# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 360 of 510
- Section: —
- Duration: 21 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/360
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/I4FN5DDDaCc.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=I4FN5DDDaCc
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/359.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/361.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:04] A a a a a a a saodatning sabablari degan mavzuda dars qilayotgandik. Bugun beshinchi sabab. Bugungi mavzuyimiz nohaq tanqidga qanday munosabatda bo'lasan?

[0:27] Hayotda hammamiz tanqidga uchraymiz. Tanqid qilishadi. So'zimizni, fe'limizni, harakatlarimizni, yurish turishimizni. Gohida bu tanqidlar o'rinli bo'ladi. Quloq solsangiz, haqiqatni aytyapti, tuzatsa bo'ladi. Diqqat qilib, mulohaza qilsangiz, haqiqiqatdan bu narsani bundan yaxshiroq qilishlik mumkin edi. Lekin ba'zida mana shunday bir noo'rin tanqidlarga ham duchor bo'lasan. Tana malomatlarga, hatto tuhmat bo'xtonlarga. Mana shunday holatda inson tushkunlikka tushadi. Qilayotgan ishini qilgisi kelmay qoladi. Qo'lini tushirib oladi. Xavsala aslida pir bo'lib ketadi. Xo'p, mo'min odam mana shunday bir noo'rin tanqidlarga, nohaq tanqidlarga qanday munosabatda bo'lishligi kerak?

[1:15] Odamlarni ahmoqlari, tentaklari Xoliq Subhanahu va Taoloni roziq bo'lgan Haq Taoloni so'kishdi. Yakka yagona bo'lgan Alloh Taoloni haqorat qilishdi. Alloh Taobaraka va Taolo hadis quddusida aytadi: shatamanai ibna adam. Odam bolasi meni so'kib haqorat qildi. Bolam yakun yambag'iylahu an yashdumani. Unga bunday qilishlik, meni so'kishligi to'g'ri bo'lmas edi, lozim bo'lmas edin. Yudini ibna adam, yosubu dara'ro. Odam bolasi menga aziyat beradi, zamonni so'kadi. Va ana dahru biya deyil, biya deyil amr. Men zamonman. Zamon menman. Hamma ish meni qo'limda. Uqalli bullayla va nahar. Kun bilan tunni o'zim almashtirib turaman. Ammo shatmuhu iya ya qovluhu innali valadan. Endi meni haqorat qilishiga kelsak, odam bolasi Allohninng bolasi bor dedi. Men esa tug'maganman, tug'ilmaganman va menga biror kimsa teng emas.

[2:20] Allohni haqorat qilyapti odamlar. Endi mana shunday tabiatli insonlardan sen bilan men birodar nimani kutishimiz kerak? Agar sen hayotda bir yutuqqa erishsang, muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritsang, ko'pchilikda bo'lmagan yaxshiliklardan qo'lga kiritilsang, albatta, achchiq, noo'rin tanqidlarga, malomatlarga, hatto tuxumat bo'xtonlarga ham duch kelasan. Ha. Hayotda nimagadir erishgan bo'lsang, albatta seni mana shunday bir nohaq tanqid qilishadi, malomat qilishadi, tuxumat bo'ton qilishadi. Mana shunday ishlar bilan mashg'ul bo'lgan odamlarga albatta duch kelasan . Bunaqa odamlar avval ham boradi, hozir ham bor, bundan keyin ham bo'ladi. Seni endi tanqid qilishni boshlashdi. Demak, endi bilding bunaqa odamlarni borligini. Chunki nimagadir erishganingdan keyin tanqid qilishi boshlashdi da. Endi ozgina bir muvaffaqiyatga erishding, tijorating yurishdi, hurmating oshdi, qo'lingga bir narsa keldi, mana endi ko'raver. Mana endi shunaqa odamlardek ham borligini ko'raver.

[3:29] Bunaaca odamlar, birodarlar tinchimaydi. To teshik topib kirib ketmaguncha. Yo ko'tarilib ketishlik uchun osmonga, bir shoti to'ppaguncha, narvon to'ppagunch a, bunaqalar hargiz, hargiz tinmaydi. Nodoniki sen bilan men mana shunga o'xshagan odamlarni orasida yasharkanmiz, tayyor turishimiz kerak. Nimalarga?

[3:52] Ko'zimizni yoshlatadigan ishlarga, bizni xafa qiladigan so'zlarga. Bular tinch qo'ymaydi. Chunki. Neymat egasi borki, unga hasad qilinadi. Ha, o'zicha. Yangi mashina ming olibdimi? Yangi mashina minga olsang ham gapiradi. Endi mashinadan ayrilib piyoda yursang, ha? Piyoda qolibdi yu.

[4:17] Bor a? O'tirgan odam qoqilmaydi. O'li yetti odamlar tepishmaydi. Birodarlar, ha, kamchilik bo'lishi mumkin hammamizda. Yuribsizmi? Yurgan, tikka turib yurgan odam qoqilishi mumkin. Xato bo'ladi hammamizda. Endi shu tanqidni to'g'ri qilayotgan odamlar bor va noo'rin tanqid qilayotganodamlar bor. Shunday odamlar bor. Agar sen ulardan o'zib ketsang, ilmda, odobda, moliyador davlat to'plash deydi. Sen ularni ko'zida gunohkorsan. Seni aybing o'tib ketganing bo'ldi. Endi sen uchun hech qanday tavba yo'l yo'q.

[4:57] To erishgan yutuqlaringdan va Alloh senga ato qilib qo'ygan ne'matlardan ajralmaguningcha, seni hech qachon bunaqalar tinch qo'yishmaydi. Maqtovga loyiq har qanaqa sifatingdan, ulug'likni har qanaqa ko'rinishidan ajralmaguningcha seni o'z holingga tashlab qo'yish maydi. To sen ham ularga o'xshab yalqov, baxtsiz, ahmoq, tentak, befahm, befarosat, tugab bitganlar qatoriga kirib qolmaguningcha, seni hargiz tark qilishmaydi. Ular ayni shu narsani xohlaydi. Chunki sen o'tib ketding ulardan.

[5:34] Ularni ana shu noo'rin tanqidlariga, hasadlariga sabr qilsang, senga ulug' ajrim mukofotlar bor, birodar. Undan tashqari, seni noo'rin tanqid qilishlari seni qadringni oshiradi. Chunki qadrsiz odamga nima qilinmaydi? Hasad qilinmaydi. Uchragansizlarda, to'g'rimi? Bor ham menga nima devorgisi keladi? Pul olmayotgandingiz, Alloh uchun deb qilayotgandingiz. Kelishsangiz, unisi u deb ketadi, bunisi bu deb ketadi, bor yo'g'i o'lib ketdingiz siz. Agar shunday qilgan bo'lsangiz, oxirat uchun, savob uchun, din uchun, el uchun, mamlakat uchun bir xayrli ishni qilayotgan paytingizda, ozgina shunaqa bir sassiq suruq gaplarga quloq solib, tashlab ketar ekansiz, ular xohlagan narsani berib qo'ydingiz.

[6:24] Demak, sen ularni so'ziga, noo'rin tanqidlariga, haqoratlari yu bo'htonlariga sobir bo'lishing kerak. Sobit turishing kerak. Xuddi u xuddi og'idek. Harsang tosh. Ko'rgansizlar, katta bo'ladi. O'zini borligini va qudratini isbotlashlik uchun sobit turadi. Mana shu harseyni toshdek turgin birodar. Kesseni, mana shu harseysini toshga otsa, kessak kelib tegadida toshga, parcha parcha bo'lib ketgandek, agar sen sobit tursang, bunaqalarni gaplari keladi da, parcha parcha borib yo'q bo'lib ketaveradi.

[6:58] Bularni so'zlariga parvo qilma. Agar ularni so'ziga parvo qiladigan bo'lsang, ta'sirlansang, siqilsang, asabiylashsang, ular xohlayotgan narsani bergan bo'lasan. Be'etibor bo'l, qovuriladi ular. Gapirsang ham qilaveryapti, gapirmasang ham qilaverayapti. Moqtasa ham indamay ishini qilyaptimi, qovurilib tugaydi. Demak, unaqa odamlarga beriladigan javob nima ekan? Indamasdan ishingni qilaverishing. Ular. Bunaqa odamlar nimani xohlashyapti? Ayni shu narsani. Ular seni hayotingni, umringni kir bo'lishini, seni baxtsiz bo'lishingni istaydi. Hali Payg'ambarimizni hayotidan, Payg'ambarlarni hayotidan misollar aytib beraman. Subhanalloh, bu darslarimiz mana darsimizni boshida aytdik, silsilani. Agar qalbingizni ochib qabul qilsangiz, qalbingizga mana shu yerda aytilinadigan o'lchov tushunchalarni mahkam joylab olsangiz va shu bilan yashasangiz, siz saodatli inson bo'lasiz. Muhimi o'lchov va tushuncha. Agar o'lchov, tushunchangiz to'g'ri bo'lsa, dunyodagi saodatli, baxtli odamsiz bo'lasiz.

[8:08] Chunki bundaylarning hayoti ayni mana shunday. O'zlarini qo'lidan hech narsa kelmaydi. Birovga foydasi tegmaydi. Hayotda biror bir narsaga erishmagan. Ishi o'tirib boshqalarni muhokama qilish. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni hayotiga murojaat qilamiz. Rasululloh tabutga qo'shin tayyorlaganlarida, mana u zot hayotida qatnashgan oxirgi g'azol. O'ttiz ming kishilik qo'shin yig'ildi. Rasululloh mana shu qo'shinni jihozlagani musulmonlarga inqilob ehson qilinglar, dedilar. Shunda kimdir katta pul olib keldi. Kimdir ozroq narsa olib keldi, bor borini olib keldi . Munofiqlar, munofiqlar. O'zi munofiq. Bir chekkada o'tirib olib, ozgina narsa olib kelgan odamni ko'rib turib, ikki kilo xurmo olib keldi? O'ttiz minglik kishiga ikki kilo xurma olib keldi da. Topgani shu. Olib kelsa, he, shu ham ehsonbek, shuni ham olib keladimi? U yetmaydimi? O'zi munofuq. O'zi hech narsa qilmaydi. Endi bir sahoba katta mablag'lar kelsa, qarab turib, riyo deyishdi.

[9:15] Riyo. Bu xo'jako'rsinga qilyapti. O'zi munofiq, o'zi hech narsa qilmaydi. E'tibor beringlar da. Shunaqa hammani tana ma'lumot qiladigan, hammani muhokama qiladigan, g'iybat qiladigan odamlar o'zi hech nasa qilmaydi. To'g'rimi? Bizni aybimiz nimada? Bizni aybimiz shunaqa odamlarga e'tibor berib, ularni qadrini ko'tarishimiz.

[9:41] Bunaqa odamlarni agar bir daraxtga o'xshatish kerak bo'lsa, ular shunaqa daraxtki, na soyasi bor, na salqini bor, na balki bor, na mevasi bor. Ularni mazza bemaza so'zlarga e'tiborsang, birodar, ularni narxini oshirgan bo'lasan. Shuning uchun ularga parvo qilma. Ular ularni unini o'chirmoqchi bo'lsang, ularga javob bermoqchi bo'lsak, nima qilish kerak? Yana ham o'zingni ishingda peshqadam bor. Yana ham kattaroq muvaffaqiyatlarga erish, yana ham katta cho'qqilarni egalla. Shunda ularga sen javob bergan bolasan, shunda ularni og'ziga muhr uriladi. Ma'qulmi?

[10:25] Ularga o'chakishib ishingni tashlab qo'yadigan bo'lsang, ularni xohlagan narsani berasan, chunki fitga o'chashib, kiyim kuydirilmaydi. Alloh taolo nima deyapti? Vala tahzana alayhim, vala takufiy loyqin minmayam kurun. Ey Muhammad alayhissalom, ularni ustida mahzun bo'lmang va ularni qilayotgan makr hiylalaridan siqilmang.

[10:51] Shundan ogoh bo'l birodar. Ularni qilayotgan makir hiylalaridan qalbing siqilmasin. Ularga e'tibor berma. Chunki it hurar, o'tadi karvon. Qarang da, karvon boshi karvonni boshlab ketyapti. Xalq uchun, yurt uchun kerak bo'lgan ustida mahsulotlar bor. Agar u karvon betalab ketayotganda, unga hurayotgan itlarga to'xtab, har bittasiga yerdan olib ketsa yotaversa, nima bo'ladi? Bilasizmi? Karvon to'xtaydi. Yuklar manziliga yetmaydi. Omonatlar zoye bo'ladi.

[11:29] Itlarni ko'pligidan kessaga tortib, kessaga tugab, har bitta kessada ikki so'mlarni olib otishga to'g'ri keladi. Sen shukur qil, birodar. Sen shukur xil. Chunki sen insonlarga foydali bo'lgan, yuklarni ko'targan karvonsan. Sen shukur qul, shunaqa itlardan qilib qo'ymabdi seni. Ularga parvo qilma. Ularni qilayotgan noo'rin tanqidlari faqat seni qadringni ko'taradi xolos. Seni jamiyatdagi hurmating, mavqeingga qarab turib tanqidlar keladi. Faqat qo'lingni tushirib olmagin. Chunki senga ham bo'lgan bunaqa odamlar, sendan keyin ham birodar mevali daraxtga tosh otiladi. Mevasi daraxtga, terakka birodar tosh otmaydi. Bunday odamlar bunaqa noo'rin tanqid qiladigan, tuhmat malomat qiladigan odamlar Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallamni ham kamchilik topishgan. Xoyru xolqilloh bo'lgan Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallamni ishidan ham kamchilik topshgan. Rasululloh ana shu g'inalarni taqsim qilayotganlarida bir kishi kelib aytdiki, bu ishda adolat bo'lmadi. Ey Muhammad, Allohdan qo'rq dedi.

[12:46] Payg'ambarimiz aytdilar, senga voy bo'lsin. Agar men adolat qilmasam, kim adolat qiladi? Menga samo ahli ishonadi yu, malokalar ishonadi yu. Sen ishonmaysanmi dedi. Muhammad bu ish bilan Allohnin yuzini ko'zlamadi dedi. Ibn Mas'ud aytadi, men Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamni oldiga borib, uni so'zini yetkazdim. Noroziligidan Rasulullohning yuzi o'zgardi. Keyin Allohnin Musoni rahm qilsin. Taqiq bundan ham ko'proq ozorlaganida sabr qilgan edi.

[13:20] Muso alayhissalomga nima ziyod bergan edi qavmi? Noo'rin tanqidlarga qanaqa munosabatda bo'lasan? Men misollarda aytyapman, odamlar Allohnin, Allohdan shuncha ne'matni olib turib, Allohnin bolasi bor, xotini bor deb Allohnin so'kib turgan bo'lsa, shunaqa tabiatli odamlardan sen bilan men nimani kutishimiz kerak?

[13:42] Mo'so alayhissalom haqida Allohnin taolo aytadi. Mana Payg'ambarimiz aytyaptilar, Mo'soni Allohnin rahm qilsin. Bundan ham qattiq aziyatlarga duch kelganda sabr qilgan. Nima degan edi? Mo'so alayhissa salomga qavmi. Astaydubillah. Ya ayyuha la dina amanu la takunu kalla dina aza musa. Fabar rohullohu min maqolu vakana indallohi vajiha. Ey mo'minlar, Mo'soga ozor bergan kimsalar kabi bo'lmanglar. Bas Alloh mausoni ular aytgan ayblardan pokladi. U Alloh nazdida obro'li kishi edi.

[14:18] Mutafaa alayhi bo'lgan hadisda mana shu Banu Isroilni Mo'sal alayhissalomga bergan aziyatlardan bittasi Payg'ambarimizni tilidan rivoyat qilinadi. Banu Isroil deydi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yalang'och bo'lib cho'milishar edi. Bir birlarini avratlariga qarardi. Mo'so alayhissalom esa, xayoliy zot bo'lganligi uchun yolg'iz yuvinardi. Shunda mana Usroil va Allohiy, Mo'soni biz bilan birga yuvinishdan, uning badanidagi ishig'i borligi to'sadi deyishdi. Grija deyiladi. Yoki bir quvug'ida ishig'i borda degan aybni nisbat qilishar edi.

[14:56] Kimni ayblashyapti? Qulchilikdan olib chiqib ketgan Misrni o'zida to'qqizta mo'jizani ko'rsatgan, dengizni yorib o'g'ilib o'tib ketib, Fir'avnni cho'ktirgan, Mosu alayhissalomni, o'zlaridan bo'lgan payg'ambarni, shuncha musibatlardan olib chiqib ketgan payg'ambarni ayblashyapti. Kimlar? Banu Isroil o'zini qavmidan bo'lganlar. Payg'ambarimiz aytadilar, Mo'so alayhissalom kunlarini birida yuvunish uchun bordi. Kiyimlarini yechib bir toshni ustiga qo'ydi. Qo'yishi bilan tosh uni kiyimlarini olib qochib ketdi. Tosh yurib ketdi Allohnin Mo'jizasi bo'ldi. Mo'so alayhi assalom toshni izidan quvib yugurib ketar ekan, qichqirardi. Kiyimim, tosh, kiyimim, toshti. Yalang'och holda kiyimini quvvatlab ketar ekan, yahudlar Mo'so alayhissalomni ko'rishdi shu holatda. Va aytishdiki, ha, vallohi Musoni bironta aybi yo'q ekan, deyishdi. Keyin kiyimini olib, toshni urib qoldi qo'ldagi asosi bilan. Abu hurayra roziyallohim aytadi, albatta ana shu toshda Muso urgan oltita yoki yettita iz bor dedilar.

[16:04] Shunaqa tabiatli odamlarni ichida yurib, sen ulardan, men ulardan nimani kutishimiz kerak? Muso alayhissalomga keyin shunaqa muomala qilishdi. Endi nima deymiz? Mo'lis alayhissalom alloh taologa olib yubordi. Parvardigor, odamlar meni tillari yomonlashdan tegishsin, deb duo qildi. Parvardigor shunday qilginki, meni qaytib yomonlashmasin.

[16:26] Mumkin ish a? Allohga mumkin ish a, Alloh qodir a bu ishga? Shunday qilgin ki, meni yomonlamasin qaytib bo'lar. Alloh Taolo dedi. Ey Muso, sen so'rayotgan narsani o'zim uchun ham qoyim qilmaganman. Ular meni so'kishsa ham, haqorat qilishsa ham, men ularni yo'q qilib tashlamayman, balki rizqlarini ato qilaveraman.

[16:53] Sen birodar ularni og'zidan yopib qo'ya olmaysan. Tillarini bog'lab qo'ya olmaysan. Ammo ularni tanqid malomatlarini beparvolik bilan, ularga e'tibor qilmaslik bilan to'xtatib qo'ya olasan, ularni ko'mib qo'yaolasan. Qo'l mo'tu beg'oydi kun. Mana shu adovatinglar bilan, gininglar bilan o'lib ketinglar deb ayting. Agar hammani rozi qilaman deyotgan bo'lsang, hammani nazarda mahbu bo'laman deyotgan bo'sang, butun olamni ko'zida ayblardan pok bo'laman deytgan bo'lsang. Sen shu'rani xom sanabsan. Sen amri mahol ishga intilibsan. Sen qilib bo'lmaydigan ishga kirishibsan. Chunki hikmatda aytilganidek, irdoun nasiy g'oyatun la tutrok. Odamlarni rozi qilish yetib bo'lmaydigan orzu.

[17:46] G'arb adiblaridan biri aytadi, sen to'g'ri ishni bajarginda, keyin har qanaqa pastkash, noo'rin tanqiddan yuz o'gir. Seni ranjitadigan so'zga javob berma. Maqola va she'rga javob barma. Chunki odamlarni yarmi sen haqingdagi tanqidni o'qishgan bo'lsa, unutib borishdi. Endi qolgan yarmi bo'lsa, u tanqidni eshitmagan ham, o'qimagan ham. Kuyunma. Sen senga yozilgan tanqidni, senga qilingan noo'rin tanqidni qaytaraman deb raddiya yozmoqchi bo'lsang, seni raddiyani ko'pchilik odam tushunmaydi. Chunki nimaga raddiya berayotganligini bilmaydi da. Shuning uchun bunaqa tanqidlarga raddiya berib, mavzuni chigallashtirma. Te qo'y. Te qo'ying. O'zi o'chadi, qoladi. Odatda chi, yana bitta narsada.

[18:38] Mana ja hozir ko'payib ketdi yu, falonchiga otvet qildi. To'kinchiga otvet qilindi. Falonchini o'rniga qo'yib qo'ydi, falonchini o'sha yerga o'chirib qo'ydi. O'zi u domla yetti yil burun qilgan u masalasini. Yetti yil bo'lgan qilgan ma'ruzasidan qirqib turib, falonchi domla falonchiga otvet qildi. U domla u artist bilan ishi ham yo'q. Unaqa artistni borligini bilmaydi ham. Falonchi domla palonchiga javobni qildi.

[19:03] Odatda, har qanaqa mavzuni dolzarbligi, ukalar, uch kun bo'ladi. Uch kundan keyin odamlar esdan chiqaradi. Agar teg qo'ysangiz, uch kunda yo'q bo'ladi. Agar raddiya bersangiz, soviy ekan qozonni yana qaynatasiz. Ma'qulmi? Javob bermang. Teg qo'ying. Natijada kim yutadi? Agar raddiya bersangiz, o'sha boyagi hasadgo'ylar yutadi.

[19:29] Hakamlardan biri aytadiki, odamlarning bir burda non topish bilan ovoriligi shu darajadaki, sen bilan bizni borligimizni ham unutishib qo'ygan. Ular o'zlarini tirikchiligini to'g'irlash bilan shu darajada mashg'ulki, sen bilan men o'lib kelsa ham sezishmaydi ham. Ozgina sabr qil, bunisi ham o'tib ketadi. Axir qora bulutni tarqaganini, qattiq shamolni to'xtaganini, jazirama issiq u qahraton qishni sovug'i ham tamom bo'lganini ko'rmaganmisan? Sabr qil, bu narsa ham o'tib ketdi. Chunki yomg'ir abadiy yog'maydi.

[20:05] Lan yadur rukm illa ada deydi Alloh Taolo. Ular sizlarga ozor berishdan boshqa hech qanday zarar yetkaza olmaydi. Faqat yuragingni siqadi. Asabini o'ldiradi. Lekin hech narsa qila olmaydi. Vala tuta'il kafi'ina va munofiqina va'da adahun va tavakkal alalloh va kafabillahi vakina.

[20:27] Siz kofirlar va munofolarga bo'yunsinmang. Va ularning ozor aziyatlariga parvo qilmang, hamda Allohga tavakkal qiling. Allohning o'zi yetarli vakil va homiydir. Bunaqa odamlar avvalambor edi, hozir ham bor, bundan keyin ham bo'ladi. Mana, birodar, pastkash, tuban, bema'ni odamlarni noo'rin tanqidlarga qanday muomalada bo'lishligi kerakligini bilib olding. Ularni o'zini holiga qo'y. Bunday toifalar allohga keyin shunaqa munosabatda bo'lishar ekan, o'zlarining payg'ambarlarga keyin shunaxa muomalada bo'lishar e kan, endi sen bilan men ulardan nimani kutishimiz kerak? Ularga parvo qilma.
