# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 354 of 510
- Section: —
- Duration: 52 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/354
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/GT0j5BUaJJE.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=GT0j5BUaJJE
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/353.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/355.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:05] Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hali payg'ambar bo'lib yuborilmaslaridan avval, muvohidlardan, ahli tavhidlardan edi. Zaydun na amrub nufayl hali rasululloh payg'ambar ro'lib yubormaslaridan avval ka'baga bir kun suyanib turar edi. Qurashlilar o'zlarini qaysidir baramlardan birini nishonlab, erkak yo ayol, yoshi katta, eng yaxshi, qimmat, chiroyli kiyimlarni kiyib, so'yishlik uchun atalgan, butlarga, so'yishlikka atalgan qo'ylarni haydab borar edi. Ularni ko'rib turib aytar edi, ey qurashlilar, bu qo'yni alloh yaratgan bo'lsa, osmondan suvni tushirib berayotgan alloh bo'lsa, ko'katlarni undirib berayotganda alloh bo'lmasa, tushkunroq narsaga allohga so'yish tonniga bu qo'ynni butlarga atab so'yasizlarmi?

[0:51] Hali rasululloh yuborilganlari yo'q, hali islomga da'vat qilingani yo'q. Bu qishda nimaga dalolat qiladi? Shuncha ne'matni alloh o'zi bergan bo'lsa yu, sizlar uni qo'yib boshqaga sig'inayotgan bo'lsanglar. Payg'ambarimiz aytganlar, kullu mavludin yuulodu ala fitrating. Har bitta chaqaloq fitratda dunyoga keladi. Pokiza fitratda dunyogaga keladi. Islomiy fitratda dunyoyga keladi. Rasul aytganlar, bas uni ota onasi yo yahudiy qiladi, yo nasroniy qiladi, yo majusiy qiladi.

[1:25] Odam bolasimi, millati, dini qanaqa bo'lishidan qat'iy nazar, odam bolasi dunyoga keldimi, islom tabiati bilan tug'iladi. Rostini aytyaptilar, yahudiy qiladi, nasroniy majusiy qilad ota onasi. Ammo Rasululloh musulmon qiladi demadilar. Nima uchun? O'zi shunday ham islom tabiatida tug'ilar edi. Chunki islom birodarlar insondagi bir pokiza fitrat. Pokiza fitrat bu islom. Mana shu fitrat har bitta insonga berilgan.

[1:56] Kishi ana shu fitratini o'zgartirmasa, haqqni izlasa, islomda bo'ladigan bo'lsa, albatta, nafsi xotirjam bo'ladi. Mana Zaydumna Amriddin Nufayl hali Qur'onni eshitmagan bo'lsa ham, Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamni hadislardan xabari bo'lmagan bo'lmasa ham, bu shirkiyatga rozi bo'lmayapti. Nima uchun? Chunki u kishida pokiza fitra, pokiza tabiat bor. Zaydumna amriddin nufayl ana shu johiliyat davrida islomgacha yetib kelmadi bu kishi. Bir marta ham butlarga sajda qilmagan kishi edi.

[2:31] Umar umidul xattob. U kishining otasi xattob, zaydumna amriiddin nufayliga amakivachcha ham deyiladi. Xattob zaydin namr nufayl bilan otasi boshqa aka uka edi ham deyiladi. Alloh azza va jalla qur'onda marhamat qiladi. Yuxri jul hayya minal mayyiti va yuxri jul mayyiti minal hay. Alloh, azza va jalla, alloh taolo o'likdan tirikni chiqaradi, tirikdan o'likni chiqaradi. Hatto mushrik edi. Lekin undan umar ismlik musulmon sahoba asharay mubashara chiqdi. Otasi yomon bo'lsa, albatta bolasi yomon degan gap yo'q birodarlar. Va aksincha, zo'r odamni bolasi ablah bo'lishi mumkin.

[3:16] U Alloh Taolo har narsaga qodir bo'lgan son. Shuncha ne'matni Alloh bergan bo'lsa yu, sizlar Allohga shukur keltirmasdan, butlarga qurbonlik qilasizlar. Xatto Zaydning bu so'zlarini eshitib, shapaloq bilan urib aytdiki, qachongacha chidaymiz bu bema'nigarchiliginga? Bo'ldi da endi, gapiraverasanmi? Haq bilan botir o'rtasidagi kurash birodarlar qiyomatgacha qoyim bo'ladi, doim bo'ladi. Har zamonda, har makonda bu narsa davom etib ketgan. Shuning uchun musulmon odam yaxshi bilishi kerakki, agar haqni ushlasa, kitobi sunnatga muvofiq kun kechiraman desa, albatta unga hasad qiladiganlar bo'ladi. Albatta uni aybini kavlab yuradiganlar bo'iladi. Tanqid qiladi, mayda xatolarini istab turib, bo'rttiradi, tijoratga aylantirib oladi. Musulmon odam mana shu narsaga tayyor bo'lishligi kerak. Zayd ibn Amrudni Nufayl. Said roziyallohu anhuning otasi.

[4:10] Zayd o'zini hamrohlari, Varoqiy ibn Navfal, Abdulloh ibn Jash va Usmon ibn Xoris. Bular bir joyda to'planib o'tirishdi da, o'zlarining qabilasi qo'rashni holida bahs qilishdi. Zayd aytdi, Vallohi bilasizlar, bizni qavmimiz biron bir haqiqatni ustida emas. Ularni tutgan yo'li xato. Ular Ibrohimni dinida xatoga yo'l qo'yib, unga qarshi yo'l tutdilar. Agar najotni xohlasanglar, o'zinglarga haq bo'lgan yo'lni topinglar. Bular haqni istashdi. Ular yahudiy va nasroniylarni, rohiblarni oldiga borishdi. Ahli kitob.

[4:51] Rohiblarini oldiga borib, Ibrohim alayhissalomning dini, shariat haqida ular bilishmoqchi bo'ldi. Va ladina jahadu fina la nahdiyannaxun subulana va innalloh alama al muhsini. Alloh Taolo aytadi bizning yo'limizda jihod qilgan, kurashgan zotlarni albatta o'z yo'llarimizga hidoyat qilurmiz. Aniqki, Alloh chiroyli amal qiluvchi zotlar bilan birgadir. Agar haqni istasangiz, ixlos bilan istayotgan bo'lsangiz, xolis izlasangiz, qo'lingizdan kelganicha harakatni qilsangiz, Allohga duo qilsangiz, Parvardigor, haqiqatni istayapman. Seni roziligingni, yuzingni istayman. Meni to'g'ri yo'lga hidoyat qilgin. O'zingga bo'lgan muhabbat va ixlos bilan meni rizqlantirgin. Seni yuzing uchun amal qilayotganlaring muhabbati bilan meni ruzlantirgin. Sening roziligingga olib boradigan amalni muhabbati bilam meni ruzlontirgin. O'zing ulardan rozi bo'layotgan, o'zing ularni yaxshi ko'rayotgan kishilarga meni yo'liqtirgin. Agar chin yurakdan so'ragan bo'lsangiz, ixlos bilan so'ragan bo'sangiz, mana shu duoni asari katta bo'ladi.

[6:03] Varakayimni navfal. Mana shu to'rtta odamni bittasi nasroniylikda qabul qildi. Bilasizlar, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga vahiy kelganida, Hadicha onamiz ayni mana shu Varaqa ibn Navfalni oldiga Rasululloh sollallohu alalayhi vasallam olib borgandi. Ana shu varaqa imna navfal zaydunna amr bilan haqni istadi, nasroniylikda ham qabul qildi da. Abdulloh ibn Jaxsh bilan Usmonimni Xolis esa biror narsaga erishisha olmadi.

[6:29] Mana shu haqiqatni istaganligi haqida Zaydunna Amirni o'zini hikoyasiga xulosa olamiz. Vzay deb nomer aytadi. Yahudiylik va Nasronlikni eshitdim. Ammo ularni qabul qilmadim. Sababi, qalbimga taskin beradigan narsani ularda topmagandim. Ibrohim millati haqida istab ko'p yurdim. Shomga kelganimda, menga kitobdan ilmi bor bir rohibning xabarini berishdi. Uni yoniga kelib, maqsadimni aytdim. U rohib aytdi ey birodar, Ibrohim diningni izlayapsanmi? Men ha dedim. U aytdi, sen izlayotgan dinning vujudi hozirda yo'q. Lekin haq seni shahringda bo'ladi. Albatta Alloh Taolo seni qavming orasidan Ibrohim alyayhissalomning dinini yangilaydigan bir kishini yuboradi. Agar uni topsang, unga yetsang, bas uni o'zingga lozim tut.

[7:22] Rasulullohni yuborilishiga haqida ahli kitoblarni qo'lida ma'lumot bor edi. Injilda, Tavrotda xabar bor edi. Mana Alloh Taolo Qur'onda Iso alyayhissalomni tilidan xabar beradi. Astayrubilla? Va mubashshirom bi rasuliy ya'ti minba ad ismuhu ahmad falamma jahun bil bayinati qolihada sehru mubin. Men, dedi Iso alyayhissalom, o'zimdan oldingi Tavrotni tasdiqlaguvchi va o'zimdan keyin keladigan Ahmad ismli bir payg'ambar haqida xushxabar beruvchi bo'lgan holda yuborildim. I sollallohu alayhi vasallam aytyapti, mendan keyin Ahmad ismli payg'ambar keladi. Buni yashirishdi bular. Yahudlar qabul qilishmadi, chunki yahudlardan chiqmadi da. Arablardan chiqib qoldi. Seni o'zingni shaharingdan Ibrohimni dinini yangilaydigan bir odamni Alloh yuboradi. Agar uni topsang, uni o'zingga lozim tut dedi.

[8:16] Hashaman urvadan Asmobind Abubakr aytadi, Taqiq Zaydunni Amirni Ka'bagga suyanib turganini ko'rdim, risolatdan avval. U aytar edi, ey Qurash jamoasi, oranglarda mendan boshqa biron kimsa Ibrohimning dinida emas. Ibrohim alayhissalomni dini, shariat'i yo'q bo'lib ketgan edi xabarlari. Shuning uchun qanaqa qilib ibodat qilishni bilmas edingiz, aytdim Na'mir. Aytardi Parvardigor, men Ibrohimni dinidaman. Lekin qanaqa qilib ibodat qilishni bilmayman derdi, yotib turaveradi, yotib turing derdi, tartibsiz palapartish, sajdani qilaveradi, ruknni qilaverardi. Qarang, hech kim da'vat qilmasa ham haqni o'zini pokiza tabiati bilan istayapti. Va mana shu kishini Payg'ambarimiz qiyomatda yolg'iz o'zi ummat bo'lib tiriladi deganlar. Bitta o'zi yolg'iz ummat bo'lib turiladi deganlar rasululloh sollallohu alayhi vasallam.

[9:10] Zaydunamir rasululloh sollollohu alayhi vassallam payg'ambar bo'lib yuborilishdan avval vafot etdi. Va vafoti yaqinlashar ekan, o'kindi. Afsus chekdi. Ana shu yuboriladigan naviga o'g'lini hamroh bo'lishligini so'rab duo qildi. Parvardigor, bu yaxshilikdan meni mahrum qilayotgan bo'lsang, o'g'limni mahrum qilmagin. Alloh duosini ijobat qildimi? Duosini ijoba qildi.

[9:40] Zaydiddin amriddin nufayl qurayishlilar ko'mish uchun olib ketayotgan qizchalarini olib qolar edi. Ey, qizingni ko'mma, menga ber. Va idal mav'uda tu su'ilat, bi i i dam bin, qutilat. Vaqtiki, ana shu kichkina qizchalar ko'milganda, qiyomatda so'raladi, qaysi ayb uchun ko'mildi o'ldirildi deb. Ko'mgan olib ketayotkanlarda olib qolar eddi. Menga ber qizingni, ko'mma. Men qalmog'imga olaman, olib qolar edilar. Boqib ulug' yeganda, balog'atga yetganda, haligi odamni topib borardi da, qizing balog'atga etdi, xohlasang qaytarib ol, xohlasang menda qolaversin derdi.

[10:16] Qarang, Zaydumna Amriddin Nufayl o'zi yuborilgan, ya'ni va'da qilingan payg'ambarga yeta olmasligini bilganidan keyin o'g'lini haqqiga duo qildi. Birodarlar, farzandlarni haqqida duoda bo'laylik. Sen odam bo'lmaysan sen. Qara mana falonchini bolasini. Ha sen nimaga bu bo'lmaydi? Chunki bu seni bolang, o'shaning uchun odam bo'lmaydi. Falonchi falonchini bolasi, o'shaning ukam odam bo'ladi. Chunki otasi ishonib haqqiga duo qilgan. A? Yo'lagan bolasini, tramplin bo'lib turib bergan yelkasini qo'y, bosib chiqqin bolam tepaga deb. Ha, sen odam bo'lmaysan deydi.

[10:51] Bu o'ta muhim narsa, birodarlar, mo'minni niyati va duosi. Masalan, siz ilmingiz yo'q. Diniy bilimlardan xabaringiz yo'q. Ammo duo qilsangiz, farzandimga shu ilmni bering deb. Qo'lingizdan kelgan sharoit yaratib berib, yo'lasangiz, ilm yo'lini yo'llab qo'ysangiz, doim duo qilib tursangiz, farzandingiz olimlardan bo'lib yetishsa, qilgan har bitta savobli amalidan sizga ulush bor. Bolangiz yetgan cho'qqi, sizni yetgan cho'qqingiz o'ladi. Siz yeta olmadingizmi shu cho'qqiga? Yo'ling, bolangiz chiqsin. Bolangiz yetgan bo'lsa, demak siz yetgan bo'lasiz. Shuning uchun birodarlar o'ldi, o'shdi, bo'lishni xohlamasak, bolalarimizni tarbiyalaylik. Otalar bor. Bolasi bilan ishi yo'q.

[11:38] Yigitlar, akalar, ukalar, farzand tarbiya qilishdan ko'ra muhimrog'i shu hayotimizda, musulmon sifatida. Qonni Alloh boqadi. Qorni Alloh boqadi uni. Siz o'lib kelsangiz ham rizqini yeydi u. Siz o'lib kelsak ham Alloh yozgan kuni uyli joyli bo'ladi. Sizni bitta bitta muhim ishingiz bola tarbiyasi edi. Shuni zo'r qilib qoyillatyapsizmi?

[12:01] Otalar bor, tashlab qolgan o'zini holiga bolalarini. Biror bir musibatga kirib, boshi bir muammoga kirib qolgan paytda orqasidan odamlar istab kelishni boshlaganda nima qilib yurding o'zi, qayerda yurding deydi. Telefon olibdi falon pulni, qaysi pulga olding, so'ramaydi. Ha bo'pti olgan bo'lsang ham bo'pti o'lib kelsin. O'g'irladimi, qarzga oldimi, kim bilan muloqot qilyapti, qayerda yuribdi kechki paytda, ishi yo'q. Yana otalar bor. Yana shunaqa otalar ham bor, o'zini umrini farzandlarini tarbiyasi o'rniga tikib qo'ygan. Dunyodagi bitta muhim ishi mana shu deb turib, birinchi o'ringa farzandlarini tikib qo'yg'an tarbiyasini. Pulini sarflaydi, tinmasdan kuzatib turadi, endi falonchini bolasi bo'ladi da u.

[12:42] Sizni bolangiz ham chi, xuddi o'sha falonchini bolasidaqa. Aqli hushi joyida, faqat nima yo'q. Zaydiddin amir duo qilyapti, parvardigor. Bu payg'ambarga men yetolmas ekanman, lekin bolamni mahrum qilmagin bu yaxshilikdan. Duo qilaylik ko'proq va sababini qilaylik orqasidan. Rasululloh zaydiddin amrni jannat ahlidan ekanligini xabarini berganlar. Qiyomat kunida bir o'zi ummat bo'lib tiriladi.

[13:13] Alloh taolo zayd ibn amrni duosini ijobat qildi. O'g'li said ibn zaydga rasulullohga sohiba bo'lishlik baxtini berdi. Birinchilardan bo'lib imonga keldi. Sabiqun al avvalun. Hali rasululloh dorul arqamga kirmasidan avval, abu bakrni da'vati tufayli birinchilardan iymonga kelganlardan bo'ldi. As sabiqun al avalun. U bilan birga ayoli fotima bint xattob ham imonga keldik. Qarang.

[13:41] Fotima bint xattob. Umariddin xattobni singlisiga saidimni zayd uylandi. Saidimni zaydni opasiga umariddin xattiob uylandi. Tushunarlimi? Umarni singlisiga said uylangan, saidni opasiga umarni xattiob. Bular Adiy urug'idan. Bu qorachniy yigit avvalgi musulmonlikka yetgan aziyatlarni hammasini topdi. Uni to'liq ismi said ibni zayd ibni amr ibni nufail, al adaviy, al qurashiy, adiy urug'idan.

[14:12] Islomni ramzlaridan bo'lgan, adolatni ramzi bo'lgan. Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning islomiga mana shu Said ibni Zayd roziyallohu anhu sabab bo'lgan edi. Said ibn Zayd va uni ayoli Fotima bint Xattob, iymonnga kelganlarini eshitib, Umar ibn Xattob kuyovi bilan singlisini o'ldirishligi uchun uyga boradi. Bu qiz ham mashhur, eshitganmiz. Va mana shu kuyov bolasi tufayli islomga kiradi. Amloqul islam, islomni eng buyuk ramzlaridan bo'lgan, o'mar odil ibn ul Xattobni islomiga Said ibn Zayd sabab bo'lgan. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam duo qilgandilar. Allohu ma'izzal islami habbi hadayni rojulain. Parvardigor, mana bu ikki kishidan qaysi biri senga mag'bibroq bo'lsa, shuni islomga kirgizib, islominga quvvat ber. Umar ibn al xattob yo amr ibn hasham. Abu jahl. Alloh taologa umar ibn al hattob mag'bibro'g'i bo'ldi. Rasulullohni duosi umar ibn al khattobni ustida haq bo'ldi. U kishini islomiga qaytarib aytamiz, said ibn zayd ibn amr ibn nufayl sabab bo'ldi.

[15:19] Mana umariddin xattob roziyallohu anhu o'zi xalifa bo'lib, shahid qilinganidan keyin vafot qilishdan avval ahli sho'roni belgilab qo'ygan, olti kishini. Ana shu olti kishi asharayi mubashsharalar. Lekin saidovni, zaydovni, amru'bni, nufaylni o'zini kuyov bolasini mana shu ahli sho'roga qo'shmadi. Nima uchun? Birinchilardan bo'lib islomga kirgan edi. Xizmatni qilgan edi islomga.

[15:43] Nima uchuna qo'shmadi? Chunki kuyov bolasida o'zini urug'i edi da. O'zini urug'dan bo'lganligi uchun xolis bo'lsin ish deb, o'zini kuyov bolasi Said ibn Zayidni Ahli Shu'oroga qo'shmadi. Bo'lmasam, Ahli Shu'oro bo'lishlikka loyiq odam edi. Said ibn Zayod roziyallohu anhun. Mana xolis ish qilish shunaqa bo'ladi. Xolis ish qilib shunaqa bo'lladi.

[16:09] Sahoba Said ibn Zayd roziyallohu anhuning tarjimai holi. Saidimiz Saididdin Zayd iymonga kelganida yoshi yigirma atrofida edi. Shuning uchun birodarlar, qancha ertaroq Allohni tanisak, qancha ertaroq ibodatga yiqilsak, qancha ertaroq Allohni meni hajiga hayotimizni qursak, qancha e'taroq Alloh rozi bo'ladigan ishni tanlasak, hayotimiz shuncha yaxshi bo'ladi.

[16:35] Saidun nizzaid roziyallohu anhu Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning barcha mashqatlarida birga bo'ldi. Uhud, Xanda, Hunayn, Tabuk, Mo'ta g'azotlarida. Ammo Badrda birga bo'lmadi. Sababi Rasululloh Badrga chiqib ketishligidan avval Saidun nizzaidga bir ishni buyurgan bo'ladilar. Bu sahoba chiqib ketgan edi. Qaytib kelganda Badr g'azoti nihoyasiga yetgan edi. Rasulullohni oldiga kelgan edi, Rasululloh u kishiga Badrda tushgan o'ljalardan berdilar. Demak, kim u kishi? Badrda qatnashganlar qatorida bo'ldi.

[17:05] Said umni zayd roziyallohu anhu musulmonlarni askarlari qatorida Kisroq va Qaysar saltanatlarini mag'lub qilishda ham ishtirok etdi. Madina ahli uzoq vaqt gapirib yurgan bir voqea. U kishini hayotida bir voqea bo'ldi. Bunaqa voqea hayotda tez tez bo'lib turadi. Tuhmat qilish birovga. Bo'xton qilish. Banu Umayya urug'ining xalifalik davrida bir ayol, Said ibn Zayd roziyallohu anhu uni yerini tortib o'zini kiyib olganligi haqida gap tarqatdi. Asharayi mubashshira bo'lgan, Rasulullohni sahobasi bo'lgan, rohsululloh undan rozi bo'lgan sahoba bir ayolni yelini tortib olganmish, o'zini kiya olganmish.

[17:49] Bu ayol gapni tarqatib yurdi, yurdi, o'zini ishini oxiri vali Marvonini hakamga arz qildi. Voli ishni aniqlashlik uchun bu ulug' sohibani oldiga odam yubordi. Birodni yerini tortib oldingizmi deb haligi odamlar keldi. Bu gap Said roziyallohu anhuga og'ir keldi. Ba'zida shunaqa bo'ladi birodarlar. Musulmon kishi dinida sobit, taqvoga intilgan, ammo xusumatchisi bor, tuhmat qiladi. Har xil gap tarqatib yuradi. Bu uni bilmaydi. Aslida bu asosiy yo'q bo'lgan bo'xton gap. Shunaqa gaplarda tarqatib yursa odam eshitgan paytda, odamlar aytadi, ha bu o'sha taqvodor edi yu bu. Mana shunaqa qilibdimi? Biz o'zimiz ham tushunadik. Biz qaranglarda. Shunaqa biz tekshirmaymiz. Alloh Taolo Qur'onda nido qilgan, mo'minlarga. Astaydu billah, ya ayyuha alladina aminu inja'a kun fasi kun binaba in fataba inu. E, iymon keltirganlar, bu faqat mo'minlarga xitob. Boshqalarga emas. E, iymon kelganlar, bir fosi xabar olib kelsa, fotobayanu, aniqlaylar, so'rab surishtiringlar. Bilmasdan bir qavmga ozor yetkazib qo'ymanglar, tekshirmasdan o'sha gapni.

[19:07] Bunaqa gap tashlaydigan odamni bozori doimgirda hammamiz ikki qulog'imizni madinga eshitib turamiz. Shat sindirib qo'ying da bir marta, to'xta. Hozir men telefon qilib so'rayman shuni. Deng da gapirmaydi shu gapni. Unaqa emas bizda. Ha, keyin nima bo'libdi? Deymiz biz. Mana, Rasululloh rozi bo'lgan, Alloh rozi bo'gan, Asharayi Mubashshara bo'gan Said ibn Zayd haqida, meni yerimni zulmat tortib oldi desa, odamlar shuni eshitib yuribdi. Bu sahobaga bu so'z oxiri keldi. Shuning uchun birodarlar, falonchi sizni manaqa debdi deganda, shart telefon qiling.

[19:46] Nimaga unaqa debdi ekan? Bir sababi bormi ekan? U ham tekshirmasdan bir gapni eshitib turiblar, saqizi manaqada bordimikin? Yo'q, Alloh Taolo buyuryapti, bu bizni ixtiyorimizdagi ish emas, birodarlar, xabar kelganda so'rab surishtirishlik. Bu so'z, bu sahobaga og'ir keldi. Jannatiy bo'lgan, jannatga bashorat qilingan sahoba birodar yerini tortib oladimi? Kim bir musulmon birodar haqidagi gumonni yomon qilgan bo'lsa, birodar, Alloh haqida gumonni yomon qupti bu odam. Shuning uchun bu sahobaga og'ir botdi da, so'ngra dediki, shu ayolga zulm qilib, yerini tortib oladi deb o'yladinglarmi meni dedi. Axir men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning man zolim ash shibra minal ar'd degan hadisni eshitgan bo'lsam. Ya'ni, kim bir qarich yerni zulman burodan tortib oladigan bo'lsa, qiyomat kunigacha, falon, falon, faloni oqibatga qoladi degan hadisni yeshitgan bo'lsamm, qanday qilib uni yerini tortib olaman dedi. Bu kishiga tuhmat qilindi, bu kishiga zulm qilindi, duo qildi. Parvardigor, bu ayol meni unga zulm qildi demoqda. Agar u yolg'onchi bo'lsa, bas uning ko'zini ko'r qilib qo'y. So'ngra uni men bilan talashayotgan o'zining quduqiga tashlab yuborgin. Meni unga zulm qumaganimni musulmonlarga bildiradigan bir nurni mening haqimda zavq qilgin dedi.

[21:04] Alloh taolo duosini ijobat qildi. Mazlumni duosidan qo'rqaylik birodarlar. Sizni qo'lingizda bir mansab bordir, quvvat bordir, pul bordir, lekin uni tomonida Alloh bor. Tushunyapsizmi? Qo'lingizdagi hamma narsa maxluq. Sizni qo'lingizdagidek hamma narsa zoil bo'lib ketadigan narsa. Ammo mazlumni tomonida Alloh bor. Seni Allohga qo'ydim dedimi, ish pishdi.

[21:30] Ish pishdi! Bugunmi, ertami, bir yilmi, aniq xor bo'ladi bu odam. Yo'li haqqini qaytarib bering. Yo'li borib kechirim so'rab qo'ying. Uzr, seni g'iybat qilgan edim, seni haqingdan ozgina gapirgan, bitta o'zi hal qila oladi bu narsani. Hech kim o'rtaga tusha olmaydi birodarlar. Said roziyallohu anhu aytadi, ozgina vaqt o'tdi, aqiqdan sel keldi. Madinani vodiqlaridan bittasi. Sel o'zini yo'lidagi narsalarni yuvib madinaga kirdi. Yomg'irning suvi, anavi ayol sad bilan talashayotgan yerni chegarasini yuvib ochib qo'ydi.

[22:04] Alloh taolo bir nurni paydo qildi said roziyallohni so'raganidek. Zulm qilmagan ekan. Qarang, nima bo'ldi? Nima bo'ldi? Haligi ayol hech qancha vaqt o'tmasdan ko'r bo'lib qoldi. Yerni paypaslab yurib, o'zini yeridagi bir quduqqa tushib ketdi, cho'kdi, o'ldi. Odamlar bir biriga aravani ko'zini ko'r qilgandek, Alloh seni ko'zingni ko'r qilsin der edi. Bu ayolni ismi Arva edi. Zulm qildi, tuhmat qildi, sahobani duosi ijobat bo'ldi. Soliq inson, musliq inson, odamlarga foydasi tegayotgan inson, bunday kishiga yomonlik qilishdan, bunday kishga tuhmat qilishdan, dilini ortib qo'yish niyatida o'ylaylik.

[22:48] Ittaqu da'vat al mazlum, fa innahlaysa baynah va bayna Alloh hajab. Mazlumni duosidan qo'rqinglar, chunki uni duosi bilan Allohni o'rtasida to'sqinlikning hech qanday hijobi yo'q. Said ibn Zayd roziyallohu anhuning farzandlari. Bu haqida alohida to'xtalishimiz kerak. O'ttizta bolasi bo'lgan ekan. O'n ikkita o'g'il, o'n sakkizta qiz.

[23:13] A bu nevara chevroletlarimiz bilan o'ttiz taga yetdik deb qo'yadi. Muborak yana ham ko'paysin. Alloh taolo uch yuz taga yetkazsin sizga. Lekin bu kishini bitta o'zini farzandi nechta bo'lgan e kan? O'ttizta. Atlarini qarang. O'g'illari. Katta Abdulloh, kichik Abdulloh. Katta Abdurahmon, kichik Abdurahmon. Katta Ibrohim, kichik Ibrohim. Katta Amr, kichik Amr. Talha, Muhammad, Xolid va Zayd. O'n ikki o'g'il.

[23:38] Qizlari. Katta umma Hasan, kichik umma Hasan. Katta umma Habiba, kichik ummi Habiba. Katta umma Zayd, kichik ummi Zayd. Oisha, Otiika, Havsa, Zaynab, Ummu Salama, Ummu Musa, Ummu Said, Ummu Nu'mon, Ummu Solih, Ummu Xolid, Ummu Abd va Dajda. O'n sakkizta qiz. O'n ikki o'g'il, o'n sakkiz qiz.

[24:04] Imom rahmatdan keltiriladi. Said ibn Zayd roziyallohu anhu kunlarda birida Rasulullohga aytgan edi. Yo Rasululloh, albatta meni otam o'zingiz ko'rganingiz va bilganingizdek, agar sizga yetganida, albatta iymon keltirgan va sizga ergashgan bo'lar edi. Bas uni haqqiga istig'for ayting, dedi. Bas, Rasululloh ha dedilar va uni haqqiga istig'for aytdilar. Haqni istovchi naq mushriklarni ichida turgan bo'lsa, yomonlik taolo haqqi uni qalbini bir hidoyat qildi. Payg'ambarda da'vatni eshitmasa ham, bitta o'z ummat bo'lib tirilar ekan. Muhammad sollallohu alayhi vasallam uni haqqiga istig'for aytdi. Said ibn Zayd roziyallohu anhu jannatga bashorat qilingan o'nta sahobani bittasi. Abdurahmon ibn Avh roziyallohu anhu bu hadis. Qori: Rasulullohi sollallohu alayhi vasallam Abu Bakrin filjanna va Umar filjanna va Usmon filjanna va Aliyun filjanna va tolxatufiljanna va Zubeyru filjanna va Abdurahmon ibn Avv filjanna va Sa'dun filjanna va Saidun filjanna va Abu Ubayda ibn Jarroh filjanna. Ana shu o'nta sahoba aytilganda, Said ibn Zaydibni, Amr ibn Nufayl ham jannatinglar ekanligini Rasululloh xabarni berganlar. Mana shu o'nta kishini jannatga kirishiga aniq ishonamiz.

[25:21] Mana shu o'ta kishi aniq jannatga kiradi. Qolganlarni jannatga kirishingni umid qilamiz. Chunki bu o'n kishi o'zidagi bor narsani sarf qilishdi. Rasulullohga bo'lgan qalbidagi muhabbati chin bo'ldi. Yaxshilik eshiklari birodarlar hali ham ochiq. Siz sahoba bo'lolmadingiz. Biz sahoba bo'lolmadik. Lekin har bittamiz o'zimizni zamonimizga bir qahramonga aylanishimiz mumkin. Mol topsin, katta miqdorda mol topsin. Allohni yo'lini inqilob qilishlik maqsadida topsin.

[25:50] Ilm o'rgansin, xaloyiqqa ta'lim bersin. Shariat, hukmlarni o'rgansun, mahkam tushsin. Boshqalarga o'zini amali bilan, huquqi bilan ibrat bo'lsin. Mana shu odam ham o'zini zamonasini qahramoni bo'laveradi. Sullatu minal avvalin va qolilu minal ahiring. U peshqadamlar avvalgi ummatlardan ko'pchilik, keyingilardan esa Muhammad ali salomatidan esa ozchilik dedi.

[26:12] Sayyid ibni Zayd ibni Amr ibni Nufayl. U kishining vafoti. Sayyid ibno Zayd roziyallohu anhu hijriy ellikinchi yilda Aqiqda vafot etdi. Uni Madinaga olib kelishdi. Bu vaqtda u kishini yoshi yetmish dan o'tgan edi. Darsni xulosasi. Sayyid ibno Zayd. Va uni otasi Zaydiddinni Amriddinni Nufayl. Ularning qissasi mana shu. Qisqagina xabarlari ko'p emas, lekin bu qisqaginaxabarlari ibrat va istimbodlarga to'la.

[26:43] Said roziyallohu anhuni otasi duo qildi. Parvardigor, menga nasib qilmading shu yaxshilikni, o'g'limni mahrum qilmagin dedi. Qattiqroq e'tibor qilaylik farzandlarimizni tarbiyasiga. To'g'ri ilmni o'rgataylik, sururiyatini kuzataylik, o'zini holiga tashlab qo'ymaylik. Allohni toatida bo'lishiga ko'mak beraylik. Shunda u yetgan cho'qqilar sizni o'zingiz yetgan cho'qqingiz hisoblanadi. Abdullohu alayhi vasallamning sahobalari haqidagi darsimizni bugun navbatdagisi. Bugun Abu Ubayda Amir bin Jarroh roziyallohu anhu haqida bo'ladi. Ummatning eng ishonchli hissi. Aminu hadihil umman. Bu sahobaning ismi Amir bin Abdulloh ibn Jarroh al Qurashi al Fihriy. Lahabi kuniyasi, kuniyasi Abu Ubaydu. Bobosiga nisbatan kuniyasi bilan mashhur bo'lgan. Onasi Umayma bintun ona. Hijratdan qirq yil avval dunyoga kelgan. Ya'ni Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamga vahiy kelganida, u kishining yoshi yigirma yetti da edi.

[27:46] U kishi avval Havaskonga, keyin Madinaga ko'chganlardan. Islomga birinchilardan bo'lib kirgan va avvalgi musulmoniga yetgan hamma mashaqqatlarni boshidan o'tkazgan kishi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning barcha mashaqqatlariga guvoh bo'lgan, islom tarixidagi shijoatli, o'ta jasur jangchi, buyuk sarkarda, odil, hayoli inson sifatida tanilgan. Bu soha haqida Payg'ambarlarimiz aytganlar, inna li kunli ummati in aminum va aminu hadihil ummati abu ubaydududu jannruh. Har bir ummatning ishonchli kishisi bo'ladi. Bu ummatning ishonchlik chisi abu ubaydu ibn jannruh dedilar. Mana shu ta'rif, mana shu maqtov bu kishi uchun kifoy qiladi. Ummatning ishonchnik chisi.

[28:34] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sahobalari juda ko'p mashaqqatlarni boshlaridan kechirishgan. Taom liboslari dag'aladi, turmushi, sharoiti qiyin edi. Ochlik, qo'rquv, dushman xavfi davomida ustida turgan. Ammo shunday bo'lsa ham ular dunyodagi eng baxtli odam deb his qilgan o'zlarini. Nimasi bilan? Hozirgi kunda bir odamni to'rt tomoni qibla bo'lsa, to'kin sochin hamma yog'i bir mo'li ko'l bo'lsa, shu odamni baxtli deb his qiladi. His qiladi deb o'ylaymiz. Bu sahobalar o'zini nimasi bilan saodatli his qilgan? Ollohni aziz bandasi ekanligi bilan, his qilish bilan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yordamchi ekanini fikr qilishligi bilan o'zlarini saodatli his qilgan. Ollohga qul ekanligini o'ylab turib o'zini baxtli his qilganman. Mana endi bizni zamonimizda hamma tomoni bir mukammal bo'lgan dunyoviy, moddiy tomoni mukammal bo'gan bir odamni tasavvur qiling.

[29:30] Mashinasi eng yaxshi mashina, uyi eng chiroyli uy, isitish, sotish, avtomaticheskiy, hamma afzal narsalar bor. Bunaqa odamlarni hayoti, siz bilan bizni zamonimizda ishlaydigan odamlarnihayoti, fidoiylikdan holi, qahramonlikdan holi, tazyiqiyadan holi, alloh uchun yaxshi ko'rishdan holi, da'vatni ko'tarishidan holi, solih amallardan holi.

[29:56] Bunaqa odam nimaga yashay ekanini ham bilmaydi o'zi. Bu soha baloni hayotini qaranglar da. O'zi uchun yashamagan, din uchun yashagan Alloh ularni aziz qildi. Din bularni aziz qildi . Mana shunday bir hisslardan, shu'rlardan, muqaddas mas'uliyatdan holi bo'lgan insonni umri. Bunaqa odam odamlar orasida o'zini kerak emas his qiladi, past noxis his qiladi. Garchi moddiy hayoti nima bo'lsa ham, zo'r bo'lsa ham. O'g'ri tuni Zubayrdan rivoyat qilinadi. Umariddin Xattob roziyallohu anhuhu xalifa bo'lib turganida shomga keldi. Juda ko'p odam xalifani kutib oldi. Shunda xalifa so'radi, meni og'aynim qani? Kim u deb so'rashuvdi, Abu Ubayda deb javob berdi. Hozir keladi deyishdi. Shu paytda Abu Ubayda roziyallohuhu anhuhu mana shu shom ustida amir bo'lib turgan kishi kanop yuvganlik tuyani minib keldi. Tuyasini yuvgani kanopdan bo'lgan. Xalifa bilan quchoqlashib ko'rishdi. Keyin xalifa uni uyiga kirdi. Xalifa Abu Ubaydullani uyiga kirdi. Uyida suv quyilgan qozon turibdi. Eskib ketgan bitta postda turibdi. Bir burda non, devorga ilib qo'yilgan qilich. Boshqa hech narsa yo'q.

[31:10] O'zi Umarunni xattobi zohid odam bo'lgan dunyoda. O'zi zohid bo'lib turib, bundan hayratlanib so'radiki, boshqa sheriklaringizga o'xshab u bu narsa qilmadingizmi uyingizga? Abu Bayda aytyapti, Amirul mo'miniy yotib turgani shu narsa ham yetadi. O'zi shu ham ko'p dunyo uchun dedi. Umar aka hatto paytda sizdan boshqa hammamizni dunyo o'ziga turib yubordi Abu Bayda. Mana shuning uchun ham Hazrati Umar roziyallohu anhu Abu Bayda roziyalloh anhuni juda yaxshi ko'rar edi, hurmat qilar edi. Hamma rahbarlar ham, ish boshlari ham mana shu Abu Ubaydiyadek bo'lishligini orzu qiladi. Qarang.

[31:51] Qo'lingizda dunyoda hamma hashamatda, hamma zebi ziynati bo'lsin, qasrlar, sayyoralar, nafsiga yoqadigan hamma narsa. Bu narsa sizni baxtli qilmaydi. Bu narsa sizniki baxtli qilmadi. Agar Allohni tanimaydigan bo'lsangiz. Mana ko'p aytamiz, ana shu Yevropani olsangiz, xususan, o'sha Skandinaviya o'lkalarni oladigan bo'lsangiz, Yevropa o'zi boy mamlakatlar majmuasi. Endi ularchida Skandinaviya, o'sha Finlandiya, Shvetsiya, Norvegiyasi xossadan ulardan ham boy. Shu yurtda yashayotganlarni o'zini o'zi qatl qilishiga birinchi o'rinda turar ekan, suiqasd bo'yicha. Nimaga desa, zerikkan, hamma yog'i yetarli. Oyligi zo'r, xolodilnigi toldir, ko'chalari tekkis, supermarketlarni ovozli ochilari kirsangiz, lekin baxtli emas shular. Nima uchun? Biz intilayotgan narsalarda shular, ular yetgan shu narsaga. Ammo Alloh Taolodan uzilib qolgan. Oxirat g'amidan uzilib qolkan. Iymonsiz, dinsiz. Shuning uchun o'zini o'zi oson o'ldiryapti. To'ygan hayotdan zerikkan.

[32:51] Abu Badr roziyallohu anhuni hayotini qarang. Islomga birinchilardan bo'lib keldi. Hamma mashaqqatlarni ko'tardi. Yurtidan chiqib ketishlikka majbur bo'ldi. Avval qabristonga, keyin Madinaga. Rasulullohni hamma g'azolatlarida u zot bilan birga bo'ldi. Uhud kunida Rasulullohiga sanchilib qolgan temir parchalarini shishi bilan sug'urib chiqardi. Tishlari sinib ketdi.

[33:13] Mana shunday mehnat mashaqqatni ko'rgan odam yana shomga vabo kasali kelganida, ana shu vabotufel o'lib ketdi. Ummatning eng ishonchli kishisi. Qani birodarlar, qanaqa odam bor bular? Boyagi savolda, qani endi ular hozir? Qani? Shuning uchun alloh taolo bir bandasiga rahmat nazari baland qaraydigan bo'lsa, bu insonni qalbiga siz bilan biz ta'riflay olmaydigan bir baxtni, saodatni joylab qo'yadi. Sohibi odam bizga o'xshagan odam bo'lganmikin? Agar ular bashar bo'lsa, demak biz basharmiz ekanmiz hozirgidek sheykanlar. Agar biz bashar bo'lsak, ular bashardan ko'ra balandroq martabadagi insonlar bo'lgan edi ekan. Oxirat hovlisining podshohlari. Ularda qalbidagi muhabbat qanaqa muhabbat edi? Ularni qalbini egallagan shavq, qanaqa shavq edi? Ular buyuk inson edilar, birodarlar. Ular qaysi jome'ni bitirgan ekan a? Qo'lida nechta diplomi bor ekan? Nechta kitob o'qishgan ekan?

[34:12] Ammo inson Alloh Taologa qalbi bilan haqiqiy ma'noda bog'lanadigan bo'lsa, Alloh Taolo bu insonni saodatli inson qiladi. Garchi dunyoviy hayoti zo'r bo'lmasa ham. Abu Bayduh Amiriddin Jarroh roziyallohu anhur. U kishi Asharayi Mubashsharining biri. Tirikligida Jannatiy ekanligini o'zini, Rasulullohning tilidan eshitgan kishilar. Rasululloh aytadilar, Abu Bakr fil Jannat. Va Umar filjanna, va Ali yun filjanna, va Usman filjanna, va Talxa filjanna, va Zubey filjanna, va Abdurahmon ibn Avf filjanna, va Sa'd ibn Abu Yoqqos filjanna, va Said ibn Zayd ibn Amr ibn Nufayl filjanna, va Obu Ubaydu ibn Jarroh filjanna. Tarjimani keragi yo'q. O'nta bular. Ne saodat mana shu o'ntalikka kirib qolishlik.

[35:09] Abdulloh ibn Umar shunday deydi. Qurash qabilasida uchta odam bor. Ular insonlarning eng ochiq chehralisi, go'zal axloqlisi va xayolisi derlar. Agar sizga gapirishsa, bir og'iz ham yolg'on gapirishmaydi. Agar siz ularga gapirsangiz, sizni yolg'onchiga chiqarmaydi. Bular abu bakr siddiq, usmonunafon, abu ubaydu roziyallohu muhammad shumariy.

[35:36] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar, mana amala nasa falon yodlim hum, va haddata hum falon yakdim hum, va va'da hum falon mehli fhum, va hvo minman kamolat muru atuhu, va zohirat adolatuhu, va vojibat uhuvatu hu, va hurimat g'oybatuhu, yoki g'iybatuhu. Kim odamlar, odamlar bilan muomalada bo'lsa, ularga zulm qilmasa, ularni aldamasa, va'da berib xilof qilmasa, biz bu kishi muruvvati komil, adolati zohir kishilardandir. Unday inson bilan birodar bo'lishlik vojib, unday insonni g'iybat qilishlik harom bo'ladi dedilar. Abu Ubayda roziyallohu anhu. Bu kishini islomiga Abu Bakr Siddiq sabab bo'lgan edi. Abu Bakr iymon keltirganini ikkinchi kuni bo'lib, Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Abdurahmon ibn Avfni, Usmon ibn Maz'unni, va Arqamni Nabir Arqamni hamda Abu Ubayda Amru' bil Jarrohni yetalab Rasulullohni oldiga olib bordi. Ular Rasulullohni olidida shahodat kalimasini aytib musulmon bo'lishdi. Abu Bakrni iymon keltirganiga bir kun o'tib, ikkala hijratda ham ishtirok etdi, ishtirok etgan. Rasulullohni hamma g'azolotlarida birga ishtirok etgandi.

[36:51] Qarang. Agar Abu Bakrning iymoni bitta pallaga qo'yilsa, qolgan ummat iymoni ikkinchi pallaga qo'yg'onsa, larojihat iymanu Abibakr ibn. Abu Bakrning iymoni o'g'ri keladi. Nima uchun desa, mana shu bir ulug' insonlarda islomiga sabab bo'lgan edi. Bizni ham kimdir masjidga ertalab keldi. Biz ham harom xarishda tashlashimizga kimdir sabab bo'ldi. Namozga kirib qolishimizga kimidir aytgan so'zni qilgan ishi sabab bo'lda. Endi birodarlar biz ham, boshqalarni islomiga sabab bo'ladigan vaqtimiz kelmadimi? Yo tolka bizni yetalab yurishadimi? Yo faqat yetalatma bo'lishimiz kerakmi? Siz ham birorta odamni islomiga, iymoniga sabab bo'lganmisiz? Haromdan chiqishiga, ibodatga kirib qolishingizga. Payg'ambarimiz aytganlar ku, yo ali, li an yaxdiy allohu bikaro jul an vohidan xoyrunlaka min humrun na'm. Ey, ali, siz tufayli Alloh bitta odamni hidoyat qilib qo'yishligi qizil tuyalardan ko'ra sizga yaxshiroq yoki quyoshni nuri tushgan narsalardan hammasidan ko'ra sizga yakshiroq deganda. So'raylik da o'zimizdan. Bironta ulfatimizni shu jaholatdan nurga olib chiqqanmizmi? Ana shu gunoh ma'siyat botqog'idan iymon bog'iga yetalaganmizmi? Birontasimi? Agar ha bo'lsa, demak, bekorga yashamabmiz dunyoda. Imom Buxoriydan keltiriladi.

[38:08] Xuzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir kuni Najronlik kishilar, Najronlik arablar, nasroniy arablar. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam oldiga kelib deyishdi ey Abulqosim, o'rtamizdagi mol mulkni taqsimlay olmasdan, bir birimiz bilan qirq pishak bo'lib ketyapmiz. Sizlar musulmonlar, to'g'ri so'zsizlar, omonatdorsizlar. Shuning uchun bir ishongan odamingizni bizga qo'shib bersangiz, u mollarimizni adolat bilan taqsimlab bersa.

[38:37] G'ayridinlar, g'ayridinilar, nasroniylar kelib, musulmonlardan bir adolatli kishini so'rayapti. Ya'ni ishonadi musulmonga yolg'on gapirmasligiga. Ishonadi musulonga adolatliyiga. Iffatliligiga, rozgo'yligiga hatto uni dushmani ham ishonyapti. Payg'ambarimiz aytganlar, al muslimu man salim al muslimuni millisanai va adagi. Kim haqiqiy musulmon? U shunday bir kishiki, musulmonlar uni qo'lidan ham, tilidan ham ozor ko'rmaydi.

[39:08] Va l mominu man aminan naso aladimayhin va muallimuhu alayhim. Mo'min kim? Mo'min shunday odamki, odamlar undan o'zlarini mollaridan ham, qonlaridan ham xotirjam bo'lishadi. E'tibor bering da. Odamlarga sen ozor bermaysan emas, odamlar seni yomonlik qilishing mumkinligini xayoliga ham keltirmaydi. Mana shu odam mo'min. Mana shu odams musulmon. Mana endi ahli kitoblar o'zlarini moliyaviy muammosini hal qilishlik uchun hozir so'rab Payg'ambarimizni oldiga kelishdi. Rasul aytdilar, xalva vakillilar, men sizlar bilan qo'shib ishonchli, kuchli odamni yuboraman. Umarom xattob aytadi. Peshin namoziga har safargidan keyin ertaroq bordim.

[39:51] Ya'ni Rasululloh meni istat, meni tanlab qolsa, topa olmay qolmasin, dedim da. Peshin namoziga ertaroq bordim. Ana shu ishonchli, kuchli kishi men bo'lishni orzu qildim. Amirlikni yaxshi ko'rganligimdan emas. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam peshin namozi o'qib bo'lib, odamlarga qarab, o'ngga chapga qarab o'girla boshladilar. Men oyog'imni ichiga ko'tarilib balandroq bo'lib turdim. Rasululloh ya'ni istayotgan bo'lsa ko'rmay qolmasin. Yana qaytarib aytamiz, boshliqlikni, amirlikni ya xush ko'rganimdan emas, ummatni ishonchli kishisi. Rasululloh u yoqqa bu yoqqa qarab yubordilar, to Abu Boydan topmagunlar uchun. Abu Boydani topib turib, oxruj ma'qul, faqih baynaxun bil haqqi fiy maxtalah u fiy. Ular bilan birga chiqing, ixtilof qilishayotgan narsalarida haq bilan hukm qiling dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Shundan beri bunaqa xato aytadi, vallohi bu marta meni Abu Boydan olib ketdim. Shuncha savobani ichidan ishonchli datr, Rasululloh nima qilyaptilar? Abu Baydani tanlayaptilar.

[40:53] As xob ekan nujum biya ihin qitadaytum ixtadaytum. Meni sahobalarim xuddi osmondagi yulduzga o'xshashadi. Qaysi birisini ushlasanglar, to'g'ri yo'lni topib yuborasizlar. Qaysi birini ertagina ushlasanglar? To'g'risini topib yuborasanglar. Jobir abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Ubayda ibn Jarrohni boshliq qilib, bizlarni qurish karvonini poylashlik uchun chiqardilar. Kichkinagina qo'shin, Abu Ubayda boshliq. Endi ularni ozuqasiga Rasululloh bir xolta xurmo berdilar.

[41:28] Bir xolta. E, Rasululloh, nima bo'ladi bu? Bir o'tirib yeb qo'yamiz ku buni. Deyishmagan ekan. Biz o'zimiz dam olgan bir ellik oltmish kilometrga chiqsak bilasizlarmi qancha zapas olamiz? Voy, odam bolasini yeydigan qilib berayotgan ekanda Alloh Taolo chi. To'y bo'lsa ham yeymiz. Xursandchilik bo'lsa ham yengmiz. Tazyiya bo'lsa ham yemiz. Yeyaveramiz da.

[41:55] Bular jangi jihodga ketishyapti. Rasululloh bir ikki kilo xurmog'ini shunday xolpaga solib beryaptilar. Boshqa hech narsa yo'q. Qanaqa qilib tirikchilik qildinglar deb so'rasa, a bu paytda kunda bittadan xurmog'ni berardi bizga, og'zimizga solib shumi shumi yurardik, ustidan suv ushib qo'yib yuraverardik. Hozirchi? Ko'cha, qani ko'cha? Pamilcho'ng'i suyuq bo'lib qolibdi. Ovqatini yog'siz bo'lib qolipdi. Go'shtsiz bo'lib qoldi. Mana biz kimdan ibrat olishimiz kerak? Mana kimlardan biz o'zimizga shablon olishimiz kerak.

[42:31] Ular mana shunday bir mehnat, mashaqqat, ochlik, qiyinchilikda bo'lsa ham o'zlarini baxtli inson deb hisoblagan. Sababi nima edi? Allohni roziligini birinchi o'ringa qo'ygan kishilar edi bular. Allohni rozilikni birinchi o'tkazgan kishilar edilar. Hozirda endi odamlar shuncha ne'matni, mo'lko'lchilikni ichida turib, ko'plari shaqovatda. Sababi nima? Sababi Allohni tanimaganligi. Sababi, iymonni birinchi o'rinda qo'ymaganligi.

[42:58] Amin. Ishonchli. Bu so'zning ma'nosi nima? Qolun nabiyyi sollallohu alayhi vasallam innali kunli ummatin aminan va innna innna aminana ayyatu hal ummatu abu ubaydu tul mujarroh. Imom Muslimning sahihlaridan keltiriladi. Rasululloh aytadilar, har bir ummatning eng ishonchli kishisi bo'ladi. Albatta, ey ummat, bizning ishonchli koshimiz Abu Ubaydu ibn Jarroh, dedilar. Amin, ishonchli. Odamlarning mollarini ustida ishonchli, odamlarning manfaatini ustida ishonchlik, dinlarning ustida ishonchlik. Bir ishchi bor, qo'lingizda professional, o'zini ishini haqiqiy ustasi. Tajribali, g'ayratli, harakatchan mutaxassis. Ammo deno emas. Nima deysiz? O'qiydi, bilgani qilsin. Muhimi ishni zo'r qilyapti. Siz buni mana shu ishchini siz uni hunaridan, tajribasidan, harakatdan foydalanyapsiz ku, diniga beparvolik qilyapsizmi? Uni dini ustida siz ishonchli xo'jayin bo'lmadingiz. To'xtatishingni, namozini o'qib ol. Ustalar, shogirdlarni ishlatasizlar a? Tugatib qo'yish, keyin qilishasan namozingni.

[44:09] A? Shunaqa bo'ladi a? Ish tugat, keyin qilasan deb. Yo'q. Mana shu usta shogirdlarini dinini ustida ishonchli emas ekan. Amin emas ekan. To'xtatishdi. Ovoz namozini o'qib olinglar, keyin davom etkazasizlar. Bo'ladimi shunaqa desa? Bu ishxonani xo'jayini aytadiki, mayli deydi, o'zimga holiga qo'yinglar, o'qiydimmi, o'qimaydimi, o'zini ishi deydi. U xo'jayini uni tajribasidan, ilmidan foydalanyapti yu, lekin diniga beparvo bo'lyapti. Musulmon kishi unaqa bo'lmaydi. Atrofidagilarni dinini ustida ishonchli bo'ladi. Ey, peshinov deymi? Bondodga tur desa turmasa qattiqroq tur deydi, turib o'qib ol deydi. O'lib ket deydi. O'g'otirdim, turmading deydi. Unaqa bo'lmaydi. Sizni yoningizdagi odam, sizni Allohga yaqin bo'lishingizga sabab bo'lmasa, shu odamdan uzoqroq bo'lavering.

[44:58] Shuning uchun birodar, oila a'zolaringizni ustida ham dinida ishonchli bo'ling. Uyingiz toza, saranjom sarishta, ovqat shirin. Qo'li shirin, zo'r ovqat qiladi deysiz u, deng ozligini inobatga olmaysiz, ko'z yumib ko'rasiz. Demak, ayolingizni dinini ustida ishonchli bo'lmadingiz. Klient so'radi, qaysinisi yaxshi dedi. Agar shunda ma'nosi yaxshi demasangiz, demak, savdoyingizda omonatdan emassiz. Sizdan maslahat so'radi. Qaysi qilgan ishim to'g'ri? Ovvoyga xush keladigan ishni aytmadingizmi? Demak, siz dinda ishonchli bo'madingiz.

[45:34] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sahobalariga bergan odobi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etganlaridan keyin, musulmonlar o'zlariga xalifa saylashlari kerak. Ansorlar o'zlari to'planishib, xalifa saylashi bo'qchi bo'lishdi. Bundan xabar topgan muhojirlar ularning oldiga zudlik bilan yetib bordi. Ular Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu, Abu Ubayda va Umaruni hatto uchalasi edi.

[46:02] Ansorlar o'zlaridan xalifa hisoblamoqchi bo'lganida, abubakir siddiq roziyalloh anaqa qilib turib, ansorlarning fazilati, ularni islomda ko'rsatgan xizmati, fidoyilarini hammasini gapirib turib, xulosasi xalifa muhojirlardan bo'ladi, ansorlar sizlar yordamchi bo'lasizlar degan ma'noda aytdi. Ular rozi bo'lishdi. Shunda abubakir sidduq roziyallohni aytdi, mana bu ikki kishidan bittasini xalifa qilib saylashlik agar men roziman dedi. Ya'ni xalifa bo'lishlikka loyiq deb bilinyapti Abu Ubaydu roziyallohu anhu. Bu ma'lum xato keyinchalik qo'lingizni uzating, sizga bir bay'at beraman deganida, Abu Ubayda aytgan edi, Rasululloh bizga namoz o'qishligi uchun tayinlab bergan kishi turganda, men undan oldinga o'tib ketmayman dedi. Bu ma'lum xatob aytdi, men Rasulullohni har bir ummatni ishonchli kishisi bo'ladi. Bizni ummatimizning ishonchli kishi, abu baytidagini eshitganman, keling qo'lingizga bering, men sizga bay'at beray, siz xalifa bo'ling deganida, abubaydani javob oyigacha bo'ldi. Rasululloh bizga namoz o'qigani tayyorlab bergan odam turibdi. Kim? Abu Bakr. Rasululloh tirikligida iymonlikka o'tgan Abu Bakr, musulmonlarga. Bir biriga mana shu lutf bilan, odob bilan muvoboda bo'lgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari. Abu Baydu roziyallohu anhu hech qachon Abu Bakrga ozg'inlik qilmagan. Abu Bakrning o'ng qo'li bo'lgan. Albatta, bu sahobalarni bir bir qilayotgan, bir biriga qilayotgan bu muomalasi Payg'ambarimizni bergan tarbiyasi edi.

[47:25] Zato salasil sariyasi. Sakkizinchi yili, hijratning sakkizinchi yilida Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Amrudil o'zni bir qo'shinga amir qildi da, dushman tomonga qarab chiqardi. Bu zoto salasil sariyasida nomlandi. Amrudil oz amir bo'ldi, islomga kirganiga besh oy yoki olti oy bo'lgan edi.

[47:48] Amir bilan oz ana shu dushman qavmni oldiga borib, ularni adadi katta ekanligini ko'rganida, Rasulullohga odam yubordi, bizga madad jo'nating. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muhojirlardan iborat bir qo'shinni tayinladi da, ularning ichida Abu Bakr Siddiq, Umarining Xattoblari bor edi. Ularga boshliq qilib, Abu Ubaydu Omirimni Jarrohini tayinladilar, Rasululloh sollollohu alayhi vessalam. Aytdilar, boring dedilar, Amr bilan, Amr bilan oz bilan talashmang dedilar. Abu Bayda muhojirlar bilan avval islomga kirgan muhojirlarga yetib kelganida, Amrulla rosa aytdi, men amirman dedi.

[48:27] Muhojirlar aytishdi, sen o'zingni qo'shning amirsan. Muhojirlarni amiri Abu Bayda deyishdi. Yo'q dedi. Besh oz bor dedi islom kelganiga, endi kirdi. Sizlar menga madad bo'lib kelgansizlar dedi. Sizlar mening itoatimda bo'lasizlar dedi. Abu Bayda roziyallohu anhumi dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni sen bilan ixtilof qilmasligim deb yurganlar. Bo'yi sindi, islomga kecha kirgan, besh oy bo'lgan kirganiga, amri nol ostida it otdi da turog'i. Yana qaytarib aytamiz, Rasulullohni bergan tarbiyasi dam edi bu narsa.

[48:59] Abdulloh ibn Shahihdan aytadi, Oysha roziyallohu anhodan so'radim. Rasulullohga sahobalarni orasida eng sevimlisi qaysi edi? Eng suyuklisi qaysi e di? Abu Bakr deb javob berdi Oyshonimiz. Keyinchi, Umarddin Xattob deb javob berdidi Oyshonimiz. Keyingi chi, Abu Bayda Omri minal Jarroh. Keyin chi, Oyshonimiz sukut saqladilar. Rasulullohga eng sevimli uchta odam sanab aytganda, abu bakr siddiq, umariddinxattoh, abu baydaomri minal jarrohi zikr qilinyapti. Abu Ubaydaning axloqi, zohidligi, kamtarliligi misollar.

[49:41] Abu Sa'laba roziyallohu anh aytadi. Rasulullohga uchradim da, yo rasululloh, yaxshi ta'lim olish uchun meni bir odamga yo'llang. Shunda Rasululloh meni Abu Ubaydaga yubordilar va men ta'limingni va odobingni yaxshilaydigan kishiga jo'natdim seni, dedilar. Ibn Asokir g'oyib. Abu vommu baxili roziyallohi anhudan rasululloh sollallohu alayhi vasallam, abu bakr siddiq, umariddin xatto, abu ubaydu minajarroh roziyallohu anhun va bir guruh sahobalar birga o'tirishgan edi. Bir idishda sharbat keltirildi. Shunda Rasululloh u sharbatni Abu Ubaydaga tutdilar. Shunda Abu Ubayda siz o'zingiz oling, yo Rasululloh. Rasululloh aytdilar, yo'q, siz oling. Abu Ubayda piyolani oldi, mana ichishdan olding, yana bir marta siz o'zingizni oling, Rasululloh dedi. Rasululloh dedilar: ishing dedi. Iching. Baraka urug'larimizda. Uyda oqsoqoli, kampir enasi borlar, uyda barakasi bor. Baraka urug'darimizdadir. Kim kichigimizga rahm qilmasa va kattamizni urug'lamasa, bizdan emas dedilar. Imomutabaroning rivoyati. Yoshlar kattalarni masxara qilish, kattalarni mensimaslik modaga kirib qolgan.

[50:59] Siz bilan biz ko'rayotgan kinolarda, siz bilan biz ko'layotgan kliplarda mana shu narsa oshkora ham, maxfi ham targ'ib qilinyapti. Kattalarni, hatto o'zini otasini, o'zini onasini masxara qiladi seriallaringlarda, kulasilar uni ko'rib turadi, o'zi asli yig'lash kerak edi. Otalariga gap qaytarish, enalarni mensimaslik, chot qilmaslik, ularni fikrini munosib, hech kim emas da, qarib qolganda shu. Shuning uchun payg'ambarimiz aytyaptilar, kattalarimizni ulug'lamagan, kishilarimizga shafqat qilmagan, bizdan emas. Shuning uchun qari otasi, qari onasi borlar, duosini olib qolaylik bulardan. Chunki bularni qo'lida barakat bor. Bularni duosida barakat bor.

[51:38] Aquli qovli ha da, astag'firulloh alayhi valakum, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.
