Maviza
—Qoralama25 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
25:24
O'zgarishlar tarixi

Men hamma narsani to'g'ri qilyapman, nimaga hali ham bo'lmayapti deydi. Biz aytamizki, taqvodor ukam, sen halolga kelmayapsan, namozingni saqlayapsan, halol ishlayapsan. Diningda sobit tursang ham, taqvolda yurishsang ham, ishing yurishib, qo'lingda pul to'playmayotgan bo'lsa, yuraverasanmi, falonchini qara, falonchi oshnangni qara, manchaga erishdi, sen yuraverasanmi, bitta chakam qilmading deb turib, o'zi to'g'ri yuribdi hali yigit. Biz aytayotgandek ibodatda. Halol, birovni haqqini yemayapti. Shariat aytgandaqa yuribdi, lekin bo'lmayapti da hozir. Ota ona o'zi nima qiladi, benzin sepib turadi da.

Abdulloh domladan halol ishlab ishi yurishmayotganlar uchun juda muhim ma'ruza. Halol mehnat qilyapsiz u, lekin ishingizda baraka yo'qmi? Nega yomonlarning ishi yurishib, halol ishlab qiynalayotganlarniki to'xtab qoladi degan savol sizni ham qiynayaptimi? Bugungi videoda Abdulloh domlaning eng ta'sirli va yurakka yetib boradigan ma'ruzalaridan birini havola etamiz. Bu ma'ruzada halol rizq, baraka va muvaffaqiyatning haqiqiy sirlari ochib berilgan. Ushbu videoda quyidagi savollarga javob topasiz. Nega halol mehnat qilsa ham ish nolga tushib qoladi? Ishdan baraka ko'tarilishining asosiy sabablari nimada? Qarzga botgan va ishiga chiqayotganlar uchun yagona va to'g'ri yechim. Halol rizq va baraka kaliti. Ta'sirli va foydali ma'ruzani oxirigacha eshiting va yaqinlaringizga ham ulashing. Shoyadki, bu video sabab kimningdir hayoti va ishi o'zgarsa. Videoga layk bosishni va kanalimizga obuna bo'lishni unutmang. Bismillahir rohmanir rohim. Innahl hamdali ilahi nahmatuhu onista'iynuhu onista'ufuru. Va na'ruf billahi men shu'ruriyam husina va men sayy'ati amalina, men yahdihillahi falamudullalah, va men yudhililgu falaha deyala.

Mana shadvala ilahillallohu va hidahular sharikala. Onashadi anna muhammadan abduhu va rasuluh, ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Sen kech qolganing yo'q. Rizqning robbisi bor, taqdir bor, hamma narsani o'zini vaqti bor.

Bugun bir yigit haqida gaplashamiz. Namozxon. Halol kasb biladi. Riboga yaqinlashmaydi. Qimorga yaqinlash maydi. Qo'lidan kelgan sadaqasini qilib turadi. Ota onasini xizmatida, jamiyatga foydali inson bo'lishga harakat qiladi. Lekin bu yigitni qalbida bir muammo bor. Nimaga hali ham qo'limda hech narsa yo'q? Nima uchun hali ham bo'lmayapti? Bu yigitni muammosi uni benomozligi, ibodatsizligida emas, haromda emas. Uni to'g'ri yo'lda ekanligini ko'rib turibmiz. Uni muammosi bitta. Nima u? Ana shu natijaga erishishlikka o'zi uchun muddat qo'yib olgan. Allohni ato qilishligiga muddatni o'zi belgilab olgan.

Uka, tushungin, seni halol yurganing senga natijani o'zing belgilangan kuni olish huquqini bermaydi. Qaytaramiz. Seni halol ibodatda taqvoda yurganliging senga natijani o'zing xohlagan kun olish huquqini bermaydi. Ya'ni men halolmanmi? Demak, men aytgan vaqtda natija bo'ladi deyishga haqqing yo'q. Chunki seni halolliging, ibodating, taqvoying hammasi sabab xolos. Natija kimni qo'lida? Allohni qo'lida.

Rizqini egasi bor. Rizqni egasi Alloh Subhanahu va Taoloning o'zi. Astay deb bilar? Vo fis sama i rizqukum va ma tuvadum. Alloh Taolo aytyapti, ey bandalar, sizlarni rizqinglar ham, sizlarga va'da qilinayotgan narsalar ham hammasi osmonda. Meni huzurimda deyapti. Sen ishlaysan, ammo ishxonang seni robbing emas.

Sen savdo qilasan, ammo klient robbing emas. Sen reja tuzasan, plan qilasan, ammo grafiking senga rizq bermaydi. Bularni bari sabab deyiladi. Rizq beruvchi kim? Rizq beruvchi Alloh. Istedimiylar? Va mamin dab bating fil arduilla alallohi rizqu ha.

Yer yuzidagi har bir jonzotning rizqi Allohning zimmasidadir. Yer yuzida o'malaganki jonivor bor, uni rizqi Allohni zimmasidan. Mana hozirgi kunda televideniya bor. Shu bir texnologiya rivojlangan dengiz ostidagi jonivorlarni rizqini topayotganini ko'ryapmiz. Hasharotlar, qushlar, qo'yingki yirtqichlar. Shularni aqli yo'q. Shularni hunari yo'q. Hech narsasi yo'q, faqat harakat qilib chiqadi, Alloh Taolo rizqini yetkazadi. Ana shu suv ostidagi kichkina bir qurtni rizqini bergan Alloh, aqli ongi yo'q bo'lgan qurtni, balig'ini rizqini berkan Alloh, seni rizqingni bermay qo'yadimi?

Yer yuzidagi har bir jonzotning rizqi Allohning zimmasidan. Rizq masalasida sen birodar yolg'izmassan. Sen mehnat qilasan, sabab qilasan, lekin rizq Allohni izidan tashqarida kelmaydi. Ishxonam bor, yuryapti, klientlar ko'p, grafik bo'yicha ishim ketyapti, demak besh yilda boyib ketaman. Kim aytdi?

Kim aytdi? Men deydi, nimaga borma? Uchta do'kon yuryapti deydi. Klientlar serob deydi, tovar o'tyapti, nimaga boyimayapman deydi. Boyagi gap da, seni hamma ishni zo'r qilganliging, taqvodorliging, sababni zo'r qildiganliging, sen belgilagan kuni boy bo'laman deyishingga haq bermaydi. Rizqni kaliti, miqdori, vaqti yerdagi xo'jayinlarni qo'lida emas, odamlarni qo'llida emas, balki osmonlarni egasi bo'lgan Alloh Taoloning qo'lida. Shuning uchun qoida.

Rizqni yerdan harakat qilib, izlab topsak ham, umid va qalbni faqat Robbilar alaminga bog'lashimiz kerak. Mana shu mavzudagi eng kuchli hadislardan bittasi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar ayyuhannas, ittaqulloh va ajmiluh fiddolab. Ey odamlar, Allohda taqvo qilinglar va rizq talab qilishlikda chiroyli yo'l tutinglar. Fa inna nafsang land ta'mu taxtta tastafiya rizqaha va in abutaa anha. Hech bir jon, garchi rizqi unga kechiksa ham, o'z rizqini to'liq olmagunicha o'lmaydi. Halolini olinglar, haromini tark qilinglar.

O'zimizda eski gap bor u, yozilgan bo'lsa, qayoqqa qochay. Yozilmagan bo'lsa, nimadan qo'rqay. Yozilgan bir rizq, yozilgan kuni, xohlamasang ham keladi. Endi yozilmagan u kuni, boshingni toshga ursang ham kelmaydi. Shuni tushungin. Nasib qilsa kelar shomu iroqdan, nasib etmasa ketaver qoshu qovog'dan. Hasan Basri aytadiki, meni rizqimni mendan boshqa hech kim ololmasligini bildim, qalbim xotirjam bo'ldi.

Hasan Basri aytyapti, meni rizqumni mendan boshga hech kim ololmaligini angladim, tushundim, keyin qalbim xotyijon bo'ldi deydi. Sen ham xotyijon bo'll, uka. Ancha bugungi darslarimizda aytganmiz. Adashmasam ikki ming oltinchi yilda qattiq qor yoqqan edi o'shda. O'sha hollar eslaylar da. Bir metrga yaqin qor yoqqon edi. Shunda nima? Qushlar ochig'idan o'lib ketuvdimi o'shda? Bir metr qordan qanaqa qilib donini topmaydi yerdan qush, yerga yeta olmaydi. Qirilib ketdimi? Ha, demak o'sha qushni yashashga taqdir qilingan. Alloh Taolo bir metr qor yog'dirgan bo'lsa, boshqa joyga uni donini yemini nima qilgan, to'kib qo'ygan.

Eslaylar eski darslarimizni aytganmiz, yetib keldi shu zamonlar. Ey, ikki so'm qimmatlaganiga xafa bo'lyapsizlarmi benzinda? Ellik ikki so'm bo'lgandi o'shanda benzin. Yuz so'm bo'lsa ham quyasizlar degandim. Necha pul bo'ldi? Quyapsizlarmi? Nima degan edim? O'sha paytda o'sha yuz so'm bo'lgan paytda yuz so'mga yarasha Alloh Taolo pul beradi. O'sha mashinani minishing taqdir qilingan bo'lsa, o'sha yuz o'n so'mlik benzinga yarasha pulni beradi, yurasan deganman. Bo'ldimi? Tushuninglar birodarlar, benzin ikki yuz so'm bo'lsa ham, ha qimmatchilik yaxshi narsa emas. Bu qimmatchilik faqat bizning yurtimizda bo'lmaydi, butun dunyoda qimmatchilik olyapti. U boshqa mamlakatlarda ham o'sha gsm ko'tarilib ketdi. Lekin g'am qilmang, tushuning. Sizni mashina minishingiz yozganmi, minasiz, yigirma dollarga quyib bo'lsa ham benzinda. Bu gaplarda barini yoshlarga aytyapmiz, ey, unaqa cheklar ellik ming bo'lib ketdi. Peshonangga yozilgan olasan o'sha chekni, xotirjam bo'l. Nima qilma? Vahima qilma.

Hadisda vo in abitau anha deyildi. Garchi rizqi kechikayotgan bo'lsa ham bir insonni, shu kechikayotgan rizqi kelmaguncha, yemaguncha o'lmaydi deyapti. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam taqvodor bo'lsang uch oyda boy bo'lib ketasan demayapti bu yerda. Taqvoni ushlashdan bir yilda millenial bo'lib ketsasan demayapti. Seni ibodatda turgan ukam, muammoing rizqingni yo'qligida emas. Seni muammoing ruzqing keladigan muddatda o'zing belgilab olganingda. Muammoing shoshilayotganingda. Endi bu yerda o'tgan safar ham aytdim, ota onalarni roli katta.

Qaysidir ota ona, bolam shoshma, to'g'ri ketyapsan, hamma yog'ing o'rnida, bo'ladi vaqt sotadi deb turib, Allohni tanigan ota ona, bolasini ko'nglini ko'taradi. Lekin bir xilga gumroh ota onalar yuraverasanmi deydi. Yuraverasanmi, falonchini qara, falonchi oshnangni qara, manchaga erishdi, sen yuraverasanmi, bitta chakam qilmading deb turib, o'zi to'g'ri yuribdi hali yigit. Biz aytayotgandek ibodatda. Halol, birovni haqqini yemayapti. Shariat aytgandaqa yuribdi, lekin bo'lmayapti da hozir. Ota ona o'zi nima qiladi, benzin sepib turadi da.

Endi, rizqim yozilgan ekan, unda nima qilaman ishlab? Deyish ham to'g'ri emas. Bu tavakkalga zid holat. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, al mo'minul qoviy xoyrun u ahab ila allohi minal mo'min i doif. Alloh taologa zaif mo'mindan ko'ra kuchli mo'min afzal. Kuchli mo'mun allohga zaif mo'mindandan ham yaxshiroq, ham mahbubroq. Ihris ala mayyan fauk. Senga foydali bo'lgan narsaga xaris bo'l deyapti. Ya'ni payg'ambarimiz nima deyaptilar? Harakat qil deyaptilar. O'shaning uchun musulmon yigitni hayotdagi formulasi nima? Iymon, taqvo, mehnat, harakat, sabr, duo, taqdirga taslim bo'lish va oxirida kuniga rozi bo'lish.

Menga tegishli ishni to'liq qilaman deydi, menga tegishli bo'lmaganini egasiga topshiraman deydi. Mana shu sababni qilib, natija haqida g'am qilmaslikka Hojar onani qissasi siz bilan bizga misol bo'ladi. Ibrohim alayhissalom ayoli Hojar onani emiziklik Ismoil bilan Bakka vodiysiga tashlab ketdi. Hech narsa yo'q. Tap taqir sahro, Ka'ba ham hali qurilmagan. Shunday qo'yib ketyapti. Shunda Hojar ona, bizni tashlab ketasizmi, ey Ibrohim? Indamadi, orqasini qilib ketyapti. Bizni tashlabketasizmi? Sahroga emiziklik bolasi bilan tashlab ketyapti. Uchinchi marta so'radi, indamadi eri. Erini payg'ambar ekanligini bilardi bu ayol. A allohu la deya, amor aka behada. Yo Alloh buyurdimi shunday qilishingizni, bizni tashab ketishingizni? Ibrohim alayhissalom ha dedi. Shunda mana shu ayol nima dedi? Idan lan yudayya ana. Unday bo'lsa, Alloh bizni zoya qilmaydi. Biz qoldik, allohni buyrug'i bo'lsa,alloh bizni tashlab qo'ymaydi dedi. Ana iymon, ana tavakkur. Aql bor qilmaydigan holat a?

Ammo mana shunday ulug' tavakkalni qilgan Hojarona yotib olmadi da, o'tirib olmadi da. Nima qildi? Qo'lidan nima keladi? Qo'lida chaqalog'i bor, bir kun turdi, ikki kun turdi, suvi tugadi, bola yig'lashni boshladi, suvi yo'q. Nima qila oladi? Qayoqqa boradi sahro o'rtasida? Bitta ayol a? Safoga ko'tarildi. Odam o'tib qolamikin, suvi bir karvon parvon yo'q. Marvoga qarab yugurdi. Uyiga. O'rtada katta masofa bor. Yetti marta borib keldi. O'tirib olmadi.

Sababni qildi, safo bilan marvani o'rtasida yugurdi, natijani kimga tashladi? Allohga tashladi. Kuniga rozi bo'ldi. Alloh taolo zam zam suvini chiqarib berdi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam tavakkal qilish bilan mehnat qilib harakat qilishlikni bir biriga zidmas ekanligini bayon qildilar. Qaytaraman, tavakkal qilichlik bilan sababni qilishlik bitta narsa.

Lav annakum ta tavakkaluni alallohi haqqi tavakkuluhi. Agar sizlar Allohga haqiqiy tavakkal qilganingizda, u sizlarni, qushlarni rizqlantirganidek rizqlantiraveradi. Ular, qushlar tongda, qorni ochiq holda chiqib ketadi, kechqurun qorni to'q holda qaytadilar. Qush qayoqqa borishini bilmaydi. Uni do'koni yo'q, uni hunari yo'q, uni qonoti bor. Uchib chiqib ketish uni ishi. Qonotini qoqib chiqadi, albatta qorni to'q qaytadi. Xotirjam bo'ling. Shu qushni rizqini bergan Alloh sizni ham rizqingizni beradi.

Qarang, qush rizqim yozilgandek uyda o'tirib olayotgani uchib chiqyapti. Demak, tavakkal harakatni, sababni bekor qilmaydi. Haqiqiy tavakkal qo'lni ishdan to'xtatmaydi. Haqiqiy tavakkal qalbni vahimadan to'xtatadi. Bu ketishda qachon uyqularkinmiz? Bu ketishda qanchalik qarzdan qutilarkinmiz? U narx navolarni o'sishiga qaraganda qachon bizni bir vahima keladimi? Mana shu iymonni zaifligidan. Seni vazifang. Seni vazifang o'zingni safoying bilan marveni o'rtasida yugurish. Seni zamzamingni qayerdan chiqarish Allohnin ishi? Seni zamzamingni qachon chiqarish Allohning ishi? Ma'qulmi?

Menga tegishli ishni to'liq qilaman, menga tegishlik bo'lmaganini Allohga topshiraman. Haqiqiy tavakkal qo'lni ishdan to'xtatmaydi, haqiqiy tavakkul qalbni vahimadan to'xtatadi. Boyagi ibodatda turgan yosh yigit, men hamma narsani to'g'ri qilyapman, nimaga hali ham bo'lmayapti deydi. Biz aytamizki, taqvodor ukam, sen halolga kirmayapsan, namozingni saqlayapsan, halol ishlayapsan. Mana shuni o'zi katta yutuq. Mana shu narsani o'zi eng katta yutuqi, katta natija. Lekin natija kechiksa, tushkunlikka kirib qolma. Hamma narsani vaqti bor. As adu billah, vali kunli ummating ajal. Har bir ummatning o'z ajali belgilangan muddati bor. Fa idha ja ajaluhun la yasta qirun sa'atan va la yasta dimun. Endi ana shu belgilangan ajali muddati qachon kelsa, ular orqaga ham, oldiga ham so'ra olmaydi uni. Qarang, rizq bilan ajal bir yozilganda, rizqingiz tugagan kuni ajalingiz keladi. Ajalingiz kelmadimi, demak rizqingiz bor. Alloh taolo ajanni o'zi belgilab qo'ygan soniyada qanday keltirsa, o'sha kungi rizqingni ham shunday keltirib qo'yadi.

Shuning uchun, diningda sobiq tursang ham, taqvo tuz tursang ham, ishing yurishib qo'lingda pul to'playmayotgan bo'lsa, tushkunlikka kirma. Payg'ambarimiz aytadilar, innna rizq'al'a yotluv bo'l'an, abdakamah yotluv bu ajalug'un. Albatta, bandaning ajali, ajali, o'limi. Uni qanday qidirib topadigan bo'lsa, uni rizqi ham uni shunday qidirib topadi.

Ajal qanday belgilangan bo'lsa, rizq ham shunday belgilangan. Bir ikkinchisidan uzib ketmaydi. Ha, to'g'ri, bir odam taqvoda bo'lishi mumkin, to'g'ri ishlayotgan bo'lishi mumkin, ammo uni bu holati yuqorida aytib o'tganimizdek, men aytgan paytda bo'lishi kerak degan haqni unga bermaydi. Tasavvufning ulug' namoyondalaridan Ibn Ato Alloh Sikandariyni bir hikmatini keltiraman.

U kishi aytadiki, la yakun taahhuru amadil ato ma'al ilhah fidduo mujiban liyasi ekan. Duoda deydi u kishi. Qaytib qaytib so'rayotgan bo'lsang ham, Allohning berishi kechikayotgani seni noumid qilmasin. Duoda qilyapsan, lekin kelavermayapti, kechikyapti. Noumid bo'lma. Chunki u Alloh senga duoyingni qabul qilishni va'da qilgan. Ammo sen o'zing uchun tanlagan narsang emas, u sen uchun tanlangan narsani beradi va sen xohlagan vaqtda emas, o'zi xohlagan vaqotda beradi.

Duo qilyapsan, kechikyapti, tushkunlikka tushma. U senga duoni ijobat qilaman degan, to'g'ri. Lekin sen so'ragan narsani o'zini beraman demagan. O'zim xohlagan narsani beraman degan va sen so'ragan paytda beraman demagan. Hozir xohlagan paytda beraman degan. Agar hamma so'ragan narsamizni vaqtida beraversa nima bo'lardi deb o'ylaysizlar?

Ya'ni nimani so'rasangiz o'shani berdi va siz so'ragan vaqtda berdi. Nima bo'ladi hayotda? Kash bo'lib ketar edik. Ishonib oling, bir yomg'ir yog'sin deydi. Bunday charchib qo'ygan. Bittasi yomg'ir yoqmasin, tom yopish kerak. Unda nima bo'ladi? Yomg'ir yopsa halima kuydi, yog'ma yog'masa salima kuydi da. Bu yomg'ir ber, farovordigor, bunday charchib ko'yganman deyapti. Bu aytyapti, yog'may tursin, tomimni yopib qolay deyapti. Endi tushunyapsizlarmi? Siz bilan biz aytgan narsani Alloh Taolo aytgan vaqtimizda bersa, tugab ketadi hamma yoq.

Buni kim idora qiladi? Kimga nimani qachon berish Alloh Taoloning xohishi? Qaytib, qaytib duo qilsang ham, ijobat kechay ekan bo'lsa, tushkunlikka tushma. Ha, robbing, duo qilinglar, ijobat qilaman degan. Ijobat qiladi, lekin Alloh sen so'ragan narsani beraman demagan, o'zim xohlagan narsani beraman va sen so'ragan paytda beraman emas, o'zimni xohlagan paytda beraman dedi. Albatta buni orqasida nima bor? Hikmat bor. Hikmat bor.

Va fil vaqtinla di yuriydi u, la fil vaqtinla li turiydi u. U xohlagan vaqtda, sen xohlagan vaqtin emas. Payg'ambarimiz aytadilar, yusta jab ulya hadiku ma'lami ya jal. Ya qulu da'avtu falam yusta jabli. Sizlardan bitta keladi duosi ijobat bo'ladi. Shoshilmasanglar. Shoshilib ketmasanglar duosi ijobat bo'ladi. Nima deydi shoshilgan odam? Allohga duo qildim, duo qildim, ijobat qilmadi deydi. Mana shu odam shoshilib ketgan bo'ladi, endi duosi ijobat olmaydi. Shuning uchun duo qilishdan nima qilma, to'xtab qolma birodar.

Ibodatda, taqvoda, halol, namozini o'qigan yosh yigit haqida gaplashyapmiz, u shoshib ketyapti. Hamma yog'im to'g'ri bo'lsa ham, ibodatda bo'lsam ham, halol bo'lsam ham nimaga bo'lmayapti degan yigit haqida gaplashyapiz. Ha, iymoningda, taqvoyingda, solih amalingda, tilovatingda, zikringda qoyil bo'lib turgan bo'lsang ham, rizq masalasi seni g'amga solayotgan bo'lsa, demak seni muammoing rizq haqidagi ilmingni sayozligidan.

Imondasan, taqvodasan, solih hammalarni qoldirmaysan, ota onangni duosiga harakat qilasan, jamiyatga foydali inson bo'lishga, hamma yog'ing yaxshi. Shunaqa ibodatda taqvoda turib ham rizq haqida siqilayotgan bo'lsang, demak seni muammoeing rizqda nimaligini tushunmabsan hali. Yana bir hikmat. Savobi qul hivam la to'hriqu asvoral aqdar. Kuchli iroda va qattiq, katta g'ayrat ham taqdir devorlarini buzib o'ta olmaydi.

Har qancha harakat qil, har qancha urin, har qancha tirish Alloh belgilagandan o'tib keta olmaysan. Bu degani ishlamay qo'yaver, himmat qilma degan gap emas. Himmat kerak, mehnat kerak, sabr kerak, vaqt kerak. Himmat baland bo'ladi, harakat kuchli bo'ladi. Lekin inson hozir aytganimizdek, buncha xatti harakatlari bilan Allohnı chizib qo'ygan chizig'idan o'tib keta olmaydi. O'ttiz besh ga kirganda qo'lingda pul to'planadi deb yozildimi, o'ttiz to'rt ga kirganda ham bo'lmaydi.

G'ayrating har qancha kuchli bo'lsin, taqdirni o'zgartirib yubora olmaydi. Abdurahmon ibn Avf roziyallohu alhum Madinaga hijrat qilib kelganida, mana ansorlardan Sa'diddinni robiya juda katta boylikni taklif qiladi. Shunday berib qo'ydi. Lekin bu ulug' sohibi nima dedi? Barakallohu fiy ahliga va malika. Dunluni alas suh. Ahlinga ham, boyliginga ham, molinga ham Allohnı baraka bersin, menga bozorni ko'rsatib qo'yilar dedi. Menga tayyor boylikni ber dedimi? Taklif qilindi. Yo'q. Men sababini qilib topay dedi. Sababini ko'rsat dedi.

Sababni qil, lekin sababga sig'inyapman. Mehnatni qil, do'koni och, hunarni qil, lekin bularni budga aylantiryapman. Do'konda ikkita qildim. Ikki og'aynim yuryapti. Qarzga yana to'rtta mashina oldim, ijaraga berib qo'ydim. Endi boyib ketaman. Bu ishlar seni boy bo'lishligini sababi xolos, sabab xolos. Birodarlar, sabab bu sabab xolos!

Yomg'ir maysani o'stirmaydi. Maysani Allohnin xohishi o'stiradi. Yomg'ir sabab xolos. Agar Alloh xohlasa, shu yomg'ir bu maysani nima qiladi? O'ldiradi. Olov o'tinni kuydirmaydi. O'tinni Allohni xohishiga kuydiradi. Ibrohim alayhissalomni kuydirmadi yu.

Suv cho'ktirmaydi odamni. Allohni xohisha cho'ktiradi. Yunus alayhissalomni cho'ktirmadi yu. Pichoq kesmaydi, Allohni xohishi kesadi. Ismoil alayhissalom kesmadi yu. Bizni qilayotgan ishlarimiz birodarlar, nima xolos? Sabab xolos. Sababni qiling, lekin sababga suyanvomang.

Mana shu sabablarni qil, lekin ularni butga aylantiryapman. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni mana Abdulloh ibn Abbosga aytgan so'zlari. Ida sa'l tafas alillah va idasta'an tafas tayin billah. Katta hadis. Agar so'rasang Allohdan so'ra. Ya'ni o'n o'n ikki yashar Abdulloh ibn Abbosni Payg'ambarimiz amakivachchasini o'zini ulovga uchqochirib olib tushuntiryaptilar. So'rasang Allohni so'ra. Panoh tilasang Allohdan tila. Va bilgin ki, butun ummat senga yaxshilik yetkazamiz deb yig'ilib turgan bo'lsa, Alloh yozganidan oshishicha yaxshilik qilisha olmaydi. Agar butun bir ummat senga yomonlik yetkazamizlab turishgan bo'lsa ularga Alloh yozganadan oshishicha yomonlik yetkaza olmaydi. Chunki qalamlar ko'tarilgan, sahifalar qurigan.

Demak, boshliq, zavod, klient, bozor, tanish bilish, bular sabab. Bular foyda yoki rizqni Alloh'dan mustaqil ravishda siz bilan bizga bera olmaydi. Shuning uchun qoida, sababini qil, ammo qalbingni mana shu sabablarni yaratgan Allohga bog'la. Aqlu qavli hada. Va astag'firullohu alayhi va alakum. Inna Alloh va malakatuhu salununun nabi. Ya yuxillabina an'anavu sollallohu alayhi vasallimu taslima. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)