# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 335 of 510
- Section: —
- Duration: 39 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/335
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/_0UNaTB1WMo.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=_0UNaTB1WMo
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/334.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/336.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:01] Bismillahir rohmanir rohim. Alloh subhanahu va taolo Qur'onda shunday marhamat qiladi. Va man yataqillar hayyaj allohu mahroja, voy yarazuqu min hay'tulla yaxtasib, va man yatavakkal alallohi fahva hasbuhu innalloha bali va amrihi qodija alallohu likulli shain qodiro. Kim Allohdan qo'rqsa, u Zot uning uchun barcha g'am kulfatlardan chiqar yo'lni paydo qilur.

[0:30] Va uni o'zi o'ylamagan tomondan rizqlantirur. Kim Allohga tavakkur qilsa, bas Allohning o'zi unga yetarlidir. Albatta Alloh o'zi xohlagan ishiga yetguvchidir. Uning xohishiga qarshi turuvchi kimsa yo'qdir. Darhaqiqat Alloh barcha narsa uchun miqdor o'lchov qilib qo'ygandir. Ya'ni hayotda sodir bo'ladigan qanaqa yaxshi yomon ish bo'lsa, Alloh Taoloni taqdir azalida bitilgan. Alloh o'lchab qo'ygandan oshiqcha ham kamam bo'lmaydi.

[0:59] Tavakkur. Tavakkur ta'rifi bu banda biron bir ishda o'zidan boshqaga suyanishi, o'zidan boshiqaga ishonishi. Istiloqda dunyo ishi bo'ladimi, oxirat ishi bo'ladmi, foyda keltirishi bo'ladimi, zararni dav qilishlik bo'ladimi, faqat Alloh Taologa suyanishlik, Alloh Taolodan umid qilishlik. Tavakkurning ma'nosi shu. O'zingizdan boshqaga suyanishlik, bu tavakkur deyiladi. Tavakkur bu Alloh huzuridagi narsaga ishonishlik. Bandalarni qo'lidan umid qilmaslik.

[1:36] Ya'ni shunday bir ta'riflar keladiki, o'zini qo'lidagi narsaga bo'lgan ishonchidan ko'ra, banda Allohni huzuridagi narsaqa qattiqroq ishonishligi tavakkur deyiladi. Cho'ntagingizda naqd pulingiz bor, unga ishonmaysiz, balki Parvardigor deb bergan va'dasiga ko'proq ishonasiz. Bu ishonch, mana shunday suyanishlik, tavakkur qilishlik, bu ishonchning, Allohga bo'lgan ishonchning samarasi nima? Bu ishonch samarasi Alloh Taoloning yuz surati. Shaytondan panoh. Bu ishonch samarrasi najot va rizq. Bu ishonchsamarasi sodiq iymon. Bu ishonch san'at kifoyat, himoyat, Alloh tomonidan rioyat. Bu ishonch samarasi. Alloh Taoloning muhabbatiga sazovor bo'lishlik va oqibatda jannatga yetishlik. Odamlarda juda ko'pchiligi mana shu ishonchdan g'ofil. Hozirgi kunda naqadar muhtoj bo'lyapti shu ishonchga. Allohni o'ziga suyanishligidagi, e'tiqodimizdagi kamchiligimiz borligi uchun nihoyatda muhtoj bo'lib turibmiz bunga. Hayotni. Asli tabiiy muvozanatiga qaytarishlik uchun mana shu ishonch qanchalik zarur bizga?

[2:50] Ammo biz mana shu ishonchni nima ekanligini bilamizmi? Biror marta mazasini totib yurganmizmi yoki biz hasbuni Alloh deb qo'yishligimiz faqat til uchidayu, qalbimiz boshqa narsalar bilan ovora bo'lyaptimi? Agar bandalar chin qalbidan, chin qalbidan Alloh Taologa ishongan holatida, hasbunalloh desa, Alloh tomonidan qanday yordam keladi? Allohni qanday marhamati bo'ladi? Biz o'ylab ko'rganmizmi shu narsani? Qachon bandalar bir yurakdan faqat Allohni o'zi ishonib turib, hasbunallohni deganda, qanday marhamatlar, karomatlar, mo'jizalar sodir bo'lganini Alloh Qur'onda bayon qiladi. Biz Allohga suyanishlikni, Allohga ishonishlikni qanday samara berishligini Ibrohim alayhissalom hayotida ko'ramiz. Ibrohim alayhi assalom, o'n yetti yashar yigit, o'zini qavmini haqqa da'vat qildi. Qavm o'jarli qildi. Yakka yolg'iz bo'lgan Ibrohim butun qavmiga qarshi haqida tura oladi. Qavm uni o'tga uloqtirish yoki ittifoq qilishdi. Oyoq qo'lini boylashdi, ana shu palaxmonni cho'michiga o'tkazishdi, hozir o'tni yoqishdi, o'tga otishadi.

[4:01] Ibrohim halilullohni yonini oladigan, tarafini oladigan birorta odam yo'q. E'tibor qiling, qavmni ichida bitta o'zi ana shu palaxmonda cho'michida o'tirar ekan, hasbunalloh dedi. Bizga Allohning o'zi kifoya. U zot eng yaxshi, ishonchli vakildir dedi. Qarang, bitta odam bo'lsa aytadi, qo'yilar e yosh ekan, bilmay qilib qo'yibdi, bo'pti deydigan birorta odam yo'q. Ibrohim alayhissalomga kerak ham emas. Holati tang, ahvoli og'ir. Hozir o'tga o'tirishiga aniq. Hech kim yonini olmaydi. Lekin mana shu holatda nima dedi? Allohni o'zi bizga kifoya dedi. Uni otishdi. Ibrohim halilulloh o'tga uchib borar ekan, havoda ketar ekan, gibrid keldi. Inson kelmadi, alloh taoloning urug' farishtasi gibrid keldi. Alaka hajiya ibrohim havoda bo'lyapti bu bahs. Tushib ketyapti, halokat aniq turibdi. Menga biror hojatingiz bormidi? Ibrohim alayhulloh sizgami dedi. Sizga hojatim yo'q. Ammo robbimga ehtiyojim, hojatim bor. Lekin robbimga aytishlikka hojat yo'q. Menga nima kerakligini Parvardigor o'zi bilib turibdi. Ya'ni ko'ring, o'tga tushib ketyapti, musibat aniq.

[5:20] Meni saqlab qolsin, meni ushlab qol demayapti. Menga nima yaxshiligini Alloh biladi deyapti. Bo'ladi yu. Mendek bo'lganda yaxshi bo'lardi. Anday bo'lganda, yaxshi bo'lar edi. Hozir mendek bo'lmasa yaxshi bo'larda. Qayoqdan bilasizlar, ey bandalar deyapti Alloh Taolo. Sizlarga nima yaxshilikni men bilaman deyapti. Ibrohim haligi tushib ketayotganligi aniq o'tgan, lekin shu holatda ham unga nima yaxshi ekanligini Allohga qo'yyapti. Farhodga sen bilasan menga nima yaxshiligini.

[5:49] Mukofot qanday bo'ldi? Qulna ya naru kuni bardam vas ala mana alay ibrohim. Ey olov, sen Ibrohim uchun salqin va omon bo'l. Ibrohim alayhissalom mushkulasini shunday xalq bo'ladi deb o'ylaganmidi? Yo o't o'chib qolsa, insonni o'lchov aytamiz ku, agar manday bo'lsa, manday bo'lmasa. Lekin Alloh Taologa ishonuvdi, Alloh Taoloning mukofoti qanday bo'ldi? O't Ibrohim alayhissalomga sovun bo'ldi, salqin bo'ldi hamda omon bo'ldi. Nimaga bu mukofot berildi? Chunki mana shunday xatarli holatida ham Alloh deyapti. Hech kim yo'q menga yordam beradigan, yolg'iz qoldim, hech kim bizni holimizdan xabar olmayapti demayapti da. Nima deyapti? Allohni o'zi menga kifoya deyapti. Ana shunday ishonganligi uchun Alloh Taoloning mukofoti bor.

[6:41] Banda agar haqiqiy tavakkal qilsa, dardini faqat Robbisiga aytib, duo qilib, yengillik kutib, sabr qilsa, banda hech qachon o'ylamagan tomondan, hech qachon kutmagan tomondan chiroyli suratda Allohning yordamini surati keladi. Faqat banda Allohda qo'rqsin, taqvo qilsin, sabr qilsin, duo qilsin, kutsin. Pichoq kesmaydi. O't kuydirmaydi, dengiz cho'ktirmaydi, sahro chanqoqni o'ldirmaydi, agar Alloh xohlamasa. Chunki mana darsimizni boshida aytdik, Allohda har bitta narsani taqdir o'lchov bilan yozib qo'ygan. Alloh yozdimi? Bo'ladi. Yozmadimi? O't kuydirmaydimi? Bu ishonchni, Allohga bo'lgan tavakkurni biz Ibrohim alayhissalomning ayoli Hojiarda ko'ramiz. Hoja ona Ibrohim alayhi assalomga birinchi farzandini Ibrohim alayhissalom sakson besh yoshga kirganda tug'ib berdi. Ibrohim Halilulloh sakson besh ga kirganda bitta o'g'illi bo'ldi. Ismoil alayhissalom tug'ildi. Alloh Ibrohim alayhissalonni imtihon qildi. Ana shu sakson besh ga kelganda ko'rgan bir dona bolasini hech qanday o'simlik o'smaydigan sahrodagi Bakka vodiysiga, hozirgi kundagi Makka shahri tashlab kelishini buyurdi. Ibrohim hali Allohni imtihoniga labbay dedi.

[7:59] Buyruqni bajardi, Bakkaga olib borib qo'yib, qaytib ketayotganda ayoli aytdi: ey Ibrohim, bizni tashlab ketasizmi? Bizni kimga tashlab ketasangiz? O'simlik yo'q, ko'kat yo'q, odam yo'q, qiyb bizni sahro o'rtasi. Yirtqich hayvonlar, zaharli hasharotlar, qaroqchilar, har qanday xatar bor. Bu savolni nimaga berdi? Ibrohimni payg'ambarligini bilardi hoji onamiz. Faqat Ibrohim alayhissalomdan qalbiga taskin bo'ladigan so'zni eshitish deydi xolos. Yo Alloh buyuradimi bu ishga sizni deganida, Ibrohim alayhi assalom ha dedi. Shunda Hojar ona, unday bo'lsa, Alloh bizni zoyi qilmaydilarda, rozi bo'ldi qoldi. Allohga ishondi. Alloh buyuradimmi shu ishni? Men shu ishni qilay. Alloh albatta, albatta menga yordam beradi dedi. Allohning va'dasiga ishondi. Mukofot qanday bo'ldi?

[8:55] Mukofot qanday bo'ldi? Hojarga berilgan mukofot qiyomatgacha yashaydigan odamlarga zam zam suratida berildi. Agar hojirona allohning hukmiga taslim bo'lmay, jazavaga tushib, norozi bo'lib, bizga o'xshab, bizni ayollarimizga o'xshash, jirillab jazavaga tashganidan ehtimol zam zam suvidan biz hali ichmagan bo'lar edik. Bo'pti bu Payg'ambar ekan, Allohga zo'r suyunvor desangiz, Payg'ambar bo'lmagan bitta zaif ayol, qo'lida chaqalog'i bilan qolib ham ishona olyapti Allohga.

[9:25] Biz Allohga bo'lgan bu ishonchni Muso alayhissalomni hayotida ko'ramiz. Muso alayhissaalomni qissasida ko'ramiz . Bu qissani avvali Alloh Taolo Musoning onasiga qilgan ilhomi, vahisi bilan boshlandi. Mana tarixda, Payg'ambalar tarixini eshitganmiz. Fir'avn alixillani o'zining zamonasining eng katta podshohi, eng qudratli qo'shin egasi tush ko'rdi. Tushida Baytul Maqdis tomondan bir olov kelib, Misrni kuydirib tashladi. Fir'avn bu tushini o'zini kohinlariga, mulojimlariga aytganida ular aytishdiki, banu isroildan bir bola tug'ilar ekan, shu bola sababli seni mulking yo'q bo'ladi.

[10:11] Fir'avi o'sha zamonning eng qudratli podshohsi ana shu tug'ilmagan kichkina bolaga urush e'lon qildi. Shu bola tug'ilmasligi uchun banu ustroildan tug'ilgan har bitta go'dak o'g'il bola chaqaloq so'yilsin dedi. Pichoqlar charxlandi. Askarlar tayinlandi. Yahudlar banu ustroil yashaydigan ko'chalarga yurildi. Chaqaloqlar parardi. Agar o'g'ilbola bo'lgan bo'lsa so'yildi, qizbola bo'lgansan tek qo'yildi. Mingta so'ydi ehtimol. Ikki mingta so'ydi ehramol, bir yil so'ydi, ikki yil so'ydi. Juda ko'pchilikni qirib tashladi.

[10:45] Tug'ilmagan bolaga shunday urush e'lon qilindi. Banu Isroil Misrda Fir'avn uchun qo'l aytib boradi. Ular meni hammasi qo'llarim degan edi. Hech kim biladigan noma aslida. Ular hech kim eshitmasdi so'zini. Har yili go'ngi o'g'il bolalarni so'rib tashlayverganligidan, Misrliklar aytishdi Feralni, sen bu bizni xizmatimizni qiladigan bu qullarimizni erkaklarni so'yaversang, ha bu ertaga bizni kim xizmatimizni quradi, deyishganida Feralni aytdiki, unda bir yil so'yib, yangi tug'ilgan o'g'il bollarni, bir yil so'ymanglar deyishdi.

[11:25] Shunday qilishdi. Muso alayhissalom tug'ilgan yil, so'yiladigan yilga to'g'ri keldi. Aytdik darsimizni boshida Alloh Taolo har bitta narsani o'lchov bilan bitib qo'ygan taqdirga. Allohni izidan tashqari hech narsa bo'lmaydi. Muso payg'ambar yashashligi kerak, Alloh xohlagan. Lekin shu Musoni yashatmasligi uchun Fir'avn qancha chaqaloqni qornini oqizdi. Lekin kim aytgani bo'ldi oxirida?

[11:52] Alloh taolo aytadi, biz Musoning onasiga, Musoni tug'ib, uni ham Fir'avn odamlari kelib o'ldirishlardan qo'rqib turgan paytida vahiy qildikki, uni emizavergin. Basqachon Fir'avn odammlari o'g'il ko'rganingni bilishib qolib, uni o'ldirib ketishlardan qo'riqsang, uni daryoga tashlagin va qo'rqmagin ham, qayg'urmagin ham. Zero, biz uni senga ya'ni tirik holatda qaytarguvchidirmiz va uni payg'ambarlardan qiluvchimiz. Alloh bitta ayolga shunday bir ilhom belom vahiy beryaptiki, sen qo'rqmasdan emizovur. Agar bolangdan qo'rqsang, suvga solib oqiz. Men qaytarib beraman tirik holidan hamda payg'ambarlordan qilaman.

[12:36] Endi o'ylab ko'ring, ayol kishi emizib turgan bolasini suvga solib oqizib yuborishligi oson ishmi? Demak Allohni va'dasiga ishonishlik, Allohga tavakkal qilib, Allohga suyanishlik qiyin ish ekan. Lekin shunga qilgan bandalarni mukofoti qanday bo'ldi? Suvga soldi, oqizdi. Alloh taolo taqdiriya zalda bitib qo'ygan, Muso payg'ambarda yashashligi, payg'ambar bo'lishligi, lekin bandalar nima qila oladi bunga qarshi? Suv oqizib borar ekan, cho'kib ketmadi suvdan. Boshqa tomon yoqib ketmadi. Baliq yeb yubormadi. Nimaga? Alloh yozmaganda buni. Qayerga bordi? Shu Fir'avn, shu bolani so'yishligi uchun qancha bolani qonun oqizgan Fir'avnni saroyiga borib to'xtadi.

[13:27] Bu idishdagi bolani suvida kim boshqarib ketyapti? Alloh. Alloh Taoloning mash'iyati har qanday mash'iyatdan, Allohnin xohishi har qanday xohishdan ustun turadi. Ayni Fir'avnni saroyiga olib kelib qo'ydi. Daryoda bo'yida. Fir'avnning ayoli Osiyo binti Muzaximov farzand ko'rmagan edi. Oldida yahudlikka aniq bo'lib qoldi bolani.

[13:52] Edi fir'avniga aytdiki, shuni boqib olaylik, bola qilib olaylik, ko'zimizni quvonchi bo'lsin bizga dedi. Fir'avn o'ziga dushman bo'lib, ertaga o'zini halokatiga sabr bo'ladigan bolani, seni ko'zingni quvonchi bolaversin. Menga kerak emas dedi. Shunday qilib, o'zi shu bolani deb turib qon to'kayotgan edi fir'avn. Lekin Alloh Taolo aytyapti, ey Fir'avn, xulosasi, sen o'ldiraman dedingmi buni. Kerak bo'lsa sen o'zing boqib katta qilasan buni. Kim aytgani bo'ldi? Bolani endi bu Fir'avnni boqilgan o'gay bolasi bo'ldi. Saroydagi emiz olgan enalariga tutuvdi, hech qaysini emmadi. Dod deb yig'ladi, bozorga olib chiqishdi. Bozorga olub chiqishdi. Onasi suvga solib mo'ysunni oqizib yuborayotganida, mo'ysunni opasiga aytganida, suvni bo'ylab qarab ketgin. Saroyga kirib ketguncha qaradi, endi saroyda shunday borib turganida bolani olib chiqishdi. Bozorga obirishdi va haromdan lekin maroq deydi Alloh Taolo. Emizadigan enalarda hammasini unga harom qildik deydi. Endirma deydi Alloh Taoli. Hech kimni emayapti, Fir'avnoga ebolasiz.

[14:57] Shunday opasi keldi da, men sizlarga mana shu bolani emizib beradigan ayolni ko'rsataymi dedi. Ha deyishuvdi, onasini ertalab keldi. Alloh Taoloning va'dasi, birinchi va'dasi shu kunduzda ro'yobga chiqdimi? Qaytarib beraman deganida. Sen qiyin, oqizishlik qiyin. Allohning va'dasiga ishonishlik og'ir, bajarishing qiyin. Lekin sen ishonib oqiz, men qaytarib beraman degandi, qiyin bo'lsa ham bajardi. Sabr qilish qiyin birodar. Taqvoda turish qiyin. Yengil kun bor, og'ir kun bor, xotirjamlik kun bor, xavotir bor. Mana shunday kunda Alloh akkinda qilib turib bersak, albatta Alloh o'zini nusratini beradi.

[15:37] Emizdi, bolasi qaytdi qo'liga. Endi bu Fir'avnni bolasi, o'gay. Osiyo aytdi, saroyda yashaysan men bilan dedi. Mosodonasi aytdi, men erim bor, bola chaqam bor, men boraman u ham. Saroyda yashaysanmi desa, xohlamayapti. Nima uchun bunaqa mukofot berildi? Saroyda yashaysanmi desa, xohlamayapti, yo'q men uyimda yashayman deyapti. Desa, osiyo aytyapti, unda bu bolani seni oldingga emizgani, kunda ikki marta yoki uch marta olib kelib ketishadi, emizasan dedi. Rozi bo'ldi. Endi qaranglar roddaro, Alloh Taoloning taqdiri, Alloh Taoloni xohishi bo'ladiganki, Musoni so'yishligi uchun charxlangan qilichlar, endi Muso payg'ambar soqchisi bo'lib, onasini uyiga olib borib, saroyga qaytarib ketadigan bo'ldi.

[16:24] Pichoq kesmaydi, o't kuydirmaydi, suv cho'ktirmaydi, sahro chanqog'idan o'ldirmaydi, agar Alloh xohlamagan bo'lsa. Qani bu ishonch bizda? Biz shu ishonchga suyanolaganmizmi? Mana shunday tavakkal qila olaganmizmi? Bu tarix nimaga gapiriladi? Ibratlaninglar dedi Alloh Taolo. Biz bu ishonchni Fir'avn xonadonidan bo'lgan iymonini yashirgan kishida ko'ramiz. Muso payg'ambar uni haqqa da'vat qilganda Fir'avn qavmini. Iymon keltirgani bor edi ichida bitta. Iymonini yashirib yurar edi. U o'zini qavmini Banu Srorga zulm qilmaslikka da'vat qildi. Musoga iymon keltirishiga da'vat qild. So'ngra aytdi va ufavviydo amri ila alloh, innallohu basiru bila ibor, favaqohullohi sayyi'ati ma'makaruk. U aytdi. Men o'z ishimni Allohga topshiraveraman, zero Alloh bandalarini ko'rib turguchidir. Endi mukofot qanday bo'ldi? Allohga o'zingni ishingni topshirganda qanday bo'ladi? Bas Alloh u iymon keltirgan kishini ularning yomon makil hiylalaridan saqladi. Yomonligidan ham, makildan ham, hiylasidan ham, zulmadan ham saqladi. Nima uchun? Ishini Allohga topshirdi.

[17:42] Allohga ish ham, Allohga suyan oladi. Bizda bormi shu ish ham? Biz nimalardan xavotirga kirib, nimalardan qo'rqib yuribmiz? Qalbimizni nimalar bilan ovora qilib yuribmiz. Bu yerda Allohga bo'lgan tavakkal, Allohni rozi qilishiga g'amda turganda. Nimalar bilan qalbimizni o'ng'izib oldik? Biz bu Allohga bo'gan ishonchni Muso alayhissalomda ko'ramiz. Ulug' edi, Misrda. Beqasd bir qibitiyni o'ldirib qo'ydi. So'ngra Misrni tashlab chiqib ketishlikka majbur bo'ldi. Yurtidan qung'un bo'ldi.

[18:15] Allohdan aytadi, bas, u qo'rquvga tushib, ortidan yetib kelishlariga ko'z tutgan holda u yerdan chiqib, dedi, Parvardigorim, o'zing menga bu zolim qonidan najot bergin, dedi. Kimga suyandi? Allohga, hech kimdan kutmadi. Kimdan kutdi? Allohdan kutdi. Bandalarni musibati, bandalarni balosi shunda. Allohdan kutish to'niga bandasidan kutib qo'yadi.

[18:42] Va qachonki Madiyan shahri tomonga yuzlangach dedi, shoyad Parvardigorim meni to'g'ri yo'lga hidoyat qilsin. Madiyanga yetib keldi. Yurtidan quvilgan, och, oyoqlari shimilib ketgan, xavotirda, dahshatga tushgan holdagi qochqin Madiyanga keldi. Madiyan ahlini hayvonlarini sug'oradigan bir qudug'i bor edi. Shu quduqda odamlar kelib suv olib, hayvonlarini, tuyalarini, mollarini sug'orishar edi. Haligi jangga kelib qarasa, ikkita ayol bir chekkada qo'ylarini boshqalarni qo'yga qo'shilib ketishdan to'sib turishibdi. Boshqalar sug'oryapti, ular qo'sh qo'ylarini qo'shmayapti suvga. Kelib turib, nima bo'ldi sizlarga? Nimaga qo'lingizda sug'urmayapsizlar desa, biz ayol kishi bo'lganligimiz uchun odamlarga aralashlikni xohlamaymiz. Odamlar sug'orib bo'lganlaridan keyin, keyin sug'oramiz. Otamiz qari chol bo'lganligi uchun o'zi kelolmaydi dedi. Shunda Muso alayhissalom och, qiynalgan, qo'rqqan musofir holatida savob ish qildi. Ana shu ikkala ayolni qo'yini olib, olib borib, sug'orib, qaytarib olib borib berdi.

[19:55] Alloh aytadi, kim taqvo qilib sabr qilsa, bunaqa bandalarni Alloh Taolo mukofotini zoyi qilmaydi. Taqvo bilan sabr kerak bunday holatda. Mukofot qanday bo'ldi? Sug'orib berdi shu qo'yni. Daraxt tagiga borib o'tirib turib, endi qarang, birovni yutdi da, qochgan, hech narsasi yo'q kishiga nima kerak? Uy kerak, yemoqqa ovqat kerak. Oila kerak.

[20:18] O'tirib, robbi innil lima anzal da ilayya min xoyriyun faqir. Parvardigorim, men, o'zing men uchun nima yaxshilik, ya'ni rizq tushirsang, o'shanga muhtojman dedi. Ana shu joyda o'ziga nima kerakligini ham kimga ishonyapti? Ibrohim alayhissalom aytdi yu, Alloh bizga o'zi yetarli dedi. Bu Payg'ambarimiz, biz bilamiz biz, biz bilamiz, bizga aniq bilamiz nima kerakligini. Masalan sizga nima kerak desa, siz ham bilasiz, spiskangiz bor. Mana ma'no narsa kerak menga. Sizgachi, menga ma'no ma'no narsa, uylanmaganga xotin kerak, qarzi boriga pul kerak, mashinasi yo'qov mashina kerak. Mana shunday qiyin holatda, Muvis alayhissalom, Parvardigor menga nima yaxshi bo'lsa, o'zing bilasan, shuni menga tushur dedi. Mukofot qanday bo'ldi?

[21:06] Haligi qizlardan bittasi keldi. Otam sizni qilgan ishingizni mukofotini berish uchun chaqiryapti dedi. Bordi, u qizlarni otasi shu ayb alayhissalomni. Shu ayb alaysissalom aytdi, o'zini qizchasini aytib berganida, zolim qavmdan najotga chiqibsiz dedi. So'ngra qizlardan bittasini nikohlab berdi. Nikohlab beraman, evaziga o'n yil mahraga ishlab berasan dedi. Ana birodarim mukofot qanday bo'ldi? Musofir odamga xotin, musofir odamga payg'ambar qaynota, musofir odammga o'n yillik pul.

[21:42] Nimaga bunday mukofot berildi? Chiqayotganda ham allohga ishongan. O'sha qo'yni sug'orib, savob ish qilayotganda ham ollohdan kutgan. Daraxt ayboga o'tirib so'rayotganda ham allohni sen bilasan menga nima yaxshiliging dedi. Biz ham shunaqa dey olyapmizmi? Parvardigor bizga nima yaxshi bo'lsa, sen bilasan. Bizga faqat yaxshilik ber deymizmi? Yoki nimalarni kutyapmiz kimlardan? Qani shu ishonch? Qani shu ishonchni? Bu ishonchni Muso alayhissalom hayotida ko'ramiz. O'n yil o'tdi.

[22:12] Qaranglarda, bu aytilinayotgan narsalarni hammanglar eshitgansizlar. Fadakkur fainna zikr otam faylul mumining, deydi Alloh. Zikr, eslatma bering. Zero, eslatma berishlik, mo'minlarga foyda qiladi. Madiyandan Misrga qaytishinglar Payg'ambar bo'ldi. Keli Fir'avnning da'vat qildi. Ular o'zgarlik qilishdi hamda Banu Isroilni Misrdan olti yuz ming Banu Isroilnini olib chiqdi. Fir'avn tong otganda Banu Isroilning yo'qligini ko'rib turib, endi bizni xizmatimizni kim qiladi? Ularni ortida o'sha davrdagi eng qudratli qo'shin bilan qo'nib chiqdi.

[22:54] Mo'so Payg'ambar bilan birga chiqqan yahudlar dengizga borib turgan edi shunda. Mo'so alayhissalomni jamoatini avvalo dengizni oldida turibdi. Bu jamoatni orqa tomonida edilar, filial qo'shinini kelayotganligini ko'rdi. Bas, Fir'avn tong otgan paytida ularni quvib yetdi. Endi qachonki ikki jamoat bir birini ko'rishgach, Musoning hamrohlari, bizlar aniq tutildik. Bizlar aniq tutuldik. Chunki oldimizda yo'l yo'q, faqat dengiz turibdi dedilar. Muso aytdi, yo'q, aniqki, men bilan birga Parvardigorim bor. Albatta, u meni najot yo'liga boshladi. Dushman turibdi orqada. Bostirib kelyapti qirib tashlagani. Shunda vama ustroli noumid bo'lib qoldim. Bo'ldi endi tugadi endi, nima qilamiz endi deganida ham, ana shu oxirgi lahzasida ham, Mo'so alayhissalom yo'q. Kalla inna robbi mayi. Robbim men bilan. Meni to'g'ri yo'lga boshlaydi dedi. Mukofot qanday bo'ldi?

[23:51] Agar bandachi, Allohga rostakam suyan olib olsa, kutmagan joyidan, kutmagan ko'rinishdan najot keladi. Kim o'yladi deysiz dengizni yorilib bo'ladi qutilib ketishini? Alloh taolo aytdi, bas biz mo'ysoga asoying bilan dengizni urgin deb vahiy qildik. Bas dengiz bo'linib, har bir bo'lak suv, ya'ni baland tog' kabi bo'ldi. Endi ko'ring, asosan dengizga urdi, ikkiga bo'lindi. Bu najotda hech kim aqli bovar qilmaydigan najot. Inson tasavvur qila olmas edi bu najotni. Lekin Alloh tomonidan keldi, ochildi. Muso payg'ambar o'tdi. Endi qo'shin bilan kelayotgan Fir'avn ham chi, ahmoq emas edi. Aqli ishlar edi. Buni mo'jizaligini ko'rdi. Kirsa halok bo'lishini tushundi. Otini to'xtatdi.

[24:44] Otini to'ktatdi. Lekin bugun Alloh Munsonga Banu Isroil bilan qutulishligini xohlagan, bugun Fir'avning Alloh halok bo'lishini xohlagan, otini Alloh Taolo shunday yurgizib qo'ydi. Alloh otiga, bu yerda otni shunday tortib olib kirib ketdi dengizga qarab. Endi podshoh kirganidan keyin, askar, qo'shin nima qiladi? Ular ham kirdi, dengiz shunday yopildi. Kim aytgani bo'ldi? Pichoq kesmaydi. O't kuydirmaydi, dengiz cho'ktirmaydi, sahro chanqog'idan o'ldirmaydi agar Alloh xohlamasa. Ha bu Fir'avn, mana shu Fir'avning Musodur tug'ilmasdan turib o'ldiraman degan. Oqibati nima oldin? Alloh Taolo bitta narsani taqdir bilan yozgan, o'lchov bilan, miqdor bilan yozgan. Allohni aytganidan oshchi narsa bo'lmaydi. Biz Allohga bo'lgan bu ishonchni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalarida ko'ramiz. Hasmullohu va ne'mal vakil, ne'mal ma'ula va ne'mal nasir. Payg'ambarimizni sahobalari xuddi shu kalimani aytishgan edi. Qachon aytishuvdi? U xuddi musulmonlar mag'lub bo'lishdi. Qarang, avvaliga g'olib bo'lishdi. Payg'ambarmiz ellikta kamonchini qo'shni orqasini yopib turishigacha ro'molga qo'yib qo'ydi. Biz yutqizsak ham, yutsak ham, qirilib ketsak ham, o'lja olsak ham, boshqa bo'lsa ham, qimirlamay turinglar.

[26:05] Mendan aniq buyruq kelmaguncha turinglar dedi. Sahobalar, ana shu ellikta kamonchi turdi. Alloh va Rasul aytgandek turish berdi, g'alaba juda tez keldi. Sakkiz to'qqiz marta varog'i yiqildi mushuliylarni. G'alaba judayam tez keldi, kengchilik keldi. Nimaga? Bu sahobalar Allohni aytganday turish berdi. Endi, mushuliylar yengilib, musulmon qo'shini quvib ketdi bularni. O'zi yig'ishni boshladi, tepadagi, ro'motdagi kamonchilar, e. O'ljalardan qolib qolmaylik. Biz ham o'lja olaylik deganida, ichidagi ba'zi kishilar aytdilarki, ey, Rasulullohga olsak bo'lmanglar. Rasululloh nima degan? Mendan buyruq kelmaguncha tushmanglar degan. Deb haqqa chaqirishdi.

[26:51] Endi ularning orasidagilar aytdilorki, yo'q, Rasululloh, urush bo'lakana tushmanglar dedi. Endi urush. Tugadi deb tushib ketishdi. Osiy bo'luvdi, naqd turgan g'alabani Alloh Taolo mag'lubiyatga aylantirib qo'ydimi? Demak, insonni boshiga keladigan, xususan mo'min bandani boshiga keladagan musibatlar o'zini qilgan ishlari, gunohi va ammasi yodlari sabab bo'lar ekan. U sahobalarini Alloh yaxshi ko'rgan avlod. Chunki bitta xato o'tuvdi, o'rnida jazo berdi.

[27:22] Musulmonlar naqd g'alabasini mag'lubiyattga almashtirishuvoldi. Yetmishta sahoba shahid bo'ldi. Mushriklar yengishdi. So'ngra Makkaga qaytishdi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni sahobalari ham ruhan, ham jismonan jarohatlangan holda, ruh cho'kkan holda turganida, Rasululloh sollallohu alalayhi vasallam sahobalariga uch kun o'tmasdan turib, mushriklarning orqasidan quvib chiqamiz deb yuradi. Qiyin holat.

[27:48] Aksariyati jarohatlangan, hatto ba'zilarini tuyani ustiga bir yog'och tuzga o'tkazib turib chiqarib qo'yishgan ekan. Qiyin holat bo'lsa ham, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam buyrug'i itoat qilishdi. Endi itoat qilib ishlaganida, taqvo qilishganida, mag'lubiyatni Alloh Taolo g'alabaga aylantirib berdi. Mushriklar Muhammad alayhissalom uch kundan keyin ularni orqasidan qo'shin yig'ib chiqib kelar ekanini eshitib turib, qaytib urushlikdan qo'rqishdi da.

[28:14] Musulmonlarni cho'chishlik uchun, musulmonlarni qo'rqitish uchun odam jo'natishdi. Nima dedi ular? Ularga odamlar, qurish odamlari sizlarga qarshi sanoqsiz lashkar to'plagan, qo'rqingiz deganlarida, bu gap ularning iymonlarini ziyoda qildi va bizga yolg'iz Allohni yuzi kifoya, u zot eng yaxshi, ishonchli vakildir dedilar. Hasrulloh deyishdi. Iymoniga iymon qo'shildi. Alloh Taolo bandalaridan qanday mukofot berdi? Ular urushgani ketishyapti mushriklar bilan. Lekin Allohni va'dasiga, rostumni va'dasi ishlanganligi uchun Alloh aytadi, bas, u yurishdan biron noxushlik yetmay, Allohning ne'mat va fazli bilan qaytdilar. Ular Allohning rizoligini istadilar. Alloh esa ulug' fazli marhamat, urush bo'lmadi.

[29:04] Urush bo'lmadi. Mushriklarni Alloh Taolo qalbiga qo'rquv soldi, yenggan holdagi kurash qo'shini mag'lub bo'lgan holda qo'rqib qochib ketdi. Nimaga Alloh Taolo bunday mukofot berdi? Allohga bo'lgan ishonch. Hayot ne'mati, qalb xotirjamligi, ko'zlar quvonchi saodatmandlar kuya. Ey xotirjamlik va farovon hayotni istagan banda, Allohga bo'lgan ishonching qani? Ey pokiza juftni istagan yigit, Allohga bo'lgan ishonching qani? Ey saodatli kunni istagan banda, Allohga bo'lgan ishonching qani? Ey qarzdor banda, allohgabo'tgan ishonching quani? Musibatlarni boshidan ko'tarilishiga bandalar, Allohga bo'lgan ishonchimiz qani? Gunohkor bandalar, gunohlarni kechirishiga bo'lgan Allohga bo'lgan ishonchimiz qani? Bizga mana shu ishonch naqadar kerak shu kunlarda. Suv bilan havodan ko'ra zarurroq bo'lgan ishonch. Bizda shu ishonch bormi? Axir Alloh, menga duo qilinglar, ijobat qilaman degan, ishonmaymizmi? Allohdan ko'ra, rostgo'yroq kim bor? Axir Parvardigorimiz, Alloh tanglik, kambag'allikdan keyin yengillik, boylikni ham paydo qilur degan so'zga ishonch qani? Tanglik, mashaqqatdan keyin kenglikni ham, boylikni ham beraman deyapti Alloh. Ishonmaymiz mi? Ishonaylik birodarlar.

[30:22] Tushkunlikka tushmaylik. Har xil gaplarga quloq solavermaylik. Peshonamizga Alloh yozgandan oshiq narsa bo'lmaydi. Chunki hakimlardan biri aytgandek, yozilgan bo'lsa, qayoqqa qochay? Yozilmagan bo'lsa, nimadan qo'rqay? Yozibdimi, qayoqqaborsam yetib boradi o'sha narsa. Yozilmabdimi? O'tga tashlasa o't kuydirmayapti. Pichoq torsa pichoq kesmayapti. Suvga tashlasa ochizmayapti. Sag'roqda o'lmayapti. Chunki nima qilmagan?

[30:50] Yozmagan. Qani shunga ishonch? Parvardigorlar qalblarimizda o'zingga bo'lgan muhabbatni sobit qilgin. O'zingga bo'tgan ishonchimizni, tavakkalimizni mustahkam va quvvatli qilgin. O'singni zikring, shukringlarni hidoyat qilgin. O'zingga ro'baro' bo'ladigan kunimizda, og'zimizdan chiqqan oxirgi so'zimiz La ilaha illalloh Muhammadur rasululloh kalimasi bo'lishi nasib etgin. Agar shuni ham Alloh xohlamagan bo'lsa, ayta olmaymiz, birodarlar.

[31:19] Alloh Taolo siz bilan bizni mahzun bo'lmaslikka buyuradi. Alloh taolo bizni o'ziga tavakkal qilishlikka buyuradi . G'am, qayg'u, huzul insonga nimani olib keladi? Alloh Taolo siz bilan bizni man qilgan ish. Mahzun bo'lma. Hech qachon mahzun bo'ldma. Chunki qayg'u seni o'tmishingdan bezovta qilib, kelajakdan xavotirga soladi, oqibatda bugungi kuningni yo'qotasan. Hech qachondan mahzun bo'lsin. Chunki qalb qayg'u bilan ovora bo'lib, ruhing sinib, yuzing nuri ketadi. Orzu umidlaring yo'q bo'ladi. Ey mo'minbanda, mahzun bo'ling. Chunki qayg'u dushmaningni xursand qilib, do'stingni mahzun qiladi. Qayg'u sababli haqiqatlarni ko'ra olmay qolasan. Mahzun bo'lma. Chunki qayg', qazoyi qatorga norozilik, ne'matga esa nonko'rdek bo'ladi. Mahzun bolma. Chun ki qayg'u, g'am, yo'qolgan narsani qaytarmaydi. O'liklarni tiriltirib, qadrni qaytarmayda. Foyda keltirmaydi. Mahzun bo'lma. Chunki qayg'u shaytondan. Qayg'u faqirchilik va naq umidsizlikdir. Mahzun bo'l ma. Agar sen faqir bo'lsang, umri qarzga botib ketgan kishilar bor.

[32:35] Agar mingani uloving yo'q bo'lsa, oyog'i shol bo'lib qolgan odamlar bor. Mahzun bol ma. Agar bir farzandingdan ajragan bo'lsang, shunday insonlar borki, bitta baxtsiz hodisa tufayli butun oilasidan mahrum bo'lganlar bor. Mahzun bo'lma. Agar gunohkor bo'lsang tavba qil. Yomon ish qilgan bo'lsang istig'for ayt. Xato qilgan bo'lsa isloh qil. Allohni rahmati keng. Tavba eshiklari ochiqdir. Mahzun bo'lma. Agar g'amga botsang, asablaring taranglashib, vujudingni qiynab tunnani bedor qilasan. Mahzun bolma. Chunki qazoyi qadar qalami ishini bitirgan, varoqlar qurigan, kitob yopilgan, undan oshishi ham kamom bo'lmaydi. Mahzun bo'llama.

[33:17] Mahzun bo'lma. Qo'lingdan ketgan narsaga g'am chekma. Bittasi ketgan bo'lsa, hali qo'lingda juda ko'p Alloh Taoloning ne'matlari bor. Axir Alloh aytmaydimi? Agar Allohning ne'matlarini sanasangizlar, sanog'iga yeta olmaysizlar. Bitta ko'zing o'yilgan bo'lsa ikkinchisi turibdi. Ikkala ko'zing ketgan bo'lsan, qulog'ing, oyog'ing turibdi. Bitta ne'matdan mahrum bo'lgan bo'lsang, hali juda ko'p ne'mat bor. Mahzun bo'lman.

[33:42] Hasadgo'y. Botil ahllarning tanqidlarga parvo qiman. Chunki ularning so'zlariga sabr qilishda senga ajr mukofot bor. Seni tanqid qilishlari seni qadringni belgilaydi. Axir odamlar o'lik itga so'z otmaylar ku. Doim istixforda bo'l. Chunki parvardigorim tavzularni qabul qilguvchidir. Alloh aytadi istiqfol aytgan bandalarga. Parvardigoringiz allohdan mag'firat so'ranglar. Albatta u o'ta mag'firiyatli bo'lgan zotdir. Shunda ustlaringizga osmondan yomg'ir yog'dirur. Sizlarni moli dunyo, bola chaqa bilan madad berur, hamda sizlarga bog'i bo'stonlarni berur. Istig'for aytgan bandani ustidan yomg'ir yo'qadi. Bog'irog'i, bola chaqasi, moli dunyosi ko'p bo'ladi. Faqat ishonishlik kerak bunga.

[34:28] Mahzun bo'lma. Kasallik albatta ketadi. Musibatlar albatta ko'tariladi. Gunohlar kechiriladi, qarzlar uziladi, mahbuslar ozod bo'ladi. G'oyiblar ketganlar albatta qaytib keladi. Osiylar tavba qiladi. Albatta yomonlar jazosini oladi. Mahzun bo'lman. Mahzun bolman. Nodomiki odamlarga yaxshilik qilar ekansan, albatta, mushkulalaring hal bo'ladi. Chunki odamlarga ya xshilik qilishlik insonni o'zini mushkulalarini hal bo'lishiga sabab bo'ladi.

[34:58] Mahzun bo'lma. Chunki sen qilgan bitta hasanot uchun o'ndan tortib yetti yuz gacha ajr beriladi. Balki undan ham ko'proq. Lekin qilgan gunohinggachi, bittagina jazo beriladi. Mahzun bo'lma. Senda eng katta ne'mat bor, chunki sen xalq itganligini aytganlardansan. Ahli xullasan, musulmonsan, qo'lingni duoga ko'targan kishilardansan. Sen mahzun bo'lman.

[35:23] Mahzun bo'lama, chunki sen hayotning yengili og'ir, issiq, sovuq, faqir, boy holatida ham foyda ustasan. Rostini aytgan u, mo'minni ishi ajablanarli. Qanaqa kun kelmasin uni foydasiga? Yaxshi kun yetsa, Allohga shukur qiladi, savob oladi. Mashaqqatli kun kelsa, sabr qiladi, yana savob oladi. Bu faqat kimga berilgan? Mahzun bo'lib bo'lmaydi musulmon odam.

[35:48] Mahzun bo'lma. Axir senda Qur'on bor, zikr, duo bor. Axir senda namoz, amru ma'ruf, sadaqa, boshqa savobli amallar bor. Boshqalarda yo'q bu narsa. Kim xohlardi dunyoda, iymoningni berasan, dunyodagi hamma xohlagan narsangni beraman desa, qaysi ma'lumot xohlardi shu narsani? Odamlarga zulm qilayotgan, haqlarini yeyotgan, tuhmat qilayotgan bo'xton qilayotganlar ham o'ladi.

[36:16] Zulm ko'rgan, sabr qilgan, savob umid qilgan kishilar ham o'ladi, lekin Alloh Taoloning huzuriga borganda kim yutuqda bo'ladi? Dunyo hayot va vaqtincha. Ad dunyo sa fajal xato degan Rasululloh. Dunyo bir soatlik umr bor yo'g'i. Ana shu bir soatlik ibodatni aylantiringlar degan Rasulullohni. Kim o'lmaydi? Kim o'lmaydimi? Mahzun bo'lma. Axir qora bulutlarni tarqaganini, qorong'i tunni yorishganini, shamollarni to'xtaganni ko'rmaganmisan? Inshaalloh, mashaqqatlaring rohatga, hayoting yorug'likka, kelajaging ne'matga to'lib boradi. Inshaalloh. Mahzun bo'lma. Agar oldingda chora qolmasa, yo'llar berkelib, umidsizlik bostirib kelsa, yo Alloh degin. Mahzun bo'l ma. Agar musibat, baxtsizlik xavotir kelsa, yo Allohni degin. Mahzum bo'l ma. If keng dunyo tor bo'lib ketgan bo'lsa, ishlar og'irlashsa, yo Allohnom nido qilgin. Mahzunbo'l ma. Ager oldingdagi ishlar yopilsa, yo Allohnomnido qilgin.

[37:24] Odam boshiga qiyin kun tushsa, tashvish bostirib kelsa, o'zini o'ta ishga urib ko'radi. Bu tez ishga urib keladi. Undan yordam so'rab ko'radi, bundan pul so'rab ko'rada, unga dardini aytib ko'radi, bunga shikoyat kutib ko'radi da, oxirida nima deydi? Alloh endi o'zing borsan endi. Qachon? Oxirida.

[37:48] Siz Alloh deng, mushkulingizni Alloh kimni qo'li bilan, qanaqa qilib hal qilib beradi, uni kim bilade? Chunki unga saharlarda hojatlarni so'rab, qo'llar cho'ziladi. Qalblar uning marhamatidan umid qiladi. Uning ismini aytib, ko'ngillar taskin topadi, ruhlar orom oladi, asablar tinchlanadi. Uning ismini qalbingdan aytgin. Ishonib, unga duo iltijo qilgin. Uning rahmatidan umid qil. U duolarini eshitib turganiga va albatta ijobat qilishiga ishongin. Shunda, agar shunday so'rasak, nima bo'ladi? Omonlik, xotirjamlik, farovonlik, to'kin sochinlik, quvvat, izzat, yordam, lutf, inoyat, ehson keladi Alloh tomonidan. Faqat shunga loyiq bo'lishlik kerak. Yo Alloh, bedor ko'zlarga xotirjamlik uyqusini, omonlikni bergin. Iztirobga tushgan qalblarga taskin va halovat bergin. Ularga yengillik va yaqin fathini bergin. Yo Alloh, ko'zlarni o'z nuringa hidoyat qilgin. Adashganlarni to'g'ri yo'linga boshlagin. Parvardigoru, bizlardan g'am qayg'ularni ketkizgin. Yo Alloh. Agar unutgan yoki xato qilgan bo'lsak, bizni azobni yigirma to'rt aylanaman. Parvardigorro, bizlarning zimmamizga, bizlardan ilgari o'tganlarning bo'yinlarga qo'ygan yukingni yuklama.

[39:10] Bizlardan tashvish isroflarni ketkazgin. Xavf u xatardan, yolg'iz o'zingdan panoh so'raymiz. Parvardigor, sendan boshqalarga suyanib qolishdan, boshqalardan umid qilib qolishlikdan panoh so'ramiz. Sen bizning xojamizsan. Yengil kunimizda, og'ir kunimizda, tashvishning xotirjam kunimizda Allohni o'ziga ishonaylik.
