Maviza
—Qoralama12 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
11:47
O'zgarishlar tarixi

Mana sadaqani savobi yetishiga dalil, Imom Buxoriy va Muslimdan keltirilgan hadis. Shunday bir toifa ulamolar bor, o'likni amali faqat o'zi bilan edi. U o'lgandan keyin amali to'xta edi. Qolgan tiriklarni uni orqasidan qilgan ishidan savob yo'q deganlar ham bor. Yo'q. Tiriklarni qilgan amallaridan o'lganlarga ham savob bo'ladi degan toifalar ham bor. Mana ahli sunnaval jamoat e'tiqodida siz bilan bizda bor. O'liklar tiriklarni qilgan ishlaridan foydalanadi. Mana endi sadaqa qilsa, meni yerga savob berishiga dalil, Imom Buxoriyo Muslimdan, Oysha onamizdan. Bir kishi aytdiki, yo Rasululloh, tozaladan onam vafot etdi. O'ylaymanki, agar gapira olganida, uni nomidan sadaqa qilishimni so'rar edi. Agar onamni nomidan sadaqqa qilsam, onamga ajr savobi bo'ladimi? Deb so'ragan edi payg'ambarimiz, ha deb javob berdilar. Mana Buxoriy va Muslimdan hadis: "Sadaqa qilaman, onamga savob boradimi?" Boradi deyapti.

Anna Imron tan min juhaynata jad ila Nabiy sollallohu alayhi vasallam va faolat inna ummi natarot an tahutja. Mana bu Juhaynadan bo'lgan, Juhaynadan olgan bir ayol kelib: "Yo Rasululloh, onam vafot etib ketdi, haj qilishni nazr qilgan edi." Onamni nomidan haj qilsam bo'ladimi?" Qoli Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Hujji anha." Uni nomidan haj qiling dedilar. Aro aytilavkan: "A'la ummiki daynun a kun tiyqodiyatan." Agar onangizni qarzi bo'lsa, uzammidingiz dedi. Ayol ha dedi. Rasululloh aytdilar: "O'qidulloha, sollallohu ahau bil vafot." Rasululloh aytdilar: Allohni qarzini ham ado qilinglar. Alloh vahva qilishga haqlidir. Nazir qildimi, demak qarz bo'ldi. Yaxshi bo'lib qolsam bitta qo'y so'yaman. Yaxshi boqib qolsam biror ro'za usti beraman. Nazir qildingizmi, atadingizmi, bu yelkangizdagi qarz. Alloh nasib qilsa shu yozga tushsa bir quduq kalit beraman mahallaga, dedi otangiz. O'tib ketdi. Nazir qildi. Bola uni ado qilishligi kerak bo'ladi. Mabodo kim bunga qodir bo'ladigan bo'lsa.

Qur'on o'qib ishlashlik. Mana qarz masalasida agar o'zini farzandi, o'zini farazandi emas, begona odam bo'ladi, qarzini uzaman desa, bu ham mumkin bo'ladi. Abu Qatoda roziyallohu anhun hadisi bir kishi o'ladi, ikki idinor qarzini Abu Qatodan roziyallohi anhun bo'yniga oladi. Rasululloh janozasini o'qiganlaridan keyin, ertasi kuni qarab, payg'ambarimiz abu qatodani ko'rib, ey abu qatod a? Kechagi qarzni uzib qo'ydingizmi? Dedi. E, Rasululloh kechildi yu, deganda Rasulullohni ranglari o'zgarib ketdi, norozi bo'lgan edi. Yugurib borib uzib keldi. Ikki din orada. Shunda Payg'ambarimiz aytdilar, al ana baridati alix i jildatu huni. Mana endi teri, teri badani sovudi uni dedi qabrida. Demak mumkin bo'lar ekan.

Qur'onni o'qib bag'ishlashlik. Buni ham kimdir savobi yetadi deydi, kimdir yetmaydi deydi, mana biz, biz nima deb e'tiqod qilamiz? Birodarlar, o'tganlarga qorin oqib duo qilib bag'ishlash, albatta ularga savobi yetadi. Necha yil, necha zamondan beri bizni yurtimizda yashab kelgan musulmonlar shuni qilgan, hech kim inkor qilmagan. Badriddin ayniy, rahmatulloh alayhi o'zining sahih buxoriyga yozgan sharhida, rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikkita qabrdan oldin o'tib ketayotib, bir daraxtlarni oldida sindirib ikkiga bo'lib, sanchib qo'yganini bilasizlar. Shunda aytiladi rasululloh, shoyat shu sabab bulardan azob yengillatilsa. Ya'ni yusab bi xulillahi mafiz samavati va mafilot. Osmonlar yerdagi hamma narsa tasbeh aytadi. Valakin la tavqaxuna tasbehahun. Sizlar tushunmaysizlar tasbehini. Shu ikkita navda quriguncha nam bo'lar ekan, demak tasbeh aytadi, shuni tasbehidan mana qabrda yotganlar foydalansa deyapti. Shu hadisiga qattobi aytadi, bu hadisda qabr ustida kitobi azizni qur'onni o'qish mustahab ekaniga dalil bor. Chunki dog' daraxtning tasbeh tufayli mayyitga azob yengillatish umid qilinar ekan, qur'oni karimni tilovatida umidvorlik baraka yanam kattaroq bo'ladi.

Demak mumkin, birodarlar. Imom A'zam Abu Hanifa rahmatullo ali va Imom Ahmadlar aytishgan, Qur'on qarovatining savobi mayyitga yetadi. Shu fikrni qo'llagan ular. Qur'onni hislatiringlar, albatta ashula inshaalloh yetadi. Bunga dalil Abu Bakr Nadjorning Sunan kitobida Ali roziyalloh ham xudan qilgan ushbu rivoyat. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, kim qabrlar o'rtasida o'tib qolib, Qul huvallohu ahadni o'n bir marta o'qib, so'ng uning ajrini o'lganlarga bag'ishlasa, unga o'lganlarning adadicha savob beriladi dedilar. Dori hukmniy rivoyat qilgan.

Yana o'z Sunanida Anasi roziyallohu anhudan marfu shaklda rivoyat qilinadi. Kim qabristonga kirib, yozsin so'rasin o'qisa, o'sha kuni ulardan azob yengillatadi. Demak, birodarlar, savobi yetadi. Savobi yetadi. Maqol Ibn Yasordan, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar, iqro va ala motakum Yasin. Abu Dovud ibn Mojid.

Rasululloh aytganlar, o'liklaringizga yosinni o'qinglar. Mana to'g'ridan to'g'ri hadislarda Payg'ambarimiz siz bilan bizni bunga buyuryaptilar. Umuman olganda, bizni mazhabimiz, Hanafiy mazhabidan barcha mo'tabar manbalarida sadaqa, ro'za, tilovat, boshqa amallarni ana shu savob yetishda alohida to'xtab o'tilgan. Mana jumladan al hidoya, bahru royiq, badoyi kitoblarda bu narsalarni savob borishi haqida ham so'z ketgan. Yana Raddul Muxtorda shunday bir narsani o'qiymiz, Murod Ali. Ibna Hajar Makkidan aytilinadi. Birov qabriston ahliga Fotiha surasini o'qisa, savob ularning o'rtasida taqsimlanadimi yoki har bittasiga o'sha va'da qilingan savob boradimi deganda, har bittasiga alohida savob boradi deb aytilgan.

Biz o'tgandan keyin musulmon kishi, Qur'onni o'qib orqasidan savob bag'ishlashlikni to'g'ri deymiz va bu to'g'ri narsa bo'ldi. Sadaqai joriyin. Sa'dun Mubodo roziyallohu anhu Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni oldiga kelib, yo Rasululloh, men yo'qligimda onam vafot etib ketdi. Onamni nomidan sadaqa qilsam, onamga ajr boradimi deb so'radi. Payg'ambarim sollallohu alayhi vasallam aytdilar, na. Fa inni yushhiduka, aninna haytil miqrov, sadaqatun anhar. Sadriddin bobur roziyallohu anhu payg'ambarimizdan ha degan javobni olganidan keyin aytdilarki, guvoh qilaman sizni, falon joydagi hosildor bog'im allohni yo'lida sadaqa dedi. Demak, men aytga savob bo'ladi.

Bu hadisni juda ko'p marta takrorlaganmiz. O'rniga kelganda buni ham o'qib qo'yamiz. Idamata ibn adam inqata amalluhu ila min thalat. Bir musulmon bandi o'ladigan bo'lsa, hamma amallari uziladi, to'xtaydi, faqat uchta amaldan unga savob borib turadi. Sadaqa tun jarayatu. Musulmonlarga foydasi tegib turgan sadaqasi bo'lsa, asfalt solib qo'ydimi, ko'prik solib qo'yadimi, quduq kavlab berdimi, transformator qo'yib berdimi allohni yo'lida, musulmonlarga foydasi tegayotgan sadaqa joriy qilgan bo'lsa, o'tib ketgan odamga savob borib suradi. Va ilmun yuntafar u bihi. Ilm qoldirib ketgan bo'lsa, ilm o'rgatib ketgan bo'lsin, shu ilmdan o'ziga savob boradi. Vavaradun solihun yadru lahhun. Agar solih farzandi bo'lib, agar uni haqiga duo qilib tursa, bundan ham savob boradi.

Mayyitdan, otadan yoki onadan meros qolgan bo'lsa. Pul qolgan bo'lsin. Taqsim qilinmay turadi, toki qarzlari bo'lsa uzilib olmagunicha. Tushunarli ekan? Ota onani o'zini pulidan qarzini uzib yurishlik to'g'riroq bo'ladi. Bola chaqaga bo'lib yuborib turib, keyin qarzi bor ekan deb kelinmagani to'g'ri bo'ladi. Avval uzib qo'yishlik kerak. Hujjat dalilidan kelgandan keyin, keyin qolgan narsa taqsim qilinadi.

Sadaqa joriyaning eng afzallaridan biri bu suv chiqarib berishlik. Odamlarga suv chiqarilib berishlik. Istavay deb edilar? Va na'da ashabun narya ashabil jannati an afidu alayna minal ma'a av min ma'ruf rohzahkumulloh. Alloh Taolo Qur'onda do'zaqinglarning holidan xabar berish shunday deydi. Do'zaqinglar jannatinglarga xitob qiladi. Bizlarga ham suvdan yo Alloh sizlarni bahramand qilgan narsalardan to'kinglar deb nido qiladilar. Suv beringlar bizga ham o'zinglardagi bog'.

Buxoriy va Muslimdan keltirgan hadisda Abu Hurra roziyallohu anhudan qori Rasulullohi sollallohu alayhi vasallam a bayna marojununi yamshi vittoriq, ida ishtadda alayhil atash. Bir kishi ko'chada ketib borar ekan, yo'lda ketib borar e kan, chanqab ketdi. Fa vajada bi eron, fanazala fixa, fashariyba. Quduqqa tushdi, suv olib ishdi, qaytib chiqdi.

Faida kalbun yalxat. Ya akulu saro minal atash. Chiqsa bir it. Chanqoqdan, holi qurganidan tuprog'ini yalayotgan edi. Faqol rojulu laqot balog'a hadal kalbu minal atashi mitlan ladiy balog'a minni. Bu it ham menga o'xshab chanqabdi dedi. Fanazal al biyron, familiya al xufofu. Tushib, kaushiga yoki kalashimi nima deymiz? Oyoq kiyimiga suv quyib olib chiqdi. Simma amsaka behixiy xatda soqol kalbi. Olib chiqib, itni tumshug'iga tutdi, itni sug'orib qo'ydi. Itni sug'orab qo'ydi. Fashakarallohu alahu fag'ofar alahulah. Alloh taolo unga undan rozi bo'ldi da, bu bandasini gunohini kechirdi. Shunda sahobalar aytishdi, yo Rasululloh, bu hayvonlarga qilgan yaxshiligimizdan ham bizga ajr bormi deganida Payg'ambarimiz aytdilar, ha, har bir jigarda savob bor. Endi jonli narsaga rahm shafqat qilindimi, unga albatta ajr bo'ladi deb aytdi. Demak, qodir bo'lsangiz, birodar, otangizni nomidan, onangizni nomidan bir quduq kavlatib, odamlarga bir ehson qatorida taqlid qilib qo'yadigan bo'lsangiz. Nodonmiki shu suvdan odamlar ichar ekan, hayvonlar, parranda yu darandalar ichar ekan, albatta ota onaga bu narsadan ajr bo'lardi. Ha, bir marta dasturxon solib, odamlardan chaqirib qo'ysa ham, bu ham ehson.

Lekin bu razoviy ehsonda bu. Ha, asbob olib qo'ysin, odamlar foydalanadi. Transformator qo'yib bersin, yangi uchastkalarda odamlar pul yo'q, svet yetisha olmayapti. Kanalizatsiya kovlatib bersin. Savobli bo'lgan ishni qilib berib qo'yingki, davomiy bo'lsin. Razoviy ehson i mnogorazoviy ehson, bizni tilda mana. Demak, suv chiqarib berishdagi aytilingan ulug' savobli amallardan ekan.

Mana. Bitta itni sug'orib qo'yganligi uchun Alloh Taolo gunohni mag'firat qilyapti. Endi namozxon ibodatday bo'lgan musulmonlarni suv bilan sug'orish qanchalar ajr bo'ladi, birodarlar? Endi pulimizni, puldor akalar, qayoqqa sarflashlikni ham o'rganaylik. Qayerda bir imoratni zebi ziynatiga, har qarichini miramar qilishlik ku, falon joydan olib keldim mochi hosilida, moqtanishlikka yu, otangizga savob borsin, otangizdan ham qolgandir u shu pul. Quduq kavlab berib qo'ying.

Qilib berib qo'yinglar, mahallada o'sha qishga ko'mir yo'q odamlar bor, tirikchiligini o'tkaza olmay ekan, otamga borsin savobi, onamga borsin sovobi deb qilsanglar albatta ajr boradi, birodarlar.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)