Bugun inshaalloh siz bilan biz har birimizda bor bo'lgan bir sifat haqida suhbat quramiz. Bu shunday bir sifatki, bu yomon sifat. Va hammamizda bor. Bu shunday sifatga Alloh Taolo har bir insonni tabiatiga, fitratiga joylagan. Hech kim u sifatni menda yo'q deb ayta olmaydi. U qaysi sifat? U shunday sifatki, bu mana shu sifat bilan juda ko'p nadomatga, afsuska, taassuflarga yetib qolinadi.
Shoshqaloqlik. Otamiz Odam alayhissalomni jannatdan chiqargan narsa ham mana shu shoshqaloqlik. Yunus alayhissalom deb balodni qorniga tushirgan sifat ham mana shu shoshqaloqlik. Kim aytadi menda shu sifat yo'q deb? Alloh Subhanah va Taolo Odam alayhissalomni jannatda o'zini ikki qo'li bilan yaratdi. Unga o'zini ruhidan kiritdi. Odam alayhissaalomga farishtalarga bermagan ilm berildi. Odam alayhi salomga farishtalarni sajda qildirdi. Odam alayihissalomni aziz mukarram qildi. Lekin mana shu ruhni kirgizishlikdan avval Alloh subhanah va taolo bir qancha vaqt Odam alayhissalomni ruhsiz haykal, timso shaklida jannatga qo'l qo'ydi.
Va o'zining ruhidan kiritar ekan, ruh Odam alayhissa olamni boshidan kira boshladi, pastga qarab yurdi. Ruh boshiga kirdi, ko'ziga yetdi, ko'z jannat mevalarini ko'rdi. Burniga yetdi, hidini hidladi. Oshqozoniga yetdi, qorni ochdi, ishda hozir qo'zg'adi, fikr qildi, jannatni mevalarini qamog'i orqagisi keldi da, hali ruh oyog'iga yetmasdan turib, shoshilib oldiga intilib yubordi. Alloh taolo aytadi xoli qalay insonu meni ajazim. Haqiqatan inson shoshqaloq holda yaratilgan.
Zamonamizni qarasangiz yildan yilga shu tezlik degan narsa shoshqaloqlik degan narsa kuchayib ketyapti. Shuncha siz bilan bizni ishlarimizni tezroq bajarishingizga sabab bo'ladigan vositalar ko'paygan sari vaqtimiz yetmayapti. Eskilarimiz piyoda yurib, hamma qarindosh urug'ini, yetti mahallasini, nonmon ham yurib aytib topib kelar edi. Hozir tagida mashinasi, qo'lida telefoni turib, eh, falonchi qolib qolibdi.
Shoshqaloqlik. Bu yomon sifat. Shoshqalo'l shunday bir yomon sifatki, insonni noumidlikka, tushkunlikka, qunutka, yaxshiga olib borib qo'yadi. Inson bir xayriyat ish qilsa, mukofotini tezda olishni xohlaydi. Hamda bir odam nomaqbul ish qilsa. Biror bir oyga zulm qilsa, jazosini ertasi kuni olishligini kutadi bu yoqdagilar. Alloh taolo aytadi holiqal inson min ajalin, sauring qum ayati falat asta ajilun, mo'min odamga, mazlum odamga, mana shu oyat qalbiga taskin berishligi kerak. Haqiqatan inson shoshqaloq holda yaralgandir. Yaqinda men sizlarga o'z oyat alomatlarini ko'rgazurman, ya'ni menga osiy bo'lgan kimsalarni qanday azoblashimni ko'rursizlar, falat astajilun, dast meni shoshtirmangiz. Shoshqalonlik juda ko'p insonlarni qonlarini nohaqdan to'kilishiga, pokiza insonlarda, beayb insonlarda shoshqaloqlik bilan ustlariga tuhmat, bo'hton toshiroq qilishiga sabab bo'lgan.
Insonni shoshqaloqligi. Inson robbisidan ba'zi bir narsalarda duo qilib so'rar ekan, shu so'rayotgan narsasini o'ziga yaxshi deb biladi. Ya'ni yaxshi deb bilgan narsasini so'raydi. Lekin shu so'ragan narsasini haqiqatdan yaxshini yomonini kim biladi uni? Alloh biladi. Yo rasululloh, duo qiling. Men ham boy bo'lay, qiynalib ketdim, deb shoshiltirdi. Sizga mana shu faxr bo'lganingiz yaxshi desa, yo rasululloh duo qilavering dedi. Shoshilib ketdi. Duo qildim, qo'ylari ko'payib ketdi. Oqibatini oldim. Dunyosi ko'payganidan jamoat namozlariga kelolmay qoldi, juma namozlariga kel ololmay qoldi. Dunyosi ko'paydi, shoshilib ketdi. Zakot yig'uvchilarni Rasululloh jo'natganidan zakot berishingni ham xohlamay qoldi. Alloh Taolo aytadi: Valav yu ajjilulloh min nas i sharof ast i jalohum vil xayr la qudya ilayhim ajaluhum fanazorulloh dina la yarjuna li xonof i tug'yanihim ya'mohum.
Agar Alloh bu odamlarga, ya'ni mushriklarga yaxshilikni tez keltirgani kabi yomonlikni ham naqd qilsa edi, albatta ularning ajallari yetgan bo'laveradi. Bas, biz ularga yomonlikni naqd qilmaymiz, balki bizga ro'baro' bo'lishni umid qilmaydigan kimsalarni o'z tug'yonlarida adashib muloqib yurgan holda tashlab qo'yaveramiz. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam Makkam sheriklarini islomga da'vat qilib, agar osiy bo'lsanglar, Allohni balosi keladi desa, duo qilishadi. Ey Alloh, agar Muhammad aytayotgan narsa haq bo'lsa, bizni boshimizga balo yog'dir deyishadi. Ya'ni Muhammad haq bo'lmasa, shu dinga bizni ham hidoyat qilmas, boshimizga tosh yog'dir. Alloh aytyapti. Agar ular so'ragan narsani yog'dirsak, hukm qilingan bo'lardi. Ajralar yetib qolardi. Boshqa aytyapman, Alloh aytadi, e Muhammad alayhissalom, siz ularni ichida turar ekansiz, ularga balo kelmaydi. Ular istig'for aytar ekan, ularni ustiga balo kelmaydi deydi.
Shoshqaloqlik insonga juda ko'p kasalliklarni keltirib chiqaradi. Iztirob, unutuvchanlik, qalbini doir bir qalqib turishligi, xotirjamlikni yo'qligi. Hakim odamchi. Hayotida bo'ladigan ishlar rejasini tuzadi. Shu ishlarini chiroyli suratini nihoyasiga yetishiga sabab bo'lgan ishni qiladi da, natijani Alloh'dan deb biladi. Allohni aytgani bo'ladi deydi.
Ibn Qoyyum, rohimahulloh shunday deydi. Johni, yengiltak insonni, shoshqaloq insonni hikmati bo'lmaydi. Qaytaramiz. Johil insonda, tentak, yengiltak insonda, hamda shoshqaloq insonda hikmat bo'lmaydi. Hadisda keladi. Attaanniy minalloh, va la ajalatu minash shayton. Imom termiziy rivoyat qilgan hadis, imom al bomi hasan degan bu hadisni. Shoshilmaslik, xotirjamlik Allohdan, shoshilishlik Shaytondan. Mashina minamiz, ukalar.
Svetoforda turamiz. Shu skorostga urib, sprenni bosib turishing kerak. Chunki sariq yonishiga jilmasang orqandaga pop deydi. Orqandaga shu signal chamasini tayyor turishing kerak. Shu darajada shoshqaloq bo'lib ketganmizki, qancha sekund bor shu. Sariq yonib, qizil o'chib, zangor yonga uchadi. Qaraylik da, qanaqa bo'lib ketgan biz. Odamlar qanday bir tabiatida shu sifat kuchayib ketgan. Tezroq, tezroq.
Hadisda kelyapti, shoshilmaslik Allohda, shoshilishlik shaytondan. Mana endi tanlayveraylik. Arablar qadimda shoshilishlikni nadomatlarning onasi deb qo'yishardi. Masalan, alhomuru mulhodayev aroq hamma yomonliklarni onasi deb qaralsa, aroq hamma yo yomonliklarniy onasi deb qaransa, shoshqaloqlik hamma nadomatda afsusda onasi deydilar ekan. Shoshqaloqlik demak yomon sifat ekan. Endi uni ro'parasida turgan boshqa bir sifatlar borki, ular yaxshi emas. Ya'ni sustkashlik, beparvolik, yalqovlik, loqaydlik uni ro'parasiga turgan, ular ham yomon sifatlar. Musulmon mana shu ikkita narsani o'rtasida bo'ladi. Loqayd ham bo'lmaydi beparvo bir yo'li, bir yo'li shoshqaloq ham bo'lmaydimi? Alloh taolo siz bilan bizni buyurgan ba'zi ishlarni qilishlikka shoshilishligimizni. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar, mayyitni qo'yishlikda, qarzni uzishlikda, qiz balog'atga yetganda uni uzatishlikdagina shoshilishlik kerak. Qolgan ishlarda shoshilmaslik kerak.
Alloh taolo shunday marhamat qiladi. Va sariu ila mag'firatim mir robbikum va jannatin arduhas sama va tuval avf va iddatlin muttaqiy. Va parvardigoringiz tomonidan bo'lguvchi mag'firatga hamda taqvodorlar uchun tayyorlab qo'yilgan, ena osmonlar va yer barobarida bo'lgan jannatga shoshilingiz. Va fizalika falya tanafasing mutanafiysiz. Musulmon odam jannatga olib boradigan ishlarni qilishda yana musobaqa o'ynaydi. Savobini ishlarda qilishdeklar shoshiladi. Chunki bugun borib qilib qolsin. Ertaga bo'lmay qolishi mumkin. Bugun to'rtta so'mi bor, ota onasigami, qarindoshigami, sarflab qolsin oxiratiga. Chunki ertaga bo'lib qolishi mumkin, deb.
Hayotimizda shoshqaloqlikda oqibatida keladigan juda ko'p noxush holatlar bor. Shulardan ba'zilar. Shoshqaloqligida oqibatlaridan inson bir xabarni eshitishligi bilan uni tekshirmasdan turib, rost yolg'onligini anglamasdan turib, ishonadi da, bir odamni shartta yomonga chiqarib qo'yadi, yoki shartta yaxshiga chiqarib qoyadi. To'xta. Eshitaylikchi, uni o'zlanadi. Deydigan odamlar nihoyatda kam bo'lib ketgan. Abu Hoteem rohimahulloh shunday deydi, diqqat qilamiz. Shoshqaloq inson bilmasdan turib gapiradi. Tushunmasdan turib javob beradi, sinamasdan turib maqtaydi, maqtaganidan keyin yomonlaydi, fikr qilmasdan qaror qabul qiladi, qaror qilmas qabul qilmasdan turib harakat qilib yuboradi.
Shoshqaloq inson, bilmasdan turib gapiradi, tushunmasdan turip javob beradi. Sinamasdan turib, maqtaydi. Maqtaganidankeyin shoshilib yomonlaydi. Fikr qilmasdan turib qaror qabul qiladi, hali qaror qabulqilmasdan turib harakatga tushadi. Bu yoshlarda ko'proq uchraydigan narsa.
Falonchi manaqa qilibdi, biz ham qilamiz, ketdik. Falonchi bir reys olib kelgan ekan, mancha pul qolibdi, ketdik biz ham. Fikr qiling, u bir reys olib kelamuncha, foyda qilguncha necha yil ishlagan? O'sha kanalni ochguncha qancha bir vaqtini pulini sarflagan? Yo'q. O'sha olib keldimi, bizniki ham bo'ladi. Alloh Taolo Qur'onda shunday deydi. Astaydubilla, vo ito jahun amrun minal amni avliy al xavfi, aza u bixiy, va lav rodduhu ila rasul va ila ulil amri minhum, la alima hulladina yastan betunaxu minhum, va lav la favlullohi alaykum va rahmatuhu latta baxtu mish shaytoni illa qolinglar. Qachon ularga tinchlik yoki xavfi xatar xabari kelsa, uni yoyib yuboradilar. Agar ular o'zlariga kelgan xabarni har kimga yoyib yurmasdan payg'ambarga va o'zlaridan bo'lgan boshliqlargagina yetkazganlarda edi, uni, ya'ni mana shu xabarni haqiqatini bilmoqchi bo'lgan kishilar o'shalardan bilgan bo'lar edilar. Agar sizlarga Allohning fazli marhamati bo'lmasa edi, ya'ni Alloh o'zi to'g'ri yo'lga boshlamasa, ayrim kishilardan tashqari hamma shaytonga ergashgan bo'lardi. Ya'ni eshitgan gapni srazu tarqatib yuraverishlik insonni yolg'onchiligiga sabab bo'ladigan ishlardan.
Ehtimol sizni xijolat qilishlik uchun. Shu gap sizga aytgandir. Siz ham yayasizda borib kimgadir. Kimdan eshiting desa, falonchidan eshitdim deydi. Shunaqa deyishlik uchun sizga aytgandi ehtimol. Bir xabarda eshitsanglar deyapti Alloh Taolo. Payg'ambarga aytinglar yoki ichinglardan bo'lgan aql egalariga, aql egalarga aytinglar deyapti. Shular tekshirib bilib turib, keyin e'lon qilsin. Mish mish degan narsa oldi olinadi. U mish mishni eshitdingiz, ehtimol to'g'ridir, ehtimol noto'g'ridir. Eshitgan odam haligi mish mish, yomon xabar bo'lsa, ichi ezilib qoladi. Lekin hech narsa o'zgarmaydi.
Ya'ni eshitgan gapini ko'tarib yuravergan odam yolg'onchilikka juda yaqin bo'ladi. Shuning uchun, eshitgan gapimizni ko'tarib yetkazishligimiz yolg'onchligimizga sabab bo'ladigan amallar bor. Shoshqaloqlikni bizni ustimizga olib keladigan yomon oqibatlaridan bu odamlarni o'rtasidagi munosabatlarni yomonlashlik.
Bir xabarda eshitdingiz, tekshirmadingiz, shart hali xabardagi aynisiz. Sizni palonchi mana dedi. Bo'ldi, ketdi, shu bilan narigi odamga nisbatan munosabat ketib oladi. Yana shoshqaloqlikda zararli oqibatlari dan inson shoshilib hukm chiqarishligi. Payg'ambarlarni hissasiga murojaat qilar ekanmiz, Dovud alayhissalom payg'ambar bo'lgan, qozi bo'lgan, podshoh bo'lgan. O'zini ibodat qiladigan xos xonasiga birovni kirgizmasdan eshikni qulflab qo'yib ibodat qiladi. Ibodat qilib yurgan kunlarni birida ikkita odam devor ochib tushdi.
Davud alayhissalom qo'rqib ketdi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi bu qiz haqida. Hal ata aka, na baul xosmi iz tasavvurul mehror. Ir da xaloo ala da'uda fath ya minhum qoloo la tahof, xosman. Bag'o ba'zuna ala bal, fahkum bayna na bilhaq, vala tushdi duahdina ila sabo issi'ro.
Dovud alayhissalomni oldiga tushganda qo'rqilib ketdi. Bu ikki kishi aytdiki, qo'rqmagin. Ikkovimiz deydi, tolashib qoldik, tortishib qoldik. O'rtamizda adolat bilan hukm qilgan, to'g'ri yo'lga bizni boshlagan. Biri aytdi, bu meni birodarim dedi. To'qson to'qqizta soli qo'yi bor. Meni bitta soli qo'yim bor.
U ham haydab olib chiqadi boqqani, men ham bitta qo'yimni haydab chiqaman boqqani. Menga do'stim aytdi. Men to'qson to'qqizta qo'yni haydab chiqyapman. Sen bitta bilan chiqyapsan. Bittaga ovora bo'lmasdan, meni qo'ylarimga qo'yingni qo'shib yubor, men boqib beraman dedi. Men unga qo'yimni qo'shib berdim. Endi qaytarib ber deb qo'yimni talab qilsam, seni mendan qo'ying yo'q deb turibdi. Deganida davoda alayhissalom aytdiki, qola laqoda zolamaki besu ali na ajat aka ila niaji va innaka firom minal xulatu ila yabg'iy va aluhim alamout illalladina amanu aminu salihati va qoling nur ma'hu. Dovud ikkinchi da'vogarning so'zini tinglamasdanoq dedi, darhaqiqat u sening qo'yingni so'rab va o'z qo'ylariga qo'shib olish bilan senga zulm qilibdi. Darvoqe ko'p ochiq og'aynilar bir birlariga zulm qurilar. Faqat iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan kishilargina zulm qilmaslar. Ammo unaqalar juda kam.
Hukm chiqaryapman. Shunda ikkinchi odam, ey Allohni nabiysi, shoshilmang, mendan ham eshiting dedi. Mazonna davudu an nafatan nahu. Biz Dovudni sinaganligimizni keyin bilib qoldi dedi Alloh. Parvardigoriga sajda qildi, Parvardigordan istig'for so'radi. Bir marta shoshilinch hokim aytib qo'ydi, noto'g'ri bo'ldi. Chunki ikkinchi tomonda ishlik kerak deydi.
Ana shu qilgan shoshqaloqlikka, Dovud alayhissalom sajda qild, Alloh taoloddan istig'for so'dadi. Shoshqaloqligida zararli oqibatlaridan da'vat maydonidagi ko'rinishlar. Ba'zi bir qalbida bir shijoati bor, yuragida bir o'ti bor. Yosh ukalarimiz odamlarni haqqiy yurishlikka chaqiradi da, ma'lum bir vaqt o'tgandan keyin odamlarni tuzalmayotganligini ko'rib, yoki munkarni ozaymayotganligini kuradi da, ilmsizligidan, tajribasizligidan, shoshilib ketganligidan bo'lmadi deydi. Yo umuman da'vatni tashlab yuborganini ko'rasiz, yoki umuman bir boshqa bir noqulay holatlarga borib qolmadi. Esimizdan chiqmasin. Musulmon odam natijaga javob bermaydi. Allohning diniga da'vat qilayotgan kishi odamlarni chaqirishlik javobgarligi, natija Allohdan. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Makkada turgan davrlarida musulmonlar juda qattiq aziyatlarga ro'baro' bo'lishdi. Habba bil narod roziyallohu anhu qul bo'lgan.
Temirchi bo'lgan, qul bo'lgan. Iymonga kelganligi uchun qavmi qattiq azoblagan. Boshiga qizgan temirni shu qilich yasashligi uchun yasab, tiqib qo'yilgan cho'g'dagi temirni olib boshiga bosishgan. Shu darajada azoblashgan. Umariddin xattob roziyallohu anhu xalifa bo'lib turgan paytda majlisga xabobini narigi kelib keladi. Bu yoqqa o'tiring deydi. Bu yoqqo o'tiring. Mana shu yerda o'tirishlikka siz loyiqsiz deydi. Oldiga o'tirganida, Bilo roziyalloh xalqi bilan Habbobin Arat Makkada eng qattiq azobga uchragan kishilardan edi. Hayotingizda ko'rgan eng qattiq azobi bizga aytib bering, Habbob dedi Umarulloh Habbobni. Shunda Habbobin Aratt yaxtagini ko'tardi da, yuragini ko'rsatdi. Yuragida terisi suyagiga yopishib turardi.
Qanday qilib bunday holatga keldi deganida, ana shu Makkadagi davrimizda mushriklar azob bergani kirishdi, ana shu o'chog'ida turgan cho'g'da olib yerga yoyishdi. Habbo bumalabda kiyimlarni yechib turib, beli bilan mana shu cho'g'ni ustiga olib kelishdi. Bellari o'ylab, kuyib, badanidan chiqqan so'l bilan o't o'chdi. Mana shunday qiyin azoblarni ko'rib, Habbo bumalab Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam olib keldi, ana shu davrda.
Yo Rasululloh, duo qiling, Alloh bizga yengillik bersin deb turib yuragini ko'rsatganda Payg'ambarimiz achchig'i kelib ketib aytdiki, sizlardan avvalgi ummatlardan bir musulmonni olib kelib beligacha ko'mishardi yerga kavlab. Boshidan arra solib ikkiga bo'lib yuborishardi. Yana bir odam olib kelib, yerga yotqizib, kiyimlarni yechib, temir tirnoqlar bilan suvelarni, go'shtlarni ajratar edi. Lekin bu narsa ularni dinidan qaytargan emas. Allohga qasam, Alloh albatta bu ishni oxiriga yetkazadi. Shunda san'odan bir kishi hozir ham ortgacha ot minib borar ekan, Allohda boshqa hech kimdan qo'rqmaydi. Shunday davr bo'ladi, lekin sizlar exobob, shoshilib ketyapsizlar dedi. Mana shunday mashaqqatni ko'rib turgan kishiga Payg'ambarimiz shoshilyapsiz deyapti.
Yunus alayhissalom qavmini da'vat qildi, da'vat qild, da'vat qil, bo'lmadi. Qavmini tashlab chiqib ketdi. Shoshilib ketdi. Oqibati nima oldin? Baliq yutug'i bordi. Da'vat maydoni yurgan ahli ilmlar, ukalar, da'vatchi aka ukalar, shuni yaxshilab bilaylikki, odamlarni tuzatib yuborish bizni ishimiz emas. Bizdan nasihat qilib qo'yishlik, natija Allohda.
Alloh Taolo aytgan: fain a'rodu, fama arsanla aka alayhim hafiro, in alayka illat bala. Ey Muhammad alayhissalom, agar endi ham iymon keltirishlikdan yuz o'girsalar, bas, biz sizni ularning ustiga qo'riqchi qilib yuborganimiz yo'q. Sizning zimmangizdan faqat biz sizga nozil qilgan vahimni yetkazib qo'yishlik. Aytib qo'yib shunday xolos.
Shoshqaloqligimizni yana bitta bir ko'rinishi duodagi shoshqaloqliligimiz. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar: sizlardan bir kecha shoshiltirmas ekan, albatta duosi ijobat bo'ladi. Rasululloh qanaqa qilib shoshiltiradi odam deganida, Rasululloh aytdilar: bir odam aytadi, duo qildim, duo qildim, shuncha duo qildim, Alloh ijobat qilmadi deydi. Shu gapi bilan duosi ijobat bo'lmasligi aniq. Chunki vaqt degan narsa bu siz bilan bizni tushunchamizda vaqt. Alloh Taolo uchun vaqt boshqacha.
Duo qilyaptimi inson? Xayriyatda. Umariddin Xattop aytadi. Alloh menga duo qilishlik ilhomini berdimi qalbimga? Demak, ijobati ham bor. Meni ishim duo qilish, duo qilib qo'yavering, yutkazmaysiz. Shoshqaloqlikni yana bitta bir yomon ko'rinishi, bu ilm yo'lidagi shoshqaloqligi. Mana tobinlarda saho bolalar haqida o'qidik. Ularda ilmga bo'lgan rag'batini, shijoatini ko'rdik da. Hozirgi davrda nimaga endi o'shanacha olimlar chiqmayapti degan savolga javobni topdik. Ular shoshqaloq bo'lmagan ekan. Ular sabrli bo'lgan ekan. Falon shaharda falon kitobni nusxasi bor ekan desa, borib, bir yil o'n birini o'sha yerda o'tkazib, ta'lim olib, hali kitobdan bitta nusxani ko'chirib, o'z bilan olib kelar ekan. O'sha ko'chirishlik vositalari, ko'tarib yurishlik vositalari yengillashgan sari biz og'irlashib boryapmiz. Inson sabr sifatiga ega bo'lmasa, unda ilm degan narsa jam bo'lmaydi. Shoshqaloqlik, besabrlik insonni ilmdan to'sadi. Suhbatimiz oxirida hukmronlarda bir ajib so'ziga e'tiborlarni qarataman. Ayni ilmga taalluqli. Hukmolog aytadi, ilm uch qarich.
Birinchi qarichini o'rgangan odam takabbur bo'ladi. Ikkinchi qarichini bo'lgan kishi kamtalar bo'lib qoladi. Uchinchi qarichini bilgan kishi hech narsani bilmasligini anglaydi. Ya'ni uchinchi qarshiga o'tgan kishi, kitobga bo'lgan chanqoqligi, ilmga bo'lgan intilishi, avvalgidan ham nima bo'ladi? Oho, biz hali bilmaydigan narsamiz juda ko'p ekan deydi. Endi takampir bo'layotgan bo'lsak, demak biz birinchi qarichadamiz.
Alloh subhanahu va taolo mana shu shoshqorolik degan sifatimizni tuzatishligimizga alloh taolo o'zi tavfiq bergan bo'lsin. Chunki esimizdan chiqmasin, otamiz Odam alayhissalomu Jannatdan chiqargan sifat, ayni mana shu shoshqoralik bo'ladi. A'qul u qovli hada va astag'firulloh ili va alayhi va lakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.