# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 333 of 510
- Section: —
- Duration: 1 h 22 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/333
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/fEuabwGC15k.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=fEuabwGC15k
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/332.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/334.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:02] Bismillahir rohmanir rohim. Bismillahir rohmana rohim. Alhamdulillahi robbilan ilamin va alaqiy va tul ilmutdaqiy. Vassalatu vassalomu ala ashrafur mursalin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Va mabodo assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Alloh azza va jalloh bu o'zini uyida jamlanishimizni xayrli qilsin. Tarqalishimizni mag'firatli qilsin. Hamda eshitayotgan ilmimizga amal qilishlikni, avvalambor uni tushunishlikni, qabul qilishlikni. So'ngra unga amal qilishiligini alloh taolo tavfiqini bergan bo'lsin. Bugungi mavzuyimiz tatarruf haqida.

[0:46] Tatarruf degani haddan oshlik degani. G'uluv, chuqur ketish, haddan oshish, tatarruf, mana shu so'zlar bir biriga sinonim bo'lgan so'zlar. Sodir bo'layotgan hamma besaramjonliklarning sababi birodarlar, mana shu tatarov. Haddan oshishlik. Tatarov nima? Tatarov me'yorni bilmaslik. Haddan oshib ketishlik. Bir narsani chegarasidan o'tib ketishlik. Bu haddan oshishlik fikriymi, siyosiymi, diniymi, farqi yo'q. Chegarasidan o'tilib ketdimi? Demak, bu insonlarga faqatgina musibatni, xavotirni, vahimani olib keladi. Ana shu qoida bor. Man zada ala haddixiy, im qolaba ala ziddixiy. Qaysi bir narsa haddidan oshib ketsa, u ziddiga aylanadi. Ya'ni, har qanday yaxshi narsa ham, agar haddidan oshilib ketadigan bo'lsa, yomonga aylanib ketadi. Osh yeyish yaxshi, birodarlar. Qo'y yoq, qo'y go'shtidan. Lekin haddidan oshirib ketadigan bo'lsak, davleniyasi ko'tariladi, kasal qiladi. Novvotchik ichish yaxshi, lekin ko'p ichaversangiz burnizdan qon kelib ketadi. Demak, har qanday narsa agar haddidan oshib ketadigan bo'lsa, bu insonga zarar olib kelishiga shubha yo'q.

[2:02] Tatarov, tarafkashlik, g'uluv ketish, chuqur ketish, bu bari bir biriga sinonim bo'lgan so'zlar. G'uluv lug'atda olimlar aytganlaridek, chegaradan o'tish qattiqlik va haddan oshlikdir. Alloh subhanahu va taolo mana shu g'uluvdan, haddan oshlikdan qaytargan. Astaydu billah, ya ahli al kitab la tag'lu fiy dinikum va la taqulu ala allohi illal haq. Ey ahli kitoblar, diningizda haddingizni ochmangiz. Allohni sha'niga faqat haq so'zni so'zlangiz. Haddan oshlik. Mana shu oyatni tavsiyalari deb nikasir aytadi, Alloh Taolo ahli kitoblarni g'uludan, ya'ni kimnidir ko'kka ko'tarishdan qaytardi. Bilasizlar, nasroniylar Iysa alayhissalomni ko'kka ko'tarib, Allohni payg'ambar emas, balki Allohni g'uli deyishdi. Alloh saqlasin. Shuning uchun g'uluv haddan oshli. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ham bir qancha hadislarni o'qib o'tamiz bu o'rinda. Imom Ahmad, Ibn Moja va Nasoiylar rivoyat qilgan hadis. Rasululloh aytadilar, ayyuhan nas iyakun val g'uluvofiddin. Ey odamlar, dinda g'uluv ketishlikdan ehtiyot bo'linglar.

[3:16] Fa innama ahlaka man kanaqoblakum al g'uluvofiddin. Sizlardan avvalgi ummatlarni halol qilgan narsa, dinda chuqur ketishlik. Dinda chuqur kechishlik. Boshqa odamlar aytadilar, innahada din matin. Fa avg'il fiihi bir rivq. Inna hadad din matin. Albatta bu din mustahkam din. Fa avg'ul fihibir rivq. Unga sekin sekinlik bilan kiringlar. Hadisni davomini aytsak, inn al mumbatta. Ma arzon qotag'a, vala vohna abu qodir dedilar. Mumbatta. Kim? U shunaqa bir odamki, ulovni mingan, manzilga tezroq yetishligi uchun otni to'xtatmasdan choptirgan odam. Otni tabiati bor, u tirik jonivor, uni to'xtatish kerak, sovutish kerak, dam oltirishlik kerak va hokazo. Manzilga tezroq aytaman, birinchi bo'lib aytaman deb turib, otni to'xtatmasdan choptirgan mumbatda na masofani bosib o'tadi dedilar Rasululloh. Na ulovi tirik qoladi. Tushunarlimi? Unga ham, bunga ham yetmaydi.

[4:23] Boshqa hadisida Rasululloh halakal mutanattiyun dedilar. Ya'ni mutanattiylar, mutanattiylar halok bo'ldida uch marta takrorladilar. Mutanattiy kim? Imomulloh aytadi, mutanattiyalar chuqur ketuvchilar, haddan oshuvchilar, so'zi va amallarida chegaradan o'tuvchilar. Ana simni Molik roziyallohu anhudan bu hadis. Rasululloh aytadilar la tushaddiydu ala anxusikum, fayushad dada alaykum.

[4:54] Dinda o'zingizga qattiqlik shiddat qilib olmang. Va sizlarga qattiqlik, shiddat qilib qo'yiladi. Fa imna qavman shaddado ala anfu sihim, fashaddadallohu alayhim. Bir qavmlar o'zlariga dinni mashaqqat qilib, faqat qiyinini, qiyinini ushovdi, Alloh Taolo ularga ham mashaqqat qurib, shiddat qilib qo'ydi. Ana, o'ziga shiddat qilib olgan qavmga Alloh ham qattiqlik shaddat qilib qo'shdi. Oqibat nima bo'ldi? Mana. Ularning ibodatxonalari va diyorlari. Alloh Taolo aytadi rohiblikni o'zlari chiqarib oldilar. Biz buni ularga farz qilmagan edik. Innohadad dini yusur deydilar Rasululloh. Bu din yengillik. Birodalar, Payg'ambarimiz Sollallohu alayhi vasallam aytganlar yassiru valatu asiru, bashshiru valatu naffiru.

[5:42] Yasiru valatu asiru. Dinni yengil qilib beringlar odamlarga. Valatu asiru, qiyin qilmanglar. Bashiru. Din bilan xursand qilinglar. Valatu nafiru, bezdirmanglar. Mana shu bizni shiorimiz bo'lishi kerak. Chunki dinimiz, birodarlar, g'uluvdan, ifrot va tafritdan qaytaradi. Beparvo tashlab qo'yishlikdan ham qaytaradi dinni, qattiq ushlashdan ham qaytarar. Chunki dinmiz qanaqa din?

[6:11] Vosatiyya dini. O'rta yo'lni ushlaymiz. O'rta yurda ushlaymiz! Abu HAYR va roziyallohu anhudan, Buxoriy va Muslimdan keltiriladi. Innat dina yusrun. Valan yushadda dinah ahadun illa g'alaba. Fasaddiydu va qoriybu va abishiru. Albatta din yengillikdir. Dinni kim qiyin qilsa, din uni yengib qo'yadi. Dinni qiyin qilib olsa o'ziga, din uni yenghib qo'yadi! Ba'zi insonlarga to'g'ri yo'lni ko'rsating, to'g'ri yolga yo'llang, yaqinlashtiring, bashorat berib, xursand qiling.

[6:47] Dinda shiddat qilib bo'lmas ekan. Dinni yengil ushlashlik kerak ekan. Ha, kimdir chi, masalan, fatvoni ikkitasi turibdi. Yengilroq fatvo, og'irroq fatvo. Kimdir mana shu og'irini qilib, o'zimni nafsimni sindiraman, Allohga yaqin bo'laman desa, muborak bo'lsin. Ammo odamlarga kelganda yengil fatvo adashishimiz kerak.

[7:11] Ammo siz o'zingizga vojib qilib olgan ishni hammaga nisbatan qilasan deyishligingiz, shuni qilmagani bilan urushayotganligingiz, bu Rasulullohni sunnatidan chiqib ketganligingiz. Yuqoridagi hadislarni barchasidan ma'lum bo'lyaptiki, dinda g'uluv ketishlik, bu to'g'ri emas ekan. Bu vasatiy yalovdan uzoq yurish ekan. Haddan oshlik bu shariatimizdan man qilingan ish deganligi ma'lum bo'ladi. Payg'ambarimiz ham bunaqa g'uluvga, totorrufga, chuqur ketishga, shiddatli bo'lishlikka buyurmaganlar balki bu narsadan qaytarganlar. Endi mana shu Qur'on va sunnat dalillarini shariatni maqsadiga zid ravishda, qattiqlik bilan tafsir qilishlikni oqibatida g'uluv, totorruf, haddan oshlik paydo bo'ladi. Bilasizlar, maqosi shariya degan narsani aytganmiz. Shariatni maqsadi beshta. Ana shu maqsadlarga xilof bo'lib qolsa, siz hadisni sharhlashingiz, siz oyatni sharhlashingsiz. Demak, siz noto'g'ri ish qildingiz.

[8:14] Buni oqibatida esa inson o'zini ham, boshqalarni ham, Alloh buyurmagan ishlarga majburlab qoladi. Ana shu g'urur ketgan birodarlar. Haddidan oshganligidan o'zi yaxshi ko'rgan ahli ilmlarni ko'ngillarga ko'taradi. Ularni gapini yoqlamagan boshqa ilm ahllarini yerga tiqib tashlaydi. Birodarlar? Yo u yoqda oshqichchasiga, yo bu yoqda. O'rtada turmaydi. Birodarli? O'rtada turishlik kerak.

[8:45] Ana shu haddan oshlik natijasida yetuk ulamolarga, faqihlarga, mufassirlarga, muhaddislarga umuman ularga yarashmaydigan, noloyiq so'zlarni nisbat qilib, ularni ayblashga o'tadi. Saroy mullasi, tog'ut malagi, dinfurush, yana, sen o'sha din malagi, nima, tog'ut tumanlari, dinfurush, saroy mullasi deyotgan odamni o'n dan bir, balki yigirma dan bir ilmini bilasanmi?

[9:14] Bilmaysan a? Sen umuman haqqing yo'q edi shu odam haqida gapirishlikka. Qiyomat bor birodarlar. Siz saroy mullasi deb yomonlayotgan boyagi domla qiyomatda gaplashadi siz bilan. Sizdan birov so'radimi uni haqorat qilishlikni? Yo sizni birov majbur qildimi shu narsaga? Nimaga yomonlaysiz? Ularni ishini tahlil muhokama qilish siz bilan bizni ishimiz emas.

[9:39] Ana shu haddan oshganlar tatarrufga kirganligi sababli ulamolarni fizxda ayblaydi, hatto dindan chiqdi deyishga ham uyalmaydi. Qo'rqmaydi. Ulamolar haqida gapirsak yaxshi gapiraylik, bo'lmasam robbisi bilan ularni o'zini qo'yib qo'yaylik. Robbisi hisob kitob qilib oladi. Tatarut degani o'rtada turmaslik. Yo bu yoqqa og'ib ketishlik, yo bu yoqqa og'ib ketishilik. Bilasizlarmi? Har qanday yaxshi xulq ikkita yomon xulqni o'rtasida turadi. Dinimiz vosatiga dini deyapmiz. Mana qarang, isrofberlik yomonmi? Yomon. Baxillik. Yomonmi? Yomon. O'rtasi yaxshi a? Demak, tatarruf degani, g'uluv ketish degani, o'rtada turmaslik, yo o'ngga, yo chapga oshib shovqinib ketishlik.

[10:30] Tatarruf, g'uluv, chuqur ketishlikni, tarafgarchilikni oqibati halokat, xatar hamda yurtda tinchlik omonligini yo'q bo'lishligi. G'uluv. Va ifrot. Demak bir biriga sinonim so'zlar ekan. Chuqur ketishlik, haddan oshlik. Endi g'ulubni, ifrotni ro'parasida, uni qarshisida tafrit turadi. Ifrot, g'ulub haddan oshish bo'lsa, ko'p yetirib yuborish bo'lsa. Tafrit ozaytirib yuborish. Ifrot ham, tafrit ham bizni yo'limiz emas. Bizni yo'limimiz qayer? O'rtasi.

[11:06] Istaydi billa. Vala toti amman ag'falna qol baxvan dikrina, vatta ba havahu vakan amruhu furuto. Va havoyi nafsiga ergashib, ishi izidan chiqqan, ya'ni ishi beparvolik bo'lgan insonlarga toat qilmang. Demak, tatarruh ham, ifrot ham yomon, tafrid beparvolik ham yomon. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, ifrot ham, tafrit ham bizni yo'limiz emas. Bizni yo'limiz vosatiy yo'li.

[11:40] Tatarovni ko'rinishlari. Tatarov, haddan oshish, chuqur ketish, bu bir kasallik. U kasallikni birodarlar belgilari bor. Biz ana shu belgilardan bir qanchasini inshaalloh suhbat qilamiz. Aniqlaymiz va davosini topishlikka harakat qilamiz. Biz kasallik va uni tahliliga ishora qilamiz. Shaxslarni ismlarini aytmaymiz. Chunki ismini aytmasdan nasihat qilishlik yoki ismini aytmastan aybini aytishlik, bu Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari.

[12:16] Ma ba'lu aqvam, ya falon akada va kada. A bu qavmga nima bo'ldi? Falon falon falon ishlarni qilishadi deganlar. Biz imkon boricha atini aytmaymiz, birodarlar. Zarurat bo'lgan joyda aytamiz. Birinchidan, mana shu tatarovning birinchi alomatlaridan bu o'zini fikriga yopishib olish. Ana shu tatarovni birinchi belgisi. Haddidan ochishlik, g'uluv kechikligining birinchi belgisini o'zini fikriga tavsufi yopishib olinglik. Bunaqa mutaxassis odam bitta fikrni ushaydi, bo'ldi, shu bilan qurblanib oladi. Boshqalarni fikriga quloq solmaydi. Boshqalarnifikriga ega bo'lishlik haq huquqini ham nima qiladi? Tan olmaydi. Albatta bu xatarli yo'l. Endi o'zini fikriga makkam yopishib olgan odam, boshqalarga o'zini fikrini o'tkazishlik uchun, kuchga, zo'ravonlikka kirishayotgan bo'lsa, bu ishni xatari yana ham ortadi.

[13:15] Albatta, taassub bu xudbinlik, nafsga zulm, havoyi nafsga ko'mak va haq yo'ldan ozishdir. Chunki mutaassib inson haq unga ochiq odin ravshan qilib bayon qilib qo'ysa ham, uni qabul qilmaydi. Shuning uchun qaytarib aytyapmiz, mutaassiblik mana shu tatarruf haddan oshlikni birinchi ko'rinishi.

[13:39] Mutaxassisib inson, o'zi pishiri bilan shunday bir qotib olgan odam, xuddi bir burchakka tiqilib olgan odamga o'xshaydi. Ana shu burchakdan turib hamma narsaga qaraydi. U shu burchaklardan ko'rgan narsani bor deydi, shu burchakadan ko'rinmagan narsani yo'q deydi. Siz aytayotgan narsa mana ustimda orqasida turibdi, u ko'rmayapti, ustini to'sib qo'ygan. Endi u ko'rmadimi? Tamom, bu narsa yo'q.

[14:04] Endi bir inson mutaassisi bo'lib qoldi, qatib qoldi o'zini rayida. Buni sabablari bir qancha bo'lishi mumkin. Shulardan bittasi, biz bir domlaga taassur qilamiz, mutaassisi bo'maganmiz, sababi uni bizga foydasi bor. Shuning uchun ko'klarga ko'taramiz. Xatolarga ko'z yumamiz. Uni faqatgina yaxshiliklarni ko'z ko'z qilamiz. Yana bitta sabab, mutasad bo'lib qolishlikka. Mana shu mutaassiblik hukmron bo'lib turgan muhitda katta bo'lib qolgan.

[14:36] Muhabbatning ko'zi ko'r. Nafratning ham. Nima degani bu? O'sha palonchini yaxshi ko'rib qoldingizmi? Tamom, hech qaysi aybini ko'rmaysiz. Faqat fazilatini ko'rasiz. Endi palonchini yomon ko'rsatib qo'yishdimi? Uni hech qanaqa fazilatini ko'tarmaysiz. Faq muhabbatning ko'zi ko'r, nafratning ham.

[15:04] Bir fikrga taassub qilib yopishib olishlik, birodarlar, islomimizdagi sho'ro va o'zaro tanosuh, nasihat degan asosga zid keladi. Musulmon odamlar qiladigan ishlarni maslahat bilan qiladi, bir biriga nasihat qiladi. Ammo mutaassib odam bu sho'ro, dorul furni nima qiladi? Inkor qiladi.

[15:28] Endi shu yerda multazim odam bilan mutaassib odamni ham farqini aytib o'tishimiz kerak. Mutaassib odom aytdik, yopishib olgan hech narsani ko'rmaydi. Endi multazim odamshi, birodarlar, multazim odom bahs talab qilinmaydigan qat'iy ishlarda mustahkam turishi, ya'ni aqida masalalarida multazim o'zgarmaydi. Amerikaga borsa ham, yaponiyaga borsa ham, aqidasidagi shariatda aytilgan ishlarni mahkam ushlaydi. Bu odam mul'tazim deyiladi. Agar bir masalani ustida dalolatni qat'iy bo'lgan ochiq oyat va hadis bor bo'lsa, masala aniq ravishda ham bo'ladi. Unda mahkam turishligi kerak. Ammo, masalada, bir masalada ishtiqod qilinishligi kerak bo'ladigan bo'lsa, fikrlar har xil bo'lishi tabiiy. Masalan, bir masala ustida ikki xil fatvo aytildi. Ikkala fatvoni aytgan ulamolar ham, birodarlar, zabardast ulamolar, ahli sunnadan, dindan shikoyat bo'lmagan ulamolar.

[16:25] Bitta masalada ikkita fatvo aytildi. Ikkala fatvoda aytgan ulamolari ham so'zi olinadigan mo'tabar ulamolar. Shunda Ahmad birinchi domlani fatvosini oldi. Anvar ikkinchi ulamoni fatvosini oldi . Endi ikkalasi urushish kerak emas bir biri bilan. Chunki ikkala fatvoda aytgan domlalar ham, ahli sunnadan mo'tabar bo'lgan ulamolarni, bular bir birini fikri nima qilish kerak? Hurmat qilishligi kerak, urush o'ynamasligi kerak.

[16:54] Ulamolar, birodarlar ular ham mas'ul emas. Ular ham adashishi mumkin. Xatodan holi emas. Mana shu tarafkash bo'lgan, mutasib bo'lib olgan odamni olimlarimiz bir misol bilan tushuntiradi. Tarafkash odam go'yo senga shunday deyotganga o'xshaydi. Gapirishga men haqliman. Sen faqat eshitasan. Faqat men so'zlayman, sen ergashasan xolos. Meni fikrim mutlaqo to'g'ri. Xato bo'lishi mumkin emas. Seni fikring noto'g'ri, mutlaqo to'sh bo'lishi mumkin emas.

[17:30] Bunaqa odam bilan qanaqa qilib muomala qilasan? Bunaqa odam hech qachon boshqalar bilan kelisha olmaydi. Chunki bahs munozaraga yo'lni yopyapti. Endi qachon kelishilinadi? Ikkita taraf tomon, ikkita taraf qachon bir biri bilan kelishadi desa, bahs qilganda. Bahs qiladi, shunda bahsni o'rtasi yoki oxirida bir fikrga keladi. Endi bu odam boshidan bahsni inkor qilsa, bu bilan nimani gaplashasiz?

[17:56] Bu odamlarni misoli Mag'rib bilan Mashrug'ni misoliga o'xshaydi. Mag'ribga yaqinlasang, Mashrug'dan uzoqlashasan. Mana shunaqa yaqinlasang Mag'ribdan. Bunaqa taassubda qotib olgan odam, odamlarga boray desa, odamlar undan qochadi. Odamlar unga yaqinlashay desa, bu undan qochadi, birodarlar. Mutaassiblik bu xatar. Akalar, mutaassiblik yomon narsa. Siz bitta kitobni o'qib turib, qotib olmang. Shu mavzuga tegishli o'nta kitob bor. Qotib olmang birodar, qotib olmeng.

[18:33] Bir rayga mutaxassis bo'lib turib olishlik, mana shu ishni qilganlarni halokat chuquriga olib boradi. Endi mana zul huvaysiro, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni taqsimini adolatli bo'lmadi degan odam. Mana shu zul huvaysiro kelib turib, ey Muhammad, adolat qil. Bu ishda adolat bo'lmadi dedi. Rasulullohga. Ey, senga voy bo'lsin dedilar Rasululloh. Agar men adolat qilmasam, kim adolat qiladi?

[19:04] Agar men Allohga itoat qilmasam kim itoat qiladi? Qarang, adolat bo'lmadi dedi. Adolat degan chiroyli so'z unga ergashganlarni oldab qo'ydi. O'zimiz ma'nosini tushunmagan chiroyli so'zlarning asiri bo'lib qolyapmiz. Tavhid. Kitobu sunnatga amal qilish. Sunnatni tiriltirish, haqqa yordam berish, chiroyli gaplar, haqiqatdan chiroyli gaplar. Lekin uni mazmuni siz tushunmaganligingizdan shu chiroyli so'zga oldinyapsiz da, boshqa tomonga ketib qolyapsiz.

[19:38] Zul hikoyasolarga ergashgan bechoralar, jinoyatchilar o'zlari tushunmagan chiroyli so'zlarni asari bo'lib qolishdi. Kufr va iymon, kitobu sunnatga amalga amal qilamiz. Hukm faqat Allohnikiga degan go'zal so'zlarni ular mazmunini tushunmadi. Kalimatun haq urida behal botil dedi Ali ibn Abit olim. Havolachilar aytgan so'zini. Haq so'zni aytishyapti. Haq so'z. Ammo buni orqasidan botil maqsad qilinyapti deganlar ali ibn abit oliy. Ana shu go'zal so'zlar bilan musulmonlarni qonunlarini o'zlariga halol qilib olganlar bor, musulmonlarga tajovuz qilganlar bor.

[20:19] Kalimatun haq, urida behal botil. Chiroyli, haq so'z, lekin orqasidan botil maqsad qilindi. Tatarruf haqida suhbatlashyapmiz. G'uluv ketish, haddidan oshish, chuqur ketish haqida. Mana shu tatarrux, chuqur ketiklikning birinchi sababi, bitta fikrga mutasaddi bo'lib yopishib olishlik. Endi ikkinchi sababi, tatarruxning ikkinchi sababi shaxsiyatlar, jamoalar, guruhlar atrofida jamlanib olishlik.

[21:03] Jamoatbozlik, guruhbozlik, bu palonchiylardan, bu pokinchiylardan. Mana shu guruhyozlik biror bir shaxsni atrofida yoki bironta bir jamoatni atrofida yig'ilib olishlik, tataruxning sabablaridan yana bittasi. Bunaqa toifaga, bunaqa guruhlarga aralashib kirishib olgan odamlar, ularga nisbatan aytilgan tanqidni qabul qilmaydi. Garchi bu tanqid sof ilmiy tanqid bo'lsa ham qabul qilishmaydi. Ana shu jamoatni, ana shu guruhni fikriga qo'shilmaganlarni ustidan, haqqa yordam berish shiori ostida shafqatsiz muomalada bo'lishadi. Buni oqibati nima bo'ladi?

[21:46] Din nomi bilan havo inapsga, g'arazli maqsadlarga, shaxsiy manfaatlarga yordam berish bo'lib qoladi xolos. Maqsad odamlarda boshqarish bo'lib qoldi. Bu kishilar bir inson atrofida jamlanib oladi. Ana shu odamni o'zini deylik peshvosini ko'kka ko'tarishligi uchun turli uslublarni qo'llaydi. Bu odamni umuman xatodan holi ekanligini isbotlamoqchi bo'lishadi.

[22:11] O'zlari bilan birla bo'lganlarni muxim birlik bilan ayblarini yashiradi. Boshqalar bilan doim to'qnashda yuradi va o'zini kamchiliklarini berkitadi. Nima qilib? O'zlarini kamchiliklari berkitadi, boshqalarni aybini ochishlik hisobiga. Shu sababdan ularni ayblari yana ham ko'payadi.

[22:34] Ana shu bir guruhga yoki bir jamoaga, muntazib bo'lgan, shu jamoatga kirishib olgan odam, u faqat o'zini jamoatiga da'vat qilayotganini ko'rasiz. Chunki sizni da'vat qilgan paytda, namoz o'qi, ro'za tut desa, namoz o'qu, ro'za tutayapsiz. Xoram xarishdan uzoq bo'l desa, xoram xarashdan uzoqsiz. Endi u islomga chaqirmayapti, o'zini jamoa siga chaqiryapti.

[22:58] Bu toifadagi odamlar o'zini guruhiga da'vat qiluvchi bo'lib qoladi, ammo buni o'zlari sezmaydi. Rahmatli ustozimiz, Olovuddin Mansur hazratlari, mana rahmatli deyapmiz, birodarlar, o'tib ketdi ustozlar. Bir uyda o'tirganimizda chiroyli gapni aytgan edi. Endi bunga bir yetti yillar bo'lib qoldimi? Qani domla? Yetti yildan ko'proq vaqt bo'ldi da. Mana shu jamoatlar haqida so'raganimizda, Islom uchun harakat qilayotgan jamoalar, lekin ularga bir a'zo bo'lib, ularni bir muchchasi bo'lishlik to'g'ri emas. Islom hovlisiga qurilgan kapalar deb ta'rif bergan edi.

[23:36] Mana shu jamoalar, biz birontasini atini aytmayapmiz, ta'na malomat qilmayapmiz, faqat o'sha yurtimizdagi eng zabardast ulamolardan bittasini so'zini aytyapmizki, bizga aytgan edi. Bu jamoalar Islomiy jamoalar, Islom deb harakat qilarkan, binasa demaymiz. Islom hovlisiga tikilgan kapalar degan edi. Ya'ni mana bu masjidni mana shu xonamizni Islom hovlisi desang, mayga bittasi kapati kelib kapasini ichiga chaqiryapti. Mayga kelsang Islom haqiqiysi ma'da deyapti. Masjid shu yer deyapti. U yog'iga bittasi kapatga olgan, masjid shu yerni deyapti. O'zi hammasi masjiddada. Jamoatlar, Alloh niyatiga yarasha ajratib bersin hammasini. Islom hovlisiga qurilgan kapalar degan edi.

[24:24] Demak, tatarruf, haddidan oshlik, g'uluv ketishlikni sabablarini birinchisi, o'zini fikriga yopishga mutosib bo'lib olish. Yana bitta sababi, shaxsiyat, guruh va jamoatlar atrofida jamlanib olishlik. I pritomchi, akalar, mana yigirmanchi asrga kelib turib bu jamoatlar atlari bilan chiqishni boshladi a? Aytinglar. Sakson yil, to'qson yil bo'lgan bo'lsa, birinchi paydo bo'lganiga. Undan avvalom islom bormidi?

[24:52] Undan avvalom islom bormidi? Ha rahmat. Rahmat. Bor edi a? Demak, bularda bittasiga a'zo bo'lmasdan yurgan odam ham musulmon bo'laverar ekanmi? Ma'qulmi? Bu bu da'vat deydi, seni otang tug'ilmasdan avvalom bor edi deydi. Ha islom sizni opa dadangiz tug'ilmasdan ovvalom bor edi. Degan ahling yetmaydi. Men mana shu jamoatga kirmasam ham jannatga kirishim mumkinmi? Mumkin bo'pti meni tinch qo'yver o'zimni holimga qo'yinglar. Undan tashqari o'sha jamoatga a'zo bo'ldingiz, avtomaticheski biz va ular degan narsa kelib qoladi meni ataylarga. Tuzingmi? Bitta jamoatga kirdingizmi, boshqalarga avtomatichesski biz va ular deb qaraysiz. Mana shu musibat. Mana shu musilibat. Ikkita jamoa futbol o'ynayapti. Hech qaysini tanimaysiz. Siz chiroyli futbolni ko'rib ketaverasiz, chunki xolissiz. Ammo uni qarasa zamenda sizni jiyaningiz o'tiribdi.

[25:46] Qaysi tomonga moyil bo'lib qoladi qalbingiz? Xolislik qoladimi? O'shaning uchun bu jamoatga a'zo bo'lgan odamlar xolismiz demanglar. Shu gapinglarni tekshiringlar. Shular bilan yurganda xolis bo'ladi, sizni birodar aka uka deydi. Shulardan chiqib keting, mendan ko'rasiz xolisligini. Ajrab ko'ring da, birga yurmay qo'ying da, ko'rasiz qanaqa xolisligini! O'shaning uchu aytyapmiz, islom hovlisiga qurilgan kapalar.

[26:25] Ana shu tatarrufga sabab bo'ladigan omillardan yana bittasi ko'r ko'rona taqlid. Ko'r ko'r ona taqlid. Kor korona taqlid, avvalo taassufdan taqlid qilinayotgan imomga, uning tutgan yo'liga yoki ishtiqod uslubiga mutloq ishonchni vujudga keladi. Har bir qadamida o'zining imomiga ilmsiz ravishda taqlid qilayotgan shaxs, o'sha imom qanaqa xatoga yo'l qo'ysa, qadamma qadam takrorlaydi shu narsani.

[26:56] Shu o'rinda birodarlar, fiqhiy masalalarda taqlid qilib ish kerakligini aytib o'tishimiz kerak. Modomiki, siz bilan biz mushtohid bo'lmaganimizdan keyin, ana shu mushtohid bo'tgan fuqaholarga ergashligimiz, taqlid qildirishligimiz kerak. Biz mushtohid emasmiz. Agar hammani mushtohid bo'lishligini talab qilsak, yoki ishtixot eshiklarini hammaga ochib qo'yadigan bo'lsak, birodarlar, muammoyimiz ko'p kelib ketadi. Shuning uchun ulamolardan biri o'zini bir kitobini shunday nomlagan. Masxabsizlik dinsizlikka ko'prikdir. Masxabsizilik dinsizlikkako'prikdir.

[27:35] Biz mushtohid emasmiz. Fiqhiy masalalarda bitta masxabni ushlashimiz kerak. Ammo na ilmiga va na aqliga guvohlik berilmagan shaxslarga taqlid qilish esa, biz aytayotgan ayni ko'r ko'rona ta'sir. Mana to'ralo mazhabni oladigan bo'lsanglar, akalar, bir ming ikki yuz yildan beri ummat ularni to'g'ri deb ergashib kelyapti. Ikkilanmasdan ergashamiz. Chunki bu kishilarning ilmi, shaxsiyati, taqvosi haqida nima deymiz? Odamlar bir ming ikki ikki yuz yilidan beri yetarli ma'lumotga ega. Tanimiz u kishilarni kimligini.

[28:13] Ayrim odamlar mana shunday bir birov tanimagan, ilmi, aqli, tajribasiga guvohlik berilmagan odamlarga ixtido qilishadi. So'ngra ana shularni qilgan ishtixonini mutlaq haqiqatda biladi. Agar bizni domlamiz aytayotgan fatvosi mutlaq haqiqi demay ekan bo'lsa ham tili bilan, qilayotgan ishi bilan shuni nima qiladi? Isbotlaydi.

[28:40] Hukm olishda faqatgina ma'lum shaxslarga, ma'lum kitoblarga, ma'lu jamoalargagina taqlid qilish ham ko'r ko'rona taqlidni ko'rinishlaridan biridir. Bunday muqolilliklarni hech biri qarshi taraf bilan uchrashishni, u bilan ilmiy munozara qilishni yoki uni kitobini insof bilan o'qib ko'rishni hayolga ham keltirmaydi. Demak, tataruhni sabablaridan bittasi o'zini fikriga yopishib olish. Ikkinchisi, shaxslar, guruhlar, jamoatlar atrofida jamlanib olish. Sabablardan bittasi ko'r ko'rona taqlid.

[29:20] Tataruhning omillaridan bittasi avval o'rganib qolgan, qotib qolgan kallasdagi tushunchalar. Mana shu narsaga yopishib oling. Taassubga kirib qolgan insonlar bir fikrga, tushunchaga bog'lanib qolgan. Undan haligisi, ajragisi kelmaydi. Ya'ni haqiqatni, haqni kuchli hujjat dalili bilan isbotlashga harakat qilsangiz ham, dalilni keltirib qo'ysangiz ham, nima qilmaydi? Qabul qilmaydi. Nima uchun qabul qilmaydimi, bilasizmi?

[29:48] O'sha tushunchasi yoqadi o'ziga. Kibr. Aytdik, kibr nima? Haqqa ko'nmaslik, odamlarni mensimaslik. Fikr va tushunchalarda qat'iy turib, boshqasini mensimaslik va mana shu fikrda tursa, unga foyda bor. Shu va boshqa sabablar insonlarda taassubni, ko'r ko'rona taqlidni, zehniy qolonlikni va o'z gapida va fikrda qotib qolishlikni vujudga keltiradi. Beshinchisi, o'z fikriga o'ralib quluqlanib olishlik. Mana shu g'uluvga ketgan ilmi sayoz odamlar bitta nuqtada qatib oladi. Bitta pozitsiyada qatib olad. Quloq solmaydi boshqaga, qanoatlanmaydi. Chunki aytganimizdek, bitta fikrga bitta jamoaga yopishib olganligi. Ilmdan to'xtab qolganligi uchun aytadiki, din bu men qilayotgan narsa. Din mana shundan boshqasi emas. Mendan boshqasi zalolatda. Vaqt o'tishi bilan taassubi kuchayadi. Ilmsiz bo'lganligi uchun birov bilan bahs qila olmaydi. Bunday kishilar o'sishdan to'xtagan. Qotib qolgan. Hayot burchagiga surib qo'yadi ularni, lekin bilishmaydi. Hayot burchakiga surib qo'llagan.

[31:04] Uni gapini birov eshitgan, xohlamay qolgan. Nima uchun ular ilmiy o'sishdan to'tab qolgan, bilasizlarmi? Sabab, bitta kitobni o'qigan bo'ldi. Bitta fikrni eshitgan bo'ldi. Kitobda ayrim varolarni o'qigan, shu bilan hamma narsani bilaman, bundan boshqa ilm yo'q deb da'vo qiladi. O'zi so'rang da, o'tgan yili nechta kitob o'qiding, birodar?

[31:30] O'zini fikriga qatib olgan, kitob o'qishdan, ilmiy darajasini ko'tarishdan to'xtab qolgan odamlar, birodarlar, ulug' fuqaholarni, mutafakkir ulamolarni kitoblaridan, ilmidan foydalanishlik lazzatdan mahrum bo'ladi. Bizni birodarlar ilmiy merosimiz bekamikus, ulkan. O'n to'rt asrlik ilmiy meros. Ulamolarni turli sohalarda qilgan ishtiqodlari, qo'limizda turibdi.

[31:55] Bir ikki varoq narsani o'qib olgan, hamma narsani bilaman deydi. Akalar bu aqldan emas, chunki ummatni bunaqa katta ilmiy merosi bitta ikkita kitobga sig'ishi mumkin emas. Ma'qulmisizlar? Bitta ikkitakitobga sig'ishingi mumkin emas. Ilmni qadri qiymati qancha baland bo'lmasin, bir mushtohid olim faqat shu haqda, qolgan jumhur ulamolar zalolati deyish aqldan bo'lmaydi.

[32:24] Siz erga chekkan mushtohid olimi, mushtohid qadri bo'ladi, lekin bitta shu haq, qolgan hamma jumhur ulamolar nohaq deyishdek aqldan bo'maydi, insof qilinglar. Ana shu qulvoloq, o'zlarini qulvolganlar o'zlarini amallarini fikriy uzladi deb ataydi. To'xtab, aniqlab olish deydi. Musulmonlar jamoasi deydi. Yoki bid'atchini taqilish degan chiroyli shiorlarni ostiga berkinib oladi. O'zlarini esa najot topuvchi firqa, g'olib toifa uch asrga, avvalgi uch asrga ergashganligini da'vo qiladi. Albatta bu o'zini va boshqalarni oldashdan boshqa narsa emas.

[33:04] Biz bugun birodarlar tatarruf, haddidan oshishlik, dinni chuqur ketishlik, haddan chegaradan o'tib ketishlikni sabablarni ko'ryapmiz. Birinchisi, o'zini fikriga yopishib olish. Ikkinchisi, shaxsiyatlar, guruhlar, jamoatlarga aralashib olishlik. Uchinchisi, ko'r ko'rona taqlid. To'rtinchisi, o'zi o'rganib qolgan fikrlardan ajrashni xohlamaslik. Beshinchisi, o'zining fikriga o'ralib qulflanib olish, oltinchisi, ilmiy noqislik va fikriy muvozanatni yo'qligi.

[33:34] G'ulubga ketgan, tarafkashlik qilayotgan kimsalardagi yaqqol ko'zga tashlanadigan sifatlardan bittasi, bu ulardagi ilmni noqisligi hamda fikriy muvozanatni yo'qligi. Mana shu sababdan ular bir amalni bir tarafini bajarsa, ikkinchisini tark qilaveradi. Jomiyalarda tahsil olayotgan talabalar o'zini sohasini qo'yib, shar'iy ilmlar bilan mashg'ul bo'layotganini ko'ramiz. Vaholanki, bu shar'iy ilmlarda bahs qilish, shariatning yetuk ulamolarini bosh qotiradigan doirasi bo'lar edi.

[34:09] Medfakt o'qiydi. Yo yurfakt o'qiyda. Qarasang, jarq va ta'dil ilmiga kirish ekanligini ko'rasiz. Fiqh, usulul fiqh. Mana shu haqida bas qilayotganligini ko'rasiz. Birodarlar, bunaqa murakkab, shar'iy ilmlar bilan shug'ullanadiganlar, ulamolar bo'lishligi kerak. O'zini sohasiga, o'zini sohasi bo'lmay ishga, bo'lmagan ishga aralashgan odam, albatta, xatoga yo'l qo'yadi. Har bitta odam o'zini ishi bilan shug'ulansin. Qassob qassobligini qilsin, novvoy novvoyligini qilsin. Shuning uchun hech qachon shifokor, faqih bo'lib qolmaydi.

[34:45] Ma'qulmi? Ikkita masalani eshitib olib. Hech qachon aptekachi muhaddis bo'lib qolmaydi. Hech qachondir injener ikkita ma'ruzani eshitib mufassir bo'lib qolmadi. Birodarlar, duradgor, novvoy, temirchi, mushtohid bo'lib qolmasdi. Shuni tushunaylik. Shuni tushunaaylik. Bitta narsani eshitdi da, bir varani o'qitdi da, savdogar mushtohidlikni da'vosini qilib yotibdi birodarlar. Shuning uchun har kim o'zini ishini qilsin.

[35:15] Ilmimizni noqisligini tan olaylik. Aqlimiz yetmagan narsaga burnimizni tiqishligimiz noto'g'riligi nima qilaylik? Diniy ilmlarni egalari bo'lgan shariy ulamolarni hurmat qilishimiz kerak. Murakkab diniy masalalarda faqat ularga murojaat qilishligimiz vojib bo'ladi. Shariy ilmlarni o'rganayotgan, javob berayotgan, shariy ilmni fakultetini bitirib chiqqan talabalar ishtixod qiladigan darajadagi mutaxassis deb bilmaymiz. Chunki javob yana bitirdi, falon joydagi javob yana bitsirib diplom olib keldi degani, mushtohid bo'lib qoldi degani emas. Bu odam ilm yo'liga endi qadam qo'ydi degani. Qo'lida diplomi bor degani mushtohid degani emas, ilm yo'liga ham endi qadam quydi. Bu yigitlar javob yanabitirib chiqqandan keyin, yana ishonchli ulamolarni majlisida tiz cho'kib o'tirish kerak.

[36:12] Ilmini davom etkazishligi kerak. Mana shu yo'lni sovug'ini, achchig'ini, zahmatini tortish kerak. Mehnat qilish kerak, uzoq yillar. Fahqul u qovli hali va astag'firullohu alayhi valakum. Innallohu va malakati huysaluni alayhi nabiy, ya yuhalladina amanu sollallohu alayhi va sallamutaslima. Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah robbilan ilmin. Vassalat vassalom ala oshir rohim mursalin va ala alihi va ashabihi ash ma'in. Allohumma allimla ma'iyam fauna. Va ma'naviy ma'lam tana vasidna ilma. Allohumma arenal haqqa haqqon va zuqna tibaa va arenal ba'tila ba'tilan va zuqna ish dinaba. Vo ja'anna minmay yestam ya'nal qovla fayetta beuneh sana, vodixinna bi rohmatika fiya ibadika solihin. Ammavar, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'alovu va rakam. Alloh o'zi va jalloh ushbu o'zini paytiga jamlanishimizni xayrli qilsin, tarqalishimizni mag'firatli qilsin. Eshitgan, o'rgangan ilmga amal qilishiga alloh taolo ta'kidlab bergan bo'lsin.

[37:13] Tataruh bu dinda haddan oshlik, g'uluv ketishlik, chegaradan o'tib ketishlik. Biz mana shu tatarruxni haddan oshligini ko'rishlarni ko'rdik. Birinchisi, o'zini fikriga yopishib olishlik, mutaassib bo'lib olishlik. Ikkinchisi, shaxsiyatlar atrofida jamlanib olishlik. Yoki biror bir jamoaviy a'zosi bo'lib, shu jamoatga mutasib bo'lib oishlik. Uchinchisi, ko'r ko'rona taqlaydi. To'rtinchisi, avvaldan o'rganib qolgan narsadan ajrata olmaslik. Beshinchisi, a. O'zini fikrida qulflanib qolishlik. Ya'ni ilmiy o'sishlikdan to'xtab qolishlik. Mana shu juda ham katta musibat. Juda ham katta musiqa. Oltinchisi, ilmni noqisligi va fikriy muvozanatni yo'qligi.

[38:04] Tataruhning ko'rinishlaridan yettinchisi bu fatvo berishga jur'atli bo'lish. Fatvo. Birodarlar, Imom Moliq rahmatullohi aytadi, fatvo bu din. Fatvo bu din. Dinni kimdan olayotganinglarga qaranglar deydi. Imom Moliq juda ham yosh paytida fatvo aytishga o'tirgan Masjidni Nabaviyda. Lekin yuzlagan shayxlarda ta'lim olgandan keyin, juda ko'p shayxlar u kishi fatvo ahlidan bo'lgan ekanligiga guvohlik bergandan keyin fatvo aytgan.

[38:38] G'ulubni haddan oshni ko'rinishlardan, ofatlardan yana bittasi, fatvoga jur'atli bo'lish. Falonchi kofir, falonchi fosiq, falonchi munofiq, falonchi bil'atchi. Ana shu chuqur ketayotganlarni tili mana shu uyga o'xshagan so'zlarga juda ham chaqqon bo'lib qoladi. O'zingiz o'shanacha emasmisiz? Agar o'shanacha bo'lsangiz fatvoga, siz ilmdan juda ham uzoq odam ekansiz. Chunki ilmdan ozgina ulushi nasibasi bor bo'lgan odam fatvo aytishlikka jur'at qilmaydi.

[39:12] Hozirda na Qur'onga, na Sunnatga ahli yetmaydigan dalillarni tushunishga qodir bo'lmagan odamlar bir biridan ajib fatvolarni aytayotganligini eshitib qolamiz. Ana shu odamlarni na aqlan, na sharan bu ishga haqqi yo'q edi. Har bitta sohani egasiga murojaat qilinadi. Ana shu sohani ishiga muhtoj bo'lganingizda. Ya'ni, iqtisod bilan shug'ullanmoqchi bo'lsangiz, ekonomist odam bilan maslahatlashasiz. Bu aqlli odamning ishi. Kasal bo'lsangiz shifokorga borasiz. Uy qurmoqchi bo'lsa, ana shu imorat bilan shug'ulla oladigan mutaxassisga murojaat qilib olasiz. Malom aka shunday qilishlik, aqldan bo'ladigan bo'lsa, demak, fatvo so'rash, hukm so'rash ham kimdan bo'lishi kerak? Shariy ilmlarning ulamolaridan bo'lishligi kerak bo'ladi. Qozi uch xil bo'ladi deganlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Shu qozi ikkitasi do'zaxda, bittasi jannatda bo'ladi dekanlar. Bu qozi, fatvo aytadigan odam, fatvo fatvoatchilik mansabida o'tirgan odam. Birinchi qozidan bir masala so'raladi, qozilik mansabida o'rnida, lekin unga to'g'ri javobni bilmaydi. Ilmi yo'q. Tavakkaliga bitta javobni berib qo'yadi, to'g'ri chiqadi. To'g'ri javob berdi, lekin do'zaxda deyaptilar Rasululloh.

[40:28] Nimaga? Uni haqqi yo'q edi fatvo aytishlikka. Shu mansabga loyiq bo'lmasdan turib fatvo aytsa do'zaxda debdi Rasululloh. Endi kimi biz qozimiz bu yerda o'tirganlar? Ikkinchi qozi. Undan bir masala so'raladi, biladi javobini, lekin to'g'ri javat bermaydi. Qo'rqadimi bir narsadan, bir narsani tamasida bo'ladimi? Bu ham do'zaxda dedilar. Uchinchisi, biladi masalani, to'g'ri javob beradi, shu jannatda dedilar.

[40:59] Mana shu hadislardan ham xabarimiz bormi? Demak, chuqur ketgan, tatarovka kirgan, g'ulug'ga ketib qolgan odamlar fatvochlikka juda ham tillari chaqqon bo'ladi. Shu fatvolari bilan ular islom diniga jur'at qilayotganligini ko'ramiz. Avom xalqni fatvo aytishlikka jur'atli bo'lishligini sababi ikkita. Bittasi, fatvoni nimaligini tushunmaydi u. Ikkinchisi, fatvoni mas'uliyatidan xabari yo'q. Ilmsiz.

[41:35] Og'zingizdan bir gap chiqdi. Falonchi anaqa dedingiz. Shunday chiqib ketdi. Keyin o'sha falonchi to'rtta odam ertalab keldi, javob ber gapingga, men shu falonqaligim haqida. Gapirgan gapingizga bir marta javob bergizishsa, nojoya gapirgan gapingiziga, keyin gapirasizmi? Och qornim, tinch qulog'imda bo'lib qolasiz. Ya'ni bir odamni sha'ni haqida, oddiy odam haqiga to'g'ri kelmaydigan gapni gapirsangiz, sizga javob berdingiz desa shu gapingizga, qaytib gapirmay qo'yasiz bu gapni. Endi bu orzuyimizdan chiqayotgan fatvolarga qiyomatda javob bermaymiz deb o'ylaymiz, ukalar.

[42:16] Fatvo aytish, fatvo aytish, aom xalqni ishi emas. Fatvo aytish hatto hamma ilm ahlini ham ishi emas. Sakkizinchisi. Mana shu g'uluvga ketgan, haddidan oshgan, tatarutga kirishgan odamlar, ulamolarni yomonlashlik va ularga muxolif bo'lgan tomonni haqorat qilishlikni o'zlariga kasb qilib oladi.

[42:41] Haq falonchini qo'lida, haq falon jamoani yo'lida, haqiqat falonchilarga ato etilgan bunaqa e'tiqod qilishlik noto'g'ri bir ato. Bunday qarab e'tiqod etishlik to'g'ri emas. Bu tarafkashlik deyiladi. Bunaqa e'tiborda turgan odam, o'ziga muxolif bo'lgan odamni ayab o'tirmaydi. Tuhmat bo'ladimi, bo'ktan bo'ladimi, otaveradi. Hurmatini to'kishligi uchun to'g'ri kelgan ishni qiladi. Adovat paydo bo'ladi bu yerda.

[43:07] Buni oqibatida hozirda biz ko'rib turgan odamlarni sinflarga bo'lish degan holat yuzaga kelyapti. Bundan sen hayronman da. Sen odamni tanimaysan. Safar qilmagansan, pul muomala qilmagansan. Qo'shimchilik qilmagansan va quda adashilgan qilmagansan mana bizni xalqlarda quda bo'lsa yaxshiroq taniysan. Bularni bittasi yo'q. Lekin Ahmad senga boyagi ikromni yomon deb qo'ysa, o'sha Ahmadni gapi bilan ikromni yomon demay yuraverasan. Aql qani? Logika qani? O'sha odam yomon deb bo'lsa, yomon deb ketaverasanmi?

[43:43] Lekin ko'pchiligi shunaqa holatga tushib qolgan. Bu mana shu tatarrufni haddidan oshlaydi, dinda chuqur ketishlaydi bitta belgisi. Bu xato yo'l bu rolda. Ana shu g'urur ketganlar, haddidan oshganlar, tarafkashlar kitob o'qiydi. Agar o'qisa, agar o'qisa, faqatgina ularni fikrini quvvatlaydiganlarini o'qiydi. Qolgan kitoblarni umuman tan olmaydi. U tarafkashlarni fikrini yoqlaydigan kitoblar oshib borsa yuz yilda buyog'ida yozilgan. Birodar ummatimiz bir ming to'rt yuz yildan o'tdi tarixi. Bir ming uch yuz yillik tarixda yozilgan kitoblar ular uchun yo'q. Shu aqldanmi?

[44:24] Muxolif bo'lganlarni ularga, adashgan bid'atchiga bemalol chiqaraveradi. Ana shu muxoliflarga raddiya berishlikni o'zlariga lozim, nobud deb bilishadi. Chunki mana shu toifalarni fikriga qaraganda, raddiya berish dinning asosi ekan. Raddiya bersangiz dinni fundamental, muhim ishini qilyapsiz ekan.

[44:49] Shu sababdan mana shu g'urur ketganlar dasturidan hech bir islom olimi omonda qolgan emas. Ana shu muxolif bo'lgan hamma ulamolarni bu tataruhga, g'uluvga ketgan odamlar adashkenga chiqarib olishgan. Faqatgina ularni fikrini qo'llaganlar, albatta bundan mustasno. Ha, ilm ahllarini ichida ham g'uluv ketganlari bor. Oshib borsa beshta, oshib borsa o'nta. O'sha g'uluv ketkan ulamolar. Lekin jumhur ulamo unaqa emas. Endi keyingi davrda yashagan beshta o'nta olim hammasi haq u, bir ming uch yuz yil davomida yashab o'tgan minglagan ulamolar hammasi nohaq bo'lmaydi da.

[45:30] Aqlni ishlatinglar. Ana shu g'uluv ketganlar, tarafkashlar uchun o'zlarini shu beshta o'ntta ulamosidan boshqa hamma ulamolar bid'atchi, adashgan, quburi, ash'ariy, moturidiy, murodali, mana shu osh ali moturidiyda ekan, adashgan dey ekan ular. Olimlar ahli sunnani asosini tashkil qilar edi.

[45:56] Har safar aytyapman. Bu narsalar kimga foyda qilardi? Aytib yuboringlar. Kimga? Ikkilanayotganlarga. Arosatda qolganlarga. Ammo boyagi aytayotgandek o'sha suvni ichib, rostmana badaniga singdirib olgan. Ikkala ko'zi o'yilgan, aldanib qolgan ukalarimizga foydasi tegmaydi. Agar biz gapirayotgan gaplarimiz jiz etmayotgan bo'lsa qalbinglarda, demak o'shalardan bo'lib qopsiz. Chunki men sidqidildan gapiryapman. Men sizlarni yaxshi ko'rib gapiryapman.

[46:27] Hasanbosir aytgandek, tildi shudan chiqqan narsa quloqdan u yog'iga o'tmaydi. Ammo qalbdan chiqqan narsani so'ramasdan qalbingizga kirib boradi. Shunga o'xshagan laqablar bilan islom mamotini birodari jasadi parcha parcha pul yotibdi. Yig'lagim keladi meni ko'rib turib. Bitta shaharda odamlari, bitta mahallani odamlari, birta otani bolalari guruhlarga bo'linmagan.

[46:52] Eshitib qolamiz. Dasturxon stol turib aka ukalar bahs qilib ketar ekan, baqir chaqir bo'lib ketar ekan. Otani onani oldida, ota onani dili vayron bo'lyapti. Bu jamoadan, bu jamoadan. Ko'zini tirigida bolalari bir biriga nisbatan qarama qarshi bo'lib ketyapti. O'ttiz yil jo'nachilik qilganlar teskari bo'lib ketyapdi. Din, din ishimi shu a? Din bo'ladimi shunaqa? Din bo'lmaydi a?

[47:20] Salohiyat va amal sohibi bo'lgan dini va taqvosi bilan tanilgan, din ulamolaridan bo'lgan hofiz muhaddislar, mufassillar, fuqaholarni sha'niga bemalol jur'at qilayotganligini ko'rasiz yoshlarni. Bu haddidan oshgan yoshlar. Bu haddidan ochgan, g'uloviga ketgan yoshlar, aldangan yoshlar. Ana shu ilm ahllaridan bo'lgan insonlar bor, shunga o'xshagan yoshlarga ibrat bo'lishyapti. Qaysi ishda? Ulamolarga tosh otish, bedatda ayblash, ularni mensimaslikda.

[47:54] Chiroyli, o'chiringlar da. Haligi, mana, eksperimentingizni qaytaramiz. Quluchatel, o'chiring. Operator demadim, quluchatelni. O'chiring, o'chiring! Polniy o'chiring. Meni ko'ryapsizlarmi? Yo'q. Yoningizdagini ko'ryapsizmi? Yo'q, yo'q. Endi mana shu chiroqlarni ulamolar deb tasavvur qilinglar. Mana shu ulamolarni sizlarni qalbingizda bo'lgan, ularga nisbatan bo'lgan hurmatni o'chirib olishlik, mana shu dinda adashgan toifalarni birinchi qiladigan ishni. Yoqinglar.

[48:33] Mana shu chirog'larni ulamolarni deb tasavvur quringlar. Sizni qalbingizda ularga nisvatan bo'lgan hukumatni yo'q qiladi. Demak, g'uluv ketgan, haddidan oshgan mana shunday ilm ahillari, ulamolarni obro'yni to'kishlikda o'zining shogirdlariga bular ibrat bo'lishi kerak. Ulamolarni mensimagan, ularni haqorat qilgan odamlar mana shu ishni tufayli bir kasalga chalinib qoladi. Nima u kasal desanglar, qalbni qotib qolish degan. Qalb qorayib ketadi, qotib qoladi. Chunki boshqalarni aybi bilan mashg'ul bo'lgan odamlar qalbi qotib qoladigan. Bu tajriba ko'rsatgan narsa. Bunday odamlar o'zi ilmdan mahrum bo'lgani yetmagandek, zo'r yotini ham ilmdan to'sib qo'yadi.

[49:27] Kimda mana shu suhbatlar bor bo'ladigan bo'lsa, qalbi qotilib qorayadi, haqiqatni ko'rmaydigan holga keladi. O'zini bor kuchini, himmatini, ulamolarini tanqid qilishga, qoralashga sarflaydigan kimsalar xilvatda ko'z yosh to'kib, Allohda qo'rqib, Allohga munojot qilishlik baxtidan mahrum bo'lib qoladi. Yig'laganmisizlar biror marta yolg'iz qolib, xilvatda qo'lingizni ko'tarib, Parvardigor deb ko'z yosh kelganmi? Bu jiddiy savol.

[49:59] Kelmadimi? Bir qarab qo'ying. Siz ham ulamolarni go'shtini yemayapsizmi? Oddiy musulmonni hurmatini to'kish, uni g'iybat qilish, obro'ga putur yetkazishlik, g'iybat qilib ishlik, go'shtini yeyish bo'lsa, a yo'q ey, bu ahadukum man ya akulalahimahih himaytam fakarihdumu? Ana nima, o'lgan birodarliklarni go'shti ni yeyishlikni xohlaysizlarmi? Ana, yoqtirmadinglarmi deydi. Oddiy musulmonda go'shtini yeyslik, harom go'sht bo'lsa, endi ilmli odamni go'shtini yeystlik, harom va zaharli.

[50:30] Ular zahari sizni ilmdan mahrum qiladi. Zo'riy otingizni ilmdan mahkum qiladi. Kim o'rgatdi sizga ulamolarni g'iybat qilishligini? Ulamolarni yomon ko'rishni kufrmi degan bir dars qilganmiz, eshitib qo'yinglar. Shuning uchun o'zini aybini tuzatish bilan ovora bo'lganlarga tavba jannati bo'lsin.

[50:52] Mana shunday achchiq voqelikda turibmiz, birodarlar. Kichiklar ulug'larga, ulug'larimizga hujum qilyapti. Ummatni keyingilari, avvalgilarini haqorat qilyapti. Aqldanmi bu? Asog'irlar, kichkinalar. Ularni ulug' ahil ilmlarga jur'at qilayotgan narsa, nima desangiz, shayxlarining ularga bergan tarbiyasi. Ana shu shayxlari o'zini mana shu bechora talabalarga shu ulamolarni ilmini aqibiyasini o'qib o'rganib, raddiya berishlik dinni asoslaridan deb singdirib qo'ygan. Shuning uchun qachon qarasang raddiya beradi da.

[51:29] Mana shu uslub muxoliflarga raddiya berish, islom asoslaridan degan shior ostida uni bosadi. Ana shu uslub, ana shu toifalarni o'zlarini orasida ham ziddiyatlarga olib boryapti. O'zlari bo'linyapti. Alloh aziz va jalloh mana shu mo'minlarni sifatlab aytadi. Astaydubillah, voida samiyulloh va a'rodu anhu. Qachonki ular, ya'ni mo'minlar behuda narsani eshitsalar, undan yuz o'giradilar.

[52:01] Ana shu tatarovning belgilaridan yana bittasi, dag'allik, qattiqlik va qo'pollik. Chuqur ketganlar, g'uluvga ketganlarni vafotlaridan, muammolardan bittasi mana shu. Musulmonlar o'rtasida dag'allik, qo'pollikni yoyish, xusumatni uyg'otish. Ana shu xusumat sababli bo'linish bo'ladi, ixtilof bo'ladi. Endi, ana shu ixtiloflarga nimani aytishimiz mumkin? Bular o'zi aytgan ixtiloflar ekan. Namozda turganda qo'l qayerda turishi kerak? Ruknidan keyin qo'lda holat qanday bo'lishi kerak? Soqolni uzunligi qancha bo'lishi kerak? Namozdan keyingi duo masalasi bor. Qo'l ko'tarish kerakmi? Kerak emasmi, yuzga surtish kerakmi, kerak emasmi, tasbeh masalasi, jamoat bilan qilgan duo, tavassul masalasi.

[52:48] Endi biz aytayotgan boyagi soqol uzuni qancha bo'lishi kerak, qo'lni qayga ko'tarish kerak, surtish kerakmi degan masalalar, birodarlar aslida fiqhdagi juz'iy masalalar edi, aqidadagi far'iy masalalar. Endi shunday bir mayda masalalar bilan musulmonlar bir biri bilan talashib tortishsa nima bo'ladi? Mayda masalalar. Alloh taolo nasolalar haqida xabar berib aytadi, astabi billah. Fahroina baynahum bula adavot avval bag'dod ila yom il qiyama. Bas, ular o'zlariga eslatma bo'lgan narsadan ko'p nasibani unutdilar. Biz ular orasida adovat va dushmanlikni qiyomatgacha qo'zg'atib qo'ydik. Ana shu mayda masalalar bilan to'lashib tortishaveradi.

[53:30] Ibn Kasir mana shu oyatni tavsiya etib aytadi. Ular nasor oladi. Bir birini yomon ko'rishaverdi, biri ikkinchisini kofirga chiqaraverdi, la'natlaverdi, biri boshqasini fizxda ayblaverdi, hatto birini ikkinchisi ibodatxonasiga kirishlik ham yo'l bermay qo'ydi. Nima uchun? Ana shu talashib tortishlik ko'payib ketganligi uchun. Endi musulmonlar o'rtasida ham shunga o'xshagan adovatni, genakudalatni bo'lishligi to'g'ri bo'ladimi? Payg'ambarimiz aytganlar, musulmonlar o'zaro mehr muhabbatida, bir biriga bo'lgan taotufida bitta jasad kabi deydi. Jasadni bitta qismi olisi, ikkinchi qismi bedor bo'ladi. Biz endi o'shanaqamizmi?

[54:14] Bularni hammasi qalbni qattiqligidan, so'zni dag'alligidan, tabiatni qo'polligidan xulosa qilib aytganda, ilmsizlikdan kelib chiqyapti. Ana shu chuqur ketgan qo'pollikni, dag'allikni o'zlariga bir hunar qilib olgan odamlar, odamlar bilan xusumatlashadi, dushmanlik qiladi. Odamlarga xo'mrayib qaraydi. Odamlarni orasidan o'tsa salom bermaydi o'zi. Agar unga salom berishsa, haligi olmaydi.

[54:40] Istadabilillah, fasavfaya tilla hu biqomi, yuhib muhim va yuhib buna, adilillating alal mo'mining, aizzating alal kayfiydin. Endi haqiqiy muammo qanaqa bo'ladi? Alloh taolo mo'minlarni sifatlaydi. Mana salom bersa haligi olmaydi deyapti. Xo'mrayib yuradi. Odamlarga ular ochiq chehra bilan qaramaydi. Bilmaydi faqat o'zi shu bilan adashganligini. Alloh taolo mo'mirlarni sifatlab aytadiki, Alloh boshqa bir qavmini keltiraverki, Alloh ularni yaxshi ko'radi, ular Allohni yaxshi ko'taradi. Ular mo'minlarga hokisor, kofirlarga qattiq qo'l. Ular Allohni ham yaxshi ko'rar. Musulmonlarga qalbi siniq muomala qiladi, kofirlarga shiddat bilan turadi. Allohni yaxshi ko'rganingizni ikkita belgisi aytilmayapti, qarang. Allohni yaxti ko'rsangiz ikkita belgi bo'lishi kerak. Musulmonlarga qaratingiz yumshoq, haligi, kofirlariga qattiq bo'lishingiz kerak. Endi shu boyagi salom berganda alyon bergan ukalar shu oyatda eshitishganmikin?

[55:41] Allohni yaxshiroq ko'radi, bir yaxshi ko'rganligini alomati nima ekan? Musulmonlarga muloyim bo'ladi, kafillarga. So'rang o'zingizdan. Bormi shu sifatsizlar? Xohlaymanki, musulmonlar bir biriga ochiq yuz bilan, shirin so'z bilan muomala qilishligi kerak edi. Chunki odamlar bilan yumshoq muomalada bo'lish, do'stona muomalada bo'sh, o'zaro birodarlik ruhi musulmonlarni o'rtasida bo'lishi kerak bo'lgan lozim, nobud narsa edi. Nabi sallallohu alayhi vasallamni ko'rmaysizlarmi Madinaga borganlarida muhojirlar bilan ashoralar o'rtasida mesniy prieji bo'lmasligi uchun, kelginda mahalliy degan so'z bo'lmasligu uchun, muhojir ashoralar bo'linib qolmasligi uchunga akkauntga tutuntirib qo'ydilarmi? Bir bo'lishlik kerak bo'ladi dedilarmi?

[56:29] Bizga qanaqa ta'lim berilyapti, agar o'zimizdan boshqani yomon ko'rayotgan bo'lsak? Birodarlar? Bunday g'ulub ketgan birodarlarimiz Qur'onni o'qishligi kerak. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamni siyratini o'rganishligi kerak. Qur'on uchta. Bilasizlarmi, Qur'on uchtada. Birinchisi, jim turadigan Qur'on.

[56:55] Ikkinchisi, gapiradigan Qur'oni. Uchinchisi, tirik Qur'on. Gapiradigan Qur'on bu mus'haf o'limizdagi. O'qisak Alloh bizga gapiradi, Qur'on gapiradi. Koinot jim turadigan Qur'on. Tomosha qilsak Allohni azamatini tanitadi. Endi Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni hayoti uzoq, tirik Qur'on bo'lganlar. Qaranglarda, payg'ambar biz, siz bilan biz qilayotgan dag'alli qo'polikni qilganlarmi? Yo'q. Nodoniki siz Rasulullohni o'ziga ibrat deydigan bo'lsangiz, fabima rahmat minallohi lin talahum. Valavqunta faddon g'olib, nafaddumi inhovlikka. Ey Muhammad alayhissalom, Allohni shu sahobalarga rahmati bo'lib, siz muloyim bo'ldingiz sahobalaringizga. Agar qattiq til, qattiq til bo'lganingizda, atrofingizdan tarqab ketgan bo'lardi ular musulmonlar.

[57:47] Qattiq til, quattiq til bo'ganingizda, sahobalar atrofingizda jamlanmagan bo'lardi. Atrofimizda odamlar jamlanishini xohlasak, shirin so'z, yumshoq qalb bo'lishimiz kerak ekan. Demak, mana shu dag'allikni, qo'pollikni, qattiqlikni o'zlariga hunar qilib olgan birodarlarimiz, Rasulullohni seratan o'rganishlikka juda ham muhtoj. Go'zal xulq, yumshoqlik, rahm shafqat, musulmon ustidagi haqqa sabr kechirimlilik, birodarlar, bu Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni bizga qoldirgan merosi. Biz buni o'rganishimiz kerak. Mana shu yumshoqlikdan, muloyimlikdan o'zimizga ulush nasib olishimiz kerak.

[58:29] Ginakudurat, adovat, zulm, tuhmat, bo'xton haqidagi hadislarni ham yaxshilab o'rganish kerak shu ukalarimiz. O'ninchisi. Salafiylik so'zini noto'g'ri tushunish. Salafiylik saytini noto'g'dir tushunish. Birodarlar, salafiylik degan so'z bu islomiy yo'nalish emas. Bu mazhab emas. Haqiqiy salafiylik bu barakotli bir davr, zamon. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar xoyrul qurug'li qorning. Sunma ladina yalunaxun, sunma ladina yalnaxun. Asrlarning eng yaxshilari. Mening asrim ulardan keyingi asr, undan keyingi asr. Mana shu guvohlik bilan avvalgi uch asr eng afzal insonlar deyiladi. Biz quruq salaflar degan so'zni o'zini aytishimiz to'g'ri bo'lmaydi. Salafs solig'inglar deyishimiz kerak. Chunki salaf degan so'z o'tgan, bo'lib kelib ketgan degan ma'noda bildiradi.

[59:35] Avvalgi uch asrga sahobalar, tobeinlar, taba tobeinlar keladi. Birinchi uch asrda yashagan insonlargina salafs soligheinlar deyiladi. Undan keyingilar salafs soligheylar deyilmaydi. Mana ana shu o'zini uch birinchi uch asrga nisbat qilayotgan birodarlarimiz, biz ana shu uch asrga ergashamiz deyishadi. Kelinglar, ana shu uchasrga ergashamimiz deyishlik, bizdan nimalarni talab qiladi? Ya'ni nimalarni qilsak, o'sha uch asrga ergashtirayotgan bo'lamiz?

[1:00:09] Qur'on va sunnat dalillarini tushunish uchun qo'ygan, ular qo'ygan qoidaga amal qilish. Qur'on, sunnatni ular o'rgatganqa o'rganish, ular tushunganqa tushunish. O'rtalarida ittifoq qilingan e'tiqodiy haqiqatlar va suluviy hukmlarga qanoatlanish, dalillarni izohlashda ular yurgan yo'lda yurish, ishtiqod uslublarida ular tuzib qo'ygan yo'llanmalarga rioya qilishlik. Mana shular bo'lsa, biz demak birinchi uch asrga ergashyapmiz ekan. Mana shular bo'lsa salafi solihiylarga ergashyapmiz ekan. Birodarlar, biz moturidiy aqidasi, hanafiy mazhabida turganimizda mana shu uch asrga ergashyapman. Sabab, mazhab haqidagi darsimizda aytganmiz, batafsil xohlasanglar eshitib olasizlar. Mana shu to'rala mazhab imomlarini avvalgisi saksoninchi yilda tug'ilgan, oxirgisi ikki yuz qirq birinchi yillarda vafot etgan. Demak, to'rala mazzabning egalari ikkinchi, uchinchi asrda yashagan. Mazhab ushayotgan odam birinchi uch asrga erga ishlayotgan bo'ladi. Ma'qulmi? Endi aqida maktabi, moturidiy va ash'ariy mazhablar bo'lsa, aqida mazhablaridan, ikkala imom ham uchinchi asrga tug'ilgan, hayotini katta qismini uchinchi asrida yashagan, to'rtinchi asrda vafot etgan.

[1:01:29] Tushundinglarmi? Biz mazhab kerak degan paytimizda, mazhab ushagan paytimizda, moturidiy aqidasi ushagan paytimizda, birinchi uch asrga ergashayapmiz. Lekin hozirgi uyga kelib, o'z uslubida, yo'nalishida va dalillarni tushunishda, jumhur musulmonlardan farqli manhaya etishga ega bo'lgan bir toifalar, odamlar bor, ular o'zlarini birinchi uchasini ergashayapmiza deb da'vo qilishadi. Tushundingizmi? Birinchi uch asr ulamolarini tutgan manhajiga xilof bo'lgan. Unga to'g'ri kelmaydigan yo'lni ushlab olib turib, biz birinchi uch osiyoga ergashayapmiz deydi bir odamlar. O'qish kerak. O'qishkerak. Salaf kalimasi o'tganlar, ketganlar degan ma'noni bildiradi. Dalil, istadavillar fajiallohun salafan va matallan ila ahiriy. Bas, biz ularni o'tmishga aylantirdik. Salafan. O'tmish. Va keyingilarga misol qilib qo'ydik. Bu salaf degan kalima umumiy mutloq aytilganda bironta maqtovli ma'noni bildirmaydi. Qaytaraman. Salaf deb turib umumiy aytganimizda, mutloq aytganimizda bironta bir maqtovli narsani bildirmaydi. Bir islomiy tushunchani ham bildirmaydi. Shuning uchun har doim salafi solihlar deyishimiz kerak.

[1:02:47] Endi erikib turib salaflar deb qo'yamiz. Xalaflar deb qo'yamiz. Tushunib olaylik shu so'zni o'zini. Chunki bu so'zni o'zini ishlashlik bitta, chunki yo'q edi bu narsa. Yaqinda paydo bo'ldi bu narsa o'zi. Ana shu toifani a'zolarini ko'plari sarafis solihinlarning hayotidan faqatgina zohiriyning ko'rinishlarini biladi. Ularni g'ami nima? Faqatgina shu kiyimni kalta qilish, soqolni uzaytirishda, sochlarni ayirib tarashda.

[1:03:14] Ularning ba'zilari bizning asrimizga aslida bo'lmagan masalalarni ko'chirmoqchi bo'lishadi. Ular Salafi Solihiylar avvalgi uch asr vakillari ekanligini tan olishadi va Ibn Taymiya rohimahulloh, Ibn Qoyyim Javziylarni o'sha muborak asrga nisbat qilishadi. Aslida bu ikkita olim, birodarlar oltinchi, yettinchi asrlarda yashagan.

[1:03:39] Tushunarlimi? Biz bu olimlarni hurmat qilamiz. Ummat tarixida birodarlar olim degan nomi bilan bugungi shayxni biz ehtirom qilamiz, lekin hech qachon avvalgi uch asrga nisbat qilmaymiz ular bilan. Aytyapmiz ku, salafist og'aynilar kim ekan? Bir, ikki, uchinchi asrda yashaganlar. Ibn Taymiya, Ibn Qoyyim Javziy rohimahunulloh, bular oltinchi, yettinchi asrda yoshagan.

[1:04:05] Biz bironta bir shayxga, bironta bir olimga ta'na malomat keltirishingdan yiroqmiz akalar. Biz bu ikkala shayxni birodarlar, e. O'zimizga arboq qilib olmaymiz. Ularni xatodan xoli, ma'sum bo'lgan demaymiz. Ular ham hamma qatori adashgan bo'lishi mumkin, to'g'ri gapirgan bo'lishi ma'qul. Lekin birinchi uch asrning vakillari emas ular.

[1:04:27] Ko'rib turibmiz bu odamlarni. Mana shu g'urur ketgan odamlarning ayrimlari, g'urur ketkanlar shaxsiyatlarga yopishib olishgan. Ularni o'zini darajasidan ko'ra balandroq darajaga ko'tarib yuborishgan, hamda ularning raylarini, ishtixonatlarini boshqa ulamolarni raylarini o'lchaydigan taroziga aylantirishib olgan. Ya'ni mana shu ikkita ulov shayxning so'ziga to'g'ri kelsa bu gap, to'g'ri bo'ladi. Agar bu ikkita shayxning gapiga to'g'rikamasa, bu gap noto'g'ri bo'lladi. Bu ikkita shaydni rayini, ishtixonini tarozi qilib olgan.

[1:04:57] Akalar, oltinchi, yettinchi asrda yashagan odamni rayini birinchi uch asrda yashagan odamlarni rayiga tarozi qilib bo'lmaydi. Teskarisi bo'lishi kerak a? Birinchi, ikkinchi, uchinchi asrda yashaydigan odamlarning so'zlari, raylari, ishtixotlari keyingi davrda yashaydigon ulamolarga nima oladi? O'lchov bo'ladi. Tarozi bo'ladi. Oqibatda ana shu g'uruk etganlar boshqa muhaddislar, mufassirlar, faqih, murabbiy bo'lgan, mutaqaddim ulamolarni hammasini unutib qo'yishdi.

[1:05:30] Yana mana shu tatarovka g'ulovga ketgan birodarlarimizdagi yana bitta tushuncha, kimni yozgani ko'p bo'lsa, gaplari, bahs munozaralari ko'p bo'lsin, demak shu odam ilmli ekan degan xulosa. Kim ko'p gapirsa, kim baqir chaqirni ko'p qilsa, kim raddiyalarni ko'p berib talashib tortishgan bo'lsa, demak shu adam ilmli ekan, degan xulosa kelishib qoldi. Bu noto'g'ri, bu johillik ekanlar.

[1:05:56] Aslida avvalgilar salaf solihlarni qarasanglar, ularni gapi ko'p bo'lmagan. Kitobi ham ko'p bo' olmagan. Ko'p gapirishlik o'zi asli yaxshi sifat sanalmagan. Shuning uchun avvalgilar keyingilardan yaxshiroq. Fazlul ilmiy salaf ala ilmiy al xalab kitobida mutaxirlardan, keyingilardan ko'pchiligi shu bilan fitnalanib qoldilar. Ya'ni keyin kelgan odamlar mana shu ko'p gap bilan fitnaga uchrab qolishdi. Kimniki dinga oid gaplari, mashhurligi va tortishuvlari ko'p bo'lsa, ana shu kishini hammadan ilmliroq deb gumon qiladigan bo'lishdi. Aslida bu johilligini.

[1:06:41] Abu bakr siddiq, umariddin xattob, usmonulloh afson, aliyevn abdutolib, zaydumni sobir, ubaybni kap, ibn mas'ud roziyallohu ta'lam majmayni. Sahobalarni ichidagi mushtohidlari bo'lgan. Endi ulardan yosh jihatdan kichkinaroq bo'lgan Ibn Abbos va bu sahobalar. Bu sahobalar yoshi ham katta bo'lgan, ilmiy ham katta bo'gan, lekin Ibn Abboschani ko'p gapirmagan ular. Ibn Abbosni so'zini ko'pligi bulardan ilmli degani emas.

[1:07:13] Endi, tobeinlar. Qarasangiz, sahobalardan ko'proq gapirishgan. Bu degani sahobalardan tobe'ylar baland degani emas. Endi taba tobe'ylarni qarasangiz, ular tobe'ylardan ham ko'proq gapishgan. Zamonimizdagi odamlarni johilligi sababli yana bitta mushkula paydo bo'ldi. U ham bo'lsa, avvalgilardan ko'ra keyingi ulamolarni ilmli deb bilish. Tushunarlimi? Avvalgilardan ko'ra keyingilar bilimliroq degan fikrga kelib qolyapti odamlar. Nima uchun unaqa desangiz? Chunki keyingilar avvalgilardan ko'proq narsani bayon qilgan ekan. Ko'proq gapirgan ekan. Albatta bu tushuncha, birodarlar, xato tushuncha, hech qachon keyingilar avvalgilaridan ilmli bo'la olmaydi.

[1:08:05] Imom Saraxsimidi zindonda yotib, yotib, mana shu zehnidagi kallasidagi narsa bilan yozgan o'ttiz tonna bu yaqin ilm. Imomut Abarimning kitobi o'n besh tonna bo'lsa, tafsir yozamiz degan ekan. Necha tonna bo'ladi domla deganda, o'ttiz tonda degan ekan. O ko'p deganda, bu yerda o'n besh degan ekan. Yuz besh tonna informatsiyani, yuz besh tonn informatsiyani kalladan otgan ekan, u shogirdlar o'tirib yozgan ekan.

[1:08:30] O'shaning uchun birodarlar, biz o'z mutaqaddim olimlarimizning kitobiga ushlasak, ularning ilmi ham tushunishimizga oson, ham barakali lekinchi. Ma'qulmi? Ilmdan uzoq bo'lgan ana shu yoshlar o'zlarini shogirdlarini avvalgilardan ilmda ustun bo'lganini aytishadi. Ilmda o'zib ketganligini da'vo qilib, ko'klarga ko'tarishadi. Yer yuzidagi eng kuchli olim mana shular deb biladi. Endi ana shu ilmdan uzoq bo'lganligi uchun qaranglarda shular. Tasavvufni hammasini shir deydi, kufr deydi, bid'at deydi. Chunki tasavvuf desa nimani tushunasan, sofi desa nimani tashunasan desa, o'sha internetdan ko'rib olgan uch to'rtta bir no ma'qul bo'lgan ko'rinishlarda guvohi bo'lganda, shuni hammasini tasavvuf deydi. Akalar, tasavvuf nima bilasizlarmi? Testini ham bilmaymiz hali biz. Ota bobolarimiz qurib ketgan katta bir ilm imoratini ostonasiga ham kelganimiz yo'q biz hali. Tasavvuf nima edi? Mana ikkinchi hadis, Al-Bani Navoiyda keladigan Umar ibn Xattobning hadisi. Jabrulloh alayhissalom kelib, Payg'ambarimizdan uchta savol so'radi boshida. Iymon nima, Islom nima, Ehson nima? Akalar, Islomni nimaligini fiqh ilmi o'rgatadi bizga. Iymonni nima ekanligini aqida ilmi o'rgartadi.

[1:09:46] Ehsonni o'rgatadigan ilm, akalar, tasavvuf deyiladi. Bilasizlarmi shu narsani? Tasavvufda sizlarda shir tupur, shir tupur. Bitta ahvolini qara, manaqa qiladi bular. Bunaqa irg'ishlarda shart olib o'tadi, manaqa o'ngga tushadi. Akalar, ha, u aylagan ko'rinishi ham bo'lishi mumkin, uni birov inkor qilayotgani yo'q, lekin asli tasavvufda chiqqan joyidan, bulog'idan ichib ko'ring da suvini.

[1:10:12] Ammo ilmsizligingiz uchun tasavvumi tamom, so'fiymi? Akalar, Salohiddin Ayyubiy mutasaddiy odam bo'lgan. Ana shu baytul maqsad sifatiga. Muhammad Fotih mutasavvif bo'lgan. Akalar o'n asrda buyog'ida yashagan ulamolarni deyarli hammasi tasavvufni ushlagan, mutasavvif bugan. Bilasizlarmi shuni?

[1:10:36] Mana shu g'uruk aytganlar, fiqhiy, aqidaviy masalalarda ishtixodi boshqacharoq bo'lib chiqqan ulamolarniki, hammasini adashganligida ayblashadi hamda boshqa barcha ishtixodlarni olib qayta tashlashadi. Ana shu g'urur ketgan birodarlarimiz gapni keskinligini, tilni qattiqligini, so'zni dag'alligini dinda quvvatni belgisi, e'tiqodni to'g'riligidan deb bilishadi. Qo'pol gapirsang, qattiq gapirsang, keskin gapirsang, mana shu domla taqvoliy, mana shu odam ilmli. Unaqa emas, akalar. U qo'pollik, dag'allik, keskinlik birodarlar bu yo'lni to'g'ri ekanligiga hargizdalil bo'la olmaydi birodarlar. Yana odamlarni sinf sinfga bo'lishni, bid'atchini tark etishni, doim havo solib yurishlikni va insonlarni ayblashni sarafiz sog'liqlarga ergashlik deb nomlashadi. Albatta bu noto'g'ri.

[1:11:32] Ustoz Usmon Zumeirga aytadiki, insonlarni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham, sahobalar ham e'tiqod qilmagan aqida yetaklash, ularni Alloh qilmagan imtihonlar bilan imtihonlash va fitnali ishlar qilib, ummat safida bo'lish haqiqiy salafi soliqinlarni yo'li emas. Ulamolar va xususan to'rttala mazhab boshiga tosh otishlik ham birodarlar, salafi soliha larni yo'li mas. Ilmli odamlarni yomonlashlik, salafi solihalarning yo'li emas, sahobalar bir biriga qanaqa muomala qilganligini o'qinglar. Ulamolar, ummatda ko'zga ko'ringan, mushtohid ulamolarni o'zaro bir biriga qilgan muomalasini o'qinglar.

[1:12:16] Bu ishni qilayotganlar bir oyatni zohirini oladi. Tafsirini ko'rmaydi, xulosasini bilmaydi. Bir oyatni zohnini oladi, tajribasini eshitib turib hukm chiqaraveradi. Bu hadisda ulamolar nima deb tushuntirgan? U bilan ishi yo'q. Muhimi oyatga hadisga amal qilyapti. Bular nima deb o'ziga ergashtiradi odamlarni, ilmsiz odamlarni. Qur'on suvdan turibdi. Shundan dalolat dalil olib ketaveramiz. Nimaga falonchi falonchiga ergashishimiz kerak? Ular ham odam, biz ham odam. Ular ham erkak, biz ham erkak. Ular ham ilmli, biz ham ilmli deydi. Akalar, bu noto'g'ri gap. Bu insonlarni chalg'itish uchun, shubhaga solish uchun, ularni orasida obro' topish uchun, mashhur bo'lish uchun aytilgan gaplar xolos.

[1:13:02] Qur'on sunnatni o'zidan dalil olib ketaveraman degan odam, chiroyli gap bilan odamlarni oldi deyapti. Ana shu falonchi, falonchi, mushtohid olimlar, mutaqaddimlar, payg'ambarimizni zamoniga bizdan yaqinroq bo'lgan. Bizdan pokizaroq bo'lgan, bizdan ilmi mukammalroq bo'lgandi. Rozimisizlar? Agar har bitta odam kitob u sunnatdan o'zini dalil olaveraman degan yo'lni ochib qo'yadigan bo'lsak, xatardan, mushkuladan boshimiz chiqmaydi. Men sizlarga maslahat darslarida aytganman, o'n ming kilovattlik to'xtang, foydalanishlik uchun ikkita transformator kerak o'rtada. I nega uyingdagi televizor yonadi tepalikni shoxini aytadi? Agar sen o'sha transformatorsiz o'n ming kvadratga sim tashlasang, kuyib pul bo'lasan.

[1:13:45] Sen foydalanmoqchi bo'lgan elektr toki seni halok qiladi. Xuddi shunga o'xshagandek, kitobni sunnatdan uloqdan o'qib o'tib ketib, o'zimiz o'qib o'rganamiz, quloq solamiz deganlar. O'zlarini halokatga ravvora qilyapti. Bular tushunishmayapti faqat. Chunki Qur'on sunnatdan hukm olish hammani qo'lidan keladigan ish emas. Ulamolar, imomlarning so'ziga qaytmasdan boshqa choramiz yo'q. Chunki ular siz bilan bizdan ko'ra Rasulullohning zamoniga yaqinroq bo'lishgan.

[1:14:13] Chunki ulamolar birodarlar oyatlarni nosixini, mansuxini bilishadi, mutloq muqoyyatini bilishadi. Haqiqatini, mijozini bilishadi. Ularda baribir birodarlar ana shu ulamolarni kitoblarida batafsil bayon qilingan. Bugungi kunda o'zini mana shu birinchi uch asrga nisbat qilayotgan birodarlarimiz haqiqiy salafsiz solihiyning ulamolarining hayotlarini o'rganishi kerak. Ular qanday ibodat qilishgan, qaysi darajada ilmi baland bo'lgan, xulqi qanaqa go'zal bo'lgan, qaysi uslubda faoliyat olib borganligini yaxshilab o'rganishlik kerak. Ana shu uch asrga o'zini nisbat qilayotgan birodarlar o'zlarini xato tushunchasini, noto'g'ri fikrlarini ularni o'lchovlar bilan kuzatib olishlik kerak.

[1:15:02] O'zini ana shu avvalgi uch asrga nisbat qiladigan birodarlar xulqilarni boshqadan ko'rib chiqishlik kerak. Musulmonlar bilan qilayotgan muomalasini Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam siyratini o'rganib turib tekshirib chiqsin. O'n birinchi sinf. Tatarruhning ko'rinishlaridan yana bittasi, doim qattiqligini lozim tutish. Doim qattiq fatvoni ushaydi, doim masalani og'irini ushaydi.

[1:15:32] Bir masalani ikkita yechimi turibdi, ikkita javob. Bittasi og'irroq javob, bittasi yengilroq javob. Ikkalasi ham to'g'ri. Endi bir odam ehtiyot yuzasidan taqvo qilib, og'ir narsa, buni zarari yo'q. Endi, umumiy odamlarga aytilinayotganda, odamlar bilan muomala qilayotganda, yengilini qilishlik kerak bo'ladi, birodarlar. Inson doimiy suratda o'zini mana shu qiyin fatvoni qiyin ushlab tura olmaydi. Insonni toqatini chegarasi bor, birodarlar, yuriydullohu bikumul yusuf va yuriydu bikumul usl deydi Alloh Taolo. Alloh sizlarga yengillik bo'lishini xohlaydi. Mashaqqat bo'lishini xohlamaydi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, Imom Ahmad rivoyat degan hadisda, diqqat qilinglar da. Albatta Alloh Taolo o'zining ruxsatlari olinishini yaxshi ko'radi, xuddi unga ma'siyat qilinmasligini yaxshi ko'targanidek. Allohga men suyak qilinmasa, Alloh yaxshi ko'radimi shuni? Endi Alloh bergan ruxsatni olishligini ham Alloh yaxshi koradi.

[1:16:35] Musofir odam ta'sir qilib o'qishligi haqida Payg'ambarimiz sahobalar aytganida, yo Rasululloh, o'qivermaymizmi imkoniyat bo'lgandan keyin? To'rt rakat o'qidingmi, ikki rakat o'qitingmi? Deganida bu Allohning hadiyasi, qabul qilinglar degan. Yana bir hadisda aytilinadi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ikkita ish orasida ixtiyor qilish berilsa, nodonmiki gunoh bo'lmasa, yengilini tanlaganlar. Muttafaaunali. Taqvadorlarning ustozi Rasululloh.

[1:17:07] Ilmlilarni ustozi Rasulululloh. Har bitta ishda bizga ibrat bo'lgan Rasululloh, bitta qiyin, bitta yengil yo'li turgan bo'lsa, yengilini olganlar. Ammo doim qattiqni olayotganlar Payg'ambarimizni sunnatiga xilof ish qilyapti. Ba'zi masalalarda o'zini shaxsiyatiga kelganda marhamat. Lekin buni doimiy hayotda bir manhashi dastur qilib olmasligi kerak.

[1:17:29] Endi boyagi biz aytayotgan tatarovka ketgan birodarlar nima qiladi? Ixtiyor berilsa, yengilini og'ir, doim og'irini oladi. Nima uchun? Go'yoki dinda o'zini kuchli ekanligini ko'rsatish uchun, boshqalarni bir kamchiligini borligini ko'rsatish uchun. Doim qiyinini toldaydi. Amal qabul bo'lish uchun albatta qiyinini qilish shart emas. Yengil amal bor, qiyin amal bor. Amalni qabul qilish uchun albatda qiyinini ushlash shart emas. Amalni qobil bo'lish uchung ikkita narsa kerak. Ixlos kerak, sunnatga muvofiqlik kerak. Shu ikkita narsa bormi? O'sha yengil amal ham qabul bo'laveradi, birodarlar.

[1:18:12] Mana odamlarga mashaqqat, qattiqlik qilishni ko'rinishlaridan ba'zilar. Ana shu qattiqlik qilib aytgan, qattiqlikni o'zlariga bir lozim tutib olgan odamlar ba'zi nafir, sunnat amallarini qilmayotgan odamni xuddi farzni qilmayotgan, odamlar ham alomat qilishadi. Akalar, ruxsat bo'lgan, nafl bo'lgan amallarga targ'ib qilinadi. Nafl bo'lgan amallarga tarqib qilinadi, majbur qilinmaydi. Endi chuqur ketgan ukalarimizni, ana shu qattiqlik dush olgan ukalarimizni bitta xatosi shu. Sunnat yoki nafl bo'lganda amalni qilmagan odamga farzni qilmaganga muomala qiladi.

[1:18:53] Yana bitta belgisi, ayrim makruh ishlarni qilib qo'ygan insonlarga xuddi harom amalni qilganga muomala qilishadi. Yana bitta belgisi, kichkina gunohlarga vahimani katta qiladi, lekin katta katta bu yerda gunohlar bo'lib turgan bola bo'lsa, unga e'tibor qilmaydi. Ota onasi norozi bo'lib turibdi shu boladan hozir. Ma'qulmi? Kichkina gunohlarga diqqat e'tibor qilyapti, lekin ota onasi noroz qilayotgan ishida. Bolam rozi emas, men uyda o'tirib, bizga qara, xotin bola chaqangni qondirib olib, ketib qolaverma har yoqqa, deb ota, ota onani roziligini farz, vojib edi.

[1:19:29] Kichkina gunohlarga e'tibori qattiq, ammo katta katta gunohlarga parvo qilmaydi. Ulamolarimiz aytishadi, agar qattiqlik o'z o'rnida va o'z vaqtida ishlatilmasa, albatta inkor qilinadi. Bu qattiqlik. Masalan, o'sha qattiqlik qilayotgan odam islom diyorida bo'lmasligi mumkin. O'zini vatanida bo'lmasligi mumkin, yangi islomga kirganlar orasida bo'lishi mumkin, yoki dinni endi o'rganayotganlar orasida borishi mumkin. Mana shu holatlarda u insonlar bilan fiqhiy masalalarda, ixtilofli ishlarda yengil muomalada bo'lishligi kerak. Hamda mayda masalalardan avval umumiy masalalarga e'tiborni qaratish kerak.

[1:20:15] Ularni avvalo, ulamolarimiz aytadi, ularni avvalo e'tiqodlarini foydalash kerak, to'g'rilash kerak, to'sh'rilab xotirjamlik hosili bo'lgandan keyin ularga islom arkonlarini o'rgatishlik kerak. So'ng iymon masalalarini ehson martabalarini ularga ta'lim berishlik kerak deydi. Tatarovni nimaligini ikki dars qildik.

[1:20:36] Hardidan oshlikni ko'rinishlari, o'zini fikriga mahkam yopishib olishlik, shaxsiyatlar atrofida yoki biror bir jamoatlar atrofidagi jamlanib olishlik, ko'r ko'rona taqlid, avvalgi tushunchalarda qotib qolishlik, o'z fikrida o'ralib qulflanib olishlik, ilmni noqisligi va fikriy muvozanatni yo'qligi, xato berishga jur'atli bo'lish, ulamolarni yomonlash, dag'allik, qattiqlik, qo'pollik, samafiylik degan so'zni noto'g'ri tushunish hamda doim qattiqligini o'ziga lozim tutishlik. Alloh subhanahu va taolo mana shu dinimizni vosatia ekanligini tushunib, mana shu vosatia yo'lini ushlab, payg'ambarimiz, assalomu alaykum assalom. Sahobalar, tavbiylar va taba tavbiylarni yo'lida sobit qadam bo'lishini alloh taolodan so'rab darsimizga yakunlasakmiz. Apul qovli hada va astag'firullohu alayhi va alaykum. Assalomu alaykumi va rahmatullohi va barakatuh.
