# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 332 of 510
- Section: —
- Duration: 16 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/332
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/KZ8gIQ2LU3Q.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=KZ8gIQ2LU3Q
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/331.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/333.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:02] Bismillahir rohmanir rohim. Inna alhamdulillahi nahmdu huwonasutayin huwonasutag'firuh. Va na'udhu billahi min surur ya'nfusina, va min sayy'at ya'malina. Man yahdihillah hufala muzdilala, va man yudhilil hufala hadiyala. Onashkadval la ilaha illalloh va hidahul la shar'iy kalah. Onashkad anna muhammadan abduhu va rasuluh. Mabodo assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lvi va barakatuh.

[0:36] Alloh azza va jalloh inson bolasini hali u onasini qornida yuz yigirma bir kunlik holatida turganida taqdiriga rizqini bitib qo'ygan. Rizq alloh tomonidan bandaga ato qilingan, hadya qilingan narsaki, mo'min bo'lsin, kofir bo'lsin, rizqi bor, o'sha rizqini yeydi, oshig'ini ham kamini emas. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar. Albatta, ruhul quddus, ya'ni jiyaburahli alayhissalom meni fikrimga shunday narsani olib keldi, pufladi. Nafs rizqini to'la olmagunicha, ajali yetmagunicha o'lmaydi. Uni talab qilishlikda chiroyli yo'l tutinglar.

[1:23] Sizlardan bittalarni rizqinglarni kechikishligi uni gunoh ma'siyat qilib, shu rizqini talab qilishligiga undab qo'ymasin. Ish yurishmayotgan bo'lsa, qo'lida pul to'plamayotgan bo'lmasa, qo'yingki, qarzini uzolmay, mashaqqatda turgan bo'lsa, rizqi tang bo'lib turgan bo'lmasa, hozir ana shu rizqni topaman deb haromga qo'l urmasin. Chunki dedilar Rasululloh, Allohni huzuridagi narsa gunoh ma'siyat bilan talab qilinmaydi. Bugun shu darsimizning ikkinchi qismi. Demak, banda rizq topish yo'llarini tozasini qidirishligi lozim bo'ladi. Shariatga muvofiq bo'lgan yo'llar bilan kasb qilishligi kerak bo'ladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, tis ato ashor rizqi fit tijaro. Vala oshuru fil mavoshi. Rizqni o'ndan to'qqizi tijoratda. O'ndan bir qismi chorvada. Ya'ni ko'ring, insonlarni rizqini kelishiga sabab bo'ladigan ishlarning kattasi bu tijorat ekan. Rizqning o'ndan to'qqizi tijoratda, bir qismi chorvada.

[2:38] Birodar, harom savdo seni boyitmaydi. Halollik seni kambag'al qilib qo'ymaydi. Halollik ham, harom niyat yo'li ham, bu bor yo'g'i sabab xolos. Seni boy qiladigan, kambag'al quladigan Alloh Taoloning xohishi. Biz taqdirimizga bitilgan rizqni borligiga iymon keltirdik. Endi ana shu rizqni kelishiga sabab bo'ladigan amallarni qilishligimizga shariat bizni buyuradi.

[3:12] A bu domlalaring gapiga quloq solasang, Alloh beradi deb o'tiraver deydi. Bekalarni beshtasini yebsan. Qaysi domla aytdi, rizq Allohdan deb o'tiraver uyda deb. Domlalar aytadi, rizq Allohdan, taqdiringga bitilgan, ammo sen shu rizqni kelishiga sabab bo'lgan mehnatni qilasan. Rizq Allohdan ekanligiga iymon keltirishing vojib bo'lganidek, ana shu rizqingni kelishiga sabob bo'lgan ishni qilishing ham shunaqa vojib.

[3:46] Ammo biz mana shu rizqimizni topish uchun qilayotgan sabablar bor yo'g'i sabab xolos. Rizq Allohni. Podvalga bir olimni qamoqqa qo'yishdi. Yerdan u o'n besh yigirma metr pastda. Quyoshning nuri tushmaydi. Lampochkani yoqib qo'ygan, o'tiradi, yillab o'tiradi, qilgan ishi yo'q. Ko'mmi tummi bilmaydi. Qarab tursa, ana shu xonasining shiftiga bir urguncha insof qo'yibdi.

[4:18] Endi qaysi hasharot ilashadi unga? Yerdan yigirma o'ttiz metr pastda bo'lsa u qamoqxonasi. Ajib da. Lekin o'sha o'rgimchak sababini qilib qo'ydi, to'rni to'qib qo'ydi shu yerga. Qarab turibdi. Qilgan ishi yo'q boyagi olimni. Uch kunda bir pasha kiradi, to'rga albatta ilashadi. Haligini yeydi o'rgimchi, tirikchilik qiladi. Yana uch kun o'tadi, pasha kiradi, yana ilashadi, yana tirikchilikni qiladi. Tushunarlimi, birodarlar?

[4:50] Shuning uchun. Yaxshi daromad olib turgan ishxonasidan, oyligidan ajrab qolishdan qo'rqib, ishdan haydab yuboraman desa, xo'jayinidan shunaqa bir o'ltinib, yolvorib so'raydiganlari bor. Yalinadi. Haydab yubormang meni, tirishishligi nima bo'ladi? Bu ish menga kerak. Bu nimani belgisi? Bu odamni rizq Allohdan ekanligi, iymonini zaifligi.

[5:20] Musulmon odam nima deydi? Alloh Taolo rizqini bitta eshigini yopib qo'ysa, boshqa eshigini ochadi. Chunki yuqoridagi hadisda aytildi, inson rizqini yeb to'liq olmagunicha, ajjali kelmaguncha o'lmaydi. Tirikmi? Demak nimasi bor? Rizqi bor.

[5:42] Qo'rqma birodar. Ishdan haydalib ketishdan qo'rqmang. Agar seni dining, iymon, e'tiqodinga zarar qiladigan ish ustida bo'ladigan bo'lsa, bunaqa ishni qilmay qo'yvor. Allohni tanigan, Allohdan bo'lgan iymoni quvvatli bo'lgan odam hech qachon o'zini rizqini deb turib birovga xor qilib qo'ymaydi. Ishing ham sabab, zavoding ham sabab, xo'jayini ham hammasi sabab. Tilaymisan? Tiring sen, demak rizqing bor, qo'rqma.

[6:17] Birodarlar, sabablar, bu sabab xolos. Bu hozir sizlarga aytadigan narsamni avvalgi darslarda aytganman, o'rni kelganda takrorlaymiz. O't, olov kuydirmaydi. Ollohni xohishi kuydiradi. Ibrohim halilullohni qavmi u kishini kuydirishlik uchun juda ham katta gulxan yoqishdi. Sababni qilishdi.

[6:45] Ibrohim alayhissalomni o'tga uloqtirishdi. Sababini qilishdi. O't kuydirdimi? Yo'q. Demak, o't kuydirmaydi. Allohni xohishi kuydiradi. Sabablar, sabab xolos. Suv cho'ktirmaydi, suv o'ldirmaydi. Allohni xohishi cho'ktiradi, Allohni xohishi o'ldiradi. Yunus alayhissalom qavmi kemadan dengizga uloqtirib tashladi. Suvga tushdi. Katta kit kelib, yutib, dengizlarga olib tushib ketdi. Ana. Yunus alayhissalomning o'lishi uchun sabab qilindi. Lekin o'ldimi? Yo'q.

[7:31] Demak, suv cho'ktirmaydi. Suv o'ldirmaydi. Allohning xohishi o'ldiradi. Pichoq kesmaydi. Allohning hohishi kesadi. Ismoil alayhissalomni otasi, Ibrohim alayhissalom, oyoq qo'lini bog'lab o'g'lini, yerga yotqizib, tomog'iga pichog'ini qo'yib tortdi. Kesdimi? Yo'q. Pichoq kesmadi. Allohning hohishi kesadi. Qarang, o't ham. Suv ham, pichoq ham bor yo'g'i nima edi? Sabab edi.

[8:06] Bu uchchala misolimizda odamlar o'zlariga bog'liq bo'lgan sabablarni qilishdi, maqsadiga yetishi uchun. Lekin natija ular aytganday bo'ldimi? Yo'q. Natijani kim berar ekan? Endi hamma kengchilikda yashashni xohlaydi. Badavlat bo'lishni xohlaydi, osoyishta turmush kechirishini xohlaydi. Bu yaxshi niyat. Endi bu maqsadi yetishligi uchun inson sababini qilish kerak.

[8:37] Biz qilishimiz kerak bo'lgan sabablar yana ikkiga bo'linadi. Asliy sabab, tayin qilingan sabab. Demak, rizq bor, iymonimiz bor bunga. Rizqimizni kelishiga bo'lgan sabablarni qilamiz. Bunga ham iymonimiz bor. Endi biz qiladigan sabablar ikki xil bo'ladi. Asliy sabab, tayin qilingan sabab. Asliy sababi nima? Allohni xohishi. Siz yetmoqchi bo'lgan narsani asli Alloh xohlagan bo'lsa yetasiz.

[9:10] Demak, asliy sabab Allohni xohish, siz yetmoqchi bilgan maqsadga yetishingizni Alloh xohladimi, xohlamadimi? Buni bila olasizmi? Allohni xohishini bila olmaymizda. Demak, birinchi sababni qo'yamizda, ikkinchi sababni qilamiz. Bu tayin qilingan sabab. Biz qilishimiz kerak bo'lgan ishlar.

[9:34] Tayin qilingan safar ham ikkiga bo'linadi. Biz qilishim kerak bo'lsa, ikki qila oladi. Birinchisi, insonni aqli qabul qiladigan sabablar, insonni a qli qabul qilmaydigan sabablar. Xo'p. Keng, mo'l ko'lchilikda yashamoqchisiz. Muhtoj bo'lmay, badavlat bo'lib, mo'l ko't hayot kechirmoqchisiz. Nima qilish kerak?

[10:02] Aqlimiz oladigan ishlarni aytinglar. Ishlash kerak. Isrof qilmaslik kerak. Tejamkor bo'lish kerak. Ishlash keraksiz, ishlash keraksiy, ishlash kerakiy. Bu birinchisi. Hammani aqli oladigan sabab. Buni musulmon ham, kofir ham qilyapti. Bu aqlga tayin narsa. Demak, biz qiladigan sabablar birinchisi, aqlimiz oladigan sabablar. Buni hamma qiladi.

[10:30] Rizq Allohdan ekanligi iymonimiz bor. O'sha rizq kelishi uchun mehnatni qilishimiz kerakligi ham iymonimiz bor. Xo'p, yaxshi. Biz qilishimiz keragi bo'lgan sabablar ikki xil. Asliy sabab, tayin qilingan sabab. Asliy sabab, Allohni xohishi. Bizni boy bo'lishimizni Alloh xohladimi, xohlamadimi, uni bilmaymiz. Uni qo'yamiz. Tayin qilingan sabab qoldi. Tayin qilingani sababi ham ikkiga bo'linadi. Bizni aqlimiz oladigan va aqlimiz olmaydigan. Aqlimiz ololadigan ishlarni aytdik. Ishlash kerak, ishlash kerak va ishlash kerak. Endi aqlimiz olmaydiydigan joyi qaysi desam, yaxshi yashash uchun. Bekamikus serobchilikda, kengchilikda yashashi uchun taqvodor bo'lishi kerak.

[11:18] Desa, bu tijoratga, rizqqa nima aloqasi bor taqvodor bo', degan fikr keladi. Farzlarni mahkam ushla, sunnatga amal qil, infog'ison qil, seliy rahm qil, desa, tijoratga nima aloqsi bor bu ishlarni deydi odamlar. Asosiy muammo shu yerda. Ya'ni biz aytgan hozirgi sabablarni hammasida zo'rmiz. Mana shu joyigacha.

[11:46] Rizq Alloh'dan, mehnat qilishimiz kerak. Mehnatimiz, sababimiz ikki xil. Aqlimiz yetadigan, aqlimiz yetmaydigan, aqlimimiz yetadigani qilyapmiz. Taqvodor bo'lish kerak, inson xotirjam, osoyishta yashamoqchi bo'lsa, desa, buni nima aloqasi bor deydi. Mana, muammoni ildizi qayerda?

[12:08] Dinni taqvoni bu narsaga qanaqa aloqasi bor? Axir umuman kofir bo'lganlar ham, yahudisi ham, boshqasi ham, mushrikni ham ishlab, nasroniy desa ham boyib ketyapti yu deysiz. Taqvosi bo'lmasa ham bular boyayapti yu deymiz. Iymoni yo'q bo'lsa ham boyayapti yyu deysiz. Biz, birodarlar, dinsiz bo'lgan, taqvosiz bo'lgan odam ish yurishmaydi, boyimaydi deganimiz yo'q. Ular ham boy bo'lishlik sababini qilsa Alloh boy qilib qo'yaveradi.

[12:41] Shuning uchun aytyapmiz da, insonni aqli qabul qilmaydigan sabablar deb. O't kuydirmadi, pichoq kesmadi, suv cho'ktirmadi. Ular bor yo'g'i sabab edi xolos. Ha, u sababni qilishimiz kerak. Endi, savol. Biz qilishimiz kerak bo'lgan sabablarni aqlimiz olganini ham, aqlimiz olmaganini ham qildik.

[13:08] Keng yashamoqchimiz, boy bo'lmoqchimiz, rizqimiz keng bo'lishini xohlayapmiz. Ikkala sababni qildik. Endi aniq boy bo'lamizmi? Nima turibdi bu yerda bitta? Asliy sabab. Alloh xohlagan bo'lsa boy bo'lasiz. Ey mo'minlar, sizlarga rizq qilib berganimiz pokiza narsalardan yengilar.

[13:34] Astaydu billa, ya ayyu halladina amanu kulumi in toyiba tima rozaquna akumi. Ey mo'minlar, sizlarga rizqqa berganimiz pokiza nasallardan yengilar. Demak, birodarlar, rizqni pokiza qilib yeyishimiz kerak. Sizga yozilgan bugungi ming so'm pul keladi. Fojil bo'lsangiz ham, taqvodor bo'lsangiz am. Faqat unisiz taqvo bilan pokiza qilib oladaysiz, yoki fisquf hujrul bilan harom qilib oladaysisiz. Alloh taolo aytyapti, biz sizlarga rizq qilib bergan narsani, nima qilinglar, pokizalarni yengilar.

[14:15] Natija tayin. Rizq ishidagi bizni rolimiz nima? Kasbi hunar tanlash bizni ixtiyorimizda va ana shu tanlagan kasbi hunarimizda taqvodor yoki fojial bo'lishlik bizni ixtiyorimda. Qaytaraman. Rizq ishida bizni rolimiz ikkita. Qanaqa hunar mehnatni tanlash, ikkinchisi, shu tanlagan mehnatda taqvodor yo fosih bo'lish.

[14:44] Bu hayvonot olamiga qarasangiz, Allohni san'atiga qoyil qolasiz. Timsoh. Timsoh qo'li kalta, go'sht yeydi, tishini orasiga go'sht kirib qoladi. Tozalay olmaydi. Tishini orasida qolgan go'sht unga mashaqqat, azob beradi. Endi Allohni qudratiga qarangki, qoyil qoling. Timsoh og'zini katta ochib turar ekan, o'sha tishini orasidagi go'shtlarni teriydiydigan qushlar bo'lar ekan maxsus.

[15:17] Bir qush kirib o'sha tishingni orasida go'shtlarni terib deyapti. Bu kimni san'ati? Birodar, rizq haqida g'am qilma. Rizq haqiga g'am qilman. Seni taqdiringni Alloh Taoloda bitib qo'ygan. Seni rizqingga hech kim xo'jayin bo'la olmaydi. Seni rizqingni hech kim tortib keta olmaydi.

[15:41] Aquli qovli ha'da, astag'firullohu livalakum. Innallohu va malayka to'g'risi solluna ala nabi. Ya yuhillatina amaluhu sollu alayhi vasalli mutaslima. Va assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh.
