Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah, assalomu ala, va salamu ala rasulillah, hammavot. Assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh. Dunyoda hamma bir biriga aql o'rgatadi. Bir biriga yo'l ko'rsatadi. Unday qil, bunday qil deydi. Kimlarni gapiga quloq solish kerak, kimlarnikiga solmasligi kerak, musulmon ham albatta yaxshi biladi. Musulmon odamni hayotida qanaqa ish bo'lsa, birinchi musulmonni beradigan savoli, shu ishga Alloh nima degan? Shu ish haqida Rasululloh so'rayapsizlarmi nima degan? O'sha savolni berish kerak. Bir ishni qilmoqchi bo'lsa, odamlar qanaqa qilib qilyapti o'zi bu to'yda? A? Iftor qilyapti, siz o'zi qanaqa qilyapti odamlar deb turib, bizni birinchi o'lchovimiz nima?
To'g'rida, insof qilib aytaylik, odamlar nima robbiyizga qasamki, ular dedi alloh taolo, o'rtalarida paydo bo'lgan ishlarni, hukmini alloh va rasuliga qaytarmagunlaricha, alloh va rasul chiqarib bergan hukmga bo'yn sinmagunlaricha, va bo'yin so'nganlaridan keyin qalbida g'allag'ashlik qolmagunicha iymoni komil bo'lmaydi. Ya'ni bizni tilga o'girsak, problema chiqadi. Yechimni Alloh'dan so'rasa iymonli bo'ladi. Shular bilanmi yo'q. Bo'yin so'nsa inayin iymonli bo'ladimi. Shularmi yo'q. Boyin so'nib ham tamomiy qalbida bir xotirjamlik bo'lishligi kerak. Xo'p deb qiladi. Lekin baribir ichida norozilik qoladi odamni ba'zilari.
Esimizdan chiqmasin. Bizni birinchi beradigan savolimiz hayotda bo'ladigan ishlarga. Alloh nima deydi shu ishga? Rasululloh nima deydi? Agar boshidan shu savol bilan ketib, ishlar davomida tugaganda ham shu savol bizni qiziqtiradigan bo'lsa, muammo qolmaydi hayotimizda. Insonni saodatli hayot kechirishligi o'ziga bog'liq. Telefonni ko'rsatib aytar edim. Shu shapaloqdek tomonni ko'rsatishib tur, mana telefon desa, mana shu telefon deb qabul qiladi. Ikkinchi odamga faqat ma'no tomoni ko'rsatib turib, telefon shu desa, telefon deb kichkina narsani tushunadi.
Endi mana shu telefon degan buyumga qaysi tomondan qarashga bog'liq. Haligi aytadi yu, stakanni yarmi bo'sh emas, yarmini to'ldir deb qarasangiz xursand bo'laverasiz. O'zi yarim stakan suv. Bu hayotga siz bilan bizni qarashimizga bog'liq, birinchi sabab. Saodatli hayot kechirishlikning birinchi sababi. Fikr qil, shukur qil. Ma'nosi shuki, Alloh Taolo siz bilan bizni ustimizdagi juda ko'p ne'matlari bor. Bularga qaramaymiz, bularni ko'rmaymiz, fikr qilmaymiz, shukur ham qilmaymiz. Norozi bo'laveramiz. Odatda siz bilan biz o'zimizda yo'q bo'lgan narsalarni ko'ramiz.
Bor bo'lgan narsa ko'rmaymimiz. Adashmadim. Biz o'zimizdagi yo'q narsani ilar ko'ramiz. Bor narsani ko'ra olmaymiz. Ononim yo'q, mononim kam, mononim yo'q. Ha nimalaring borligiga qaragin da. Sendagi yo'q narsa dan ko'ra, bor narsa ko'proq. Va in tauddu niyam at alloh ila tuh suha. Agar Allohning ne'matlarini sanasangiz, sanog'iga yetolmassizlar. Haqiqatan inson zoti o'ta zolim va juda noshukurdir. Innalin sanali robbihira kanudi va innahua ala valika lashshah. Inson parvardigorga nonko'r, noshukur, yana o'zi guvoh bunga. Insonni sog'ligi, yurtida tinchligi, yeydigan ovqatini bor bo'lishi, kiyimini borishligi, suv havoni borligi, kichkina narsalarmi? Mana ko'rding ku, tinchlik yo'q bo'lsa, qolgan hech qaysini emas, ikki pulga arzimas ekan. Tinchlikda o'tiribmizmi?
Inson bu narsani sezmaydi. Butun imkoniyati qo'lida lekin inson bu narsani ko'rmaydi. Va asbaho alaykum niyamah u vohiratan va baqinah. Va sizlarga barcha zohiriy va botiniy, ya'ni moddiy ma'naviy ne'matlarni komil qilib bergani ko'rmadinglarmi? Ko'zimiz ko'rayotgan ne'mat ham bor, ko'rmayotgan ne'matam bor. Jasadimizni ichida qancha ne'mat borligini bilamizmi? Bitta hojatga bemalol borib, bemalol bau qilib kelishligingiz qanaqa ne'matligini bilasizmi?
O'sha baulda chiqara olmay qiynalayotgan odamni holini ko'rganingizda, uni ko'ziga dunyo qorong'u bo'lib ketganligida, salom berganlarni ham ko'rmaydi, salom berganlarini ham eshitmaydi, to ana shu baulda quvug'ini bo'shatib olguncha, qanaqa azobda turganligini ko'rib turib, Allohga shukur ey, ko'pchilik bandalarni balolagan balo bilan meni balolanmabdi. Xudoga shukur. A siz chachistoklar ekanini g'amini qilyapsiz.
Yo semirib ketayotganingiz, ozib ketayotganiz, odamlar siyomayapti. Ana shu podshohni rivoyati, bir piyola suvni oldida dunyoda borligi hech narsaga arzimas ekan. Nasihat qiling menga deb vazirga aytsa, aytyapti vaziri. Taqsir, sahroda qolib, o'lishga yaqin bo'lsangiz, bir piyola sovuq ichib nima yezib berardingiz desa, mulkim yarmini berardim dedi. Ha xo'p, suvni ichdingiz. Endi chiqmay qoldi. Uni chiqarib yuborish uchun nimaga beradi desa, mulkimi ikkinchi yarmini dedi. Demak bir podshohni saltanati bir piyola suvni kirib ichimizga chiqib ketishligi arzimas ekan. Ko'ramizmi shu ne'matlardan?
Ikki ko'zimiz, ikki qulog'imiz, tilimiz, ikki labimiz, qo'limiz, oyog'imizni borligi hazakam narsami? Fabi ayi ala robbikuma to'kadriban. Bas parvardigoringizni qaysi ne'matlarini yolg'on deya inkor qila olursiz. O'zi odam o'rnidan turib ikki yog'i bilan bemalol ishini bajargani borib ketishiga hazil kam narsami? Yo xohlagan ishini ikki qo'li bilan qilishligi. Kimni ichida qo'li xayrli bir gipsda yurgan bir o'n kun, o'n besh kun? Qo'linglarni ko'taringlarda, bormi? Eslaylarda shu bitta qo'linglar ishlamaganda, hojatga kirganlarda nima o'rgansizlar?
Pakinkangizni qadash deydi o'ylang da, lekin shimingizni qadashni oling, boshqasini qo'ying. Ikkita qo'limizni to'xtatilishiga qanaqa ne'mat? Lekin esdan chiqarib qo'yyapmiz o'sha qo'limiz qiynagan kunlarda. Odamlar uxlay olmasdan, yillab uxlay olmasdan on tarlab to'ntar ekanda, shunday yotib turib, shirin uyquga ko'zimizni ketish degan hazil kam narsami?
O'zi da, kim uxlatadi bizni? Alloh uxlatadi. Kimni uyg'otadi? Xazakan narsami shu? Agar inson uxlamasa o'ladi. Inson uxlaganda organizm tikkanlarni yangilanadi. Uxlab turganingizdan keyin to'y bir ikki soat, uch soat uxlasangiz, svejiy bo'lib qolasiz. Uxlamasangiz o'lasiz. Mana shu ne'mat ham bormi ustimizda? Nimaga ko'rmaymiz shu narsani?
Inson ko'ngli kuchaygan taomni yeb, hazm qilishingni ololmasdan bemalol chiqarib olishligi. Hazakam narsami? Yo chanqab turganingizda, zilol suvni muzdekkina mazza qilib ichib, oh Xudoga shukur a, suv boshqacha narsalar degan paytingizni eslayman. Yo Alloh, shuncha ne'mating bor ekan u, biz farqiga bormas ekanmiz, qadrlamas ekanmiz. Ko'zingizni kuydirib, shilqirab oqib turib tikkanadi muzdek suv. Qarab tamchani tamchani qo'yapsiz.
Odamlar kasalligi tufayli yoki yo'qligi tufayli och qolib yuribdi. Ariqimizni suvni qanaqa bo'lib oqayotganligi bizga ne'mat ligasimizdan chiqib qolgan. Bilamizmi shu ne'matlarni biz? Bizda karlikdan to'sib turgan qulog'imiz bor, bu haqida fikr qilaylik. Ko'rlikdan to'sib turadigan ikkita ko'zimiz bor. Terimizga qaraylik, pes moxolikdan omonda. Aqlimizni to'liqligini ko'rib turib shukur qilaylik. Agar bizga da, bitta ko'zingni o'yib berasan, uxud tog'idek oltin beraman desa.
Bittasi. Ikkovi emas, bittasi. Kim ko'nardi? Demak uxud tog'dek oltin bor o'sha sizda. To'xonma tog'idek kumushga ikkovi qulog'ingni berasanmi desa. Demak, to'xonma tug'idek kumish bor. Zahro qasrlar egasi bo'lish uchun tilingni berasan, soqol bo'lasan desa, ko'nanmidinglar? Bu qayerda? Mana bu kallamizdagilargina emas shunchalik katta. Agar bitta qo'lingni kesib berasan, bir sondiq yoqit gavhar beraman desa, rozi bo'lamidik?
Shu narsalar bormi bizda? Shunaqa bir ulug' ne'mat ustidamiz, bilmaymiz. Mahzun yashaymiz, g'amgin yashaymiz u, mechsiz yashaymiz. Yo'q narsalarimizni ko'ramiz u, bor narsalarimizni kormaymiz. Rafi amfusikum, afalat u basirun. O'zlaringizni vujudlaringizda, har bir a'zoyingizda ishonguvi uchun zotlar uchun oyat alomatlar bor, lekin bu narsalarni ko'rmaymiz.
O'zimiz haqimizda, oilamiz haqida, farzandlar haqida, tinchlik haqida, uy haqida, kasb, do'stlar haqida, sog'liq haqida fikr qilaylik da, shukur qilaylik. Mana shuncha narsa bor bizda. Mana shuncha narsa bor. Alloh taolo fikr qilishlikni, shukur qilishlikni hammamizga nasib qilsin. Ya'rifuna niyammatullohi summa yunkirunaha va aktaruhun kun kafirun. Ular Allohning ne'matini tanirlar va keyin uni inkor qilurlar. Ertaga chiqamiz, yana hech narsasi yo'q odamdaqa noshukur bo'lib yashaymiz.
Ikkinchi sabab. O'tgan ish o'tdi, ketdi. O'tmishni eslab, u bilan ovora bo'lib siqilish, bo'lib o'tgan ishlarni yana yodga olib turib qayg'urishlik ahmoqlik va tentaklik. O'sha paytda manaqa qilganimda manaqa bo'lardi, esizdikina. Hozir mana shunaqa qilib o'tirmas edim. O'sha paytimda gugurt olib qo'yganimda pulimga.
U o'tdi ketdi. O'tdi ketdi, u o'ldi ko'mildi chirildi ketdi, uni qaytarib bo'lmaydi. Aqlli odamlar hech qachon o'tib ketgan ishlarni kitobni ochib o'qimaydi. Esdan chiqarish zindoniga tashlaydi, beparvoli iplar bilan makkambaylaydi, qaytib u yerdan chiqarmaydi. Ustiga nur tushmaydi. Chunki u ish o'tdi, ketdi. G'am qilganingiz bilan orqaga qaytmaydi, qayg'urganingiz bilan tuzalmaydi, eslab jazoga tushganingiz bilan qaytib oldingizga kelmaydi. Inson agar o'tib ketgan istalarni soyasida yashasa har kuni, bugungi kuni nihoyatda achchiq bo'lib ketadi.
Axir daryoni orqaga qaytishini xohlaymizmi? Bo'lmaydi. Osmondan tushgan suv tomchisini qaytib chiqib ketishini xohlaymi? Onani qornidan chiqqan bolani qaytishini qohlaymizmi joyiga? Nima, ko'z yoshda qaytib ko'zga kirishini xohlaymisiz? Alloh taolo o'tgan ummatlar haqida gapirgan. Tilka ummatin qod xolati. U ummatlar o'tdi, ketdi, tugadi.
Agar inson o'tmishni eslab, qadab kechagi kuni gapirib, o'tib ketgan ishlarini g'ami bilan yashaydigan bo'lsa, qayg'uga botib qoladi. Hayotini qo'rquv bilan, umidsizlik bilan, xavotir bilan, bezovtalik bilan o'tkazadi. Qo'rqoq bo'lib qoladi. U ketdi, bo'ldi, o'tdi. Sen jasur bo'lganing ham o'sha ish bo'lardi ekan. O'tgan ishga o'tmishni ochib, daftarini bugun o'qishlik, bugungi kunimizni ziddiy qilishlik bo'ladi. Omonatga berilgan ozgina vaqtni yo'q qilishiga kiradi. Ish bitdi, o'tdi, ketdi. O'tmishni eslab, qaytarib, yo'q degan. Siqilayotgan odam kimga o'xshaydi, bilasizmi? Nonni pishganini yana tandirga yopishtirmoqchi bo'lgan odamga o'xshayer.
Aralangan to'ponni olib yana aralayman deyotganga o'xshayer, yoki kuyib bo'lgan kuldi qaytadan kuydirmoqchi bo'llganga o'x shayer. Foydasi yo'q bu narsani. Juda ko'p majlislarimiz bir qismi shu narsa bilan ovora. Eslaysan mana bo'lgan, ha o'sha paytda mana qilmaganingda mana bo'lmasin. Unday bo'lganida mana bunaqa bo'lmasin, kerak emas u narsalarni.
Insonlar orqaga qarab o'girilmaydi. Shamol oldiga esadi, suv oldiga qarab harakatlanadi, karvon oldiga yuradi, hayotni sunnatiga xilof ushlamaslik kerak. Kechagi kun o'tdi, ketdi. Baxtli bo'lishlikda birinchi shartda fikr qilaylik, shukur qilaylik. Ikkinchisi, o'tgan yosh bo'ldi, ketdi. Uni qaytarib, hayotga qaytarmaymiz. Aql ul qovli, har davo astag'firulloh ili va lakum assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh.
Bismillahir rohmanir rohim, alhamdulillahir robbilen a'lamin. Assalomu alaykum assalomu ala saidina muhammadin nabiyevna bil karimova ala alixiy va ashabihiy ajmaid. Al mabodo assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Barcha xayriyatlarning asosi. Barcha yaxshilik, barcha xarid nimaga bog'liq? Banda Allohda o'ziga iloh yo'q deb iymon keltirganidan keyin, Alloh nimani xohlasa bo'ldi, nimani xohlamasa bo'lmadi. Alloh nimani xohlasa bo'ladi, Alloh nimani xohlamasa bo'lmaydi. Mana shu narsani inson qalbiga sidqidildan iymon keltirib joylab olganidan keyin, jamiyki xayriyat mana shu odamni ustida jam bo'ladi. Ne'matlarga shukur qiladi, hamda mana shu ne'matlarni to'xtab qolishligidan Alloh Taolodan duo qilib, qanoq so'raydi.
Inson savobli ish qiladi. Inson gunoh ish qiladi'. Insonni qilgan savobli ishi Robbisi tomonidan berilgan tavfiq sababli bo'ladi. Endi bandadan ham gunoh sodir bo'lganda chi, shu tavfiqni Alloh Taolo olib qo'yganda bo'ladi. Yaxshilik ham, yomonlik ham Allohdan.
Banda bir savobli ish qilsa, Parvardigor azza va jalla tavfiqini berdi. Tavfiq nima? Boshlab turishligi to'g'ri tomonga. Payg'ambarimizning hadislarda keladi. Inson bolasining qalbi Alloh Taoloning ikki barmog'i o'rtasida turadi, xohlagan tomonga uni buradi. Demak, Parvardigor azze va jalla, siz bilan bizni qalbimizni ushlab, burganligi uchun masjidga kelib o'tiribmiz. Sizlarni meni Alloh olib keldi bu yerga. Demak, kim oldida minnatdor bo'lishimiz kerak ekan? Xo'p, qarindosh urug'bekni muruvvat qildingiz, go'sht olib kirdingiz yoki hadya berdingiz, zakot berdingiz, sadaqa berdingiz, muruvvat qildiz. Kekkayishingiz kerak ekanmi? Buni kim qildi? Alloh oldida. Sizni qalbingizni shu tomonga burib turibdi.
Demak bizdan sodir bo'lar ekan har bitta savobli ish parvardigorimiz qildirgani uchun bo'lyapti. Biz umuman chekka eshitishlikka haqqimiz yo'q. Endi gunoh qilib turib, ayb ish qilib turib, xijolat bo'lganimizdek, savob ish qilib turgan parvardigor shu tavfiqni olib qo'ymagin mendan deb turib, bo'ynimizni egib, yana ham Alloh Taoloni oldida hokisor turishimiz kerak. Endi, Alloh Taoloni shu tavfiqini, shu ne'matini ko'rganingizdan keyin, shu bergan ne'matini, shukrini ado qilsangiz, tavfiq qo'lini doimiy qiladi qalbingizda. Bugun ikki rakat namoz o'qigan bo'lsangiz, parvardigor, shu ibodatni qilishniki menga tavfiq berganingga hamdu sano bo'lsin desangiz, ertaga to'rt rakatga chiqaradi Alloh.
Agar bugun ro'za tutib turib, bir poraxo'rani xatm qilgan bo'lsangiz, parvardigor sizni qalbingizga ushlab turib, savobga burgani uchun xatm qildingiz. Ertaga ikki pora o'qishni xohlaysizmi? Demak, shu ne'matni allohdanligini biling, o'ziga hamd ayting. Savobli ish qilishimiz uchun Alloh Taolo o'zini qo'li bilan bizni nima qilar ekan?
Burib turar ekan. Endi, gunohni qachon qilamiz? Qalbimizni o'zini holiga tashlab qo'yganida, shunda bizdan gunoh sodir bo'ladi. Demak, biz sovg'a qilsak, Alloh qildirgani uchun qilyapmiz. Gunoh qilsak, Allohni Alloh qo'lini qalbimizdan tortib, qalbimizni o'sini holiga tashab qo'yganda qilamiz ekan. Yuz ellik ikki yuz km tezlikda ketayotgan mashinani sho'pirib, rolni mahkam ushlab turar ekan. Lilahl matalul a'la. Mashina yo'lda ketadi. Endi shu shofir ikki sekundga hushidan kelsa, aqli uzilsa, mashina nima bo'ladi?
Mashina vayron bo'ladi. Parvardigoroo robbanalar takinla ila afusina torfata ayninvala aqallamin dhalik. Parvardigoroo bizlarni o'zimizni holimizga bir ko'z ochib yumguncha vaqt ham tashlab qo'ymagin, undan ozroq muddat ham tashlab qolmagin. Chunki sen biz agar o'zimizni holimga tashlab qo'ssang, halok bo'lishligimizda shubha yo'q.
Robbanal a la takin la ila fusing na tor fata aynin vala aqallamin valik. Parvardigorim, ko'zimizni bir ochib yumguncha yoki undan ham ozroq muddatga bizlarni o'zimizning holimizga tashlab qolmagan. Demak, bizdan sodir bo'layotgan savobli amallar Parvardigorimiz bergan tavfiq sababli bo'ladi. Endi bizdan sodir bo'lgan gunohlar Parvardigorimiz shu tavfiqini olib qo'yganda sodir bo'ladi.
Alloh Taoloning tavfiqi nimaga bog'liq? Xo'p, shu tavfiqning bizni qalbimizda doim bo'lishligining shartlari nima? Duol. Yig'lab duo qilib turaylik, Parvardigor olib qo'ymagin qalbimdan qo'lingni. Allohga faqirligimizni izhor qilishimiz, unga rostmana, haqiqatdan suyanishimiz, undan qo'rqib, undan umid qilishimiz. Duo, iftixor, suyanishlik, qo'rqish, umid qilish. Mana shu beshala kalitni bor odamni qalbida doim Alloh Taoloning qo'li bo'ladi. Shu odam doim to'g'ri yo'lda bo'ladi. Mana shu kalit qo'limizda bor ekan, inshaalloh tavfiq ustimizda turadi. Umariddin Xattob aytadi, meni ishim deydi, duo qilish deydi. Ijobat bo'lishini g'am qilish meni ishim emas. Endi modomiki Alloh menga duo qilishlikni qalbimga ilhomini beribdimi, demak ijobat ham albatta bo'ladi deydi.
Bir mushkulangiz bor, qo'lingizni ochdingiz, Parvardigor dedingizmi? Ya'ni shu mushkulangizni hal qiladigan Alloh ekanligini yodingizga olib, qo'lingizi ko'tarib Parvardigor dedingmi? Shu duo qilishlik ilhomini berdimi? Aniq ishoning. Aniq ishoning, Alloh Taolo duoyingizni ijobat qiladi. Endi Alloh Taolo shunday bir bandalar borki, ana shu ilhomni ularga bermaydi. Ularda na duo bor, na iftiqor bor, na suyanish bor, na qo'rqish, na umid qilish bor. Kalit bo'lmagandan keyin, tavfiq eshigini ular haligacha ocha olmaydi.
Dunyoda kim qanday bir xayriyat ketgan bo'lsa, Alloh Taoloning tavfiqi bilan bo'ldi. Inson dunyoda qanday musibat ketgan bo'lsa, boshiga qanday bir xunuk kun kelgan bo'lsa. Alloh Taolo shu tavfiq qo'lini olib qo'yishligi sababli bo'ldi. Parvardigoror, bizlarni o'zimizni holimizga o'zlarimizni bir lahza ham undan ham ozroq muddat tashlab qo'ymagin. Ya arhamar rohimi. Assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan oshi onamiz so'radilar, yo Rasululloh, agar men qadr kechasiga hozir bo'lsam, qadr kechasida guvoh bo'lsam, quaysi so'zni ko'proq aytay dedilar. Shunda Rasululloh aytdilar quli allohimma innaka afuvun karimun tuxibbul avh va favf anney. Parvardigoro, albatta sen avf qiluvchi karim bo'lgan zotsan, avf qilishlikni yaxshi ko'rasan, bas meni avf qilgin. Mana shu duoni ko'proq o'qishligimiz kerak bo'ladi. Parvardigoro sen avf qilishligini yaxshi ko'ruvchi karim bo'gan zotsan, meni avf qilsin. Avf qilish o'zi nima?
Biz Alloh Taoloning avfiga, mag'firatiga, kechirishligiga loyiq bo'lishligimiz uchun, o'zimizda ham mana shu avf degan sifatni topishligimiz kerak bo'ladi. Kechirib qo'yishlik. Avf qilishlikning darajalari. Halimlik, avf qilish, kechirish, ehson. To'rt xil ko'rinishi bor. Xilim, bu inson jahli chiqqanda, g'azabi kelganda, g'azabini yutishlik. Ikkinchisi avf qilish, jazolashga qodir bo'lib turib, jazolamaslik. Uchinchisi kechirish, malomat qilgan kishiga, ya'ni malomat qilishga qodir bo'lib, indamay qo'yaverishlik. Ehson qilishlik. Bu ambiyo va siddiqlarning sifati. Yomonlik qilgan kishilarni jazolab, malomat, ularni jazolashni o'rniga, malomat qilishni o'rnigacha qaytarib yaxshilik qilishlik. Auf qilishligini to'rtta ko'rinishi mana shu. Muhammad sollallohu alayhi vasallam qanday zot bo'lgan? U kishi qandayauf qilganlar? U kishi payg'ambar bo'lmay turib, sodiqul amin edi. Hamma yaxshi ko'rar edi. Qavmiga la ilaha illalloh kalimasini olib kelganda, ko'p aziyatlar payg'ambarimizga, og'zalar yetdi. Mana shuniga aziyat yetkazib turgan qavmiga payg'ambariz allohum mag'firli qavmiy, fa innahum la ya'lamun.
Parvardigori meni qavminni avf qilgin. Zero ular nima qilayotganini bilmayaptilar dedilar. Bu o'rinda uchta ish jamlangan. Ulardan avf qilish o'zi kechiryapti. Parvardigordan kechirishligini so'rayapti. Ularga uzrni qoyim qiladi, bilmay qilishyapti parvardigor. Yana orqasidan o'zini ismiga atab qilib, meni qavmim ular deyapti. Ular demayapti, meni qavmim deydi. Va men arsan laka illa rahmatan lil alamin. Biz sizni Muhammad alayhissalom olamlar uchun rahmat qilib yuborganmiz dedi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Uhudda ellikta kamonchini ro'motga o'tkazib qo'yib, mendan buyruq kelmaguncha, yutsak ham, yutqizsak ham, g'olib mag'lub bo'lsak ham jilmanglar deb tayinlab aytdi.
Bu ellikta kamonchi Payg'ambarimizni buyrug'ini bajarib turdi, g'alaba musulmonlar tomonida bo'ldi. Endi qachonki, dushmanlarni musulmonlar yengib quvib ketayotganda, bu ro'motlar, kamonchilar, g'animani o'ljadan qolib ketamiz deb, Payg'ambarimizga osiylik qilib tushib ketishdi. Qo'shni orqa tomoni ochilib qolganda, mishriylar orqa tomonidan zarba berdi. Mana shu kishilarni aybi bilan musulmonlar mag'lub bo'ldi. Payg'ambarlarimiz bularni ham avf qildi. Kechirdi. Malomat qilishlikka yoki jazolashlikka qodir bo'lib turib kechirdi. Alloh Taolo tomonidan mana shu sifat, Payg'ambarimiz, Payg'ambaramizda mana shu sifati borligini Alloh Taolo Qur'onda bayon qildi. Yusuf alayhissalom. Biz avf qilgan kishilarni hayotidan ozgina ozgina lavha gapirib beramiz. Yusuf alayhissalom. Akalari hasad qilishib, otasini qo'lidan olib, quduqqa olib borib tashlashdi. Yusuf alayhissalom o'n ikki yasharida qul bo'lib sotilib ketdi quduqdan chiqib. Vazirni uyida yashadi, yetti yil qamoqda o'tirdi. Juda ko'p mashaqqat qiyinchiliklarni ko'rdi. Oxiri akalari nohaqligi ma'lum bo'ldi. Ularni qilgan xato ishlari fosh bo'ldi. Shunda ukalarini oldida xijolat bo'lib turganlarida, ularni avf qilib, la ta'siriba alaykum al ya'un. Bugun sizlar ayblanmaysizlar dedi.
Yag'firullohu lakum. Parvardigorim sizlarni mag'firat qilgay deb ularga istig'for so'radi. So'ngra aytdi, bu ishni sizlar qildinglarda, malomat qilmadi da. Ba'di min ba'di nazag'ash shaytonu bayni va bayni ixvati. Shayton men bilan og'a in'anlari orasini buzib ig'vo qildi. Ya'ni ayb ish qilgan akalarni kechirdi. Ollohdan istig'for so'radi, yana sizlar qilmadingiz, shayton vasvasa qilganiga shunday ish bo'ldi dedi. Akalarga uzrni qoyim qildi.
Iso alayhissalom. U kishi qanday avf qildi? Qavmi toshbo'ron qilar ekan, u kishini haqoratlar ekan, masxaralar ekan, Iso alayhissalom ularga faqat yaxshi gapni gapirar edi. Ular faqat haqorat qilib, xunuk so'zni gapirardi. Iso alayhissalom aytardi: kunni yunfiq vima indahu. Har bitta odam o'zida bor narsani in'fo ehson qiladi. Ularda faqat yomon gap borligi uchun qalbida yomonlik chiqdi, Iso ehsonlari faqat yaxshilik bo'lgani uchun yaxshilik chiqdi. Avf qilishni o'rganaylik. Chunki avf qilishlik ulug' insonlarni sifatlaridan. Alloh uchun avf qilgan narsamizni Alloh Taolo mukofotini albatta qiyomat kunida beradi. Avf qilgan kishilardan. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning qizi Ummul Mo'minin Oysha onamizni munofiqlar if hodisasida fahshda, zinoda ayblashdi.
Ana shu zino qilganligi haqidagi gap so'z tarqaganida, Abu Bakrni o'zini qarindoshi bo'lgan. Kishi mustiximni usosi. Abu Bakrni qarindoshi edi. Abu Bakr bu qarindoshiga ko'p xayriya ehsonlar qilib turar edi. Moli ko'p bo'lgani uchun ularni siylab turardi moli dunyosi bilan. Shunaqa Abu Bakrdan yaxshilikni ko'rib turgan mustiximni ussi ham oyshonamizni faxsh ishni qildi degan kishilardan bittasi bo'ldi. Abu Bakr Siddiqni nihoyatda bir achchig'i kelib, ya'ni shuncha yaxshiligingni ko'rib turib, meni qizim haqida shunaqa gapiradimi dedi da, Allohga qasam, qaytib bunga men ehson qilmayman dedi. Lekin Alloh Taolodan oyat nozir bo'ldi. Sizlardan fazl va keng, katta mol davlat egalari qarindoshlariga, miskinlarga va muhojirlarga Alloh yo'lida info ehson qilmaslikka qasam ichmasin. Balki ularni avf qilib kechirsinlar. Alloh sizlarni mag'firat qilishini istamay sizlarni. Alloh mag'firatli mehribondir. Bu oyatni eshitganda Abu Bakr darrov tushundi. Men haqimda keldi dedi. Xohlayman Parvardigor. Meni kechirishigingni, avf qilishigingni xohlayman dedi. Shu kundan boshlab ehsonni yana qaytadan tikkalab qo'ydi. Mana aytyapmiz, avf qilichlik bu ulug' sifatlardan, anbiolarning sifatlaridan.
Abu Bakr aytdi, Allohga qasam, bugundan boshlab unga qiladigan yaxshiligimni hech qachon to'xtatmayman dedi. Alloh aytadi, idif a'millating iya axsan. Fayzalladi baynak va baynahu adavat unka annahu valiyun hammim. Va ma yuloqqa haillalladingna soboru, va ma yuloqqi haillatuh havdingna zim. Yaxshilik bilan yomonlik barobar bo'lmas. Siz har qanday yomonlikni eng go'zal surat bilan daf qiling. Shunda banogoh siz bilan o'rtalaringizda adovat bo'lgan kimsa, qaynoq do'st kabi bo'lib qolur. Unga yomonlikni yaxshilik bilan daf qilish xislatiga faqat sabr toqatli zotlargina ergashurlar, erishurlar. Unga faqat ulug' nasib egasigina erishur. Dushmaningga, senga yomonlik qilgan kishiga eng go'zal muomalani qil, eng yaqin do'stingga aylanadi. Bu narsaga deyapti Alloh Taolo, faqat ulug' insonlar qodir bo'ladi. Hammani qo'lidan kelmaydi bu narsa.
Alloh Taolo mo'minlarni g'azab vaqtida sabrga, johillik qilinganda halimlik qilishlikka, yomonlik qilinganda avf qilishlikka buyuradi. Ali ibn Abit Olim roziyallohu anam qanday avf qildi? U kishini Ibn Mo'ljon xanjar bilan jarohatlaganida o'lishiga yaqin bo'lib qoldi. Ali roziyalloh ana hu jarohatlanib turar ekan, o'g'illariga aytardi.
Ibn Mo'ljamga yaxshi muomala qilinglar. Yaxshi yedirib, yaxshi kiydiringlar. Qattiq tegmanglar. Bu xanjallagan kishiga. Agar men tirik qolsam, undan qasos olishlikka yoki kechirishlikka men haqli odamman. Agar o'lib qoladigan bo'lsam, orqamdan jo'natinglar. Alloh taolo bilan xusumatlashaman dedi. Ya'ni shunday kishiga ham yaxshi muomala qilib turinglar, tirik qolsam kechira oladigan yoki jazolaydigan men bo'laman, qasos oladigan. Agar o'lib qoladigan bo'lsam, orqamdan jo'natinglar dedi. Ahmadulla hambal.
Ahmadulla hamval xalifa motasim davrida qur'onni maxluqligi haqidagi fitnada qattiq jazoga ito'bga qoldi. Ya'ni xalifa motasimi qur'onni maxluq deyishlikka majbur qildi. Ya'ni qur'onni maxlux deb qo'ysa, maxluq degani yaralgan narsa bir kun yo'q bo'lib ketishligi kerak. Agar qur'onga maxluq degan so'zni nisbatlab, maxluq deb turib ulamolar hammasidan olsa, bir kuni yaralgan narsasi bir kuni yo'q bo'ladi deb turib, qur'on ham bir vaqtga borib yo'q bo'ib ketishligi keragida.
Maxluq demadida, allohning kalomi deb turaverdi. Ulamolar aytadi, ummat ikkita og'ir fitnaga ro'baro' bo'lgan. Bittasi ahmadinda hanbalni qur'on fitnasi da maxluq demagan. Ikkinchisi abu bakrni riddagi, ahli riddagi qarshi chiqib turgan fitnasida. Abu Bakr Siddiq ummatni bir xil ushlab qoldi. Bo'linib ketishidan ushlab qoldim. Ahmadinda ham bal. Qur'ondan ajralib qolishlikka ummat sal qolgan paytda ahmadinda ham balni mana shu qattiq turganligi sabab bo'lib qoldi. Qur'onni maxluq demadi, Allohning kalomi dedi.
U kishini uzoq yillar qamoqda hibs qilishdi. Qattiq urib azoblashdi, ustiga sovuq suvlarda sotishdi. Bu fitna Xalifa Mutavakkil kelgunga qadar davom etdi. Keyin yangi xalifa bu fitnani tugatdi, ahmadimni hambalni qamoqdan chiqarishlikka buyurdi. U kishini qamoqdan chi qarashdi. U kishi qamoqda turganda, qamoqda qattiq azob berib, azoblagan kishilardan biri ahmadimni ham balni uyiga bordi.
Bordi da, men sizni qamoqda qattiq azoblagan kishilardanman. Men sizni oldingizga kechirim so'rab keldim. Meni kechirib qo'ying dedi. Ahmadimni hamma shunga qarab da, bo'ldi kechirdim, ketavering dedi. Odamlar to'planib qarab turishgan edi, hozir marhamat qiladi, hozir uringlar, tepinglar deydi deb turuvdi. Kechirdim, ketover dedi. Haligi odam xursand ketdi. Yonidagi hamrohlar aytdiki, e imom, shunaqa osonlik bilan kechirib javob berib yuboraverasizmi dedi. Malomat qilmaysizmi deganida aytdiki, qiyomat kunida dedi ahmadiddin ahmadali aytdi, bu birodaringni azoblaganligingdan yoki malomat qilganingdan senga nima foyda bor? Axir qiyomat kunida Alloh Taolo hamma ummatda tiz cho'ktirib qo'yadi. Hamma jahannamolda tiz cho'kib turadi. Shunda nido qiluvchi aytadi, kimi, qaysi bir kishi bir odamni Alloh uchun avf qilgan bo'lsa, yoki kimni birovda haqqi bo'lib turib, Alloh uchun kechirgan bo'lsa tursin, jannatga kirib ketsin deyiladi. U kunda faqat birodarini avf qilgan kishilargina jannatga kiradi. Fa man afa va aslaha fa ajruh alalloh. Kim avf qilib, isloh qilsa, uni ajra Alloh Taoloning zimmasida bo'ladi. Avf qilishni o'rganaylik.
Ba'zi bir bo'lgan ishlarda alloh taolo uchun avf qildik deb turib kechirsak, inshaalloh oxiratga o'tib boradi. Sizni urgan odamni bir mish urib olarsiz, qancha mazza qilasiz? Sizni so'kkanda borib bir marta so'kib olarsiz, qancha mazza qilasriz? Shuni o'rniga qiyomat kunida har bitta odam jahannam olib kelib qo'yilganda, tiz cho'kib, bitta savobga muhtoj bo'lib turgan paytda, shu qilib qo'ygan avfingiz bilan jannatga kirib ketishga taklif qilinsa, rozi bo'lmaysizmi shu kunda? Alloh Taolo avf qilishni kechiruvchi karim bo'lgan zot. Siz bilan bizga mana shu suhbatdan nasib qilgan bo'lsin. Aqul huavli ha davos taqvirullohu alayhi va alaykum assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh.