# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 361 of 510
- Section: —
- Duration: 49 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/361
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/NpZHj8QpedY.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=NpZHj8QpedY
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/360.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/362.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:00] Qanaqa ayb bo'lmasin, Alloh undan pok. Sog'lom qalb, sog'lom qolb, Alloh xohlamagan ishlarni, Alloh rozi bo'lmaydigan shaxvatlarni xohlamaydi. Sog'lom qulb Allohning vahisiga teskari bo'lgan xabarlarga ishonmaydi, ularni tasdiqlamaydi.

[0:23] Inson o'zini zotida pokligini yaxshi ko'radi. Masalan kiyimimiz pok bo'lishini xohlaymiz. Uyimiz, mashinamiz, xullas hamma yog'imizni. Chunki odamlarning ko'zi tushadigan joyda u. Odamlarning ko'si tushadigan joy mana shu kiyimimiz, mashinamimiz, uy joyimiz. Lekin Alloh Taoloning nazari tushadigan joy bu qalb.

[0:57] Bismillahir rohmanir rohim. Innal hamdili ilahi nahmaduhu anasta'inuhu anasta'firuh. Va navbubillahi min ash g'ururiyan husina. Va min sayyi'ati amalina. Man yahdihillahi falah muvillala va man yurdi ilahi falaha deyala. Va nashshadu alla ilahi illallohu vahidahul sharikala. Mana shuhrat anna muhammadan abduhu va rasuluh, amma abad, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'limi va barakatuh. Alloh Subhanahu va Taoloning go'zal ismlari bor. Robbimiz marhamat qiladi. Valil la hil asma ul husna fado'uhu biha. Alloh Taoloning go'zal ismlari bo, bas uni ular ila chorlanglar. Ya'ni Allohga mana shu go'zal ismlarni o'rtaga qo'yib duo qilinglar. Alloh Taoloning go'zal ismlaridan Al Quddus. Al Quddus ismini Qur'on va Sunnatda vorid bo'lishi. Qur'onda vorid bo'lish. Astabi la hu vallohu la deyla ilaha illa huval malikul quddusus salamul mo'minul muhayminul azizul jabbarul mutakamber. U Alloh shunday zotdirki, hech qanday iloh yo'q.

[2:15] Faqat uning o'zi bordir. U yolg'iz podshohdir, barcha ayb u nuqsondan pokdir, salomatdir. Omon qildirguvchidir, kuzatib ko'rib turguvchidir, qudrat sohibidir, bo'yin sindirguvchidir. Tanho kibr egasidir. Al quddus. Boshqa oyatda, astaydubillah, yusabbixu li'llahi mafis samavati va mafiyl orq al malikul quddusul azizil hakim. Osmonlardagi va yerdagi bor narsa yolg'iz podshoh. Har qanday ayb u nuqsondan pok, qudrat va hikmat sohibi bo'lmish Allohga tasbihat tur.

[2:58] Oshi onamizdan ushbu hadis keltiriladi. Yaqulu firoq oyhi va sujudihi subuhun quddusun robbul mala ikati va ruh. Oisha onamiz aytadilar, albatta Nabiy sollallohu alayhi vasallam o'zlarining rukuvlari va sajdalarida Subbuhum quddusun robbul malay i kativor ruh der edilar. Boshqa hadisda Rasululloh aytadilar, Subhanal malikul quddus, malikul qudd us bo'lgan Alloh har qanday abu nuqsondan pokdir.

[3:33] Jannat. Jannat birodarlar quddus, muqaddaslik, poklik chegarasi bilan yopilgan. Chunki Jannat dunyodagi hamma ayblardan, nuqsonlardan pok. Dunyodagi eng zo'r hayotni tasavvur qiling. Yuzta xizmatchisi bor, hashamatli qasr, yegani oldida yemagani ketida, siz aqlingiz tasavvur qiladigan darajada bir huzur halovatli, komfortniy hayotni tasvir qiling. Jannatdagi hayotni oldiga ham kelmaydi. At taqdiz. Nima u? At taqdiz bu poklashlik. Jannat pokligi bilan chehralangan. Jannatni hamma yog'i pok. Pokligi bilan o'ralgan. Jannatda bizni dunyoyimizni bironta kamchiligi nuqsoni yo'q. Unda qarilik yo'q, soch soqolni oqarishi yo'q, tishni to'kilishi yo'q. Ko'zni xiralashi yo'q, kam xarjligi yo'q, muhtojligi yo'q. Oq bo'lgan farzand yo'q, itoatsiz xotin yo'q, faqirlik yo'q, kasallik yo'q.

[4:44] Jannat poklik qo'rg'oni bilan o'ralgan. Poklik, poklanish bilan chegaralangan. Yana qaytaramiz, chunki u yerda dunyoyimizni kamchiliklari yo'q. Al quddus, mana Qur'onda Alloh Taolo Jabroil alayhissalomni ham quddus deb nomlagan. Astabi la qul na zalahu ruhul quddusiy. Uni Qur'onni ruhul quddus nozil qilganini ayting. Ya'ni Jabroilni ham Alloh Taolo Quddusni degan sifat bilan sifatladi.

[5:17] Ya'ni Ruhul Quddis pok. Nimadan pok? O'zini ishini bajarishlikda har qanday nuqsondan aybdan pok. Jabrullohu alayhissalomni ishi nima edi? Missiyasi. Vahini payg'ambarlarda yetkazishmidi? Mana shu ishida pok. Ya'ni, unutib qo'ymaydi, o'zgartirib qo'ymayd, almashtirib qo'ymaydi, ko'paytirib ham qo'ymayd, ozaytirib ham qo'maydi. Yetkazish degan ishda pok, Al Quddus.

[5:48] Allohga bog'langan mo'min adolatli bo'ladi. Puxta inson bo'ladi, o'zini qo'lga olgan bo'ladi. Payg'ambarimiz aytadilar, mana amala nasa falam yadli imhum. Kim odamlar bilan muomala qilar ekan, ularga zulm qilmasa. Va hadathahum falam yagdi bhum. Gapirib aldamasa. Va'da qilib, xilof qilmasa. Bas u kishi muruati komil. Adolati zohir kimsalardandir. U bilan birodar bo'lish vojibdir, uning g'iybat qilishlik haromdir.

[6:27] Qarang, muomala qilib zulqimaydi, yolg'on gapirmaydi, va'dasiga vafo qiladi. Mana shu odamni Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam adolati zohir inson deyaptilar. Endi, buni teskarisi bo'lsa chi? Zulm qilsa, yolg'on gapirsa, va'da berib bajarmasa, bunday insonning adolati, to'g'riligi yo'q bo'ladi. Shuning uchun Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning hadislari shunga dalolat qiladi.

[6:59] Sizni adolatingizga putur yetkaza oladigan ishlar bor. Nima u? Olish niyatingiz yo'q u, ey qulpon chiqibdimi deb turib bitta nima tortib qo'yib ko'rishingiz. Kap to'g'risiyinglar kulyapsizlar a? Yana deng haligi eng kattasini olib yeydi qulup ketkur.

[7:23] Ajab bo'lsin. Chunki sen kap to'g'risiga imenno kattasini oldiga qo'ygansan, orqasi mayda edi. Ana seni adolating yo'q, shuning uchun uni ham adolati yo'q. Shunday to'kib qo'yganingda mayli edi. Yo sen ham oldaysan da. Sotib olish niyati yo'q, lekin totib kelayotgan bitta qulupnoyi. Adolatini yo'q qiladi. Yo totib ko'rib qimmat ekan deb ketib qolding. Olish niyating yo'q aslida.

[7:48] Odamlarni o'tib turadigan yo'lini ustiga bavl qilishlik, insonni adolatini yo'q qiladi. Ko'chada ovqat yeb yurishlik, odamni adolatiniyo'q qiladi, uyda turib, ko'chadagilar eshitadigan darajada baqir chaqir qilib gapirishlik ham adolatni yo'q qiladida. O'tgan ketgan ayollarni tomosha qilib ko'chada o'tirib olishiga ham erkak kishini adolatini yo'q qiladi.

[8:13] Razil, pastkash odamlar bilan ulfat bo'lish ham adolatni yo'q qilad. Qo'liga o'sha bir hasharot dedi, sichqonmidi, yo bir qandaydir hasharotmidi, kalta kesakmidi ushlab olib, bolalarni qo'rqitish ham adolatniyo'q qiladi, otni baylamasdan ko'chaga qo'yib yuborishlik adolatniyoq qiladi. Mashinani minganda, yo'l harakatiga rioya qilmasdan, xohlagan joyga to'xtatib qo'yish, tezlikni oshirish, svetoforda qizil rangga o'tib ketishlik ham adolatni yo'q qiladi.

[8:47] Ayollar haqida ko'p o'tirib gaplashish ham erkak kishini adolatini yo'q qiladida. Majlislarda erkaklar o'tirib olib, ayollarni unisi oq ekan, bunisi qora ekan. Unisi semiz ekan, og'riq ekan, unisi uzun ekan, bunisi kalt ekan deyish ham, shu mavzularga botib qolish ham erkak kishini adolatini yo'q qiladi. Shariatni puxtaligini ko'ryapsizmi? Nozikligini ko'ryapsingmi? Siz odil inson deyilishligingiz uchun shu ish sifatlar, yomon sifatlar sizdayo'g'i bo'lishligi kerak. Endi muammo inson adolat bilan sifatlanadi. Asablari jilovlangan bo'ladi, aql hushi joyida bo'ladi, hamma narsani o'z o'rniga qo'yadi. Puxta, vijdonli inson bo'ladi. Astaydu billa, ya ayyuha alladina amanu inja'a kun fasi kun binabayin fatabayyanun. Antusiy bu qomman bi jahalating, fathus bihu alama fa'ltum nadimin. Ey mo'minlar, agar sizlarga bir fosiq kimsa biron xabar keltirsa, sizlar haqiqiy ahvolni bilmagan xolinglarda biron qavmga musibat yetkazib qo'yib, qilgan ishlaringizga afsus nadomat chekib qolmasliklaringiz uchun, ana shu fosiq olib kelgan xabarni nima qilinglar?

[10:06] Tekshirib ko'ringlar, aniqlab bilinglar. Mo'min kishi adolatli bo'ladi, insofli bo'ladi va vijdonli bo'ladi. Agar Al Quddus bo'lgan Robbimiz Subhanahu va Taologa iqbol qilishni xohlaydigan bo'lsak, o'zimizni ayblardan poklashlikka doim harakat qilib turishimiz kerak. O'zi asli beayb Parvardigor.

[10:33] Beayb Parvardigan. Faqat Allohning aybi yo'q. Endi, biz o'zimizni bu ayblardan tamomiy yuz foiz tozala olmaymiz. Bu tabiatimizda bor bu narsa. Biz nuqsonlimiz, ojizmiz, bandamiz. Lekin mana shu nuqsonlarimizni bitta bitta yo'q qilishlikka harakat qilar ekanmiz, ana shu nuqsonarimiz kamayishiga qarab, Allohga yaqin bo'lib boraveramiz.

[10:58] Birodar, Allohga yaxin bo'lishni xohlaysanmi? Allohni valiylari, do'stlari qatorida bo'lishni xholaysanmi? Unda o'zingni ayblardan poklashga kirish. Inson avvalambor o'zini shirkdan poklashi kerak. Odam bolasida bo'lishi mumkin bo'lgan ayblarning eng kattasi bu shirk. Inson la ilaha illalloh muhammad rasululloh deb kalimani aytib musulmon bo'lishligi bilan eng katta aybdan o'zini pokladi. Tavhidni isbotladi. Mo'min bo'ldi. Farishtalar ham birodarlar alloh taoloni tinimsiz suratda maqtab poklab turishadi. Astadbil la onax nu nusadbixu behamdika va nuqaddis so'lak. Holbuki biz, deydi farishtalar, hamdu sano aytish bilan seni ulug'laymiz va sening nomingni mudom pok tutamiz. Farishtalar ham alloh taoloni poklaydi.

[11:57] Nafslarimizni har qanaqa aybdan poklaymiz. Maqsad nima? Maqsad senga yaqin bo'lish. Yana qaytaramiz. Allohga yaqin bo'lishingni xohlasang, allohning valiilari qatoriga kirishni xohlasang, qo'lingdan kelganicha, imkoning yetganicha, o'zingni ayblardan pokla. Allohga yaqin bandalar o'zlarini nafslarini poklagan bandalar bo'ladi.

[12:21] Mana endi bir nozik nuqta bor shu yerda. Dunyoda podshohlar bor, vazirlar bor, mansabdorlar bor, qisqa quvvat egalari bor. Kim kelib ularga muloyim gapirib, o'zini sodiqligini e'lon qilsa, ularni xizmatda ekanligini aytsa, bu mansabdorlar, bu ulug'lar ularni qabul qiladi. Endi boyagi xizmatdamiz deyotganlar, boyagi ulug'larni suratini ko'tarib oladi. Ana shu ulug'lar, mansabdorlar podshohlar shu ularga mulozamat qilayotganlarni qabul qilib yuboradi.

[12:57] Zohirida ularga bo'lgan hurmatni ko'rsatsanglar bo'ldi, meni hurmat qilarkanda qabul qilaveradi. Odamlarni rozi qilishlik, mansabdorlarni quvvat egalarini rozi qilishligi yo'li oson. Tamalluq qilsangiz, talyog'lamalik qilsangiz, xizmatda ekanligingizni shunday ko'rsatsangiz, izhor qilsangiz, bo'ldi. Ammo Allohga yaqin bo'lishni yo'li boshqacha.

[13:22] Odamlarga yoqish, odamlarni qalbini kasb qilish, odamlardir rozi qilishni yo'li zohiriy ishlar. Shuni ko'rsatib qo'ysangiz bo'ldi. Ammo Allohga yaqin bo'lishlik bunaqa bo'lmaydi. Agar sen Manda mustaqil bo'lmasang, doim pok bo'lmasang har joyda, rahmli bo'lmasang. Insofli bo'lmaseng. Kamtar bo'lmasang Al Quddus bo'lgan Robbimiz seni qabul qilmaydi.

[13:52] Insonlarga sodiq bo'lishlik bir narsa, Alloh Taologa sodiq bo'lishlik boshqa narsa. Payg'ambarimiz Sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar. Innalloha toyibun la yaqbalu illa toyiba. Albatta Alloh Taolo pok zot va faqat pok narsani qabul qiladi. Pok so'zni, pok amalni, pok sadaqani.

[14:19] Odamlar bilan qilinadigan muomala yengil, Alloh bilan qilinaydigan muomala birodarlar oson emas. Aytayotgan so'zingiz bilan qilayotgan ishingiz bir biriga qarama qarshi bo'lsa, siz sodiqmassiz. Agar kibrdan, yolg'ondan, xiyonatdan, riyodan pok bo'lmasak, Alloh bizni qabul qilmaydi. Qalbingga nazar solmaydi Alloh. Sakinatni bermaydi. O'zini muhabbatini in'om qilmaydi. Seni yaxshi ko'rishini sezdirmaydi.

[14:50] Muammo menda. Al Quddus bo'lgan robbisiga yaqin bo'lishligi uchun o'zini yomon sifatlardan poklaydi deb aytdik. Odamlarni orasida keng yoyilib ketgan bir yomon sifat bor. Xususan musulmonlarni ichida ham bor bu sifat. Nima u? Irqchilik, millatchilik, qabilachilik, urug'chilik. Men falon millatdanman, men falon irqdan, falon urug'danman.

[15:16] Mana shu millatchilik ham siz bilan bizni Alloh'dan to'sadigan yomon sifatlardan bo'ladi. Mulohaza bor shu yerda. Har bitta millat vakili, har bitta millatvakili o'zini, millatini boshqa millatlardan afzal deb biladi. Nima uchun?

[15:38] Millatchilik qilayotgan odam o'zini, otasini, millatini hammadan afzal deb biladi. To'g'rimi? To'g'ri. Hammamizni otamiz kim? Odam alayhissalom. Shundaymi? Shunday. Odam alayhissa salomat millati qanaqa bo'lgan? Modomiki otasini millati uni millati bo'lsa va o'sha otasini millatini hammadan afzal deb biladigan bo'lsa, hammamizni otamiz bo'lgan Odam alayhissalom millati nima edi?

[16:06] Musulmon millati bor, kofir millati bor, bo'ldi. Bizni islomimizni ta'limotida ikki xil millat bor. Musulmon millati, kofir millati. Bizga bu narsani qizig'i bormi, yo'qmi? Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytganlar, millatchilikka, urug'chilikka da'vat qilgan bizdan emas. Millatchilik deb urushgan bizdan emas va millatchilik deb o'lgan odam bizdan emas.

[16:33] Arabning ajamdan, arabmasdan afzalligi yo'q. Bir xil hammasi. Mag'ir taqvo bilan. Hamma odam alayhissalomdan, odam esa tuproqdan. Nima uchun bir millat egasi boshqa millat egalaridan o'zini balandroq deb biladi? Nimaga o'zini millatini boshqalardan afzalroq deb biladi? Aytadiki, bizni millatdan falon falon odamlar chiqqan deydi. Bizni millat tarixida falon falon ishlar bo'lgan deydi. Millati qadimiyligi uchun aytadi va hokazo. Aslida chi, bu narsalar uchun o'zini millatini boshqalardan afzal deb bilmayapti. Bu millatni afzal deb bilyapti, chunki o'zi shu millatni vakilida.

[17:16] O'zi shumillatni vakili bo'lgani uchun maqtayapti. U tarixi uchun emas. Meni millatim hammadan yaxshi bo'lgani uchun hurmatga loyiq emas. Meni millatim hammadandan baland, hammadandan hurmatga loyiqi, men shu millatni vakili bo'lganligim uchun. Demak, men shu millatanmanmi, shuning uchun yaxshi. Men shu millatdanmanmi, demak, o'shaning uchun yaxshiy dedimmi? Men bu kibr akalar.

[17:43] Iblis nima degan edi? Ana, men ana xoyru minhu, men undan yaxshiman degan edi. Shuning uchun layin bo'lgan edi. Agar otasini millati u uchun qadrli bo'ladigan bo'lsa, hammani otasi bo'lgan odam alayhissalomni millati uchun qadri bo'lishi kerak edi. Musulmonmi? Meni birodarim.

[18:06] Millatini nomi qanaqaligi? Muhim emas. Rasul aytyaptilar. Millatchilik qilgan odam bizdanmas. Millatchilikka da'vat qilgan bizdanmas. Millachilik deb urushi bo'lgan odam bizdan emas deyaptilar. Shuning uchun, birodarlar, mana shu kasalga hushyor bo'lishingiz kerak. La ilaha illalloh muhammad rasululloh dedimi? Tamom, bizni birodarimiz u. Rangi qanaqa, qaysi mintaqada yashaydi, boy mamlakatmi, kambag'al mamlakatmi, farqi yo'q. Millatchilik qilgan u odam. Allohdan uzoq, payg'ambardan uzoq, odamlardan uzoq. Innalloha toyibun la yaqbala illa toyiba. Albatta alloh, pokizod faqatgina pokiza narsani qabul qiladi. Al qoda asatu, poklik. Alloh taolo uchun poklanishga doimiy suratda harakatda bo'lamiz. Toqatimiz ko'targanicha, kuchimiz yetganicha va alloh taolodan tavfiq so'raymiz. Biz bu ayblardan o'zimiz poklana olmaymiz, agar alloh tavfiq bermasa.

[19:12] Parvardigor, mana shu o'zimdagi bor ayblardan qutilishigimga o'zing yordam ber, tavfiq bergin deb duo qilib so'raylik. Biz o'zimizga tashlab qo'ysa, hech narsa qila olmaymiz biz. Taqdis, poklash. Taqdis bu tavhid degani, birodarlar. Tavhid Allohni yakkalash, ibodatda, ism va sifatlarida.

[19:35] Bandalar tavhiddan ko'ra yaxshiroq narsani o'rganishmagan. Tavhid nima? Yolg'iz Allohni o'ziga qulchilik qilishlik. Qo'l Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, hal tadriyama haqqullohi alali ibn nabi sollallohu alalayhi vasallam maozimni jabal roziyallohu anhuni o'zlarining ulovlariga uchrashtirib olib so'radilar. Emas, Allohning bandalari ustida qanday haqqi borligini bilasanmi?

[20:05] Bu sahoba Alloh va rasuluhu a'lam. Alloh va uning rasuli bir uchiroq dedi. Payg'ambarimiz aytdilar, an ya aboduho vala yushni kubixi shay'an. Albatta Allohning bandalar ustidagi haqqi, unga biron narsani shirk keltirmasdan unga ibodat qilishlari. Allohning bandalarini ustidagi haqqa, bandalar Allohga shirk keltirmasdan ibodat qilishlari. Allohni haqqi. Allohning haqqi, bandalar Allohga shirk keltirmasligi. So'ngra Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam yana so'radilar. Agar ular shunday qilishsa, bandalar, Allohga shirk keltirmay ibodat qilishi sa, bandalarni Allohni ustida qanaqa haqqi borligini bilasanmi? Bandani Allohni ustidagi haqqi bor ekan.

[20:55] Bilasanmi bandalarda nima haqqi bor Allohni ustida? Agar shirk keltirishmasa, Alloh va Rasul bo'luvchiroq deb javob berdi bu sahoba. Payg'ambarimiz aytdilar, bandalarning Allohni ustidagi haqlari, Alloh ularni azoblamasligi. Robbilar alamin, borliqni yaratuvchisi bo'lgan Robbimiz Al Quddus subhanahu va taolo o'zini ustiga bizni haqqimizni qo'yibdi. Bizni haqidor qilib qo'yibd o'zini ustida. O'zini qarzdor qilib qo'ibdi. Nima ekan? Allohga shirk keltirmasdan ibodat qilib, tavhid bilan oldiga borsang, seni azoblamasligi, seni Allohni ustinglarga haqqing bo'lyapti.

[21:34] Shuning uchun birodar, o'zingni ayblardan pokla, Allohdaan tavfiq so'ra, Allohga yaqin bo'l. Yahudlar da'vo qilishdi. Astaydu billah, nahmi abnaullohi vahib ba uhu. Biz deyishdi yahudiylar. Allohning suyukli bolalarimiz, Allohni suyganlarimiz, Allohning o'g'illarimiz va uni yaxshi ko'rganlarimiz. Alloh taolo ularni bu da'volarni rad qilib shunday dedi. Qul falayman yu adhibukun bi zunubukun bal anthun basharun minman xoliq.

[22:12] Ayting, u holda nega sizlarni gunohlaringiz sababli azoblaydi? Agar sizlar Allohni suyganlari bo'lsanglar, Allohni o'g'illari bo'lsanglar o'zinglar da'vo qilgandaqa, nimaga azoblayapti? Yo'q. Sizlar ham u yaratgan barcha odamlar kabi odamsizlar. Imom Shofiy mana shu oyatdan iste'mol qilib aytadiki, agar ularning bu da'volarini Allohni yaxshi ko'rgan bandalarimiz, Allohning o'g'illarimiz degan da'volarini Olloh qabul qilganida, ularni azoblamagan bo'lardi. Azobladimi? Demak ularni da'volari botin.

[22:50] Agar biz ham da'vo qilsak, nimani? Biz Alloh Taolo Qur'onda maqtagan ummatmiz deb. Astarbeklar, kun tum xoyra ummating uxriyjatli nas. Ey ummatul Muhammad, dedi Alloh Taolo. Odamlar uchun chiqarilgan millatlarni eng yaxshisi sizlar bo'ldinglar, dedi. Desa biz mana shu kalimani taqozosi bilan biz la ilaha illalloh muhammadur rasululloh deganmiz deb turib, ana shu Alloh maqtagan yaxshi ummat biz desa ku, lekin hayotimiz bunga to'g'ri kelmayotgan bo'lsa, ishlarimiz, fe'llarimiz, axloqlarimiz, bizni ham bu gapimiz yahudiylarni davosliqqa quruq da'vo bo'lib qolish xavfi bor.

[23:34] Matishga kirganda taqvoli musulmon, yaxshi odamlar ichiga kirganda yaxshi odam, lekin tashqariga chiqib boshqa toifalarga qo'shilganda, shularni bittasi bo'lib ketayotgan bo'lsangiz, biz ummatlarning yaxshisimiz degan so'zingiz quruq da'vo bo'lib qoladi. Qo'l falima yu avdiy bu kun, bir dunyu bu kun. Agar sizlar Allohni o'g'illari, suygan bandalarimiz degan da'voylar rost bo'lsa, nima uchun azoblayapti sizlarni? Azoblayaptimi? Demak sizlar hali Allohni avliya ololmaysizlar.

[24:07] Aquli qovli ha da va astag'firulloh ili va iloh inna Alloh va malaka tahush sonli ona ala nabi ya yuhalladina amanu sollallohu alayhi vasallimu taslima. Va assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Bismillahir rohmanir rohim. Inna alhamdulillahi inna hamduhu anastayinuhu anastag'firuh.

[24:32] Va na udubillahi min ashururi ampusina. Va min sayyi'ati amalina. Man yahdihillahi falah mudir lala va man yudilil hu falah hadiyala. Va nashado alla iloh ilallohu vahda hula sharikala. Va nashadu anna muhammadan abduhu va rasuluh. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'l va barakatu. Alloh subhanahu va taoloning go'zal ismlaridan al quddus ismini suhbat qilayotgan edik. Davom etamiz.

[25:05] Agar rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari musulmonlarning hayotida tadbiq bo'ladigan bo'lsa, u musulmonlar allohning azobidan omon bo'lishadi. Ana shu azobdan qutilishning bitta yo'li nabiy sollallohu alalayhi vasallamning suhbatlariga amal qilish. Alloh taolo marhamat qilib aytadi, astaydu billah. Voma aka an allohu li va althi bahum va antah fihin. Ey muhammad alayhissalom, modomiki siz ularning orasida turarkansiz, alloh ularni azoblamaydi. Ya'ni, rasululloh tirik zamonlarida, sahobalarni orasida rasululloh bor ekanlar, allohning balosi kelmaydi. Xo'p, u o'sha zamoni saodati uchun shunaqa edi. Endi mana hozir Rasululloh yo'qlar. Vafot etganlar. Endi nima bo'ladi? Qaytaraman. Nabiy sollallohu alayhi vasallam tirik paytlarida, Rasulullohning zamoni saodatida Allohni azobi kelmas edi ekan ummatga. Endi o'tib ketgandan keyinchi? Ummatni ahvoli qanday bo'ladi? Alloh Taolo aytadigani bu yerda, va ma ka'na Alloh liya dhibahum. Alloh ularni azoblamaydi. Agar nima bo'lsa?

[26:16] Ey Muhammad ali assalom, agar ummatingizni hayotida, ishida, safarida, muomalasida, oldi sotqisida, yurish turishida, sizning sunnatingizni tadbiq qilishsa, ularga azob kelmaydi. Ya'ni, bizni ishimizda Rasulullohni turishligi, u jismoniy turishi emas, fizicheskiy turishi emas. U zotning sunnati turgan bo'lsa, demak, Rasululloh biz bilan turgan bo'ladilar.

[26:41] Kim sunnatga amal qilsa, demak, Rasululloh uni yonida, u bilan birga, demak, unga azob kelmaydilar. G'oyatni davomida aytyapti. Voma aka an allohu ma'odhibahum va hum yasag'firun. Siz tirik paytingizda azob kelmas edi, siz ular bilan birga edingiz. Endi, sizni sunnatingizga amal qilib turishsa, keyingi davrda yashagan musulmonlar azob kelmaydi. Va ular istig'for aytib, mag'firot so'rab turgan hollarida ham Alloh ularni azoblamaydi.

[27:11] Rasululloh yo'qlar, bizga ikkita narsa qolyapti. O'z zotning sunnatiga amal qilish, orqasidan istig'for aytish. Istig'for aitib turar ekanmiz, Parvardigorimizdan qilgan gunohlarimizga kechirim so'rab, tavba qilib turar ekanmiz, inshaalloh bizni ham ustimizda ana shu balo degan xavf bo'lmaydi. Sunnatni mahkam ushlashlik va istig'for aityishlik.

[27:36] Agar sunnatni ushamasak, Alloh azza va jalaga istig'for altmaydigan bo'lsak, ustimizga azob kelib qolishi xavfi bor. Al Quddus, At Taqdiz. At Taqdiz degani birodarlar bu tavhid. Tavhid Allohni yakkalash. Zotida, sifatlarida, fe'llarida.

[28:00] Lay saka metlihi shay'un. Allohga o'xshash biron narsa yo'q. Biron narsa u Zotga o'xshab emasdir. Shuning uchun Alloh Subhanahu va Taoloning zoti haqida so'z ketganida, bizni e'tiqodimiz, Moturidiy aqidasini e'tiqodi, tafviz. Nima degani? O'zi biladi deyish. Allohni o'ziga nima qilish? Havola qilish, Allohni o'zi topshirishlik. Alloh qayerda? Alloh arshga iste'fo qildi, qanday bo'ladi? Qur'onda Allohni yuzi, qo'li, joni debdi. Hadislarda Alloh kuladi debdi. Hadislarda Alloh Taoloning ikkita qo'li bor debdi. Ikkala qo'li ham o'ng qo'l ekan. Alloh Taoloning kitta barmog'i debdi. Jahannamni oyog'i bilan ezadi debdi. Mana shu Alloh Taoloning zotiga tegishli so'zlari aytilganda, bizning e'tiqodimiz tafviz. Alloh o'zi biladi. O'sha narsalarda bor dedimi Alloh? Tamom, bor. Qo'li bor dedimi? Qo'li bor. Oyog'i bilan ezadi dedimi, ezadi. Inkor qilmaymiz, chunki oyatda hadislar turibdi. Endi tafsilotini qanaqaligini kavlamaymiz, so'rab surishtirmaymiz. Kelishdik a? Bizni aqidamizda Alloh o'zi biladi.

[29:19] Oyat, hadislarni o'qib, ustidan tushungan, zohiriy ma'nosini ushlab olib, odamlarni orasida muammo qilmaymiz. Demak, Allohga o'xshash biror narsa yo'q. At taxtis, poklash, nafiy qilish, isbot qilish. Mana biz la ilaha illalloh deymiz. Bu ham nafiy qilishi, inkor qilishi, ham isbotlash, tasdiqlash. La ilaha dedik. Iloh yo'q dedik. Bu nafiy qilishingiz. Orqasidan isbotladik, faqat Alloh bor. Demak, la ilaha illalloh deganimizda, biz Allohni poklayapmiz.

[30:02] Alloh taologa loyiq bo'lmagan har qanday narsadan Allohni poklaymiz. Masalan biz Alloh pok deymiz. Ijmonli suratda. Mujmal suratda. Nima degani? Masalan bir odamni falonchi yaxshi odam desangiz, bu mujmal maqtash bo'ladi. Yaxshi odam. Endi. Ta'riflab ketdingiz, yolg'on gapirmaydi, saxovatli, ahdida turadi desangiz, bu tafsiliy maqtash bo'ladi. Ahmad yaxshi odam, bo'ldi, bu mujmal maqtash.

[30:36] Endi sifatlarini aytishlik, bu tafsili moqtash. Alloh taoloni maqtayotganimizda, biz mujmal maqtaymiz. Alloh pok. Allohni poklaganda aytamiz, Alloh pok. U anaqa emas, manaqa emas, bunaqa emas deyilmaydi. Alloh pok, ijmonli suratdan. Ana shu tafsilotlari aytilmaydi. Har qanday aybini husondan pok, tamom.

[31:01] Ammo Alloh taoloni yaxshi sifatlarini aytayotgan paytimizda, tafsilotini aytamiz. Alloh mehribon, Alloh rahmli, Alloh kechiruvchi Kabirul Muta'an. Poklaganimizda mujmal poklaymiz, Alloh pok deymiz. Ammo maqtovli sifatlarini aytganimizda, tafsiliy.

[31:25] Shuning uchun biz Alloh Taoloni Al Quddus deganimizda ma'nosi har qanday aybini husondan Alloh Taolo pok deganimiz bo'ladi. Qanaqa ayb bo'lmasin, Alloh undan pok. Sog'lom qalb sog'lom qalb Alloh xohlamagan ishlarni, Alloh rozi bo'lmaydigan shaxvatlarni xohlamaydi. Sog'lom qalp Allohning vahisiga teskari bo'lgan xabarlarga ishonmaydi, ularni tasdiqlamaydi.

[31:56] Inson o'zini zotida pokligini yaxshi ko'radi. Masalan, kiyimimiz pok bo'lishini xohlaymiz. Uyimiz, mashinamiz, xullas hamyovimiz. Chunki odamlarni ko'zi tushadigan joyda u. Odamlarning ko'zi tushaydigan joy mana shu kiyimimiz, mashinamiz, uy joyimiz. Lekin Alloh Taoloning nazari tushadigan joy bu qalb.

[32:20] Alloh Taolo hadis quddusida aytadi. Ya abdiy, tahqorta man zaral xalqi sinin. Ey bandam, odamlarni xaloyiqmi nazari tushadigani o'rinlarini tozalading. Afalat tahoratda man vari san'atam. Endi meni nazarim tushadigan joyini bir soat bo'lsa ham tozaladingmi?

[32:42] Kelinglar mehmonlar kelib, tozalab yuboringlar bir pastdan buyog'da. Nima bo'lmasin? Xunuk ko'rinmasin. Komissiya kelar ekan. Kelinglar, aynanglarda nima qilib yuboraylik? Otvorar. Bizni uy joyimizni, kiyim boshimizni, mashinamizni odamlar ko'radi. O'shaning uchun toza tushishga harakat qilamiz. Endi Alloh azza va jallarning nazari tushadigan joyi qayer ekan? Qalb ekan. Qalbimizni ham Alloh uchun poklayapmizmi, yo'qmi?

[33:10] Innalloh ala yandur ila su'valikum va ammalikum. Alloh sizlarni suratinglaru pulinglarga, boyliginglarga qaramaydi. Va lekin yandur ila qulubikum va ammalikum Alloh sizlarning qalblaringizga va amallaringizga qaraydi. Tashqi ko'rinishi zo'r bo'lishi mumkin. Soqol qo'ygan, sunnatga muvofiq kiyingan, atirlarni sepgan, tashqi ko'rinushi zo'r bo'lishi mumkin. Lekin undan muhimroq joyi insonning qalbi.

[33:40] Shuning uchun ham Alloh Taolo Qur'onda aytadi, astaydubillah, ya'u malayam faumi ma'lum vala banun illa man atalloha biqolbin salim. Hammamiz o'sha qiyomat kuniga boramiz. Albatta boramiz. Unga ishonamizmi, inkor qilamizmi, farqsiz. Chunki mo'min ham, kofir ham baribir o'ladi da. Uni o'lishligi Alloh Taoloning qo'lida, qabridan tirutilishi ham Alloh Taoloning ixtiyorida. Bu yoqqa bu yoqqa hech narsa qila olmaymiz.

[34:09] Alloh aytadi, u kunda, qiyomat kunida, na mol u davlat va na bolachaqa foyda bermaydi. Agar Alloh huzuriga toza dil bilan kelgan kishilargagina mana shu narsasi foyda beradi. Sog'lom qalb. Eh, menchi, bunaqa yurganim bilan matim toza. Qalbim toza.

[34:33] Men namoz o'qimaganim bilan, ariq ichganim bilan zato matim toza meni deydi. Bu da'vo bu quruq. Sog'lomqalb. Toza qalb qanaqa bo'ladi? Alloh rozi bo'lmagan shahvatlarni xohlamaydi. Allohni vahisiga teskari bo'lgan so'zlarni tasdiqlamaydi. Allohdan o'zgaga ibodat qilmaydi. Hayotini shariatni ustiga quradi. Mana shu odamni qalbi pokiza odam deyiladi.

[35:02] Odamlar borib, yangi ish boshlaydi, tijorat qiladi, muomalalarga kirishadi. Shariatga murojaat qilmaydi, o'zi xohlagandek boshlab bitirib, endi shariatga qaramasdan, o'zi xohlaganday ish qilgandan keyin, albatta muammoga kiradi. Ikkita sherik bo'lsin, yo bir odam pul olib ishlatayotgan bo'lsin, boshida shariat bo'yicha boshlaganida muammo chiqmas edi. Yo'q, o'zi oshimchalik bilan qilib oldi, o'zini aqliga, toza qalbiga ishonib, keyin muammoga kirsa, shariatga keladi hal qilib bering deb. O'zi seni muammoying shariatga kelmaganligingda edi. Shariatga kelmadingmi, muammo chiqishi aniq edi. Endi yechib bering deb shariatga keladi.

[35:44] Endi shariat bilan yechilsa, uni foydasiga, bo'lishiga ahli yetsa keladi u ham yana. Agar uni zarariga bo'lib qoladigan bo'lsa, kelmanglar qo'yadi. Bunaqa odam qalbimni pokiza demasin. Yaqinda bir shunaqa bir savol bilan keldi ukalar, otasiga rahmat. Xullas o'rtada yaxshigina katta pul. Ikkita odam sherik bo'lgan, mojaro bo'lyapti. Ikkov ham aytyapti, domla deyapti. Kimga o'tib ketishi pul muhimmas deyapti. Muhimi Alloh aytganiqa bo'lsin deyapti.

[36:18] Shunaqa bir pokoleniya tarbiya topibdi bizni ishimizda. Muhimmas kimga hal bo'ladi deyapti. Muximi Allohni aytgani bo'lsin deydi. Chunki ikkalasi ham biladi, Alloh aytganiga amal qilsa, zarar ko'rsa ham, rozi bo'lsa, Alloh boshqa tomondan beradi. G'arbda yashayotgan bir musulmon oilani tasavvur qiling. Besh yil, o'n yil yashadi. G'arbda yashadi, musulmon. Ajrashish kerak.

[36:42] Ayol nima qiladi? Agar shar'iy qoziga borib ajrashaman desa, erini mulkidan hech narsa berilmaydi unga. Ammo ana shu G'arbni dunyoviy qonuniga borib murojaat qilsa, erini yarim mulkini unga hukm qilib beradi. Ana, ana pokiza qalb egasi Alloh aytgan tomonga yuradi. Unga foyda bo'ladimi, zarar bo'ladimi, muhim emas unga. Muhimi Alloh aytgani bo'lsin.

[37:14] Pokiza qalb, egasi Allohni norozi qiladigan ishlarga bormaydi. Vahiyga teskari yurmaydi. Hayotini shariat hukmlarini ustiga quradi. Alloh Taolo aytyapti, u kunda na mol u davlat va na bola chaqa foyda bermaydi. Va agar Allohni huzuriga toza dil bilan kirgan kishilargagina mana shu narsani foyda qiladi.

[37:39] Insoniy komil sifatlar bor. Insonlardagi komil sifatli, rostgo'ylik, omonatdorlik, adolat, mehr shafqat. Bu yaxshi sifatlar. Lekin Alloh Taolo insoniy komil shifatlardan ham qok. Biz aytayotgan sifatlar insonlarga xos, insonlar ham adolatli, rahm shafqatli kechiruvchi bo'ladi, lekin Alloh Taolo mana shunga o'xshagan insoniy sifatdan oliy.

[38:08] Nima degani bu? Nima Alloh adolatli emasmi? Alloh rahm shafqati emasmi? Ha, rahm shaf qatli. Odamlar haqida aytamiz. Bu adolatli qozi deymiz. Mehribonlik haqida gap ketganda, onadek mehribon deydi. G'amxo'rlik haqida gapirsa, otadek mehribon, g'amxo'rdek deydi. Demak, hozir adolatli hozir, mehribon ona, g'amxo'r ota. Bu insonlarda bor bo'lgan yaxshi komil sifatlar. Ammo Alloh bunday insoniy sifatlardan pok.

[38:46] Biz Allohni adolatli deganimizda, adolatli qozidek adolatli demaymiz. Alloh taoloni g'amxo'r deganimizda, otadek g'amxo'rt demaymiz. Alloh taoloni mehribon deganda, onadek mehribon demaymiz. Chunki bu qozi, ota va ona inson. Bularning sifatlari ham insoniy va bu nuqsonli.

[39:12] O'sha adolatli degan qozingiz mingta hukm chiqadigan bo'lsa, shundan o'n tasi adolatsiz bo'lib qolgan. Lekin katta qismida adolat qilganligi uchun adolatli deydivoramiz. Onani mehribon deganda, ba'zida mehri kamib ham qoladi, ko'ngli sovub qoladi bolasidan. Ota ham shunaqa. Shuning uchun insoniy, komil bo'lgan sifatlardan ham Alloh pok. Chunki Alloh mukammal adolat egasi, mukammal rahm shafqat va g'amxo'rlik egasi.

[39:42] Alloh taoloning intiqom oluvchi ekanligi ma'lum. Alloh mintaqim, intiqom oladi. Intiqom olish deganda biz bir ma'noni tushunamiz. Birov sizga zulm qildi, siz o'sha zulm qilganga borib turib, javobini shunga yarashib bersangiz, siz intiqom olgan bo'lasiz. Qasos olgan bo'las siz. Al mintaqim, imtiqom oluvchi, Alloh Taoloning ismlaridan. Endi, Alloh Taoloni muntahim imtihon oluvchi deyilganida, jabborlarni, zolimlarni o'ziniga o'z o'rniga qo'yib qo'yishlik tushuniladi. Haddiga keltirib qo'yilishlik tushuniladi. Va mana shu zolimlardan imtihon olishligi bilan insonlar rohatlanadi. Yana shu zolim, jabbor, tog'iy bo'lgan odamni Alloh Taolo imtihon olib jazolasa, odamlar nima qiladi? Rohatlanadi.

[40:36] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning yonidan bir janozani olib o'tishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar mustarihun va mustarohun minhu. Sahobalar so'rashdi. Mustarihun nima? Mustarohun nima? Payg'ambarimiz aytdilar, mo'min menda vafot etib, dunyoning qiyinchiligi va aziyatlaridan qutulib rohat oluvchidir. Mustarihun. Mo'min o'lsa, dunyoni mashaqqatlaridan qutuladi, rohatlanadi. Endi mustarohin nima? Fojil banda vafot etsa, bandalar qutuladi undan. Yurtlar qutuladi unda. Daraxtlar, hayvonlar, hasharotlar uning aziyatidan rohatlanadi.

[41:26] Bitta odam o'lib turib rohatlanyapti, dunyodan chiqib ketib, qutulib aziyatlaridan. Ikkinchi odam o'lsa, dunyo undan qutulyapti. Intiqom olish. Masalan, Ahmadga birov zulm qildi, tajovuz qildi. Uni intiqom olishga haqqi bor. Yana avf qilib qo'yish imkoniyati ham bor. Qasos olish va avf qilish. Qaysi yo'lni tutishligi ahamiyati uchun komilroq bo'ladi? Intiqom olishimi, avf qilishimi?

[41:59] Ikkala varianti turganida avf qilib qo'yishi ustunroq bo'lardi. Qasos olmasdan avf qilish rahmatga yaqin bo'ladi. Qarang, o'zini haqqini shariat bo'yicha olgan bo'lsa ham, baribir odamlar avf qilib qolgani yaxshi edi deydi. To'g'rimi? Ammo Alloh Taoloning intiqomi haqida gapirilsa, Alloh Taoloning imtihon olishi ayni rahmat bo'ladi. Kimga? Mazlumlarga. Boyagi zolimdan Alloh imtihon oldimi, Jabbor jazosini berdimi, bir musibatga, baloga uchratdimi? Mana shu uchratganligi rahmat.

[42:39] Kimga? Mazlumlarga qolgan xaloyiqqa. Tog'iylarda Jabborlardan intiqom olib, xaloyiqni ulardan qutqaradi, rohatlantiradi. Insonning Alloh azza va Jalla haqidagi ilmi komil emas, mutloq emas. Chunki inson Alloh Taoloning qanday ekanligini, zotini bilishi mumkin emas. Alloh haqida har qancha ko'p bilmang, bu ilmingiz nuqsonli bo'laveradi. Chunki Alloh Taoloni tanishlik, Alloh Taoloning o'zi bilan bo'ladi. Hatto mana shu maxluqotlar haqidagi ilmni eng bilimdoni bo'lgan Muhammad Mustafa sollallohu alayhi vasallamning ham Alloh haqidagi ilmi mutloq emas, nisbiy, nuqsonli.

[43:27] Biz Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga iqbol qilarkanmiz, u zotni hayotini o'qib o'rganib, sunnatlariga kirisharkanmiz, u zot haqida yangi bir narsani kashf qilib boraveramiz va avvalgi holatimizdan hayo qilamiz. Nima degani? Men Payg'ambarimizni tanimas ekanman shu paytgacha. Xuddi shunga o'xshagandek, Alloh Taolo haqida qancha bilimingiz ko'paygan sari, men Allohni tanimas ekanman deyishingiz ham ko'payib boradi.

[43:58] Bilimingiz ko'targan sari, bilimsizligingiz ma'lum bo'laveradi. Bir boy odamni tasavvur qiling, bir milliard puli bor deb o'ylardingiz, sizni qalbingizda unga nisbatan bir haybat, hurmat bor edi. Keyin bilsangiz, yuz milliard puli bor ekan. Endi bu hurmatingiz nima bo'ladi? Yana ham ziyodalashadimi? Siz Alloh Taolo haqida ozgina ilmingiz bor edi, shu ilm bilan Allohni ulug'lab, Allohda qo'rqib, Allohni yaxshi ko'rar edingiz. Endi bu ilmingiz ko'paygan sari, Allohda qo'rqishingiz, Allohda umid qilishingiz, Allohga suyanishingiz yana ziyoda bo'lib boradi. Shuning uchun innama yaxshiallohi mina ibadi hil ulama. Alloh Taolo Qur'onda shunday deydi. Albatta, bandalar orasida Allohda oliy bandalar ko'proq qo'rqadi. Chunki qancha yaxshi tanisangiz, shuncha qo'rqishligingiz ziyoda bo'ladi. Shuning uchun Allohni yaxshi tanigan banda rizq faqat Allohda ekanligini biladi. Hamma ish Allohni qo'lida ekanligini biladi. Shu bilan u saodatli bo'ladi, boshqalar emas.

[45:13] Allohni tanigani sari, qalbida xotirjamlik, saodat shu'ri paydo bo'ladi. Alloh taoloning ma'rifati dinning asli. Alloh eng buyuk zot. Allohu akbar. Bu kunday ravshan. Agar chuqurroq o'ylanib ko'rsangiz, nimani topasiz?

[45:39] Alloh sen o'ylagandan ko'ra ulug'roqligini. Alloh sen u haqida bilgan narsadan ko'ra ulug'diroq. Ollohni ma'rifati insonda ko'paygan sari, uni aqli lol qoladi. Lol qolib, allohu akbar deyishdan boshqa so'zi qolmaydi. Subhanalloh deyishdan boshiqa. Alloh inson zotida bor bo'ladigan komil sifatlardan ham pok ekanmi?

[46:07] Insonda bor bo'lgan nuqsonli sifatlardan erta qachon pok. Aytdik mana, mehribon ona, g'amxo'r ota. Adolatli qozi. Mehribonlik deganda ona tasavvur qilinadi. G'amxo'rlik deganda ota tasavvur qolinadi. Endi alloh taoloni otadek g'amxo'ir, onadek mehribon deb bo'lmaydi. Chunki onani mehribonligi ham nuqsonli bo'ladi. Otani g'amxo'riligi ham nuqsonli boladi. Shuning uchun aytyapmiz. Alloh taolo insonlarda bor komil sifatlardan ham pokakami? Endi erta qachon insondagi nuqsonli sifatlardan pok bo'ladi. Voleyllahi ila aslima ul husna fadoiyhu beha. Alloh taoloning go'zal ismlari bordir, bas uni ular ila chorlanglar. Demak, Allohning ma'rifati, Allohni tanish bu dinning asli. Agar siz Allohni tanisangiz, buyuruvchi bo'lgan Allohni tanisangiz, uni buyrug'ini bajarishda, toatta ixlosli bo'lasiz, muhabbatli bo'lasiz. Ammo Allohni o'zini tanimasangiz u, faqat buyruqlarini eshitgan, tanigan bo'lsangiz, Allohning buyruqlarini bajarishdan qochishda, hiyla qilishda, ustasi faren bo'lib ketasiz.

[47:26] Shuning uchun siz shariatda aytilingan buyruqlarni o'rganishdan avval Allohni kimligini tanishga harakat qiling. Bu buyruqlarnini kim buyrug'ganligini bilsangiz, buyruqchi uni tanisangiz, buyrug'iga intilib muhabbat bilan yondashasiz. Agar Allohni tanimasdan ibodatga kirisha oladigan bo'lsangiz, amalga kirishsangiz, siz amallarda qochishlikda usta bo'lib ketib qolasiz.

[47:51] Shuning uchun, birodarlar, Allohda bandalar orasida ko'proq kim bor ekan? Olim bandalari. Mana o'tirib, hozir Alloh Taoloni Al Quddus ismini o'rganyapmiz. Alloh haqidagi ilmimiz ozgina ziyoda bo'ldi. Bildik, Alloh Taoloni onadek mehribon, otadek g'amxo'r deb bo'lmas ekan. Bildik, shu ilm shu. Onangdan ham mehribon, otingdan ham g'amxo'rdir. Alloh senga shunday mehribonki, sen tasavvur ham qila olmaysan. Alloh sen haqingda shunday g'amxo'rki, tasavvur ham qila olmaysan. Seni ishing Subhanalloh deyishlik.

[48:29] Aqul qovli ha da. Va astag'firullohi li va lakum. Innallohu va malakati quyi solluni ala nabi. Ya yuhalladina amaluhu sollu alayhi va sallimu taslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'lvi va barakati.
