Maviza
—Qoralama27 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
26:47
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah. Filofil a'lamin. Va ala haqqi va tilil mutaqin. Vassallotu vassalamu alayhi va sayyidina. Muhammad yunos ali hiyos. Tabiiy ajmal. Va alayhissalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tilidan o'ttizta qissasi. Bugun o'n yettinchi qissani gaplashamiz. Inson o'zini o'zi qatl qilishligi ulug' gunoh.

Muttafoqalik bo'lgan hadis, jun dub bujli roziyallohu anhudan, rasululloh aytadilar inna rojular minman kani qobla kun xarajat bihi qur xatun. Falonma adad hu intazani sahman, min kilanatihi fanakaaha falonmi yorqoq damu hadda mata qori robbukom qodixorom ta'lehi jannat.

Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar, sizlardan avval yashaganlardan bir kishi jasadiga yara chiqdi. Unga bu yara qattiq aziyat bergach, o'zining o'qdonidan bir dona o'qni oldi, kamon o'qini. So'ngra yarani yorib tashladi. Undan qon oqishlik to'xtamadi, o'ldi. Robbingiz, tahqiq unga jannatni harom qildim, dedi. Hadis nihoyasiga yetdi. Bu shunday bir mavzuki, yer yuzida mavjud bo'lgan mamlakatlarni ichida bu juda bir keng tarqalgan bir musibat. Inshaalloh bu hadisda sharhini ko'rib bo'lganimizdan keyin, zamonaviy hisobotlarni bir o'qib ko'rib chiqamiz, qaysi mamlakatda yiliga qancha odam o'zini o'zi qatl qiladi va buni inshaalloh nima uchun bunaqa bo'layotganligini ham ko'rib chiqammiz. Hadisdan olingan saboqlar. Birinchisi, bu kishi ana shu og'riq badaniga azob berganida kamolini chiqarayotgandagi niyati davolashlik emas edi. Niyati buzuq edi. O'zini o'zi qatl qilishligida. Innomal amal u beniyyat. Amallab niyatga qarab boradi.

Ikkinchidan, kim o'zini joniga o'zi qasd qilsa, bu kishi uchun jannat harom bo'ladi aytilgan hadis bo'yicha. O'zini o'zi qatl qilgan odamga jannat harom bo'ladi. Lekin sharhi bor, shoshilmay turgan xulosaga. O'zini, o'zi qatl qurgan kishi harom bo'lgan narsani o'ziga halol qilib olgan odam bo'ladi. Go'yoki aroqda bir ins Alloh Taolo harom qilgan bo'lsa, halol deb ichi ekanda singari. Chunki bu jonni egasi Alloh Azza va Jalla. Bu jonni bergan o'zi, oladigan ham o'zi. Hech kim haqqi yo'q. Agar shariatda ko'rsatilingan o'rinlar borki, hadlar, mana shu haddan o'tib ketgan bo'lsa, Islom mamlakati bo'ladigan bo'lsa, mana shu mamlakatda qozi buni qatl qilishlikka fatvo beradi. Undan boshqa o'rinda bir inson, ikkinchi insonni joniga tajovuz qilishligi qattiq gunohkor bo'ladi.

Bu o'zini o'zi qatl qilgan odam asli kofir deyiladi, kofir bo'lgan edi deyiladi hadisni sharhida. O'zi kofir o'z o'zidan ham jahannamaydi, lekin mana shu qilgan ishi bilan jahannamda abadiy qolishini o'zi ta'minlab oldi. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamdan imom buxoriyning sahihlarda keladigan hadisda uzoq aytadilar kim o'zini bir baland tog'dan tashlab qulab o'ldirgan bo'lsa, jahannamni tubiga abadul abad qulaydi.

Kim zaharim o'zini qatl qilgan bo'lsa, jahannamda abdul abad zaharim o'sini qiynaydi. Kim o'ziga temir urib o'zini qahl qilgan bo'lsak, abdul abad o'ziga temur uradi jahannamda. Shuning uchun bu jon birodarlar, bizni jonimiz emas. Alloh taolo bizga omonat qilib bergan. Mana shu jonimizni allohni aytgan ibodatiga burib, mana shu narsaga bir targ'ib qilib, jannatga olib kelib yuborishingiz uchun alloh taolo fursat bergan. Bu jon bizniki emas.

Undan tashqari birodarlar, bu jon, bu jon. Sizni o'zingizni joningiz emas, oilangizni joni. Erkak kishilar, uylandingiz, ayollik, farzandlik bo'ldingizmi? Endi bu jonni, agar o'zingizga kerak bo'lmasa, o'zingizga kere bo'lmasa. Xotinga, bolachaqaga kerakligi esdan chiqmasin. Chunki siz kasal bo'lib o'lsangiz, siz bir yo'q bo'ladigan bo'lsangiz, bu oilani boqib tushsa, bu ayolni eri yo'q bo'ladi.

Shumaxir ukalar. O'zingiznikimi, ijaragami, olgan mashinangizni vozratib ko'chada bosayotgan paytingizda esidan chiqmasin. Siz oilangizni mulki edingiz. O'ylang o'sha chinqiratib, norasida bir ko'z o'zingizga mo'ltirab turgan besh yashar, to'rt yashar bolangizni otasiz qo'yib kelsangiz, holi nima bo'ladi? Ha, rizq Allohdan o'lmaydi. Ammo shularni ta'minoti, shularni haqida bir qayg'urish deydi. Kimni erkasi uylagan edi Allohdan? Siznimi? Tushunarli ekanlar. Oilali bo'lib turmush qurdingmi? Farzandli bo'ldingmi? Endi bu jonni oilamiz uchun e'tibor qilishimiz kerak.

Endi agar bir kishi mo'min bo'lib turib o'zini qatl qilgan bo'lsa chi degan savol bor. Axir jahannamda abadiy holatda jannat xonam bo'ladi deyilyapti hadisda. Boshqa hadislarda qalbida zarracha iymoni bor odam bo'lsa jannatga kiradi deyilgan u. Buni iymoni nima bo'ladi degan savol bor? O'shaning uchun boya xulosa qilishga kelishga shoshilmanglar dedik. O'shaning uchu hadis o'qiyotgan ukalar bitta hadisni o'qibdilar, shaxta aka, bu yoqdan makkam turib olmanglar, mana shu bitta hadisni. Chunki bu hadisni sharhlaydigan boshqa hadis ham bor. Mana, ma'no hadisda aytilindi, jannatda Alloh unga harom qildi dedi. Eshitdinglarmi shu joyini? O'zini o'zi o'ldirsa, jannat harom dedi. Bo'ldi endi do'zax oldida bo'lmaydi uni. Chunki Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan yana bir hadisda Sahih Buxoroda keltirilgan.

Yaquluna robbana ihvanan akan, yusalluna ma'na, va yasumuna ma'na, voyamuluna ma'na. Allohni bir jannatiy bandalari jannatga kirganlarida o'zlari bilan hayotda dunyoda bila yashagan birodarlarni jannatda yo'qligini ko'rib, Parvardigor bir birodarlarimiz bo'lar edi. Ular biz bilan namoz o'qishar edi, biz bilan ro'za tutishar edi, siz bilan amallar qilganda qani ular deb so'rar ekan.

Qarang, iymoniy birodarlikni ko'ring, jannatga kirib olib turib bo'ldi demayapti. Bu dunyodagi birodarlik unaqa. O'zini yukini tushirib olsa bo'ldi, ketaveradi. O'zini yukiga uylab olsa bo'ldi ketaveradi. Unaqa emas. Alloh Taolo aytadi, juda katta hadis, xulosasi. Boringlar. Boringlar, qalbida zarracha iymoni bor odam bo'lsa, jahannamda kuyotgan bo'lsa, olib chiqinglar deydi. Inshaalloh boyagi mo'min chiqadi jannatga yana. Lekin mana shu qilgan ishiga yarasha azoblanadi. Tushunarli a? Ha, ana, bitta hadisda o'qitdilar. Mana, bunaqa odam manaqa bo'ladi deb turib, makkam usha olmanglar. Mana shu mavzuga taalluqli yana bir sakkizta hadis bor. O'qitib turib, inay, xulosa qilinglar.

Demak, musulmon odam o'zini qatl qilar ekan, albatta mana shunga yarasha azoblanadi. Ammo alal oqibat, umid qilinadi, inshaalloh jannatga albatta kiradi. Kimni duosi bilan? Muammon birodarlarini duosi bilan, yaxshi ulfatlari bilan. Shuning uchun solih insonlarni suhbatida, yaxshi insonlarni suratida ko'proq bo'laylik, atrofimizda shunaqa odamlar ko'proq bo'sin.

Inson o'zini o'zi qatl qilishligi xoram ekanmi? Endi boshqa birovni qatl qilishlikka undan da xoramroq bo'lgan amal. O'zingni joning o'zingniki emas ekan. Endi birovni joniga qanday bir hukm qilasiz, tajovuz qilasiz? Inson o'zini o'zi qatl qilishligi Alloh Taoloning hududini buzish. Tilka hududullohi falata ataduha, va mayya ta'adda hududallohi, fa ula aka humud zolimun. Bu mana shu ish, o'zini o'tirmaslik. Alloh Taoloning qonun chegaralaridir. Bas, ulardan tajovuz qilib o'tmangiz. Kim Alloh chegaralaridan tajovuz qilib o'tsa, ana o'shalar zolimlardir.

Demak, hadisdan olinadigan yana bitta xulosa, inson o'zini halok bo'lishiga olib borib qo'yadigan sabablarda tark qilishligi kerak ekan. Sigaret shuni qatorida. Nos shuni qatorida, sananglar, qanaqa odatlarimiz bor? Oshni ko'p yeyish ham shunga olib boradi agar kasal bola o'lishlikka olib boradigan bo'lsa. Yana, mashinada tez yurib, o'zini halakotga ro'baro' qilishiga ham harom ish ekan. Svetoforga to'xtamaslik ham xoron ish ekan. Mashinasini baloni shala shala qilib otilib ketayotganda ham ketib yuborishdik, o'nta odamni yuklab olib. Xoron ish ekkan. Tushuninglar, odam tashlaydigan odamlar bo'lsa.

Shuning uchun sreshingga chiqib ketayotganlar, shart tormoz tepayotganlar, ko'zinglarni katta ochinglar. Sizlarni musulmonliginglar, bizni musulmonligimiz masjidda supoq bo'lib o'tirishimizda emas, mashina minishimizda ko'rinsin. Yurish turishimizni ko'rinsin, muomalamizni ko'rinsun, mahallada odamlarni muhabbatini qozonib, odamlarni bir xizmatini qilayotganimizni ko'rsin, moxobo'roq ajrab qolayotganimizni yo'qmasin. Onomi, ha qo'y deydi, bunaqa bo'lsa kerak emas, o'qimay qo'yaver bolam deydi. Onamdaqa bo'lasanmi deydi.

Yana nimasi chatoq? Men haqman deb turadi yana. Birodarlar diniy bilim o'qiyotgan ukalar, sizlar odamlarni qalbini bir biriga ulfat qiladigan bir mix bo'lishinglar kerak. Odamlarni bir biriga ulfat quradigan odamlar bir biriga do'st qiladigan bir qandaydir svyazuyushiy zveno bo'lishinglar keraksiz. Bo'luvchi emas. Taassuf, mana shu kaltafahmlikdan kelib chiqib turib, bo'luvchi bo'lib qolyapmiz.

Qilayotgan harakatlarimiz bilan, fe'llarimiz bilan, so'zlarimiz bilan. Tushuntira olyapmanmi? Alloh taolo tomonidan kelgan imtihon. Bu kambag'allik bo'ladimi, kasallik bo'ladirmi, mashaqqat oladimi? Alloh tomonidan kelgan sinov, men bunga sabr qilishim kerak degan e'tiqodda turish kerak musulmon. Aks holda shayton uni vasvasa qiladi da, bu muammolardan qutilishlikni yagona yo'li, dunyodan ko'z yumishim degan vasvasani olib kelib qo'ymasin. Alloh aytadi. Volana bila val nakomu bishayin minal xavfi va l joi va naqsim minal anvali va al amfisi va at samarot. Voboshshe res sobirin. Bu dunyo o'zi imtihon uchun kelingan dunyo. Sinov uchun kelinggan. Va albatta sizlarni xavfu xatar, ochlik, mol u jon va meva shevalarni kamaytirish kabi narsalar bilan imtihon qilamiz. Aniq imtihon bo'lasizlar deyapti. Puling kamayadi, joningga bir dard yetadi, molingga bir talofat yetadi. Bo'ladi bu narsa. Tayyor tur bunga.

Biror musibat kelgan paytda, albatta biz Allohning bandalarimiz va albatta biz U Zoti'ga qaytarguvchimiz deydigan sobirlarga xushxabar bering. Innalillahi va innilayhi rojioh. Demak, dumon kishini boshiga musibat kelsa, moligami, jonigami, obro'igami, bu narsani sinov deb qabul qiladi, rozi bo'ladi, sabr qiladi, ajr oladi.

Shu bilan Alloh Taoloning huzurida u kishi sobirlardan deb yoziladi. Sobirlarning ajri behisob beriladi. Statistikaga qaraganda, har yili yer yuzida bir million yuz ming odam o'zini o'zi qatl qiladi. Ulardan uch yuz mingta odam har yili Xitoyda o'zini qatl qiladi, dunyodagi aholisini kattaligi bo'yicha birinchi o'rinda turgan Xitoyda yiliga uch yuz ming odam o'zini o'zi qatl qiladi. Ikkinchi o'rinda Hindiston. Yuz oltmish mingta odam o'zining qatl qiladi yiliga. Ikkinchi o'tkazda turadi bu mamlakat, adat bo'yicha. Uchinchi o'rinda AQSH turadi. O'ttiz yetti ming kishi o'zini qatl qiladi yeiga. Aholisini kattali jihatdan ham uchinchi o'rtinda turadi. Qarang, uch yarim mamlakat, aholisini ko'pligi jihatdan bir, ikki, uch. O'zini o'zi qatl qiladiganlarni ichida ham bir, ikki, uch. Rossiyada o'ttiz ming kishi yiliga o'zini qatl qiladi. Yaponiyada o'ttizinchi ming kishi. Fransiyada yiliga o'n olti ming kishi. Ukrainada o'n ming kishi.

Diqqat qilinglar da, bu eng o'zini o'zini qutil qilganlarni sanog'i katta bo'lgan birinchi yetitalik. Bari musulmon bo'lmagan yurtlar. Xitoy, Hindiston, AQSH, Rossiya, Yaponiya, Fransiya, Ukraina. Musulmonlar yashaydigan joyda boshqa kelgan qanaqa musofot bo'lsa ham nima deydi? Allohni sinovi deydi. Shart bankrot bo'lib qolsa, shart insult bo'lib qolmaydi, mana shunday qilib. Alloh beruvdi, Alloh oldi deydi. Beruvdi, shukur qiluvdi, men oldida sabr qilaman deydi.

Bir million yuz ming kishi. Bu rasmiy suratda qog'ozga tushirilganlari. Yana o'zini o'zi qatl qildi degan diagnoz qo'yilganlari. Endi qog'ozga shushirilmagani qancha? Haligi nishchasni sluchay bo'lib ko'ringanlari qancha? O'zi aslida rasmiy bo'lgan bo'lmagan ma'lumotlarga tayyorlanadigan bo'lsa, to'rt million ekan yiliga o'zini o'sha qatl qiladiganlar soni.

Biror marta. Alloh umrimizni xayrini ishlar bilan davomiy qilsin. O'ylab ko'rganmizmi o'zimizni qatl qilish haqida? Avziqullaykum minashaytun roziymun. Qanday mumkin? Qanday mumkin? Ajibda. Qirq yil Alloh erkalatdi. Qirq besh yil davlatmand bo'lib yashading. Qirq olti yilga borganda Alloh qulingni olib qo'ydi. Ha, qirq beshinchi yil erkalatdi yu. Qirq beshinchi yil erkalati yu. Ellik besh ga kirguningcha ona degan ne'matni berdi yu. Nimaga endi olib qo'yganda dod deysan?

Kimdir ota demaydi tug'ilib, chunki otasi tug'ilib o'tib o'lib ketgan bo'ladi. Ha, o'ttiz besh ga kirganda onang o'ldi, otang o'ldi. O'ttiz beshinchi yil erkalatdi yu, birodar. Noshukurlik qilasanmi? Og'iray. Mo'minni e'tiqodi ekaningda, alhamdulillah deydi. Hatto otasi o'lganda ham onasi o'lgan, alhamdulillah. Alloh bizni qoldirdi, orqasidan duo qilamiz deydi. Nima nima deyilar? Bu kimda bor bu e'tiqod? Musulmonlarda bor. Yana bu bir million bir yuz ming uddasidan o'tganlar qatl qilishlikda. Endi harakat qilib o'zini uddasidan o'ta olmaganlar o'n to'qqiz millionga teng bo'lar ekan yiliga.

Endi yuz ming kishiga nechta odam to'g'ri kelishi bo'yicha. Quyidagi mamlakat ham eng katta ko'rsatkich. Yuz ming koshiga Litvada o'ttiz bitta odam to'g'ri keladi. Yuz mingta odam bor desa, shuni o'ttiz besh tasi o'zini qatl qilar ekan yiliga, Koreya respublikasida o'ttiz bitta odam to'g'ri kelar ekan, yuz mingta odamga. Qozog'istonda birodarlar uchinchi o'rinda yuz mingta adamga o'ttizta odam to'g'ri kelar ekan.

Qozog'istonida yuz mingta adamdan o'ttiz tasi yiliga o'zini qatl qilar ekan. Bu juda katta ko'rsatkich. Belorussiyada yigirma besh kishi, Yaponiyada yigirman uch kishi, Latviyada yigirmani ikki kishi, Xitoyda yigirmani ikkki kishi, Rossiyada yigirmanskiy kishi. Xitoyda birinchi o'rinda dedingiz ku, domla, desanglar, bu bir milliarddan oshiq xalq uchun shunaqaga to'g'ri kelyapti. Umumiy olganda birinchi o'rin, lekin aholisiga taqqoslanganda Xitoy Qozog'istondan ham to'rtta o'rin pastda turibdi.

Hozir nima sababdan bular o'ldirar ekan degisi keladi. Mana aytilgan yetti mamlakatchi rivojlangan, taraqqiy topgan mamlakatlar. Rossiyada oxirgi yigirma ming yilda sakkiz yuz o'ttiz ming odam o'zini qatl qilgan. Shu yigirma minning orasida, yoshlarni o'rtasida o'zini qabul qiladiganlar soni uch barobar ko'paygan. Sabab, sevgisi bo'lmay qoldi, ota ona bilan kelisha olmay qoldi, kelajakdan xavotirda, yolg'izlik, qarang mana tashvishlarda. Ota onasi bilan kelisha olmagan, o'zini qutil qidir ekan. Sevgi.

Ko'radi, ishonmanglar, yo'q u sevgi. U ko'nikish bor. Chunki mana otalaringlar, akalaringlar, dadalaringlarchi, bular ham kimnidir sevgan. Sevganini obermodi boboy deb yashab ketyapti. Keyin yaxshi bo'lib qolasizlar. Bu televizorda sizlarga bir shunday sevgi deb, hofizi ham aytyapti, shoiri ham aytyaptiki, u yolg'on bor, ishonaveringlar. Haqiqiy sevgi Allohga bo'ladi. Haqiqiy sevgi Allohga bo'ladi. O'sha sevgi biz aytaman namozga turg'izadi. O'sha sevgi bizni mana ushlab turibdi. O'sha sevga musibatlar ko'tarishlikka quvvat beradi. A bularni aytayotgan sevgisi chi?

Endi baribir hofizlarda to'qson foiz yengib yuradi da, oldirib qo'ydi, ketib qoldi, tegmadi, xullas vaf o qilmadi. Yo'q u narsa. O'lib qolmaydi. O'lib qolmaydi. Narigichi, bu ham xuddi o'sha bundan nima bo'lsa, bundan ham o'sha bor. Ishonmanglar. Ishonmangilar. Alisher Navoiylar, Boburlar kuylagan sevgi ilohiy sevgi.

Ular qaranglarda, ularni yozgan she'rlari, g'azallari besh yuz dan keyin o'qisa yangi yildan eshityapmiz. Bizni kecha chiqqanlarimizni she'rlarini qarang. Moz zashilez desa, men aytuvdimmi shuni deydi. O'zi ham, o'zi ham esida turmaydi. Yo'q bu narsa. Ishonmanglarda. Bu haqida alohida gaplashamiz inshaalloh yoshlar bilan. Rossiyada o'n besh yoshdan o'n to'qqiz yoshgacha bo'lgan har o'n ikki o'spirin o'zini qatl qilishlikka bir uringan. O'n tadan bitta bola o'zini qabul qilishga harakat qilgan, o'n to'rt yoshgacha bo'shganlari.

Voz deb qo'yar ekan, simbirniy organizatsiya zdoroviy ekan, shunaqa ekan, rashkiy ro'yxatda. Shuni hisobotiga ko'ra, o'zini o'zi qatl qilishini qirq, qilganlarning qirq bir foizi noma'lum, nima uchun qatl qilganligi. O'zini o'sha o'ldirganlarning o'n to'qqiz foizi qilgan xatosi uchun jazodan qo'rqib qatl qilgan o'zini. Qilib qo'ygan aybiydan qo'rilib jazosidan o'zini o'tkazib o'ldirgan.

O'n sakkiz foizi ruhiy kasal sababli. O'n sakson foizi oilaviy kelishmovchilar sababli. Olti foizi xirs tufayli, sevgi tufayli. Uch foizi moliyaviy sabablar. Bir.to'rt foizi hayotdan to'yganligi. Qiyinchilikdan to'yganlik emas, zerikkan hayotdan. Hamma yoq bor. Mashina yangi, asfalt tekis, uy yangi, magazin, proxradelda to'ldirib produkti, kiyim shpalada to'ldirib, zerikkan.

O'sha o'zini o'zi qatl qilganlardan bittasini predstavleniya zapiskasi yozib qo'ygan. Yeb ko'rdim. Ichib ko'rdim. O'ynab ko'rdim. Faxsh qilib ko'rdim. Qimor o'ynab ko'rdim. O'lib ko'raychi, zerikdim degan. Hayotda hamma yoqda qilib kelgan, hayotda qizig'i qolmagan, oldida bir maqsad qolmagan. Statistikaga ko'ra, oilali kishilar uylanmagan kishilardan ozroq o'zini qatl qilar ekan. Ko'proq bo'ydolar qatl qilar ekan o'zini. G'arbni qaranglar da, uylanishdagi necha yoshda bo'ladi bularda. Bizda qanchada bo'ladi? Iloji boricha tezroq uylanamiz biz, chunki kemilar uylanishga qodir bo'lsalar uylaninglar deb Payg'ambarimiz buyurgan. A bular o'ttiz besh ga kirganda ya jenius desa, deyishadi. Men turmush qurdim desa, hali xuddi bir bir yerimni amputatsiya qilib kelsa olib tashladi deganday. Tugadi deydi, unaqa volniy hayoti deydi, tugadi deydi. Shu o'lchovni eshityapsizlar televizorda, tushunasizlarmi ukalari? Uylandim desa, o'o' deydi. Bizda uylandim desa diniyni yarmi komil bo'libdi. Ikkinchi yarmida Allohda taqvo qil deb aytamiz. Bo'ladi o'lchovini olmanglar. Halokatga olib boradi bo'ladi o'sha o'lchov.

Pul. O'zini o'ldirganlarda qirq to'rt foizinigina iqtisodiy qiyinchiligi bo'lgan. Undan katta ellik olti foizini odamlarda qorni to'g'ri bo'lgan. Demak, qorni ochligidan ham qatl qilmayapti bular. Nima sabab? O'n to'qqizinchi asrdan boshlab, o'zini o'zi o'ldirayotganlarning adadi bir xil sur'atda tekkis ko'payib kelyapti ekan.

Ikki ming yigirmanchi yilga kelib, mana shu bashoratlarga ko'rgan, qaraganda, yiliga bir yarim million odam o'zini qatl qiladigan bo'lar ekan, shu ketishda ketsa. Ikki ming ikkinchi yilga kelib, bir million, yuz ming odam o'ldirgan bo'lsa, aytdik statistikani boshida. Endi ikki ming yigirmanchi yilga kelb turib, bir yarim millionga chiqar ekan. Tushunarlimi? Nimani belgisi bu? Xalqni qavmda yemirilayotganligini belgisi.

Darsimizning nihoyasi, bugun jumaniylar ma'ruzasi bo'lib ketdi o'zi. Mol ololmay qolmayapsizlarmi? Abu domla bizga nima o'rnini otchotini bergani chiqdimi umumiylarga demanglar. Hozirgi bugungi mavzuyimizga aloqasi bor, o'rnini kelganda aytib qo'yyapmiz. Jumani aytmaymiz bu narsalarni. Ko'zinglarni katta ochinglar yoshlar. Kattalar dunyoqarashi shakllangan. Bularni tushunchasi to'g'ri, hayotini sodir ko'rgan, biladi nima qilish kerakligini. Yoshlar sizlarni oldlab qo'ymasin atrofdagi narsalar.

Bir psixolog aytadi. Bu sabablarni ko'rib aytish mumkinki, inson o'zini qatl qilishiga olib kelgan sabablar juda ko'p deydi. Birdaniga qatl qilib yubormaydi. Juda ko'p ishlar sabab bo'lgan, keyin bir o'zini qabul qilgan. Nimaki bu sabab deydi? Qarasang, yoshlar ham o'ldiryapti o'zini. Qarilar ham o'ldiryapdi. Erkaklar ham, ayollar ham, sevganlar ham, sevmaganlar ham, pulliklar ham, pulsizlar ham. Agar kambag'allik sabab bo'lganda, musulmon mamlakatlari kambag'alroq.

Ko'proq shular qatl qilish kerak, lekin musulmon yurtlarda deyarli nol ekan bu narsa. Aholisiga taqqoslaganda bir foizgami to'g'ri kelmas ekan. Bir foizga. Biz aytamiz, biz bilamiz nima sababdan ular o'zlari o'zlari qatl qilayotganligini. Biz bilamiz nimaga ular o'zgarib ketayotganligini, chunki ularda iymon yo'q. Boshiga musibat kelgan paytda jilovlab turadigan. Ishlari yurishib ketganda jilovlab turadigan iymoni yo'q, robbisiga bo'lgan e'tiqodi yo'q, dini yo'q. Dinsizlik birodarlar. Men shuncha statistikani aytdim, aytmoqchi bo'lgan gapim, ular dinsiz shuncha o'zini o'zi qatl qiladi.

Shu ishlarda, shu statistikani ko'rib, bir tahlil qiluvchi aytadi. Analitik deydi. Analitik deyiladi. Analitiklardan biri shunday deydi. Hayotni o'zi boshidan oxirigacha mushkula. Hayot Allohning in'omi deymiz biz. A? Bu mushkula deyapti, o'zi problema dunyo deyapti. Boshidan oxirgacha. Odamlar buni o'zlarining hayotida isbotini topishgan, biladi hamma problemaligini. Bular oilaviy ziddiya, iqtisodiy qiyinchilik, salomatchilik, siyosat, millatchilik, ishsizlik va hokazo. Baribir problema.

U kishi aytadi yana, kishi ularni hal qilishlikka urinadi, ammo ularni yengishga imkon topa olmay qolganida, kallasiga bitta fikr kelishni boshlaydi. Shart, hamma problemadan bir qutilmaymanmi? Shart o'ldirsam, hamma problema birdaniga ketadi. Hamda o'zini qatl qiladi.

Bu muammolardan qutilishlikni yagona yo'li birodarlar, bu din. Iymon. Bu aytadi, endi bu muammolardan chiqib ketishlikni bitta yo'li bor deydi. Diqqat qilinglar. Mana shu eng gapimni asosiy joyi. Yarim soatlik ma'ruzamizni asosiy joyini. Shu hayotni muammolari pressidan chiqib ketishligi bitta yo'li deydi. Mana bu tushunchalarni o'zgartirish kerak deydi.

Qalbni boshqa bir narsa bilan ovora qilish kerak, shundan qutilib ketishligi uchun deydi. Tushunchani to'g'irlash kerak, qalbni bosh qa narsa bilan ovara qilish kerak. Endi muammo nimada deyapti? Ayni shu boshqa yo'nalishga yo'qligida deyapti. Perezagruzka qilolmaganidan, qalbidagi, kallasidagi tushunchani to'g'rilolmaganidan o'ldiryapti.

Endi biz aytamiz, bu tushuncha bor. Bu tushuncha bo. Bu yo'nalish ham bor. Qalbni boshqa tomonga burish ham bor. Bu Alloh tomonga qaratishlik. Masalan, siz bilan bizni iqtisodiy ahvolimiz umumiy olib taqqoslasa, Shvetsiyada yarmiga ham to'g'ri kelmaymiz biz. Lekin nimaga bizda unaqa o'zimizni qatl qilishlik? Yo'q.

Chunki iymon bor bizda. Bilib qo'yinglar ukalar. Eng katta ne'mat, iymon. Buni misoli hozirgi kunda ko'rinib turibdi. Musulmonda ham boshqa musibat kelyapti, kofirnikiga ham. O'zini o'ldirib qutilyapti. A musulmonlarchi? Sinovni qabul qilyapti, rozi bo'lyapti, ajralyapti. Alloh aytadi. Na yerga va na o'zlaringizga biror musibat yetmas, magar yetsa, biz uni yozib qo'yganimiz uchun keladi. Musulmon ham e'tiqodi aniq. U aytadi. Meni boshimga kelgan har bitta narsa, Alloh'dan, men uchun yozilgan narsa adashi bir oyga ketib qolmaydi.

Bo'ydoqlar eshitinglar. Puli yo'q bo'ydoqlarni eshitinglar. Mashinasi yo'q, xotini yo'q bo'ydolar eshitinglar. Men uchun yozib qo'yilgan narsa adashi bu oyga ketib qomaydi. Men uchunyozilmagan narsa adashi menga kelib qolmaydi'. Shuni shu yorqib olinglar. Va ish yurishim aytganlar, kutishni bilgan odamga hamma narsa o'zini vaqtida keladi.

Kutishni bilan odamga hamma rosa o'zini va qtida keladi. Shoshilmanglar. Shoshilmaganlar. Protsentga pul olmaganlar. Qoramxarashga urmanglar, tezroq mashina olaman, telefon olaman deb. Kutishni bilinglar, Alloh Taolo hamma narsani o'z vaqtida beradi. Alloh Subhanahu va Taolo o'zi to'g'ri yo'l bilan adashmasin. Aqli qobili havo astag'firullohu alaykum. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)