# Islomda farzand tarbiyasi

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 36 of 510
- Section: —
- Duration: 18 min
- Original title: Islomda farzand tarbiyasi
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/36
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/0j5MO6c3BUQ.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=0j5MO6c3BUQ
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/35.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/37.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:12] Bismillahir rohmanir rohim. Bismillahir rohmatir rohim. Alhamdulillahi robbina alamin, ala aqibatu li muttaqin. Vassalatu vassalamu ala saidina muhammad as sodiq al va adil amin. Va ala alihi va ashabihi ajma'in. Nabarot assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh. Allohu vahanoa va taolo shu saidul ayyom hajjul masakkiyning barchamizga barakotlar qilgan bo'lsin.

[0:41] Avvalgi darslarimizda yosh bolalarni tabiatida uchraydigan to'rtta narsa haqida suhbat qildik. Yolg'on, o'g'irlik, so'kinishlik va bolalarni tabiatini aynishligi, fe'lini buzishligi. Uchtasini suhbat qildik. Yolg'on, o'g'rilik, so'kinishlik. Behayo so'zlarni gapirishlik. Mana endi bolalarni tabiati aynishligini sabablarini ko'rib chiqamiz. Birodarlar, bu musulmon ummati mana bu oxirgi ikkita asrda bir baloga irftori bo'ldi. Bu balo shunaqa baloki, musulmon bo'lmagan boshqa xalqlarga taqlid qilishlik balosi. G'arbga taqlid kilishlik balosiga uchrab qoldik. Bu ko'r ko'rona taqlid, birodarlar odamlarni dindan, xulqdan, milliylikdan to'sib qo'ydi.

[1:35] Bu g'arbiylarni tushunchasiga ko'ra, dunyo bir marta beriladi. Hayot bir marta beriladi, undan imkoni boricha ne'matlanib, huzulanib qolishlik kerak. Bir marta berilgan hayotda huzur halovat qilib qolishlik kerik. O'shaning uchun hozirgi yoshlar birdaniga bo'lsa, hamma narsa bo'lsa. Bu ana shularni bergan targ'ibotini tushunchasi. Kattalar aytadi, bolam sabr qil, musulmonchilik, asta sekin, tez kelgan davlatdan bu ana shularni bergan targ'iboti, ana shularni berilgan tushunchasining ta'siri. Ayrim o'zini aqlli deb sanaydigan odamlar ana shu g'arbga taqlid qilishlikni madaniyat, taraqqiyot belgisi deb biladi. Yarim yalang'och yurishlik, erkak xotinni aralashib yurishligi, behayo bir kinolarni, nusxalarini eshitishlik, ularni nazarida shu narsa taraqqiyot madaniyat deb olinadi. Qaraladi. Bunaqa odamlarni hayotiga qarasang, g'ami faqat tashqi ko'rinishi. Kiyimi, jihozi, uydagi bir qulayliklari faqatgina mana shu dunyosini obodonchiligi bilan band bo'lib qolgan. Bunaqa fikrda yashayotgan odamlar.

[2:50] Bunacha odamlar shu dunyoda o'zida ham halok bo'ladi, oxiratda ham bir alamli azobga qoladi. Shu bahayo birodarlar, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam otalarga, onalarga farzandlarini islom bilan tarbiya qilishligi uchun kerak bo'lgan hamma ko'rsatmalarni qoldirib ketgan. Al yavma akmal tulakum dinakum dedi Allohu Taolo. Bugun sizlarni dininglarni mukammal qildim dedi. Mukammal dinimizda hamma narsaga birodarlar mukammal suratda ko'rsatmalar bor.

[3:22] Mana. Farzandlarni tabiati, fe'li, aynishligini ayrim sabablarni ko'rib chiqamiz. Ko'r ko'rona taqlid qilishlik. Bu zamonimizda aniq ko'rinib turgan narsa. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam imom buxoriy va muslimdan keltirgan hadisni aytadilar. Ibn umar roziyallohu anhudan. Xoliful mushrikiyna, ahful shavarib va avful lihayf.

[3:52] Mushriklarga xilof qilinglar. Mo'ylarni olinglar, soqolni qo'yinglar. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ochiq oydin aytyaptilar, mushriklarni qilayotgan odatlarga teskari ish qilinglar, xilof qilinglarni. Payg'ambarmiz aytganlar, men tashaba habi qavmin fahvo minhum. Kim o'zini bir qavmga o'xshatsa, bas u ana shulardan. Bas u ana shu o'shalardan. Qiyomat kunida kim? Bir kishi kimlarni orasida tiriladi? Kimlarni yaxshi ko'rgan bo'lsa? Kimlarga o'xshashni xohlagan bo'lsa, qiyomatda ana shularni orasida tirilad.

[4:31] Shunday bir yigitlarni ko'rasan, kuch quvvatga to'lgan, nihoyatda bir qaddi qomati zo'r, bila yerda ushlasa kindigini uzib yuboradigan bolalar g'ami tashqi ko'rinishi. Aynaydi oldida soatlab turadi. Go'zallik salonlariga boradi. E bor ekan shunaqalar. Qayerdan oldi bu narsani? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: lay saminna man tashabbaha bi g'oyrina.

[5:00] O'zini bizdan boshqalarga o'xshatganlar bizdan emas. O'zini, bizdan boshqaga o'xshatkanlar bizdan emas! Vala tashabbaha bil yahud, vala bin nasorat. Yahudiy va nasroniylarga o'xshamanglar. To'ylarni qaranglarda. To'ylar. Kimlarda to'yga o'xshayapti?

[5:23] Qayoqdan shunaqa bo'lib qoldi bular? Qayoqdan tushunaqa bo'ldi? Erkaklar erkak sifatida o'ziga o'ziga bir o'xshashligi kerak. Ayollar ham ayol sifatida bir ayolga o'xshashlik kerak bo'ladi. Agar erkaklar ana shu ko'r ko'rona taqlidga erchib, xotin sifatida bo'lib ketayotgan bo'lsa, xotinlar erkak sifatida bo'lib ketayotgan bo'lsa, bilinglarki, bu Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam yomon ko'rgan holat.

[5:52] Farzandlarning tabiati o'zgarishlik sabablari. Birinchisi taqlid dedik. Taqlid. Payg'ambarlarimiz aytadilar: laysa minna man tashabbaha bir rejal minannisa, vola man tashabbaha bin nisa i minna rejal. Bizlardan emas. O'zini erkakka o'xshatgan ayollar. Bizlardan emas, ayollarga o'xshatkan o'zini erkaklar. Shuning uchun yurish turishimiz, kiyim kechagimiz qaraylik, erkakcha bo'lsin. Erkakcha bo'lsin.

[6:24] Umuman musulmonlardan, ya'ni musulmon bo'lmagan xalqlarni urf odatiga ko'r ko'rona ko'ngil qo'yishlik, taqlid qilishlik, yaxshi ish emas. Shuning uchun Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar Imomun Tavaroniydan bu hadis. La esa minna mana amilabiz sunnatiy g'oyriyni. Bizdan boshqalarning odatlarini qilgan kimsa bizdan emas.

[6:50] Bizni sunnatimizdan boshqalarni sunnatiga ergashganlar, bizni urf odatimizdan boshqalarini urf odatiga ergashganlar bizdan emas deyapti. Ertaga kuyov bola uylanmoqchisiz. Ertaga erga tegmoqchisiz, musulmonlarni urf odat qanaqa degan savol qiziqtirsin sizni. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadis sharifda shunday marhamat qiladilar. Bu hadis Abu Hurayra roziyallohu alayhunir ro'yob qilingan. Sunanni Termiziydan. La takunu imma atan. Taquluna in axsanannasu axsanna va in volamu volamna.

[7:30] Immo bo'lmanglar dedi Payg'ambarimiz. Immo kim? Odamlar nima qilsa shuni qilib ketavoradigan odam. Immo bo'lm anglar. Bunday kishilar, agar odamlarga yaxshilik qilishsa, biz ham yaxshilik qilyapmiz deyishadi. Agar odamlar zulm qilishsa, siz ham zulm qilyapmiz, deyishadi. Buni o'rniga dedi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Agar odamlarni yaxshilik qilsa, yaxshilik qilib ishga, agar yomonlik qilishsa, zulmga o'tmaslikka o'zinglarni o'rgatinglar dedi. Tushunarlimi? Ko'pchilik nima qilsa, o'shani qilaveramiz biz ham. Demanglar, musulmon odam immo bo'lmaydi. Tushunarli mi? Yarashadimi, yarashmaydimi, tushadimi, tushmaydimi, cho'ntagi yetadimi, yetmaydimi, qilaveradi. Chunki kim qilyapti?

[8:15] Ko'pchi nima desa, biz hamda o'shada endi deydi. Shu odam immo bo'lladi. Chunki ko'pchilik aravachamiz desa ichib qo'yaveradi. Ko'pchilik jumaga olib boramiz desa nima qilib qo'yaverad? Jumaga ham borib qo'yavoradi. Musulmon o'g'il bolalar jo'ralarni orqalarida erchitinglar. Sizlar modon diktovat qilinglar. Chunki sizlarda diniylar bor. Sizlar dinga, oyatga, sunnatga suyanayapsizlar birodarlar. Bular targ'ib qilayotgan narsa vaqtinchalik narsa.

[8:43] Xo'p, demak g'arib dinlarni urf odatiga ergashib bo'lmas ekan. G'aribdinlardan hech narsani olib bo'lmaydimi? Nima deb o'ylaysizlar? Ularda nimalardan uzoq bo'lishi kerak va nimalarni olish kerak? Oladigan narsalarimiz bor. Mumkin bo'lgan narsalar bor. Foydali ilm. Masalan, tabobat. Ximiya, fizika, texnologiya, ilm fanda yetishgan yutuqlari, hayot uchun kerak bo'lgan foydali ilmlar, buni o'rganishlik kerak, ammo urf odatlarni olmaslik kerak. Lekin afsus, afsus, ayni mana shu ilm fan texnologiyasini olmaydi da, hozirgidek faqat turmush tarzini, hayotini to'rt to'rt kundagi urf odatlarnini olyapti. Va mana shu narsa bilan taraqqiyotga erishish deb o'ylayapti odamlar. Taraqqiyotga qachon erishasan? Ularni endi fanini olib, ularni ilm fanini yuksalganingda.

[9:41] Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytganlar, o'tlu bula ilm va la vabbi bissin. Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar. Xitoyda aqidiy ilmi, hadis ilmi yo'q. Mushriklarni yurti. U yerda dunyoviy fan bor. Odamlarni kundalik hayotini yengil qiladigan, maishatini bir yengil qilaydigan ilm bor. Modomiki xoram emasmi shu narsa shariatimizda? Xoram emas. Bizga foydasi bormi? Bor. Olishimiz kerak.

[10:08] Biz ularni ilm ma'rifatini, texnologiyasini, fizika, matematika yoki ximiyadagi yutuqlarni olamiz, urf odatlarni emas. Al hakimatu dallatul mo'min, dedi payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam. Hikmat, ya'ni ilm. Mo'minni yo'qotib qo'ygan moliga o'xshaydi. Qayerdan topsa shu ilmni? Shuni olishlikka musulmon birinchi haqli odam deydi. Qayerdan bo'lsa ham.

[10:35] Adiblardan birini so'ziga quloq tutamiz. U aytadi har bir xalqni, har bir ummatni saqofati, ya'ni ilmdagi tajribasi, hayotdagi tajribasini, saqofati asalga o'xshaydi. Uzoq vaqtlar davomida mana shu xalqlar ilm, tajriba gullaridan to'plagan asalga o'xshaydi. Uni olishlik kerak. Endi boshqalardek ekan deb turib qimay qo'yish noto'g'ri bo'ladi, chunki asal ari sizni bir marta chaqib olsa, nima? Asalidan voz kechib yuborasizmi?

[11:11] Yana shu o'rinda aytishimiz kerak bo'lgan yana bir so'z, har bitta xalqni, har bitta ummatni saqofati, ilmi, ilmiy tajribasi butun bashariyatni mulki hisoblanadi. Odam bolasida ular ham. Ularni ilm fanda yetgan narsasiga bizni ham haqqimiz bor. Olishligimiz kerak buni.

[11:36] Undan tashqari birodarlar, ilmni vatani bo'lmaydi. Nima degani bu? Qayerdan bo'lsa borib ilm o'rganiladi. Musulmon odam nodoniki shariatda harom qilinmaganmi, mana shu ilm? Bu narsani qayerdan bo'lsam borib o'rganishlik kerak bo'ladi. Xulosa, ilm fanda, ajnabiy xalqlarga taqlid qilish mumkin. Ilm fanda. Ammo axloqda, turmush tarzida emas. Boshqa xalqlarni sahofati olinadi, ilmlari olinadi, ammo odatlari, turmush tarzi olinmaydi. Ularni turmush tarzi ularni nima qilyapti?

[12:17] Ammo afsus, hozirda musulmonlarni bolalari ayni turmush tarzini olyapti, urf odatini o'rganyapti. Ilm fanini, texnologiyasini, saxofatini olmayapti. Farzandlarni, bolalarni tabiatini aynitadigan narsalarni yana bittasi, bu dunyoni zebi ziynatiga huzur halovatiga ortiqcha berilishlik, maishatparast bo'lishlik.

[12:42] Umarun xattob roziyallohu anhu forsda muqim bo'lib yashayotgan musulmonlarga maktub yozib shunday degan edi. Dunyoni zebi ziynatiga berilib ketishdan va ahli shirklarning shakliga kirib ketishlikdan ehtiyot bo'linglar. Kiyimlaridan deb berilgan. Ahli shirklarni shakliga kirib ketishdan, ularni kiyim kechaklarga aralashib ketishingdan ehtiyot bo'linglar.

[13:07] Bu umariddin xattobni musulmonlarga yozgan maktubi. Shuning uchun, hoy, otalar, qizlarimizga, o'g'illarimizga olib berayotgan kiyimlarni qaraylik. Qanaqa kiyim kiyib yuribdi? Mozmin Jabal roziyallohu anhu Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Yamanga yuborar ekan, shunday degandir.

[13:29] Iyaka vattanaun. Fa inna ibodallohi lay su bel mutanaamin. Diqqat qilinglar da. Mozmin Jabalga Payg'ambarimiz aytdilar, dunyoni zebi ziyratiga berilib ketishdan ehtiyot bo'l. Maishatparast bo'lib ketishinglardan ehtiyot bo'. Chunki Allohning bandalari dunyoning zebi ziynatiga berilmagan bo'ladi. Maishatparast bo'lmaydi.

[13:56] Nima degani bu? Huzur halovat, qulayliklar, komfortni xohlaydi doim. Bunaqa narsani ichida o'sgan bola katta bo'lganda qiynaladi hayotda. O'zini ham qiynaydi bunaqa odam, boshqalarni ham qiynayadi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar, ixshaushanu, fa innna niyamala taduun.

[14:23] Soddaroq bo'lishga odatlaninglar. Ya'ni yeyishda, ichishda, turmushda, kiyim kechada soddaroq bolinglar. Qo'poraroq bo'linglar. Zero ne'matlar doim bir xil bo'lavermaydi. Borini shukur qilib yeb ketayotishni o'rgataylik bolalar. Shu kiyim ekan deb kiyib ketishini ko'rsataylik. Injiq qilmaylik. To'palavormaylik. Bo'ladi yu, nonushtaga kirib qolasiz. Menga ko'k choy olib keling deydi.

[14:51] Menga pamil choy olib kelin deydi. Amaki, restoranda zakaz qilasiz. Bu to'ychilik. Borini ichib ketavering, bo'lmasa indamay o'tiravering. Ha endi agar ko'k choy ichsa dalila tushib ketsa, salomatligingiz haqiqatdan ko'tarmaydigan bo'lsa, mayli, bunaqalar kam. Yoshlarni tabiatini aynishiga sabab bo'ladigan ishlardan musiqani ko'p eshitishlik.

[15:16] Musiqani ko'payishgan odamni qalbida Qur'on turmaydi. Va xususan hozirda yoshlarimiz eshitayotgan musiqalarni ko'rsangiz yoki eshitsangiz, bu narsani haqiqat ekanligini ikki marta ishonchingiz ortadi bunga. Chunki bundan bir yigirma yil, o'ttiz yil burungi aytilgan ashulalar bilan hozirgi ashulalar taqqoslab ko'rsa, odam qiynalib ketasan. O'sha klipini ko'rsangiz, bir sekundda to'rtta kadr almashadi. Yana hamma hozirgi aytilayotgan musiqalarda, albatta, behayo ko'rinishlar bor. Shubhasiz. Endi bunaqa musiqa odamni tabiatini, farzandlarni tabiatini buzmaydi deb kim ayta oladi?

[15:58] Birodalar, musiqani hammasi halolmas. Hammasi harom ham emas. Muboh bo'lgan o'rinlari bor. Lekin harom bo'lgan o'sha o'rinlari ko'proq bo'lyapti. Maktabga ketyapti, naushnik qilib muzika eshitib ketadi. Maktabda o'tirib, orqali qo'l qotib qolib, muzika eshitilib o'tiradi. O'sha telefonni olib bergan otalar, mana, quloq solishimiz kerak bu gapga. Quloq solishimiz kerak. Uylanmagan, balog'at yetmagan bolalarni qo'liga qimmat telefon olib bermanglar. Agar juda ham zarur bo'lsa, eng oddiysini olib beringlar.

[16:35] Yana, nima deydi, bolasi odoblik, eslik, axloqlik, hayoli, shijoatli bo'lishini xohlaydi bu otalar. Ota onasini hurmat qilishini, ukalariga rahm shafqat qilishini kutadi. Bolangni o'zi tiqib qo'ygan bo'lsa ham mana shu chekadi. Bolangni o'y fikri, kiyinishi, yurish turishi, gapi ana shu g'arblarga o'xshashlik bo'lsa g'ami. Qayoqdan seni bolang tarbiyali bo'lsa?

[17:00] Televizor. Televizor. Bu alohida mavjud. Televizor tagida moda olib o'tiradigan bo'lib qoldik. Shu bilan siz bilan biz musulmon ummatini, musulmon farzandlarini va ayron qildi, yakson qildi. Yana o'zimiz uyimizga olib kelib qo'ydik bu narsani birodar. Demak, birodarlar, bugun farzand tarbiyasidagi, farzandlarni tabiati uchun degan to'rtta narsa, yolg'on, o'g'irlik, behayo so'zlarni gapirishlik va tabiatini aynishi haqida suhbat qilgan bo'ldik. Inshaalloh keyingi darsimizda bu suhbatimizni davom etkazgan bo'lamiz. Aquli qovli ha da v astag'firulloh alayhi va alaykum. Assalomu alaykum.
