Maviza
—Qoralama51 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
50:54
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah robbilen amin va ala aql batulil muttaqin. Vassalatu vassalamu ala sayyidina Muhammad as sodiqul va adil amin. Va ala alihi va as saviyhi ajma'in. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh. Bismillahir rohmana rohim. Tobeinlarni darsini xushlikdagi, navbatdagi suhbatimiz bugun. Xalifai roshid Umar ibn Abdulaziz rahmatulloh alayh haqida dars qilgan bo'lamiz. Umar ibn abduul aziz, muorrixlar u kishini boamal olim, xalifai roshiddin deb atashadi. Biz xulofoyi roshidin deganda, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamdan keyingi to'rtta xalifani, Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Al Xattob, Usmon ibn Avfon, va Ali ibn Abit olib, karramallohu wajhaaholamiz, tushunamiz. Mana shularning qatorida xalifai roshidlarning beshinchisi deb Umar ibn Abdulaziz zikr qilinadi.

Bir kishida ham diniy, ham dunyoviy ilmlarni jamlanishiga naqadar go'zal narsa. Har ikkala ilmni o'zida jamlagan kishini mana shu ilmiga amal qilishdagi naqadar go'sal narsa. Umar ibn Abdulaziz aytadi, toqat nafsiy lil imaro. Nafsim amirlikka intildi. Unga erishganimdan keyin nafsim xalifalikka intildi. Bunga erishganimdan keyingi nafsim jannatga intildi. O'zi bular qochoq degan odamlar edi yu amalda, nimaga intiladi degan fikr kelgan bo'lsanglar kerak. Chunki bu kishini xalifablikka undan burungi Sulaymon ibn Abdulmalik tayinlab qo'ygan edi. Agar meni tayinlagan bo'lsa, bundan qutulay, bundan uzr so'ray degan edi. Lekin bu yerda intildim deb aytyapti. Nima deb tushunamiz buni? Musulmon kishi biror mansabga intilishi, ana shu mansabga yetsa, ko'proq savob qilishlikka yo'l ochiladi. Shuning uchun intiladi. Musulmon odam boylikka intilishi uni orqasidan boy bo'lsam ko'proq savob qilishlikka imkoniyatim ochiladi. Mana shuning uchun musulmon odam mansabga mana shu narsa uchun mol u dunyoni ko'paytirishlikka harakat qilishligi kerak.

Chunki amirlikka yetsa, amirlikni amallari bilan jannatga yetishligi mumkin. Ko'proq imkoniyat ochiladi. Agar xalifa bo'ladigan bo'lsa, oldida xayriyat eshiklari yana ham ko'proq ochiladi. Demak, mo'min odam uchun mansab bilan moli dunyoni o'zi maqsad emas. Bular asbob. Bular sabab. Allohning jannatiga olib boradigan savobli amallarni ko'proq qilishlik uchun asbob, vosita, lekin maqsad emass. Kimgadir Alloh mansab bergan bo'lsa, kimgadir davlat bergan bo'lmasa, shu davlat mansabi bilan oxiratni sotib olishlikka harakat qilmayotgan bo'lsa, demak bu odam asbobni o'zini ushlab, shuni maqsad qilyapti. Bu xalifayi roshid aminlikka intildim, xalifalikka intildim dedi. Chunki kattaroq savob qilishlik imkoniyati bor bo'lganligi uchun.

Albatta kishini katta mansabga ulug' martabaga yetishligi, uni oldidagi sovg'a eshiklarini ko'payishiga sabab bo'ladi. Yana shunga yarasha mas'uliyat ham bo'ladi. Masalan, tog'ga chiqsangiz, besh olti kilometr masofa oldida ko'rinadi. Ko'rishingiz kengayadi. Samolyotga chiqsangiz, ehtimol yuzlagan kilometrgacha qarashingiz mumkin. Endi kosmosga chiqsangiz chi, yerda to'laligicha ko'rasiz. Kishi qanchalik mansabida yuksalar ekan, savobli amallarni ko'proq qilishlikka oldida imkoniyatlar ochiladi.

Masalan, boy kishi, boy kishi o'zini pulini arzimagan bir qismi bilan bir mahallaga suv olib kelib qo'yishi mumkin. Masalan, yangi uchastkalar. Transformator yo'q, shag'ali yo'q, suvi yo'q. Savob eshigi ochiq turibdi boy odam uchun. O'zlari eplab qilisha olmayapti pul to'plab. Bu baribir yangi cheklarni problemasida, to'g'rimi? Yangi cheklardi muammosi bu. U odam pulini ikki foiz ham ketmaydi agar bunday qarab tursa. Boring besh foizni ketsin. O'sha ikki yuzta xonadonga suv olib kelib qo'ysin da. Shu xonadonlar necha yil ichadi shu suvdan? Mana shu odamga sadaqa joriy bo'ladimi? Demak biz musulmon sifatida boylikka intilishimizdan maqsad, oldimizda ko'proq savoblari, eshiklari ochilsin. Yoki bir mansabdor odam, bir mansabdor otam qo'lini uchi bilan, ruchkasi bilan bitta qo'l qo'yadida, juda ko'p savob ishlarga yo'l ochib qo'yishi mumkin. Yoki bitta o'sha qo'ygan imzosi bilan katta katta gunoh, ma'siyat bo'lgan ishlarni yopib to'xtatib qo'yishim mumkin. Albatta, agar endi bu mansabdor odam Allohdan qo'rqsa, oxirat kuniga ishonsa, hisob kitobga ishonsa, jannatdan umidi bo'lsa.

Aslida aytib beringlar, ya ayyu halladina a manu atiulloh havati rasul va ulil amri ming kun. Ey mo'minlar, Allohga itoat qilinglar. Payg'ambarga itoat qilinglar. Hamda o'zlaringizdan bo'lgan hokimlarga, ish egalariga bo'yn suninglar. O'zinglardan bo'lgan, musulmonlardan bo'lgan ishboshilarga bo'yn suninglarni. Ish egalari. Kimlar ular? Bular amirlar, boshliqlar va olimlar. Ish shularni qo'lida bo'ladi. Olimlar. Oq qorani ajratadi, to'g'ri yechimni chiqarib beradi, amirlar mana shu hukmlarni tadbiq qilishlikni zimmasiga oladi. Agar mana shu ikkala narsa jamlansa, shu yurt vakillari uchun juda katta xayriyatlar keladi.

Modomiki, ana shu amirlar gunoh ma'siyatga buyurmasak ham, ularga itoat qilishlik vojib bo'ladi. Yana qaytarib aytaman, modomiki gunoh, ma'siyatga buyurmayaptimi, ularni itoatida bo'lishiga vojib bo'ladi. Alloh Taolo o'zingizdan bo'lgan ishboshilarga bo'ysuninglar deb aytyapti. Tartib bo'ladi mamlakatda, birodarlar. Tartib bo'ladimi, intizom bo'ladimi? Din ishlarida bir natijaga erishilsa, bu katta narsa. Masalan, Qur'on yodladi. Bu mana shu narsani o'zi natija.

Ilmlar o'rgandi, natija. Ammo dunyo ishlarida bir natijaga erishsangiz, bu hali maqsad emas edi. Dunyo ishlariga erishgan natijangiz uni orqasidan keladigan katta ishlar uchun asbob edi. Shuning uchun pul topib qo'ygan bo'lsanglar, katta ish qilib qo'yganinglar yo'q, savdogarlar. A bu pulni orqasidan hali savob ishlar qilish kerak. Mansabga ega bo'lgan bo'lsangiz birodar, siz katta ish qilib qo'yganingiz yo'q. Sizni qo'lingizga asbob keldi, instrument keldi, sabab keldi. Endi savob ish qiling. Shuning uchun xalifani amirlikka intildim, xalifalikka intildim degan gapini mana shunday tushunamiz.

Ilm egasi bo'lgan odam minglagan zalolatga ketgan kishilarni haqqa chaqirishi mumkin. Ega bo'lingan boylik bilan juda ko'p muhtojlarni, ehtiyojlarni qondirish mumkin. Kuch quvvat bilan, mansab bilan mazlumlarni haqlab undirib berishlik mumkin. Demak, bularni bari biz uchun Allohni roziligiga olib boradigan asbob, sabab xolos.

Xalifai roshid, zohid, olim, obid, Umar ibn Abdulaziz haqidagi so'z mushka ambarni hididan ko'ra xushbo'yroq. Bog'iga kirib eng chiroyli gullarni uzishlikdan ko'ra u kishi haqida sal so'z yuritishlik maroqli birodarlar. Mana tobenani hayotidan bir qanchasini o'qidik. Bu kishini hayotiga alohida e'tibor berishimiz kerak. Har bitta tobeni o'zicha bir go'zal hayoti. Lekin bu kishiniki o'zgacha. Chunki xalifa yurashlarning beshinchisi deyilyaptimi? Demak bejiz bunday deyilmagan.

Keling, mana shu bir ulug' tobeinni hayotidan bir qancha lavhalarni ko'rib chiqamiz. Abu hazm, salama ibn dinoning hikoyasi. Bu kishi haqida ham dars qildik a? Abu hazmni sulaymon ibn abdulmalik bilan bo'lgan savol javoblari. Hech kimni tiliga hikmat abu hazmning og'ziga yaqin bo'lgachalik yaqin bo'lamadi degan edi, muorrixlar.

Madinaning olimi, oqsoqoli, qozisi salamatuniddinor, abu hazm. U aytadi, xalifa umariddin abdulazizni huzuriga keldim. Yoshim ulg'ayib qolgan edi. Ko'rishmaganimizga ancha bo'lgan edi Xalifa bilan. Uni bordim, uyidan topdim. Ammo tanimadim, deydi. Voli bo'lib turgan paytdagi ahvolidan ancha o'zgarib, yudab ketgan edi. Qarab tanimadim. Meni ko'rib aytdi. Beri keling ey Obi Hozir, beri keling. Yaqinroq borib turib, siz Amirul Mu'miniy Umar ibn Abdulazizmisiz? Ha dedi. Sizga nima bo'ldi? Hayotingiz zo'r edi. Chiroyli odam edingiz. Nima bo'ldingiz sizga?

Nimaga bu kishimni yudab ketib, o'zgarib ketdi? Sizga nima bo'ldi? Axir hayotingiz yaxshi, yuzingiz chiroyli, terilaringiz tekkis edi. Tirishmas edi. Aytdi, ha men Umarimni Abdulaziziman dedi. Ha men xalifaman dedi. Bir kuni Umarimni Abdulaziz uyda yig'lab o'tirganida, jang namozini ustidan xotini ko'rib qolib, nima yig'layapsiz dedi. Indamadi. Xalifa bo'lgandan keyin. Yana so'radi, indamadi xullas. So'rab turib olganidan keyin javob berdi. Xotiniga qarab, ey falonchi, dedi ayoliga. Alloh bu ummatning ishini meni yelkamga yuklab qo'ydi.

Ularni och faqiri, adashgan yo'lovchisi, qahr ko'rgani, qarilari, bolasi ko'p bo'lib turib pul topa olmayotganlarga qaradimda, Allohni oldida nima deb javob beraman ular haqida, degan g'am yig'latdi meni deydi. Bu mansabga o'tirganlar, birodarlar. Bu mansabchi. Bu musibat bu.

Falonchi falon mansabda ishlaydi desa, ha deymiz, o'ylab ham ko'rmaymiz. E bu falon mansabda o'tirgan odamni mas'uliyati ham falonchi bo'ladi. Ha qiyomatga borganda bitta odam ikkita odamni ustida qozi bo'lganiga pushaymon yeydi. Endi rahbar bo'lgan, davlatni boshlig'i bo'lgan odam, bilasizmi, butun ummat haqida javob beradi. Shuning uchun Umariddin Abdulaziz aytyaptiki, yetim yesiri bor, musofir adashganlari bor, bola chaqasi ko'p, puli yo'q odamlar bor. Bular haqida o'ylab, Alloh mendan so'rashini fikr qilib, Payg'ambar mendan so'rashi fikr qilib, shu narsa meni yig'latyapti dedi. Albatta birodarlar, bu ulug' tashvish, ulug' xavotir, ulug' qayg'u. O'nmatni g'ami. Qiyomatda Allohni oldida turib javob berishlik hamma. Kim o'ylayapti hozir shu narsani?

Birodarlar, falonchini falon mansabda ishlaydi degan paytimizda maqtovga o'xshaydi bu gap. Lekin aslida bu mas'uliyat emasmi? Voqifuhum innahum mas'ulun. Alloh Taolo qiyomatda to'xtatib turinglar ularni deydi. To'xtatib turinglar. Ha ular hali so'roq savol qilinadi ular. Ana shu kunda musulmon odam mansab egasi bo'lmaganiga quvonadi. Ana shu kunda qo'lida dunyosi katta bo'lmaganigiga xursand bo'ladi. Ana shu kuni mansabdor odam pushaymon yeydi mansabdor bo'lganiga. Ana shu kundan boy badavlat odam, agar xayr saxovat qilmagan bo'lsa moli bilan, boy bo'lganiga pushaymon yeydi.

Salomatimni dinor aytdi. Siz xalifa bo'lib, oq u sariqqa ega bo'lganingizdan keyin, ya'ni oltin kumush sizni qo'lingizda bo'lgandan keyin, holatingizni nima o'zgartirib yubordi dedi. Xalifa aytdi, ey Abu Hazm, nima o'zgaribdi beinida? Nimani o'zgaribd? Og'zi to'zib ketibsiz, yuzlaringiz tirish bo'libdi, yuzingiz sarg'ayibdi, ko'zingizni nuri so'nibdi. O'zgarib ketibsiz. Xalifa yig'iladi. Salamatimni dinorni so'zini eshitib, Abu Hazimni so'zini eshitib yig'ladi. Keyin aytdi. Ey Abu Hazim, agar meni qabrga qo'yishganidan keyin uch kun o'tib, shu holatimni ko'rsangiz qanday bo'lar edi? Ikki ko'zim yuzimga oqib tushgan, qornim ishib, yorilib ketgan, tanamda qurt qumursqalar yayrab yeb yursa, ey Abu Hazim. Mana shu holatda meni ko'rsangiz, bu yilgidan ko'ra ko'proq hayron bo'lgan bo'lardingiz.

Bu tuproq ne ne sulton, ne ne jahongirlarni yeydi. Suyagini yeydi dan, go'shtini yog'idan, terisini, sochidan ajratib, parcha parcha qilib tuproq aylantirib tashladi. Bu tuproxtoyda kimlar yotibdi deysizlar, birodarlar. Kunini zo'r o'tkazgan, bir kun yeb, bir kun yemay qiylangan, och qolgan kambag'allar ham o'tdi. Zulm ko'rgan, mazlum bo'lgan, nochor, noto'g'on odamlar ham o'tdi. Odamlarda haqlarni yig'ib, zolimlik qilgan amaldorlar ham o'tdi, hamma o'tdi. Bu kishi shuni o'ylab turib, yig'layapti.

Bir kun bizni ham qabrga kirishimiz bor. Ollohni tanigan, uni toatida turgan, oqil, hushyor, dunyoni nima ekanligini tushunib yetgan, shubhasiz bir kun boshiga keladigan kunga tayyorgarlik ko'rgan odam. Mana shu odamni havas qilsa bo'ladi. G'aflatda qolganda emas.

Asarlarda keltiriladi, kishini qabrga qo'yilgan birinchi kechasida Alloh Taolo aytadi: ey bandam, seni tuproqqa qo'yib, ko'mib, o'zingni yolg'iz tashlab ketishdi. Agar sen bilan birga qolishganida ham, senga ularni foydasi tegmas edi. Endi sen uchun faqatgina Men borman. Men esa tirikman, hech qachon o'lmayman. O'sh kunga tayyorgarlik ko'raylik. O'sh kungo tayyorgarlik ko'reylik. Qalbarimiz ana shu o'limdan g'ofil bo'lib qolganligi uchun gina kudurat bilan to'lib toshadi. O'sha o'limni esdan chiqarib qolganligim uchun hasad bilan, kuy kuchli bilan to'lib toshadi.

Xalifa Abu Hazmga qarab: ey Abu Hazm, menga Madinada aytib bergan hadisingizni eslaysizmi? Dedi. Abu Hazm, men sizga ko'p hadislarni aytganman. Qaysi birini aytyapsiz? Xalifa aytdi, Abu Zarg'uf Foriydan keltirilgan hadis dedi. Abu Salim ha esladim dedi. Shuni aytib bering. Yana bir marta eshigim kelyapti sizdan dedi.

Salomatimda Dinor aytdi. Abu Zardan rivoyat qilinadi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytdilar, ya abadar, inna amamaka aqobatan kaudin la yaqta uha illa kulli muhiyf. Ey abozar, albatta oldingizda halok qilguvchi bir to'siq bor. Faqatgina qo'rqqan bandalar u to'siqdan o'ta oladi.

Salomatiniddinor aytadi, hadisni aytib berganimdan keyin, Umar ibn Abdulaziz qattiq yig'iladi. O'ti yorilib ketmasin deb qo'rqdim. So'ngra yoshlarni artib, menga qarab, ey Abu Hazm, shu to'siqdan otish uchun o'zimni qiynasam, o'zimni yuda qilsam, o'zimizni tergasam, meni malomat qilasizmi? Men o'sha to'siqdan o'ta olmasam kerak deb o'ylayman.

Bu birinchi qismi edi. Shuncha ishni qilib qo'ygan kishi, Allohni oldida, hisob kitobdan qo'rqib, shu to'siqdan uita olmayman deb o'ylab, g'am qilib yig'layapti. Ikkinchi qismimiz. Imomutabariy tufayli Ibn Mirdoslarni rivoyat qiladi. Amirul mo'min in Umar, Umar Abdulaziz xalifa bo'lganidan keyin sog'di. Volisi Sulaymon ibn Sirriyga maktub yozib shunday dedi: yurtingda musulmonlar uchun mehmonxonalarni bino qil. Agar biron musulmon ana shu yerdan o'psa, bir kecha kunduz mehmon qil. Ishini o'nglab, ulovlarni tayyorlab beringlar. Agar qiynalib qolganidan shikoyat qilsa, yordam beringlar. Ulovi yog'ilsa, ulov olib beringlar. Puli yog'ilsa, uyga yetib borgani, pul beringlar.

Bu ulug' xalifa davrida birodarlar kambag'allik ko'tarilib ketgan edi. Kambag'al odam qolmagan edi. Yurtboshi, xalifa, odil, Alloh'dan qo'rqadigan, taqvoliy banda bo'lganda, Alloh ularni ustiga barakat yog'dirdi. Kambag'ali qolmagan. Umar ibn Abdulazizni davri, ertak davri deydi ayrim og'riqlar. Insoniyatni oltin davri deydi, chunki kambag'al qolmagan birodarlar.

Shuning uchun zakotlar to'plangan, zakot beradigan joy yo'q. Shuning uchuncha bu zakot pullarini birodarlar qarzlarini uzishga, musulmonlarni xizmati uchun bino qurishga, musofirlar qiynalgan bo'lsa, shularni xizmatiga sarflangan. Agarchi. Uylanmagan odam bo'lsa, jarchi bozorda e'lon qilib yurardi. Ey, uylanolmayotganlar bo'lsa, kelsin, Baytulmoldan uylab qo'yamiz deb.

Barakat yog'ilganda shunaqa bo'ladi. Allohning barakati kelganda shunaqo bo'ladi. Shuning uchun bu pullarni xalqni xizmatiga sarflangan, musulmonlarni qulayligiga. Voli xalifani buyrug'ini bajardi. Mehmonxonalar qurdi. Musofirlarni qo'lida olgan pullar berildi, ulovi yo'q olsa ulovlar olib berildi. Xalifani bu qilgan ishi yerni mag'rur mashlig'iga tarqaldi xabari. Odamlar xalifani adolati, taqvosini maqtab gapirishdi.

Bu paytlarda Samarqand Xutoybatumni Muslim tomonidan fath qilingan, musulmonlarni qo'li ostidan, musulmonlorni yeriga qo'shilgan. Samarqand ahlidan bo'lgan bir jamoa ana shu So'g'ning volisi Sulaymonni oldiga kirib aytishdiki, be istanglar tarixda bo'lganmikin shunga o'xshagan narsa va aqlinglar olarmikin bunga o'xshigan narsani?

Aytishdiki albatta sizning salafingiz sizdan bunga amir bo'lgan Qutaybatumni Muslim bizni yurtimizga bizlarni ogohlantirmasdan hujum qildi. Biz bilan bo'lgan urushda musulmonlar ishini qilmadi. Og'ay! Musulmon bo'lmaganlar sizlarni amirliklar musulmonlar ishinini qilmadi deyapti. Biz bildik, sizlar bir qavmni ustiga kelsanglar, avval islom da'vat qilasizlar, qabul qilmasa jiziyani taklif qilasizlar. Bo'lmasa keyin urushasizlar. Ammo Qutaybatumni muslim bunday qilmadi. Bizga indamasdan shart bostirib egallab oldi.

Payg'ambarilar ko'rsatgan shariat bo'yicha ish qilmabdi dedi. Samarqandni ahli bilishdi musulmonlarni jihoda qanday bo'lishligini. Shar'iy fakt qanday bo'lishingini bilishdi. Biz Xalifangizga borib, shu ishimizni arz qilaylik, ruxsat bering. Agar bizni ishimizni to'g'ri deb topsa, bizni haq deb bilsa, haqqimizni bersin, bo'lmasa quruq qaytib kelaveramiz dedi.

Ular aytishdi, sizlarni Xalifangizni adolati va taqvosini ko'rdik. Mana shu narsa shikoyat qilishlikka bizni undadi. Qo'mondoningizni ishidan unga shikoyat qilib qilishimiz uchun bizga ruxsat bering. Bizdan bir jamoa Damashqqa xalifaning huzuriga borsin. Qutaybaning ishi unga arz qilsin. Nabiyingiz qoldirgan yo'li bilan ish tutmay, bizga to'satdan hujum qilganini xabarini aytaylik. Agar biz haq bo'lsak, haqimizni bersin. Agar biz nohaq bo'lsak. Qanday bo'lgan bo'lsa, shunday qaytib kelaveramiz dedi.

Voli Sulaymon ularga Damashqqa borishlikka ruxsat berdi. Elchilar xalifa Umar ibn Abdulazizni huzuriga kirib, arzilarini aytishdi. Xalifa ularni arzilarini eshitganidan keyin Samarqand voliysiga. Mana shu so'x duolisi Sulaymon ibn Avis Siriyga xalifa maktub yozib shunday dedi. A Mamad, mening bu maktubim senga yetib kelishi bilan qoziga buyur, ularni shikoyatini ko'rib chiqsin. Agar ularni foydasiga qozi hukm qilsa, buyur, musulmon qo'shini chiqib kelsin, shaharda tashlab. Qolgan shu yerda turgan musulmonlar ham chiqib kelssin. Qutayba ularni yeriga kelgunga qadar, Samarqandga kelgunga qadar, qanday g'orda bo'lsa, shunday qoldirib chiqib ketinglar.

Elchilar xalifani maktubini olib kelib, Sulaymonga berishdi. Buyruq berdi. Buyruqqa binoan qozi o'tirib, ishni ko'rib chiqdi. Xabarlarni so'rab surishtirdi. Ana shu Samarqandni egallashlikda qatnashgan qo'mondon askarlarni chaqirib, ularni savolga tutdi. Natijada Samarqandliklarni da'vosi to'g'ri ekanligi ma'lum bo'ldi. Ularga islom arz qilinmabdi. Yoki jizya to'lash taklif qilinmabdi. Birdaniga hujum qilib egallashyapti. Shariatga xilof bo'libdi. Qozi hukm qildi. Musulmon qo'shini Samarqand tashlab chiqib ketsin.

Musulmonlar shunday adolatli bo'lgan. Shuning uchun musulmonlar yer yuzini fakt qilishgan. Odamlarni qalblari, ularni fe'l atvorlari, xulqlari qilayotgan ishlarni ko'rib, Islomga moyil bo'lgan. Qog'ozini hukmiga muvofiq, voleyon hukm chiqardi. Musulmonlar, eshakda o'sha muqim bo'lib turgan musulmonlar, qo'shin chiqib ketishligi kerak.

Tashqariga chiqishsin, yana bir marta qo'shin bilan shaharga kelishsin. Ularga Islom dars qilishsin, qabul qilishmasa jiziyani taklif qilishsin, bo'lmasa keyin urushsin dedi. Yangitdan boshlanyapti jang. Samarqand ahli qog'ozini chiqargan hukmi. Voliyda bergan buyrug'i va musulmonlarda haqiqatdan chiqib ketayotganini ko'rib, aqllari bovar qilmadi. Ko'rib turgan, eshitib turgan narsalarga ishongisi kelmadi. So'ngra bir birlariga qarab turib, ey, sizlarga voy bo'lsin. E bu qavm bilan bir muddat aralashib yashadinglar. Ularni rozgo'yligini, adolatini, xulqini ko'rdinglar. Ularni o'zinglar bilan olib qolaveringlar. Ular bilan birga yashab, rohatlaninglar, ularni suhbatida bo'lib, ko'zlaringlarni quvontiringlar dedi. Shunday qilib musulmonlar Samarqandda qolishdi. Aql bovar qiladimi birodarlar?

Inshaalloh, Xalifai roshid Umar ibn Abdulaziz hayoti haqidagi darsni navbatdagisini ertaga o'qigan bo'lamiz, inshaalloh. Aqul qovli ha'da va astag'firulloh ili valakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh. Bismillahir rohmanir rohimir rohimdullilahi robbilen amin. Vala aqibatu lel muttaqin. Vassalatu vassalamu ala saidina muhammad as sodiqil va'n adil amin va ala alixiy va as suhabihi ajma'in. Ammabod. Assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh. Tavbiyalar hayotini o'qishlikdagi navbatdagi darsimiz. O'tgan darsimizda xalifayi roshid olim, obid, zohid, Umar ibn Abdulaziz hayoti haqida dars boshlagan edik. Bugun inshaalloh nihoyasiga yetkazamiz.

Uchinchi qissa, Ibn Abdulhakam o'zining Umar ibn Abdulazizning siyrati deb nomni oladigan kitobida shunday qissani keltiradi. U aytadi, Umar ibn Abdulazizga o'lim soatlari yaqinlashgach, uni oldiga Maslama ibn Abdulmalik kirib, kirib, ey amirul mo'miniy, siz bu mol dunyoni boyligini o'zingizni bolalaringizga man qildingiz. Ular qo'lida dunyo yo'q qolyapti. Shuning uchun ularni menga yoki qarindoshlaringizdan o'zingiz rozi bo'ladigan bir kishiga vasiyat qilib qoldirib keting dedi.

U so'zini tugatgandan keyin xalifa meni o'tkazib qo'yinglar, o'tkazib ko'rishdi. Xalifa unga qarab, e maslama, seni so'zingni eshitdim. Seni, ey amiral mo'mining, bu molni farzandlaringizdan man qildingiz, degan so'zingga kelsak, vallohi men ularni haqqini ulardan man qilmadim. Va ularniki bo'lmagan narsani ham ularga bermayman. Ularni menga yoki birorta bir qarindoshingizga topshirib keting degan so'zinga kelsak, albatta mening vasiyim haq bilan kitobni nozil qilgan Alloh azza va jalladir. Bas, uning o'zi solih bandalarni ishini o'ylaydi. Bilginki, masalan, mening bolalarim ikki kishining biri.

Alloh taolo o'zining fazli marhamati bilan boy qilib qo'yadigan, ishlaridan yengillikni beradigan taqvoli solih banda, yoki ma'siyatlarga botib qolgan fojir banda. Agar meni farzandlarim fojir bo'ladigan bo'lsa, ularga ma'siyat qilishligiga qo'liga dunyoni berib yordam bermayman dedi. Yo solih banda, yo fojialar banda. Solih bo'lsa Alloh ishini o'nglaydi bunaqalarda. Agar fojiali bo'ladigan bo'lsa, ularni qo'liga pul berib nima qilaman?

So'ngra farzandlarimni chaqiringlar dedi. Ular o'n dan ortiq edi. Ular otasini oldiga kirib kelishdi. Ularni ko'rib, xalifani ko'ziga yosh to'ldi. Maslama ichida o'ylandi. Xalifa bu bolalarga hech narsa qoldirmay ketyapti da. Hech narsasiz qolyapti da bular. Xalifa jim turib yig'ladi. So'ngra bolalariga qarab, ey bolalarim, men sizlarga juda ko'p xayriyatni qoldirdim. Musulmonmi, ahli zimmami, mendan keyin qaysi bir odamni oldidan o'tmanglar, ular sizlarni ko'rib turib, o'zlarini ustida sizlarni haqqingiz borligini bilishadi dedi. Ya'ni bu yaxshi xotira qoldiryapman deyapti. Mendan keyin kim sizlarni ko'rsa, bu solih banda, Umar ibn Abdulazizning bolasi, otang solih odam bo'lgan edi deb sizlarga yaxshi so'zni gapiradi. Xalifa aytdi, ey bolalarim, oldingizda ikkita yo'l turibdi. Bittasi boy badavlat bo'lasizlar, ammo otangiz Jahannamga qulaydi. Ikkinchisi, faqir bo'lishga rozi olasizlar, otangiz Jannatga kiradi. Otangizni Jahannamdan qutqarishni moli davlatdan afzalda bilasizlar deb o'ylayman, dedi.

Ularni mana shunday bir oliy tarbiya bilan tarbiya qilgan edi Xalifa. So'ngra bolalariga bir mehr bilan qarab, Alloh sizlarni saqlasin, turinglar. Alloh sizlarni rizqlantirsin, turinglar, dedi. Maslama, Imnoddulmalik, ey Amir al-Umning, dedi. Menda bundan yaxshiroq narsa bor, aytaymi, dedi. Nima u? Menda uch yuz ming di'no bor, dedi. Sizga beraman, xohlayman, bolalaringizga taqsim qilib bering, xohlaym ehson qilib yuboring. Xalifa, uni qarab turib, undan yaxshirok yo'l bor, shuni qilmaymizmi dedi.

Masalan, qanaqa yo'l u, dedi. Ularni egalariga qaytarib bermaysizmi shu pullarni? Albatta ular haqiqatda sizga emas dedi. Qaytarib bermaysizmi egalariga? Maslamani ko'zlari jiqqa yoshga to'ldi da, ey amirul mo'miniy, tirik holatingizda ham, mayyid holatingizda ham Alloh sizni rahmat qilsin. Qatib ketgan qalblarimizni yumshatdingiz, g'aflatda qolgan qalblarimni uyg'otdingiz.

Solih insonlarni tilida biz uchun yaxshi zikrni qoldirdingiz dedi. Xalifa aytdi, o'n dan ortiqroq farzandi qoldi. Keyin odamlar xalifani hayotiga bir qarashdi, bolalarni hayotiga. Odamlar pul tashlamasdan ketgan. Farzandlarni hayotiga qarashdi. Lekin hech qaysini na faxr bo'lganini, na bir narsaga muhtoj bo'lganini ko'rishmadi. Chunki xalifa aytgan edi, solih bo'lgan bandani orqasidan qoladigan farzandlari ko'chada qolmaydi. Shuning uchun Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar, farzandlarini kelajagi haqida g'am qilgan ota, Allohda taqvo qilib yashasin, shuni o'zi kifoya qiladi degan. Otalar, taqvo qilib ishlanglar da. Dunyosini juda ham zo'r qoldirib ketmayotgan bo'lsanglar, ham zo'r hayot ko'radi.

Asarlarda keltiriladi, qiyomat kunida Alloh Taolo bir bandasiga aytar ekan. Ko'p mol u davlat bergan bandasiga. Ey banda, men senga mol berganman. Nima qilgansan? Menda aytadi, Parvardigor, bolalarim mendan keyin qiynalib qolishmasin, kambag'al bo'lib qolmasin deb, info ehson qilmasdan qoldirib kelganman ularga. Alloh Taolo aytadi, sen qo'rqqan narsani farzandlaringni boshiga soldim men. Yana bir manda aytadi, senga moli davlat berganman. Nima qilgansan? Parvardigor, qayerda seni roziliging bo'lgan bo'lsa, info qilganman.

Bolalarimga deb tashlab kelmagan. Ha, bolalarni haqqi meros oladi, lekin bolalarimga qolsin deb turib umuman o'zini oxiratiga sarf qilmay ekan odam, kuyayotgan odam bo'ladi. Gunohlardan olib keladi oxiratga, lekin foydasini bolalari ko'radi. Javob beradi o'zi, lekin oxiratiga o'tkazmagan bo'ladi. Ey banda, dedi Alloh Taolo ikkinchisiga.

Sendan keyin bolalaringni saqlovchi o'zimman, dedi. Vol yaxshalla din ala utara komin xol fihim zuriy etan ziyofan xofu alayhim fadyataqulloh. Kim o'zidan keyin deyapti Alloh. Mayda zaif bolalarni tashlab ketayotgan bo'lsa va ular haqida xavotir olayotgan bo'lsin, bitta ish qilsin. Qo'rqib yashasin. Dunyodan chiqib ketyapti, bolam, senga men rizqimda yo'q ekan. Unaqa katta dunyoni qoldira olmadim. Lekin.

Ollohdan qo'rqib yashadim. Kam bo'lmaysan. Yoki men o'tib ketganimdan keyin meni deb xijolat bo'lmaysanku ko'chada. Demak, bolalarni kelajagi kishining istiqomatiga bog'liq. Ehtimol millionlagan pul qoldirar birov. Ammo Alloh olib qo'yishni xohlasa, bir kunda olib qo'yardi. Qimorga beradimi, protsentga beradimi, lopatadi, yo'q edi, ketdi. Ammo taqvo qilib yashagan bo'lsa, Alloh kafilligiga olyapti farzandlarni. Qo'rqmanglar, nima bo'larkin, kelajagi bolalarimiz deb. Ollohdan qo'rqib yashaylik.

Bu tobeinlar avlodini Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam maqtaganlar. Ularni hayotidan birodarlar ibrat olishligimiz lozim bo'ladi. Payg'ambar biz aytganlar khoyru nasi qorniy. Sun malla dina yalunahum, sun malla dina ya'lunahum. Odamlarning yaxshirog'i mening asrimdagi kishilar. So'ngra undan keyingi keladigan asrdagi kishilar, so'ngra unda keyingi asrda keladigan kishilar. Sunma yajiul aqvamun tasbiqu shahadatu ahadihim biyaminahu va yaminuhu shahadatahu. Ulardan keyin shunday qavmlar keladi, shahodati ularni qasamidan o'zib ketadi, qasami esa shahodatidan o'zib keladigan qavmlar kelishadi. Ulardan keyingi odamlar endi boshqa odamlar. Bu tobeinlar Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam maqtagan avlod vakillari.

Ikkinchi darsimiz. Bir kishi vafot etdi. Janozasida turib u odam haqida yaxshi gap gapiriladi. Nimasi gapiriladi shu janozani ustida? Nechta hovlisi borligi gapiriladimi? Yo'q. Nechta mashina minganichi? Qancha pul topganichi? Qaranglarda, nimasi zikr qilinadi, janozasini ustida?

Qilgan solih amallari, eliga, yurtiga, ummatga keltirgan foydasi, o'sha yerda aytar ekan u odamlar bizni qadrimizni. Ha men odam o'ldi, nimasini aytasan? Nimasini aytadi? Hech narsasi yo'q edi. Indamay ko'mib qo'yadi. Ammo fazilat egasi bo'lsa, albatta aytilinadi. Sog'lik farzandlari tarbiya qilgan edi, halol yashagan edi, besh vaqt namozda edi, xalq xizmatida edi, qo'lidan kelgan yordamini berardi qo'ni qo'shnisiga. Lekin qarang, hech qachon dunyosi gapirilmaydi. Bu odamni mancha puli bor edi, deyilmaydi. Shuning uchun ko'zimizni ochaylik. Umariddin Abdulaziz o'lganiga besh o'n asr olib ketibdi. Lekin. Qaranglarda, soatlab gapiryapmiz. Bu odamlarda hayotini tom tom kitob qilib yozyapti. Har bitta qilgan ishini sharhlashyapti. Solih ishlarini eslayapti. Biz o'lgandan keyin, bizni nimamizni yashashar ekan odamlar?

Shoir Dukaynumni san'at hikoya qiladi. Umar ibn Abdulaziz Madinada voliy bo'lib turganida, u bilan aloqam bor edi. Men she'r o'qib, bir kuni uni maqtadim. U menga judayam sifatli, qimmat, o'n beshta tuya berishni deydi, buyurdi, hadya qildi. Shoirlar madh qilib o'qib maqtagan amirlarni, ular menga muruvvat ko'rsatgan.

O'mar ibn Abdulazizni maqtab she'r o'quvdim, o'n beshta tuya berdi. Tuyalardi meni qo'limga o'tdi. Judayam chiroyli, yaxshi tuyalar edi. Ulardan olib yolg'iz o'zim Najd yillariga ketganim qo'rqdim. Sotib yuborgani ko'nglim bo'lmadi. So'ngra ozgina fursat o'tgandan keyin Najd yerlariga ketadigan bir karvonni xabari kelib qoldi. Borib ular bilan maslahatlashdim, ular meni birga olib ketadigan bo'lishdi. Bugun kechqurun yo'lda chiqamiz deyishdi. Men vali, Umar ibn Abdulaziz bilan bu paytda vali bo'lgan. Xayrlashgani bordim. Kirsam, oldida men tanimagan ikkita odam o'tiribdi. Ular bilan gaplashganda o'tirib qaytmoqchi bo'lsam, meni ko'rdi da, ey dukang bu yoqqa kel dedi.

Kelganda aytdiki, ey dukang dedi. Men harakatchan, intiluvchan odamman. Agar hozirgi holatimdan kattaroq narsaga erishganligimni, hozirgi mansabimdan kattaro q mansabga erishganimni aytsang, meni oldimga kel. Sen uchun men huzurimda yaxshilik bor dedi. Shu gapingizga bir guvoh qilib qo'ymaylikmi dedi. Alloh guvoh gapimga dedi. Odamlardan chi dedi. Mana bu ikkita odam dedi. Shunda dukani aytadi. Ana shu o'tirgan odamlardan bittasiga borib, ota onam sizga fido bo'lsin. Siz kimsiz dedi. Dedi. U solim imna abdulloh imna umar imna xattob dedi. Umar imna xattiobning o'g'li, abdullohning o'g'ili solim edi.

Voliga qarab, juda zo'r odam bilan guvoh qilibsiz dedi. So'ngra ikkinchi odamga borib turib, siz ismingiz nima, jonim fido bo'lsin sizga degandi, men amirning mavlosi abu yahyoman dedi. Ha, bu kishi o'zini oilasi, o'zini xonadoniman ekan dedi, guvohlikni olib ketdi. Qaranglarda, bu musulmon odam tarki dunyochi, hech narsani xohlamaydigan, hech narsa bilan ishi bo'lmaydigan bo'lmaydi.

Dunyo ahllari faqat shu dunyoda zo'r yashashni orzusida bo'lsa, musulmon odam ikki dunyoda zo'ri yashash orzusida bo'ladimi? Shuning uchun musulmon odam qarib qolgan bo'lsa ham, firdavsul avloni orzusida, Allohni diydoni ko'rish orzusida, hur ayollarga yetishlik orzusida birodarlar ibodatda shijoat ko'rsatadi. Qarilar yoshlardan ko'ra ko'proq shijoatli bo'ladi ibodatga. Musulmonning ishtahosi baland bo'ladi birodarlar. Agar dunyo ahillari faqat uy qilsa, mashina qilsa, pul qilsa bo'ldi bo'lsa, musulmon uni uyog'ini ham orzu qiladi.

Shuning uchun voliy aytyapti, agar kattaroq mansabga yetsam, meni oldimga kel deyapti. Men harakatchan odamman, o'rnimda turmayman. Dukayn xayrlashib, tuyalarni haydab, o'zini yurtiga ketdi. Dukayn aytadi, Alloh mana shu tuyalarga baraka berdi. Ularni ortidan ko'p tuyalarga va qullarga ega bo'ldim. So'ngra kunlar etidan kunlar o'tdi. Najdagi yamoama sahrolarida tuyalarimni haydab yursam, xabar kelib qoldi. Xalifa Sulaymon ibn Abdulmalik vafot etdi.

Men ana shu xabar olib kelgan odamdan keyingi xalifa kim bo'libdi u yerda dedim. Umar ibn Abdulaziz dedim. Bunga nima bor? Unga mukofot bor. Shoshilganicha Damashqqa qarab yo'lga tushdi. Damashqqa kelib, jarirga uchradim. Undan, ey Abu Hamza, qayerdan kelyapsiz desam, xalifani huzuridan kelyapman. Xalifa faqirlarga, hadyalar ulashyapti. Shoirlarga hech narsa bermayapti. Ortingga qaytib ketaver dedi.

Dukani aytdi, meni dedi ishim boshqacharoq, meni xos ishim bor. U bilan o'rtamizda ahd bor, ikkita guvoh bor dedi. Nima va'da qilgan? Ko'p xayriya. O'zing bilasan dedi Abu Hamza. Xalifani hovuziga yetib keldim deydi dukang. U hovlimni o'rtasida yetim, miskin, bevalar va mazlama egalari orasida turgan ekan. Odamni ko'prigidan oldiga borishni iloji olmadi. Shunda uzoqdan turib ovozimni baland ko'tarib, haligi ahdini eslatib she'r o'qidim.

Xalifani mavlosi Abu Yahyon, ana shu ikkita guvohni bittasi, menga tikilib qarab turdi da, tanidi. Keyin xalifaga o'girilib turib, ey amirim Omiy, o'n o' badaviyni foydasiga men guvohlikka o'tganman. Esingizdami dedi. Xalifa bilaman dedi. So'nggina menga qarab, ey dukan, bu yoqqa kel dedi. Yaqin keldi. Kelganimda Madinada valiy bo'lib turgan paytimda, senga aytgan so'zim, esingdami? Nafsim nimaga erishmasin, doim undan kattaroq narsaga intiladi. Agar bundan kattaroq mansabga o'tirsam, kel meni oldimga senga bir murojaat qilaman deganman, esingdami? O'shaning uchun keldi da.

Ha, ya'ni amir al mo'minning esimda dedi. Xalifa aytdi. Mana men dunyodagi eng katta narsa, mulkka erishdim. Hozir esa nafsim undan kattaroq narsaga intilyapti. Jannatga intilyapti. Qarang, Hunar ibn Abdulaziz aytgan edi, nafsim amirlikka intildi, yetdi. Keyin xalifa xalifalikka intildi, unga ham yetdi. Keyin nafsim jannatga intildi. Va aytgan edi. Agar podshohlar mulkni dunyo azizligiga yetish uchun asbob qilishsa, men bu mulkni oxirat azizligiga yetishlikka sabab qilaman dedi. Maqsadmas edi xalifa bo'lish ham. Balki asbob edi. Oxirat azli yetishligi uchun asbob edi?

Endi bunga muruvvat qilish kerak. Ey dukayn, menga shu ish yuklatilgandan beri musulmonlarning molidan bir dirham ham, bir dinor ham olmaganman. Hech narsa yo'q menda. Hozir o'zimniki bo'lgan ming dirham turibdi. Yarmini ol, yarmini o'zimga qoldir dedi. O'zi xalifa bo'lmay turib undan ko'proq puli bor edi bu odamni. Uni yarmini oldim. Ollohga qasamki, undan ko'ra ko'proq barakali molni ko'rmadim.

Keyingi qismi. Musulning qozisi yahyo ibn yahyo al g'assoning hikoya qiladi. U shunday deydi. Bir kuni umariddin abdulaziz xims bozorida narx navolarni kuzatib yurar edi. Xalifa bozorda narx navoni tekshirib yuribdi. Bir kishi uni ro'parasiga kelib, ey Amirul mo'miniy, men sizni bir so'zingizni eshitganman, aytgansiz. Kimning mazlamasi, haqqi bor bo'lsa birovda, meni oldimga kelsin. Ha, shunday deganman dedi. Mana men keldim, dedi. Mana men keltim. Uzoq yurtdan kelgan mazlum kishi sizni oldingizda turibdi, dedi. Qayerdan keldingiz? Adandan keldim. Xalifa aytdi, sizning yurtingiz umarni yeridan uzoq ekan u, dedi da, ulovidan tushib uni oldiga turdi. Nima mazlamangiz bor, dedi. Mazlama, birovni, birovni haqqini tortib olgan bo'lsa, mazlama bo'ladi. Kimdan zulm ko'rdingiz? U kishi aytdi: sizni nomingizni ishga solib, bir kishi meni bog'imni tortib oldi. Xalifa darhol Adaning volisi Urvoy ibn Muhammadga maktub yozib, shunday dedi. Ammo ba'd, senga maktubim yetib kelsa, uni olib kelgan kishining ishiga, so'ziga quloq sol.

Agar haq bo'lsa, haqqini olib ber, dedi da, maktubni muhrlab, bu odamga topshirdi. Maktubni oldi yu, shoshib qoluvdi, to'xtang dedi. To'xtang. Uzoq yerdan kelibsiz, kiyimlaringiz ham safarda ancha yudab ketibdi. Ulovga ham pulingiz ketgandir, dedi da, shu joyda turib hisob kitob qilib, hamma yo'l xarajatlarini o'n bir dinorga to'g'ri kelganligini hisobladi va chiqarib berdi. Nimaga berdi bular? Qarang. So'ngra aytdiki, mana shu men sizga pul berganimni yoying odamlar orasiga. Aytingki, men Xalifa Umariddin Abdulazizni oldiga boruvdim, yo'l kiramni, chiqimlarimni to'lab berdi, deb ayting. Toki mazlum kishilar bo'lsa, yo'l xarajati yo'qligidan meni oldimga kelolmasdan qolib ketmasin o'zini yurtida.

Mazlum odam bo'lsa, yol kirasini yo'qligi uchun kelib ayta olmay qolib ketmassin. Kelsin, qarzdor bo'lsa ham bir odam. Men beraman yol kirasini deyapti. Insoniyatni ertak davri, insoniyatni oltin davri deb bekorga aytilmas edi. Keyingi qissamiz ziyodovniy maysara al mahzumiy hikoyasi. Ziyod aytadi. Mavloim Abdulloh ibn Ayyosh meni o'zining bir hojati bilan Madinadan Damashqqa Xalifani huzuriga yubordi. Bu Ziyodovniye Maysara bu Mavlo.

Umar ibn Abdulaziz bilan u Madinada hali voliy bo'lib turganida aloqasi bor edi. Damashqqa keldi, huzuriga kirdi. Kirsa, kotibi bu narsani yozib o'qib beryapti. Ostonaga kelib turib, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh dedi. Xalifa uni ko'rdi da, va alaykumussalom va rahmatullohu va barakatuh dedi . So'ngra Xalifani oldiga xijolat bo'lib keldim. Sababi xalifa bo'lganda uni tabriklagani kelmagan edi. Xijolat bo'lib yana bir marta, assalomu alaikum va rahmatulloh i va barakatuh dedi, xalifa qaradida, ey ziyod, birinchi salomingga alik oldim u. Nimaga ikkinchi marta salom beryapsan dedi. Ya'ni takallufni nimaga keragi bor deyapti. Birodarlar, agarchi bandani qalbi alloh bilan bo'lsa, alloh bilan olib borilsa, bandalarni maqtashligini keragi yo'q unga. Unga takallufni, maqtovni, laganbardolikni keragi yo'q.

Kishi maqtovni, takallufni yaxshi ko'rayotganligi, uni qalbini zaifligini bildiradi. Zaifligini belgisi. Uni kotibi basradan kelgan shikoyatlarni o'qib berayotgan edi, ziyodga qarab, o'tir. Bo'shagunimcha kutib tur dedi. Eshikka suyanib o'tirdim. Kotib qo'lidagilarni o'qiy bo'lib, o'zini ishlaridan turib chiqib ketdi. Xalifa turib, ziyodni oldiga o'zi keldi. Eshik oldida u ham o'tirdi.

Qo'llarini tizzasiga qo'yib, xush kelibsan elziyot dedi. Bizni yelkamizga tushgan yukdan omondaliging muborak bo'lsin dedi. Ko'rdingmi umar nimaga kirib qoldi dedi. Ya'ni yelkasidagi ishni, yuk, musibat, mashaqqat deb beryapti. Umar ham xato paytda aytardi. Meni sizlardan hech qanaqa afzalligim yo'q. Faqat yelkamdagi yukim og'ir. Iroqni yo'lida bitta tuya qoqilib ketsa, yo'lni tekkizmaslik uchun. Qo'rqaman. Qiyomatda alloh mendan so'raydi. Ey Umar, nimaga tuya uchun yo'lni tekis qilib qo'ymagan eding?

Ular rahbarlikni mas'uliyat deb, yuk deb bilishgan ekan. U o'lja g'animat deb qabul qilmagan ekan bular. Shuning uchun aytyapmiz, falon mansabda ishlaydi meni falonchi qarindoshim deganda, u maqtov emas u. E u mas'uliyat u, birodarlar. So'ngra mendan Madinaning soli kishilarini holini so'rab, birma bir ularni so'radi. So'ngra Madinada voliy bo'lib turgan paytda buyurgan ishlarini ham so'radi. Qildinglarmi, qilmadinglarmi? Hamma narsasiga javob berdi. So'ngra xo'rsinib, ey Ziyod, Umar nimalarga tushib qolgani ko'rdingmi? Dedi.

Xafa bo'lganligini ko'rib Ziyod aytdi, inshaalloh ey Amirul mo'min, bu narsalar sizga yaxshilik bo'ladi deb umid qilaman. Xalifa yig'iladi, hayhot, unday emas dedi. Rahmim keldi unga. Ey Amirul mo'min, o'zingizga rahmingiz kelsin. Albatta bu ishlar siz uchun yaxshi bo'ladi. Shunday deb umid qilman dedi. U aytdi. Ey Ziyod, qaniydi shunday bo'lsa? Hozir shunday martabaga yetdimki, kimni bo'lsa so'kishim mumkin. Lekin meni hech kim so'ka olmaydi. Kimni bo'lsa urishim mumkin. Hech kim meni ura olmaydi. Xohlagan odamimga aziyat yetkazishi mumkin. Menga hech kim aziyat yetqiza olmaydi, dedi. Yana yig'iladi. Ishim bitgunicha uni huzurida uch kun turdim. Ketmoqchi bo'lganimda saidimga berish uchun bitta maktubni qo'limga tutdi. U maktubda meni sotib olmoqchi ekanligini yozgan ekan. Keyin bildim. So'ngra to'shagini ostidan yigirma denor chiqarib, molni olib, dunyoyingga ishlatarsan deb menga uzatdi. Agar musulmonlarning fayida, o'ljalardan haqqing bo'lganda uni ham berardim, dedi. U molni olmadi. Xalifa aytdi, bu musulmonlarni molidan emas, o'zimni shaxsiy nafaqamdan, dedi. Olmasimga qo'ymadi.

Maktubni Madinaga kelganimda saidimga berdim. Uni ochdi. Saidim maktubni o'qib, seni unga sotishimni so'rabdi. Seni ozod qilmoqchi ekan sotib olib. Men o'zim ozod qilib yuborsam bo'lmaydimi seni? Dedi da, allohimni roziligi uchun ozodsan dedi. Birodarlar, agar odatda qilayotgan oddiy ishlarimiz, halol ishlarimiz, shariat man qilmagan ishlarimiz. Shariat doirasida bajarilsa, odatdagi ishlarimiz ibodatga o'tadi, niyat bilan.

Bu qilayotgan ishingiz tijoratmi, sanoatmi, ustachilikmi, hunarmi? Shariat buyurgan ish bo'lsin. Shariat buyurgandek qilib qiling. Shariatdan man qilinmagan bo'lsin, shu ish ibodat bo'ladi. Shu ish bilan jannatga yetishi mumkin. Alloh taoloni roziligiga olib boradigan yo'llar ko'p. Va man jaa hadafiina la nahdiyannahum subulana. Kim biz yo'limizda jiddu jaht qilsa, biz rozi qiladigan yo'llarga uni hidoyat qilib qo'yamiz.

Bu ul xalifa o'zining mansabini jannatga olib boruvchi amalga sababga aylantira oladi. Mana birodarlar, Xalifa Umar ibn Abdurrazizning hayotidan bir necha lavhalarni o'qigan bo'ldik. Qanday xulosa olamiz? Musulmon odam oliy martabalarga albatta intiladi. Bu oliy martaba bilan uni maqsadi shu dunyoni o'zigina emas, undan oliyroq bo'lgan, afzalroq bo'lkan maqsad, oxirat diyorini istaydi. Uni erishgan bu yutuqlari, mansabi, moli davlati uning asosiy maqsadi emas. Ular faqat sabab, asbob. Oriflardan biri aytgan edi. Bechora dunyo ahllari. Ular dunyoga kelib ketishdi, ammo undagi eng go'zal narsadan bexabar ketishdi. Allohga bo'lgan iymon, unga bo'lgan muhabbat, uni roziligiga bo'lgan intilish. Dunyodagi eng go'zal narsa birodarlar shu. Iymon, muhabbat, uni roziligiga bo'lgan shavq, intilish.

Mana amila solih ham min vakarin av unsa, vohiva mo'minun falannuhi yana hu hayatan toyiba. Erkakmi yo ayolmi? Pokiza hayot hammamiz xohlaymiz a? Pokiza hayot qanaqa bo'ladi? Albatta dunyo ham bo'lishi kerak. Ular lekin asosiysi emas. Pokiza hayotni Alloh kimga beradi, qarab turinglar. Erkakmi yo ayolmi? Kimda kim, mo'min bo'lgan holida biron yaxshi amal qilsa, erkakmi, ayolmi? Mo'min bo'lgan holda bitta yaxshi amal qursa, falonuhi yana hu hayaton toyiba. Biz unga pokiza hayot ato aytavermiz.

Kishi Allohni tanishi bilan o'zini hayotini ma'noli qiladi. Shuning uchun bu insonlarni hayoti ma'noli bo'ldi. Allohni tanigani uchun, unga intilgani uchun. Agar birodarlar kishi hayotida biron narsa qoldirib ketishini istasa, o'zidan keyin yaxshi zikrni qoldirib ketishingizni istasa, Alloh unga albatta yordam beradi. Faqat iymon keltirsin, harakat qilsin, duo qilsin. Aquli qovli ha da. Va astag'firullohu alayhi va alaykum. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)