Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah robbil a'lamin. Vassalot vas salomu ala rasulina muhammad as sodiq al va'dil amin. Allohum ala ilmalana illa ma'lam tana innakentana alimul hakim. Allohum alimna ma'yanfauna van fanabiy ma'lam tana vazidna ilma. Allohum arina al haqqa haqqon ro'ziqunati ba'a. Va rina al botila botila va rusux nashdina va voja anna min mayyasida min un al qovlu fayetta bi una husana. Vodixin la bi rahmatika fiya ibodika solihin. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Qur'oni karimni suralaridan mana hujjat surasini tafsirini o'qiyotgan edik.
O'tgan darsimizda istaydibillar, ya ayyuha'lla dinaa amanu la yasqor qovmun min qovmin oyatini, tafsirini ko'rgan edik, davom etkazamiz. Alloh taolo aytyapti, e'mon keltirganlar, sizlardan bo'lgan bir qavm boshqa bir qavmni masxara qilmasin. Sizlardan bo'lgan bir ayollar jamoasi boshqa bir ayollar jamoasini masxara qilmangki, ehtimol, masxara qilinayotganlar masxara qiluvchilardan yaxshiroqdir. Birodarlar, dinimizda asl va furuvlar bor. Asl degani bir daraxtni tanasiga o'xshatsak, furuv degani uni shoxlari. Ollohga iymon keltirishlik, qiyomatga iymon keltirishlik. Bu dinning asli bo'ladigan bo'lsa, daraxtni tanasiga o'xshagan, endi bugungi o'qiydiganimiz masxara qilmaslik, mazax qilmaslik, g'iybat qilmaslik, yomon gumon qilmaslik, bu dinimizning furuvlari daraxtni shoxlariga o'xshaydi.
Odam bolasi dunyoda yashar ekan, juda borsa bitta, juda borsa bir beshta bir hunarni chiroyli qiladi. Ammo bilgan ikkita uchta hunaringiz bilan, shu siz bilgan, puxta bilgan ikkita, uchta hunaringizingiz bilan hayotda yashab keta olmaysiz. Boshqa hunarga muhtojsiz. Oshpazsiz, qassobsiz. Lekin birodar quruvchiga muhtoj bo'lasiz. Kasal bo'lsangiz, tabibga muhtoj bo'lamiz. Mashinangiz buzilib qolsa, o'sha mashina ustasiga muhtoj bo'lasiz. Demak, musulmon odam jamiyatda, odamlar orasida yashashlikka mahkum. Dinimiz hech qachon uzlatka, rahboniyatga, dunyodan uzilib olishlikka, yolg'izlikka buyurmaydi.
Musulmon odam, jamiyatni qoq o'rtasida yashaydi. Chekkaga chiqib olmaydi. Mana shu ilohiy birodarlar shariat siz bilan bizga odamlar o'zaro aralashib yasharkan, qanday muomala qilishlik kerak bir biri bilan. Mana shu narsani ta'lim beradi. Bandani robbisini huzurida qadr qiymati ikkita narsa bilan belgilanadi. Ilmi bilan, amali bilan. Shu ikkalasi bo'lishi shart.
Chunki ilmi bo'lib turib amal qilmasa, bu nuqson, endi amali bo'lib turib ilmi bo'lmasa, bu ham nuqson. Ro'paramizdagi odamni bizdan qadri balandligini yoki pastligini bilmoqchi bo'lsak, mana shu ikkita o'lchov bilan o'lchaymiz. Mendan ilmlimi? Ilmli. Mendan ko'ra amali ko'proqmi ilmiga? Ko'proq. Demak, shu odam Allohni nazdida mendan balandroq, qadri yuksakroq. Endi mana shu o'lchovbilan bir birimizni o'lchab, shu bilan yashaydigan bo'lsak, birodarlar, hamma narsa chiroyli suratda ketadi. Ya yo'qaladingna a manu la yasqari qavmun min qavmin. Iymon keltirganlar bir qavm ikkinchi qavmini masxara qilmasin. Odamlar bir birlarini qadr qiymatini belgilashda o'zlarini o'rtaga qo'yg'ongan o'lchovlari bor. Boyligi, shakli, quvvati, nasl nasabi va shular. Lekin bularni Alloh taoloni nazdida hech qanday qadr qiymati yo'q. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan, bu hadis Imom Muslimdan Abu Hurra roziyallohini rivoyat qilgan. Innalloh ta'ala la yanzuru ila suvarikum va avvalikum.
Alloh Taolo sizlarda suratinglarga va moli davlatinglarga qaramaydi. Va lekin innama yanzuru ila qurubikum va amalikum. Nimaga qaraydi? Qalblaringlarga qaraydi, amallaringlarga qarangdi. Mana shu ikkita narsa bilan inson Allohnin huzurida qadri belgilanadi. Dunyoda yasharkanmiz, siz bilan bizni qalbimizda, kallamizda tushunchalarimiz, o'lchovlarimiz bor.
Tushuncha va o'lchov. Mana shunga qarab inson hayot kechiradi. Kishi Allohnin qancha yaqinlashgan sari, uni tushunchalari, o'lchovlari shariy o'lchovalarga yaqinlashib boradi. Qaytaraman. Kishi Allohnin qancha yaqinlashkan sari, uni o'lchovli tushunchalari shariy o'choqlarga yaqinlashi boradi. Qancha uzoqlashgan sari shariy o'sha o'choqlardan uzoqlashib boradi, kitob usun'atidan uzoqlashilib boradi. Mana qarang.
Odamni qadri haqida gapiryapmiz da, Alloh Taolodagi huzuridagi. Alloh azza va jalla bandani qadrini go'zallik bilan, chiroy bilan belgilamadi. Aytadi Qur'onda, istadi billa. Vala abudun mu'minun xoyrun min mushrikin vala arjabakun. Shubhasiz ozod mushrikdan garchi u sizga yoqsa da, iymonli qul yaxshiroq. Chiroylik, pullik sizlarga yoqyapti. Lekin bunaqa chiroylik mushrikdan ko'ra iymoni bor quloq zal. Demak, chiroy o'lchov bo'lmayapti odamni qadriga.
Boylik, mol u davlat. Buni ham Alloh Taolo aytmadi. Astay deb bila? Qo'l amfiqu tov an av karha la yutaqabbala ming kun innakum kun tun qavmon fasi qiyin. Ayting, ey munofiqlar, xoh o'z xohishingiz bilan, xoh majburan info ehson qiling, sizlardan hargiz qabul qilinmas, chunki sizlar itoatsiz qavm bo'ldingiz. Ya'ni boyidi bo'lar. Boyidi, Alloh Taolo itoatsiz bo'lgani uchun bu boyligini qadr qiymatga o'lchov belgi qilmadi. O'tkir aql zakovat bilan ham belgilagani yo'q odamni qadrini Alloh Taolo. Chunki nima deymiz? Zo'r xotira, o'tkir zehn, Alloh tomonidan beriladigan rizq. Kimgadir ko'proq teyadi. Zehn zo'r. Bir marta eshitib, yodlab qoladi. Kimgadir ozroq teyadi. O'n marta o'qisa ham kallasi kirmaydi. Bu o'tkir zehn degan narsa. Xuddi boylikka o'xshagan, umrga o'xshagan. Uzun qisqalikka o'xshagan rizq sizni qo'lingizdagi narsa emas bu.
Shuning uchun zehnni zo'r bo'lib o'qiyotgan tolib ilm, zehnni xabarroq bo'lgan tolib ilm ustidan kulmaslik kerak. Sen Allohga yoqqanligi uchun bunaqa zehnni bergani yo'q. Balki senga sinov uchun berdi, bunga bermadi shu narsani, sinov uchun. Demak, boylik o'lchov emas ekan, chiroy o'lchov mas ekan, zo'r aql zakovat o'lchovmas ekan. Nima unda o'lchov? Hozir aytganimizdek, ilm va amal. Dalilimiz bormi bu gapimizga? Bor. Alloh Taolo aytadi, astay deb bilar hal yastavillalladina ya alamuna va ladina la ya alamun.
Ayting, biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo'lurmi? Ilmli bilan ilmsiz teng bo'lmaydi, birodarlar. Yarfail la hulladina a man uminkum va ladina utul ilma darajat. Alloh taolo sizlardan deyapti, iymon berilganlarni ichida, ilmlilarda darajasini baland qiladi. Alloh ilmli odamda baland deyapti. Alloh ilmlik odamda balanddeyapti, modomiki ilmiga nimasi bo'lsa, amali bo'lsa. Mana. Ilm insonni qadrini baland bo'lishiga dalil. Endi amal. Astaydubilla? Va lekulning darajatu min ma'minu. Har kim uchun qilgan amallaridan darajat, savoblar bor. Xulosa.
Bir odamni ikkinchi odamdan qadrini baladligi, pastligi ilmi va amali bilan bo'ladi. Boyligi, chiroyi, aqli, quvvati bu narsalar bilan emas. Masalan, kim zehni xira bo'lishini xohlaydi? Hech kim xohlamaydi. Kim kambag'al bo'lishni xohlaydi?hech kim. Kim xunuk bo'lishni xohlaydi? Hech kim, lekin shunaqa bo'lib qoldi. Demak, bu uni ixtiyoridagi narsa emas edi. Bu Allohni sinovi edi. Bunga berib sinadi, bunga bermay sinadi. Endi, bu ham, bu ham ilmli bo'lishi amaliy bo'lishi mumkin.
Alloh taoloning kitobi Qur'onda ikki xil odam haqida so'z ketadi, birodarlar. Mo'min haqida, kofir haqida. Itoatkor banda haqida, osiy haqida. Muhsin haqida yoki musi yomonlik qiluvchi adashgan kishi haqida. Mana shu. Musulmon kishini taqsimi. Odamlarni o'lchayotgani shu ikkita o'lchovini o'lchaydi. Yo itoatda, yo itoatsizlikda.
Ana shu johili o'lchovlardan bittasi millatchilik. Millatchilik qilishlik, payg'ambarimiz aytganlar da'vuha, fa innaha mun tina. Men falonchi urug'danman, men falonchi millatdanman, falonchi qabiladanman. Faqat fazilatini biladi. Muhojir va ansorlarning o'rtasida, mana banu mustalik g'azoddan qaytib kelayotganlarida rasululloh so'visi sallamning sahobalari, muhojir va ansonlar bir biriga qilich ko'tarib o'xtalib qolishdi.
Ey muhojirlar, degandi muhojirlar yig'ilishdi. Ey ansorlar, dedi ansorlar yig'ilishib. Rasululloh tirik bo'lib turib millatchilik ketdi. Makkalik madinali bo'lib ketdi. Rasululloh aytdilar, avobiyda avval jahiliyati va ana bayna adhurikum. Hali men sizlarni ishinglarda turib, johiliyat da'vosini qilyapsizlarmi? Da'uha inna hamuntina. Qo'ylar bu narsani. Millatchilikda qo'ylar, bu albatta bir badbo'y narsa.
Ha, buzog'i faryod roziyallohu anhu, sahoba. Inson ekanda endi. Bilo roziyalloh anhani qarab turib, bilasizlar roziyallohun ham qora bo'lgan, habash bo'lgan. Ya'bna savdo deb qo'ydi. Qora xotinni bolasi deb qo'ydi. Onasi qora. Haqiqat. Ey, pakana desa, shu masxara olar ekan. Ey, uzun desa, masxara olar e kan. Ana o'tamiz. Siz aytgan laqab degan joyda o'tamiz, buni qaytaraman.
Laqab qo'shib aytdingiz. Ey falonchi sariq voy dedingiz. Ey falonchim malla voy dedingiz. Haqiqatdan malla, haqiqatdan uzun, haqiqatda nima, shunaqa. Kulib qo'ydi. Shu masxara qilish, mazza qilishga keladimi, kelmaydimi? Ha dono, men borini aytyapman, to'ppa to'g'ri aytyapsan. O'zi bilasizmi, g'iybat. G'iybat bilan bo'hton nima edi? G'iybat bir sifatki, uni aytsangiz bir odam yo'qligida u haqida. Shuni esda xafa oladi, shu g'iybat oladi.
Agar yo'q narsani aytsangiz bo'xton bo'ladi. Endi boyagi odamga uzun dedingiz, pakana dedingiz, semiz dedingiz, og'riq dedingiz, kulib qo'ydi. Shu masxaraga kiradimi, kirmaydimi? Kulib qo'ydi, xafa bo'lmadi. O'sha kulib qo'ygani odobi uni. Indamay qo'ydimi? Odob yuzasidan indamay qo'di, lekin qalbi ozor chekdi.
Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam abu zorg'uforiga innaka miriun fika jahliya. Ey abozor, siz hali johiliyati bor odam ekansiz ku dedilar. Ya'ni sizda hali johillikdan bor ekan, u dedilar. Demak, musulmon kishi Qur'on va Sunnatda aytilingan o'lchovdan boshqa o'lchov bilan o'lchamaydi. Kim shunday qilsa, bu johiliyat o'lchovi bilan o'lchatgan bo'ladi.
Asarlarda keltiriladi. Man valiye amru ashara, vo vallaha alayhim rajo'lan fihim, man hu va xayru minhu, faqat xonallohu a va rasuluh. Kim? Diqqat qilinglar, kim? O'nta odamga boshliq bo'lib turib, shulardan bittasini peshqadam qilib saylashlik kerak bo'lsa, ya'ni meni qo'limda o'nta odams bor, shulardan bitta boshliq qilib saylashim kerak. Endi bir kishini sayladim, bu o'ntani ichida bundan haqliroq odam bor edi. Agar kim shunday qilgan bo'lsa, Alloh va Rasulullohga xiyonat qilibdi.
Amrul nos roziyallohu anhuni Payg'ambarimiz Zato salasil sariyasiga yuborayotganlarida amir qilib, islomga kirganiga besh oy yoki olti oy oldin. Abu Bakr Siddiq, Umariddin Xattobdek ulug' sahobalarni oddiy askar qilib jo'natganlar. U sirat dasturida aytganmiz. Keyin qilgan ishlaridan norozi bo'lib Umariddin Xattob Abu Bakr Sirdinni oldiga keladi. Oqil aka ishini qaramaysizmi, manaqa qilyapti, dinga kir, endi yaqinda kirgan, dinni tushunmaydi, hali shar'iy hokimlarni bilmaydi desa, Umariddin Xattiobga Abu Bakr Sidiq jim bo'ldi. Rasululloh tayinladimi? Tayinladi. Agar shu ishga sendan ko'ra loyiqroq bo'lmaganidan, Rasululloh saylamasdilar. Ana itoatni qarang.
Kim o'nta odamga rahbar bo'lsa, kim o'nta odamning ishi ustida bo'lib turib, ulardan orasida boshliqlikka yaloqlisi bo'lib turib boshqasini tayin qilsa, taqiq Alloh va uning Rasuliga xiyonat qilibdi. Hukumatda ishda turgan odamlar hushyor bo'lishligi kerakki, o'sha bir bitta vakansiya, bitta mansab bo'shadi, o'rniga uchta kandidat turibdi. Shundan bittasi o'zini jiyani.
Yo o'zini urug'i. Ammo bu mansabga, bu vakansiyaga loyiq emas. Undan ko'ra loyiqroq odam turibdi, lekin begonalardan. Musulmon yurtlarini oyog'iga boltaverayotgan, rivojlanishdan to'sayotgan. Mana shu narsa. Ammo o'zini shaxsiy firmasi bo'lsa, kapital o'ziniki bo'lsa, ha, unaqa qarindoshlik qo'ymaydi. Bankrot qo'yadi bu meni deydi. O'shaning uchun kim qo'yadi? Shunga yaraydigan odamlar.
Shuning uchun birodarlar, bizga minbar berilyaptimi, yo bir qandaydir mansab berilyaptimi, insof qilaylik. Sizdan ko'ra loyiqroq ono odam. Mo'ljalli ishlagan, tajribasi bor, haqli. Ollohdan qo'rqsangiz, ono mendan ko'ra loyi, shuni saylaylik deb yuboraveringlar. Ma'qulmi? Qarang musulmon odam, qanaqa omonatdor bo'ladi. Kim shunday qilmasa, allohu ar rasululga nima qilibdi?
Xiyonat qilibdi. Agar jamiyatning har bir a'zosiga qonunlar bir xil ishlamasa, bu jamiyat hargiz oldinga qarab yurmaydi, o'smaydi. Ammo iymoniy jamiyatda qonun hammaga bir xil ishlaydi, loyiq bo'lmagan odam mansabga o'tirmaydi. Demak, o'z o'zidan bu jamiyat nima bo'ladi? O'sadi, unadi, yuksaladi.
Ya yo'qaladingna a manavla yasqari qovmin min qovmin asan ya kuni hayron minhum. Vala nisa um minisa. Asan yakunna xayron minhun, vala talmizu an husakun. Mana shu yerga keldik. O'zlaringizni, ya'ni bir birlaringizni mazax qilmangiz. Mazax nima? Ta'na qilish, birovni narsasini past sanash, hayotini torligini ta'na qilishi, faqirni faqirligini, kasalni kasalligini, ilmsizni ilmsizligini, zaifni zaifligini yuziga solish. Mana shu mazza qilish oladi.
Alloh taolo avfusakom bir birlaringizni dedi. Alloh taolo vala taqtulu avfusakom. O'zinglarda o'zinglar o'ldirmanglar dedi. Demak, bir biringlarda masxara qilmanglar deyotgan paytda, kishi birodarini masxara qilib yerga urayotganda, o'zini yerga uryapti. Musulmon boshqa bir musulmonni o'ldirsa, o'zini o'ldiryapti. Musulmon musulmonda molini xorondan yegan paytda o'zini birodarini molini yo'q qilib, uni zaiflashtiryapti, demak o'zini ham zaiflashtiryapdi. Mazax qilmanglar bir birlaringlardek Alloh Taolo deyapti deyapti. Mana bu oyatni bir qancha ma'nolari bor. Birinchisi, musulmon kishi ta'na qiluvchi, la'nat o'quvchi, tanqid qiluvchi bo'lmaydi.
Shunaqa odamlarni ko'rgan bo'lsanglar kerak. Faqat odamlarda aybini gapiradi. Faqat yomonini gapiradi. Haligi, mana bu odam, manaqa odam, manaqaga yaxshi ishladi, qilyapti desa, srazu teskarisini gapiradi da, ko'ngli aynib ketadi haligi odamni oldida. Shu, masalan, siz yaxshi deydi, siz yaxshiligini ko'rdingiz, yaxshiligingni aytsangiz, bu yomonini gapiryapti. Yomonni birov so'ramovdi.
Ikki xil hashorat. Esga keladi shu o'rinda. Qaysi qaysi hashoratlar? Asalari bilan pasha. Asalari nimaga qo'nadi? Nimalarga qo'nadi. Pokiza narsaga. Pashachi. Ikkinchi ma'nosi, o'zi musulmon, musulmon mana vala talmizon fursakom. Lo mazza, ya'ni bir birlarida maza qilmanglar degani, ikkinchi ma'no musulmon o'zi shu mazax bo'ladigan, xijolat bo'lib qoladigan, uyatga qoladigan ishga o'zi kirishmasligi kerak. Ya'ni qo'lingdan kelmaydigan ishga kirishma. Kirishding, uddalay olmading, masxaraga qolding.
Ayb ishni qilib qo'yib turib, meni kechirib qo'yinglar, men bilmay qolibman, bunaqa bo'lishingni o'ylamagan ekanman. Aqling yetmadimi, qilmay qo'yaver, shunda seni mazax qilmaydi, birov seni masxara qilmaydi. O'zingni o'zing mazax qilma. Aqlli odam, birodarlar, odamlarni fazilatini istaydi, topsa ko'paytirib gapiradi. Aqlli odam, boshqa odamlarni fazilatini gapirishga shoshiladi, aybini emas.
Odam o'zini hurmat qilsa, malomat bo'ladigan, mazax bo'ladigan, masxara bo'ladigan o'rinlarga o'zini qo'ymaydi. Kim Allohning amrida mustaqim bo'lsa, o'zini nafsini hurmat qiladi. Kim Allohni amrida musta'qim turgan bo'lsa, hozir o'zini nafisini hurmat qiladi, boshqacha qilib aytib beringmi shuni. Kim o'zini hurmat qilsa, endi Allohni hukmida mustaqil turar ekan.
Kim o'zining hurmat qilsa Allohni hukmidada turadi. Birovni g'iybat qilmaydi, birovni masxara qilmaydi, bironini mazaq qilmaydi, birovni aybini gapirmaydi, chunki Allohni hukumida turibdi da u. Lillatina ahsanul husna va ziyada, balay yarhaqu vujuhahum qotarun vala dillar. Allohni hukhmida turibdi. Man qilingan ishlardan o'zini ehtiyot qilgan, bu odamni hech qachon yuz yerga qaramaydi. Chiroyli amal qilgan zotlar uchun go'zal oqibat va ziyoda ne'matlar bordir. Ularning yuzlarini na qorolik va na xorlik qoplar. Aytyapmiz ku, o'zingizni hurmat qilsangiz, Allohning hukmida turing da, shunda yuzingiz qora bo'lmaydi, xorligingizni qoplamaydi.
Shuning uchun aytilinadi. Bir odamdan behojat bo'l, uni tengi bo'lasan. Unga muhtoj bo'l, uni asiriga aylanasan. Unga ehson qil, uni amiriga aylanasin. Ta'ma qilma, tengsan u bilan. Ta'ma qild, undan pastsan. Qo'lingdan kelsa info qil, undan baland bo'lasan.
Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam oldiga bir kishi kelib, yo Rasululloh, menga shunday bir ishni o'rgatingki, uni qilsam odamlar ham yaxshi ko'rsin, Alloh ham yaxshi ko'sin. Rasululloh aytdilar: iz xat fiy dunyo yuhuk bu kalloh, iz xat fiy man indannas yuhuk bu kannas. Dunyodan behojat bo'l, Alloh seni yaxshi ko'radi. Odamlarni qo'lidagi narsadan behojat bo'ls, odamlar seni yaxshi ko'taradi. Qarang, odamlarni ko'riga ta'ma qilsangiz, qo'lidan ta'ma qilsa, odamlar yomon ko'radi, Alloh ham yomon ko'rardi. Endi odamlarni oldiga qaramang, Alloh ham yaxshi ko'rar. Odamlar ham yaxshi ko'radi. Bu muammo qayerdan kelib chiqadi desangiz, odamlardan ta'ma qilishlik kimda paydo bo'ladi? Kim ta'ma qiladigan bo'lib qoladi? Rizq Alloh'dan degan e'tiqodi zaifli odamlar. Rizq alloh dan degan odam, ine birovdan ta'ma qilmaydi, birovni oldida yaltoqlanmaydi. Chunki g'ururimda tursam ham, hurmat e'tiborimda tursam, ham shu rizqimni yeyman. Borib turib, uni kavushiga salom bersam ham, shu rizqimi yeyman degan odam baland tura oladi.
Mo'min kishi o'zini o'zi hurmat qilar ekan, u haqda doim turadi. Robbizni hukmida doim bo'ladi. Qarang, musulmon kishi o'zining hurmat qiladi. Mana shu hurmati, o'ziga bo'lgan hurmati Allohnin hukmidan, chiqishlikdan to'sadi uni. Bir odamga bu narsani va'da qildingiz. Keyin izidan chiqib qoldi. Keldi, nima bo'ldi, birodar, haligi narsa dedi.
Haligi odamni oldida xijolat olmasligi uchun yolg'on gapirib qo'yasiz. Yo'q ekan u narsa deysiz. Uni oldida xijolat bo'lmasligi uchun, xuddi hech narsa esidan chiqmaydiganda, odam esidan chiqib qolishi mumkin, birodar esimdan chiqib qolibdi desangiz, uni oldida qadri tushib qolganga o'xshaydi. Uni oldida xiyolat bo'lmaligi uchun, yo'q ekan u nasa deb qo'yasiz. Xo'p, uni oldida xijorat bo'lmadingiz. O'zingizni oldida xijolata olmadingizmi?
Tushunarlimi? Agar Allohni hukmida mustaqil turgan bo'lsangiz, nima qilasiz? Esimdan chiqib qolibdi birodar, uzr. To'g'irlab kelaman borib deysiz, o'zingizni oldingizda xijolat olmaysiz. Biz o'zimizni oldimizda xijolat olmay qo'yganligimiz uchun, huquqimga gapiramiz. Yolg'onni ham, nimani ham. Yo'q, men bordim, yo'q ekan. Yo'q ekan? Qaradim, yo'q, do'kon yopiq ekan. Borudim, ketib qolibdi. Xohmaydi, ikkilanmasdan. Mana shunday, mana shunday qilayotganimiz Allohni hukmida mustaqil turmayotganligimizni belgisi.
Uni oldida xijolat bo'lmaymiz, to'g'ri, lekin o'zimizni oldimizdachi? O'zimizni hurmat qilmay qo'ymaymizmi shunda? Demak, musulmon kishi o'zini hurmat qiladi, mana shu hurmati uni Allohni hukmidada doim turishlikka undaydi. Mana birovni mazax qilish.
Ba'zida so'z bilan bo'ladi. Ba'zida harakat bilan bo'lada. Ba'zida ko'zni bunday qisib qo'yish bilan bo'larda. Ba'zida ishora bilan, ba'zida tabassum bilan bo'lardi. Ya oilana maliha dal ketabila yuqodiru sog'iratan va la kabiratan illa aq soha. Bizga voy bo'lsin. Bu qanday kitobki, deyapti, qiyomat kunida fojillar. Katta narsani ham, kichikki narsani ham qoldirmasdan hammasini hisoblab qo'yibdi a? Mufassirlar shu oyatni tafsirida aytishadiki, bu yerda kichkina narsa degan so'zdan, kichkina degan kalimardon murod tabassum qilib qo'yish, katta degan so'zidan maqsad qah qaha qilish. Birovni mazza qilib, bunday ijiyab qo'ydingiz, shu kichkina gunoh. Qahha qilib kulishlik, katta gunoh deb atalmayapti. Shuning uchun birodar, bir odam kelib sizga bir narsani gapirdi, bir ilmdan, shu ilmdan xabari yo'q ekan. Siz undan bilimliroq ekansiz, xato qildi. Tabassum qilib qo'ydingiz. Tabassum qib qo'yding siz. Mana shu mazax qilish bo'ladi.
Buni o'rniga o'sha ilmni o'rgataylik. Agar ustidan kulsak, esimizdan chiqmasin, Alloh Taolo uni ilmda baland qilib qo'ydi, bizni pastga tushirib qo'yishga qodir bo'lgan zot. Ma'qulmi? Bir musulmon kishi ana shu musulmon o'lkalarni birida juda bir narxi qimmat bo'lgan katta imoratni xayriya jamiyatiga info qilib berdi. Shunda shu xayriya jmiyatini a'zolari bu kishini qilgan infoxini bir taqdirlash maqsadida, bir minnatdorchilik bildirish maqsadida katta bir marosim uyushtirishdi, to'rtga o'tkazishdi, haligi odamga so'zga chiqqanlar minnatdorchilik bildirishdi, qilgan ehsoni qanchalar odamlarga foydasi tegishligini aytdi, katta mablag'da aytishdi, oxiratdagi ajrda aytishdi.
Hamma uni maqtab chiroyli so'zlarni gapirdi. Shunda ana shu so'zga chiqganlardan bittasi hamma odamlarda aytgan so'zidan boshqacharoq so'zni aytdi. Boyagi kishini e'tiborini boshqa narsaga topdi. Aytdiki, agar Alloh xohlaganida siz ham bizning jamiyatimizdan yordam olib, maosh olib yashaydiganlardan bo'lib qolishingiz mumkin edi.
Ammo Alloh azza va jalla buni istamabdi. Sizni odamlarga yaxshilik qilishga qodir qilib, boyi badavlat qilib qo'yibdi. Albatta bu Allohning sizga bo'lgan ulkan fazlidir. Ehson qiluvchi emas, ehson oluvchilardan qilib qo'yslikka Alloh qodir etadi. Agar Alloh xohlaganda siz ham bizni fondimizdan pul olib tirishilik qiladigan bir faqir odam bo'lib qolishingiz mumkin edi, lekin Alloh xohlamabdi buni dedi. Shuning uchun sizda bir narsa bor, narigi odamda yo'q. Mazax qilmang. Siz bilasiz, u bilmaydi. Ustidan kulmang. Siz boysiz, u kambag'al. Uni yerga urmang. Chunki Alloh qodir zot.
Buni aylantirib qo'yishligi ham mumkin edi. Shuning uchun, shunday bir xayr ehsonni, bir xayrli ishni qilgan paytda musulmon nima desin? Alloh Taoloni fazli desin va birovni maslahi emas. Aytiladiki, kim o'zining bir birodarini bir gunohi uchun ayblasa, bu gunohdan to'xtab tavbaqi bo'ldi. Shu gunohga o'zi ham tushib qolmasdan avval o'lmaydi.
Bir paytlar Fizx Fujuriddinovichlar botib yurar edi, tavba qilib qaytdi, to'g'ri yo'lga yurgandan keyin ham eslatib yuboradi shu narsani. Ha o'zi yuruvdi, manaqa qilib o'zi? Ha, odam bo'lib qoldingmi? Kechala manaqa qilib yuruvding. Mana shu musulmonga juda ham yarashmaydigan sifat. Qarang. Kim o'zini bir birodarini bir gunohi uchun ayblasa, bu gunohidan tavba qilib to'xtagan, shu gunohga o'zi ham tushib qolmasdan avval o'lmaydi. Mushkulamiz shuki, bitta xatoga yo'l qo'ydi bir odam, keyin tavba qildi. Qachon ko'rsak o'sha gunohni eslayveramiz da. Bu manaqa edi bu. So'ramasa ham yonimizdagi aytib mazza qilamiz. Bu manaqa ekan. Umarum xattob roziyallohu akmal u davrida bir ayol haqdan toyilib, bir gunohga qo'l urdi, tavba qildi, jazo qo'llandi bu ayolni ustida, tavba qilding, haqqa qaytdi. Shu ayolga biroz sovchi bo'lib keldi.
Shu ayolni akasi Xalifa Umarul Muhtobni oldiga kelib, buni ovol qilgan falon gunohi bor edi. Shuni xaridor bo'lib kelgan odamga aytaymi, yo'qmi dedi. Umarul Muhtobni javobi tez bo'ldi. Vallohi, agar aytsang uni, seni qatl qilaman dedi. Qildi gunohda, to'xtadi, tavba qildi, tamom. Uni kavlashlikka, qidirishlikka hech kimni haqqi yo'q.
Yusuf alayhissalom qissasidan xabarimiz bor. Akalari yusuf alayhissa lomni quduqqa tashlashib yubordi. O'lishi aniq. Agar qamoqqa qamatib yuborsa, u yerda har qalay hayotiga bir kafillik bor, ovqati bor, yotadigan joyi bor, boshida tomi bor edi qamoqdagi odamni. Ammo quduqqa taxlasa bu nima? Bu aniq o'lim. Endi akalari mana shuncha o'rtada bo'lgan katta bir voqealardan keyin ukasi Yusuf alayhi salomni oldiga keldi. Shunda akalariga quduqni eslatgani yo'q, qaranglarda.
Vaqod ahsanabiy iz axrajani imina sigin. Darhaqiqat u zot menga buyuk in'om qildi, meni zindondan chiqardi. Nimaga quduqni esratmayapti? Demak, bir odam gunohini qilib to'xtagandan keyin qaytib yuziga solishimiz mumkin emas. Modomiki to'xtagan bo'lsa, tavba qilgan bo'lsa. Agar unday qilmasak, doim uni esiga aybini, eski qilgan xatosini yuziga solib turadigan bo'lsak, haddimizdan oshgan bo'lamiz. Agar haddimizdan oshiqadigan bo'lsangiz, shu birodarimizni to'xtatib qo'ygan gunohi uchun ayblayotgan bo'lsak, shu gunohga biz ham botmasdan turib, kirmasdan turib jonimiz chiqmaydi.
Aqul u qovli, ha davos astag'firullohu alaykum.