Maviza
—Qoralama31 daq

Islomda farzand tarbiyasi

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
30:49
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Bismillahir rohmani rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin va ala aqibatu lil muttaqin. Vassalatu vassalamu ala saidina muhammadin as sodiq il vard il amin. Va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabard. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Islomda farzand tarbiyasi deb nomlangan darslarimiz bugun ellikinchisi. Ijtimoiy tarbiya. O'tgan darsimiz birodarlar, kasalni ziyorat qilishlik degan, kasal ziyorat qiloshlik odoblari deb nomlangan dastni boshlagan edik. Nihoyasiga yetmay qolgan edi. Bugun davom etkazamiz. Kasalni ziyora qilishlikda yana rioya qilinishi kerak bo'lgan odoblardan bittasi, ko'cha ko'yda ko'rganda, ana shu betob, bemor kishining oila a'zolaridan ana shu kasalni holidan so'rashligimiz kerak bo'ladi. Otangiz ahvoli qanday? O'g'lingiz yaxshi bo'lib qoldimi? Farzandingiz tuzukmi? Dori darmonlar yetarli bo'lyaptimi? Bizga biror bir xizmat yo'qmi? Mana shunday qilishlar ham ayni birodarlar sunnatdan bo'ladi.

Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam mana vafot etishligidan oldin bemor bo'lganlar, mana shu kasali tufayli keyinchalik vafot etganlar. Anna aliyyan ibn abiy tolibin roziyallohu anhu xoraja min anghi rasulillah hibajailladi tuf ya fih. Faqoli naso ya avval hasan kayfa asbaha rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Qola asbaha behomdiyallohi bariyat. Ular rasululloh mana shu betob bo'lib turgan paytida uch zotning huzuridan ali ibn abit olib chiqib keldi. Odamlar so'rashdi. Rasulullohning havola qanday? Alhamdulillah yaxshi tong yotdi deb javob berdi. Yana kasalni ziyorat qilishlikda e'tibor berishimiz kerak bo'lgan narsa, bemor yotgan odam kasal bo'lib turgan odam yotgan bo'lishi mumkin, chalqamcha masalan. Shunda uni bosh tarafiga borib o'tirishlik odobdan bo'ladi. O, xonani burchagiga emas, biz mana shu yerda turaveramiz. Unaqa gap bo'lmaydi. Betob yotgan odamni bosh tomoniga kelib o'tirishdik. Ma'qul bo'ladi. Ka'na nabiyyi sollallohu alayhi vasallam, ida a'dal marido, jalsa inda rosixin. Bu hadis imom buxoriydan, ibn abbos roziyallohu anhumodan keltirilgan.

Agar nabiy sollallohu alayhi vasallam kasalni ziyoratiga kelsalar, uning bosh tarafiga kelib o'tirar edilar. So'ngra yetti marta as alulloh al adim robbal arsh al adim an yashfiyak der edilar. Agar ajali yetmagan bo'lsa, mana shu dardidan tuzalib ketar edi. Demak, bosh tomoniga kelib o'tirilardi, yetti marta mana shu duo uning haqqiga qilinardi.

Beshinchidan, ana shu bemor odamni ko'nglini ko'tarishligi uchun, shifo topib ketishligi uchunga bir shifo tilash va uzoq barakotli umrni tilashlik ham ayni muddao bo'ladi. Inshaalloh yaxshi o'tib ketasiz. A bu dardingiz hech narsa emas. A bir dam olgiz kelibdi da. Yoki bir ko'nglini ko'tarib kuldirish bo'lsa, ishdan qochib yotib olibsiz da deganga o'xshagan, uni ko'nglini kayfiyatini ko'taradigan so'zlarni gapirishlik kerak bo'ladi. Garchi kasali xatarli bo'lsa ham. Garchi tabiblar bo'ldi, olib tushib ketaveringlar, buyog'i allohdan degan bo'lsa ham, chunki birodarlar, alloh taqdir qilgan umr tugamagunicha ajal kelmaydi. Alloh taqdir qilgan paytda ajal keladi. U kasalmi, sog'mi, qarab o'tirmaydi. Ko'rasan bir odamni, ho'kizdek soppa sog', bir tishi ham og'rimagan, shart o'lib qolgan bo'ladi. Yoki aksincha, yana bir odam uzoq dard chekkan, ana ketdi, mana o'rdi, kutib yuriladi, kerak bo'lsa uni xizmatini qilib, agar o'lib qolsa, dafnada qatnashaman deb turgan odam, o'lib ketaveradi. Bu o'lim birodarlar Alloh Taolo taqdir qilgan kunda keladigan narsa.

Imom termiziy va ibn mojadan keltirilgan hadis, abiy said al hudri roziyallohu anhudan. Rasululloh aytadilar, ida daxol tum ala mariydin, fanaffis ulahufi ajali. Fa inna dalakala yurot du shayan va yutayyi bu inafsixiy. Agarda dedi Rasululloh, bemorni oldiga kirsanglar, uning ajalini ortga surish bilan ko'nglini ko'taringlar. Ya'ni ortga surish degani, inshaalloh yaxshi olib ketasiz, degan so'z masalan. Albatta, uni ko'ngliniko'tarishinglar bilan ajal orqasiga surilib qolmaydi, lekin uni ko'ngli ko'tariladi. Yana bir aytilinadigan so'z, la ba'sa, tohirun inshaalloh, Imom Buxoriydan. Bu kasallik hech narsa emas. Inshaalloh yaxshi bo'lib ketasiz. Doim shunday deyishlik kerak bo'ladi.

Davleniyam ikki yuz ga chiqib ketdi, birodar desa, o, aytyat oling, aytyat o'ling. Falonchi shu davleniyadan ketdi. Unaqa bo'lmaydi. Ha hech narsa emass. Masalan falonchi tanishim, agar rostdan shunaqa bo'lsa, ikki yuz davleniya, unga normalniy davleniya. Bir ikki yuz bo'ladi, bir yuz ellik bo'ladi, shunaqa bo'lib yuradi. Unaqa siz qo'rqadigan narsa emas. Doktorlarda aytganda qiling u, lekin hech narsa emas deb turib, hatto shuni ham ko'nglini ko'tarishlik kerak bo'ladi. Xulosa, bemorni ziyoratiga kelgan kishi o'ylab gapirishligi kerak. O'ylab gapishligi kerak!

Bemorni ko'ngliniko'tarish. Uni qalbiga bir Allohning rahmatidan umid, shifodan bir umidni paydo qilishlik uchun fe'lan hayotda sodir bo'lgan voqeani, qissalarni gapirib berishligi mumkin. Mana shayx aytadi, Shomli bir yigit kasalga duchor bo'ldi. Shunaqa bir nodir kasalki, o'n olti millionta odamdan bittasiga uchrashi mumkin bo'lgan kasal. O'n oltinchi milliontadan bitta odamga uchraydi. Endi tabiiyki uni dorisi ham, shifosi ham yo'q.

O'zini Shomdagi barcha tabiblarini aylanib chiqdi. O'ttiz yettita tabibda aylanib chiqdimi Shom yerida. Umid yo'q. Fransiyaga bordi deyiladi. Bu voqea hissa. Bordi, ana shu fransiyalik tabib uni ko'rib turib, bu dard bo'yicha mendan ko'ra bilimdonroq boshqa tabib yo'q.

Umid ham yo'q seni kustalib ketishingga. Sen Hindistonga bor, falonchi maharaja bor, ehtimol senga bir foydasi tegib qoladi. Bordi, undan ham shubha topmadi. O'zini yurtida o'ttiz yettita tabibda aylanib bo'lgan. Biror odamlar, noumid, shayton. Haligi fransiyalik tabib aytgan, sen dovoni qayerdan bo'lsam, istovor. Bizni hukumatimizni hisobidan seni barcha sarf xarajating.

U yigitga bo'lgan muhabbatidan sarf xarajat qilmayapti ular. Shu yigit shifo topib qolsa, shuni tajribasini o'zlariniki qilib olishlik. Xullas, umidi yo'q, qaytib o'zini yurtiga keldi shomga. Bir masjidga kirib turib, Alloh Taolodan umid. Alloh Taologa tavakkal degan mavzudagi darsga guvoh bo'ldi da, qalbida umid paydo bo'ldi.

Darsni eshitdi, ta'sirlandi, Allohga qaytdi, Parvardigor, menga shifo bersang namoz o'qiyman senga dedi. Bir kun o'qidi, ikki kun o'qidi. Haligi ma'ruzani qilgan, imomga borib aytgan edi da shu gapini. Ey, Allohga shart qo'yilmaydi. Allohga sen menga shifo ber senga namoz o'qiman deyilmaydi deb unga. Iymon nima, tavakkal nima, umid nima, u benamoz yigit edi. O'rgatdi, Alloh shifo berdi shu yigitga. O'n olti milliontadan bittaga uchraydigan kasaldan ham Alloh shifo bilishiga qodir. Chunki dardni tushirgan Alloh shifoni ham o'zi tushiradi. Xulosa, mahallangizda bo'lgan, qarindosh urug'ingiz ichida bo'lgan bir voqeani aytib bering da, tuzalib ketishiga uni umidvor qiling.

Chunki tabiblarni qo'lida Allohning huzuridagi narsa yo'q. To'g'rimi? Tabiblarni qolida har qancha peshqadam bo'lmasin, har qancha taraqqiy topgan bo'lmasin bu tabiblar Allohni huzuridagi narsasi hech qachon bo'lmaydi. Haligi mana ruhiy tayyorgarlik deb qo'yadi, psixologicheskiy nastroy deb qo'yadida. Operatsiyaga kirishlikdan oldin haligi hamshira kirib siz hech ham xavotir olmang. Siz operatsiya qiladigan xirurg, eng mohir xirurg. Mana buncha marta operatsiya qilgan, bir marta ham xato bo'lmagan deydi da, ko'nglini ko'taradi.

Bu ruhiy tayyorgarlik. Ehtimol birinchi operatsiyasidir. Ehtimol praktikamdir. Lekin boyagi o'zini xotirjam his qilib kirishligi, umid bilan kirishligi, albatta uni tuzalib ketishiga bir omil, e biz musulmonlarga birodarlar keragi yo'q unaqa narsani. Bizni ko'nglimizni ko'tarishda ham keragi yo'q universitetsiyalarni yolg'on gapirib. Biz nima deymiz? Fai da, ma ritu fah hu voy yashfiyin. Agar kasal bo'lsam, Parvardigorim o'zi menga shifo beradi. Parvardigor o'zingdan. Bilasizmi?

Eskilarimiz. Suv ichatib ham bismillah shifo bo'lsin deb ichib qo'yadi. Oddiy suv. Shifo bo'lsin deb oddiy suvni ichadi. Ollohdan shifo umid qilyapti. Shu ham dori bo'lib qolaveradi. Olloh xohlasa shu ham dori borib qolaveradi. Berog'ida zo'rg'a yurgan odam bo'ladi, bitta it qovugandan keyin yuguradi. Haligi itni qovugani nima oladi?

Shifo bo'lib qoladi birodar, itni qovugoni emas, haligi yugurib yuborgani. Shuning uchun birodarlar, lyuboy narsa bizga shifoga sabab bo'lib qolishi mumkin. Faqat kimdan uzilmaylik, e tochno yaxshi bo'lib qolasan. O'shanga borsanglar u duxtiritsangni yaxshi qilib tashlanglar. Falon dori ichsam zo'r bo'lib ketaman ekan. Birodarlar, duxtir, skalpel, operatsionniy stol, bu tabiblar bu sabab. Shifo kimdan?

Alhamdulillah, hozirgi davrdagi duxturlarimiz kasalga gapiryapti, shifo allohdan deydi. Amma deydi yoki amaki deydi. Biz bitta sababmiz deydi. Alloh deng deydi. Vo zo'r da'vat bu. Ayni mana shu bemor uchun, mana shu doktorni shu gapidan ko'ra zo'rroq da'vat yo'q. O'nta imomni masalasidan yaxshi. Bugun, xola, kechqurun bir, bir uyquzdan turib, ikki rakat namoz o'qib, parvardiga shifo ber deb so'rang, bizga yengil bo'ladimi desa, bilasizmi qanaqa bo'ladi u namoz? Doktor aytyapti deydi.

Vo ida marit tufa hu voyashfiyin. Va agar bemor bo'lsam, u o'zi menga shifo berur. Oltinchidan, kasal ko'rgani kirdik, uni ko'nglini ko'tardik. Yana qilishimiz kerak bo'lgan bitta ish, o'zimizni haqqimizga ham duo so'raylik undan. Chunki bemor bo'lgan, betob bo'lgan, kasal bo'lgan odam, siz bilan bizdan ko'ra Allohga yaqinroq. Uni duosi ijobat bo'lishiga yaqinroq biznikidan ko'ra.

Dalil? Alloh Taolo hadis quddusida shunday marhamat qiladi. Ya ibna a dama, marittu falam taodniy. Alloh Taolo qiyomat kunida bandasiga aytadi. Ey odam bolasi, kasal bo'luvdim, meni ziyoratimga kelmading. Alloh Taolo aytyapti, men kasal bo'luvuydim, sen meni ko'rgani kelmading. Faqol, ya rob, kayfa auduka va antarobbul alamin.

Sen robbilar alamin bo'lsang, men qanaqa qilib seni ko'rgani kelaman? Qoli, amalimta anna abdiy fula anan marido falon taudhuhu. Falonchi bandam bemor bo'luvdi. Bilmu deymi? O'shani ko'rgani kelmading. Amalimta annakalavotdahl lavajattaniya indahl. Agar uni ko'rgani borganingda, meni ana shu joyda topishligingni bilmasmiding? Tushunarlimi, birodarlar?

Kishi sog' paytida ko'ziga yosh kelishligi juda ham qiyin. O'nta masala aytsam, yig'lamasdan mana shunday turishi mumkin, baqirayib. Ammo bemor bo'lib qolgan paytda, qalbi yumshab qolgan paytida, Alloh sog'ligini olib, qalbini sindirib qo'ygan paytda, qulbi yumshab qoldi. Nuroniy bo'lib qoladi. O'lim ko'ziga ko'ringandan keyin yig'laydigan bo'lib qoladilar. Shuning uchun ziyoratga kelgan kishi bemorni haqqiga ham duo qiladi va bemordan ham o'zini haqqiga duo qilishligini so'raydi.

Ibdumojadan keltirilgan hadis Umar Munhattob roziyallohu anhudan. Idda daholta ala Mariydin, fomorhu, faliyadu laka. Agar kasalni ziyoratiga kelgan bo'lsang, buyur, seni haqingga duo qilsin. Buyur kasalga, seni haqingga duoi qilsin. Fainna duo'a hu ka duo' ilmalaika. Albatta, uning duosi maloyikalarning duosi kabi bo'ladi.

Endi duo qilish uchun borish kerak da uni oldiga. A? Endi borganda ham xolis Alloh uchun borish kerak ko'rgani. Ertaga ko'zimizga o'zimizga shubha bo'lsa, xijolat bo'lib qolamiz. Qudandachilik uyat bo'ladi degan niyatda bo'lsa, u niyatni buzib turib, yangilab borishlik kerak bo'ladi.

Agar Alloh saqlasin, bemor, betob kishi ixtizor holatiga yaqin qolgan bo'lsa, ya'ni dunyodan ketishiga yaqinlashib qolgan bo'lsak, unga la ilaha illalloh kalimasini talqin qilishlik sunnatdan bo'ladi. Payg'ambarimiz aytganlar laqinu mavtakum la ilaha illallohnoh muhammadur rasululloh. Mayitlaringizga, ya'ni mana endi ana endi ketadi deb turgan, o'lim arafasida turgan kishilaringlarga la ilaha illalluh muhammadur rasuliulloh kalimasini tal qin qilinglar dedi. Mana shu ham birodarlar bemorni, betobni ziyorat qilishlik odoblariga kiradi.

Mana endi darsimizni yangi mavzusi, ta'ziya odoblari. Ta'ziya odoblari. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ibn mojadan keltirilgan hadisda aytadilar, ma'min mo'mining yu'azi ahohu bi musibatihi illa kasal hu allohu azza va jalla min xulalil karomati.

Janozaga bormaydigan ukalar, ta'ziyaga bormaydigan ukalar, pato o'qib qo'yaylik desa shart teskari qilib ketadigan ukalar. Ukalar deyman, chunki kattalar ziyorat qiladi, otasini yo'qotdi, odamlar kelgandan keyin ko'rdi, odamlarni qadri qanchalik bo'ladi. Onasi o'lganda odamlar janozaga qatnashdi, ertasi kuni bir Qur'onni o'qigani keldi. Alloh sabr bersin deb ko'nglini ko'targanda, odamni qadri balandligini bilgandan keyin boradigan bo'lib qoladi kattalar. Men o'ttiz ni pastdagilarga aytyapman.

Rasululloh aytadilar, qaysi bir mo'min o'z birodarining musibatida unga ta'ziya bildirsa, Alloh mana shu ta'ziya bildirmaganga karomat libosini kiygizadi. Xohlaymizmi? Azizlik karomat libosini kiynishdi. Ta'ziya bildiryapman, boraylik. Imom Termiziy va Bhaqiydan keltirilgan hadis Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhud. Mana azza musoban falahum mifla ajrihing. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar, kim musibat egasiga ta'ziya bildirsa, Alloh sabr bersin birodar, Allohda taqdiri deb ko'nglini ko'tarib ta'ziya bildirsa, va unga ham uning ajrichaligi ajr beriladi. Ya'ni musibat kelgan kishi Allohda taqdir deb rozi bo'lsa, sabr qilsa, qancha savob boradi? Unga ta'ziya bildirmaganlarga ham shuncha savob beriladi. Besh minut vaqtingiz ikki og'iz so'zingiz.

Ta'ziya birodarlar musibat yetgan xonadondagi har bitta odamga bildiriladi. Kattayu kichik bittama bitta. Faqatgina ulamolar, agar bir ayol er o'lgan bo'lsa, bu ayol yosh bo'lsa, faqatgina shu ayolni o'zini mahramlari ta'ziya bildiradi deyishadi. Kattasiyu kichigi bittama bitta ta'ziya bildirladi. Yana muhim nuqta, ta'ziya bildiraslik birodarlar uch kun.

Ammo shu uch kunni ichida safarda bo'lib qolgan bo'lsa, tazyi bildirmoqchi bo'lgan odam kelsa bo'laveradi to'rtinchi kun ham. Yoki eshitmay qolgan bo'lsak, bexabar qolibmiz deb turib, to'rtinchi kunga, besh uch kun borib tazyi bildirsa bo'laveradimi? Endi bu o'rinda tazyi uch kun ekan deb turib, taqa taq eshigini yopib qolganlarda ham eshitganmiz. Eshitmay qoladiganlar bo'ladi, bir haftadan keyin keladi, unaqa qilmagin, eshigini bittasini ochib qo'y. Kelib tazyi bildirdim, ketaveradi demagan. Yo'q, faqat uch kun, tamom, uch kun.

Men ikko tomonga hozir tanqid ko'zi bilan qarayapman, birodarlar. Qirq kun eshikni ochib olib, stolni ishini ham tashlab qo'yib o'tirganlar ham noto'g'ri qilyapti. Uch kunda taqa taq bekitib qo'ygan ham noto'g'dir qilyapti. Kimdir, obshim, qirq kun o'tiradi hech narsa qilmasdan. Kimdir uch kunda ta qa taq bekitilib qo'yadi. Ha xudoga shukur, bu problema yo'q bo'lib ketdi. Sekin sekin mana yo'q bo'ib ketdi.

Odamlarni birodarlar rioyasini qilishlik kerak bo'ladi. Shuning uchun sunnatga amal qilyapman deb, monohadisga amal qilyapman deb qattiq turib, urug'ini ichida ajralib qolayotgan, mahallani ichida oq qarg'a bo'lib bo'linib qolayotganda odam bor, siyratni yaxshi o'qinglar. Sunnatga, hadisga qanday amal qilish kerakligini siyrat fani sizga o'rgatadi.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam odamlarda rioya qilgan. Makka fathida yigirma bir yil bo'ldi, Payg'ambarimizni Payg'ambar bo'lganiga Makka musulmonlarni qo'liga o'tdi. Ka'bani Payg'ambar o'ttiz besh yoshdalik paytida qurish boshqadan qurgan edi buzib. Shunda chola qilib qurib qo'ygan edi, halol pul yetmasdan.

Rasululloh Makkani qo'liga oldi. Makka Payg'ambarimizni hukmida, Rasululloh, Rasululloh Oysha onamizga qarab aytdilarki, ey Oysha, agar sizni qovmaysiz, ya'ni qurish. Islomiy yangi kirgan bo'lmaganida va meni qilgan ishimni noto'g'ri tushunmaganida Ka'bani buzar edim. Bobom Ismoil qurgan asosni ustiga qurar edim. Xatimni Ka'baga kirgizar edim. Eshikni yerga tushurar edim. Uni orqasidan yana bitta eshik ochib qo'ygan bo'lardim. Bobom Ismoil qurganidek qilib, ammo qurash Islomga yangi kirgan. Meni qilgan ishimni, Muhammad Ka'bani ham o'zini kayfiyatiga qarab qurib oldi, deyishmasin deb qoldirib qo'yyapman dedilar.

Odamlarni ro'yasi qilingan ekanmi? Nimani chora qoldirib qovuryapti? Bizni qivlamiz bo'lgan Ka'bani. Endi nimaga to'rt kun eshikni ochib qo'ysa mumkin emas? Eshitmaganlar kirib, u kiringlarni ochib qo'yayotgani yo'q. Eshitmay qolganlar bo'lsa, safardagilar bo'lsa, kirsin deyapti. Shuning uchun, akalar, o'rtasini ushaylik. Aza qirq kun deb turib, qirq kun ochib ham o'tirmanglar eshikni. Ishdan qolib, tijoratdan qolib, hayotdan to'xtab qolib. Bir yo'la uch kunda taqa taqam bekitib qo'ymaylik. Birodarlar, mana shu sunnat bo'ladi. Shuning uchun bitta hadisni bilsangiz, siz bitta hadisingizni bilasiz. Yana bir to'rtta hadis bor shu mavzuda. O'qing da, bitta xulosa chiqadi. Shoshilmaylik.

Imom Shofi'iy aytar ekan, qara Imom Shofi'iy. Men der ekan, birov bilan tortishayotgan bo'lsam, o'zimni haqligimga ishonaman. Men haqman shu masalada. Ammo uni ham haq bo'lishlik ehtimoli bor deb qo'yar ekan. Kim aytar ekan buni? Imom Shofi'iy ekan. Men haqman der ekan, ammo ro'paramda turgan odam ham haq bo'lish ehtimoli bor der ekan. Bizda unaqa yo'q. Men haqman, butun dunyo boyagi ishni qilayotgan odamchi hali ham haq deb biladi o'zini. To'g'ri qilganman shunda deydi.

Tazyi odoblarni o'qiyapmiz. Birinchidan, ana shu musibat etgan kishiga agar imkon bo'lsa ma'sur lafzlar bilan ta'ziya bildirishing kerak bo'ladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qizlaridan biri o'g'li vafot etishlik arafasida otasiga, payg'ambarlarimizga odam yubordi, chaqirib keling otamni deb. Rasululloh sollallohu alalayhi vasallamni oldiga xabar olib kelishdi. Ana shu xabar olib kelgan kishiga qarab, payg'ambaringiz aytdilarki, uni oldiga qaytib bor. Irja, ilayha. F axbir ha, anna lillahi ma ahoda valahum ma ato. Borib ayting qizimga. Bergan narsasi ham, olgan narsasi ham Allohniki. Alloh beruvdi, Alloh oluvdi. Har bir narsa uning huzurida belgilangan ajal muddat bilan bo'ladi. Buyuring unga, sabr qilsin, savob umid qilsin. Shuning uchun tazyi bildirgani kelgan kishilar, Allohni taqdiri, Alloh berdi, Alloh oldi. Allohni aytgan ishi bo'ladi deb turib, latif chiroyli so'zlar bilan unga tazyiq bildirishlik kerak bo'ladi.

Ikkinchidan, mayyit chiqqan xonadonga ovqat tayyorlab berishlik. Boshiga musibat kelgan, otasimidi, onasimidi, ayolimidi, erimidi o'lib turgan, musibat egasi bo'lib turgan xonadonni ovqat qilishlikka bu qo'li bormaydi. Xayoliga ovqat ham kelmaydi. Aksincha, ularga ovqat tayyorlab berishlik kerak birodarlar. Ularni ovqatini yeyish emas. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sahobasi, ulug' sahobalaridan Ja'far ibn Abit ol vafot etganida, Payg'ambarimiz u amakivachchasini uyiga borib, ularga ta'ziya bildirib turib, qo'shnilarga aytadilarki, isna u li a li ja'faratu amin. Jafar oilasiga ovqat tayyorlab chiqaringlar. Fainna huquqat atahum amrun yashuvulug'un. Ularda majbur qilib qo'yadigan bir ish kelib qoldi ularni ustiga. Ya'ni musibat kelib, ovqat qilishlikdan ular mashg'ul bo'lib qolishdi dedi.

Issiqlik chiqarib qo'yish degani a bu? Bid'atmi? G'ishtir. Bu yerda ovqat qilishi mumkin emas degani emas musibat chekkan kishilarga. Qozon qanach mumkin emas degani emas. Unga ko'ngliga sig'maydi. Endi qo'shnilar chiqarib qo'yishlik kerak bo'ladi ovqatni. Chunki Payg'ambarimiz buyuryapti qo'shnilarni ham.

Sohibi alayh aytishadi, Imom Ahmaddan, kunna na'uddu al ijtima ila ahli mayyiti va soniyat at taomi ba'da motixi min niyaxati. Mazmuni shuki, mayit dafn qilingandan keyin, ana shu mayitning ahlini, ahlida, uyida jamlanishni va ularni ovqat tayyorlashligini man qilingan ishlardan deb bilar edik. Payg'ambarimiz harom qilgan edi. O'likning uyiga borib musibat egasini, o'likni ko'mib kelib turib borib o'tirib, uni uyida ovqatlanish deydi. Payg'ambarimiz harom qilgan ekan bu odamlar. To'g'ri, bizda shu qo'yib kelgandan keyin borib xato qilib ketamiz, lekin shunaqa holatlar ham bo'lar ekan. Ovqat tayyorlab qaragan, bu narsani Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam harom qilgan.

Uchinchidan, sunnatga xilof bo'lgani uchun, mayyit egalari ovqat bor, yeb chiqib ketinglar desa ham, bu ziyofatni rad qilishlik kerak. Nima qilaylik endi, tayyorlab qo'yibdi da. Chiqib ketsak, rosa bo'ladi da. Rosa bo'ladi. Sunnatga xilof bir odam, bunday qilishingiz yaxshi emas. O'zi musibat chekib tursizlar. Sizlarga bunday qilishlik to'g'ri emas.

To'rtinchidan, musibat egasiga hamdard bo'lish. Musibatida. Mayyitni ko'tara olib ketyapti, janozoni ko'tara olib ketayapti qabristonga. Telefonda gaplashib ketadi. Bozorini. Guzarini. Yoki yonida turgan odam bilan bemalol biznesini muhimi kam qilib ketaveradi. Olgan mashinasini, sotgan mashinasini.

Bunaqa bo'lsa chi, uyingda o'tir. Bunaqa bo'sa, uyingda o'tir. To'yda mayli edi. Ziyofatda mayli edi! Endi janozani ko'tarib ketayotganda ham telefoningni o'chira olmayapsanmi? Sen yaxshisi janozaga ergashmay qo'y, borib o'sha bozoringni qilaver. Beshinchidan. Taziya bo'lgan, musibat yetgan xonadonda ko'riladigan munkar ishlarni qaytarish. Ya'ni ayollarni dod voy solib yig'lashliklari, kiyimini yirtishi, yuzini shilishi, sochlarni yulib dod deb yig'lashligi, bu shariatimizda man qiladigan ish. Agar shunday narsani ko'rsa, shu xonadonni qarindoshlari uni to'xtatib qo'yishligi kerak bo'ladi. Mana shu ham ta'ziyaning odoblaridan bo'ladi. Qo'y endi, qo'y endi, dardi og'ir da. Chidolmayapti da. Yo'q, unaqa gap ketmaydi. Nima? Keladimi qaytib shunaqa deb dod deb yig'lab bersa. Agar unaqa bo'lsa, hamma yig'lardi qo'shilib unga. Shuning uchun tiyib qo'yish kerak erkak kishilar.

Bir janozaga guvoh bo'lganmiz, Domla gapiryapti, dod deb yig'layapti, chidab olmaydigan darajada. Domlani ma'ruzasi ham eshitilmayapti. Janoza o'qiyapmiz, yig'layapti. Bilmadim qancha o'pka kerak, qancha havo kerak bunaqa yig'lash uchun. Ko'tarib olib chiqib ketayotganimizda mashinaga osilib olib dod tegan. Erkak bormi bu xonadondadagin keladi?

Demak beshinchi odobi, shariatga xilof bo'lgan holatlar, munkarotlar bo'ladigan bo'lsa, kiyib qo'yishlik kerak. Chunki birodarlar, kim haq so'zni so'zlaydigan bo'lsa. Alloh Taolo uni sha'nini yuksaltiradi, azizligini ziyoda qiladi. Mana bitta hadis o'qib beraman, darsimizni nihoyasiga yetib qoldik. Ibn mojadan abu said al hududiy roziyallohu anhu rivoyat qilgan. Mana shunaqa munkarishni ko'rgan paytda qoy deb ketib qolishlikka tegishli hadis. Hammamizga tegishli. Qoy, menga nima deysiz u?

La yaqqirona ahadukum nafsahu. Rasululloh aytyaptilar, sizlardan biringiz o'zini xor, haqir qilib qo'ymasin. O'zini yerga urmasin. Qola ya rasululloh. Va kayfa yuhaq yuru axadunna nafsahu. Ya rasululloh, biz o'zimizni qanaqa qilib haqir, xor qilib qo'yyapmiz?

Qola nabiyin karim, yaro anna alayhi maqolun, summala yaqulu fiyhi. Aytishi kerak bo'lgan bir so'zni bilib turibdi, hozir aytishim kerak shuni deyapti, aytish kerak, biladi. Lekin aytmay qo'yaveradi. Nima deydi? Qoy deydi. Qoy, nima qilaman yomon ko'rib? O'lib ketmaydimi? Bu musulmonga yarashmaydi. Shunaqa dod deb yig'ilyaptimi? Borib to'xtatib qo'ying. Borib to'xtab qo'ying. Haqiqatan shu urug'ni erkaklar uchun uyat. Shuncha erkak kirib, janozaga kirib turgan paytda bitta dota og'zi bilan yig'lab turishligi, erkaklar uchun uyat bu. Chuqur erkaklar uchunga. Ishni noto'g'ri ekanligini ko'radi, sharoitga xilof, shariatga xilof ekanligini biladi, indamay qo'yaveradi. Uyaladi. Xijolatib yuboradi. Menga nima? Bilgani qilsin. Qo'y, kel meni yomon ko'rib qolmasin.

Shu bilan inson o'zini haqir xor qilgan bo'ladi. Munosabat egasiga aytish kerak, birodar dasturxon solmaysiz. Siz solmang, bunday qilishingiz to'g'ri emas. Endi kirib ketayotganiga kirmanglar, mumkin emas deb qo'yaverish kerak. Ayniqsa boquvchisidan ajralib, uyda erkakka ketib, tul xotin bolalari bilan qolayotgan bo'lsa, bu dasturxonga kirishlik xoron bo'ladi birodar.

Buni ko'p aytganmiz. Otasi o'tgan bo'lsa, bolalari sarmoyador, boy badavlat odam bo'lsa, bu boshqa masala. Ammo eri o'lib turgan ayol, besh kun, o'n kun o'tgandan keyin, zo'rg'a eplab ehson qilsa, kirish harom bo'ladi. Bu sag'irni yeyish haqqini yeyishlik bo'ladi. Endi chaqirdi da. Shuning uchun o'sha haligi mahallani aktivlari bo'ladi, to'rtta odam olib kiring deganda, baholaylik o'sha xonadonni. Qanaqa?

Shuning uchun. Sizlardan bittanglar o'zini xor haqir qilmasin dedi Rasululloh. Qanday qilib xor qiladi? Aytish kerak bo'lgan so'zni biladi, aytish kerakligini biladi, ammo qoy deb aytmay qo'yaveradi. Ma min rojoli ni yakunufi qavmin. Yo'q ma'lum fihim bilma osiy. Yoqdi. Deruna alang yug'ayru alayhi va ray yug'ayruna illa asobahum allohu minhu beqobil qobilar an yamoutun. Bir kishi bir qavmni orasida gunoh ma'siyatni qilyapti. Qavm ko'rib turibdi. Haligi bitta odamni. Va uni to'xtatib tiyib qo'yishlikka qodir. Ammo tiyib qo'shishmaydigan bo'lsa, mana shu kishilar o'lmaslaridan turib, albatta bir jazoga yo'liqishadi. Bitta odamga ham tilimiz o'tmaydigan bo'lsa, albatta bu qilingan ma'siyatni gunohi, jazosi siz bilan bizni ham bo'ynimizga kelib tushligida, shu bahayyo. Bugun birodarlar siz bilan kasalni ziyorat qilishlik odobi hamda ta'ziya bildirishlik odobi haqida suhbat qilgan bo'ldik. Aqul u qovli ha davoshto firullohil

Keyingi darsni tinglashIslomda farzand tarbiyasi