Maviza
—Qoralama25 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
24:51
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim, alhamdulillahir robbilen a'lamin, vala aqiba to'lin muttaqin. Vassalatu vassalamu ala saidina muhammading va ala alihi va ashabihi ajma'in. Nima baxt? Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Bismillahir rohmana rohim. Bugungi darsimiz adolat va zulm. Alloh taolo osmon yerni o'lchov bilan yaratdi, mezon bilan. Bu o'lchov adolat.

Adolat bilan osmoni yer va butun koinot qoyim bo'ladi. Astaydubilla, vas sama a rofarha va vado al mezan, alla tatag'ofil mezan, voqein mulvoznabel qistiy va la to'xsirul mezan. U zot osmonni baland qilib qo'ydi va sizlar tosh tarozida to'g'yonga tushmasliklaringiz, ya'ni o'zgalarga zulm qilmasliklaringiz uchun mezon tarozini o'rnatdi. Ey insonlar, to'g'ri adolat bilan tortinglar va tarozidan urib qolmanglar. Odamlar ikkiga bo'linadi. Adolatliylar, zolimlar. Adolat, har bir haq egasini haqqini berishlik. Zulm, haq egasini, haqqini ado qilmaslik. Muomalasidan. Oilasida, ishchilari bilan, birodarlari bilan, atrofdagi odamlar bilan qilayotgan muomalasida kishi yo adolatli bo'ladi, yo adolatsiz zolim bo'ladi. Hadis hududida Alloh Subhanahu va Ta'ala marhamat qilib shunday deydi. Ya ibadi inni harom tuzulma ala nafsi, faji altig'u baynaku muharraman falat a'zolam. Ey bandalarim, deydi Alloh Taolo, men o'zimga zulmni harom qildim. Va sizlarni o'rtangizda ham zulmni harom qildim, bir biringlarga zulm qilmanglar.

Zulm qilgan kishi harom amal qilgan bo'ladi. Alloh Taolo bandalarni adolatli bo'lishiga kelib yurdi. Voyda hakanun tun bayna nas antahkumobil adil. Agar odamlarni o'rnatsa hukm chiqaradigan bo'lsanglar, adolat bilan hukm chiqaringlar. Adolat. Musulmon kishi o'zini yaqin odami bilan ham adolatli muomala qiladi, o'ziga uzoq bo'lgan odam bilan ham. O'zi yaxshi ko'rgan odamni ustida ham adolatli hukm chiqaradi, o'zi yomon ko'rgan kishini ustida ham. Albatta, adolatli ish tutgan kishi bilan adolatsiz ish tutgan kshi haligisi teng bo'lmaydi.

Odamlarni orasida qilinadigan eng katta gunoh birodarlar bu zulm, garchi kofirga bo'ladigan bo'lsa ham. Mazlum kishi agar zulm ko'rsa, uni duosi ijobat bo'ladi. Garchi u kofir bo'lsa ham. Mazlumning duosini ijobat bo'lishidan to'sadigan hech narsa bo'lmaydi. Yana qaytarib aytamiz, bu xitoy bu. Bu mushri bu. Bularda shunday molidan kechib qolsa, unaqa gap yo'q. Mazlum kishi garchi Allohga ishonmagan kofir bo'lsayam, agar duo qilsa, ey Alloh, agar sen bor bo'lsang, shu odamni jazosini ber desa, uni duosi ijobat oladi. Ijobat aniq bo'ladi. Faqat ozgina vaqt o'tishi mumkin. Mazlum zulm ko'rdi. Zolim zulm qildi. Mana shu ish qaysi biri uchun og'irroq?

Endi bir qarashda mazlumga qiyin bo'ldi, u zulm ko'rdingiz desa, yo'q. Aslida zolimga qiyin bo'lladi. Chunki zulmni hukmronligi bir kun, bir yil, juda ham bo'lsa bir umr. Ammo adolatni hukmi chi, adolatni saltanati chi? Abadiy bo'ladi birodarlar. Mazlum alamlanadi. Zolim mazza qiladi. Bir kun, ikki kun. Bir yil, boring ellik yil. Lekin buni mukofoti jazosi chi? Shuning uchun musulmon odam so'zida, fe'lida, lekin har bitta ishida adolatli bo'lishlik kerak. Chunki Alloh Taolo qiyomatda buni hisob kitobini albatta qiladi. Adolat bilan ish yurgan kishilar qiyomat kunida nurdan bo'lgan minbarda turadi. Ambiyorlar ularni turgan maqomini havas qiladi. Rahmonning o'ng tarafida turadi.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar, yetti toifa inson hech qanday soya bo'lmaydigan kunda, qiyomat kunida Allohning arshini soyasida turadi. Shulardan birinchisi imomun adilun degan Rasululloh. Odil boshliq. Adolat bilan ish yuritadigan boshliq. Chunki bu bunday boshliq, bu davlat rahbari bo'lsin, biror korxonani rahbari bo'lmasin, oiladagi ota bo'lsin, qo'l ostidagilar bilan adolatli ish qilishlik birodarlar Allohning arshini soyasida turishlikka olib boradi. Oson ish emas bu. O'shaning uchun birinchi aytilinyapti da. Allohning arshining soyasida turadi. Adolatli ishlashlik.

Bano mahzun murug'idan bo'lgan bir ayol, Nabiy sollallohu alayhi vasallam zamonlarida o'g'irlik qildi. Shariat bo'yicha qo'li kesilishligi kerak. Endi hurmatli xonadon, boy badavlat xonadon, Nabiy sollollohu alayhi va sallamni oldiga usomatimni zayitni kirgizishdi. Rasululloh sollallohu alalayhi vasallamni yaxshi ko'radi, juda ham yaxshi ko'radigan usomatimnizaytni, zaytimni xolisani o'g'li. Kirdi da, yo Rasululloh, shu ayolni qo'lini kesishni o'rniga uni ahillari yuzta tuyani berishmoqchi, shu jazoni qilinmasligi uchun dedi. Nabiy sollallohu alayhi vasallamni ranglari o'zgarib kelib aytdilarki, ey Usoma, Allohni haddini amalga oshiraman desam o'rtaga tushasanmi? Ya'ni agar yuzta tuyasini olib turib, uni qo'lini kesmasa, adolatli ish bo'lmaydi.

Allohga qasam, agar qizim Fotima o'g'rilik qilsa, qo'lini o'zim kesaman dedilar. Ya'ni adolatli ishni ustida hech kimga Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam yo'l bermayaptilar. Ey boy badavlat pul berib chiqib ketadigan bo'lsa, kambag'al emas, qo'lini kesiladimi? Unda adolat qayerda qoladi? Qani adolat? Birodarlar, bu koinot adolat bilan qoyim bo'lib turibdi.

Dinimiz birodarlar adolat dini. Zolimlar zulm qilib, jazosini olmayotganga o'xshaydi. Nazarimizda. Alloh Taolo ularni o'zini holiga tashlab qo'yayotganga o'xshaydi. Nazarimizda. Vala taqsabannalloh g'ofilan amma ya'malud zolimun. Alloh taolo aytyapti, hargiz Alloh zolimlarning qilayotgan amallaridan g'ofil deb o'ylamanglar. Allohni ko'rmayapti da, bilmayapti da o'ylamangllar. Innama yu oxir hum liya min tashxa sufi hil abzor. Ko'zlari dahshatdan qotib qoladigan qiyomat kuniga qoldirib qo'yapti xolos.

Badr kunida Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam qo'shinini bir saf qilib chizib, ko'zdan kechirayotgandilar. Bir sahoba safdan sal oldinroqqa chiqib olgan, yana qorni ham bor edi kattaroq. Haligi kishi sababli safga ish qilib turibdi. Rasululloh sollallohu alayhu vasallam qo'lidagi tayoq bilan qoniga yengilgina urdilar da, istof dedi, ya'ni safga kir dedi. Haligi kishini ismi savodi mnog'ozi edi. Anjiyev so'zini aytdi. Yo Rasululloh, jonim og'ribdingiz. Qasos olaman dedi.

Qasdan urgan yo'q, shunday yengilni urib qo'ydi. Sahobalar, ey nima deyapsan? Axir bu zot Rasulullohkiy. Ha nima bo'libdi dedi. Jonim og'ribdi, qasos olaman dedim. Rasululloh rozi bo'ldilar, tayoqni qo'liga berdilar. Haligi savodimni hozir tayoqda olib, yo Rasululloh, siz meni qornim yurganingizda qornim ochiq turuvdi dedi. Qorningizni ochib bering dedi. Bizni aqlimizga sig'maydimi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hayotini har bir lahzasida adolatli bo'lganlari. Har bitta holatida bizga ibrat bo'lganlar. Qorni ochib berdilar. Savodimni og'ziga kaltakni yerga tashladi da, Rasululloh nolay kelib qornimga bet yuzlarini tegizib, quchoqlab o'pib, bag'riga bosdi.

Rasululloh sollollohu alayhi vassalom marhamalak ala ha'dam. Nimaga bunday qildingizlar? Yo'q, Rasululloh dedi. Sababini aytib. Yo'q, Rasululla. Hozir urush bo'ladi. Yo tirik qolaman, yo o'laman. Agar o'laman degan bo'lsam, dunyoda badanimga tekkan oxirgi narsa sizni muborak jasadingiz bo'lishini xohladim, dedi. Ana shu adolat, Rasulullohning adolati, sahobalar u zotni shunday yaxshi ko'rishiga sabab bo'lgan.

Adolatli rahbarda hamma yaxshi ko'radi. Qattiqqo'l bo'lsa ham. Shunaqa? Adolatli, qattiqqo'llik, lekin adolatli. Zolimni birodarlar qarang, mana shunday bir odil rahbarni, odil boshlig'ini umri uzoq bo'lsin deb duo qiladi odamlar. Endi zolimni esa har kuni duo qilishadi, bo'yni uzilsin, o'lsin. Doim qarg'ab turishadi.

Umrini xattob roziyallohu anhu davrida mana forsniy xo'mondonlaridan bo'lgan xurmuzon madinaga olib kelindi. Musulmonlarni rahbarini ko'rsatgan, rahbarini ko'rish kerak. Keldi, qarasa bir kishi xurmo daraxtini oldida ko'chada qo'riqchisi sochsiz uxlayapti. Endi bu forsdek katta mamlakatni qo'mondonlaridan, generallaridan. U bularni fors mamlakatini yakson qilib tashlaydigan mamlakatni rahbari ham ham bir narsa bo'lishi kerak uni nazaridan. Ammo boyagi daraxt adyot uxlayotgan odamni ko'rdi da, mana shu mamlakat dedi. Mana shu deyishdi. Mashhur so'zini aytdi shunday boyagi xurmazon. Hakamta, adilta, aminta va nimta. Hukm yurgizding, adolatli bo'psan, xotirjam bo'psan, ko'chada uxlabsan dedi.

Sulaymon ibn Abdulmalik, Banu Mayyaning ulug' xalifalaridan. Kunlarni birida masjidda namozxonlarni orasida turib borar ekan, namozxonlorni orasida turar ekan. Bir kishi turdi da, ey Sulaymon dedi. Ey Sulaymon, azon, jarchi kunidan taqvo qilgin dedi. Xalifa, azon kuni, jarchi kuni nima kun? Haligi odam javob berdi. Fahaddana muaddinun baynahum alloh taolo i ala fdaolimin. Bas, ularning o'rtalarida bir jarchi, zolimlarga Allohning la'nati bo'lgay deb jar solur. Qiyomat kunidan qo'rq dedi. Xalifa. Mana shu Xalifa shu ummatni ichidagi hamma odam haqida Qiyomat kunida javobgar bo'ladi. Xalifa buni o'ylab, buni eslab, yig'ladi. Zolimlar adolat qilmaydi, birodarlar. Zolimlar odamlarni haqlarini bermaydi. Nohaqdan yo'lini qilib yeb yuboradi.

Har bittamiz zolim bo'lib qolishimiz mumkin. Usta ishlatdingiz uyingizda, arzimagan bir baholarni qilib turib, pulini bermasdan chiqarib yubordingiz. Endi albatta, beayb Parvardigor ustani bir qatida bir kamchiligi bo'ladi ishida. Shuni pesh qilib turib haydab yuboradiganlar bor. Bormi puliga otilgan ustalar oramizda? U ertaga beraman, inga, indinga beraman deb mutul cho'zmayapti, bermayman, bor yo'qol degan. Qo'lingdan kelgan ishni, yo'q. Nima qila olayin u bechora?

Va say alamulladina volamu ayyamun qolibiy yan qolibun. Bunaqa zolimlar bizni tilda chuchvarani xom sanayapti. Zolimlar esa yaqinda oqibati nima bo'lishligini, o'zlarini oqibatini bilib olishadi. Qiyomat kunida. Bandaga berilgan fazilatlar ko'p. Rostgo'ylik, omonatdorlik, ahdiga vafo qilish. Mana shu fazilatlarni ichidagi eng go'zali odil bo'lishligi. Farzandlarni o'rtasida adolat qilgan ota. Yoki adolatsizlik qilgan ota, xotini ikkita uchta bo'lsa, ularni o'rtosida adolat qilingan erkak, yoki zulm qilgan erkak. Bular hech qachon teng bo'lmaydi. Odamlarni ishlatib pulini bermayotgan odamlar, yaxshilab eshitib qo'yishsin. O'sha uyda o'tirishi bor. O'sha uyida baraka topishi bor. O'sh uyda bola chaqasini unib o'sishi bor. Mana shu narsani o'ylaydimi ular? Ana shu xizmatni qilgan usta norozi bo'lib qarg'ab chiqib ketdimi? Ikki dunyo baraka topmaysan. To shu ustani rozi qilmaguningcha. Shuning uchun Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytganlar, ustani ishlatib, peshonasidagi teri qurimasdan turib, pulini beringlar, haqqini beringlar. To'g'rimi? Mashina ustalar ham aytib qo'yaylik sizlarni ham, kechada rosa malomat qildik, kraskachilarni, boshqachilarni.

Ishlatib qo'yib, bir yurib kerak deb chiqadi, bo'ldi, yo'q shu bilan. Zapchastni ham o'zi kim qo'ygan? Usta olib qo'ygan. Zulmdan qo'rqaylik birodarlar. Umariddin xattob roziyallohu anhu davrida Misrga amrun nulos roziyallohuhu anhu voli bo'lgan. Misr musulmonlarni qo'lida qibitiilar bor, musulmon bo'lmagan u yerda. Amru nuloz, voli, uni o'g'li bir qibiti bilan musobaqa o'ynashadi. Otni chopadimi yo o'zi yuguradimi? Qibiti yengib qo'yadi uni. Shunda haligi voliyni o'g'li qamchi bilan bur uradi haligi qibitingni. Nimaga meni uryapsan desa, biz deydi, hurmatlilarni bolalarimiz, ibn akromiyin dedi. Hurmatli odam olasizmi, nima deysan dedi. Endi ko'ring, umariddin xattobni odilniligiga ishongan ana shu misrlik bordi madinai munavvaraga. Amr bin ul Ostni o'g'lini ishidan shikoyat qildi. Otasi bilan bordinglar bir rivoyatda. Umariddin xattob roziyallohu anh eshitib turib, chaqirtirdi volisini. Ota bola keldi. Chaqirdi. Urdingmi buni? Ha urdim. Zulm qilibsan. Ha zulm qildim. Nimaga urding? Uzuring bormi? Uzr yo'q.

Sen hurmatli odamni bolasi bo'lgani uchun urdingmi? Tayoqni berdi. Ur dedi. Ur hurmatli da bolasini dedi. Misrda yashaydigan, musulmon bo'lmagan qibiti musulmonlarni odil ekanligini, Umariddin Xattorovni odil ekanligiga ishonchi qattaligidan shu joydan shu joyga kelyapti. Birodar dinimiz islom dini. Alloh Taolo siz bilan bizga buyuradi. Ya ayyohalladina, a manu kunu qavomiynalillar, shu hada abil qizti va la yajri mannakum sha'na'ani qomin ala alla ta'dilu. I adilu quva aqrobul it taqvo. Ey mo'minlar. Qarang, Alloh namoz o'qidi da. Buyruqmi bu? Buyruq bajarish kerak, fars qilmasiz, gunohga olasiz. Ro'za tutdi da. Tutyapmiz a? Xuddi shunga o'xshagandek Alloh Taolo adolatli bo'ldi man buyruqda. Agar adolatli bo'lsak, ikki dunyoda saodat topamiz. Ey mo'minlar, Allohning o'zi uchun haq yo'lni tutguvchi, adolat bilan shahodat, guvohlik berguvchi bo'lingiz. Biror qavmni yomon ko'rishingiz sizlarni adolat qilmaslikka tortmasin. Adolat qilingiz, taqvoga mana shu narsa yaqinroq. Bir odamni yomon ko'rsangiz, uni zarariga guvohi berishingizga sabab bo'lmasin. Bir odamni yaxshi ko'rmayotganligingiz, adolat bilan hukm chiqarmaslikka sabab bo'lib qolmasin.

Mana o'zimizga deb turib boshqacha hukm chiqarasiz, mana bu bizdan emas deb boshqacha hokim chiqarasiz. Adolatsizlikda, adolatsizlik birodari insonda tabiat ko'tarmaydi. Musulmoni ham, kofiri ham. Musulmon ham, kofir ham nimani yaxshi ko'radi? Adolatni. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar, qog'oz uch xil bo'ladi. Shundan ikkitasi do'zaxda, bittasi jannatda. Ikkitasi adolat bilan hukm qilmaydi. Ular do'zaxda bittasi adolat bilani hukm qiladi. Shuning uchun salafi solihiylar ilmli bo'lgan, taqvoliy bo'lgan, shu mansabga loyiq bo'lgan, qozi bo'l desa qochib yurishgan. Qiyomatda birodarlar ikkita odamni o'rtasida hakamlik qilmaganingizga xursand bo'lasiz. Ikkita odamning o'rtasida hakamlik qilganingizga pushaymon yeysiz.

Davud alayhissalomni hissasini Alloh Taolo siz bilan bizga Qur'onda keltirib, bizga ta'lim beradi. Ikki kishi kirdi. Davud alayhissalom ham Nabiy, ham podshoh, ham qozi. Xulosasi, bir kishi ikkinchi kishidan shikoyat qilyapti amruhidan. Buni to'qson to'qqizta soli qo'yi bor. Meni bitta soli qo'yim bor. Bittani haydab men ham chiqardim, to'qson to'tqqiztani haydab u ham chiqar edi. Bittaga olib borib olib yurasanmi, meni qo'ylarimga qo'shib qo'y dedi. Qo'shib qo'ydim. Keyin qo'yimni ber desam, qo'yimni qaytarib berib bermay qo'ydi, dedi. Shunda Davud alayhissalom seni hamrohing senga qo'yini tortib olib zulm qilibdi, dedi. Shunda ikkinchi kishi aytdi ey Davud, to'xtang, mendan ham eshiding dedi. Ya'ni Dovud alayhissalom ham xatoga yo'l qo'ydi, ikkinchi tomonda so'zini eshitmadi. Bitta odamni bitta ko'zini o'yilib kelib, meni falonchi ko'zimni o'yib oldi desa, hukm chiqarmay turing, u ham kelsin. Ehtimol uni ikkala ko'zi o'yilgandir deganlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Dovud alayhi salam xatosini tushundi. Va donna davudu annama fatannahu fasdahufara rabbahuh va horrora rokin va anab.

Dovud biz uni imtihon qilganimizni bildi da, Parvardigoridan mag'firat qilishni so'radi va sajdaga ega holatda yiqilib, tavba tazarruh qildi. Dovud alayhissalom bilmasdan beqas xato hukm chiqarib qo'yib, istifoq aytib sajda qilyapti. Bilmasdan beqash xato qilib qo'yib tovba qilib sajda qilyapdi. Endi bilib turib, dokumentlarni tekkizlab turib, bir odamni haqqini zulmat qilib yuborayotganlarda ahvoli nima bo'ladi? Mana shunaqa ish qilayotgan odamlarda qarayladi, oqibati nima o'lyapti? Agar hozir bo'yni uzilib ketmagan bo'lsa, qarab turing.

Bolasidan tortib qoladimi? Sog'ligidan tortib qolladimi? Yoki bir boshqa joydan tortib, albatta mazlumni duosi ijobat oladi. Al yavmah tuzza kullu nafsin bima kasabat la zulm al yavm innalloh hasalli alahisa. U kunda, qiyomat kunida. Har bir jon o'zi qilgan ishi amali bilan jazolanur. Bu kunda hech kimga zulm qilaman. Chunki u Alloh Taoloning ilohiy mahkamasi. U yerda hech kim yolg'on gapirmaydi. Hech kim hech kimga yolg'on guvohlikka o'tmaydi. Har bitta odam qilgan ishiga aniq, aniq ravshan jazosini yoki mukofotini oladi.

Alloh Taolo aytadi vo inkana mifqolar habbati min xardalin atayinabih va kafabina hasibin. Qiyomat kunini qarang. Agar bitta ignangizni biroq zulmat tortib olgan bo'lsa, albatta qiyomat maydonida hisob kitob qilinadi. Bir so'mingizni zulmatni tortib olgan bo'lsa, qiyomatda albatta hisob kitob qilinadi. Agar hardal o'simligining urug'idek amal bo'lsa, yaxshidir, yomondir, o'shanada keltiravermiz. Biz o'zimiz yetarli hisob kitob qilguvchidirmiz. Bitta tugmasini, bitta ignasini olib olgan bo'lsa, qiyomatda albatta hisob kitob qila olinadi. Endi millionlagan, millionlagan pulni shunday yutib yuborayotganlardan ahvoli nima bo'larkan, birodarlar?

Ajib. Zulm bilan pul topayotgan, odamlarni tajovuz qilib, moliga, nomusiga, joniga tajovuz qilib, zulmat pul topayotganlar katta pul topib turib, shu ishni qilmasam men pullik bo'lmas edim, deydi da bechora. Voy sen shu ishni qimasdan boshqa ish qilganingda ham shu pul bugun qo'lingga kelardi. Sen faqat harom joydan olding. Chunki xuddi shu zulmni qilib, boymi ekanlar ham bor da, to'g'rimi? U rizqiga yozgani uchun shunaqa boylikka ega bo'ldi. Afsus, afsus, o'lchovlari, tushunchalari adashib qolgan xato bo'lgan odamlar.

Imom Zahobiy Kaboyil kitobida bir qissani keltiradi. Bir miskin ayol, o'zini bir kapasida yashar edi, kichkina yana kulbasida. Yolg'iz o'zi yashaydi, hech kimnisi yo'q. Ertaman chiqib ketadi, tirishligini o'tkazgani zo'rg'a bir non topadi, keladi, yotadi. Ertaman chi qib ketadi, tirikligini zo'rg'o o'tkaza olgan bitta kampir. Shu kampirni kulbasini yoniga bir katta boy, badavlat, mansabdor odam katta qasr qurdi. Qasri bitta. Qasig'iga kirib, bir aylanayotib turib, derazasidan qarovdi, haligi kampirni kulbasiga ko'zi tushdi. Boyagi zolim boy edi.

Nima bu dedi? Aytishdi, bir kampir bor, yolg'iz yashaydi, shu kulbada tirishigini o'tkazadi. Ertaman, chiqib ketadi, kech payt keladi. Bu kulbasi meni qasrimni ko'rinishini buzyapti. Buzib tashlanglar. Qanday buzib tashlaymiz birovni? Buzib tashlanglar. Buzib tashlashdi. Haligi kampir tirikchiligi bilan chiqib ketgan. Kechki payt qaytib keldi. Qarasa kulbasi yo'q. Surishtirsa, boyagi mansabdor boy buzib tashadi. Ollohga yig'lab duo qilib nima dedi? Parvardigor, ha men u yo'q edim. Sen qayerda eding?

Men u yo'q udim. Sen qayerdayding? Qarab turma u deymi? Duo ibodat qildi. Hech qancha vaqt o'tmadi, yer yutdi, uyni ham, o'zini ham qo'shdi. Mazlumni duosidan qo'rqish kerak, birodarlar. Mazlummi duosini ijobat bo'lishidan to'sadigan parda yo'q. Birodarlar, mana zamonimizda bo'lgan ishlardan bitta qissani aytib beramiz.

Ulamolardan biri aytadi meni ruhiy o'qib dam soladigan qori birodarim bor edi. Uni oldiga bir kishi qo'lidagi alamdan, og'rig'idan shikoyat qilib keldi, bir necha kun dam soldi. Lekin foyda bo'lmadi. Tabiblarga ham borib hamma chorani qilib bo'lgan edi. Haligi qori bola keyin aytadi, ehtimol birovga bir zulm qilgandirsiz, ehtimol biror qarg'agandir, Qur'on ham foyda qilmasa, doktor ham foyda qimayotgan bo'lsa, bir o'ylanib ko'rmaysizmi degandi, haligi odam chiqib ketdi. Boy odam edi. Katta katta savdo markazlari bor edi. Katta katta tijorat do'konlari bor edi . Oradan ikki hafta o'tgandan keyin qori bor anavi oldiga qaytib keldi. Alloh shifo bergan edi, quri tuzalib qolgan edi.

Sizni o'sha kuni menga aytgan ikki og'iz so'zingiz hamma doridan ruhiyadan ko'ra foydaliroq bo'ldi. Nima bo'lgan edi? Yangi do'konni solayotganimda, katta imorat solayotganimdan yonboshida bir to'rt xotinni yeri bor edi. Do'konimni kengaytirishlik uchun haligini uyini menga sotishligini, yerini sotishligini so'radim, lekin rozi bo'lmadi. Har qanaqa yo'lini qilsak ham ko'nmadi. Oxiri yo'lini qildim, hujjatlarda soxtalashtirdim, o'zini nomiga o'tkazib oldim. Zulmmi? Zulma? Kampir hech narsa qo'lidan kelmadi, tortib olib qo'ydi.

Tanish bilishlari yo'q. Quruvchilar kelib uyini buzib, chuqur kallab fundament qo'yib, devor olyapti, har kuni kelib haligi kampir qarg'a edi meni deydi. Haligi quruvchilar, a bu esi past kampir shekilli deb tushunmaydi hech narsani, turaveradi. Uyni devorlar bitmasdan turib qo'limga og'riq kirdi, uyqumni yo'qotdim deydi. Sizni gapingizni eshitganimdan keyin shu kampir esimga keldi da, bordim, uzr so'radim, kechirim so'radim, uni haqqidan ko'ra ko'proq bo'lgan katta mablag'ni berdim, rozi bo'ldi, o'sh kuni qo'limda yog'riq ketdi deydi.

Dardiga shifo topolmaykan birodarlar. Bu Allohni sinovi bo'lishi mumkin. Yoki Allohni bergan jazosi bo'lishi mumki. Bizdan ham kimdir norozi bo'lib, o'liginga buyursin deb qo'ymadimikan? Allohga qo'ydim seni demadimikan? Qo'rqaylik birodarlar. Hozir aytyapmiz, mazlumni duosini ijobat bo'lishidan to'sadigan hech narsa yo'q. Mazlummaga Alloh Taolo aytadi, ijobat qilaman, ozgina vaqtdan keyin bo'lsa ham deydi.

Topishishimizda baraka bo'lmasa, boshimiz qarzdan chiqmayotgan bo'lsa, hayotimiz biz o'zimiz xohlayotgandek o'tmayotgan bo'lsak, bir qarab qo'yaylik. Xossatan, belgida quvvati borlar, mansabi borlar, cho'ntagida puli borlar, odamlarga zulm qilib qo'yishlik xavfi bo'lgan odamlar bir o'ylanib ko'ringlar da. Nimaga uyingizdan yoki bolangizdan tortib qolyapsiz agar tortayotgan bo'lsangiz?

Islom dini birodarlar, yer yuzida adolatni qoyim qiladi. Dinimizni g'oyasi, maqsadi ham shu. Butun borliq adolatni ustida turadi. Zulm borliqni fasodga uchratadi. Bu ikki sargiz teng bo'lmaydi. Dunyoda zolimlardan ko'ra mazlumlar ko'p bo'ladi. Dunyoda zolimlardan ko'ra mag'lublar ko'p bo'ladi. Lekin ibrat natija oxiriga qarab belgilanadi. Bir kun keladi birodarlar. Albatta keladi u kun. U kunda zulm bo'lmaydi. O'sha kunda zolim ham, mazlum ham Parvardigorning oldida yonma yon turadi. Bu shunday kunki, har bitta odam qilgan ishini mukofotini aniq oladi. Bu kunda zulm bo'lmaydi. Chunki Alloh Taoloning adolatli tarosi o'rtaga qo'yiladi. Haq egasini haqqa albatta olib beriladi. Ana shu kundagi adolat mazlumlarga muborak bo'lsin. Ana shu kundagi odamlar zolimlarga voy bo'lsin. Aquli hovli ha da va astag'firullohu alayhi va barakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)