Maviza
—Qoralama41 daq

Islomda farzand tarbiyasi

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
40:33
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohiym. Bismillahir rohmani rohiym. Alhamdulillahi robbina alamin. Vala aqibatu lel muttaqiyin. Vassolatu vassalomu ala sayyidina muhammad as sodiqil va adil amin. Va ala alihi va ashabihi ajma'in. Va mablag'at, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Alloh subhanah va taolo shu sayyidalar va ukamizni barchamizga barakotli qilgan bo'lsin. Gunohlarimizni muhokama qilsin, duolarimizni ijobat qilsin. Islomda farzand tarbiyasi deb nomlanadigan darsimizni mana bugun yigirmanchi chisla, shu darslarni eshitib, o'qib, o'rganib, qadbi qilib, payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam rozi bo'ladigan ummatni tarbiya qilishlikni muvaffaqiyatini alloh taolo hammamizga bergan bo'lsin.

Bugun inshaalloh, nafsiy tarbiya, psixologik tarbiyaga keldik. Shu kungacha siz bilan biz farzandlar tarbiyasida iymoniy, axloqiy, jismoniy va aqliy tarbiya haqida so'z yuritgan bo'ldik. Bugun nafsiy tarbiya. Tarbiya yo'lidagi eng xatarli, muhim nuqtalardan.

Psixologik tarbiya. Aqlli, hushyor ota o'zini farzandini jamiyatda ilg'or, peshqadam, jur'atli inson bo'lishiga yordam beradi. Endi johil ota ona esa, o'zini qilgan xatolari sababli, o'zini tutgan noto'g'ri tutmishi sababli, farzandini noqis, bo'yni qisilgan, o'ziga bir ishonchi bo'lmagan, noqobil inson bo'lishiga olib keladi. Natijada bunaqa insonni jamiyat qabul qilmaydi. Shuning uchun takror takror aytamiz, birodarlar, otalik, onalik bu mas'uliyat.

Agar ta'bir joiz bo'lsa, bola, farzand loy. Ota ona kulol. Farzand loy, ota ona kulol! Bu loyga shakl bersa, unga bir qandaydir bir ishlov bersa, bir yaxshi narsa yasash mumkin bu loydan. Agar tepalab teplab qo'ysa, u ham bir narsa bo'lishi mumkin. Shuning uchun ota onalarni qiladigan eng muhim ishi bu farzandlarni tarbiyasi. O'zi musulmon sifatida, bir erkak kishi sifatida bizni qiladigan eng katta ishimiz ham mana shu farzand tarbiyasi. Chunki takror aytyapmiz, qornini boqyapman bolalarimni, ustini qilyapman bolalarimn demang, chunki bu uni rizqi. Siz qilmasangiz, Alloh boshqa yo'ldan beraveradi. Takror aytamiz, agar qornini boqirishligi faqat sizga bog'liq bo'lganida, siz o'lib qolsangiz, bolangiz ochligidan o'lib ketishligi kerak edi. Ammo bunday bo'lmaydi. Bizning eng muhim ishimiz bu farzand tarbiyasi.

Ba'zida ota ona shoshqaloqlik qilib, jahli tezlik qilib, o'ylamasdan bir gapni gapiradi yoki bir ish qilib qo'yadi farzandini ustida, natijada bolasini ko'nglini sindirib qo'yadi. Jur'atsiz, o'ziga ishonmagan, noqis bo'lib katta bo'lib qoladi da. Gohida aksincha bo'ladi. Bir og'iz so'z bilan, bir qilgan ishi bilan bolasini ko'nglini ko'taradi. Uni shijoatli inson bo'lishiga ko'mak ko'rsatadi. Demak, masala hikmatda, masala ilmda. Hikmat bilan muomala qilinadigan bo'lsa, har bitta farzand ulug' inson bo'lish imkoniyati bor. Va har bitta farzand ablah, nochor, notavon inson bo'lishning imkoniyati ham bor. Bu tarbiya berayotgan murabbiyni yoki unga tarbiya berayotsa ota onani qo'lidagi narsa.

Astaydu billah, yu'tal hikmata man yasha, va man yu'tal hukmata faqat u'tiga hayron kafiroq, va man yad zakkaru illa ulul al bar. Alloh taolo Baqara surasida shunday marhamat qiladi. U o'zi istagan kishilarga hikmat, foydali ilm beradi. Kimga hikmat berilgan bo'lsa, bas, muhaqqaqki, unga ko'p yaxshilik berilibdi. Va eslatmalarni faqat ahli donishlargina oladilar. Bolalari bilan qilayotgan muomalasida hikmat bo'lgan odam farzandlarini ulug' inson bo'lishiga ko'mak beradi. Masalan, har qanday bola xato yo'l qo'yadi. Piyolani sindirib qo'yadi, birovni bir narsasini uyingizga ko'tarib kelib olgan bo'ladi. Xullas, bir noto'g'ri ishni hamma bola ham qiladi. Shunda kimdir darrov so'kadi.

Uradi. Sen odam bo'lmaysan, sen itti bolasisan, sen anaqasan va hokazo. Shu bilan bolani ko'nglini sindirib qo'yadi. Agar shu bolaga xuddi katta odamga muomala qilingandek, qilgan ishini noto'g'rilik ekanligini tushuntirib turib, chiroyli gapirib, biror bir oyatdanmi, hadisdanmi bir dalilni aytib, biror bir sahobanimi yoki payg'ambarnimi hayotidan, assalomu alayhi vasallam, hikoyani keltirib bersa, ishonovering.

Bola oladi. Qaytib shu narsani qilmaydi. Ammo buni o'rniga darrovnoma qilib beramiz, urishib beramiz. So'kib beramiz. Akasini, ukasini oldida so'kamiz, ko'nglini sindirib qo'ydik. O'rtoqlarini oldida so'kib beradimiz, ko'nglisini sindirib qo'dik. Esimizga ham kelmaydi. Bolani qilgan xatosi bizni jahlimizni chiqargan paytda, jahlimizni yutib, unga tarbiya berishni o'rniga ichimizdagi zaharda sochib olib mazza qilamiz. To'g'rimi? Ayniqsa hozirgi zamonda.

Shuning uchun otalar, onalar farzandlarini nafsiy tarbiyasiga, psixologik tarbiyasiga mas'ul bo'ladi. Men bir qoidani aytaman. Otalar farzandinglar, shu psixologik holati qanaqa bo'lsa, bu sizlarni qilgan ishinglarni mevasi. Jur'atli bo'lsa, sizni qilgan ishingizni sharoiti, qo'rqoq jur'atsiz bo'lsa, yolg'onchi bo'lsa, injiq bo'lsa, u sizni qilgan mehnatingizni samarasi. Qoida. Tarbiyadagi qoida shuki, farzandlarning suluviyatidagi xatolarining aksariyatining sababi murabbiylarning xatolariga borib taqaladi. Farzandingizni yurish turishidagi, tutmishidagi qanaqa xatoni ko'rsangiz, bilingki, sizni xatoyingiz shu.

I masalan, ona qizlarini oldida baxriy turib turib otaga yolg'on gapiryapti. Buni ko'rgan qiz amaliy suratdagi darsni oldi. Yuzta masala qiling bu qizga, foydasi yo'q. Chunki onasi nima qildi? O'zi amaliy suratda yolg'onni gapirib qo'ydi. Demak, bo'laverar ekan deydi da. Xo'sh.

Xo'sh, nafsiy tarbiya deganda, psixologik tarbiya deganda nimani nazarda tutamiz? Bu tarbiya orqali biz nimani xohlaymiz? Birodalar, farzandlarimizni fazilatlarga, rostgo'ylikka, omonatdorlikka, jur'atga, saxiylikka, ochiq yuzli bo'lishlikka, hayotda muammolarni hal qilishlikka, sabrli, quvvatli bo'lishlikni o'rgatishni xohlaymiz bu tarbiya orqali.

Bu o'rinda ota onalarni yo'lga yo'l qo'yadigan bir xatosi bor. Farzandiga bo'lgan rahmi shafqati va farzandiga bo'gan qattiq qo'lligini. Bir xilga ota ona shu boylarni bolamni ko'ngli cho'kib qolmasin deb turib doim yaxshi gapiradi. Nima desa muhayyo qilaveradi. Oshiqcha rahm shafqat qilib yuborganligidan bu rahm shafqati ziyoniga ishlab qoladi. Yoki qattiq ushlash kerak bolalarni deb turib oz cha qattiq ushaydi, bolani boyagidek aytdi sotunchoq.

Jur'atsiz qo'rquv qilib qo'yadi. Demak, masala nimada? Masala, ana shu yumshoqlikni ham, qattiqlikni ham o'rtachasini ushlashlikda. Shuni qilsak, shunda foyda bo'ladi. Doim yumshoq gapirib, popalab etyat qilaversangiz ham, ayniydi bu bola. Doim qattiq gapiraversangiz ham, nima bo'ladi? Ayniydi bu bolada. Demak, muammo, mushkula hikmatda.

Demak, ota onalar bu masalalarda me'yorni bilishlik kerak. O'rni kelganda rahm shafqat ham qilamiz, o'rni kelganida qattiqroq gapiramiz. Qo'rquv, hasad, g'azab, bular yomon tarbiyaning mevasi. Farzandingizda shu sifatlar bormi? Demak, sizni qilgan tarbiyangizni, yomon qilgan tarbihangizni mevasi.

Bu nafsiy tarbiyada bir qancha farzandlarda ko'rinadigan ko'rinishlarni, axloqiy ko'rinishlardi ko'rib chiqamiz. Bu, e, hijolat chekishlik, tortinchoqlik, qo'rqoqlik, o'zini bir noqisqis qilishlik, hasad, jahli chiqaradigan bo'lishlik. Bu sifatlar bolalardagi kasallik. Bu ulardagi salbiy sifatlar. Mana shu aytilingan ko'rinishlardan bugun, agar vaqtimiz yetsa, tortinchoqlik. Uyatchanlikni ko'rib chiqamiz.

Xijolat chekishlik. Bu masalada otalar bir juda ko'p xatolarga yo'l qo'yadi. Mana endi xijolatchan, uyatchan bola, tortinchoq bola, oshiqcha tortinchoq bola. O'zi tanimagan biror odamga borib dadil gapira olmaydi. Doim xijolat chekkadi. Tortinchoq. Bu kasallik biror odam. O'z o'zidan ma'lum. Hayo bilan tortinchoq bo'lishlikni farqi bor. Hayo, birodarlar, iymondan. Hayo bu zo'r fazilat. Ammo uyatchan bo'ling, tortinchoq bo'shlik, bo'lini qisib qolishligi bu bolalardagi nuqson hisoblanadi.

Bolasini begona odam uyga olib borsa, begona o'zi tanimagan odamlarni orasida bola gapira olmaydi. Biror bir savolga ham javob bera olmaydi, salomlasha olmaydi, jur'ati yetmaydi. Bu otani qilgan xatosi. Bu uyatchanlik vaqtida davolanmasa, shu bola bilan birga ulg'ayadi. Shu holatda, shu uyatchanligi bilan ulg'ayadigan bo'lsa, katta bo'lganda ham jur'atsiz inson bo'ladi. Uyatchan bo'ladi. To'g'ri kelgan odam boshqarib ketaveradi. O'zini mustaqil fikri bo'lmaydi. O'rni kelganda yo'q deyishga quvvati yetmaydi. Chunki mana bu yurak kuchuk bo'lgan, o'ziga bo'lgan ishonchi yo'q.

Chunki ota shunaqa qilib qo'ygan, so'kavergan, so'kaovergan, uravergan, bir ish qilsa, xato qilsa, so'kavermagan, hali bola xato qilmasdan jim turishlikda, salomatlikda biladi da. Och qornim. E, odam, mol, odam bo'lmaydi, gapiring, gapini qara mana bunaqa qilib. Tuppa tuzuk bolani qara. Bilmay xato qildi, tuzatib qo'y shu narsani, otam. Agar sen bolangni ruhiy tarbiyasiga e'tibor bermasang, kim e'tibor beradi? Seni bolang endi yu bu. Maktabga borsa, yaxshi o'qimagani uchun turib kelsa o'qituvchisidan.

O'rtoqlarning ikkita yuzidan kursa, uyga kelganda sen so'ysang, onasi so'ysa, nima qilsin bu bola? Endi o'zini dunyosiga shunday kirib berkinib yuboradida, hech kim bilan ishi yo'q. Tortinchoq, shunday bir jur'atsiz bola bo'lib qoladi. Demak, yoshi katta bo'lganda ham bir insonni uyatchan bo'lishi, tortinchoq bo'lishi, xijolat chekor oladigan bo'lishligi, yoshligidagi uyatchanligiga, yoshligidagiga kasalga borib taqaladi.

Insonga fazilat hisoblangan hayo bilan kamchilik hisoblanadigan uyatchanlik, tortinchoqlikni o'rtasida albatta katta farq bor. Hayo iymondan. Gunoh qilgani Allohdan uyalishlik bu hayot. O'ziniki bo'lmagan narsani olib o'ziniki qilib olishlikdan uyalishlik, bu hayot. Hayot bu iymon. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, muttahaffo nalik bo'lgan hadis. Al hayya avval imanu qorna jamiy an. Fida rufiya ahaduhina, rufiya al ah.

Albatta hayot va iymon barchasi bir biriga yaqindir. Bittasi ko'tarilsa agar, ikkinchisi ham ko'tarilib ketadi. Insonda hayo bo'lmasa, unda iymon bo'lmaydi. Hayo, iymon. Iymon, hayo. Biz uyatchanlik, bo'yni qisiqlik, xotinchoqlik bilan hayoni aralashtirib qo'ymaylik.

Idallam tasdaha'in fav al ma'shi itadadi rasululloh sollallohu alayhi vasallam imom buxorga keltirgan xristi. Agar uyalmasang, xohlaganingni qil. Bu hadisni ikki xil ma'nosi bor. Hisob kitobdan, jazodan uyalmasang, odamlardan uyalmasang, hoxlaganingni qil. Ya'ni odamlar, masalan, esi past odam bir ayb ish qilsa, unga parvo qilishmaydi. Bu esi yo'qda deb qo'yadi. Chunki shariatda esi yo'q jinni, majnun odamga taklifot qo'yilmaydi yelkasiga. Bu jinni bu. Bo'ldi, ov qilinaveradi.

Endi odamlardan ham hayo qilmayaptimi bir ayb ishidan? Demak, bunga bo'laveradi degani. Men qila, menga bo'laveradimi, men qilaveraman men. Keyin nima deydi? To'ppa to'g'ri. Qilov. Chunki seni chizig'i buyog'iga tuzib qo'ydi odam. Ikkinchi ma'nosi, agar qilayotgan ishingda Alloh'dan uyalmasang, hech kimdan qo'rqmay qolaveradi. Chunki sizni hech kim ko'rmayotgan paytda gunoh qilishdan nima to'sadi?

Hayot o'sadi. Kimdan bo'lgan hayot? Odamlarni oldida ulardan bo'lgan hayozingizni to'ssa, hech kim yo'q bo'lgan joyda gunoh qilishi bilan robbingizdan bo'lganhayot o'sadi. Demak birodar, hayo bilan tortinchoqlik ikkita boshqa boshqa narsa. Buni uyatcha bu deydi, xayoliy bola deydi. Yo'q, uyatcha bu xayoliy bola emas, bu jur'atsiz bola bu, tortinchoq bo'yni qisilgan bola. Xayo boshqacha narsa bo'ladi.

Astag'firulloh. Valladina idan asobaxu mulbag'iy hum yantasiru. Va jazau sayy'atun sayy'atu mifluha, fa mana afra va aslaha fa ajruha alloh, innahular yuhukbu doimiy. Alloh Taolo Qur'oni Karimdan sho'ro so'rashuvni marhamat qiladi. Ular o'zlariga zulm yetganda, unga qarshi kurashib, g'olib bo'ladigan zotlardir.

Har qanday yomonlikning jazosi xuddi o'ziga o'xshagan yomonlikdir. Ya'ni har bir yomonlikni o'ziga yarasha jazosi bor. Endi kim? Imtihon olishga qodir bo'lgan holda, avf qilib, o'rtani tuzatsa, biz uning ajri Allohning zimmasidadir. Albatta u zulm qilguvchilarni sevmas. Juda ham bir muhim, nozik nuqta.

Zulm qilgan kishini kechirib qo'yishlik haqidagi. So'z. Agar sizga zulm qilgan ki kishi, sizni haqqingiz yegan kishi, agar uni au qilib qo'ysangiz, kechirib qoiysangiz, sizni qilgan shu ishingiz, uni allohga yaqin bo'lishiga sabab bo'lsa, shu gunohidan tiyinishiga sabab bo'lsak, avf qilib qo'yganingiz yaxshi. Qaytarib aytaman, sizga zulm qilgan kishi, haqqingiz yegan kishini, agar avf qilib qolsangiz, shu qilgan ishingiz uni Allohga yaqin qilsa, dinga yaqin qilsa, bu odamni avf qilib qolishlik yaxshi bo'ladi.

Ammo agar uni kechirib qo'ysangiz, avf qilsangiz, shu ma'siyatida davom etaversa, yana haloyiqqa tajovuz qilayotganligi ishida, tajovuz qilib ishida davom etadigan bo'lsa, bu odamni alifbo bo'lmaydi. Mana shu ayni hikmatdan bo'ladi. Yoshligidan xijolat bilan bo'yni qisilib o'sgan odam ulg'ayganda ham haqqini talab qilolmaydigan odam bo'ladi. Haq bo'lib turib ham o'zini haqqini talab qila olmaydigan bo'lib qoladi. Xato qilgan odamga sen xato qilding deb turib betiga ayta olmaydi. Qo'y. Qo'y! Xafa bo'lib qolmasin endi. Noto'g'ri ish qildi, shu yerda aytishlik kerak shunga. Shuni ham ayta olmayaptimi, nohaq bo'lgan odamda sen nohaqsan deb. Bu hayo emas bu. Bu ojizlik bu. Bu uyatchanlik, bu tortinchoqlik, bu nuqson.

Eng kattada endi, qanaqa qilib aytamiz? Qo'y. Kattalab turibdi o'shalar raisi. Jur'atsizlik. Mana endi, siz bilan bizga ibrat bo'lgan insonlar. Sahoba ikromlar, hobinglar, ularni hayotidan mana shu jur'atga bir qancha misollarni keltirgan bo'lamiz, inshaalloh.

Eshitdim, o'tirib, o'zingni yoshligingizga keladi da. Kelyaptimi kalyeraga? Menga qanaqa muomala qilishardi kichkinaligimda? Kimni yaxshi ko'rardingizmi, kimni yomon ko'rardingiz, mana shu masalada? Falonchi tog'am yaxshi edi, falonchi amakim rasvo edi. Falonchi amakimi tushuntirardi da, bir yaxshi gaplar amakim o'sha chapak odam edi.

Farzandlarimiz, agar bemehr katta o'ylaydigan bo'lsa, bir ikkinchisiga. O'g'limiz, qizimiz katta bo'lganda ham ota onasiga bemehr bo'layotgan bo'lsa, bilinglarki, ota onalar, o'zinglar ehtinglar shu daraxtni. Odamlar bor, ota onasini boshiga qo'yadi. Odamlar bor. Ota onasini oyog'ini tagiga qo'yadilar.

Albatta, bu narsani sababi bor. Shu narsani kimdir unga o'rgatgan, shu narsani unga singdirgan. Sahoba ikromlar hayotidan mana juratga misol keltiramiz. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Ibn Umar ro'ziyallohu anhu yosh bola edi. Umarimni xattobning o'g'li. Rasululloh o'zining sahobalari bilan o'tirarkan deb, ularni orasida umarimni xatti olib boradi va o'g'li abdulloh ham boradi. Payg'ambarimiz o'zi bilan o'tirgan sahobalariga shunday dedilar. Inna minna shajari shajaratan la yasqutu varaquha va inna ham misla mu'minni. Fahadathuni mahiya.

Rasululloh aytdilar, savol berdi. Daraxtlarni orasida bir daraxt bor, bargini tashlamaydi. U musulmonga o'xshaydi. Qaysi daraxt? O'sha daraxt edi. Shunda har bitta bilgan odam falon daraxt edi, to'kin daraxt edi da, umarini hatto roziya allohu anhu oldida o'g'li o'tiribdi. Abdulloh aytadi, xurmo daraxti bo'lsa kerak. O'sha hammasi o'zini qishlog'idek shahar daraxti aytgan ekan hadis sharfida. Har bitta shu yerda o'tirgan odam o'zini mahallasida, o'zini qashlog'ida bo'lgan.

Xurmo bo'lsa keray dedim. Lekin gapirgani uyaldim deydi. Yana bir rivoyatda Abu Bakr, Umar ham jim o'tirganligi uchun men ham gapirgani uyaltim deydi. So'ngra Payg'ambarimizdan o'zingiz ot berib yuboring ya Rasululloh deyishganida, u xurmo daraxti dedi Rasululloh. Majlis tugadi, sahobalar tarqalishdi. Abdulloh otasi Umarga dada dedi, men dedi, xurmo daraftimikin deb ko'nglimga keluvdi dedi. Lekin aytgani uyaldim dedi. Shunda, ey o'g'lim dedi, Umar uni qattiq. Agar aytganingda dedi, jur'at bilan aytganingda mana shu narsa men uchun qizil tuyaladan ham yaxshiroq bo'lardi. Ya'ni jur'atli bo'lishligini xohladi. Rasululloh taolo aytganida, umrini hatto olib kelib sharaf bo'lardi. Hech qaysi sahoba bilmagan narsani o'g'li bilgan bo'ladi. Jur'atli bo'shini xohlayapti bolasi.

Ba'zida guvoh bo'lib qolasizlar, yosh bola bo'ladi, kichkina. Ishonch bilan gapiradi. Odob bilan gapiradi, uyalmay gapiradi. Mana shu jur'at. Odob bilan, uyalmay, ishonch bilan gapiradi. Mana shu jur'at. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga sahobalar bilan o'tirishganlarida bir ichimlik otgani berildi.

Rasulullohi sollallohu alalayhi vasallam ulti yabin sharobin, hashariba minhu. Va'ni yaminiki g'ulamun, va'ni yasoriki ashyahun musinnun. Faqolali g'ulam, at anuli an ul tiyaha ula. Rasulullohni o'tirgan majlisida bir ichimlik olib kelib, Rasulullohga berishdi. Rasululloh haligi ichimlikdan ichdilarda o'ng tomonida turgan kichkina bolaga qarab turib, chap tomonda kattalar o'tiribdi. O'ng tomonada kichkina bola o'tiribdi da. Ona ularga buni berishimga ruxsat berasizmi dedi.

Bu sunnat. Bir majlisga bir tom olib kelinsa, yoshi katta, hozir insonga birinchi beriladi da, so'ngra uni o'ng tomonidan berib boriladi. Bu sunnat. Endi boyagi kichkina bola Ibn Abbos deyiladi. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu. Rasululloh so'rayapti. Bu qanaqa tarbiya deng? Ruxsat berasizlar, mana shu ichadigan narsani oqsoqollarga beraveringmi deyapti. Bu bola nima dedi? Endi men siz nima desangiz o'shada, Rasululloh. Derdi da, yo'q. Yo'q, Rasululloh dedi, jur'at qiling. Sizdan keyin ichishlik nasibamni, bu sharafni hech kimga bermayman, bermaymang dedi.

Rasulullohni oldida jur'at bilan, lekin odob bilan, lekin ishini qarang. Kattalarni oldida indamay turishlik odob, birodarlar. Ammo gapirish kerak bo'lgan o'rinda yana indamay turaverslik, bu soqov shaytonlik bu. Qarang, kichkina bolani kimga gapiryapti? Rasulullohga. Jur'at o'zi nima?

Jur'at. Uyatchanlik bilan surbetlikni orasidagi narsa. O'zi hamma fazilat shunaqa. Ikkita salbiy sifatni o'rtasidagi narsa, buyog'iga o'tib kelsangiz surbetlik boradi, buyog'iga olib kelsangiz uyatchanlik boradi, o'rtasida tursangiz jur'at bo'ladi. Nagliy degan so'z bor ku bizda, nagliy degan o'zimizni so'zimiz bor. Yo'q men nagliy ekanman a bolam deydi.

Shuning uchun tortinchoq bo'yni qisadigan bola bilan hayoti adashtirmaylik. Yana jur'at bilan nagliy bolani ham almashtirmaylik. Bizda yo u yog'i yo bu yog'i da. O'rtasi kam. Yo nagliy bolalarimiz, yo. Jur'at nima? Xijolatchanlik, tortinchoqlik va surbetlikni orasidagi narsa.

Imom baholaydan keltiriladi. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan. Umariddin xattob roziyalloh anhul xalifa bo'lib turganlarida, o'zini maslahat majlisiga badrda qatnashgan kibor ulug' shayx sahobalarni chaqirar edi. Maslahatida o'tirardi shular. Endi ular bilan birga hali balog'at yoshi yetmagan Abdulloh ibn Abbosni ham olib kelib o'tkazib qo'yardi. Endi boyagi kibor sahobalarga bu narsa yoqmas edi. Bizni bolamiz bilan teng bo'lsa bu. Biz bilan o'tiradimi? Deb umariddin xattop degan noroziligini aytishganida, nimaga bu biz bilan o'tira desa, sizlar bilasizlar nimaga o'tirishini. So'ngra kunlarni birida deydi, Ibn Abbos roziyallohu anhu xalifa meni chaqirdi. Men bildim, deydi. Meni ularga ko'rsatishni xohlagan ekan. Men kelib o'tirganimda, xalifa majlisdagi kishilarga qarab, Alloh Taoloning, astag'firulloh, ida ja anasurullohi va al fath oyati haqida nimalar bilasizlar? Nima deysizlar shu oyat haqida? Ular aytishdi, agar Allohning nusrati va fathi kelsa, unga hamd aytishimizga, istig'for aytishimizga buyurgan.

Umariddin xattop ibn abbosga qarab, ey ibn abbos, siz nima deysiz dedi, bunaqa emas dedi. Chunki ular aytayotgan unaqa emas edi bu oyatni mazmuni. Ular adashgan edi. Bu kishidan so'raganida, shuncha odam shunaqa deyapti, bo'pti indamay qovuring demayapti. Chunki jur'atli da. Unda emas, dedi. Nima deysiz deganida, bu Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ajali yaqinligini alomati edi, dedi.

Umariddin xattopoy aytdi, men ham sen aytgandan oshgan narsani bilmayman dedi. Ya'ni shu kichkina balog'at yetmagan bola, oqsoqolloni rayiga qarshi fikrda ayta olyapti, odob bilan, jur'at bilan. Mana jur'at. Mana jur'at! Chunki bu kishini haqqiga Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam duo qilgandilar. Allohum ma'allin hu tta'vil va faqih hufiy din. Parvardigor, bunga tavini o'rgatgin va dinni tushuna oladigan qilgin. Shu duoni sharofati bilan Ibn Abbos yosh bola bo'lsa ham olim edi. Mana jur'at birodar. Mana jur'at.

Muammo menda o'zini yoshligini Allohninng toatida g'animat bilishligi kerak bo'ladi. Ayrim bandalar bo'ladi, Allohninng fazl ko'rsatgan. Yoshligidan pokiza hayot kechiradi. Gunoh mas'uliyatdan uzoq, ibodatda qoyil, dars ilm majlislarida doim bo'ladi, a'zolari gunoh mas'uliya'tdan uzoq bo'ladi. Yoshi ulg'aygan sari Allohga bo'lgan ishtiyoqi kuchayadi. Dunyo odam ko'ngli sovushiga ziyoda bo'lib boradi. Bunaqa odam, yoshligini zo'r yashab o'tgan odam, orqasiga o'giriladi da, hayotini qarasa, bosayotgan hayot yo'lini, faqat toat, faqat ibodat, hokazalik, da'vat, ilm o'zini baxtli his qiladi.

Birodarlar, oldin qolmaylik. Bu hayot juda tez o'tib ketadi. Oqsoqollarimiz aytishsin. Kechada bular ham o'n olti ga kirgan edi. Ko'p aytamiz. Yuz yil buni yo'q edi bu yerda o'tirgan odam bittasi. Yuz yildan keyin bittasi ham qolmaydi. Biz dunyoga imtihondan o'tib yoki o'ta olmasdan chiqib ketishlik uchun kelganmiz. Subhanalloh, birodarlar, inson yoshlik chog'ida hech qachon kasallikni o'ylamaydi. Hech qachon band, mashhur bo'lib qolishingni o'ylamanglar. Buni hali yurak qisishi, davleniya, oshqozon ichi kasalligi, uxlay olmaslik, bu kasallar uni hayoliga ham kelmaydi, yoshlik davrida. Lekin bu narsa vaqtincha. Vaqtincha. Albatta vaqtincha.

Bir inson faqat shu dunyoni o'zida baqir yashasam bo'ldi deb oxirat bilan ishi bo'lmasa, bu odamni hayoti kulgili bo'ladi, holati. Allohdan uzoq bo'lgan insonni moddiy saodati vaqtincha. Qarang. Bir odam tasavvur qiling. Oxiratdan umidi yo'q. Shu dunyoda zo'r yashasam bo'ldi degan g'am bilan yuribdi. Bu odamni hayoti kulgili bo'ladi.

Shu dunyoni o'zida zo'r yashashlik uchun insonga uchta narsa kerak. Sog'liq, pul, vaqt. Bo'ldi. Sog'liq holatini ichida, pulni ichida. Tinchlik ham sog'lig'i ishida. Tinchlik tashxafingizni bir so'raymiz u. Demak, shu dunyoda o'zida zo'r yashayman degan odamga uchta narsa kerak. Sog'liq kerak, vaqt kerak, pul kerak. Endi ikkinchi, hech qachon uchchalasi bir bo'lmas ekan. Albatta bittasi yo'q bo'lar ekan. Yoshligingizda. Sog'ligingiz zo'r, vaqtingiz ko'p.

Pulingiz yo'q. O'n besh o'ttiz yoshgarcha emas. Yoshlikda sog'liq bor, vaqt bor, puli yo'q. Ketdik. Ikkinchi bosqich. Bu bosqichda nima nima bo'ladi? Sog'liq bo'ladi, pul bo'ladi, vaqt bo'lmaydi. O'ttiz bilan bir ellik yoshni olasiz.

Do'kon ochdingiz, ish yurgizdingiz, ishingiz yurishib ketdi, tovarapga soat hisob kitob qol, qolgan tovar, ostatka tovar, umumiy ekan pul, xullas, vaqt yo'q. Qon pulga bir joyga uyni solib qo'ygan, bir daryoda boyagi yo bir qandaydir bir tog'da yonbag'riga borib dam olgani vaqti yo'q. Otasini onasini ziyoratiga vaqti yo'q. Sog'ligi bor, pul bor, vaqti yo'q.

Endi oltmish dan keyin vaqt bor, pul bor, sog'liq yo'q. Bolalar katta bo'ldi, ishni bolalarga topshirdingiz, bolalar yurgizyapti, pul bor, vaqt bor, lekin sog'liq yo'q. O'shaning uchun aytdik. Faqat shu dunyoni o'zida saodatli yashayman degan odamni holati kulgili bo'ladi. U dunyoni o'zi saodatli bo'lish uchun uchta narsa kerak edi. Sog'lik, vaqt, pul edi. Lekin bularni uchalasi hech qachon bir bo'lmas ekan. Ikkitasi bir bo'lar ekan, uchinchisi doim yo'q bo'lar ekan. Ammo, ammo, Allohni tanisa inson, bir. Uni roziligini hamma narsadan ustun qo'ysa, ikki. Shuni yo'lida umrini sarf qilsa, inson yoshligida ham, o'rta yoshligida ham qaraganda ham o'zini saodatli his qiladi.

O'lim degan narsa kelganda ham, saodat yo'lidagi bitta bir nuqta bo'ladi xolos. Shunday oqlaydi, oxiratdagi abadiy saodatga ketadi. Bunaqa maqsadda yashayotgan odamni, bo'ydoqlik davri ham zo'r bo'ladi. O'rta yoshi ham zo'r bo'ldi. Qaragandagi holati ham zo'r bo'ldi. Umriga shunday qaraydi yetmish yilda hayotiga. Zo'r yashadim hayotimni deydi. Allohni qulchiligi bilan sarfladim, umrimni o'tkazdim. Va dunyodan chiqib ketayotganda, hech qanaqa armon ichini o'kinish o'ta yondirmaydi. Birodarlar, o'lchoviga bog'liq ekan yana aylanib keldi.

Uni hayoti abadiy saodatga qarab yuradi, hatto o'lim ham bu saodat yo'lidagi bir nuqta bo'lib qoladi xolos. Allohning toatida ulg'aygan yigitlar haqida misollar. Umariddin xattob roziyallohu anhohu mashhur qizsan. Kunlarda birida xalifa bo'lib turgan davrda ko'chada ketayotsa, ko'chada o'ynayotgan bir turib yosh bolalar umariddin xattiobni ko'rib tirqirab qochib ketishdi. Umariddin hatto haybatli inson bo'lgan, hatto katta odamlar ham travmasida oldida, sir bor edi. Hamma yosh bolalar qochib ketdi, bir bola turibdi joyida. Xalifa qiziqib borib, ey bola dedi, nimaga hamma qochib ketganda sen qochib ketmading dedi. Bu bola aytdiki, ey amir dedi, ey amirul umining, sizni zulmingizdan qo'rqish uchun zolim emasman. Jazoyingizdan qo'rqishlik uchun gunoh ish qilganim yo'q. Yo'l keng. Siz ham, men ham sig'averamiz deb. Jur'atni qarang. Bir xato ish qilgani yo'q, bir zulm qilganim yo sizdan bir kaltak yoki jazolanishlikka. Menda hech qanaqa bir ayb yo'q, o'taverasiz deyapti. Kimni bolasi san desa, Zubayriddin nur avvalnima deydi. Abdulloh Mirzubey roziyallohu anhuzur. Qarang, jur'atni. Umariddin nur Abdulaziz rahmatullohu alayhi.

Bu xulof ayirboshimlarning beshinchisi deyiladi. Hayit kunida bir bolaga ko'zi tushib qoldi. Xalif bolani ustida yamog'i bor, kiyim bor edi. Uch to'rtta yamog'i bo'lardi kiyimida. Hayit kunida. Demak, kambag'al, qo'lida bir dunyosi bo'lmagan odam, hayit kuni yangi kiyish kerak, iloji bo'lsa. Haligi bolani ko'rib turib, xalifani ko'ziga yosh keldi. Bola xalifaga qarab, ey amiralik, umiding? Nima yig'layapsizlar? Xalifa aytdi: bolam, agar ustingdagi yamoq kiyimingni do'stlaring ko'rsa, seni ko'ngling sinishidan qo'rqaman, dedi.

Hamma yangi kiyib turganda sen yamoq bilan borib, haligilarni oldida bo'yning qisilib, ko'ngling sinishtan, dedi. Qo'rqama, dedi. Bola nima dedi? I am your elmu umining. Xalq alloh undan rozi bo'lmasligi yoki ota onasiga oq bo'lishi bilan sinadi. Bu narsaga qalb sinmaydi deyapti.

Albatta sizni mendan rozi bo'lishingiz sababli, Alloh ham rozi bo'lishingni xohlayman deyapti. Faqir kishini ko'rasan, hech narsasi yo'q, ammo qalbda xotirjamlik bor. Uni bu xotirjamligini yozsang, butun shahardagi odamlarga aytadi. Yana bir odamni ko'rasan, millionlagan puli bo'ladi, lekin faqir. Zarar qilding bu oilada deydi. Zarar qildik. Qancha zarar qildingiz? O'tgan oyda yuz yigirma ming foyda qilgandik. Bu oyda deydi yuz oy yuz ming bo'lib qoldi deydi. Ana faqir. Sen birodar faqirg'idan qo'rqqanligi uchun faqirsan.

Bir yigit ulug' bir ishni qildi. Uni qilgan ishi shunaqa bir odamlarga ta'sir qildi, bir odamni g'ashi kelib, yosh bola ekanligiga ishora qilmoqchi bo'lib, yoshini kichkina ekanligini bilan aytib, uni ko'ngli cho'ktirmoqchi bo'ldi da. Ey yigitcha dedi. Yoshingiz nechida dedi. Yigit, men Abu Bakr va Umarlarga Nabiy sollallohu alayhi vasallam Usomani amir qilgandagi yoshdaman deb javob berdi.

Ha, o'n yetti yoshda. O'n yetti yo'lda men demayapti. Usomani Payg'ambarimiz Abu Bakrur Umarlarga amr qilgandan keyin aytishdi da. O'sha yoshdaman deyapti. Jur'atni qarang. Umariddin Abdulaziz xalifa bo'lib saylandi. Uni tabriklashlik uchun atrofidan elchilar kelishni boshladi. Hijozliklardan bo'lgan jamoani boshlab bir kichkina bola kirdi. Hali o'nga yetib yetmagan bola edi. Boshmur bo'lib kirdi, o'n yashar bola. Bola turib xalifani xalifa bo'lganligi bilan muborak matbuot qilmoqchi bo'lib, gapirmoqchi bo'lganida, to'xta dedi. Sendan yoshi kattaroq odam gapirsin dedi.

Chi, yig'lab chiqib ketib qoldimi, xafa bo'ldi? Nima dedi? Alloh amirni isloh qilsin. Kishining qadri ikkita kichkina narsasi bilan. Tili va qalbi bilan bo'ladi qadri. Agar Alloh Taolo unga lafz qiluvchi, so'zlovchi tilni bergan bo'lsa, saqlovchi qalbni bergan bo'lsa, gapirishga haqli bo'ladi. Xalifaga kutibdi bu gapni. Agar ish siz aytganday bo'ladigan bo'lsa, ummat orasida sizdan ko'ra bu xalifalikka loyiqroq, yoshi kattaroq odamlar bor edi dedi.

Bu davlatni birinchi kishisiga borib gapiryapti bu yosh bola. Bu qo'shni amakiga gapirmayapti. Xalifaga gapiryapti. Odamni qadri yoshi bilan emas. Qalbi bilan tiliga bog'liq. Agar Alloh shu narsani bergan bo'lsa, gapirishga haqqi bor. Agar faqat yosh bilan ish bo'lganda sizdan ko'ra qarriroq odamlar o'tiribdi xalifalikka deyapti. Bu jur'at bir odam.

Xalifa Abdulmalik ibn Marvon, yana boshqaruv oyatlarida Xishomuddin Abdulmalik ham deyiladi. Huzurga bir jamoa odamlar kelishdi. Ularni orasida bir yosh bola ham bor edi. Haligi yosh bolani ko'rib, xalifani jahli chiqdi. Eshikni tagida turadigan kishiga qarab turib, ey falonchi dedi. Meni oldimga xohlagan yosh bola kelib kelaveradimi dedi.

Shunda haligi bola o'rnidan turib aytdi. Ey amir, dedi. Men sizni huzuringizga kirishim bilan sizni qadringiz tushib qolmaydi. Men uchun bu narsa sharaf. Bizni yurtimizga mashaqqatli kunlar keldi. Ozuqa yo'q bo'ldi. Sizlarda esa ortiqcha mollar bor. Agar ular biz uchun bo'lsa, nima sababdan ularni bizga bermaysizlar? Agar ular Allohnikisi bo'lsa, bas ularni bandalarga beringlar. Agar ular sizlarniki bo'lsa? Bas uni bizlarga sadaqa qilinglar, dedi.

To'xtatilmagan kichkina bolani gapi. Xalifa hayron qoldi. Vallohi bu bola dedi, talabini bajarmaslikka biz uchun bironta ham uzrni qoldirmadi dedi. Taom uchun yuz dinor, bu bolani o'zi uchun yuz dunyo berdi. Bola o'zimni haqqimni ham taomga beraman dedi. Chunki hojatga yetmay qolishi mumkin dedi.

Bular ham odamni bolasi. Bularda ham bitta erkak, bitta ayoldan Alloh dunyoga keltirgan. Lekin bularni mana shunday jur'atli qilganlar shu erkak bilan ayollar bo'lgan. Bizni ham qo'limizdan keladimi? Biz hammamiz xohlaymiz, farzandlarimiz jur'atli, shijoatli, yurakli, o'ziga ishongan, irodasi mustahkam farzand bo'lishligini. Hammamiz xohlamaymiz bunaqa farzandga ega bo'lishni. Ammo biz shunaqa farzandki, ota yoki ona bo'lishligiga loyiq mehnat qildikmi?

Bolani ruhiyatini uydagilar yo ko'taradi, yo tushiradi. Ba ba, nima bor? Boshim ortmi? E, e, menga bor. Otangga bor. Akangga bor. Ey, otalar, sizlarchi mana bu derazaga o'xshaysizlar? Shunday kelib dunyoni ko'rmoqchi olyapti. Siz shuni ochib bersangiz, o'zingizni qalbingizni ochib bersangiz dunyoda siz orqali taniydi. Siz to'g'ri degan narsani to'g'ri deb ulg'ayadi. Siz noto'g'ri deganasini noto'g'rida sizni o'lchovingiz bilan ulg'ayadi da. Agar yopib qo'ysangiz, boshqa derazalar ochiq.

Boshqalarni ko'z amagi bilan dunyoni ko'rib oladi. Shuning uchun bolalarimizni ko'nglini cho'ktirmaslik uchun, jur'atli qilib tarbiyalashlik uchun birinchi nima ish qilishimiz kerak? Hammamizni qo'limizdan keladi. Bu juda oson ish bu. So'ziga quloq solish kerak. Eslang, qachon siz o'sha uch yashar, to'rt yashar bolangizga o'tirib, xuddi katta odam bilan gaplashgani qilib, besh minut gaplashgansiz. Masxara qilmasdan, tepada turmasdan, xuddi o'zingiz bilan tengdek, qachon muomala qilgansiz bolangiz bilan?

Bugungi olib ketadigan narsanglar, farzandni jur'atli qilib tarbiya qilishlikdagi eng oson birinchi ish, nima bu? Katta odam bilan gaplashgandaqa o'tirib gaplashinglar. Unda televizorda kim ko'radi? Meni televizorga aylantirib qo'y degan ma'ruzamiz bo'lgan edi. Men ham parvardigor sendan bitta tilaydi tilayman. Ko'p narsa so'ramayotgandirman, o'n yashar bo'lmagan bola. Lekin yurakdan so'rayapman, meni televizorga aylantirib ko'y. Televizorimizni uyda o'zini alohida joyi bo'lgandek, meni ham joyim bo'lishini xohlayman. Oila a'zolarimiz televizorni oldida o'tirgandek, men oldimda o'tirishini xohlayman, televizorda birorta gapni o'tkazib yubormasdan muhim ekanligi ishonib quloq solishgandek, men ham sizimga diqqat qilib eshitishlarini xohlayman meni televizorga aylantirib qo'y deb yozgan inshosini aytib bergan edim.

Islomda farzand tarbiyasi degan darsimizni muhim nuqtalaridan, nafsiy, ruhiy, psixologik tarbiyasiga keldik. Bu darslardan siz bilan biz bitta kasallikni ko'rib chiqdik. Uyatchanlik, tortinchoqlik. A uni ziddi bo'lgan jur'at haqida gaplashdik. Alloh subhanahu va taolo barchalarimizni o'zi rozi bo'ladigan yo'ldirishimizga tavqiya bergan bo'lsin. Aql u qobiliy, ha davos ta'firi allohim.

Keyingi darsni tinglashIslomda farzand tarbiyasi