# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 364 of 510
- Section: —
- Duration: 17 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/364
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/msbCeHCjgdg.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=msbCeHCjgdg
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/363.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/365.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:20] Mana avvalgi suhbatimizda bir kasal haqida suhbat qildik. Bu kasalni ati gunoh ma'siyat degan kasal ekan. Bu shunday bir kasal ekanki, agar inson shu kasalini tuzatmaydigan bo'lsa, shu kasaldan ehtiyot bo'lmaydigan bo'lsak, dunyo oxiratini vayron qilar ekan. Mana shu gunoh hasanlardan bugun inshaalloh bahs qilamiz. Gunohni insonni hayotiga qanday bir ta'siri bor? Gunoh insonni qalbiga, jasadiga, dunyo va oxiratiga eng xatarli bo'lgan katta bir zarar. Uni hamma zararlarini, gunohni, hamma zararlarni Ollohdan boshlash kim bilmaydi. Lekin siz bilan bizga bildirilgan ba'zilari borki, shularni inshaalloh suhbat qilamiz. Birinchidan, gunohlar, banda gunoh qilar ekan, u ilmdan mahrum bo'ladi. Chunki ilm Alloh Taolo bandalarining qalbiga bergan bir nurki, bu nurni gunohning zulmati, ma'siyatning zulmati o'chirib tashlaydi. Imomu Shofiy, Imomu Molikni huzurida bir narsani o'qib berdi. Imomu Molik, Imomu Shofeni zehnini o'tkirligi, xotirasini quvvati, komil fahmini ko'rib, hayron bo'lib aytdiki, Alloh sizni qalbingizga nur berganini ko'rib turibman.

[1:47] Siz mana shu nurni ma'siyat zulmati bilan o'chira olmang dedi. Bu yoshlar, siz bilan bizga tegishli ki, bir ilm talabida yurgan yoshlar. Alloh bergan nur bu ilm. Gunohni zulmati bilan mana shu ilmni, mana shu nurnni o'chira olmaylik. Keyingisi. Kishi qilgan gunohi bilan o'ziga kelayotgan ravon rizqni yo'q qilib qo'yadi. Aytadiganimiz ikkinchisi, gunoh insonni boshiga kelayotgan rizqni barakatini ketkazib qo'yadi? Keyingisi, gunoh insoni qalbini allohdan uzoq qilib qo'yadi. Inson qanchalik gunoh qilar ekan, qalbiga dog' tushar ekan, tavba qilmas ekan, qalp qorayadi. Qalb qorayganidan keyin, unga amr ma'ruf ham, nahang munkor ham kirmaydi. Mana ba'zi bir odamga, ey ro'zada turibmiz, qo'y bunaqa gapingni gapirma. Uyatmaysanmi ramazonda turib desa, unga farqi yo'q, ro'zami, sha'bonmi, sha'volmi, farqi yo'q. Bu insonni qalbi qorayib ketganigidan, Allohda uzoq bo'lib ketganigidan, amru ma'ruf ham kirmaydi buni qalbiga, nahya munkar ham kirmaydi.

[2:58] Bu insonni qalbi o'lik misol. O'lik jasadga har qancha jarohat yetkazmang, u alamlanmaydi, chunki unda ruh yo'q. U jasad o'lib bo'lgan. Xuddi shunga o'xshagandek gunohni ko'p qilishlik bilan qalbi o'lgan insonga yaxshi gap ham, yomon gap ham ta'sir qilmaydi. Gunoh insonni odamlardan uzoq qiladi. Ayniqsa solih insonlarni oldida bunga odamlar tura olmaydi. Ahli ilm bo'lgan, salohiyatli bo'lgan kishilarni suhbatlar o'tira olmaydi. Ularni ilmidan foydalana olmaydi, ularning axloqidan ta'limni o'rgana olmaydi. Chunki gunoh bunday odamlarni oldiga ketishidan bu kishini to'sadi. Endi bunday bir solih insonlarda majlislar bo'lmagandan keyin, albatta, shaytonlar majlisida o'ziga joy topadi.

[3:51] Qarang, mana hozir masjidda o'tirib, masjidda ostonasini mana oqlab o'tirib, obod qilib o'tiribmiz qadamlarimiz bilan. Yana kimlardir qanaqa joylarda obod qilishyapti? Yana qaytarib aytaman, Allohni uyini obod qilgan ham odamlar kerak. Boshqa joylarni obod qilgani ham odamlar keraks. Siz bilan biz Allohga hamd etaylikki, bizni, bizni o'zini uyini obod qiladigan bandalar qatoriga qo'shibdi. Alhamdulillah. Ishi qilgan gunohi bilan, ayol, farzandlari, qarindoshlari bilan o'rtasidagi yaqinlik uziladi. Chunki Allohda qo'rqqan odam silay rahm qiladi. Allohdan qo'shmagan odam silay rahmnini qilmaydi.

[4:37] Bordi keldi yig'ishtirib qo'yadi. Qarabsizki, qarindoshchilik ham o'z o'zidan yo'q bo'lib ketadi. Demak, qilingan gunohlar insonni qarindoshchiligini oilasidan ham uzoq qiladi. Hamma duo qiladi. Ishlarimiz yengil ko'rsin, ishlarimiz o'ngidan kelsin, ishlarimiz oson bo'lsin. Insonni qilgan ko'p gunohlari uni ishlarini mushkul bo'lishiga sabab bo'ladi. Aksincha, agar Allohda qo'rqqanida ishlarini oson kechiradi Alloh Taolo. Aytdik ku mana taqvoni foydalari, boshqa degan darslarimizda inson ishlarini hayotda yengil ko'chishini xohlasa, tijoratini ravon ketishligini, odamlar bilan muomalasi zo'r bo'lishligini, xotin va farzandlari bilan munosabatlari zo'r ketishini xohlaydigan bo'lsa, inson taqvodor bo'lishlik kerak. Alloh aytadi, vama yattaqilloh hayaj allohu min amri yuz roq. Kim Allohda qo'rqsa, Alloh bu kishining ishlarini yengil qiladi. Ishni kim yengil qilar ekan? Nima sababdan yengil bo'lar ekan? Gunohdan ehtiyot bo'lsa, gunoh qilmasa.

[5:43] Bandani qilgan gunohlarini hayotiga qanaqa ta'siri bor? Hayotimizga bu gunohlar qanday ta'sir ko'rsatadi? Mana shuni gaplashyapmiz. Gunohlar insonni qalbini ham jasadini ham quvvatsiz qiladi. Qalbini ham, jasadini ham gunohlar quvvatsiz quvvatsiz. Mana ko'ring, aroq. Aroqqa berilgan odamni xori nima bo'lishingini hamma yaxshi biladi. Alloh taolo bergan, chizgan haddan o'tib ketdi, xor bo'ladi. Zinoga berilgan odam xor bo'lishiga aniq, riboga berilgan odami, moli dunyosi, umuman hayoti vayron bo'lishiga ani. Haromxo'rlik bilan shug'ullangan odam, birodarlar, odamlarga zulm qilib, haromni o'ziga kasb qilib olgan odamlarni hayotini bir qaranglar da. Faqat bu mingan chiroyli mashinasi yu, chiroyli kiyim yu imoratiga qarab yubormasdan, boshqa tomoniga ham qarab ko'ringlar da. Alloh qayoqdan chiqarib qo'yapti.

[6:42] Ya'ni aytdik ku, inson gunoh qilaverarkan, tavba qilmas ekan, qalbi qorayib ketadi. Unga halol nima yo harom nima farqi yo'q, qarg'ish nima farqi yo't. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamni sahobalari, rum va fors degan katta mamlakatlarni yengdi. Nimasi bilan yengdi ular? Adadi ham oz edi, quroli ham unchalik kuchli emas edi. Ular o'zini taqvosi bilan, gunohdan ehtiyot bo'lganligi bilan g'olib bo'lishdi.

[7:10] Umariddin xattom roziyallohu anhu ana shu fors yurtlarida fathlarni ketidan fathlarni qilib borayotgan abu ubaydagi hamma kitob yozadi. Yozadiki, ey abu bayda, sen va qo'shning allohdan taqvo qilinglar. Chunki biz dushmanlarimizni qurol yoki adabimiz bilan yengmaymiz. Ular gunohkorligi sababli mag'lub bo'ladi. Biz taqvo qilganligimiz uchun g'olib bo'lamiz dedi. Ozgina, lekin taqvoda turibdi, gunohdan ehtiyot bo'lgan quvvatlik, narigilar ko'p gunoh ma'siyatni qiladi, ular zaif quvvatsiz. Gunohlar insonni. Jasadidagi a'zolarini ham o'ziga quloq solmay qo'yishiga sabab bo'ladi. Men o'zim ko'zim bilan ko'rib turibman. Sizlar ham ko'rgansizlar. Bomjlar bor u mana. Qishki kuni o'tiribdi. Nonni ushlab olgan. Og'ziga olib kelolmayapti.

[8:03] Sovuq, mana shu qaltiragan, ichgan, o'sha Alloh Taoloni hududini buzganligi uchun xor bo'lib turibdi o'zi. Butun jamiyatdan, insonlikdan chiqib ketgan. Endi o'zini jasadida bo'lgan qo'li quloq solmayapti, chunki o'zi Allohga isyon qilib, Allohni hukmiga ko'mmoqda, Alloh Taolo qo'llarini ham osiy qilib qo'ydi unga. Ovqatni olib kelolmayapti. Bilasizlar, ichib olgandan keyin, yurish yo'li qanaqa bo'ladi uni?

[8:32] Turadi, yiqiladi. Turadi, yiqilladi. Qaniydi, qaniydi bu odamni shu biror bir tasvir qilib, suratga olib, haligi sog'lom paytida qo'yib bersa. Ollohga osiy bo'ldi, jasadlar ham unga quloq solmay qo'ydi. Ma'siyat qilgan gunohlar insonni, insonni rizqini, umrini qisqartiradi deb aytdik. Ya'ni. Oltmish yil yashaydi, yetmish yil yoshaydi, qirq yil yashayadi, hech narsa yulgimaydi hayotda. Dunyodan chiqib ketarkan orqasiga qarasa, bu gunohni doir qilgan odam hech narsa yu yulgimagan. Ibodatga yulgimagan, ota onasini rozi qilishiga yulgimagan va jamiyatga foyda keltirishiga yulgumagan. Chunki gunohlar bu ishlarni qilishidan to'sib qolgan insonlarga.

[9:20] Gunohlar keyingi zarari. Al jazavu min jin sil amal. Shunda bir qoida bor. Bir qilingan gunoh o'ziga o'xshagan gunohni tortib keladi. Bugun bitta chekadi, ertaga ikkita chekadi. Indinga uchta chekadi. Nimaga davom etib kelyapti? Chunki kechagi qilgan gunohini bu mukofoti. Savob ham o'ziga oxshagan savobni tortib keladi. Qoida bu. Bugun talabaga keldingiz. Mukofot ertaga ham kelasiz, Alloh Taolo quvvat beradi, belingizga ham, oyog'ingizga ham, sabringizga ham. Bugun o'n so'm ehson qildingiz qo'shningizga, qarindoshingizga? Alloh Taolo qabul qilganligini bitta alomati ertasi kuni o'n bir so'mga qodir qilib qo'yadi. Demak, gunoh o'ziga o'xshagan gunohni ham tortib keladi. Bugun to'xtasangiz gunohda, erta gunoh qilmasligingiz yana osonroq bo'ladi. Demak, bir kun, ikki kun sabr qilasiz, o'rganadi odam. Mana Ramazon birodarlari. Shu tamaki totuv degan aka ukalarimiz bo'lsa, biz sizlarni yaxshi ko'ramiz. Biz sizlarni hijolat qilishni xohlamaymiz. Yaxshi ko'r. Misol menga nima cheksangiz? Meni pulimga chekamidingiz? O'zingizni o'pkangizga tortyapsiz. Men sizni yaxshi ko'rarman. Chunki siz La ilaha illalloh, Muhammadur rasululloh degan musulmonsiz.

[10:36] Men bilan bir xil sajda qilib turibsiz. Men bilan talabida turib, men yaxshi ko'rayman sizni. O'zimga yaxshi ko'ringan narsani ravo ko'raman. Nimaga chekasiz shu narsani? Ertaga ana shu o'pkasi ishdan chiqib, isyon qilib, nafasi bo'g'ilib yoki o'lib qolishiga sabab bo'lsa, o'zini o'zi halok qilgan qatorda bo'lib qolmaymizmi? Kelinglar tashlaylik. Mana o'n besh kun bor yana. Bo'ldi, endi ertaman ham chekmayman, kech payt ham chekmayman deb, hozir niyat qilaylik da. Hozir nafsimizni sindiriladigan payt. Shayton yo'q ayniqsa. Gunohning insonni hayotiga ko'rsatadigan ta'sirlardan, bunday inson tavba qilishlikdan uzoq bo'lib qoladi. Tovba qildim deydi, lekin bu tilini uchida turadi. Aka ukalarga yig'ilib turib, ota onalar bilan malomat qilib, hijolat qilsa, bo'ldi qaytib ish meyman deb bizga va'da ber desa, bo'ldim va'da berdim, tovba qildim, ish meyman deydi yu o'zi. Qalbi nima qilib turadi? Qalbini gunohni tortib turadi. Va'dani beraveradi, qilmayman deb, qasamni ichib yuboradi, eto svirshe qilib bilgan ishini qilaveradi. Chunki avvalgi qilgan gunohlardan, sidqidildan tavba qilmoqda, u qilgan gunohlar yana tortyapti keyingisini.

[11:41] Ma'siyatlar, qilingan gunohlar bandadan hayoni ko'tarib tashlaydi. Uyalmay qoladi. Avvaliga uyat qilib qilgan bo'lsa, shu gunohni davomiy qilib yuborgandan uyalma ham qo'yadi. Endi uyalma ham qoladi. Unga odamlar qarab turganligi ham baribir, odamlarni gap so'zi ham baribir. Chunki qalb o'lib bo'lgan inson gunoh qilishidan to'xtashligi kerak bo'ladi. Yana kamiga yetmagandek, alloh uni kechqurun qilgan gunohini bekitib hech kimga bildirmagan bo'lsa, ertaman chiqib olib o'zim maqtanadi. Vo kecha deydi, yong'in anaqa qildik deydi, borib bunday qurdik, bunday bo'lib ketdi. Alloh bekitib qo'ydi. Tavba qil, banda, dedi. O'zi oshkor qiladi. Payg'ambarimizning hadisini eslaymiz. Meni ummatimdan hammasini gunohi mansurat qilinadi, dedi Payg'ambarimiz. Faqat mujohirlarniki kechirilmaydi, dedi. Mujohir kim edi? Jahli, ya'ni oshkora gunoh qiladiganlar. Uyalmaydi. Ana nima deysan, nima bo'libdi deydi. Yesan deydi. Ramazonda turibmiz, qo'y bu narsani, qil, bunaqa qilma, nima bo'pti deydi, nima deysan deydi. Bilingki, bu odamga gapirishingni hojati yo'q. Qalbida ozgina salohiyati bor odam uyaladi. Aka, ro'za desa, shabbi bekitib oladi haligi yeyotgan narsasini. Yoki chekkanini bunday qilib oladi.

[12:57] Shu odamdan yaxshilab umid qilsa bo'ladi. Osibanda albatta xor bo'ladi. Bu dunyoda ham, u dunyoda ham. Inson mana shu gunohni qilishlik bilan, harom qilingan tijoratni qilishlik bilam, o'zini aziz deb bilaman deyotgan bo'lsa, bilingki, Alloh aytadi va man yuhini in la hufa ma'alahumi mukrim, innalloh ey af'alumi yasha.

[13:23] Kimni Alloh xor qilib qo'ysa, bas uni hech kim aziz qilguvchi bo'lmas. Alloh xor qilmasin. Bandalarni xor qilgan hech narsa emas. Bandasi har qancha xor qilaman desin, har qancha kuch quvvatini, mansabini ishlatsin. Alloh xor qilmagan bo'lsa, aziz bo'laveradi bu banda. Endi Alloh xor qilib qo'ygan bo'lsa chi?

[13:46] Odamni hayotiga ko'rsatgan ta'siridan qilgan gunohi kichkina bo'lib qoladi. Qanaqa gunohi emasdan kichkina bo'sak, hech narsa emasmiz deb qo'yaveradi. Hamma qili ham tuzatib qo'yadi. A musulmon odam chi? Musulmon odam Payg'ambarimiz sulton ham aytgandek, qilib qo'ygan gunohini xuddi bir katta bir tog'dek ko'radi. Hozir boshimga bosib qolarmikin buni kasofati. Shu qilgan gunohim ustimga tushib ketarmikin deb qo'rqib turadi. Endi hojirbanda esa, gunohni har qancha qilib turib, burniga qo'ygan pashadek parvoy ham qilmaydi.

[14:19] Musulmon odam birovni bir to'rtta so'mga o'tib ketsa, nohaq. Qo'rqib turadi. Teshik chiqmasa yerda bir yerdan. Shu chatar bo'ldi da, domla nima qilsamikin? O'sha odamni topa olmay qoldim. Nima qilay deb turib, qarang, arzimagan uch to'rt chaqadan qo'rqib, teshik chiqishidan qo'rqadi. Biladi da. Robbisi uni yaxshi ko'radi. Bu harom pulni unga singdirmaydi. Bir yerdan tekshirib chiqarib yuboradi. Endi boyagi aytganimizdek, yegani harom, kiygani harom, ichgani harom, harom bilan o'ralib qolgan. Bunaqa odam duo qiladi, rob rob deydi, qayerdan ijobat bo'lsin buni duosi?

[14:58] Gunohlar insonga xorlik keltiradi. Chunki aziz bo'laman degan inson, aziz bo'lamandagi inson Alloh-dan qo'rqishligi kerak edi. Chunki man ka'na yuridula izzata falillahi la izzatu jamiyat. Kim? Azizlikni istaydigan bo'lsa, azizlik faqat Alloh Taoloni, Payg'ambariniki va mo'minlarniki deydi boshqa oyatlar, lekin munofiqlar bu narsani bilishmaydi. Darsimizning nihoyasida bir oyatni o'qiymiz. Mana shu oyat yuqorida aytgan ma'nolarni hammasini o'z ichiga jamlagan.

[15:34] O'tgan darsda aytdik, bir kasal bor, insonni dunyo oxiratini vayron qiladi. Agar bu kasaldan inson tiyilmaydigan bo'lsa. Astayrulla. Zohir al fasado fil barriual bahribiman kasabat ay dinnas li yug'i qohim bag'dol la di aminu la allahum yarjiun. Odamlarning o'zlari qilgan qilmishlari sababli, odamlarni qilgan qimishlari sabablay, quruqlikda ham, dengizda ham, turli ofat balolar yuz berdi. Qayerda suv bosayotgan bo'lsa, insonni qo'li bilan qilingan gunoh sabab. Qayerda yer qimirlayotgan bo'lsak, qayerda bir qahatchilik kelgan bo'lsa qayerda ocharchilik, qayerda qon to'kilayotgan bo'lasa, insonlarni qo'llari qilgan ish sababli. Insonlarni xilgan ishini kasofatiga bo'lyapti. Bu balo va ofatlar odamlar qilayotgan gunoh ma'suliyatlardan qaytishlari uchun ularga qilgan ayrim gunohlarning jazosini toptirib qo'yish uchundir. Shoyat qaytarsizlar deyapti. Robbimiz aytyaptiki, o'zinglar qilgan ishni kasofatidan keldi bu.

[16:41] Ba'zi qilgan gunohinglarni jazosini dunyoda berib qo'yaman, shoyat qiylarmikin sizlar deydi. Demak, insonni hayotini, qalbini, tanasini, dunyo oxiratini vayron qiladigan dard bu gunohlar. Alloh taolo gunohlardan o'zi taqvo qiladigan dardi.
