Maviza
—Qoralama30 daq

Islomda farzand tarbiyasi

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
30:10
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Bismillahir rohmana ir rohim. Alhamdulillahi shu robbilar a'lamin, va ala aqibatu ila muttaqin. Vassalatu vassalamu ala saidina muhammad as sodiqil va adil amin. Va ala alixiy va ashabixiy ajma'in. Mabodo, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Alloh subhanuhu va taoluhu shukur sayyidul ayyom kuni barchamizga barakotli qilgan bo'lsin.

Islomda farzand tarbiyasi deb nomlanadigan darsimizning bugun qirq beshinchi si. Tarbiya darslarida biz ijtimoiy odoblar majlis odobiga kelganmiz. Sahobai ikromlar payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bu yuksak odobi, go'zal axloqni ko'rib, bu sizni odobingiz qanday odob bo'ldi deb so'rashar edi. Rasululloh javob beradilar addabani robbiy va axsana ta'dibiy. Robbim menga odob berdi va odobimni go'zal qildi, chiroyli qildi.

Avvalgi darslarda aytib o'tildi, go'zal huquqqa ikki xil yo'l bilan erishiladi. Birinchisi, ta'lim tarbiya orqali. Ustozlarni etagini ushlash orqali, kitob o'qishlik, ma'ruza tinglash orqali. Bu bitta yo'li. Ikkinchi yo'li, bu Alloh Taolo tarafidan beriladigan bir xulqki, banda Allohga qancha yaqin bo'lishga intilsa, Allohni rozi qiladigan ishlarni, farz vojiblarni, nafirlarni ziyoda qilib ado qilsa, Alloh Taolo bu bandasini yaxshi ko'rib, unga mana shu g'ul xulqni hadya qiladi. Demak, go'zal xulq bo'lish, xulq egasi bo'lishligini ikki xil yo'li bor. Ta'lim tarbiya orqali kasb qilish va Allohga yaqin bo'lishlikka intilish orqali Alloh tomonidan berilgan hadiya, sovg'a, go'zal huquq. Mana endi birodarlar, ijtimoiy tarbiya, majlis odobi. Inson ijtimoiy maxluq. U odamlarga aralashib yashashi kerak. Ular bilan birga bo'lishidan boshqa chora yo'q. Demak, kim xohlaydimi, xohlamaydimi, odam bolasi ekanmi? Odamlar bilan birga o'tiradi, ular bilan suhbat qiladi, hamsuhbat bo'ladi.

Demakki, majlis uni hayotini bir qismi bo'ladi. Albatta, majlislar turli bo'ladi. Majlislar bor, xayriyatli, foydali majlislar bor. Majlislar bar, balo bo'lgan, ofat bo'lgan majlislar bor . Albatta, bu majlislarda musulmon kishi o'zini qanday tutishligi kerak? Shariatimiz bunga ham ko'rsatmalarni bergan. Avvalambor biz ota ona sifatida o'zimiz ham xabardor bo'lishimiz kerak. Vino baribir farzandlarimiz ham bundan xabardor bolishligi kerak bo'ladi. Toki hayotimizni bir qismini egallaydigan mana shu majlislarimiz toatga aylansin, bizni foydamizga aylansin. Majlis odoblari. Bir o'n tadan ortiqroq bo'ladi bu odoblar. Har beshtasida bir takrorlab turamiz, toki esimizda qolsin. Birinchisi, majlisni Allohni zikri bilan obod qilishlik. To'plandik, o'tirdik, albatta Allohni zikiri bo'lishligi kerak. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Imom Ahmad'dan keltirilgan hadisda shunday deb marhamat qiladilar. Ma min qovmin jalasuv majlisan, lam ya vkurulloha fiihi, illa roh aluhu hasratan yalmal qiyani.

Qaysi bir qavm bir majlisda o'tirsa, ammo Allohni zikr qilishmasa, mana shu majlisni qiyomat kunida hasrat nadomat ekanligini ko'rishadi. O'tirdi, Allohni umuman eslamadi. Turib ketdi. Yedi, ishdi, har xil gapni gapirdi, ammo Allohni zakir qilmadi. Mana shu majlisga qiyomat kunida pushaymon bo'ladi shu odamlar. Hasrat nadomat bo'lib ko'rinadi ularga, mana shunday majlislar. Ikkinchisi, yaxshi hamsuhbatni tanlashlik. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, imomi termiziy keltirilgan hadisda ar rojulu ala dini xoliynihi, falyan dur ahadukun man yuha alilu.

Kishi do'stining dinida bo'ladi. Kishi, do'stining dinida bo'ladi. Sizlar kimni do'st tuyotganlaridan qarab qo'yinglar. Kimlar bilan ulfatsiz? Kimlar bilan o'tirasiz? Ular kim bo'lsa, siz ham o'shssiz. Sportsmenlar bo'lsa o'tirib faqat sportdan gapiradi, sportsiz. Siyosatchilar bo'lsa faqat siyosatdan gapiradi, siyosatchisiz. Yoki bir faxsh bilan mashg'ul bo'lgan odamlar bilan o'tirsangiz, faqat nimani gapiradi? Faqat o'sha narsani gapiradi. Shuning uchun kim bilan o'tirishlikni ham ko'rish kerak, bilishlik kerak. Ikkinchi odobi, yaxshi hamsuhbatni tanlashlik.

Uchinchi odobi. Majlisga kelishda va undan turib ketishlikda salom berishlik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam imom termiziydan keltirilgan hadis, ya'ni abu dovuddan ham aytadilar, idan ta ha axadukum ila majlis falyu sallim. Sizlardan bittanglar majlisga kelsa, salom bersin. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Fain bada lahong yajniysa, fal yajniys. Agar o'tirishga fursat bo'lsa, joy topib o'tirsin. Simma ida qoma, falyu sallim, so'ngra tursa, ya'ni majlisdan ketsa, bas, yana salom bersin.

Falaysatil ula biya haq minal ahir. Ikkinchi salomdan ko'ra birinchi salom haqliroq emas. Ya'ni birinchi majlisga kirganda bir berilayotgan salom qanchalik zarur bo'lsa, ketayotganda salom berishlik ham shunchalar zarur. O'shaning uchun ayrim ukalarimiz assalomu alaykum deb ketsangiz, xayrlashib ber deydi bu.

Bo'pti kelganda salomlashar edik. Endi ketayotganda ham salomlashiladimi? Mana Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislari. Assalomu alaykum deb ko'rishamiz. Ketayotganimizda ham assalomu alayku. To'rtinchisi, musofaha, ya'ni qo'l berib ko'rishlik.

Payg'ambarim sollallohu alayhi vasallam aytadilar, Abu Dovuddan keltirilgan hadis, Baroy ibn Ozi roziyallohu anhu rivoyat qilgan. Idal taqol muslimani, fatasofaha va hamidalloha vositag'farahul g'ufir al ahmad. Agar ikkita musulmon uchrashsa, bir biri bilan qo'l berib ko'rishsa, allohga hamd aytib, unga istig'for aytishsa, ularning gunohlari kechiriladi. Assalomu alaykum, qo'l berilib ko'rishdik. Qandaysiz? Alhamdulillah. Alloh gunohlarimizni mag'firat qilsin. Ajrashdi, gunohlari kechildi. Beshinchisi.

Mana shu salomlashishlik xususida musulmon birodariga yo'liqqan paytda musulmon tabassum qilsa, ochiq chehra bilan, ochiq yuz bilan uchrashsa, Alloh mendan va undan rozi bo'lsin degan ma'noda salomlashuv qo'l beradigan bo'lsa, gunohlari mag'firat qilinarkan. Demak, ikkita musulmonni uchrashishligi ham gunohlarini yuvilishligiga bitta sabab bo'lishi mumkin ekan. Agar boyagi shartlar bajariladigan bo'lsa.

Alloh azza va jalla siz bilan bizni bir bo'lishimizni xohladi. Qalblarimiz, tillarimiz, dillarimiz bir bo'lishini xohladi. Bir birimizga ko'mak ko'rsatishimizni, bir birimizga nisbatan insofli bo'lishligimizni xohladi. Demak, mana shunday ko'rinishda salomlashilsa, gunohlar mag'firat bo'ladi. Imom oliyning muattosida kiritilgan hadis tasa fahhu yerdaha bul g'il. Va tahaddu tahabbu va tadaha bu shahna. Mana odamlar o'rtasida mehr oqibat qochib ketyapti. Odamlar bir biriga bemehr bo'lib ketyapti. Bir biriga nisbatan shafqatsiz bo'lib ketyapdi. Bunaqa gaplarni ko'p eshitamiz. Endi musulmonlarni o'rnatsa, mana shu qalbni ulfatligi paydo bo'lishiga nimalarga bog'liq? Rasululloh aytadilar: qo'l berib ko'rishinglar. Oradan g'illag'ashlik ketadi. Qarang, orada bir kelishmovchilik bor odam bo'lsa siz bilan, assalomu alaykum deb borib turib qo'l berib ko'rishsangiz, g'illag'ishlikni Payg'ambarimiz ko'tarilar deb aytyaptilar. Endi haligi siz yaxshi ko'rmagan odam bilan ko'rishmasdan yuraversangiz, yuraversangiz o'rtadagi jarlik nima bo'lib ketadi? Katta yeb ketadi. Oddiy ish ekan a? Kibringizni sindirib, sizga nojoya muomala qilib qo'ygan bo'lsa, sizni to'g'otmayotgan bo'lsa.

Sizni hurmatingizni joyiga qo'ymayotgan bo'lmasa, o'zingizni olib qochib yuravering. O'rtadagi jarlik katta ega bo'ladi. Ammo assalomu alaykum deb borib qo'l berib ko'rishadigan bo'lsa, bu g'allag'ashlik ko'tariladi. Va tahaddu tahabbu. Tazhabu shahna. Bir biringizga hadya ulashinglar, oradagi adolat ko'tariladi, tushunyapsizmi? Demak majlisni to'rtinchi odobi musofaha, qo'l berib bir biri bilan ko'rishlik.

Beshinchidan, mana majlisga keldik, bu ilm majlisimidi, yoki bir mehmondorchilikmidi, biron uyga borib o'tirishlikmidi. Beshinchi odobi uy egasini siz uchun ko'rsatgan joyiga o'tirishlik. Mana bu joyga o'tiring deydi. Ya men nima deyotudim, menga mana shu qulayroq, yo'q. Shunda uy egasini so'ziga amal qilishlik kerak. Chunki uy egasi o'zini uyini xususiyatini, sifatlarini yaxshi biladi. Masalan, derazani oldiga o'tirayotgan edingiz, unamadi. Demak, bir sababi bor da. Derazadan tashqarisida xotin xalajaga ko'zingiz tushishi mumkin. Uy egasi sizga ko'rsatishni xohlamagan narsasi bo'lishi mumkin. Shuning uchun beshinchi odobi sizga ko'rsatilgan joyga nima qilasiz? O'tirasiz. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam imom termiziydan keltirgan hadis.

Rasululloh aytadilar, bu hadis abu hurayra roziyallohu anhudanakan. Men dahala dara qovmin falyajlis haythu amaruru. Kim bir qavmning uyiga kirsa, va u unga ko'rsatishgan, unga buyurishgan joyga o'tirsin. Mana yoqqa o'tiring dedimi? Indamay o'tirasiz.

Fainnal qavmi a alamu bi avrati darihin. Chunki ana shu qavm uyda egasi. Xolisining avratini boshqalardan yaxshiroq biladi. Beshinchi odob, uyda egasi qayerga ko'rsatsa, shu yerga o'tiramiz. Nechta bo'ldi odobi? Birinchisi nima bo'ldi? Allohni zikri bilan obod qilish majlisini. Ikkinchisi, yaxshi hamsuhbatni qidirishlik. Uchinchisi, kelish ketishda salom berishlik. To'rtinchisi, qo'l berib ko'rishlik va beshinchisi, ko'rsatilgan joyga o'tirishlik.

Qaranglarda birodarlar shariatimizni komilligini. Rahmatligini. Hatto majlisda qanday tutishlik kerak o'zimizga? Qoidalarni qo'yib qo'ygan. Shunda uyda egasi ham xijolatli holatga tushmaydi. Mehmon ham bir noqulay ahvolga tushmaydi, hamma narsa o'zini maromiday ketadi. Majlis odoblarining oltinchisi qavmni ro'parasida o'tirishlik. Ya'ni ajralib olmaslik.

Rasulullohi sollallohu alayhi vasallam la'naman jala safiy va sotil xalqa deng. Abu dovudan keltiriladi. Xusayfotun nur yomoni rivoyat qiladi bu hadisni. Rasululloh xalqaning o'rtasiga o'tirib olgan kishini la'natladi. Mana bir masjidda o'tirgan bo'lsak, xalqa ko'rinishida, doira ko'rinishida kimdir o'rtaga chiqib o'tirib oladigan bo'lsa, bu odam mal'un deyilyapti. Ya'ni ajralib olma degani. Hammani qatorida o'tirishlik kerak. Masalan, kurslar bir saf qilib chizilgan bo'lsa, kursini bittadan olib alohida o'tira olmaslik kerak. Yoki doira shaklida qilingan bo'lsa, majlisda o'tiriladigan joy, undan ajra olmaslik kerak. Endi kasal bo'lsangiz, yoki bir qandaydir xizmatda turgan bo'lsangiz bu boshqa masala.

Mal'unun alal isani muhammading sollallohu alayhi vasallamaman jala safi va satil xalqating. Bu hadis Imom Termiziydan. Xalqaning o'rtasiga o'tirib olgan kimsa, Muhammad alayhissalomning tiliga ko'ra mal'undur, la'natlangandur. Hamma qator o'tirasiz. Hamma qator otirasiz. Yettinchi odam.

Majlisda odamlar o'tirar ekan. O'tirgan odamni, ikkita odamni o'rtasiga shart o'tirib olmaslik. Ularning ruxsatisiz. Ikki kishini orasiga ularni iznisiz, ruxsatsiz o'tirib olmasligi. Bu yonma yon o'tirgan odam aka uka bo'lishi mumkin, ulfat bo'lishi mumkun, jo'ra bo'lishi mumkan, sinfdosh qo'shni bo'lishi mumki. Ularni o'rtasiga kirib bo'lmaydi. To ulardan izn so'ralmagunicha. Chunki senga eshitilishini xohlamagan bir so'zi bo'lishi mumkin ularni. Uni yoqtirmasligi mumkin. Shuning uchun ruxsatsiz ikki kishini o'rtasiga bo'lib o'tirilmaydi.

Abu Dovuddan, Termiziydan keltirilgan hadis. Usomatovning zayibdan bu hadis. Rasululloh aytganlar: la yahil loli rojuring, a yufarriqa bayna ifna ila bi ibnihma. Ikki kishining orasini, ularning, ana shu ikki kishining iznisiz bo'lishlik bir kishi uchun halol bo'lmaydi. Mana shunga o'tirsam maylimi dedi.

Yo'q desa, tugatvorishlik kerak ekan. Jilinglar nima bu, sizlarni o'zinglarni uylar ekan bu masjid deyilmaydi. La yujlas bayna rojulayni illa bi dinihima. Bu hadis Abu Dovuddan. Ikki kishining orosiga ularning ruxsatsiz o'tirilmaydi. Sakkizinchi odob. O'tirgan kishini o'rnidan turg'izmaslik. O'tirgan qishini siz kelib o'rnidan surg'izmasligingiz.

Ibn Umar roziyallohu anhudan: anna hu naha an yuqomi rojul min majlisihi. Fayajlis fii hi aham. Va lekin tafassuhi va tavassuhi. Payg'ambarimiz yomon ko'rar edi. Qaytargan edi bir ishda. Nima edi u ish? Bir kishini o'rnidan turgizib, o'rniga boshqa odam o'tirishligini. Tushunarlimi? Turgizib, urniga o'tkazishligini. Chunki, to'g'rida, bir soat bo'lgani o'tirgan bo'lsa, turing, joyni bo'shating desa, haqiqatdan haligi o'tirgan odamga bu narsa albatta yoqmaydi va insofsizlik ham bo'ladi. Insofsizlik ham. Endi bilmadim, shu shu maqomni egasi bo'lsa, masalan, imomni joyiga o'tirib olgan bo'lsa, iloji yo'q, turadi. Ammo boshqa joyda bu narsa beadab bo'ladi. Okani ibn umaro yakirahuan yoqumah rojur min majlisixi summa yajlis makanax. Payg'ambarimizning sunnatiga eng qattiq amal qilgan, sunnatini eng bilimdoni bo'lgan Ibn Umar kirsa majlisga, bironta odam turib, o'rniga o'tirib o'tirib olishingizni yaxshi ko'rmasin. Bor joyga o'tiraverardi.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qaytarganlar. Nimadan? Chop qo'lini orqaga qilib, shunday kaftini yerga qo'yib, tiyani ishlaydi. Chap qo'lini ortasiga qilib, yerga tayanib o'tirmaslik. Bu to'qqizinchi odam. Umar ibn Shariddan rivoyat qilinadi. Men chap qo'limni orqaga qilib, yerga tiyanib o'tirganimda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni oldimdan o'tib qoldi.

So'ngra menga qarab, la taqvudu qodatal mag'dubiya alayhim. Ustiga g'azab tushgan kishilarni o'tirishida qilib o'tirmadi. Qarang. Chap qo'lini orqaga qilib kaftini yerga qo'yib, mana shunday qilib tiyanib o'ldirishlik. Bir qo'llab. Mana shu. Qaytarilgan, makruh bo'lgan, man qilingan ishlar.

O'ninchi odob. Majlisga kelgan kishi bor joyga, bo'sh joyga o'tirish. Mana bu odamlarni oqlab kelayotgan, mana shu yerdagi akalarimizga, ukalarimizga tegishli narsa, bor joyga o'tirasiz. Og'ir joyda turibdi emas. Bor joyda o'tirib turing, sapga turilganda o'tib olaverasiz. Musulmon odam bir majlisga kirsa, masjidnimi, ilm majlisimi, nonushtami, mehmondoshlikmi, bor joyga o'tirasiz.

Kunna ida atayna nabiyya sollallohu alayhi vasallam a jalasa ahaduni haytu yan tahin. Sahobalar aytishadi, bu hadis Jobirni suradan: biz Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning oldiga birortamiz kirsak, qayerda majlis tugagan bo'lsa, ya'ni qayerda oxirgi odam o'tirgan bo'lsa, shuni yoniga kelib o'tira olardik.

Mana shu narsaga Payg'ambarimiz Sahobalarini o'rgatganlar. Demak, hamma shunday qilishligi kerak. Ammo istisno holatlar bor. Masalan, majlisga kirganda bir mahallani imomi, ahli ilm. Yoshi ulug' inson yoki bir fazilat egasi bo'lgan, xalqqa xizmat qilingan bir inson kirsa, bu odamni yuqoriga o'tkazishlik ham sunnat.

Chunki Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Sa'dun Muoz roziyallohu anhun a olib kelishgan edi jarohatlangan holda. Qumul sayyidiqumikun. Qavminglarni sayyidi keldi. Turinglar o'rninglardan degan. Demak, o'rnida o'tirish degan sunnat, kirgan odamni martabasi, maqomiga qarab turib turish degani nima ekan? Sunnat ekan.

Kirgan odamni holatiga qarab, martabasiga qarab, maqomiga qarab, hurmatiga qarab muomala qilamiz. To'g'rida, jo'ralaringiz bilan o'tirsangiz, yigirma ga, yigirma besh ga kirgan jo'ra, dadangiz kirdi, duo bering deb. Keling hoji aka, o'tiring. O'tiring, a? Haytun taqil majlis degan Payg'ambarimiz, o'sha chegaradorjon, o'sha yerda o'tiring desa. Kelinglar bolalar, ko'rishib qo'y desa, o'tiribsizlar, qo'limni ne'matga qilib.

Chunki Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar, Abu Dovuddan bo'lgan bu hadis. Anzilun nasa mani azilaxon. Insonlarni o'zlarining joyiga, manzilatiga loyiq joyga o'tkazinglar degan. O'zi unaqa hurmatga loyiq bo'lgan, fazilat egasi olim odam kirganda hammani turishini xohlamaydi. O'zi bor joyga o'tiraveray deydi. Ammo qavm o'zi o'tkazadi. Bu yoqda g'ash kelmasin. Chunki o'shani o'tishligi ham nima ekan? Sunnat ekan.

Keyingi beshta odob. Qavmni ro'parasida o'tirish, o'rtaga chiqa olmaslik, ikki kishini o'rtasini bo'lib o'tirmaslik, o'tirgan kishini o'rnidan turgizmaslik, chop qo'lini orqaga qilib, tayyormaslik hamda majlisga kelgan kishi bo'sh joyini topib o'tirish degan. O'n birinchi odamni. Agar bir majlisda uch kishi o'tirgan bo'lsa, uchinchi odamni qoldirib, ikkita odam pichi pichi qilmasligi. Mana shu ham majlisni oldi. Agar to'rtta, beshta, oltita bo'lsa mayli. Chunki ikkita odam pixcha pixcha qilsa yu, bitta odam bichakada qolgan bo'lsa. Men haqimda gapiryaptimikin deb turib, noqulay ahvolga tushib qoladi. Yana qaytarib aytamiz, ikkita, uchta odam undan tashqari bo'lsa, besh, olti, o'n, yigirmata odam bo'lsa, ikkita odam pichirlasa bo'laveradi.

O'n ikkinchi odamlar. Yonida o'tirib, suhbatlashayotgan odamlarning gapini poylamaslik. Ovozini atay pasaytirib gapiryapti, boshqalar eshitmasin deb. Katta bir majlisda. Diqqat qilib, nima deyishyapti kim bular? Nima haqida gap gapiryapti ekan deb turib, josuslik qilmaslik. Chunki agar sen eshitishing kerak bo'lgan gap bo'lsa, ular bemalol nima qilar edi? Gapirgan bo'lar edi. Mana quyida o'qiydigan hadisimiz Imom Buxoriydan juda ham og'ir hadis. Ba'zida bilasizmi?

Telefoningizga zvonok keladi. Alo, alo desangiz, u bilmasdan ezib yuborgan bo'ladi. Eshitib turasiz. Bo'ladi da shu narsa. Shunaqa odamga nima bor? Va mani istama'a ila hadithi qomin, vahum la hu karixun, av yafer runa minhu, subbi fil uzunihil, al anuku yomon qiyamati. Kim? Bir qavm gaplashib turganda, ularni gapini tinglab eshitsa, ular xohlamayotgan paytda, eshitib qolmasin deb o'zlarini olib qochayotgan paytda ham, ularni gapini poylab eshitayotgan bo'lsa, qiyomat kunida uning qulog'iga qo'rg'oshin quyiladi.

Birov gaplashyaptimi? Sizni eshitishingizni xohlamayaptimi? Sizga kerak emasmi? Qulog'ingizga qo'rg',osh qo'yishini bir tasavvur qilib ko'ring. O'n uchinchi odoban. Biron hojati bilan bir kishi majlisdan, o'rnidan turib chiqib ketgan bo'lsa. Qaytib kelib joyiga o'tirishga eng haqli bo'lgan odam shu. Insonchilik tahorat qilishi kerak bo'lib qoldi. Yo bir zvonok kelib qoldi telefoniga, chiqib ketdimi? O'tirmaysiz o'rniga. O'tirmaysiz. Biror jannat namozini qo'yib qo'yadi, biror do'ppisini qo'yib quyadi, biror bir yarim tasbihini qo'y qo'yadi. O'tirmaysz. Islom shu narsaga siz bilan bizni buyuradi.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan, bu hadis Imom Muslimdan. Qutayba ibn Saidan. Rasululloh aytadilar, idhaqo ma'hadukun min majlising simma roja'a ilayhi fahua ahu bixin. Hadis bor. Rasululloh aytdilar, agar sizlardan biringiz majlisdagi joyidan tursa, so'ngra shu joyga qaytib kelsa, bas u shu joyiga boshqalardan haqliroq bo'ladi.

O'n to'rtinchi odob. Majlisdan ketish uchun ham izn so'rashlik kerak. Xuddi masjidga kirishlikda izn so'ralganidek. Chunki bu majlisga siz ruxsat beruvda kirdingizmi? Endi chiqib ketishligingizga ham ruxsat kerak. Chunki kirayotganingizda, uyda egasi ruxsat berdi, sizni ko'zingiz tushishingiz kerak bo'lmagan narsalarni sizga ko'rsatmadi. Posh bo'lib turinglar dedi. Yoki bu yoqqa yuring dedi. Kirdingiz. Ammo chiqib ketishlikda indamasdan chiqib ketadigan bo'lsangiz, uni ahli ayoli hovlida shaqillaydigan bo'lishi mumkin. Yoki sizga ko'rsatishni xohlamagan narsasini ko'rib qolishingiz mumkin. Payg'ambarimiz aytganlar, indama jioylani isli ranu min ajlil bosar.

Izn o'zi ko'z uchun so'raladi. Izn aslida ko'z uchuni so'raladi. Ya'ni nimaga qarashi mumkin, nimaga qarashi ham mumkin emas. Endi ilm majlisda o'tirgan odam ham majlisdan turib chiqib ketishligi uchun shu ilm majlisini boshqarayotgan odamdan ruxsat so'rab turishligi kerak. Domlasidan ruxsatsiz chiqib ketib bo'lmaydi. Ma'ruza bo'larkan bo'ladi. Telefon kelib qoladi, shunday ko'tarib telefonni bunday qilib chiqib ketib qoladi. Bu ham beadabiy hisoblanadi. Beadabiy bo'ladi.

O'n beshinchi odobi, majlis omonatini saqlash. Majlis omonatini saqlash. Chunki bir majlisda bo'lgan so'zlar, holatlar bor. Ularni hammasini ham tashqariga olib chiqishlik mumkin emas. Modomiki shu majlisda o'tirganlar, shu gapirilgan gapni ko'chaga chiqishini xohlamaydimi? Xohlamaydi. Shu yerda bo'lgan ishni tashqariga fosh bo'lishligini yaxshi ko'rmaydimi? Yaxshi ko'lmaydi. Olib chiqishligi kerak emas. Qaysi so'z holatni olib chiqishli kerak?

Shu majlisdagilar qarshi emas. Shu yerdagi so'zni olib chiqsa, hech kimga zarar tegmaydi. Odamlarga foydasi bor. Buni olib chiqsa bo'ladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar, innomal majalis u bil amanat. Majlislar omonati bilan bo'ladi. Ya'ni majlisda omonat bor. Ammo xayriyat bo'lsa, yaxshilikni ko'payishiga sabab bo'lsa, majlis egalarini noroziligi bo'lmasa, bir oyga zarar yetmasa, bu so'zlarni tashqariga olib chiqishligini zarari yo'q.

Demak, o'n birinchi odobi, ikki kishi pichir pichir qilmasligi kerak, agar xonada faqatgina uch kishi bo'lsa. Boshqalarni suhbatiga diqqat qilib quloq solib turmasligi kerak. Agar sizga bildirish xohlamay ekan bo'lsa. Biror bir hojati bilan biror majlisdan turib chiqib ketsa, uni o'rniga o'tira olmaslik kerak. Majlisdan ketish uchun ruxsat so'rash kerak, hamda majlisni omonatini saqlashlik kerak. Nechta bo'ldi? O'n beshta.

O'n oltinchisi va oxirgi odobi duo majlisning kafforatidir. O'tirdik, yedik, ichdik, suhbat qildik, so'zlar bo'ldi. Majlis nihoyasiga yetdi. Endi turib ketmoqchimiz. Endi nima qilish kerak? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam mana shu majlisda sodir bo'lgan xato so'zlar, kamchiliklarga kafforat bo'ladigan duoni bizga o'rgatganlar. Payg'ambarim majlis tugaganda shunday duo qilardilar.

Subhanak allohim va behamlik. Ash hadu alla ilaha illa anta astag'firuka va atubu ilayk. Subhanak allohim va behamdik. Ash hadu alla ilaha ila anta astagfiruka va atubu elayk. Mana shu duodni yodlab qo'ysak, qaysi joyda o'tirsak, gaplashdikmi, suhbat bo'ldimi, majlis bo'ldimi, shu duodni o'qib kelsak, shu yerda o'tgan xato kamchiliklarga kafolat bo'ladi. Illo shu yerda bo'lgan hamma xato kamchilik bizni kitobimizga yoziladi. Qiyomatda so'ralamiz bu narsani. Subhanaka allohim va behamdik. Ashxadu alla ilaha illa anta astag'firuka va atubu ilayki.

Ey Allohim, sen poksan, sening hamdning hidoyating bilan tasbeh aytaman. Guvohlik beramanki, sendan o'zga haq iloh yo'q. Sendan istig'for so'rayman va senga tavba qilaman. Mana shu duoni birinchi marta Rasululloh aytganlarida, bir kishi aytdi, yo Rasululloh, siz bir so'zni aytyapsiz, avval hech ham aytmagansiz shu so'zni. Ya'ni birinchi marta eshitayotgan ekanda. Shunda Payg'ambarimiz aytdilar, bu so'z, mana shu duo, majlisda bo'ladigan narsalar uchun kafforatdir. Demak, oxirgi odobi o'n oltinchisi bu duo. Subhanakallohu va behamdik. Ashxadval la ilaha illa anta astag'firuka va atubu ilayk. Mana birodarlar, Alloh qodir qilganicha majlis odoblaridan ayrimlarini o'qigan bo'ldik.

Mana shu odoblarni avvalambor o'zimiz tadbiqini qilishimiz kerak, so'ngra farzandlarimizga. Mana endi qisqacha qilib qaytarib qo'yaman. Birinchisi, majlis odoblarni, birinchisi, Allohni zikri bilan obod qilish majlisini. Ikkinchisi, yaxshi hamsuhbatni tanlash. Uchinchisi, majlisga kelish ketishda salom berish. To'rtinchisi, musofaqa, qo'l berib ko'rishlik. Beshinchisi, uy egasini ko'rsatgan joyiga o'tirishlik. Oltinchisi, qavm orasida o'tirishlik, ajralib olmaslik. Yettinchisi, ikki kishini o'rtasini ularni ruxsatsiz yorib o'tirmaslik. Sakkizinchisi, o'tirgan kishini o'rnidan turg'izmaslik. To'qqizinchisi, chop qo'lini orqaga qilib, tiyanib o'tirmaslik. O'ninchisi, majlisga kelgan kishi bo'sh joyga o'tirishi. O'n birinchisi, uch kishi o'tirganida, ikki kishi nima qilmaslik? Pichir pichir qilmaslik. O'n ikkinchisi, boshqalarni suhbatini poylab eshitmaslik. O'n uchinchisi, biron hojati bilan o'tirgan joyidan turib ketgan bo'lsa, qaytib kelib o'tirishlikka eng haqli odam mana shu kishi bo'ladi.

O'n to'rtinchisi, majlisdan ketish uchun ruxsat so'rash kerak. O'n beshinchisi, majlis omonatini saqlashlik kerak. O'ninchi si, mana shu majlisdagi nuqson kamchiliklarga kafolat bo'ladigan duoni o'qishlik. Alloh subhanah va taolo eshitilgan ma'ruzalarga amal qilishligini barchamizga tavfiqni bergan bo'lsin. Aqulu qovli ha'da va astag'firullohu alayhi va alakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashIslomda farzand tarbiyasi