinglar. So'ngra har bir jonga qilgan amali uchun to'la jazo beriladigan va hech kimga zulm qilinmaydi. Alhamdulillah, hirob bil alamin, hammamiz musulmonmiz. Alhamdulillah hirob bil alomin. Allohni borligiga iymon keltirganmiz.
Hammamiz jannatni yaxshi ko'ramiz. Hammamiz janratga kirishni va uning oliy darajalariga yetishlikni xohlaymiz. Hammamiz do'zaxni yomon ko'ramiz. Do'zaxga kirib qolishlikdan, do'zaxga ahl bo'lib qolishlikdan Allohda panoh tilaymiz. Alhamdulillah, robbilar alamin musulmonmiz. Robbimiz bizga amr qilgan, buyurgan buyruqlarni bajaramiz, lekin bajarayotganimizdan ko'ra mukammalroq bo'lishligini xohlaymiz. To'g'rimi?
Ana shu amallarni mukammal suratda bajarish bizni foydamiz ekanligini bilamiz. Bilamiz, shuning uchun mukammalroq qilaylik deymiz, amallarimiz yana ham chiroyli bo'lsin deymiz, ammo doimo bunga qodir bo'lavermaymiz. To'g'rimi? G'ayrat bilan, jiddu jaxt bilan, shijoat bilan bir ishni boshlaymiz, ammo bu g'ayratimiz uzoqqa bormay qoladi.
Tanish manzarami? Bo'ldi, ertadan boshlab bomdodni masjidda o'qiyman deysiz, bomdodda o'qiysiz, ertasi kuni o'qiysiz. Keyin yaxshi bo'lib qolasiz. Ish to'xtab qoladi. Oxiriga yetkaza olmaymiz. Maqsadimizga yeta olmaymiz. Xohlaymiz bironta bir gunoh qilmaslikni. Xohlaymiz Allohning chegaralari, haddarni buzmaslikni. Lekin doim ham bunga qodir bo'la olmaymiz da.
Kitob o'qishining fazilati haqida ma'ruza eshitdingiz. Kitob insonning aqlini o'stirar ekan. Qayroq tosh pichog'ini qayrab o'tkir qilganidek, kitob insonning aqlini o'tkir qilar ekan deb eshitdingiz. Va qasd qildingiz. Bo'ldi. Ertadan boshlab, albatta kitob o'qiyman. Yotishdan avval, uyqudan avval yarim soat albatta kitob o'qiyman deb niyat qilasiz. Niyatni qilmaysiz, kitob ham olasiz. Boshlaysiz ham. Bir kun o'qiysiz, ikki kun o'qiysangiz, keyin nima bo'ladi?
Tanish manzarami? Bo'ldi. Kechki paytda yeyilgan ovqat odamga zarari kam. Domlalar ham aytyaptimi buni, doktorlar ham aytyapti. Bo'ldi, oltidan keyin kechki paytga, yettidan keyin ovqat yemayman. Deysiz. Bir kun yemaysiz. Ikki kun yemaysiz. Endi bizni deydi sharoitimizda, o'zbekchiligimizda qiyin ekan domla. Somordagi oshlarni hammasi kechki payt ekan.
Bo'ldi. Dushanbadan trenirovka zalga chiqaman. Seshanbadan stadionga chiqaman. Chiqasiz bir hafta, ikki hafta. Keyin nima bo'ladi? To'g'ri aytyapmanmi, qo'llab qo'yinglar, hammada bo'lganmi? Qolganlar harakat ham qilmagan, ko'tarmay ekanlar chi. Bular harakat ham qilmagani, demak sizlarga tegishli emas, ma'qul ko'targanlarga tegishlimi a'ruza? Demak sizlar ishonmagansizlar hech qachon bu narsani qila olmasliginglarga, e'tiqodinglar mustahkam, shunday qolaveringlar.
Birodarlar, bu mavzu juda o'ta muhim mavzu. Tavfiq mavzusi. Soddaroq qilib aytaymi, tavfiq nima? Mashinani roli bormi? Motor har qancha kuchli bo'lsin, mashina har qanchalik yangi bo'lsin, xodovoy moshniy bo'lsin, rol ishlamasa u foydasi yo'q, bir siqim temir. Uni tushish bilan bir uch yuzta, to'rt yuzta ot kuchi mana shu ishlab turibdi, qaysi tomonga bossangiz tortaman deb turibdi. Agar siz aytgan tomonga yurmasa, u mashina bizga kerakli narsa bo'lmaydi. Tavfiq, ana shu rul.
Ma'qulmi? Yana ham soddaroq misol aytyapman, tavfiq nima? Haligi bolangiz endi tikka turib yurishni boshlaganda haligi beshikchilar qiladigan arava bo'ladi. To'rtta g'ildirakli roli yo'q. Ikkita g'ishtni solib qo'yasiz, ikkita g'ishni itarib ketyapti. U bola faqat oldiga yura oladi da. Shunda siz turib g'ildiragimni turtib qo'yasan oldini. Besh gradus, o'n gradus burib turasiz, chuqurga tushib ketmasdan to'g'ri yo'lga chiqib oladi. Agar tek qo'yib qo'ysangiz borib devorga taqalib qoladi yoki chuqurga tushib ketadi. Tavfiq, o'sha g'ildiragini tep v tep, to'g'ri tomonga burib qo'yish.
Bo'ldi. Qasd qildim. Haftasiga ikki marta albatta zalga boraman deydi. Uch to'rt kundan keyin eski holatga qaytib qoladi. Tanish manzarami? Bu juda ko'pchiligimizni ustida bor bo'lgan haqiqat. Nimaga shunaqa bo'ladi? Bir qarasangiz, aql hushingiz joyida. Qilmoqchi bo'lgan ishingiz sizni foyda etganligiga aniq ishonasiz. Ikkilanmaysiz, boshlaysiz, oxiriga yetkaza olmaysiz. Nima uchun shunaqa bo'lladi? Nima qilsak, mana shunday bir xayriyatli ishlarni davomiy suratda bajarib, maqsadimizga yetamiz. Qanday qilsak, gunohlardan osonlik bilan tiyilamiz. Bizga. Bu narsa uchun nima kerak?
Mana shu narsaga yetishish uchun bizga nima kerak? Bizga tavfiq kerak. Allohdan bo'lgan tavfiq. Agar Allohdan bo'lgan tavfiq bo'lmasa, biz ko'zimizni ochib yumushga ham qodir bo'lmaymiz. Og'zimizdagi tupurigimizni ham yuta olmaymiz, agar Allohdan tavfiqi bo'lmasa. Mana besh mahal namoz o'qiymiz. Har namozimizda Fotiha surasini o'qiymiz. Ihdin as sirotul mustaqim deymiz. Parvardigor, bizlarni to'g'ri yo'lga boshlagin. Nima, to'g'riyo'lda emasmizmi? Alhamdulillah, hirobil aylanib, to'g'rida emas, islomdamiz, iymondamiz. Lekin nimaga doim o'qiymiz buni? Chunki alloh taolo o'zi to'g'ri yo'lga boshlab turmasa, to'g'riyo'lda turishingizga tavfiq bermasa, o'zi qo'llamasa, yo'lamasa, siz ko'z ochib bunchalik muddatdan ozroq muddatda adashib ketib qolasiz.
Agar Alloh Taoloning o'zi bizni to'g'ri yo'lga boshlamasa, o'zimizni holimizga tashlab qo'ysa, holimizga voy bo'ladi. Agar Allohning tavfiqi bo'lmasa, adashib ketishligimizda shak shubha yo'q. Biz bu yerda tavfiqni ta'rifini o'qiymiz, tavfiq haqida ummatning ulug'lari aytgan so'zlarini o'qiymimiz va nima qilsak tavfiq egasi bo'lamiz?
Tavfiq nima? Tavfiq so'zining lug'aviy ma'nosi. Lisanul arabda aytiladi, va fahohullohu subhanahul il xoyr alhamahuvahu va minat tavfiq. Alloh uni yaxshilikka muvaffaq qildi, uni yaxshilika ilhomlantirdi. Mana shu narsa tavfiq deyiladi.
Alloh sizni o'zi yaxshi ko'rgan, o'zi rozi bo'ladigan yaxshi ishlarga yo'llab qo'yishi, ilhom berishi tavfiq deyishadi. Muhjamil vositda keltiriladi. At tavfiqu minallohi lila abd saddu to liqa shshar va tasili to liq il xoyr. Alloh tomonidan bandaga bo'lgan tavfiq, yomonlik yo'lini to'sib, yaxshilik yo'lini oson qilishlik.
Tavfiq yaxshilikka bo'lgan ilhom. Tavfiq hidoyat qilish, to'g'ri yo'lga boshlash, yordam. Tavfiq qo'llashlik va muvaffaqiyat. Tavfiq yomonlik yo'lini to'sish, yaxshilik yo'lini osonlashtirish. Va fahahulloh. Alloh uni muvaffaq qildi. Tavfiq berdi. Nima degani? Yo'l yo'riqni Alloh Taolo tushib qo'ydi.
Alloh unga tavfiq berdi deymiz. Ya'ni, ana shu tavfiq olgan odamni shu ishni qilishga ilhomlantirdi. Qadamlarni to'g'riladi va intilayotgan ishlarida muvaffaqiyat yetkazdi. Tavfiq. Bu haqni bilishlik. Alloh tavfiq bergan odamgina haqni taniydi. Endi haqni tanib qolishlikni o'zinglar komil tavfiq emas. Chunki haqni tanib turib amal qilmasligi ham mumkinda.
Tavfiqning komil ko'rinishi haqni taniysiz va unga amal qilasiz. Demak, tavfiq so'zi umumiy suratda iymon, amal, taqvo, Allohni roziligi, baraka va hamma yaxshi kelinlarga bo'lgan ilhom. Biz, birodarlar, tavfiq deganda umumiy insonni Allohni rozilik olib boradigan ikki dunyoning xayriyatlarini qo'lga kiritishlikni nazarda tutyapmiz.
Xo'p. Tushunarli bo'ldi, tavfiq. Endi savol bor. Kofirlar ham bu dunyoda ko'zlagan maqsadiga yetyapti. Ularga ham ilhom berilyapti. Ular ham ko'zlagan maksadiga yetishyapti. Ularniki ham tavfiqmi? Yo boshqa narsami?
Qarasangiz, ayni tavfiq, chunki bular ham ko'zlagan maqsadiga yetyapti. Kofirlarni mana shu dunyo maydonida qo'lga kiritayotgan yutuqlarini ham tavfiq desak bo'ladimi? Ya'ni qarasangiz, dunyoda hamma hayriyati bor ularni qo'lida. Dunyo hayriyatlaridan foydalanishida ular hammadan peshqadam. Boyligi bor. Sog'ligi bor, mansabi bor, quvvati bor, boshqa shunaqa ne'matlari bor. Ular ham tavfiqmi?
Yo'q. Biz nazarda tutayotgan tavfiq bu emas. Chunki dunyo maydonidagi muvaffaqiyat boylik bo'ladimi, mansab bo'ladimi, shuhrat bo'ladimi, aql bo'ladimi, tadbir bo'ladimi? Bular Allohni taqdiri bilan sodir bo'laveradi. Ya'ni Allohdan ana shu kofirni, Alloh azza va jalloh ana shu kofirmi boy qilishda taqdir qilgan, boy bo'laveradi!
Ammo biz aytayotgan tavfiq bunaqa emas. Alloh odilzod. Dunyo maydonida muvaffaqiyatga erishishligi uchun qanday sabablarni qilish kerak? Kim shu sabablarni qilsa, Allohni muvaffaqiyatga yetkazaveradi. Iymoni bormi, yo'qmi, farqi yo'q. Dunyo maydonida qo'lga kiritiladigan muvaffaqiya.
Qanaqa sababini qilishingiz kerak? Shu sababni qilsangiz, beraveradi. Biz aytayotgan tavfiq Allohni roziligiga olib boradigan. Ikki dunyoning saodatiga sabab bo'ladigan ishlarga yetishlik tavfiq bo'ladi. Demak, dunyo maydonida kofirlarni qo'liga kelayotgan xayriyatlar tavfiq deyilmaydi.
Ha, men namoz o'qimasam ham ishlarim zo'r ketyapti deydi yu. Eshitamiz da shunaqaga. Mana sen namoz namoz deysan, taqvo deysan, namoz o'qimasam ham, taqvodor bo'lmasam ham beryapti yu menga desa aytamiz, bu taqdir bu. Chunki sen qilayotgan ishni men ham qilyapman, menga bermayapti. Demak taqdir u. Allohni tanish, uning buyruq va qaytarg'alarini bilish va ana shu buyruq qaytarg'allariga amal qilishlik haqiqiy tavfiq bo'ladi. Ha to'g'rida.
Mana haligi Steve Jobs o'lib ketdi. Apple kompaniyasining asoschisi. Sakkiz milliard dollar qoldirib. O'sha yashayotgan paytda muvaffaqiyatning ramzi bo'lib qoldi. Steve Jobs desa, bu muvaffaqqiyatning simuli bo'lib qoldir, ramzi bo'lib quldi. Hamma havas qildi, o' dedi. Mana haqiqiy tavfiq topgan odam dedi. Ellik olti yoshida oshqozon ostida bezana raka bilan ketaverdi. Endi quruq ketdi u yoqqa. Tavfiqmi bu?
Tavfiq. Allohni rozi qiladigan amallarga muvaffaq bo'lish, Allohni rozi qila oladigan ishlarni qilishlikka yo'l ochilishi biz atayotgan tavfiq bo'ladi. Bandani ikki dunyoda ham saodatli qiladigan tavfiq, bu taqvo va solih amallarga bo'lgan tavfiq.
Nima uchun kafillarga berilgan mana shu dunyo matohi tavfiq deyilmaydi? Chunki Alloh Taolo bu dunyo matohini musulmonga ham, kofirga ham nima qiladi? Beraveradi. Sababini qilsa beraveradi. Dalil astaydu billah. Kulla numiddu ha ulay va ha ulay min ato i robbik, voma akana ato i robbika mag'zura.
Ey Muhammad alayhissalom deydi Alloh Taolo Qur'onda. Bu dunyoda odamlarning barchalariga, hammalariga, mana bu mo'minlariga ham, onovu kofirlarga ham Parvardigoringizning ne'matidan ato eturmiz. Parvardigoringizining ne'mati hech kimdan man qilinmas. Dunyo maydonida beraveradi hammaga. Endi o'ylab ko'ring, agar dunyo maydonida faqat mo'minlarga ne'matlar berilsa, kofirlarga hech narsa berilmasa, unda narigi kofirlar ham o'sha ne'mat uchun muammo bo'lib ketardi da.
O'shaning uchun, ey bandalarim, deydi Alloh Taolo, berganim mukofot emas. Bermaganim jazo emas. Berganim sinov, bermaganim shifo. O'shaning ustida bir odamni ikkinchi odamdan qadr qiymatini belgilayotganda musulmonlar. Boyligini birinchi o'ringa qo'ymaydi.
Iymoni, amali, taqvosi, solih amallariga qarab turib, bizdan balandroq bo'lsa, demak shu odam Allohga bali yaqinroq, bizdan yaxshi deymiz. Garchi kambag'al bo'lsa ham. Lekin bizni odamlarda, aksariyatda, hozirgi odamlarni ko'pchiligini kallasida xudoga yoqqan joyi borki, zuvolasini. Kofirlarni, kofirlarni. Bu dunyoda qo'lga kiritayotgan boyligi, sog'ligi, mansabi, peshqadamliklari nima ekan? Ollohni taqdiri ekan. Bu dunyo matohini Olloh mo'minga ham, kofirga ham berib yuborar ekan.
Tavfiq emas ekan bu. Balki istiroji bo'ladi, birodarlar. Kofirlarni bu dunyodagi muvaffaqiyati tavfiq emas. Taqdir, Ollohni taqdir. Yoki istidroj bo'lishi mumkin. Har qancha gunoh ma'siyat fisq hujurga kirsa ham Olloh Taolo kasal ham qilmaydi, kambag'al ham qilmaydimi, qo'liga beraveradi, beraveradi, haddidan oshi mana, biz deganda Olloh Taolo ko'tarib yerga chopadi. O'shaning uchun g'arbni, shaharqni, dunyo maydonida, dunyoni mol mulkida siz bilan o'zidan o'tib ketganligi bizni nima qilmasin? Aldab qo'ymasin.
Chunki bu dunyodagi berishlik, bermaslik hech narsani hal qilmaydi. Ha, musulmon odam boy bo'lgani yaxshi, kambag'al bo'lmagani yaxshi, boylikni Alloh'dan so'rash kerak, kambag'allik bo'lishingdan panoh tilash kerak. Lekin shu so'ragan duolaringizdan keyin Alloh qanaqa kun berayotgan bo'lsa, rozi bo'lishingiz kerak. Ana shu rozi bo'layotganingiz ham tavfiq.
Ey Xudo, men senga nima yozuvdim? Bir musibat kelsa. Ey Xudo, qaysi qilgan gunohim uchun? Bor a shunaqa gaplar. Demak, Alloh o'sha o'zi bergan kunga rozi bo'lmayotganligi, demak, Alloh unga tavfiq bermaganligi, rozi bo'lishlikka yo'l ochmaganligini belgisi.
Eskilarini so'kishi bo'ladi da, betofuq deb qo'yadi. Eshitganmisizlar bir marta shu? E, betofiq deydi. Endi tushundinglarmi nimaligini? Betofiq degani Alloh uni o'z holiga tashlab qo'ygan odam. Allohni hisobidan chiqib ketgan odam, tugagan odam degani bu. E, betofiq dedi. Birodarlar, agar Allohning tavfiqi bo'lmasa, tupurgingizni yuta olmaysiz.
Bor da shunaqa boy akalarimiz. Undan ko'ra puli ozroq bo'lgan odamlar qilayotgan sarf xarajatni, xayriya ehsonni yarmini ham qila olmaydi. Nimaga? Nima yo'q? Endi, tavfiqni qo'lga kiritishimiz uchun bizga nima kerak? Bizga solih amal kerak. Alhamdulillah, hirot bir alamin musulmon bo'ldik. La ilaha illalloh, muhammadur rasulullohda musulmon bo'rdik. Endi ana shu tavfiq bizda doim bo'lishi uchun, o'sha tavfiq bizda ziyoda bo'lishi uchun nima kerak bizga? Solih amal kerak. Astaydibilla. Mana amila solihan min dakalin av unta, vohivo mo'minun, falon uhi yannahum hayatan toyiba, valanadzi yannahum ajrahun bi axsanima, kanu ya'malun. Alloh taolo aytyapti. Erkakmi, ayolmi? Kimda kim, mo'min bo'lgan holida biron yaxshi amal qilsa, erkak ayol farqi yo'q ekan. Musulmon bo'lsa bo'ldi ekan. Savob amal qiladigan bo'lsa musulmon bo'lib turib, Alloh nima deyapti? Bas, biz unga pokiza hayot ato eturmiz.
Va ularni o'zlari qilib o'tgan amallaridan chiroyliroq, ajr savoblar bilan mukofotlaymiz. Erkak ayol farqi yo'q. Mo'min bo'lsanglar va mo'min bo'lib turib savob ish qilsanglar, Biz unga pokiza hayotga tavfiq beramiz. Ya'ni pokiza hayotga yetishniki yo'l ochib qo'yamiz deyapti.
Tavfiqni qo'lga kiritishlik uchun Bizga nima kerak ekan? Solih amal. Oyatdan ma'lum bo'lyaptiki, tavfiqning asosi solih amallarni qilish. Qancha ko'p amal qilasiz, solih amallarnini ko'p qilasiz, Allohning tavfiqi shunchalar ustingizda doimiy bo'ladi.
Tazarru, Allohga iftixor, toatlarni bajarishlikka Allohda yordam so'rashligimiz kerak. Va mana shu o'rinda tavfiq degan ne'matga ega bo'lishimiz uchun Bizga foyda beradigan eng ulug' amallardan bittasi duo. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam maozo mne jabal roziyallohu anhuga shunday nasihat qildilar. Usika ya ma'od la tada anna fiy dubri kunli salating taqul. Allohumma ayni aladik rika va shukrika va husniy ibadatik. Imomahmad va abu dovud rivoyat. Rasululloh aytdilar, ey maoz, men sizga har namozni ortidan parvardigor, seni zikr qilishda, senga shukur qilishda va senga go'zal tarzda ibodat qilishda menga yordam ber deb aytishingizni vasiyat qilaman.
Bizdan sodir bo'layotgan har qanday yaxshi amal alloh taoloning tavfiqi bilangina amalga oshadi. Tavfiq Alloh tomonidan bo'lgan yaxshi amallarga berilgan ilhom. Alloh Taolo sizni yo'llab turishligi, Alloh Taolo siz o'zingizni holingizga tashlab qo'ymasligi. Mana shu tavfiq deyiladi.
Tavfiqqa ega bo'lgan odam ikki dunyoni yaxshiligini qo'lga kiritgan odam. Qaytaramiz. Alloh tomonidan bo'lgan tavfiqqa ega bo'lgan odam ikki dunyoning saodatini qo'l ga kiritadi. Alloh azza va jalla Qur'onda shunday marhamat qiladi. Astaydu billah mana amila solihan min zakariyn av unsa, vohu mu'minun, falannuhi yannahu hay'atan toyyi'ba. Qarang.
Tavfiqqa ega bo'lishimiz uchun biz nima qilishimiz kerak? Nima qilsak bizga tavfiq keladi? Robbimiz Subhanah va Taolo Naxl surasida shunday marhamat qiladi. Erkakmi yo ayolmi? Kimda kim? Mo'min bo'lgan holida, biron yaxshi amal qilsa, bas, biz unga pokiza hayot ato eturmiz.
Bu Allohning va'dasi. Erkakmi, ayolmi, mo'min bo'lsa, musulmon bo'lsa, yaxshi amal qilsa, Alloh unga pokiza hayot ato qiladi. Ibn Kasir aytadi, bu solih amal qilgan bandaga berilgan Allohning va'dasi edi. Solih amal sizga tavfiq kelishligining sababi ekan. Qancha savobli, solih amalingiz ko'p bo'ladi, shuncha tavfiqqa ega bo'lasiz.
Solih amal nima? Solih amalda nimani aytamiz? Qalbida Alloh va Uni Payg'ambariga iymoni bor bo'lgan erkakni, ayolni ixlos bilan Kitobi Sunnatga muvofiq suratga qilgan amali solih amal deyiladi. Sizni ko'zingizga ko'ringan, yaxshi bo'lib ko'ringan amalni hammasi solih amal deylay olmaydi. U amal solih bo'lish uchun Kitobi Sunnatga muvaqqo bo'lishi kerak, ixlos bilan qilingan bo'lishi keraks, mana shunday solih amal deiladi.
Mana shunday soliq amal qilgan bandani bu dunyoda hayoti osuda pokiza bo'ladi. Qaytaraman. Mana shunday solih amalni qilgan bandaning mana shu dunyodagi hayoti pokiza osuda bo'ladi. Oxiratda bo'lsa, bunaqa amal qilgan odamga dunyoda qilib o'tgan amallarini eng yaxshilari uchun mukofot beriladi.
Yuribmiz ko'cha ko'yda. Nima deb? Bola chaqa tirishchilik deb. Nima uchun tirishchilik, bola chaqa deb yuribmiz? Hayotimiz osuda bo'lishi uchun. Va o'ylayapmizki, chaqamiz ko'p bo'lsa, hayotimiz zo'r bo'ladi. To'g'rimi? Pulimiz ko'p bo'lsin, hayotimiz zo'r bo'ladi. Oyatda aytyapti, boymi, kambag'almi muhim emas ekan. Mo'min bo'lgan holda, solih amalni ko'p qilsa, Alloh shu odamni hayotini pokiza qilar ekan. Boy qilib qo'ymas ekan. Millioner qilib qo'ymas ekan. Albatta mansabga o'tkazib qo'ymas ekan. Qanaqa hayot bo'lganda ham, rizqi qanaqa bo'lishidan qat'iy nazar, hayoti pokiza bo'lar ekan.
Pokiza hayot qanaqa bo'ladi? Osuda, osoyishta, xotirjam, qo'rquvsiz, qayg'u xavotirsiz, g'am tashvishsiz hayot. Shunaqa hayot kerakmi? Sog'lik amali ko'proq qilaylik. Pokiza hayot degan so'zni Abdulloh ibn Abbos halol pokiza rizq deb tafsir qiladi. Ali roziyallohu anhu pokiza hayotni qanoat deb tafsir qildi.
Talqa ibna Ubaydulloh roziyallohu anhu pokiza hayotni baxt, saodat deb ta'sir qiladi. Imom Zahok pokiza hayotni halol rizq va dunyodagi ibodat deb ta'sis qiladi. Mana shularda hammasi pokiza hayot bo'ladi. Kimga berilar ekan bu? Solih savobli amallarda ko'p qilgan odamga.
Tavfiq Alloh Taoloning fazli. Tavfiq Alloh Taoloning marhamati. Nima degani? Haq bor, fazl bor. Haq siz ishlab olishga haqqingiz bo'lgan narsa. Tomini yopib berdingiz, o'n ming so'mga. O'n ming sonda olishingiz sizni haqqingiz. Endi uy egasi sizni ishingizni puxtaligini ko'rib turib yana ming so'm berib qo'ydi. Majbur emas. Endi bu fazl.
Ana shu solih amalni qilib Allohda tavfiq umid qiluvdik, Alloh Taolo shunday berib qo'ydi, fazlni ko'rsatib, ma senga deb. Vaholanki loyiq emas edi uyda. Demak, tavfiq Alloh Taoloning marhamati ekan va fazli ekan. Bizni boyagi qilayotgan solih savobli amallarimiz tavfiqni kelishiga sabab xolos. Agar Alloh xohlamasa, fazl ko'rsatishni xohlamasa, solih amal qilganingizdan keyin ham bermay qilib yuboradi u tavfiqni.
Fa'lu lima yuriyd. Robbimiz o'zini xohlaganini qiladigan zot. La muoqqibali hukmihi. Hech kim alloh taoloni hisob kitob qila olmaydi. Nimaga bemadin deya olmaydi? Sizni qilayotgan savobli solih amalingiz tavfiqning kelishiga sabab, lekin beradigan Alloh. U sababni qilsangiz ham bermay qo'yishi mumkin. Chunki tavfiq Allohni nimasi ekan? Fazli ekan.
Shuning uchun men manaqa ish qilib qo'ydim, manaqa ishqilib qo'ydum. Endi albatta tavfiq keladi deb baho bermang o'zingizga. Men masjid qurib qo'yganman. Men birovni haqqini yemaganman. Halol pul bilan bolalarimni boqqanman, endi bolalarim aniq zo'r bo'ladi demang. Chunki bu sizni qilgan savobli amallaringiz, solih amallaringiz sabab xolos. Tavfiqni haqqi emas.
Men mana shuncha savob ish qilib qo'yganman, meni hayotim zo'r bo'ladida deb katta gapirmang. Chunki savobli amallariiz bor yo'g'i tavfiqning sababi. Alloh xohlasa, sababni qilsangiz ham bermay qolaveradi. Banda Allohni rozi qiladigan amallarga qanchalar shoshilar ekan, uni ustiga Allohni rahmati shunga yarasha kelaveradi.
Dinga bo'lgan fidokorligimizga yarasha Alloh Taoloning rahmatiga erishamiz ikki dunyoda. Qaytaraman. Allohning diniga bo'lgan fidakorligimizga yarash a, Alloh Taoloning rahmatiga erishamiz, ikkala dunyoda ham. Din peshin paytida namoz o'qib qo'yish, ramazon kelganda ro'za tutib qo'yilishlar bo'lsa, boshqa payt bilgan ishingizni qilib yurgan bo'lsangiz, demak, dinga fidokorligingiz yo'q ekan. Din faqat ramazonda ro'za tutib bo'yish, qurbon hayit kelganda hayit qurbonlik so'yib qo'yib qo'shish, namoz vaqti bo'lganda namoz o'qib qo'yishlar emas. Hayotingizni boshidan oxirigacha din idora qilish kerak. Shunda Allohni tavfiqi keladi.
Bandani qalbi Allohga bo'lgan iftixor bilan to'lishi, o'zini aqliga suyanmasligi, o'zining quvvatiga, puliga suyanib qolmasligi, o'sini ojizligini tan olishi, zaifligini tan olishi, ilmsizligini tan olish i, robbisini qo'llab quvvatlashligiga muhtoj ekanligini his qilishi tavfiqning sabablaridan. Pulingizga ishonmaysiz, ilmingizga ishonmysiz, aqlingizga ishonmyesiz, zaifligingizni tan olasiz, Parvardigor seni qo'llashingga muhtojman deb turasiz, shunday bo'lsangiz Allohni tavfiqi keladi. Ma'qulmi?
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, matalo hadihil ummatiy kamatali arbati nafarin. Bu ummatning misoli to'rtta odamning misoliga o'xshaydi. Bir kishiki, Alloh unga mol va ilm ato qildi. Bas u ilmiga amal qiladi, molini inqil qiladi, o'rniga.
Bu birinchi odam. Ilmi ham bor, puli ham bor. Ilmiga ham amal qiladi, pulini ham ilfo qiladi. Endi ikkinchi odam. Bir kishiki, Alloh o'rniga ilm ato qildi, mol ato qilmadi. Ilmi bor, puli yo'q. Endi shu ikkinchi odam aytadiki, agar menda ham anavi birinchi odamga o'xshab turib pulim bo'lganida, men ham pulimni savobli o'rinlarga sarf qilar edim.
Rasul aytadilar, fahuma fil ajirisava. Ikkalasi savobda teng. Birinchi odamda puli ham bor, ilmi ham bor. Ikkinchi odamda pul yo'q, ilmi bor. Birinchi odam ilmiga amal qilyapti, pulini sarflayapti o'rniga. Ikkinchi odamda pul yo'q. Agar bo'lsa men ham sarflardim desa, puli yo'q bo'lsa ham, sarflamagan bo'lsa ham niyat qilgani uchun sarflagandaqa savobni oladi.
Yana Payg'ambarimiz aytadilar, vo rojulun atahullohu ma'lum valam yutix ilman. Endi uchinchi odam. Bir kishiki, Alloh unga mol ato qildi, ilm ato qilmadi. U molini noto'g'ri ishlatadi va uni nohaq o'ringa sarf qiladi. Ilmi yo'q, puli bor, pulini gunohga sarflaydi.
Endi to'rtinchi odam. Bir ki, Alloh unga ilm ham, mol ham ato qilmadi. Endi u aytadiki, agar menda ham mana bu uchinchi odamga o'xshagan narsa pul bo'lganida, men ham o'qiganday qilar edim. Uchinchi odam qanaqa odam edi? Puli bor, ilmi yo'q, pulini xonamga sarflayapti. Endi to'rtinchi odam, ana shu pulim bo'lganda men ham shunaqa qanaqa sarflardim desa, Payg'ambarimiz aytyaptilar fahima fil vizri savoa. Endi bu ikkalasi gunohda teng bo'ladi.
Ya'ni, bandani himmati, niyatiga yarasha tavfiq keladi. Bandaning maqsadi va harakatiga yarasha Allohning qo'llovi keladi. Qarang, ilmi bor, puli yo'q. Ilmi bor, pul yo'q. Meni ham pulim bo'lsa sarfladim degandi, savobni teng olyapti. Ilmi ham, puli ham yo'q odam, pulim bo'lmasa gunoh qilardim desa, gunohni teng qilib qo'yapti Alloh Taolo.
Demak, birodarlar, savobli amallar Alloh Taoloning fazli ekan. Shuning uchun bir savobli ishni qilsangiz, men qildim demang. Aytingki, Alloh menga shu ishni qildirdi. Menda har qancha katta savob amal qilsin, e'tirof qilish kerak. Nimani? Bu Allohning fazli. Chunki Alloh tavfiq bermaganida, muvaffaq qilmaganida mana shu ishni qilmagan edi. Agar Allohni fazli yordami tavfiq bo'lmaganida, bandadan bironta savob amal sodir bo'lmas edi.
Astayribilla? Valavla fuzlu'llohi alaykum va rahmatuhu latta baxtumush shaytona illa qoliyla. Mana qarang. Shaytonga ergashganlar jahannamga o'tin bo'ladi. Alloh taolo aytyapti. Agar sizlarga Allohning fazli marhamati bo'lmasa edi, tavfiqi bo'lmasa endi, ayrim kishilardan tashqari hammanglar shaytonga ergashib ketardinglar.
Siz shaytonga ergashtirmayotganligingiz, iymonda, taqvoda turganligingiz ham Allohni tavfiqi bilan ekan. Agar Allohni fazli tavfiqi bo'lar bo'lmasa, juda oz odamdan tashqari ko'pchilik shaytonga erkashib ketardi deydi. Boshqa oyat. Astabi la. Valavla fadlullohi alaykum va rahmatuhu ma zakah ming kun min ahadin abadah. Valakin nalloha yuzakki men yasha'u vallohu sami'un al im.
Agar sizlarga Allohning fazli marhamati bo'lmasa edi, sizlardan biron kishi biron gunohdan pok bo'lmas edi. Gunohdan tiyilayotganligingizni o'zi Allohni fazli ekan. Gunohdan o'zingizni to'xtata olayotganligingiz Allohni tavfiqi ekan. Agar Allohni fazli, tavfiqi bo'lmaganda gunohdan tiyila olmasanglar, dedi Alloh Taolo. Oyatli domen qarang. Lekin Alloh fazli marhamati bilan o'zi xohlagan kishini poklar. Alloh eshituvchi bilguvchidir.
Jumaga keldingiz a? Siz o'zi keldingizmi? Ha bittasi chiqdi, mashinasi buzilib qolib ketdi yo'lda. Ana. Ulamolar aytishadi, agar insonning ilmi komil bo'lsa, qilgan amalini o'zim qildim demaydi. Agar insonning imoni komil bo'lmasa, qilgan savob amalini o'zi qildim deb hisoblamaydi.
Agar insonni ilmi komil bo'lgan bo'lsa, meni amalim bor deb bilmaydi. Buni o'rniga nima deydi? Mana shu ishlarni bajarishlikka muvaffaq qilgan Alloh Taologa hamdu sanolar bo'lsin deydi. Mana shu savobni ish qilishligim Allohni menga bo'lgan fazli marhamati deb biladi.
Aqlli, ilmli inson o'zim qildim demaydi. Amalim bor demaydi, agar Allohni tavfiqi bo'lsa. Agar tavfiq bo'lmasa, nima deydi? Men qilib qo'ydim buni deydi. Nima qilsak, biz men falon amalim bor demaymiz. Nimalar bizda bor bo'lsa, meni amalim bor deb turib o'zimizga ishonib qo'ymaymiz, katta baho bermaymiz. Ujubga berilmaymiz.
Manda har qancha katta savobli amalni qilmasin, ana shu savobli amalini qilishlik Alloh Taoloning fazli ekanligini e'tirof qilishligi kerak. Chunki mana shu qilgan amali Alloh uni shu ishga muvaffaq qilganligi uchun bo'ldi. Agar Allohni fazli, tavfiqi, yordami bo'lmaganida, bu banda mana shu qiladigan savobli ishini qila olmas edi. Astay deb bila? Valavla favlullohi alaykum va rahmatuhu latta baxtumush shaytona illa qolinglar. Agar deydi Alloh Taolo sizlarga Allohni fazli, marhamati bo'lmasa edi, ayrim kishilardan tashqari hammanglar shaytonga ergashib ketardinglar. Ya'ni mana shu shaytonga ergashtirmasdan, serotul mustaqimda to'g'ri turishligimiz Allohning fazli. Agar shu fazl bo'lmasa, juda ko'pchilik odamlar shaytonga ergashgandek, biz ham ergashib ketgan bo'lar edik.
Boshqa oyatda Alloh Taolo aytadi, agar sizlarga Allohning fazli marhamati bo'lmasa edi, sizlardan biron kishi gunohdan pok bo'lmas edi. Lekin Alloh o'z fazli marhamati bilan o'zi xohlagan kishini poklaydi, Alloh eshituvchi, bilguvchi bo'lgan zot. Demak, o'tgan darsimizdan kichkina bir takrorlash bo'ldi. Bizdan qanday xayrli savob amal sodir bo'lgan bo'lsa, buni biz qilganimiz yo'q. Buni Alloh bizga qildirdi. Bu Allohning fazli bo'ldi. Chunki siz qilgan o'sha ehsonni qilishga qodir bo'lgan o'nta odam bor atrofingizda. Ehtimol sizdan ham boyroq odamlar bor. Ammo ularga nasib qilmadi, sizga nasib qildi. Shuning uchun ulamolar aytishadi, agar insonning ilmi komil bo'lgan bo'lsa, qilgan savobli amalini o'zim qildim demaydi.
Agar insonni ilmi komil bo'sa, meni amalim bor deb turib o'ziga katta baho bermaydi. Balki, ana shu amalni bajarishlikka muvaffaq qilgan Alloh Taologa hamdu sanolar aytadi. Aqlli odam o'zim qildim demaydi, aqlli odam amalim bor deb bilmaydi. Xo'p. Mana endi aqlli odam, ilmi to'liq bo'lgan odam meni amalim bor demas ekan. Bu ishni men qildim demas ekan. Endi qachon u mana shunday deya oladi?
Qaysi sifatlar unda bor bo'lsa, meni amalim borda bilmaydi, o'ziga katta baho bermaydi, ujubga ketmaydi. Birinchisi, u mana shu ishga Alloh meni muvaffaq qildi deyish kerak. Astaydubilla, yamunna alayka an aslamu qul la tamunno alayya islamakum balillahi yamunno alaykum an hadakum li li iyman i inkun tum sodiqin.
Arobiylar kelib Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga, ha biz musulmon bo'ldik, biz iymon keltirdik, deb minnat qilishdi. Imonlarini, islomlarini. Biz iymon keltirdik. Alloh Taolo ularga javob berib aytdi. Ey Muhammad alayhissalom, ularga ayting. Sizlar menga musulmon bo'lganlaringlarni minnat qilmanglar. Balki agar iymonlaringda sodiq bo'lsanglar, Alloh sizlarni iymonga hidoyat qilganini minnat qilur.
Iymon keltirganlar rost bo'lsa, Alloh hidoyat bergani uchun iymon keltirdinglar. Biz iymon keltirdik demanglar deyapti. Hatto La ilaha illalloh, Muhammadur rasululloh deyish, sizni o'zingizni ixtiyoringizdagi ishmi? Agar Alloh tavfiq bermasa shu kalimani ayta olmaysiz. Iymon keltirgan bo'lsangiz ham ayting, Alloh meni muvaffaq qildi, iymonga hidoyat qildi deng.
Nikohda domla, endi to'qsoninchi yillarda aytyapman. Nikoh o'qitishdan avval keling kuyovga kalimani talqin qildiradi. Iymonini yangilab olsin, yangi iymoni bilan nikohlansin deb turib, ashxadu alla iloh illalloh va ashxadu anna muhammadan rasululloh desa, kuyov qaytara olmayapti. La ilaha illa Alloh. To'rtta so'z. Ayta olmayapti.
Ehtimol yuzta qo'shiqni yoddan bilar. Ehtimol ikki xil tilni bilar. Lekin shu kalimani Alloh bermasa ayta olmas ekan. Demak, siz meni amalim bor deb o'zingizga katta baho bermasligi uchun, birinchi bilishingiz kerak bo'lgan narsa, bu ishni Alloh menga qildirdi deyishingiz kerak. Astadibillah, va lekin alloha xabba va ilaykumul iyman a? Va zayyanahufi qulubikum va karroha ilaykumul kufr va fursuqi va isyan.
Lekin Alloh sizlarga iymonni suyukli qildi va uni dillaringizga chiroyli ko'rsatdi, hamda sizlarga kufrni, itoatsizlikni va isyonni yomon ko'rsatib qo'ydi. Mana qarang, siz bilan biz muammo sifatida iymonni suyikli deb bilamiz, iymonni yaxshi ko'ramiz. Fisk fujur gunoh masiyatni yomonlik deb ko'ramiz va undan uzoq bo'lishga harakat qilamiz, yomon ko'ramiz. Iymon biz uchun yaxshi narsa va yaxshi ko'ramiz. Fizk fujur biz uchun yomon narsa va uni yomon ko'ramimiz. Iymonni suyuklik qilgan ham sizga Alloh, fizk fujurni xunuk ko'rsatib qo'ygan ham Alloh.
Shuni chaqib olinglar ozgina. Shuni ma'nosini yaxshilab tushunib olaylik. Men o'zim namoz o'qimayapman. Boshlayman desam lyuboy payt boshlab olaman. Deyapsizmi? Kechirib qo'yasiz. Palonchi mana shunday mahallasiga asfalt solib beribdi, ko'prik qurib beribdi, yetimlarda bir tomlarni yangilab beribdi imoratini, transformator qo'yib beribdi da, bir boyni qilgan fazilatli ishini gapirsa, bu yoqda turgan boy aytadi, ha, hech qanchaki pul ketmaydi bunga deydi.
Ha nimaga qila olmayapsiz hech qancha pul ketmasa? Demak Alloh sizga qildirmadi shu ishni. Sizga shu ishni qilishlikka nima bermadi? Tavfiq bermadi, unga berdi. Ha men xohlasam bunday qilib qo'yaman. Qila olmaysan. Demak, birinchi bilishimiz kerak bo'lgan narsa, biz qanday bir savobli, xayrli amalni qilishga muvaffaq qilgan bo'lmaylik, buni Alloh menga qildirdi deysiz. Allohni fazlini, marhamatini, tavfiqini e'tirof qilasiz.
Qalbingizga muhabbatni soldi, keyin qildingiz shu ishni. Qalbingiziga saxovatni soldi, keyin qildingiz shunday ehsonni. Qalbingizi moyil qildi, zikr qildingiz. Qalbingizi oshdi, savobli amallarga yurdingiz. Futbol o'ynaganlar, adin adin chiqasiz. Varatarni ham yotqizasiz. Orqasiga o'tasiz to'p bilan. Varata bilan siz o'rtangizda ikki metr joy qoldi. Yetti metrlik varata. Bir tepasiz shtangaga tegib chiqib ketadi yu.
O'zi teq qo'yib qo'ysangiz to'p haligi yumalab o'zi kelib ketar edi. Shu qoqib tashlayman deb tepasiz, ana, tavfiq yo'qligi shu. Ha, ba'zida shu ko'zingni bir tepib olasiz, uchtasidan o'tib kirib ketib qoladi. Tushunarlimi? Biz hech qachon meni amalim bor, men qildim deb o'zimizga baho bermasligimiz uchun, birinchi bilishimiz kerak bo'lgan narsa, mana shu biz qilgan yaxshi ish Allohning tavfiqi bilan bo'ldi, Alloh qildirdi deyishimiz kerak. Birinchisi shu bo'ldi. Ikkinchisi, agar sizga berilgan ne'matlarga qilgan amallaringizni taqqoslasak, qilgan amalingiz Alloh Taolo bergan ne'matning o'ndan biriga, yuzdan biriga ham to'g'ri kelmaydi. Demak, siz meni amalim bor deb o'zingizga baho bermasligi uchun, Alloh Taoloni bergan ne'matlarini bir qarab, fikr qilib ko'ring da. Shunda sizni qilgan savobli amalingiz ularni oldida juda ham arzimas bo'lib qoladi. Astadi billa. Voyin taoddu niyomatallohi la tuhsuha. Robbimiz aytyapti, agar Allohning ne'matlarini sanasanglar, sanog'iga yeta olmaysizlar, albatta Alloh mag'firatli, mehribondir.
Alloh Taoloni bergan ne'matlarni bilasizmi, qanchalar ko'p. Bitta tishingiz og'rib qoladi. Uxlamaysiz. Ne'mat ekan uyqu, deysiz. Ichingiz o'tishni boshlaydi. Yeganingiz shivirlab chiqib ketadi. Voy, yeganingni yeb chi, esalama, hazm qilib chiqarib olish ham nima ekan? Ne'mat ekan. Bavul qila olmay qolasiz, prostatingizni ichib ketib. Ikki sutka, uch sutka bavul qila olmay, siyoma yurasiz, quvg'iz ishib. Keyin haligi katetirda tiqib turib siydik, xoltingizni shunday bo'shatib qo'yganda, yo Parvardigor, ne'mat ekan deysiz. O'shaning uchun aytyapti Alloh Taolo. Sizlarga berilgan ne'matlarni sanasanglar, shukrini ado qilishmas, sanab adog'iga yetkaza olmaysizlar. U shukrini adoq qilishni qo'ying.
Sanab tugata olmaysizlar deyapti. Mana shunga bir misol tariqasida Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam o'zining hadisi shariflarida marhamat qilganlar. Bir odam tog'ni ustida g'orda besh yuz yil yashadi. Buloq bor edi, o'sha g'orini oldida. Bir dona onor daraxti bor edi. Kunda bitta onor pishadi. Anorini yeydi, og'zi uxlanadi, suvda tahorat qiladi, ichadi. Besh yuz yil mana shunday zaylda umr o'tkazdi. Besh asr. G'iybat yo'q, shikoyat yo'q, hisob kitob qilinadigan moli dunyosi yo'q. Hech narsa yo'q, faqat ibodat bor. Besh yuzinchi yil faqat nima qilgan? Ibodat qilgan. Endi qiyomat bo'ldi. Alloh azza va jalla uni taroziga olib kelib, bandam hadisda mazmuni. Seni jannatimga o'zimning rahmatim bilan kiritaymi yoki qilgan amaling bilanmi?
Besh yuz yil faqat ibodat qilgan. Gunoh yo'q. Menda meni amalim bor deb o'yladi. Parvardigor, meni qilgan amalim bilan jannatga kirgizdi. Alloh taolo amr qildi, maloyikalar uni qilgan amallarini tortishdi tarozida. Besh yuz yillik qilgan ibodati bitta ko'zining shukrini ado qilishiga yetmadi.
Bu yoqda yana bitta ko'z turibdi. Ikkita quloq turibdi. Sog'lik turibdi. Onor turibdi, suv turibdi. Jahannamga hukm qilindi. Shunda Parvardigor: 'Tavba qildim, rahmating bilan jannatga kirgiz', dedi. Shu bilan Allohning rahmati bilan jannatiga kirdi. Menda meni amalim bor. Mana shuncha ish qilib qo'yganman demasligi uchun, birinchi unda bo'lishi kerak bo'lgan narsa, bu Allohning fazli bo'ldi deyish kerak. Ikkinchisi, bergan ne'matlar haqida fikr qilib ko'rsa, qilgan amali arzimas bo'lib qoladi.
Uchinchisi, agar menda kimga itoat qilayotganligini bir o'ylab ko'rsa, kimga sajda qilayotgani, kimga ibodat qilayotkanligini fikr qilib ko'rsa, qilgan amali, toati, ibodati arzimas bo'lib qoladi. Sen qilgan gunohingni kichkinaligiga qarama. Sen kimga qarshi isyon qilganingga qara.
Tushunarlimi? Anamaydi, berishdi, hamma qilyapti yu. Sen mana shu beparvo qarashing bilan kufrga ketib qolasan. Bir odam gunoh kabiara qilib turib, bo'ynini egib, tavba qilib, xijolat bo'lib, uyatib qilyaptimi? Har qalay xayriyat bor. Endi sen kichkina sanagan gunohingni, seni ko'zingda kichkina gunohda, ha nima edi, hamma qilyapdi deb turib, mensimasligi bilan kufrgaga ketib qolasan?
Endi, banda qilayotgan amallariga aldanib, o'ziga katta baho berib qolmasligi uchun qilish kerak bo'lgan uchinchi narsa, kimga ibodat qilyapman ham endi aytish kerak. Kimga ibodat qurayotgani qarasin, shunda qilgan amali har qancha katta bo'lsa ham, arzimas bo'lib qoladi. Endi qachon insonda shunday holat yuzaga keladi? Qachon banda o'zini amalini arzimasidan edi? Agar amali xolis bo'lgan bo'lsa, qalbi g'aflatda bo'lmasa, ha, demak, insonni qalbi g'aflatda bo'lsa, amalada ixlos bo'lmasa, meni amalim bordir ekan.
Shuning uchun inson o'zini qilgan savobli amalini katta kichikligiga, ko'pligiga qarashni o'rniga qabul bo'ldimikin, bo'lmadimikin, degan g'amni ko'proq qilish kerak. Ma'qulmi? Alloh biladida qabul qilgan qilmaganini. Ana, taroziga qiyomatda birinchi olib uchta odam olib kelinar edi. Olim, shahid va boy.
Odamlar uni olim degan, dinni xizmatini qilyapti, taqvoliy degan, ixlosli degan. Lekin qiyomatga borganda, uni riyo uchun, xo'jako'risi uchun qilganligi ma'lum bo'lgandan keyin jahannamga birinchi bo'lib tushdi. Orqasidan saxovatli boyni olib kelindi. Hamma bilgan uni halol topganini, hamma ko'rgan o'rniga sarflaganini. Lekin qalbidagi niyatini kim bilgan? Alloh bilgan.
Alloh taolo aytadi, sen hotamtoy degan saxiy degan nom uchun qilgansan. Odamlar saxiy dedi, haqqingni olding, sur jahannamga deydi buni. Uchinchisi, shahid edi. Jonini fido qilib yuborgan edi. Lekin uning niyati odamlarni tilida shahid bo'lgan degan nomni o'rganish uchun, bu ham jahannamga ketdi. Shuning uchun sizni amalingiz bo'lsa, mabodo Allohni fazli bilan, Allohni tavfiqi bilan bir katta ish qilgan bo'lsangiz, siz bu amalingizni qabul bo'ldi, bo'lmadi. Shu narsasizni o'ylantirsin. Fala tadrib biha vujudhona yomon qiyama, degan duoyimiz bor. Parvardigor, mana shu amallarimizni qabul qil va qiyomatda yuzimizga urmagin bu bilan.
Birinchisi, Alloh muvaffaq qilgani uchun shu ishni qildim deydi. Ikkinchisi, agar Alloh Taoloning bergan ne'matlariga taqqoslaydigan bo'lsa, bu amali arzimas bo'lib qoladi. Xo'p, uchinchisi, kimga itoat qilayotganligini o'ylab ko'rsa banda, a bu amalim hech narsa emas deydi. Bu amalingni kattaligini gapirma, kattaligini o'ylama. Qabul bo'ldimi, bo'madimi, shuni g'amini qilsang.
Bu masalada jiddiy o'ylanib ko'rish kerak. Chunki yaralgan kunidan boshlab Allohga tasbiya aytib to'xtamagan farishtalar bo'ladi. Yaraldi, qiyomatgacha tasbehda, biri sajdada, biri rukuda, biri zikrda, biri qiyonda. Kecha yu kunduz Allohga tasbiha aytadigan farishtalar hech qachon charchamaydi, to'xtamaydi. Shular qiyomat bo'lganda aytadi, tarvadigor, senga haqiqiy chinakam ibodat qilishga qodir bo'lmadik deyishadi.
Bizda debillar yusabdehuna layla va naharala yafturum. Ular tun u kun shubkashlik qilmasdan Allohni poklaydilar. Tushunarli bo'ldimi? Banda qilgan amalini, meni amalim bor deb, men katta ish qilib qo'yganman deb, o'ziga baho berib, ujubga kirib ketmasligi uchun, unda nimalar bo'lishi kerak? Birinchisi, mana shu ishni qilishlikka Alloh muvaffaq qildi deyish kerak. Ikkinchisi, u qilgan amal Alloh unga bergan ne'matlarga taqqoslansa, arzimagan bo'lib qoladi. Undan keyingisi, kimga ibodat qilayotganligini agar ozgina fikr qilib ko'radigan bo'lsa, bu ibodati arzimagan bo'm qoladi. Demak, iymon, ilmi komil bo'lgan inson, meni amalim bor. Men ko'p ishlar qilib qo'yganman deb o'ziga nima qilmas ekan, baho bermas ekan.
Mana tavfiq haqida suhbat qilyapmiz. Tavfiq yaxshilikka bo'lgan ilhom. Tavfiq Alloh Taolo bir bandani yaxshi amallarga muvaffaq qilishi, yo'lashi, yo'l ko'rsatishi, qo'llashi. Agar tavfiq bo'lmasa, biz Bismillah deya olmaymiz. Agar tavfi q bo'lmasa. Namozga uyg'ona olmaymiz. Agar tavfiq bo'lamasa, tupurgimizni ham yuta olmaymiz.
Tavfiq haqida aytilgan ulug'larning so'zlari. Alloh azza va jalolining. Halili bo'lgan Ibrohim alayhissalom shunday deydi. Astadibillah, vo la di atumau an yig'ufiroli. U Alloh jazo kunida mening xato gunohlarimni mag'firat etishini umid qilurman.
Va Ibrohim la di vaffa degan Alloh maqtabi u payg'ambarini. U vafo qilgan Ibrohim. Alloh Taolo qanaqa qiyin imtihonni bermagan bo'lsin, vafo qilgan zo'r chiqqan undan. Aytmayapti, meni o'tga, olovga uloqtirishganida sabr qilganman demayapti. Katta ish edi. Bir dona o'g'ling bilan, bir dona bolang bilan ayolingni sahroga, Bakka vodiysiga tashlab kel deganda xuddi tashlab kelganman demayaptu.
O'g'limni tomog'iga pishog'ini qo'yib tortganman demayapt ku. Nima deyapti? Umid qilaman deyapti. Shuncha savobli ishlarni qilib qo'ydim, shuning uchun shu amallarim bilan jannatga kiraman demayapti. Nima deyapti. Umid qilaman, deyapti. Bizda bu ishlarni milliondan biri ham yo'q. Mana shu Ibrohim alyhissalomning o'g'li Ismoil alyhissalomni tomog'iga pishog'ni qo'yib tortishligi haqida Alloh aytadiki, innaha da lahual bala ul mubin. Mana shu, ya'ni o'g'lingni so'y degan buyruq, bala u mubin, ochiq imtihon edi, qiyin imtihon eda, ochiq balo edi.
Ey Parvardigor, tashlab ketdoding, tashlab ketdim. Emizilik paytida. Endi bir dona o'g'lim bo'lsa, to'qson besh ga kirdim, bolam o'n ga kirdi. Endi so'yding senmi? Demadi. Birga olib borib tashlab kelish ham oson ish edi. Har qalay tirik qolardi da bolasi. Endi qo'ling bilan so'ydab Alloh Taolo ishora qildi. Ikkilanmasdan pichoq tortdi. Mana shuncha ulug' ishni qilgan Ibrohim alayhissalom, meni amalim bor. Shu bilan jannatga kiraman deyaptimi? Yo'q, umid qilaman deyapti.
Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallam. O'zod sollallohu alayhi vasallam marhamat qilib aytadilar: la yudixila ahadan amaluhu al jannati. Hech bir kimsaning qilgan solih amali uni jannatga kirita olmaydi. Ibrohim alayhissalom ham bular qatorida. Va Muhammad alayhissalom o'zi ham bular qatorada. Hech kimning qilgan amallari, savobli amallari, uni jannatga kirgizib yubora olmaydi. Vala anta yo Rasululloh, sizni ham amalingiz jannatga kirita olmaydimi yo Rasululloh? La, vala ana dedilar. Ha, meni ham amalim jannatga kirita olmaydi. Faqat Allohni fazli va rahmati meni qoplasa. Robbim meni o'zining fazli marhamati bilan o'rab olsagina jannatga kiraman.
Kim Muhammad alayhissalomdek bo'la oladi? Hech kim. Kim Muhammad ali salomchalik sabr qila oladi? Hechkim. Kim Muhammadali salomchalik saxovatli bo'ladi? Hech kim, lekin mana shu zot, sollallohu alayhi vasallam aytyaptilar, Alloh rahmati bilan o'roq bo'lsa, keyin jannatga kiraman deyaptilar. Agar biz Muhammad alayhissalomchalik amal qilganimizda ham, amalim bor deyishga haqqimiz yo'q.
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu. Rasulullohga birinchi bo'lib iymon keltirgan kishi, Siddiq laqabini Rasulullohning muborak og'izlaridan eshitgan kishi, tirikligida Jannati ekanligini eshitgan o'nta sohibaning birinchisi. Rasululloh bu sohibasini qanday baholaganlar? Agar odamlar orasidan xalil tanlashim kerak bo'lsa, eng yaqin do'st, latta xos tu abubakir in holila. Abubakirni o'zimga do'st tutgan bo'lardim deganlar. Mana shunday abubakir siddiq roziyallohu anhu va hal ana va mali illalaka yo rasululloh dedi. Yo Rasululloh, men ham, topgan pulim ham sizniki emasmi yo Rasululloh degan.
Umariddin Xattol. Islom mo'jizasi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning duosining barakoti. Umar al Foruq. Rasululloh aytganlar, agar mendan keyin Nabiy bor bo'lsa, o'sha Nabiy Umar bo'lar edi. Deganlar. Mendan keyin nabi bo'lmaydi. Agar bo'lganida ana shu nabiy Umar bo'lardi deganlar. Mana shunday Umarimni xattop aytar edi. Agar menda yer to'ldir oltin boylik bo'lganida, oldimda turgan qo'rquvdan, ya'ni qiyomatda qo'rquvidan qutilish uchun hammasini fido qilib yuborardim deydi. Yana bir so'zlarida qaniydi onam meni tug'masa deydi. Ha bo'lmasam tirikligida Payg'ambarimizdan eshitdi Jannati ekanligini. Jannatga mana bunday kiramiz deb Rasululloh bu bir qo'li bilan Abu Bakrni, bir qo'li Umarini muhitda tortib tushab, shunday qadam bosiladi. Jannatga men mana shunday kirib ketamiz dedilar. Rasulullohni va'dasini olgan sahoba qaniydi tug'ilmaganimda deyapti. Shuncha bashoratlari borligiga qaramasdan, shuncha ulug' amallari borligiga qaramaskan, katta ketmadi.
Abdulloh ibn Ma'sud aytadi, roziyallohu anhu, qaniydi o'lib, keyin tirilmasam. Qo'rquvdan, qo'rquvsdan. Ummatni peshvosi bo'lgan saraf solihlar shunday fikr qilishardiki, amalim bor deb bilishmas edi. G'am qilishar edi. Shuning uchun Alloh ulardan rozi bo'ldi. Sizda, menda, biz aytayotgan Allohning tavfiqi bormi yo'qmi?
Sen tavfiqli odammisan? Mana ana shu tavfiqning alomatlarini ko'rib chiqamiz. Qidiring, sizda shular bormi? Birinchidan, Alloh seni iymon va islomga muvaffaq qilishi. Alhamdulillah, robbil alaming bor. Chunki kalima keltirishga Alloh tavfiq berdi. Kalima keltirilishiga Alloh izn berdi. Albatta bu hamma ne'matlar orasidagi eng katta ne'mat, eng ulug' ne'mat, eng oliysi va eng avvalgisi. Bundan ortiq ne'mat bo'lmaydi. Bundan orti q ne'mat bo' lmaydi.
Kufrga to'layotgan bu olamda Alloh sen uchun tanlab bergan sendan talab qilgan asosiy narsa, iymon. Istadibillah, balillahi yamun no alaykum an hadakul il iman in kun tun sodiqin. Ey Muhammad alayhissalom, mana bu arabiylarga ayting. Biz iymon keltirib qo'ydik deb minnat qilayotgan arabiylarga ayteng.
Balki agar iymoninglarda sodiq bo'lsanglar, Alloh sizlarni iymonga hidoyat qilganiga minnat qilur. Bormi bizda shu? Alhamdulillah, ilohi robbilar alamin. Iymon bilan islom bormi? Tavfiqini birinchi alomati. Agar bizda iymon bo'lmasa, bizda shit bo'lsa, kufr bo'lsa, nao'g'u billoh, hamma amallarimiz havada bo'lib ketadi.
Yana nimasi, doim mu'minni o'ylantirish kerak. Ha xo'p, mana shu alomatlarni hammasi bor senda. Tavfiqni o'nta alomati bor deylik senda. Doim xavotirda turishing kerak. Nima deb? Nima degan xavotir doim turishi kerak bizda? Shu iymon bilan o'lib olay. Shu iymon bilani turganimda omonatni topshirib olay. Chunki oxirgi lahzasigacha shayton bizni tarqimaydi. Bilasizlarmi?
To tanimizda bu jon omonat turar ekan, shayton umidini uzmaydi. Imom Ahmadimni hammamni vafotini qaraydigan bo'lsak, mana ulug' masxabboshchilarimizdan. Ana shu dunyodan uzilib oxiratga ko'chadigan vaqti yaqin bo'lganida, yotib uxlab qoladi, bir soat, ikki soat yotadi da, o'ziga keladi. Keyin yana uyquga ketadi. Yana o'ziga kelardi. Ana shu o'ziga kelgan paytda, yo'q, yo'q, hali yo'q deydi da, uyquga ketadi . Yana ozgina turib, o'ziga keladi, uyg'onadi. Uyg'oni bilan yo'q, h hali yo'q, h al yo'q deydi. Mana shu holat bir necha marta takrorlanganda o'g'li, ey otajon, nima bo'lyapti deydi. Nimaga? O'zingizdan ketyapsiz, bir soat, ikki soat, keyin o'zingizga kelib turiblar, darrov yo'q, hali yo'q, hli yo'q deyapsiz.
Ey o'g'lim, nima bo'layotganini bilmayapsanmi hozir dedi. Yo'q, bilmayapman. O, xonani burchagida shayton o'tiribdi. Barmog'ini tishlab, ha, Ahmad, qutulib ketding a? Qutulib ketting a mendan? Deyapti. Men aytyapman, yo'q, hali yo'q, hala qutilganim yo'q. Bu kishi ana shu mo'tazililarga qarshi turgan ahli sunnaning ulug' imomlaridan, juda ko'p qiyinchilikka, mashaqqatga, azoblarga qolgan kishi, ahli sunnani e'tiqodini mahkam himoya qilib turgan kishi, shuncha imtihon qiyinchiliklardan o'tib bo'lib turib, yana qo'rqib turibdi. Hali jonim turibdimi tanimda? Sendan qutilganim yo'q hali. Hali u fitnadan omon bo'lganim yo'q deb aytyapti. Tushunarlimi?
Yo'q, garantiya bormi imom bilan ketishimizga? Unga ham Alloh tavfiq bersa bo'ladi da. Astaydu billah. Valav ashiraku. La habita anhumma kanu ya'malum. Agar ular mushrik bo'lganlarida, qilgan amallari behuda ketgan bo'lar edi.
Alloh Taolo Muhammad alayhissalomga aytyapti. Astadibilla, valaqodu uhiya ilayka va ila la dinamin qoblik la inashirokda, la yahbaton na amaluk va la takuna nominal hosirin. Darhaqiqat sizga ham, ey Muhammad alayhi assalom, sizdan ilgarigi o'tgan payg'ambarlarga ham shunday vahiy qilingandir. Qasamki, agar mushrik bo'lsang, albatta qilgan amaling behuda ketadi va albatta ziyon ko'rguvchilardan bo'lib qolasan.
Demak, sizda tavfiq bor yo'qligining alomatlarini birinchisi bu iymon va islom. Senda tavfiq bormi? Sen tavfiqli odamsan. Ikkinchi alomati ilmga bo'lgan rag'bat va ilmga harislik. Bu ham tavfiqda. Shariy ilmlarni o'rganish, diningizni yaxshiroq tushuntirishga harakat qilishingiz, halol haromni tanishga, qaysi ishlarni qilsam Alloh mendan rozi bo'ladi degan intilishni sizda bor bo'lishligi, ilmga bo'gan ishtiyoq ham tavfiqning belgisi.
Ilm majlisida o'tirasiz, rohatlanasiz. Ahli ilmlar bilan birga bo'lishiga doim intilib turasiz. Ilmni ko'paytirishga bo'lgan rag'batingiz bor. Bu ham tavfiq iborat odamda bo'ladi, hammada emas. Ilmdan qochmaysan, ilm majlislaridan bezimaysan. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar may yuridil lah u bihi hayron yufaqiy xufiddin. Payg'ambarimiz aytyaptilarki, Alloh kimga yaxshilikni ravon ko'rgan bo'lsa, uni dinda faqih qilib qo'yadi. Diniy ilmlarda, shar'iy ilmlarda berganligi tavfiqni bitta alomati.
Endi ilm majlisida o'tirishni xohlamaysizmi? Shu arzimagan narsani bahona qilib chiqib ketasizmi? U tashqaridan kirmayotganlar ilm majlisiga. U o'zi xohlamay, o'zi kirmayotgan joyi yo'q. Alloh uni kirgizmayapti u yerga. Undan pul so'rashmas edi. U ilm majlisga kelsa, birov urmas edi uni. Ilmga qiziqish, ilmga rag'bat yo'qmi? Demak, bu odam betavfiq odam. Bu betavfiq derdik eskilar. Bu betavfi deb degani, Alloh esdan chiqargan banda.
Alloh esdan chiqargan banda. Allohni ishi yo'q u bilan, o'zini holiga tashlab qo'ygan banda. Bu banda halok bo'lishidan shubha yo'q. Ikki dunyoda ham. Sen tavfiqli odamsan? Birinchi alomati, iymon islomda bo'lishi. Ikkinchi alomati, ilmga bo'lgan rag'bat bo'lishi kerak sizda. Agar ilmga qiziqish bor bo'lsa, demak tavfiqni ikkinchi alomati bor. Uchinchi alomati. Savobli amallarga muvaffaq bo'lishlik.
Besh mahal namoz o'qiysiz, qoldirmaysiz. Allohni tavfiqini belgisi bu. Chunki hamma ham o'qiy olmayapti. Ramazonda bir kun qoldirmasdan ro'zangizni tutasiz va bir kun qoldirmazdan tarovaga kelasiz. Kelasiz, sakkiz rakatdan chiqib ketmaysiz. Bu ham tavfiq. Nafl amallar, zikrlar, Qur'on tilovati, istig'for. Mana shu zikr ham Allohni tavfiqi bo'lmasa ayta olmaysiz. Ha, zikrda bir oy, ikki oy domlangiz majbur qiladi, aytasiz. Bu narsani, shuni mazasini totib qolganingizdan keyin, Allohda tavfiq kelgandan keyin, zikrda aytmagan kuningizni nuqsonli kundek his qiladigan bo'lib qolasiz.
Quduqlar qazish, masjid madrasalarni bino qilish, yetim yasallarni boshini silash, xayrli amallarda qoyim bo'lish, haloyiqqa foydali bo'lish, jamiyatga foydali bo'lish ham tavfiqa bir odamda bo'ladi. Sen tavfiqli odammisan? Birinchi alomati iymon va islom, ikkinchi alomati ilmga bo'lgan qiziqish, rag'bat, uchinchi alomati savobli amallarga muvofiq bo'lishlik.
Anna rojulan qola, yo rasululloh, ayyun nasih xoyir. Bir kishi kelib, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan so'radi. Yo rasululloh! Odamlarning yaxshisi qanday bo'ladi? Qaysi odam odamlarning ya xissi? Rasululloh aytdilar: men taolo umruh va hasina amaluhu. Umri uzun va amali chiroyli bo'lgani odamlarning yaxshilari. Bir odamni umri uzun bo'lib turib fisq fujida bo'lsa, bu yaxshi odam degani emas. Umrni uzun bo'lishigini o'zinglar yaxshi emas. Balki umri uzun boib turib, amallari chiroyli bo'gani ham.
Sen tavfiqli odammisan? Tavfiqni alomatlarini birinchisi, iymon va islom. Ikkinchisi, shar'iy ilmlarga bo'lgan qiziqish rag'bat, uchinchisi, savobli amallarga muvaffaq bo'lishlik.